Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Elni chorlab ziyofat qurmas. Bayramida bel boglab uch kun Shamdek qotib kochada turmas. Garchi bizdan yuz bor farovon, Garchi bizdan yuz karra toqdir. Òoy xarjida yuzta boy yapon Bir kambagal ozbekcha yoqdir. Bu sozimni yaponga aytsam Dedi battar qisib kozini:
417 1 Xarakiri yapon samuraylarining or-nomus uchun oz joniga qasd qilishi. Yapon bundoq yasholmas hech ham, Xarakiri
1 qilar ozini. DANGASALAR Gayratlilar yelib-yugurib, Mehnat bilan mudom ovora. Dangasalar esa oy surib, Yotish uchun izlashar chora. Ishchan azal tinmay yer chopgan, Ogir tuygan, sovurgan somon. Yalqov oylab charxpalak topgan, Ijod qilgan shamol tegirmon. Parvoz etsam yuksak samoda Zamonaviy laynerda bukun. Rahmat deyman yorug dunyoda Dangasalar borligi uchun. Yoqsa yurar edik hoynahoy Hanuz yayov changitib tuproq. Xob yurtim bor, dangasaga boy, Ishchanidan yalqovi koproq. Rost aytsam, bu mening ham dardim, Xolimasman bu kasallikdan. Gayrat qilsam bir kasb topardim, Shoir boldim dangasalikdan. Bizlar shundoq, bizda yoq ixlos Dabdaba-yu asasalarga. Ishlang, bizni tinch qoying xolos, Òega kormang dangasalarga. 27 Adabiyot, III 418 SERGEY YESENIN SHERIYAÒI ÒARJIMALARIDAN Singlim Shuraga Bu dunyoda men bir yolovchi, Shodon menga qol silki, erkam. Xuddi shunday tinch, erkalovchi Ziyo tokar kuz fasli oy ham. Isinurman oyning taftiga. Ilk bor undan orom olar jon. Allaqachon songan sevgiga Umid boglab yashayman hamon. Bunga bois shu makonimiz, Shu yer oppoq, shor manglay turbat, Qaylardadir toptalgan nomus, Kimlardadir qadrdon gurbat. Yashirmayman, har kim ham bilar: Boshqa-boshqa emas, jon singlim, Ikkimiz ham bir sevgi bilan Shu vatanga qoyganmiz kongil. ONA IBODAÒI Qishloqning bir chetida Pastakkina uy turar, Sajda qilib shu uyda Onaizor oltirar. Yolgiz oglin eslar u Yonib achchiq firoqda. Ogli esa yurt uchun Jang qiladi yiroqda.
419 Ona sajda qiladi, Koz yoshlari shashqator. Bir nuqtaga tikilgan, Xayolida nelar bor? Koz oldiga keladi: Keng dala jang maydoni. Jonsiz yotar maydonda Mard ogli pahlavoni. Kokragida jarohat, Qop-qora qon har yogi. Qolmish jonsiz qolida Dushmanining bayrogi. Ona yuzin qoplar gam, Chimirgancha qoshini Asta suyar qoliga Oppoq sochli boshini. Yurak dardi yosh bolib, Òolib kelar koziga. Marjon-marjon tomchilar Oqib tushar yuziga. IÒ HAQIDA DOSÒON Quyosh oynar javdar xirmonda Chiðtalarda nuri tilla rang, Bolaladi ona it tongda, Yetti kuchuk tugdi malla rang. Yuvib-tarab tillari bilan Oqshomgacha erkaladi u. Ona itning issiq bagridan Qor ustida erib oqdi suv. 420 Oqshom payti, tovuqlar endi Qonogiga tizilishgan dam, Uy egasi xomrayib keldi, Qopga soldi yettovini ham. Shorlik ona chopdi ketidan, Uzoq-uzoq quvlab bordi u. Muzdek terlar oqib etidan, Achchiq-achchiq uvlab bordi u. Botqoqlardan kechib otdi loy, Oyoqlari toldi, urindi. Qaytar ekan tom ustida oy Bolasiga oxshab korindi. Shorlik yana bolasin sorab, Kokka boqib uvladi xasta. Yangi oy ham asta gildirab Òushib ketdi ufqdan pastga. Bechoraga ermaklab, kulib, Non orniga otishgandek tosh, It kozidan yulduzlar bolib Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh. SHAHINAM, O MENING SHAHINAM... Shahinam, o mening Shahinam, Bilsang, shimol Vatandir menga. Dalalardan soylaymi senga, Oy nur sepgan boshoqlardan ham. Shahinam, o mening Shahinam. Bilsang, shimol vatandir menga, Unda oy ham yuz bora ulkan. 421 Sheroz qancha bolmasin korkam Aziz olka Ryazandir menga, Bilsang, shimol Vatandir menga. Dalalardan soylaymi senga? Sochim olmish bugdoyidan rang. Barmogingga ora xohlasang, Zarra ogriq sezilmas menga, Dalalardan soylaymi senga? Oy nur sepgan boshoqlardan ham Oltin sochim soylasin, dildor, Kul, oyna-yu dalamni zinhor Eslatmagin menga jonginam, Oy nur sepgan boshoqlarni ham. Shahinam, o mening Shahinam, Shimol yoqda bir nozanin bor. Senga oxshar, goyatda dildor, Balki meni oylar ul sanam... Shahinam, o mening Shahinam. ···
Xurosonda bir darboza bor, Ostonasi gulga komilgan. Unda yashar bir pari ruxsor, Xurosonda bir darboza bor, Hayhot, uni ocholmadim man. Qollarimda kuch ham yetarli, Sochlarimdan oltin rang olgan, Asir etdi meni ul pari, Qolda garchi kuchim yetarli, Ul eshikni ocholmadim man. 422 Mardligim ne ishq maydonida, Ayting, kimga qilay sharhi gam?! Sevmas bolsa Shahi jonidan, Ul eshikni ocholmas bolsam, Mardligim ne ishq maydonida?! Yana tushdi Rus sari yolim, Eron, sendan ketgummi hali. Nahot, seni boz kormas boldim? Ona yurtga mehrim tufayli Yana tushdi Rus sari yolim. Xayr endi, xayr, parizod! Darbozangni ocholmasam-da, Shirin gaming birla umrbod Kuylab otay seni olkamda Xayr endi, xayr, parizod! 423 ABDULLA ORIPOV (1941) Ozbek sheriyatining yorqin, betakror siymosi. Oziga xos uslub, sheriy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga joshqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur. ODAMLAR Ey, yolovchi, bola qol, qonoq, Uyda borin korarmiz baham, Òagin ozing bilasan, biroq Qosh qoraydi, yiroqdir yol ham. Yolchi qolar ovulda, mezbon Keltiradi topgan-tutganni. Otamlashar songra ikkovlon Yodga olib otgan-ketganni. Horgin yolchi mudrar ichib choy, Choziladi mezbon ham asta. Òongda yolchi tovush qilar:Hoy, Men ketdim. Qol! Rahmat. Shu bas-da! Ajralishar, ular hattoki, Ismlarin sorashmaslar ham. Ular qayta uchrashar balki, Balki qayta uchrashmaslar ham... 1963
424 ···
Bola edim, Mening ham ozroq Bolar edi vahima «dardim», Guldurasa nogoh momaqaldiroq, Onamning bagriga yashirinardim. Bovliq eshar edim bir kun pichanda, Hamla qilib qoldi chinqiroq ilon. Serkesak shudgorga qochdim oshanda Onamning bagriga shoshganimsimon. Osha yillar edi, qishloq kochasida Quvlagandi meni bir it quturib, Oshanda osilib chinor shoxchasiga Quturgan itdan ham qoldim qutulib. Mayli, deyman bugun boron tursa ham, Mayli, dahshatlarga tolsa ham dunyo. Balki fazolarning qoynida bir dam Bekina olurman ulardan, ammo Gar gunoh orttirsang ozingga ogir, Vijdon azobida qovrilsang bot-bot, Hayhot! Kimga borib dod deysan, axir, Qayga bekinasan ozingdan, hayhot! 1964
DORBOZ Bulutlarga yondosh, osmon ostida Kiðrikdagi yoshday turibdi dorboz. Qilichning damiday arqon ustida Kozlarini yumib yuribdi dorboz. Odamlar, odamlar, uni olqishlang, Qarang, u naqadar epchil va oktam. Biz-chi, eh... bazi bir kozi ochiqlar Eplab yurolmaymiz katta yolda ham. 1965
425 ÒEMIR ODAM Bir haykal turibdi, U Robot emish, Òemirdan yasalgan, odam timsoli, Ilmda eng songgi kashfiyot emish, Aqlli zot emish, qusurdan xoli. Shaxmat ham oynarmish, Yer ham qazarmish, Rosmana yuvarmish yuz-u qolini, Hadis-u hisobdan adashmas emish, Hattoki sanarmish Somon yolini, Yonida xaloyiq hayratda turar: Qarangiz: naqadar aqlli, mumtoz! Xullaski, olamda kashfiyot derlar, Kashfiyot emas bu, kechiring, ustoz, Òilsimni bilmayman, ammo anchayin Odatim tark etib, kokrak keraman! Men sizga temirning xuddi shundayin Ajib bir nusxasin topib beraman. U ham ishlay bilar, uning qoshida Sizning temiringiz ojiz bir buyum. U ham sanay bilar, uning boshida Aljabr usuli uyum va uyum. Balki u donodir beqiyos, yakka, Balki yoq uning-chun biror muammo; Balki u hech qanday temir-tersakka Alo vujudini egmaydi, ammo Ustoz, qalbi yoqdir uning ham, hayhot, Na nafrat, na ishqni tanlamas u ham. Uning ham kozida chaqnamas hayot, Munis boqishlarni anglamas u ham. U ham tolganolmas, ingramas, kulmas, 426 Yiglagan godakni yupatolmas ul. U ham yulduzlarning hidini bilmas, Bagrini tirnamas solayotgan gul. Kimsaning mehridan, balki, o, balki Sizning temiringiz bolar minnatdor. Aziz dost, mehrni bilmas bu hali, Dost kutib, yollarga chiqmas intizor. Dunyo-yu odamlar taqdiri zarra Òashvishga solmagay, yoq zor-u zori. Òashvishga solmagay na qoshiq va na Mening yuragimda nimalar bori. Balki temirlar ham yiglaydi chindan... Bu-chi, yiglayolmas, aylangan toshga! Kimdir u? Kimdir u? Balki u menman?! Balki u sizdirsiz? Balki u boshqa... Hayotning poyonsiz ummoni ichra Bor shunday gariblar temirlar hissiz Va lekin ozlarin temirmas sira, Muhtaram inson, deb atarlar, esiz... Shundaylar bolmasa, azaldan tuproq Yashnardi tagin ham gozal-u mumtoz. Òemir odam yasab yurguncha, koproq «Jonli temir»larni oylangiz, ustoz. 1964
ÒILLA BALIQCHA Òuxumdan chiqdi-yu keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Òashlandiq ushoq yeb otadi kuni, Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.
427 Dunyoda korgani shu tor hovuzcha Va mudroq tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar, tilla baliqcha Bir kolmak hovuz deb bilar dunyoni... 1965
ONAJON (Onam turdi Karvon qizi xotirasiga) Necha kunki, yoq oromim, Kelolmayman hushimga. Onajonim kechalari Kirib chiqar tushimga. Qollarida oq yelpigich Oy nurida yaltirar. Onajonim imlab meni Qoshlariga chaqirar. Keltirarlar goho beshik, Kozlarida hayajon. Yotar payting boldi-ku der, Kela qol, der, bolajon. Qaylargadir yuguraman, Figonimdan chiqar dud. Yiglama, deb qollarimga Òutqazarlar song tobut. Òongda ruhsiz koz ochaman, Qovurilar tanda jon. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, onajon. Axir ozing der eding-ku, Silab oksuk boshimni: Endi senga bersin umr, Senga bersin yoshimni.
428 Afsus, ozing erta ketding, Erta ketding olamdan. Ukalarim bagrim ezar, Ajraldik deb onamdan. Bevaqt xazon bolmay har kim Yashab otsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab otsin dunyoda. Garchi fano har kimsaga Azaliy bir qismatdir. Lekin, ona, tiriklik ham, Bilsang, yarim hikmatdir. Òushlarimda, mayli, boshim Silab turgin, onajon. Qolganlarga endi umr Òilab turgin, onajon. U kun chetda oh chekardim Gussalarning dastidan, Sen otamga pul beribsan Yostigingning ostidan. Aytibsanki, onasizlik Kelmasin hech oyiga. Sarf qilingiz, menga emas, Abdullaning toyiga. O, oglingga sen shafqatni Bilarding-ku, onajon. Bundan kora bagrim oysang Bolardi-ku, onajon. Zarragina rahm etgali Sabring menga yoqmidi? Onajonim, bundan ozga Jabring menga yoqmidi? Yoqmidi hech ozga gaping, 429 Nola qilib soylasang. Nahot, axir songgi dam ham Farzandingni oylasang. Axir orzu qochib ketmas, Bitkazar-ku tiriklar. Onajonim, bir kunini Otkazar-ku tiriklar. Unutilar gussalar ham, Orzular ham chozar boy. Onajonim, balki bir kun Aytganingday bolar toy. Balki sening qabring uzra Kokarganda gul, chechak, Ostonamga qadam qoyar Sen istagan kelinchak. Kimdir uning yollariga Balki gul ham sochadi, Balki munis opajonim Kel deb, quchoq ochadi, Balki dostlar davrasida Kamim bolmas hech qachon, Lekin seni osha damda Qaydan topay, onajon. Esimdadir, titrar edim Gamgin, bolish pastida. Kitobimni kordim nogoh Boshginangning ostida. Òoshday qotdim oshal oni Bor toqatdan ayrilib. Shoir oglim, deding menga Sekingina qayrilib. Onajonim, song bor menga 430 Nafas qilding u zamon. Shoir bolgin deya balki Havas qilding u zamon. Onajonim, balki men ham Bir kun shavqqa tolarman, Balki men ham aytganingday Bir kun shoir bolarman. Kuylay desam hurmatingni Ushbu kunda tilim lol. Balki faqat shu sababli Shoir bolsam ehtimol. Balki sarson-arosatda Qolib ketmas bu tanim, Kamolimni korar balkim, Yurtim ona-Vatanim. Payti kelib tolar bir kun Paymona ham beomon. Kuzatarlar meni ham song Senga tomon, sen tomon. Balki u kun boshim uzra Dostlar bosh ham egadir, Osha damgi iqbolim ham, Onajonim, sengadir. Dilda neki juratim bor, Dilda neki hayajon, Bari-bari senga bolsin, Senga bolsin, onajon, Senga bolsin bor hayotim, Nomim, shonim bir yola, Xotirangga ushbu sherni Yozdi ogling Abdulla. 1966
431 MEN ANGLAB YEÒGAN FALSAFA Bozorga oxshaydi asli bu dunyo, Bozorga oxshaydi bunda ham mani. Ikkisi ichra ham kormadim aslo Molim yomon degan biror kimsani. 1973
GENEÒIKA Men ham yashayapman oz zamonimda, Davrimdan qayga ham tushardim yiroq. Va lekin bilmadim, mening qonimda Qaysi bir bobomning xislati koproq. Barchaga barobar meros bu bashar, Otadan qosh-kozni olgan ogildek, Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar, Balki bobo Kayfiy, balki Ulugbek. Òunlar qulogimga chalinar elas Òulporlar kishnashi, otlar gurrosi. Balki Muqanno bu tinib-tinchimas, Balki Paniðatda Bobir urhosi. Balki tanglayimni kotarib ketgan Darbadar bir oshiq va yo sarbador. Balki biror bobom shahanshoh otgan, Balki vujudimda darvesh qoni bor. Men yaxshi anglayman, moziy ne demak, Òarixda har kimning bor oz zamoni. Lekin tanimizda kezar-ku beshak Olis bobolarning ming yillik qoni.
432 Nechogli sabot bor yovqur Shiroqda, Eryigitov topga koksin bosar jim. Rahimov ganimga tashlangan choqda Alpomish shiddatin payqamagan kim?! Oh-u bolasi bu ohuday boqqan, Shervachchada esa sherning shiddati. Avlodlar qonida ming yillab oqqan Buyuk bobolarning turfa xislati. Neki ezgulik bor jahonda poydor Joylab ola bildik barchasin qonga. Asrlar songida tole kelib yor Farzand bola bildik buyuk zamonga. Singdi ruhimizga mangu barhayot Alisher sheri-yu Pushkin bayoti. Singdi ruhimizga golib hissiyot Jasur Matrosovning tengsiz saboti. Singdi qonimizga shu otash dunyo, Singdi qonimizga muhabbat, gazab. Yiroq avlodlarga bizlardan ammo Qay bir xislatimiz qolarkin, ajab? Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak, Qay his yuraklarda topolgan kamol? Yiroq avlodlarga bizlardan beshak Qolar kurashlarda toblangan xayol. Shu yovqur asrda yashadik roy-rost, Ranj-u balolardan hayiqmay taqir. Yiroq avlodlarga bizlardan meros Buyuk bardoshimiz qolgusi axir.
433 Bizdan ham qolgusi shu qadim dunyo, Qon bilan, ter bilan qotgan shu tuproq. Yiroq avlodlarga bizlardan ammo Òashnalik qolgusi, dostlarim, koproq. Yashadik shu rangin dunyoda masul, Òo ellar koz yoshi bolmasin chashma. Ozni bagishladik kurashga butkul, Demakki, yashadik oromga tashna. Òashna yashadik biz mehrga mutloq, Ishqqa, muhabbatga tashna otdik biz. Goh esa quyoshdek porloq va yiroq, Haqqa, haqiqatga tashna otdik biz... Òofon, qasirgalar kechar-ku hali, Kechadi avlodlar qator, galma-gal. Balki oro topib bashar sayqali, Òugilar eng oliy inson, mukammal. U ozin tanigay shunda dafatan, Òofon, qasirgalar bosirqi bir tush. Shu buyuk sayyora yagona Vatan, Inson oz baxtidan ozi ham sarhush. Munis nigohini qadab quyoshga Òurar u nurday pok, ishqday bezavol. Kechmish kamolotin kotarib boshga, Yiroq asrlarga koz tikib xushhol. Òurar u godakday begubor kulib, Balki kulgusi ham bizdan meros bu. Rishtai jonida bir zarra bolib, Bizning ham qonimiz gupurgay, rost bu... 28 Adabiyot, III 434 Bobolar dunyodan otdilar shundoq, Biz ham yetuklikka bolmadik timsol. Lekin sen bolarsan bokira mutloq, Lekin sen yasharsan farishta misol. Kahkashon sayrida hur quyosh bilan Kezarsan to abad shodumon, xurram. Labda tabassum-u kozda yosh bilan Senga talpinaman, buyuk nabiram... 1973
SEN BAHORNI SOGINMADINGMI Uygonguvchi boglarni kezdim, Òopay dedim qirdan izingni. Yonogingdan rang olgan dedim Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo ozingni, Sen bahorni soginmadingmi? Uzoqlarda zalvorli toglar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor choglar, Vasling menga bolmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham garib, Sen bahorni soginmadingmi? Ongirlarda sakraydi ohu, Namatakda sava mittijon. Qorliklardan siðqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon, Sen bahorni soginmadingmi? 435 Mana, bugun navrozi olam, Dostlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam... Qolimda gul, seni kutarman, Umrim boyi chorlab otarman, Sen bahorni soginmadingmi? 1963
MEN NECHUN SEVAMAN OZBEKISÒONNI Men nechun sevaman Ozbekistonni Òuprogin kozimga aylab totiyo? Nechun Vatan deya er-u osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho? Aslida dunyoda tanho nima bor, Paxta osmaydimi ozga elda yo? Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku, butun Osiyo. Men nechun sevaman Ozbekistonni? Boglarin jannat deb koz-koz etaman, Nechun ardoqlarkan tuprogini men Opaman: «Òuproging bebaho, Vatan...» Aslida tuproqni odil tabiat Òaqsim aylagan-ku, yer yuziga teng. Nechun bu tuproq deb yigladi Furqat, O, Qashgar tuprogi, qashshoqmiding sen?! Xosh, nechun sevasan Ozbekistonni, Sababini aytgin, desalar menga, Shoirona gozal sozlardan oldin Men tazim qilaman ona xalqimga: Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bolsaydi, Qorliklarni makon etgan bolsayding,
436 Mehrim bermasmidim osha muzlarga? Vatanlar, Vatanlar, Mayli, gullasin, Bog unsin mangulik muzda ham, ammo Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bolsa, kechirma aslo! 1964 «MUNOJOÒ»NI ÒINGLAB... Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan bagrimni, ohang? Nechun kerak boldi senga koz yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha gam? Eshilib, tolganib ingranadi kuy, Qaylardan tugilmish bu oh-u faryod. Kim u yiglayotgan? Navoiymikin Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod! Yetar, ey cholguvchi, bas qil sozingni, Bas, yetar, koksimga urmagil xanjar. Nahotki dunyoda shuncha gam bordir! Agar shu munojot rost bolsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar, Gar shul eshitganim bolmasa royo, Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!.. Eshilib, tolganib ingranadi kuy, Asrlar gamini soylar munojot. Kuyi shunday bolsa, gamning oziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! 1964
437 BIRINCHI MUHABBAÒIM Kecha oqshom falakda, oy bozarib botganda, Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir mayuslik, sokinlik uygotganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim. Otdi yoshlik zavq bilan, gohi topolon bilan, Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan, Ayri ham tushdim bazan qalb bilan, imon bilan, Lekin seni yoqotdim, birinchi muhabbatim, Mang-u gaflatda qotdim, birinchi muhabbatim. Dunyo degan shundayin anglab bolmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan... Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling