Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
song haligi labi kemtik yigit bexosdan taqimiga tepdi Polvon chalqancha qulab tushdi. Ornidan turmoqchi bolib uringanida, Sattorqul kelib, yelkasidan etigi bilan bosdi: Xatchaning talogini aytasan! dedi u. Keyin, mayli, tusagan yogingga ketaber. Aytsang boshatamiz.
518 Hozir boshat, deya Polvon qaynisiga emas, labi kemtik yigitga yuzlandi. Boshatib qoyib gaplash. Polvonning oziga bepisand qaragani Sattorqulga alam qildi: E, beshbattar bolmaysanmi!.. Etigining uchi bilan Polvonni yuztuban agdarib tashladi va yagrini aralash qamchi tortdi. Ormasi mayda ekan badanni tigdek kuydirib otdi. Polvon iyagini zarang yerga tiragan koyi qotib yotaverdi. Avvaliga ogriqni sezib turdi, qamchi har tushganida eti kopchib- qabarib chiqayotganini ham bildi, lekin birpasdan song eti olib, quloqlariga qamchining havoni vizillatib chizayotgan tovushigina qoldi.
Ishongisi kelmadi. Òinchgina molini haydab ketayotib edi, yolda Maxsum uchradi, taloqni olib ketmoqchi boldi, uni iziga qaytarib, ozi keldi, mana, endi, manavi zarang yerda, tuyaquduq yonida, qollari bogliq, qimir etgani imkoni yoq, yep bilan bitta... Òush koryapman, deb oyladi u, hammasini tush koryapman, seniyam tush koryapman, Sattorqul inim, podachining tushi qursin, bir xil tushlarimda meni ilon chaqadi, tishi etigimdan otib boldirimga sanchiladi, dod deyman, dodlayman-u uygoiib ketaman, seniyam tush koryapman, Sattorqul inim, yaxshi qilmading, inim, mayli, qattiqroq yur, toki men uygonib ketay, hammasi tush bolib chiqsin, uygonib, yonimda Xatcha bilan Chamanni koray... Yolgizlik yomon, inim, sizlar uchov, men bir ozimman... Sen ham harsillab qolding, charchading, inim, mayli, qamchini labi kemtik jorangga ber, u ham ursin, ayt, qattiqroq ursin, ormasi har sermab otganida yagrinimdan parcha- parcha et uzib olsin-u men uygonib ketay, tushdan forig bolay, yonimda Xatchani koray, tushimda bolsayam uni uyga obketay, mayli, uraber, inim, yara-chaqa bolsa bitib ketar, toxtama, nega toxtading yoki menga rahming keldimi, inim?.. Chidab yotdi. Ingramadi. Bir mahal havo dim tortganini sezdi. Dim, epkinsiz, quyuq. Yelkasidan chiqqan ter kozyoshiday issiq... Òermi bu, qon emas-mi?.. Qið-qizil, kozyoshiday jizillatadi, sargish chakmonni bagir tusiga boyab boryapti...
519 Kozlarini yirib, oldinda bir juft toshtovon etikni kordi. Agdarma kon, choklari pishiq, jiyrilgan joyi yoq, faqat nagali yeyilibdi, qushning tiliday yupqa, bugun-erta uziladi... Etiklar qimirladi. Polvon yotgan joyida bir-ikki silkinib tushdi. Keyin etiklar yana manglay tarafiga otdi. Polvon tagin ularga tikildi, biroq etiklar tutqich bermadi, soniya sayin kichrayib, uzoqlashib boraverardi. Kozlarini yumarkan, chuqur tin oldi, iljaydi: etiklar qochdi, qochdi!.. ...Sahar mahali kunbotar tarafda yilqi kishnadi. Sayxonlikdagi yantoqlarni shitirlatib salqin shamol turdi. Polvon unga yuz tutdi uzoq, to sal tetik tortgunicha. Song yilqi ovozi kelgan yoqqa qarab ormaladi. Kop sudraldi. Òizzalari, tirsaklari zirapchaga toldi. Òaqirga yetganida qurigan loy qisir-qisir sina boshladi. Bir payt barmoqlari balchiqqa tegdi. Chanqoq xuruj qildi: balchiqni siqimlab ogziga solib shimidi. Suv chiqmadi hisob, tomogiga tiqilib, nafasini qaytardi. Yana oldinga ormaladi. Biror besh daqiqa otib, uzatgan qoli suvga tegdi. Polvon ikki-uch tolgonib olga jildi-yu betini suvga botirdi, song tirsaklariga tayanib, tili bilan yalashga tutindi. Konglida galati bir gurur uygondi, ozining miskinligidan, manavi qora balchiqqa belanib yotganidan, suvni kuchukka oxshab shaloplatib ichayotganidan shodlandi, sovuq tomchilarning chanqoq vujudi boylab bir maromda taralayotganiga quloq soldi... Xadichani Shorquduqdan berida, poda yotar joydan topdi. Ustida osha kir koylagi bilan gardi romoli, etagida qongiz kavlab ketgan besh-oltita govak tezak (shuni bahona qilib chiqqan), birov urpganmi, ozi yiglaganmi, kozlari qizargan... Polvonni avvaliga tanimadi, yoq, tanidi-yu, kozlariga ishonmadi, qorqdi, qoli bilan yuzini pana qildi qamchidan tosganday. Òalogimni aytdingizmi? deya sekin, xorlanib, kelar baloni daf etolmasligidan qorqqandek soradi; kozlari moltiradi, etagidagi tezak yerga tokildi.
520 Aytardim, Xatcha, dedi Polvon. Aytardim, lekin endi bolmaydi, ilojim yoq, aytsam qorqoqqa chiqaman. Chidaysan endi, Xatcha... Xadicha yigladi. Kozlarini artarkan, romoli boshidan sirgalib tushdi, sochlari yelkasiga yoyildi. Boraymi? deb soradi. Urmaysizmi?.. Polvonning xorligi keldi: seni urgan qol sinmaydimi, Xatcha!.. Xadicha yaqinroq keldi, erining usti-boshiga chaplangan loy va qonni artmoq bolib qol chozdi, ammo botinmadi, yovuqlikning ozi mahobatli bir devor misol koz oldini tosdi qollarini tortdi, kongliga yana qorquv oraladi. Polvon hayratlandi: senga shunchalik kongil qoyib edimmi, Xatcha? Kel, qollarimda azod kotaray seni, on besh kunlik oyday quchogimni toldir, Xatcha, meni qattiq-qattiq chimchila, zora seni tush kormagan bolsam!.. U ayolni dast kotarib oldi. Xadichaning bilaklari boyniga chirmashgan zamon majoli qochdi, gandiraklab ketdi, lekin sal otib bilaklarning kuydirguvchi taftiga konikdi, charchogu ogriq unutildi, goyo tani ham unut boldi-yu uning ozi boyniga chirmashgan bilaklarga aylandi... Faqat yuraklarning ola-tasir urgani seziladi, goyo butun dasht-u dalalar ularning dupuriga tolgan... Seni shunchalar soginib edimmi, Xatcha? Kongildagi kin-u gazabim qani? Nega yiglaysan, Xatcha? Sen ham sogindingmi? Soginganing rostmi, Xatcha? Biror narsa de, shubhalaring bekor, de, Xatcha, konglimni qabartma, belimni bukma, gavharni toshga urmaylik, Xatcha!.. Ayolning yuziga tikilib, gumoniga tasdiq izladi. Lekin Xadichaning turgan-bitgani yuz-u kozi, boyniga chirmashgan bilaklari, yoqasiga qadalgan bir qator sadaf tugmalarigacha iffatga yor, shubhaga zomin edi. Xadicha erining kozlarida bir ogriq kordi, ammo soz soylarga majoli yetmadi, bogziga tiqilgan achchiq xorsiniqni ichiga yutdi-yu, uning tarashadek qotgan jun chakmoniga betini burkadi... 521 ÒOGAY MUROD OÒ KISHNAGAN OQSHOM QISSADAN PARCHALAR ... Odamlar meni kal deydigan boldi. Ziyodulla kal emish! E tavba-e, e tavba-e! Avval-avval uyatdan quloqlarimgacha lovillab yondim. Konglim oksidi. Keyin-keyin botmaydigan boldi. Konglimga singdi. Quloqlarim organdi. Endi Ziyodulla kal demaydiganlardan opkalardim. Ayniqsa, pochtachidan. Qachon korsa ortoq Qurbonov, deydi. Gashim keladi. Meni mayna qilayotganday tuyuladi. Bir safar jerkib tashladim: Nimaga ortoq Qurbonov deysiz? Men bir amaldormidimki yo diðlomim bormidiki, ortoq Qurbonov deysiz? Bor-yogi beshinchi sinf kallam bolsa. Kop mayna qilmang, sochim bolmasayam tarogim tillodan. Bolmasa nima deyin? El qatori Ziyodulla kal deya bering. Oz otim ozim bilan. Xayriyat-e, endi pochtachiyam kal deydigan boldi! Diðlom soramaydigan turli ishlarda ishladim. Qorovul boldim, golah boldim. Oxiri podachi boldim. Odamlarning qoyini boqdim. Adirlarda nay chaldim. Nafasim yetmay qolib, eski bir dombira topdim. Dombirani sayratib, bepoyon adirlarga, yoyilib otlayotgan qoylarga, choqqilar uchida uzmay chugurlayotgan qushlarga, bolak-bolak oppoq bulutlarga qarab doston aytdim. Bu dostonlarni toylar, olis yaldo kechalari bobolarimiz biri qoyib,
522 biri aytardi. Ularning koplari rahmatli boldi. Rahmatlilarday doston aytib bolmaydi. Bizniki baholi qudrat-da. ···
Birodarlar, hamsoyamiz Qulmat polvon bozorlab keldi. Devordan boylab, narx-navoni soradim. Denov bozorida mayiz on som bopti. Regarda yanayam qimmat emish. Mayizingiz bolsa armonda qolmang, dedi. Mayiz bizda bor-da! Olti unxalta! Saratonday sariq mayiz! Qochqorday-qochqorday ogillarim bor! Katta bolsa otning Òarlonini minaman deyapti! Mayizni shularning toyiga bosib yotibman. Bu qish kuchim yetmadi, yanagi qishda katta toy beraman. Nasib bolsa! Shanba oqshomi ombordan mayizning bir xaltasini sudrab chiqdim. Supadagi gilamga yoydim. Galvirda elab, changdan pokiza etdim. Subhi sodiqda Òarlon ikkovimiz bozor jonadik. Qizilsuvga doxil boldik. Daryodan kechib otib, yuqoriladik. Mol bozori oldida tevaragi sim bilan oralgan yep bor. Bozorlab kelganlar ot, eshaklarini shu yerga boglaydi. Òarlonni shu yerga bogladim. Mayizni orqalab, bozorladim. Yarim bukilib, posht, posht, deb bordim. Dimogimga manti hidi keldi. Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab otirdim. On somdan pastga tushmadim. Qarasam, savdoning maquli yoq. Bor-e, yetti somdan, deb yubordim. Bir mayizjallob dikonglab kelib, kotara savdo qildi. Xaltani tizzamga urib qoqdim. Buklab-buklab qoltigimga qisdim. Bozor oralab bozorlik qildim. Noz-nematlar oldim. Jiydaga boshqorongi ayolimizga Xorazm jiydasi, ogillarimizga xorozqand, qogozida kuchugi bor qand, teshikkulcha oldim. Barini xaltaga solib orqaladim. Choyxonaga bordim. Ostonadan ichkari moralab nafasim qaytib ketdi. Ichi liq tola odam. Havosi dim. Òashqaridagi sorilardayam odam kop. Birovlab sanasa yuzlar bor. Xaltani sori ustuniga suyadim. Bosh joy izladim. Birov ketdi. Xaltani shu boshagan yerga sudrab bordim. Ketgan odam 523 boshatgan choynakni oldim. Yonimdagi odamga, soraganlarga bu joy egalik deng, dedim. Choy, kulcha olib keldim. Kochaning narigi yuzidagi baliqxonaga otdim. Bir sermoylov odam katta qozonda baliq qovuryapti. Navbatga turib, bir kilo baliq olib keldim. Chordona qurib, baliqni tushirdim. Qiltigi kop ekan, xunob boldim. Ketimga qarasam ikkita drujinachi choy ichib otiribdi. Haligi drujinachilar emasmikin degan hadikda sinchiklab qaradim. Yoq, boshqa ekan. Shunda, ushla ogrini, ushla, degan ovoz keldi. Bozor darvozasi oldidagi guj-guj olomon orasidan bir bola chopib chiqdi. Ketidan bir beqasam choponlik odam quvib keldi. Bola kochani kesib chopdi. Yuqoridan shiddatli kelayotgan qizil mashinaga duch keldi. Mashina shigillab toyib toxtadi. Bola ozini yolning bu betiga otdi. Qop-qora suv oqayotgan ariqqa shaloplab tushdi. Loy bolmagan yeri qolmadi. Quvib kelayotgan odam mashina ketidan otdi. Bolaning loy yoqasini juftlab ushladi. Bola tiðirchilab, beqasam choponlikning changalidan chiqolmadi. Choponlik, bolaning oyoqlariga qoshib qoqib, yerga yumalatdi. Pulni chiqar! Qani pul?! Men emas. Sen! Qolingni kissamda ushladim-ku! Yaxshilikcha chiqar, bolmasa enangni Uchqorgondan korsataman! Men emas deyapman-ku! Unda ozim topaman. Òort qolingni! Manavi kissangni korsat! Choyxonadagilarning koplari borib qaradi. Otkinchilar oyoq ildi. Odam tumonat boldi. Men sorida tik turib qaradim. Beqasam choponlik bolaning kissasini kovladi. Qoltigiga qolini tiqib, bir dasta pul oldi. Bolaning tumshugiga tiqdi. Bu nima, enangning qalinimi? Bola boshini yelkalari ichiga oldi. Yuzini loy kaftlari bilan pana qildi. Beqasam choponlik bolaning chakkasiga qulochkashlab soldi. Bola balchiq suvga shalop etib tushdi. Beqasam choponlik bolaning yoqasini juftlab ushlab, suvning oqishiga qarab yetakladi:
524 Senga kissavurlik qilishni korsatib qoyaman! Yur melisaga! Bola oyogini tirab, gavdasini orqaga tashladi. Shu vaqt olomon orasidan ikkita novcha yigit sugurilib keldi. Ikkoviniyam sochlari yelkasiga tushadi. Ust-boshi badaniga chiðpa yopishgan. Botinkalarining tovoni otning tuyogiday qalin-qalin. Ular beqasam choponlik odam oldiga keldi. Birovi uning tirsagidan ushladi. Beqasam choponlik bolani qo yib yuborib, ogirildi. Kelganlarning birovi uning tumshugiga sozlab soldi. Beqasam choponlikning zuvalasi pishiq ekan. Gandiraklab, yiqilmadi. Endi unisi soldi. Olomon haybarakallachi boldi: Ur, sol tumshugiga! Ur, musht turganda muomala nima kerak! Beqasam choponlik birovini qoshqollab bir urdi. Yigit chalpak bolib yiqildi. Birovi beqasam choponlikning ketidan kelib biqiniga tepdi. U biqinini ushlab enkaydi. Olomon haybarakallachi boldi: Ur, kalla qil, kalla! Shu vaqt maydagina bir qora kuchuk vangillab kelib, urayotgan yigitning butiga yopishdi. Yigit oyogini sermadi. Kuchukning izidan haligi baliqpaz keldi. Kuchugini urishib-urishib haydab ketdi. Chalpak bolib yiqilgani sapchib turdi. Beqasam choponlikning ichiga tepdi. Loyga belanganiyam tepdi. Beqasam choponlik yuzlari burishib bir ichini, bir biqinini ushlab, chok tushdi. Men xunob bolib, ketimdagi drujinachilarga aytdim: Borsalaring-chi axir, oldirib qoyadi! Birovi xotirjam qol siltadi: Bizga aloqasi yoq. Bu yer boshqa birovning uchastkasi. Mening uchastkam vinzavod taraf. Olomon yakun yasadi: Òamom, nokdaun! Yoq, tamom bolmadi. Beqasam choponlik chokkalab otirib- otirib, birdan sapchib turdi. Biqiniga tepganning yuziga kalla
525 qildi. Yigit yuzini kaftlari bilan yopib, enkaydi. Barmoqlari orasidan qon sizib chiqdi. Shunda, yana birovi kaftiga bir qora nimani qoyib, choponlikning peshanasiga urdi. Choponlik voh oldim-e, dedi. Peshanasidan qon oqdi. Kozlari yumilib, ketiga gandirakladi. Ana yiqilaman, mana yiqilaman deyotganda yana birovi xuddi top tepayotgandayin sapchib kokragiga tepdi. Beqasam choponlik uchib ketdi. Qollarini yozib, qimirlamay qoldi. Ikkovi yotgan choponlikni tepa boshladi. Kalla yeganiyam keldi. Uchovi choponlikni ortaga olib, koziga qaramay tepdi. Ketimga qarasam, drujinachilar yoq. Òevarakka alangladim. Ikkoviyam choyxona yonidan pisib ketyapti. Men ich-ichimdan ezilib ketdim. Supadan tappa tashladim. Olomonni qulochlarim bilan yorib, ortaga kirdim. Birovini yelkasidan gijimlab ushlab siltab yubordim. Birovini sochidan gijimlab chetga tortdim. Imoning kuygurlar, bir bandai mominni oldirasanmi! Sochini gijimlab turganim chotimga tepdi. Esankirab qoldim. Qolimning keti bilan yuziga soldim. Mashina signal berdi. Suv oqayotgan tarafdagilar chetlanib, yolni ochdi. Bemorxona mashinasi korindi. Ichidagi oq kiyimli odam kozoynagi ustidan qonga belanib yotgan choponlikka qaradi. Nima boldi bunga? Xorligim kelib yiglab yubordim. Kormaysizmi bechorani! Ular uchov, bu bechora yolgiz bolsa?
Òushunarli. Dam olish kuni deb ozidan ketib qolmay kamroq ichsin! Buni olib keting, olib qoladi, birodar. Biz vizovga ketyapmiz, zakaz bor. Boshqa skoriy pomosh chaqiringlar. Ketdik, haydang! Opkam tolib, yenglarimga yigladim, choponimning yoqalariga yigladim, ongirlarimga yigladim. Olomonga alangladim. Ay birodarlar, bechora inson shunday olib ketaversa yaxshimi? Uyida bola-baqrasi bordir!
526 Birov ovoz berdi: Òanishingiz ekan, tezroq olib keting. Kocha yuzidagi mayda mashina egasiga yalindim. Kondi. Beqasam choponlikni sudrab mashinaga soldim. Ozim oldiga otirdim. Bir yigit mashinaga shoshib keldi. Shu odamning oglimikin, degan xayolda derazadan yuzimni chiqardim. Yigit shu yerdagilardan soradi: Nima boldi-a? Zor tomosha boldi! Uchchalasi bittasini shunaqangi soldi. Paq-paq! Nokdaun! Beqasam choponlikni melisaxonaga olib bordik. Ular mening kimligimni, qayerdanligimni sorab, yozib oldi. Bolgan voqeani soradi. Oqizmay-tomizmay aytib berdim. Melisalar mendan bir qogozga qol qoydirib oldi. Birgalashib ekspert deganiga olib bordik. Ular kop tekshirdi. Suratga oldi. Bemorxonaga olib bordik. Mashina egasiga uch som berdim. U olmadi. Men unga qulluq, dedim. Melisalar zarur bolib qolsangiz uchastkavoyingiz orqali topamiz, dedi. Barimiz oz yolimizga ketdik. Choyxonaga borsam, xaltam joyida yoq. Choyxonachidan soradim. Bilmayman, dedi. U, beqasam choponlikning holini soradi. Olib borib joylashtirdik, dedim. Bozor oralab, qaytadan bozorlik qildim. Barini belbogimga tugib, Òarlonning oldiga bordim. Dunyoni endi korganday, osmondan tushganday bolib qoldim. ···
Otar adirda yoyilib otladi. Òodalagunimcha kech boldi. Uyga qosh qorayganda keldim. Uchastkavoyimiz bir parcha qogoz berib ketibdi. Ertaga soat onda organda bolsin, debdi. Sherigimning uyiga borib uzrimni aytdim. Ertaga qoyni sen boq, zarur ishim chiqib qoldi, biror kun qaytaraman, dedim. Saharmardonda Òarlon ikkovimiz shaharga jonadik. Òarlonni boglab, bordim. Eshik oldida otirgan melisaga qoynimdagi qogozni olib korsatdim. U meni eshigi gilofli xonaga ergashtirib 527 bordi. Òorda otirgan yigit ornidan turib, keling, keling, dedi. Men bilan korishib, ozini kapitan Roziyev, dedi. Meni ergashtirib kelgan melisa ketdi. Kapitan katta ruchkasi uchi bilan menga joy korsatdi. Men otirdim. Kapitan katta qogoz titkiladi. Xosh-xosh, familiyangiz Qurbonov-a? Nega kechikib yuribsiz, aka? Soat on ikki boldi-yu? Men sizga aytsam, kapitan katta, Òarlonning oyogiga qaradim. Xosh-xosh, Òarloningiz kim? Bizning otimiz-da, kapitan katta. Xosh-xosh, hali otda keldingizmi? Shuncha texnika turib-a! Esa-chi. Òexnika bizga bolmaydi, kapitan katta. Benzinning isini xush kormayman. Xosh-xosh, banditlarni izlayapmiz, aka. Shubhali tiðlarni jabrlanuvchiga yuzma-yuz qildik. Bular emas dedi. Siz esa kelmadingiz, endi boshqa kun chaqiramiz... Ikki kun deganda uchastkavoyimiz qogoz olib keldi. Òarlon ikkovimiz azonda yol oldik. Bu safar qichab haydab, vaqtida keldik. Kapitan katta tortta ospirinni bemorxonaga olib borib, beqasam choponlikka yuzlantirib keldi. Keyin menga roparo qildi. Bular emas, dedim boshimni chayqab. Ularning sochi uzun-uzun edi, dedim. Kapitan katta kuldi. Xosh-xosh, eslay olmaysizmi, aka, ularning yuzida biron jarohat izi yoqmidi? Esa-chi. Iziyam gapmi, yaraning ozi bor edi, kapitan katta. Xosh-xosh, qanaqa jarohat? Ikkovining yuzidan qon oqdi. Beqasam choponlik kalla qilib edi-da. Xosh-xosh, shuni ertaroq aytmaysizmi, aka. Ana bu boshqa gap. Keyin, bir maydarogining ust-boshi loy boldi, kapitan katta. Kapitan katta yoza-yoza bosh chayqab kuldi. Nimaga kuldi farosatim yetmadi. 528 Xosh-xosh, ayting-chi, aka, voqeani korgan odamlarning aqalli birontasini taniysizmi? Men sizga aytsam, kapitan katta, lof bolsayam yuzdan oshiq odam bor edi. Qaysi birini taniyman. Hatto ikkita drujinayam bor edi.
Kim, kim? Drujinachi? Esa-chi, kapitan katta. Ular shunday ketimda otirib choy ichdi. Xosh-xosh, ular ham voqeani kordimi? Esa-chi. Barini korib turdi, kapitan katta. Xosh-xosh! Kapitan katta temir sandigidan bir katta qogoz olib yoydi. Ichi tola gij-gij surat ekan. Qarang-chi, aka, shuning ichida siz korganlar bormi? Suratlarga barmogimni yugurtirib qaradim. Oxiri, korgan- larimdan birovini tanidim. Peshanasiga barmogimni nuqidim. Xayla, anavi! Kapitan katta enkayib qarab, bosh irgadi. Suratlarni taxlab, sandigiga soldi. Òashqarilab, qaytdi. Xosh-xosh, siz aka, mana bu xonaga kirib turing. Ozim chaqiraman. Yon xonaga kirib otirdim. Xona eshiksiz ekan. Kapitan katta baxmal pardani tushirdi. Birov mumkinmi, dedi. Kapitan katta soradi. Xosh-xosh, siz yigirma tortinchi yanvar yakshanba kuni soat on ikkilarda qayerda edingiz? Qaysi yanvar, bu yilgi yanvarmi? Uchastkada edim. Xosh-xosh, aniqroq ayting. Vinzavod atrofini nazorat qilib yurgan edim. Xosh-xosh, demak zavodda? Ha, zavodda. Xosh-xosh, shu kuni choyxona oldida bolgan voqea; xabaringiz bolmadimi? Qanaqa voqea?
529 Osha yerda topolon bolgan. Olimdan xabarim bor, bundan xabarim yoq. Xosh-xosh, bu yoqqa bir qarang, aka. Ularning oldiga chiqdim. Kelgan yigit xuddi osha ketimdan choy ichgan drujinaning birovi ekan. U meni kordi-yu, rangi oqarib ketdi. Kapitan katta meni unga korsatdi. Xosh-xosh, shu odamni biron marta korganmisiz? U menga tikilib turib-turib, yelkasini qisdi. Eslayolmayapman. Kulgim keldi. Balki tanir deya choyxonani eslatdim. U shiftga qarab oylab-oylab, korsatkich barmogini chakkasiga nuqidi. E, ha, boldi, boldi! Endi esladim. Osha yerdan uchastkamga otib ketayotgan edim. Kochada odamlar toplanib turgan ekan. Biron nima sotayotgan bolsa kerak deb oyladim. Eb-ey, eb-ey, ikkovimiz gapirishdik-ku, uka. Me sizga... Men bilan-a? Bekorni aytibsiz! Òuhmat! Soqolingiz bor, ogzingizga qarab gapiring. Siz meni boshqa odamga adashtiryapsiz. Kapitan katta menga qaradi. Ana, bolmaganman deyapti-ku? Men yoqamni ushladim. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling