Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu safar, kunduzi, hovlida yursam, ravon tomondan qaldirgochlarning bezovta chugurlashi eshitildi, yugurib ravon oldiga bordim, ichkariga kirdim, ukam osha yerda ekan u meni kordi-yu, rangi quv ochdi. Ikki qaldirgoch dam shiftga sapchib, dam pastga shongib charx urib aylanar, na tashqariga chiqar, na mixga qonar edi. Nima boldi, nima qilding?! deb soradim ukamdan. Ukam ogir gunoh ustida qolga tushgan odamdek rangi qum ochdi. Musht qilib olgan kaftini ochdi. Qaradim. Changalida bir siqim olcha danagi. Yangigina ajratib olgan ekan, changali qið-qizil qonga botgandek, danaklar qon ichida turgandek edi.. Ayt, nima qilding?! Hozir onamga... Aytma, dedi ukam yolborib. Nima qilding? Danak otuvdim... Ukamning «qontalash» changaliga shapati urdim, danak palosga sochildi. Olasan, qoling qaltiroq bolib qoladi! Gapimni eshitib ukamning esxonasi chiqib ketdi. Qoli hoziroq qaltiray boshlaydigandek qontalash kaftiga qorqa-pusa angraydi. Òegmadi... dedi burnini tortib. Ikkitagina otuvdim... Kim qaldirgochni oldirsa, qoli qaltiroq bolib qoladi. Uyidan haydasa, battar boladi!.. Onam aytdilar... Shunday dedim-u, hovli tomondan deraza yoniga kelib bizni kuzatib turgan dadamga kozim tushdi. Ukamga aytganlarim
543 dadamga yoqmaganini sezdim. Qoli qaltiroq «bolishi»dan otakasi yorilayozgan ukam dadamni korib hongrab yubordi. Kaftiga yopishib qolgan bitta-yarimta olcha danaklari ham palosga sochildi. Bekorri beshtasini yebdi, onang!.. Dadam shu qadar dargazab bolib baqirdilarki!.. Qadriya goyo bu gaplari bilan otasining shanini bulgab qoyishni istamagandek birdan xijolat tortdi, tilini tiydi. Keyinchalik, ancha esimni tanigachgina bildim. Dadamning osha kunlari siqilib, xunob bolib yurishlari men ukamga aytganlarimga, qaldirgochning uya qurishiga unchalik daxli yoq ekan... Amal-taqal otkazilgan toy, toydan keyingi chiqimlar dadamni anchagina urintirib qoygan, oshkor aytishga oriyat yol qoymaydi, oshkor qilmay desa, ilojsizlik... Men faqat bir narsani dadam shunday qiyinchiliklar alamini onamdan olishlarini sira- sira tushunolmas edim... Fozilbek ozi tanimagan-netmagan Qadriyaning otasini, uning ahvol-ruhiyasini koz ongiga keltirishga harakat qildi. Xayolan unga achindi. Va «xosh, keyinchi?» deb juvonning ogziga qaradi. Qadriya yigitga etibor qilmay, goyo ozi uchun ovoz chiqarib xotirlayotganday hikoyasini davom ettirdi: Oshxona tomondan onam yugurib keldilar, dadamning yonlarida toxtamay: «Ha, tinchlikmi?» degancha ravonga kirdilar. Bizni janjallashgan deb oyladilar shekilli, tanbeh bera ketdilar: Hovliga chiqinglar! Qadriya, nima qið angrayib turibsan?! Voy, vu-u, olcha danakni sen opkirdingmi?! Anovini yoqotlaring!! Men bilan ukam onamning koyishlaridan chochib turgan edik, dadam shunday oshqirdilarki!.. Bizga qoshilib onam ham chochib tushdilar. Uch-tort kundan beri arazlashib yurgan onam birdan dadamga yuzlandilar va: Qaysini? deb jon holatda shoshilib soradilar. Anovini!.. Dadam barmoqlarini bigiz qilib shiftni korsatdilar. Haydab chiqarlaring!..
544 Men, dadamning avzoyini korib yigidan toxtagan ukam hech narsani tushunolmay angrayib turaverdik. Dadamning fel- xoyini yaxshi bilgan onam, osha topda eng maqul yolni topdilar. Xop, adasi! Xop boladi. Onam ovozlarini muloyimlashtirib shunday dedilar-u, sozsiz- nesiz yelkamizga qoqib, bizlarni hovliga chiqishga undadilar. «Xop, adasi! Xop boladi»... Onamning qorquv va tahlika, qattol qaysarlik oldidagi ojizlik va umid tola ovozlari hali-hanuz qulogimdan ketmaydi... Hammasi ertalab, tong saharda malum boldi... Sandalning yonida yotgan edim, onamning yiglashlarini eshitib, uygonib ketdim. Kozimni ochdim-u, gir aylanib, chugurlab ravonni boshiga kotarib uchayotgan qaldirgochni kordim. «Ukam tagin danak otibdi-da!» degan oy keldi xayolimga. Unda, nega onam yiglayaptilar?! Yoq, ukam boshqa danak otmaslikka kecha ont ichdi, u otmagan. Oqshom uyquga ketgunga qadar ukam bilan korpa chekkasidan morala-ab ros-sa tomosha qildik. Qaldirgochning biri mixga, ikkinchisi devori endi kotarila boshlagan uyaning chekkasiga qongan ikkovi boshini qanotlari orasiga tortib, yonboshiga salgina qiyshaytirgancha tosh qotib uxlar edi. Fozil, deb soragan edi bir safar Qadriya, hikoya aytishdan toxtab. Qaldirgochni erinmay uzoq kuzatgan- misan?.. Uchayotganini emas, uyasida qonib turganini?.. Biron lahza tinim bilmaydigan, vijirlashdan charchamaydigan qushcha qonib uxlayotganida shu qadar muloyimlashadiki, yuvvosh, masum, beozor tortadiki... bechoraga oxshab qoladi... Qanotining sirti tim-m qora baxmal... kallasi qizgish, taqir baxmal... tomogi oppoq shoyi!.. Kozlari qop-qora munchoq deysan!.. Òomosha qilib turib, ilohiy qushligiga ishonib qolasan... Chindan ham shundaymikan, Fozil?.. Beozor, bokira jondorlarning bari ilohiy boladilar, dedi Fozilbek va shivirlab ilova qildi:
545 Sen ham... Qadriya yigitning iltifotiga etibor qilmay muddaoga qaytdi: Xullas, onamning yigi tovushlarini eshitib uygondim. Hayron boldim. «Nega yiglayaptilar?! Dadam qayerdalar?! Nega onamga qaramayaptilar?» kabi savollar miyamga kelaverdi. Shu xayolda ornimdan irgib turdim-u, chok tushgancha hovliga qarab qoldim. Ravon derazasining yonginasida dadam uzu-un tayoqni ikki qollab tutib turibdilar. Onam ham ikki qollab dadamning qollaridagi tayoqqa yopishganlar. Xuddi talashib-tortishayotganga oxshadilar. «Nahotki, dadam onamni shu-unday tayoq bilan kaltaklayotgan bolsalar?! Nima qilay?! Akalarim hovlining narigi burchagidagi xonada tunashadi. Yugurib borib uygotaymi?!» Yolimdan qoch! Chetga ot! Onam dadamga quloq solmadilar. Yolbordilar: Jo-on adasi, umringizdan baraka toping. Òegmang! Ot-t, deyapman! Onam alam aralash yiglamsirab yana yolbordilar: Mani uraqoling, adasi, roziman. oldiring. Faqat qaddirgochchi iniga tega kormang! Kasofati uradi, baraka top... Onamning bu gaplari dadamni junbushga keltirgan gazab oloviga sepilgan moydek tasir qildi. E, irim-siriming bilan qoshmozor bol-a!.. «Yomon boladi kasofati uradi»dan boshqa narsaga yetmaydi, aqling!.. Dadam shunday deb tayoqni qattiq siltagan edilar, onamning qollari buralib yerga chokkalab qoldilar. Boshlaridagi romol yelkalaridan osilib tushdi. Sochlari tozgidi. Men dam onamga, dam ravonda charx urib bezovta aylanayotgan uch-tort qaldirgo- chga angrayib, yiglab yubordim. Onam qad rostlab ulgurmay otamga iltijo qildilar: Ostiga taxta qoqtiraman, iflos qilmaydi. Foydasi yoq! Iflosini ozim tozalayman!.. Uyni emas, miyangni iflos qiladi bular, manavi miyangni!.. 35 Adabiyot, III 546 Dadam shunday deb gazab bilan onamning boshlariga nuqdilar. E, irimni bilgan!.. Onam birdan yigini, yalinib-yolborishni bas qildilar. Jiddiy tortib, dadamni kondirishning boshqa yoliga kochdilar: Mayli, irimga ishonmasangiz, qizingizni oylang!.. Zulfining baxtiga zo... Dadam onamning gaplarini ochiqdan-ochiq mazax qilib kuldilar. E, odammi olgani yaxshi! Har narsa bogani yaxshi-ya!.. Zulfiyaning oilasiga nima daxli bor, bu qushning?! Onam ham oz bilganlaridan qolmadilar. Beozor qush, qargishi yomon boladi, axir... Niyatingiz shunday ekan, nega uch kun qonib turganida haydamadingiz? Dadam javob qaytarmadilar. Onam sozlarim kor qildi deb oyladilar chogi, sal shashtlaridan tushdilar. Osha qongan kunlari haydasak... bezovta qilsak ham mayli edi, baraka topgur... Endi bolar ish boldi, baraka topgur. Rozi bola qoling, adasi... Bir oz hovurdan tushgan, sal bolsa-da, xotirjam tortgan onam romolni olib boshlariga oradilar. Men chok tushgan koyi yigidan toxtagan, biroq «qimir» etmay nega qaldirgochlar olamni boshlariga kotarib gir-gir aylanayotganini tushunolmay turaverdim. Keyin bilsam, bu, qaldirgochlarning faryodi ekan... Ha-ha, «bolar ish boldi», dedilar dadam zaharxanda tovushda, keyin qollaridagi tayoqni daraxt ostiga taraqlatib uloqtirdilar. Kochirib tashladim... ... Dadamning gapini onam dabdurustdan tushunib yetmadilar, birdan hushyor tortdilar-u, lahza sayin anglay boshladilar: onamning yuzlari qiyshayib ketdi... onam rahmatli sutga chayilganday oppoq, nihoyatda xushroy ayol edilar... vujud-vujudlaridan toshib chiqqan qandaydir korinmas bir kuch onamning yuzlarini gijim-gijim qilib tashlagandek boldi! Onam shu qadar jon holatda oldinga tashlandilarki, ozlarini toxtata olmay, koksilari bilan ravon derazasi raxiga zarb bilan
547 urildilar, shunda ham toxtamay boshlarini ichkariga suqib, boynilarini chozib butun vujudlari kozga aylanib, qaldirgochning uyasi tomon qarashga intildilar. Yorgakdagi bolajoni yotgan uyga ot ketganini korgan onaizorgina shundayin telba ahvolga tushishi mumkin... Men ham shundagina uya tomon qaradim. Qaradim-u: Voy-y! deb qichqirgancha ikkala kaftimni ogzimga bosdim. Onam dahlizga, dahlizdan ravonga oqday otilib kirdilar. Osha topda onam shorlik kozdan qolgan odamday harakat qilayotgan edilar. Bolmasa, hovlida turgan joylaridan kozga tashlanib qolgan uyani ostiga borib tursalar ham kormadilar, chunki... onam uya qurila boshlangan joyga sinchiklab, kozlariga ishonmay qayta-qayta qaradilar va tosatdan sapchib orqaga tislandilar oyoqlarining ostiga engashdilar. Engashib... piyola sinigiga oxshab ikki bolak bolib yotgan qaldirgoch uyasini ikki qollab kotardilar. Hamon ishonqiramay kozlariga yaqinlashtirdilar. Onam gapirolmay qoldilar, yoq, gapirayotgan ekanlar-u, ovozlari chiqmayotgan ekan. Birdan, oyoqlari majolsizlanib devorga suyandilar, kaftlarida turgan uya qoldigini korsatib oldinga chozgancha boshlari barobar kotardilar. Onam shorlik qaldirgochlar uya qoldigini olib yana joyiga yopishtirib qoyadi degan songgi ilinjda shunday qildilar. Qaldirgochlar esa uvvos solib, yanada shiddat bilan chir aylanishga tushdi «guvv» etib derazadan hovliga chiqib goyib bolar, zumda qaytib kirar, shiftga, devorga urilib ketay-ketay der, toshdek shongir, yana sapchib kotarilar, shu asnoda bu beozor qushlar onamning zor qaqshab qilayotgan tavallosini anglayotgan edimi-yoqmi, yolgiz Yaratganga ayon edi. Shorim!.. Shorim quridi!.. Shorim qurib qoldi... Onam yana nimalardir dedilar-u, ovozlari chiqmadi, ranglari dokaday oqarib devorga suyangancha orqalari bilan sirgalib tushib, hushdan ketdilar...
548 Dadamning: «Suv opke!» degan tovushlari keldi hovlidan. Umid akam piyolada suv kotarib ravonda qanday va qachon paydo bolganlarini sezmay qoldim. Akam onamning yuzlariga suv purkadilar, onam sapchib tushdilar... Qadriya jim bolib, oyga chomdi. Aftidan u xotira-hikoyasining muhim joyini unutib qoldirgandek diqqatini yanayam jamlashga urindi va ovozini boyagidan picha kotarib davom etdi: Ishonasanmi, Fozil, onam hushdan ketgan zahoti qaldirgochlar ravonni tark etdilar, bir-birini quvib, biri-biridan ozib hovlida chugurlashib, bezovta aylanaverishdi, hatto, ravon derazasiga qadar yaqinlashib uchib otaverishdi hamki, lekin ularning birortasi ravonga yolamadi. Onam tezda hushlariga keldilar. Janjal kattalashadi degan xavotirda yuragamni changalladim. Biroq onam «churq» etib ogiz ochmadilar. Kozlari nursiz, ranglari devor, ozlari suratdek, behol-bemajol turib qoldilar. Akam onamni ichkari xonaga yetakladilar onam sozsiz, qadamlarini surgab akamga itoat qildilar. Birdan uy ichimiz, hovli sahni suv quygandek sukunat ogushiga botdi. Ichkaridan Umid akamning onamni yupatish uchun aytayotgan gap-sozlari uzuq-yuluq eshitildi. Onamga shunaqayam achinib, bilasanmi, Fozil... He-ech kimga aytmagin-u, osha topda dadam dunyoda e-eng toshbagir insondek tuyuldilar... Shunda... hovlida, tok sorisi yonida yer chizib turib qolgan dadamga qaradim. Onamning himoyasi uchun dadamga biror gap aytib yubormoqchi boldim shekilli, dadamning biz tomon ogirilishlarini kutdim. Shunda, dadamning tok zangini siqimlab tutgan qollariga kozim tushdi. Zangni azbaroyi qattiq siqimladilarki, zangning qurigan posti uvalanib-uqalanib yerga tokildi... va birdan dadamga qattiq achinib, ichim achishdi... Qadriyaning oydek chiroyi necha bor qizarib, necha bor oqardi. Kozi yoshlandi. Ortiq gapirolmadi. Fozilbekka qolsa, Qadriyaning hikoyasi sira tugamasa, u gapiraversa-gapiraversa, Fozilbek
549 qadriyadan koz uzmasa, uning har bir sozini vujudi quloqqa aylanib tinglasa... Otangga achindingmi? uni qiyin vaziyatdan xalos etish niyatida soradi Fozilbek. Yuragim uvishib ketdi!.. dedi Qadriya. Hozirgina dunyoda e-eng bagritosh odam bolib tuyulgan edilar-ku? Avval achinding, keyin yaxshi korib ketdingmi? Ikkalovlariga achindim..., Qanday qilib? soradi jilmayib Fozilbek. Chunki, orada dadam ham, onam ham tushunmayotgan, tushunsalar-da, izohlab bera olishmayotgan nimadir bor edi... Qanday nimadir?.. Keyin topdinglarmi osha nimadirni? Mengina emas, oila azolarimiz hammamiz iqror boladigan hodisa yuz berdi. Qanday hodisa?! Uch oy otar-otmas Zulfiya opam oilasi buzilib, uyimizga qaytib keldi... 1995
550 ERKIN AZAMOV KOK ESHIK Hikoya
Òanishimizning ijara uyiga aylanma zinadan chiqilar ekan... Oynaband ravoncha, keyin devorlariga rasm solingan serhasham xona. Ungurda sakrab yurgan hurkak ohu bolalari tasviri Hamidga, ayniqsa, maqul tushdi: qishlogimizni, uni qurshagan toglarni eslatgan bolsa kerak. Darvoqe, gap devordagi bezakdami? U holda biz yashaydigan xona devorlarini tog ungurida oynab yurgan ohular emas, seryomgir kelgan bulturgi bahorning tomdan sizib otgan chakka doglari «bezagan». Yagona derazasi tirqishlarida chilla shamoli bemalol daydigan, ilituvsiz bu uyda Hamid ikkimiz galma-gal tumovlab turamiz. Mana, gap nimada! Borgan joyimiz dardimizni yangiladi. Mezbon tinmay dam sharoiti: elektr, gaz, suvini aytib gururlansa, dam uy egasining odamoxunligini maqtardi. Biz uning omadiga xojayin, elektr, gaz, suviga tahsin oqib, Hamidning tabiricha, «saroyimiz»ga qaytarkanmiz, oyga toldik. Boshqa joy topish kerak! ···
Darvozadan kirganda tomiga qora qogoz yopilgan korimsizgina ikki uy, bir dahlizga koz tushadi. Zax bosgan, qorongi dahlizdan chapdagi xonada kampir, ongdagisida biz
551 turamiz. (Nachora, ayb ozimizda yotoqxona shovqini malol keldi). Shifti Hamidning pakana boyiga moslangandek pastak bu xona ikki kishi uchun chinakamiga «saroy»: buklama karavotlarimiz va ustiga kitob qalangan siniq stolni hisoblamasa, unda hech vaqo yoq. Òorgina bu hovlida kampir yolgiz, faqirona kun kechiradi. Qoshnisiga tushgan qizi oilasi bilan andarmon, qoli tekkan mahaldagina kirib turadi. Bizdan tashqari, hovli torida, tut tagidagi bostirmasimon hujrada istiqomat qiladigan Boriboy akaning derazaga qaray-qaray negadir xavotirlanib gapirishicha, kampirning qizidan keyingi yagona ogli daydi chiqqan, onasiga qarashmay, xabar ham olmay qoygan; harbiydan qaytgach, bir beva ayolga uylanib allaqayerda yasharmish. Bazan ichib kelib qoladi. Ana keyin korasiz tomoshani, deydi Boriboy aka pichirlab. ··· Òushdan keyin oqiyman. Kechqurun sovuqda junjikib qaytaman. Hamid yo kampirning uyni zorga ilituvchi choyan pechi oldida gap sotib otirgan, yoxud Boriboy akanikida xalqaro ahvoldan masala talashayotgan boladi. Karavotga chozilib oyogimni korpaga orayman-da, kitob oqishga tutinaman. Song sovuqdan hushim kelmay kitobni qoyib, kampirning xonasiga bosh suqaman. Voy bolam-ey, kokarib ketibsan-a! Kir-kir... Qachon kelding? Man xavotir olib otiribmanku, bu izgirinda bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. Olgur sovuq ham... Mayli, hademay issiq kunlar kep qolar. Boriboy aytayotuvdi. Gazetada yozganmish. Oqishinglarni bitirib, hali bir odam bolasanlarki, hammasi unutilib ketadi. Sani, Hamid bolamni uylariga borib bir davron surishim bor. Umidim katta sanlardan, ha-ha!.. Chindan ham kampirning bizga ishonch-ixlosi zor, kelajagimizdan kop narsa kutadi. U, ayniqsa, Hamid bilan soz. 552 Uning shox-shox hazillaridan boshini orqaga tashlagancha miriqib- miriqib kuladi. Oyi, shu-u, boyga yetgan qizingiz bolmagani chatoqda, deydi Hamid menga koz qisib. Ozim ham shunga achinaman. Bolganida sandan boshqaga bermasdim-a, attang! deb astoydil kuyunadi kampir. Hay, parvo qilma, bolam, sani ozim uylantiraman, korasan. Koz ostiga olib yurganim bor. Qoshnilardan. Bir nozaninki, sochi taqimiga tushadi. Oshani tezroq olib bermasangiz, sochini qirqtirib qoyadi, oyi. Hozir shunaqa. Shox bolmay ket-a, bolam... Boriboy akaning hujrasiga otaman. Ottizlarni qoralagan bu odam qoshni kampirning ogli; akasi bilan murosa qilolmay uyidan arazlab, shu yerda soqqabosh yashaydi. U birinchi kun bizni sovuqqina qarshilab: Musofir ekansizlar, dedi negadir parishon bir qiyofada. Mayli endi. Lekin kampirni ranjitish yoqshart shu. Ogli tufayli kongli yarim ozi. Ammo-lekin tilla kampir-da. Mana, ozimiz ham... Uzoq kirish sozidan keyin u «Vokrug sveta» jurnalini oqish- oqimasligimizni soradi. Hamidning mujmalroq javobini eshitgach: Oqib turish kerak, dedi. Ammo-lekin shu jurnalda gap kop. Mana, ozimiz ham... Uning katalakdek hujrasi gazeta-jurnalga tola. Zax taxmonning tepasigacha sonma-son «Vokrug sveta» taxlangan. Bazan tongga qadar hujrada chiroq miltillab turadi: Boriboy aka oninchi lampa yorugida boshini qashlab, qolida qizil qalam, gazeta titadi. Yurganda ham uning qolidan gazeta tushmaydi, qoltigida, albatta, jurnal boladi. Ozi qurilishda oddiy ishchi-yu, hamisha oq koylak, boyinbog, shlyapada yurishi, muomalasi ziyoli kishilarni eslatadi. U goho ichib kelib, hovlini boshiga kotargudek okirib yiglaydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas-bir kun uni fosh
553 qilajagini aytadi, boralab sokadi. Keyin ishkom tagidagi chorpoyaga otirgancha hasratga tushadi. Men baxtimni yoqotganman, ukalar, deydi bizga. Musofirsizlar. Ammo-lekin musofirchilik yomon narsa. Mana, ozim ham... Baxtimni tortib oldi. Nomardlar! Men hali ularga korsatib qoyaman! Ha! Ilmiy ishlarim qolib ketdi... Uni kampir onasidan ozga hech kim tinchitolmaydi ham, ovutolmaydi ham. Hi, Borivoy, tagin nima boldi sanga? deya darvozadan munkillab kiradi kampir. Boriboy aka goh onasining boyniga yosh boladek osilib oladi, goh uni yerdan dast kotaradi. Oyijon, oyijonimsiz! deydi u qayta hiqillashga tushib. Ilmiy ishlarim bitsin hali, men sizni boshlarimga kotaraman, ha, xuddi osmonga! Nomardlar-r! Òortib oldi-ya, oyijon... Eshitishimizcha, bu devonatabiat odamni tole qisgan, suygani kuydirib ketgan ekan. «Ilmiy ish» degani esa bir paytlardagi orzusi bolsa kerak. U mudom nimadandir xunob, nimadandir shikasta. Nimadanligini biz ham bilmaymiz, ozi ham. Gazetaga ishqibozligim uchunmi, Boriboy aka menga boshqacha qaraydi. U meni ehtirom bilan qarshi olarkan, Hamid ornidan turadi. Ha, mulla? deydi Hamidga. Otiring endi. Mana, bu yoqqa keling, boyagi masalani hal qilamiz. Rahmat, deb hafsalasiz jilmayadi Hamid. Ilmiy ishni tugatish kerak. Ertaga kengashda muhokamasi... U chiqib ketgach, Boriboy aka maxfiy sirni ochayotgandek, derazaga qarab pichirlaydi: Sherigingiz tupoy ekan-ku? Daniyaning qirolichasi kimligini bilmaydi-ya! Oliy maktabda oqiy turib... Ha-a, bu, Kambodja masalasini eshitdingizmi? Kosada ovqat kotargan onasi kiradi-yu siyosat chetda qoladi. Kelsam, «tupoy» ilmiy ishi seminarga tayyorgarlik korib, allaqachon toshakka kiribdi.
554 Seni, tupoy ekan, dedi. Kulgim qistaydi. Kim? Musofirmi? (Hamid Boriboy akaga shunday deb laqab qoygan). U qiziqsingancha yostiqqa yonboshlab oladi. Hi! Oziyam mendan qolishmaydi. Ilmiy ish emish! Uylanish taraddudida yuribdi. Òopganmish bittasini. Kvartira berishibdi. Yaqinda kochmoqchi bu yerdan mana, senga ilmiy ish! Qarasam, allaqaydagi savollar bilan boshimni qotiryapti, «Bor-e», dedim. E, buyam ozimizga oxshagan bir afandi-da. Shorlik musofir! Kampirning: «Uy sovuqlik qilayotgan bolsa, mani yonimga, bu yoqqa ota qolinglar, harna issiqroq», degan gapini Hamidga aytaman. Qoysang-chi, deydi u korpani yuziga tortib. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling