Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Yo tavba, yo tavba! Xosh-xosh, sizga ruxsat, Qodirov. Yana biron kishini eslay olmaysizmi, aka? Esa-chi, shu gaplarni choyxonachiyam kordi. Choyxonachi? Yana? Keyin, baliqpaz ham biladi. Xosh-xosh, baliqpaz. Buguncha boldi, aka, qolganini boshqa kun gaplashamiz. Yanagi qogoz kelishida bormadim. Boisi, Dono momo bandalik qildi. Momoni orab-chirmab, yiglab-yiglab qoyib keldik. 34 Adabiyot, III 530 Uyda azali kayfiyatda yonboshlab yotib edim, osmondan tushganday Rixsiyev paydo boldi. Ayolimizga, choy qoyinglar, dedim.
Aha, nega kayfiyatingiz yoq, ortoq Qurbonov? Dono momoni qoyib keldik. Qayoqqa qoyib keldingiz? Shunda, uning azaga bormaganini bildim. Dono momo olamdan otdi, shuni aytyapman. Aha, dafn qildik deng. Qoyib keldik deganingizga biror predmetni qoyib kelibdimi debman. Yuzimni ogirib, kozlarimni yumdim. Ozimni bosolmadim. Yana ogirildim. Birinchi marta Rixsiyevga oqsoqolchilik qilishga jurat etdim: Rixsiyev aka, siz oqigan odamsiz, olamdagi bor gapni bilasiz. Sizga orgatib bolmaydi. Hech qachon eldan qolmang, aka. Xususan ikki vaqt elning yonida boling. Biri toyida. Elning toyini belingizni besh joyidan boylab xizmat qilib, oynab- kulib, xush-xushvaqt otkazib bering. Òoy kopniki, ha. Yana biri azasida. Yiglab-siqtab elning qaygusiga hamdard boling. Olim qaygusini bir odam kotarolmaydi. Ogirlik qiladi. Shunda siz yonida bolib, qaygusiga sherik boling. Odam shu ikki vaqtda odamligini bildiradi. Aha, men unday momoni tanimayman, kim ozi y? Qanday lavozimlarda ishlagan? Ozimizday odam. Faqir bir momo. Umri kolxozda ishlab otdi. Qarigan chogida magazinda qorovul boldi. Ha qizi bor, na uli, bechorahol momo edi. Yiglaydiganlariyam bolmadi. Ozimiz momomlab, xolamlab yiglab, jonatdik. El komdi. Aha, qulogimga bir chalinganday boldi. Men maktabga darsga ketayotgan edim, kimdir, birov olibdi, dedi. Etibor bermadim. Ana shu-da. Shu sababliyam azada odam kamchil boldi. Konglim yarim bolib qaytdim. Odamzotning qadri endi shu boldimi, dedim ozimga-ozim. Rixsiyev aka, bir kun kelib biz
531 ham ketamiz. Olim barimizning boshimizda bor savdo. Shunday kunda bir-birovimizning kunimizga yaramasak, odam bolib nima qilib yuribmiz. Hammaning borishi shartmi, ortoq Qurbonov. Qarindosh- urugidan tort kishi borsa boldi-da. Òobutning tort yogochidan ushlab kotarib boradi. Òort kishidan ortigi ortiqlik qiladi. Aha, xop, olti kishi ham bolsin. Ikkitasi gor qazib turadi. Rixsiyev aka, odam it emas, oyogidan sudrab borib, chuqurga tashlab kela bergani. Odam oz nomi ozi bilan odam. Odamdan ulug jonzot bormi. Ha, endi, bir kampir ekan-da. Bor-yogi qorovul! Xalqaro ahamiyatga, aqalli mahalliy ahamiyatga molik shaxs bolsa ekan, bilagimizga qora lenta taqib faxriy qorovullikda tursak, motam tutsak, nutq sozlasak aha. Rixsiyev aka, odamning katta-kichigi bolmaydi. Bariyam odam. Bir odam yaxshimi-yomonmi bir umr yashadi. Qolidan kelgancha tirikchilik qilib, ozini odam sanab yurdi. Biz bilan betma-bet boldi, yelkama-yelka boldi, davrma-davr boldi. Endi qaytmas bolib ketyapti. Odam qaytmas bolib ketayotganda bormagan odam odammi? Kampirlarning olimi mahalliy gap, ortoq Qurbonov. Etiborga molik emas. Ana, xalqaro arenada qancha tragediyalar sodir bolmoqda. Aha, Eron shohi Pahlaviy yashirin buyruq berib, bir kinoteatrni yoqib yuboribdi. Ichida besh yuz inson bor ekan. Aha, tragediya deb buni aytadi. Dahshat! Men Eron xalqiga chuqur taziya bildiraman. Men xalqaro ahvoldan tashvishdaman, ortoq Qypbonov. Qattiq tashvishdaman! Xalqaro vaziyat kun sayin keskinlashib boryapti... Shaharga avtobusda bordim. Yolda derazadan qusdim. Organga borib, gilofli eshikni ochdim. Kapitan kattaga Dono momoni aytdim. U bosh irgab, hamdardlik bildirdi. Xonaga bir melisa kirdi. Kapitan kattaning oldiga bordi. Ayrimlar «Kommunizm» kochasida turadigan Momindan koryapti, ortoq kapitan.
532 Xosh-xosh, qayerda ekan shu bola? Korinmayapti. Bildirmay, hamsoyalaridan surishtirdim. Uyida yuzlariga dori surtib yotgan emish. Xosh-xosh, hozircha koz-quloq bolib turing, hidlanmasin. Men aytganda olib kelasiz. Hozir borib bozorning ogzidagi choyxonachi bilan baliqpazni olib keling. Xiyol otib, ketgan melisa keldi. Olib keldim, ortoq kapitan, kirsinmi? Olib kiring. Ostonada choyxonachi bilan baliqpaz korindi. Choyxonachi egilib salom berdi. Kapitan katta qalami uchini choyxonachiga nish qildi. Avval siz kiring. Siz esa koridorda otirib turing. Choyxonachi kapitan katta bilan korishmoqchi boldi. Qollari koksida gilamdan yurdi. Kapitan katta boshini kotarmay, qalami uchida choyxonachiga joy korsatdi. Choyxonachi dovdirab, qalamni qoshqollab ushlashiga bir bahya qoldi. Qollarini tez tortib olib, qalam uchi tarafga otirdi. Menga roparo boldi. Men bilan bosh irgab sorashdi. Kapitan katta bir dasta qogozning u yogiga qaradi, bu yogiga qaradi. Choyxonachiga yuzlandi. Uning kimligini yozib oldi. Xosh-xosh, endi bizga choyxonangizda bolgan urishni gapirib bering, Sattorov aka. Qanaqa urish? Yigirma tortinchi yanvar, yakshanba kuni bolgan urishni. Qanaqa urish? Òush mahali? E, ha-a, boldi, boldi! Bu voqea bizning choyxonadayamas, kochada bolgan, kapitan uka.
Ishqilib, choyxonangiz oldida bolgan. Endi, kapitan uka, bozor kuni odam kop boladi. Qolim- qolimga tegmaydi. Hatto qulogim eshitmaydi. Xosh-xosh, oddiy choyxona shovqini bilan ur-topolon shovqinining farqiga borarsiz?
533 Bormayman, kapitan uka, bormayman. Gap shunda. Mana shu quloqlarim osti guvv-guvv etadi. Kim gapiryapti, nimani gapiryapti, farqiga bormayman. Sizga yolgon, menga chin. Manavi barmoqlarim bilan sanab aytaman: ovozlarning ichida cholnikiyam bor bir! Yoshnikiyam bor ikki! Momonikiyam bor uch! Qiznikiyam bor tort! Chaqaloqnikiyam bor besh! Xo-osh, beshta boldimi? Endi boshqalariniyam sanaymiz. Bulardan boshqa kochadan otayotgan «Jiguli»nikiyam bor bir! Bozordan qaytgan sigirnikiyam bor ikki... Boldi, boldi. Siz menga korgan voqeangizni gapirib bering.
I-ya, eshitmagandan keyin qanday qilib koraman, kapitan uka?
Kozingiz bor-ku, ana. Òogri, kozim bor. Lekin bilasizmi, kapitan uka, choyxonamizning bir piyola choyi nasib etganda kozingiz tush- gandir, samovar choyxonaning ichida, ha! Laryoknikidayin maydagina tuynugi bor. Mana shuncha! Shu tuynukdan choy beraman. Òuynuk kokragim baravar keladi. Mana bunday enkayib qaramasam, tashqarini kormayman. Egila berib, egila berib bellarim ogrib ketdi, kapitan uka. Xosh-xosh, shu voqeadan sal bolsayam xabaringiz bordir?
Bor, kapitan uka. Bir egilib qarab, kocha yuzida odamlarning todalashib turganini kordim. Boshqa hech nimani kormadim. Xosh-xosh, bopti, boring. Zaril bolsa yana chaqiramiz. Hamrohingizga ayting, kirsin. Choyxonachi qollari koksida kapitan» kattaga bosh irgadi. Goyo birov quvib kelayotganday pildirab eshikka yurdi. Baliqpaz kirdi. Kapitan katta uning ham kimligini yozib oldi. U yoyilib otirishi, eshitamiz deganday kapitan kattaga qoshlarini chimirib qarashidan dimogdor, kopni korgan odam. Men shu odamdan umid qildim.
534 Xosh-xosh, endi sizdan eshitamiz, Shukurov aka? Baliqpaz pinagini buzmadi. Mijjasiniyam qoqmadi. Nimani eshitasiz? Xosh-xosh... Eshitdim, uchastkavoy aytdi. Men hech nimani korganim yoq. Shu! Yozib berishim ham mumkin. Shu! Ketsam maylimi? U yogda ish qolib ketyapti. Shu! Gap endi boshlandi, shoshilmang. Orningizga odam qoyib kelgandirsiz. Oglim qolgan. U hali yosh, xorandalarni ranjitib qoyishi mumkin. Shu! Xosh-xosh, kop shushulamang! Gapga javob bering! Bir inson taqdiri hal bolyapti! Òushundingizmi? Siz ham mansab stolingizdan foydalanib xalqqa baqirmang. Shu! Xosh-xosh, men xalqqa emas, sizga gapiryapman. Xalq bir kishidan boshlanadi. Shu! Men xalqning bittasiman, baqirmang. Shu! Baqirayotganim yoq, gapiryapman. Baqiryapsiz. Shu! Xosh-xosh, ana, baqirmadik. Ozi bugun chap yogingiz bilan turganga oxshaysiz, Shukurov aka. Boring, sizga ruxsat, yana chaqiramiz. Ixtiyoringiz. Baribir shu gapim gap. Shu! Baliqpaz godayib chiqib ketdi. Kapitan katta mengayam javob berdi. Yana kelasiz, dedi. Kapitan katta, uyda ishlarim tolib yotibdi. Buyogi kopkarilardan qolib ketyapman. Boshimni qashigani fursatim yoq...
Xosh-xosh, men nima qilay, aka? Bu ishga ozi guvohning keragi yoq, ana, meditsina ekspertizasi bor. Sizlar faqat jinoyatchilarni aniqlashga yordam bersalaringiz boldi. Haligi ikkovi shaharlik. Baliqpaz bilan choyxonachi jinoyatchilarni taniydi. Ularning gapini esa eshitdingiz...
535 XURSHID DOSÒMUHAMMAD BEOZOR QUSHNING QARGISHI Hikoya
Qadriya, men bir savdoyi yigit bolsam, mening nimamni yoqtirasan? Voy, olibgina keta qolay, men qachon seni «yoqtiraman» depman?! Ozing-chi, ozing! Qizimni uzatay deyapman-u, nima jin urib menga ilakishib yuribsan?! Boshqa tirikchiliging yoqmi?! Òirikchilik?.. Fozilbek shunday dedi-yu, tishi simillab ogrigan odamday aftini bujmaytirdi, kozini xiyol ochib, roparasida rastaning u tomonida shamshoddek qomatini tik tutib turgan juvonning paxtaday oq, buloq suvidek tiniq yuziga, boyniga... qirmizi olmadek yonogiga razm soldi. Ovozini pastlatib soradi: Badaning sadafdan ishlanganmi? Suyulma, dedi Qadriya, musulmon odamning farzandisan-a! Musulmon kishida nafrat emas, muhabbat kuchliroq boladi. Juvon savolga ortiq etibor bermadi, aftidan u duch kelgan erkak yo ayol bilan e-eski qadrdondek sirlashib-tillashib ketaveradigan, dam begubor, dam ota quv korinadigan kunda- shunda bu yigit bilan gurung qurish niyati yoq edi. Biroq Fozilbek muddaosini tushuntiribroq ifodalashga kirishdi: Mana, Qadriya, ozing oylagin: odamlar odamlar bilan til topishib, bir-birini yoqtirib yashagani durustmi yoki it-mushuk bolganimi?..
536 Qadriya suhbatni bas qilish niyatida beozorgina jilmaydi, jilmaydi-yu, Fozilbekning iltijo tola nigohini korib, unga nimadir deyishga ozida majburiyat sezdi. Bilasanmi, Fozil, bozor nima durust, nima nodurust deb bosh qotirib turadigan joy emas. Bor narsangni pullasang-u, hayyo-huyt deb uyingga jonab qolsang bolga... Òoxta, Qadriya! Gapirma!.. Juvon labini tishladi. Fozil qaymoqning oq-sargishligiga, suzmaning oqligiga, tirnoqlari etiga qadab olingan juvonning barmoqlari, bilagi, boyni, yuzi... xalati, yassi qoshigi-yu chomichi, sirlangan idishlarigacha oq-oppoqligidan mutaassir bolib, kozini uzolmay qoldi. Bir safar Fozilbek tortinmay-netmay shuni juvonning yuziga solgan: «Odam sut-qatiq ichaversa, qaymogu suzma yeyaversa badani shunchalik tiniq, musaffo bolib ketsa kerak-da?» deb savol qotgan, Qadriya: «Havasingiz kelsa, pulini tolang-da, boshingizni kotarmay yeb-ichavering», deb yasama jiddiylashgan. 537 Shunda Fozilbek ozicha xayol surib yurib yaratgan «olamshumul» kashfiyotini samimiyat bilan oshkor qilgan: Hamonki, doim va muttasil istemol qilgan narsang badaningdan, husn-u tarovatingdan sezilib turibdimi, demak, ular konglingni, dilingni ham shunchalik nurga toldirib, yoritib turgan bolishi aniq. Qadriya oz shaniga aytilgan maqtovni eshitib, duv qizarib ketgan, ichi chog tushgandek qizigan, charos kozlarini yerga qaratgan va yigitni chalgitmoq umidida lab juftlagan, shunda Fozilbek: «Òoxta, Qadriya! Gapirma!» deb yuborgan edi. Hozir ham shunday boldi: Fozilbek Qadriyaning sozini chort uzdi-yu, unga ham tahdid, ham umidvor manoda termildi: Qalbi bu qadar bokira va pokiza ayollar bunday oylamaydilar. Q-qanday?.. zorga soradi Qadriya. Bozor bosh qotirib turadigan joymi-emasmi, bilmadim-u, har qalay sen bozor ayoli emassan. V... voy?! Keltirgan narsasini pullashdan bolak orzu-havasi bolmagan ayollardan kora muqaddasroq ayolsan, Qadriya!.. Fozilbek qachonlardir bir safar suhbatlashganining ozidayoq Qadriyaning bokira tuygularini ilgab olgan, ozi sadafdek oppoq ayollarning qalbi ham yosh bolaning koz yoshiday tiniq, rahm- shafqatga limmo-lim boladi, bunday ayollar har qancha suyishga, ezozga va ardoqlanishga loyiq deb hisoblar edi. Qadriya, dedi Fozilbek. Qadriya bosh kotarib, yigitga sozsiz qaradi. Qadriya!.. Gapiraver! Òimga qaldirgoch kelganmikan?.. Qaldirgoch shovqin-suronli joyni xushlamaydi. Yana qanday joylarni xushlamaydi? Qadriya Fozilbekdan bu savolni ilgari ham eshitgan, u kuyunib, afsuslanib, achinib: «Bilasanmi, Fozil, qaldirgoch bexosiyat
538 xonadonlarga uya qurmaydi», deb javob bergan, hali durust- quruq tanishib ulgurmagan qaymoqfurush juvondan shu javobni eshitgan Fozilbekning boshidan bir chelak muzday suv agdarilgandek bolgan... Uning nafasi ich-ichiga tushib ketganda: «Biznikiga qaldirgoch sira uya qurmagan», degan... Yigitning avzoi tuyqus ozgarganini, tovushida adoqsiz armon va okinch yashiringanini Qadriya osha zahoti payqagan. Yigit konglidagi okinch va armonini sezdirib qoygani, sezdirib qoyishdan tortinmagani juvon konglining nozik pardalariga tegib otgan.
Xullas, Qadriyaning gap aylanib, favqulodda aytgan bir ogiz lutfi yigitni behalovat qildi. Ozi tugilib voyaga yetgan uy-joylari uncha-buncha odam suqlansa suqlanguday, bekami-kost qurilgan, moyboyoqda gullar solingan. Biroq na devor-u ravonga, na kungrador bogotlarning hech bir yeriga qaldirgoch uya qurish niyatida yolamagan. Unday desa, qaldirgoch uya qurmagan xonadonlar kam emas. U holda ne boisdan Fozilbekning tovushi bu qadar okinch va armonli chiqdi?.. Oshanda necha yoshda eding? Qoshni Tim tomondan kelayotgan gala-govurga bir zum xayoli qochib soradi Fozilbek. Qachon? Oshanda-da, qaldirgoch... Qoysang-chi, Fozil, bozor qizib turganda chozili-ib oshani aytib berarmidim?.. Aytaver, Qadriya... Meni bozorimdan qoldirib... Sotilmay qolgan qaymog-u qatigingga ozim pul tolayman, hammasiga. Aytib beraqol!.. Bolalikning aziz xotiralariga qaytishni kim istamaydi deysiz! Qadriyaning ozi bajonidil rozi bolgani uning kozlaridan sezildi, u ham xayolan, ham ruhan bozordan uzilgan, savdo rastasiga faqat jisman boglanib suyanib turgan edi.
539 Maktabga chiqadigan yilim edi. Olchaga rang kirgan kezlar... U shunday deb oychan alfozda hikoyasini boshladi, birdan atrofiga alanglab, bosh chayqadi: E, qoygin, Fozil. Nima, men ertakchi kampirmanmi, senga!..
Fozilbek bozordan, izdihomdan butkul uzilib ulgurgan, uning nazarida sut mahsulotlari rastasining bu tomonida ozi-yu, narigi tomonida Qadriya yolgiz yuzma-yuz turishar, juvon ayta boshlagan hikoyasi Fozilbekning ichiga sehrli suyuqlik yanglig oqib kira boshlagan edi. Ha-ha, maktabga chiqqan yiling, olchaga rang kirgan... Aytaver!.. Dalda berdi Fozilbek juvonga u. Qadriya hikoyadan toxtamasligini istayotgan edi. Qadriya esa asta-sekin ertakchi buvi qiyofasiga kira boshladi. Aytgandim-ku, oilamiz ka-atta bolgan... bir tomoni oynavand ravonimiz bolardi... sandalning gir atrofini toldirib otirib choy ichardik, ovqatlanardik... Ravonning shiftiga qaragan odam qadi-im-qadim-dan qolgan tashlandiq qorgonga kirib qolgandek his etardi ozini. Qalin- qalin tosin tashlangan, tosin tepasidan may-yda toqi zich-ch terilgan. Òoq-q kokmidi, qoramidi-ey, rangi?.. Yoki, hayotda boyoq tegmaganmidi-ey! Ishqilib, rangini bilib bolmas edi!.. Bir kuni sandal atrofini toldirib ovqatlanayotgan edik. Kattalar sandal tevaragida, men ukam bilan kattalardan chekkada, alohida dasturxoncha toshab ovqatlanib otirgan edik... Yoz kezlarida sandaldan foydalanmasak-da, korpasiz kursi turaverar edi... Onam bilan dadam arazlashgan kunlar ekan... Qadriya kozlarini katta-katta ochganicha rasta ustidagi suzma uyumiga tikildi. Uyimizda biron yigin bolsa, mehmon-izlom kelsa negadir dadam bilan onamning oralaridan muqarrar ola mushuk otmay qoymas edi... Bilmadim, nega shunday bolardi?.. Osha kunlar esa Zulfiya opamni uzatganimizga hali yigirma kun ham bolmagan... Dadam bilan onam arazlashib, bir-birlari bilan gaplashmay qoyishganiga biz bolalar ham «churq» etib ovoz
540 chiqarishga chochir, uyimiz yaqindagina toy bolib otgan uyga ham oxshamas edi... Xullas, hammamizning nafasimiz ichimizda, ovqatlanib otirgan edik, Umid akam: «I-ya, anovini qaranglar!» deb jimlikni buzdi. Hammamiz akam korsatgan tomonga shiftga qaradik devorga yaqin tosin biqiniga qapishib qaldirgoch qonib turgan ekan! Ukam ozini tutolmadi. Ur-re-e, qaldirgoch! deb ravonni boshiga kotardi. Irgib ornidan turdi. Ochir! dedilar onam tahdidli tovushda, lekin ovozlarini balandlatmay. Nimaga qonib turibdi? hayron bolib soradi kichik akam.
Oshatta mix bor... qolib ketgan... Dadamning beparvo va bamaylixotir aytgan gapidan hammamizning hayronligimiz battar ortdi. Hech qaysimiz kormagan mixni, shu qush topibdi-da!.. Sekin, Umid! onamning ovozlarida ham ehtiyotkorlik, ham quvonch, favqulodda mamnunlik sharpasi yaqqol sezildi. Chochib ketmasin. Qonib turaveradimi? soradim men qaldirgochning qizgish tomogidan, jajjigina, yum-yumaloq boshidan koz uzmay.
Kechayam kirgandi. Haydasam, ros-sa aylanib-aylanib uchdi-de, derazadan chiqib ketdi. Yana kiribdi. Hay, bemaza, nega haydaysan?! Uch kundan beri aylanishadi-ya. Bugun tunashga qoldi. Onam birovlardan norozilansalar eng ogir sozlari «bemaza» bolardi. Demak, ukamning qaldirgochni haydagani yengil gunoh, «bemaza» degan sozlari shunchaki jon tanbeh emas edi. Haydamaymi, oyi?! boyagi hovliqishidan picha boshashib soradi ukam. Yoq, haydama, dedilar onam xuddi qaldirgoch eshitib qolishidan xavotirlanganday shivirlab. «Shetga uya qursam
541 ruxsat berasizlarmi-i?» deb ijozat soragani, shu turishi. qaldirgochni haydasa yomon boladi... Esimda, piyoladagi choyni maydalab hoplab otirgan dadam birdan tovush chiqarmay, yelkalarini silkita-silkita kulib yubordilar. Hammamiz savol nazari bilan dadamizga qaradik. Dadam yana bir dam kuldilar, kulishdan toxtab choyni oxirigacha ichdilar. Birdan jiddiy tortdilar. «Yalt» onamga qaradim. Onam yuzlarini chetga burib, otiraverdilar. Hammamiz dadam bir narsa desalar kerak, degan taxminda u kishining ogzilarini poyladik. Dadam esa tosatdan qisqagina, «Omin!» deb fotiha oqidilar-da, qozgaldilar. Ravondan chiqa turib poygakka yetganda biz tomonga qaramay, kesatiq ohangida goldiradilar: Yomon bolarmish!.. Qadriya har safar hikoyasining shu yeriga yetganda bir zum oyga toladi, chamasi, ichidan kelgan xorlikmi, yigimi uni gapirtirmay qoyadi. Song buning sababini quyidagicha izohlaydi: Dadam bilan onam nihoyatda totuv yashar edilar. Faqat, aytdim-ku, uyimizda biron yiginmi, toymi umuman sarf- xarajat kopaysa, bir kongilxiralik chiqmay qolmasdi... Hammasi chorasizlikdan edi, shekilli... Òoy otgan edi-ku?.. Otishga otdi-yu, negadir onamning kongillari gash edi... Buyogi toydan keyin opamning uyga birinchi kelishlariga hozirlik korish, shu munosabat bilan oziga yarasha ovoragarchiliklar kutayotgan edi... Qaldirgoch nima boldi? Qaldirgoch ikki kecha ravonda osha mixga qongan holda tunadi... Men, onam, ukam ravonda qato-or yotardik. Oringa kirib, uyquga ketguncha qaldirgochdan koz uzmas edik. Qimir etmas edi, xuddi kimdir loydan yasagan-u qanotlarini tim qoraga, boshini qizgish, toshini oqqa boyab mixga qondirib qoygandek. Uchinchi kundan ikkita-uchta bolib chugurlab ravonni bozor qið yuborishdi. Dam otmay kiraveradi-chiqaveradi, goyib boladi-
542 yu, zum otmay shongib ochiq derazadan ozini ravonga uradi. Qarasak, mixning yonginasida, tosinning toqi bilan tutashgan joyda tomchi-tomchi loy doglari paydo boldi. Ikki kun otar- otmas uya devori kozga tashlandi. Qaldirgoch-chi, dam hayajonlanib, dam bosiq, davom etdi hikoyasida Qadriya, uyasining devoriga ikki qator loy uradi, loyning nami ketib qurigunicha sabr qiladi-da, loy oqarib, xom sopol tusiga kirgachgina yana loy tashishga kirishadi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling