Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Hech biri ozimizning mana shu saroyga teng kelmaydi: muzdekkina, maza! Òezroq boshqasini topmasak... Bu kecha tushimizga kirib chiqsin, ertaga topamiz. ··· Hamidning tushi ongidan keldi: u ertasi kuni darsdan xushxabar bilan qaytdi. Kursdoshlari orqali surishtirib, universitetning yonginasidan uy topibdi. Kechqurun korgani bordik. Uy biz kutgandan ziyoda, osha tanishimiznikidan otsa- otardiki, qolishmasdi. Ertaga kochib keladigan bolib bekasi bilan ahdlashdik. U negadir sal jonsarak, ammo juda muloyim ayol ekan. Mayli, kelaveringlar, dedi. kechqurun adasining ozlari gaplashadilar. Fellari bir oz anaqaroq, «Xop», deyaverasizlar. Galdagi mushkulot kochish, yani bu gapni kampirga aytish edi. Nima deyish, kim aytishi xususida Hamid bilan xiyla bosh qotirdik. Yotoqxonada yashamoqchimiz, desak-chi? Kallangga balli! 555 Uzoq tortishuv, ikkilanishlardan song, «Kampir seni yaxshi koradi, u-bu», deb gaplashishga uning ozini kondirdim. Hamidning orqasidan kampir uyga yiglab kirdi. Sanlarni oz bolam degandim, organib qoluvdim, deya hiqillardi u. Bir hovlida yolgiz ozim... Borivoy ham yaqinda uylanib ketib qolarmish. Mana, bu yogi bahor edi. Bilaman, sovuqda xiyla qiynaldinglar, shorlik bolalarim. Ahvollaringni korib ich-etimni yeyman. Ilojim yetganda-ku... Yonimga ota qolinglar, dedim... Yo biror nimadan xafa boldinglarmi, a, bolalarim? Òunov kungi... Òunov kuni, kampir qizinikida edi, ogli keldi. Korinishdan beozorga oxshagan bu odam ancha nagma korsatdi: u girt mast, oyogida turolmas edi. Kim qoydi sanlarni bu yerga? Kimsanlar ozi? Bu mani uyim, ha! Hech kimning haqi yoq, ha! deb baqirdi u bizga. Keyin yerga boqqancha chayqalib sokinishga otdi... Oyim qani? Oyimni topib berlaring! Òez bol, hozir! Hamid kampirni chaqirib chiqdi. Ogli tagin dagdagaga tushdi.
Bas qil, jinni, qoshnilar eshitadi, deya kampir uni sudrab uyga olib kirdi. Man-n qoshnilaringizni... Uning hush-behush baqirigi eshitilardi. Bular kim? Kim qoydi bularni? Sizga pul kerakmi, a, ayting, pul kerakmi? Mana, mana!.. Puling ozingga buyursin, dedi kampir titroq tovushda. Nima desang de, lekin man bu bolalarni yonimdan jildirmayman, ular ozimniki... Amallab oglini jonatgach, kampir yiglab hasrat qildi, uzr soragan boldi. U hozir osha gapni eslardi. Konglimiz buzilib ketdi. Biroq endi qolish ham ongaysiz edi. Xabar olib turamiz, oyi, deya yupata boshladi Hamid. Kampir battar toliqdi. Songra yotoqxona sharoitini obdon surishtirdi, kongli toldi shekilli:
556 Mayli, bolalarim, nimayam derdim, dedi past, dardchil ovozda. Niyatlarim kop edi... Nihoyat, kampirning duosini olib, birinchi bor korayotgandek qadrdon hovliga songgi marta gamgin nazar tashlagancha, kongilda bir orziqish... kok darvozadan chiqib ketdik. Yangi joyga ornashib, kechqurun beka aytgan kishining kelishini kutdik. Keldi. Òanitishicha, allaqayerda bufetda ishlarkan, burnining uchi ham xuddi vinoga tiqib olingandek edi. Bekaning «quloq qoqdi»siga kora, «bir oz anaqaroq» bu odamning gaplariga «Xop», deyaverishimiz kerak edi. Vazifamizga kirishdik. Yotoq yoqmabdi-da, xilvat qidirib qolibsizlar? deb boshladi u sozini. Xo-op, dedi Hamid. Xojayin unga bir oqrayib qoydi.
Pulini xotindan eshitgandirsizlar? Aytib qoyay, har oyning boshida tolashinglarga togri keladi. Qalay? Xop. Soat toqqizdan keyin darvoza berk boladi. Buniyam hisobga ollaring, xopmi? Xo-op... Rubobinglar ham bor ekan. Buniyam vaqti-vaqti bilan, a? Menga-ku bari bir, seminarga tayyorlanish orniga Hamid bazan ermakka tingirlatib otiradi. Xopmi, vo-ot... Òagin har qanaqa oshna-ogaynini boshlab kelish ham yoq. Keyin siz, uka, moylovniyam, a?.. Òogri kelmaydi, mahallachilik. Shu yerga yetganda Hamid tamom boldi, lekin sir bermadi. Xopmi, vo-ot, chiroq masalasi... soat on ikkigacha. Bu gap ikkimizga birdek tasir qildi: qishloqni, maktab davrini eslaydigan gurunglarimiz qisqaradi endi. Keyin gaz, suv, kran masalalari muhokamasiga kochdik. Biz oz vazifamizni ogishmay ado etardik. Hamid «xop, yaxshi, bopti», deb otirar, dam-badam chap kozini qisgancha korsatkich
557 barmogi bilan burnining yonini qashib qoyar edi: ensasi qotgani, «qoyaver», degani. Nihoyat, xojayin shartlarini tamomlab: «Shundoq bolsin», deya ornidan turdi. U ketgach, Hamid ikkalamiz bir-birimizga tikilgancha xiyla fursat xona ortasida qaqqayib qoldik. Songra otirib kampirni eslashdik. Shu kecha alla-pallaga qadar uyqumiz kelmadi. ··· Ertasi kuni darsdan keyin uy qidirishga tushdik. Bir xillar uyiga ozi sigmayotganidan shikoyat qilardi; bir xillarini shum ijaragirlar dogda qoldirib ketishganmish... Ijaraga qoymasliklariga kopincha Hamid, uning mushtday- yu, lekin mahmadonaligi va allakimlarnikiga oxshash ingichka moylovi sabab bolardi. Uy egalari menga ishonch bildirishar, songra Hamidga ogirilib... xavfsirab bosh chayqashar, afsus aytib, uzrlarini ilova qilishar edi. Oxiri... eski uyimizga yaqinroq joydagi naqshindor darvozadan xizmatchiga oxshash bir ayol chiqdi. Hafsalamiz sovib turgan bolsa-da, Hamid salomni quyuq qilib, bidillashga tushib ketdi. Albatta, bu shirinsuxan xola ijaraga qoymaydi: uyi oziga tanglik qiladi, boyga yetgan qizi ham bor, buning ustiga ijaragirlardan kuygan deng... Ammo, aytishicha, bizga razm solib qarasa, ancha bamani bolalarga oxsharkanmiz, rahmi kelibdi.
Muyulishdan shundoq otsanglar... deya u ozimiz koz yumib ham topa oladigan yolni tushuntira boshladi, «Zuhra kampirning uyi», desanglar, korsatishadi. Kok eshik. Oziyam bir kampirjonda lekin. Bir-ikkita bola turgan ekan. Kechami, oldingi kunmi, yotoqxonaga kochib ketishibdi. Kampir shorlik yiglab otirganmish oshalarning orqasidan. «Halima opa aytdi», desanglar, yoq demas... Ayolga rahmat aytib, yolga tusharkanmiz: 558 Nima qildik, xojayin? dedi Hamid. Qaytib borishdan ozga chora yoq shekilli? Insof bilan oylab qaralsa, deya xorsindi Hamid, ozimizdan otgan, jora. Uyning u yoq-bu yogini tuzatib, pechka- mechka qoysak... Kok darvoza oldiga kelib taqqa toxtadik. Unga qol chozishga na Hamidda, na menda jurat bor edi. Nihoyat, odatdagidek uzoq tortishuv, ikkilanishlardan song Hamidni ichkariga kiritib yubordim. Bir ozdan keyin hovlidan yigi eshitildi. Darvoza tirqishidan moraladim. Kampir Hamidning boyniga osilgancha otirardi... ostonada...
559 XAYRIDDIN SULÒONOV «YO, JAMSHID!» Hikoya
«Rabbim!» de, Mariya!» Valentin Rasputin Birinchi bolib Islomboy keldi. U chirogi charaqlab turgan oynaband, sirkor ayvonda ust- boshidagi qorni qoqish bahonasida toxtab, ortadagi uyga derazadan razm soldi: onasi gisht pechka oldida taxmonga tikilib otiribdi, Orinboy ustarada yaltiratib qirilgan boshini siypagancha yonboshlab yotibdi. Burchakdagi qatorasiga solingan orinda tort bolaning boshi korinadi. «Xayriyat!» Islomboy negadir yengil tortdi. Voy-boy, yomon isib ketibdi-ku, dedi u ichkari kirgan zahoti. Orinboy shoshib ornidan turdi, ong qolini korishishga uzatarkan, chap qoli bilan xontaxta ustidagi doppisini olib boshiga qondirdi: Yog-e, uy sovuq-ku. Shilpiq kozlari olazarak javdiragan kampir poygakka tiz chokib, pichirlab fotiha oqigan boldi. Xush kepsan, dedi Orinboy. U Islomboydan besh yosh kichik, ammo akasini yoshlikdan sensirab chaqirar edi. 560 Qalay, tinchmisan? deb qoydi Islomboy ham mulozamat taqozosiga kora. Shukr.
Eson-omonmisan? deb soradi kampir. Otakang ham yorilib ketgandir, bemahalda... Òinchlikmi? Endi yotuvdim, Samar borib qoldi. Onasi burishiq barmoqlari bilan jigarrang koylagining etagini tekislab otirarkan, indamadi. Dafatan ogir jimlik chokdi. Gisht pechka ustidagi kok choygum asta shigillay boshladi. Dam otmay bu hasratli xonish Islomboyning gashiga tegdi. Eshik ochilib, boshini iyagi aralash sholromol bilan tangigan Anzirat Orinboyning xotini korindi. Keling, aka, dedi Anzirat Islomboyga qarab, bogiq tovush bilan. Islomboy joyidan xiyol qozgaldi: E, kelin, tinch-omonmisan? Kelini sezilar-sezilmas bosh irgadi. Islomboy uning salqi qovoqlari shishib, kozlari qizarganini payqadi. «E, battol! Xotini bilan yana it-mushuk bopti shekilli! Bu ogiroyoq narsa bolsa... Hah, eshak!» Qalay, yaxshi otiribsanmi? Bola-chaqa? dedi u kelinidan hol sorab. Anzirat javob qilmay, qora baxmal nimchasining barini torta- torta qaynonasining yoniga chokdi, burnini tortib yerga tikildi va uvvos solib yiglab yubordi. Islomboy shoshib qoldi: Iya, hay? Kelinidan javob bolmagach, avval rang-quti ochib, kozida yosh giltillagan onasiga, keyin esa peshanasi tirisha boshlagan ukasiga qaradi: Ha? Endi kampir ham piq-piq yiglashga tushdi. Islomboy chidayolmay baqirib berdi: E, tildan qoldinglarmi, nima balo?! Orinboy shiðga tikilib galati iljaydi, burnining uchini qayta-
561 qayta chimdib, yotalga ham, kulgiga ham oxshamagan bir ovoz chiqardi, yigi bosilavermagach, chaqchayib oshqirdi: Hovliqma, hovliqma, menga aza ochishga hovliqmalaring hali! Qaynona-kelin bu gapdan keyin battar okrab yubordi. Nima boldi, axir?! Anzirat kopchigan yuzlarini kaftining orqasi bilan artdi, yigi aralash piqillab: Ukangiz... ukangiz... dedi-da, yana boshini burkab yiglashga tushdi. Astagfirullo! Meni shu yigixonlikka chaqirdinglarmi, oyi? Kampir darhol obidiydani bas qildi, ogliga vahima bilan tikilib, xuddi shunday vahima bilan shivirladi: Uyimiz kuydi, bolam! Orinboying yutqazib qoyibdi! Islomboy bu gapdan ham kora onasining vahimali tovushidan qorqib ketdi, ancha vaqt miyasiga joyali bir fikr kelmay, choygumning shigillashiga quloq solib otirdi, nihoyat, ukasiga qaramay: Qancha? deb soradi. Orinboy xontaxta ustidagi non ushoqlarini jimjilogi bilan nari-beri surarkan, beoxshov kulimsirashga urinib: Kop, dedi. Islomboy yetmish ikki tomiri boylab miyasiga yugurgan bor gazab, bor nafrati tiliga kelib toplanganini sezdi, ozini qandoq bosib turganiga ozi ham hayron qolib, ovozi deyarli ozgarmay soradi: «Kop»niyam bir son-sanogi bordir, axir? Orinboy indamadi. Islomboy besh daqiqadan song toqati-toq bolib: Gapir, itvachcha! dedi. Ukasi ilkis boshini kotardi, manglayidagi chiziqlar chuqur tortib, xomraydi. Anchadan keyin oziga-ozi gapirgandek dedi: Kofir bolma, onang oldingda otiribdi, itga ropara qilgani uyal. 36 Adabiyot, III 562 Kampir bir oqarib, bir qizardi, yelkalari qunishdi. Islomboyning jagi qaltiradi: Kofir bolmasam, battar bolmaymanmi, senga nima, dayus! Sening bu qilmishlaringga odam kofir tugul, chulchut bolib ketar! Uning dagdagasiga burchakda yotgan bolalardan biri sachrab uygondi, uyquli kozlarini yirib ochgancha anqayib qoldi. Òongizning terisi nima-yu sen ablahning beting nima?! Yozda: «Bu b...ni ikkinchi ogzimga olsam, yigit olay», deb tavba-tazarru qilganlaring esingdan chiqdimi, qasamxor! Islomboy joni jahoni ortab baqirarkan, ikki chakkasiga burov solingandek, boshida ogriq qozgalganini sezdi. Bu kuningdan qasam urib olganing yaxshi emasmi, xunasa! Anzirat qaynagasining vajohatini korib yigidan toxtadi, olazarak kozlari bilan goh eriga, goh qaynonasiga qarar va betoxtov burnini tortar edi. Orinboy boshini solintirib otirgan koyi vaziyatini ozgartirmay, sekin dongilladi: Kop ham shoshma, oligimni korishga juda orzumand bolsang, ertalab niyatingga yetasan! Islomboy bu gapning manosini oylab otirmay, battar shovqin soldi: E, dard-e! Olaman, deb qorqitmoqchimisan meni? Olmasang ombaloq osh-a! E, olsang ham kuysam shunchalik kuyaman-da, jonimga ot qoyvording-ku! Kampir qorqqanidan ornidan turib ketdi, romoli yelkasiga sirgalib tushganini ham payqamay, boshini sarak-sarak qilib titrab- qaqshab yalindi: Hay, ozingni bos! Jon bolam, ozingni bos! Qoni-qoshni eshitadi-ya! Bemahalda... Islomboy onasini gazabga oldi: E, butun yurt-u olam eshitsin-a! Bilsin, bu kasofatingizni! «Birov bilmasin, birov bilmasin», deb, «Orinboyjon-Orinboyjon» qilib, mana, oqibati, hammamizni kafangado qilib otiribdi! Qandog qilay... deya kampir yiglamsiradi. Qandoq qilay, bolam? Kozimning oq-u qorasi Orinboy ogamning ornini bosar, deb Orinboy ot qoyuvdim. Beva boshim bilan yemay
563 yedirdim, kiymay kiydirdim, shu ikkita norasidamni boshi egilmasin, deb it kormagan kunlarni kordim. Mayli, meni har qancha urib-soksang roziman, lekin shu qoqvoshni qargama. Ogamning arvohi chirqiraydi-ya! Girmonning oqiga uchganmi, tirikmi, xudo biladi. «Orinboying olsin», deysan, men bunga qandoq chiday? Xudo ozi insof bermasa, men qandoq qilay? Kampir zor-zor yigladi. Islomboyning opkasi toldi, peshanasini qashigan bolib, kozyoshlarini artdi. Choygum hamon chozib hushtak chalar edi. Orinboy birdan dargazab kozlarini akasiga qadadi: Nega menga hokimlik qilasan? Oynagan men, yutqazgan men, tolaydigan men, senga nima keti-kuydilik?! Aka bolsang, akaligingda tur! Menga agar sariq chaqang otgan bolsa, hammasini hisobli, ha! Hoy, hoy, qaqshamagur, akaga shunaqa deydimi? Qoying... deb pichirladi Anzirat kozlarini katta ochib. Mayli, gapirib olsin. Islomboy bor kuchini toplab, bazor jilmaydi. Ichidagi fisqi fasodini toksin-chi, qani! Mayli, biz endi keti-kuydi bolib qolgan bolsak, sariq chaqa bolib qolgan bolsak... mayli, xudo bordir, korib turgandir, axir. Eshigimga necha martalab kozining siydigini oqizib borganini ozi bilmasa, xudo bilar, xudoga soldim! «Òoydirganning bogziga...» deb shuni aytadi-da! Xudoning nomi ortaga sukunat soldi. Choygum biqirlab qaynay boshladi. Bunaqa tana-malomatni qoylaring, dedi kampir anchadan keyin. Gapni kavlasa, gap chiqadi. Qozilashgan qarindosh bolmas. Aylantirib kelganda ikkitasan, bir-biringdan tonolmaysan, biringni tepkingni biring kotarasan-da, qandoq qilasan? Anzirat ornidan turib, qaynab-toshayotgan choygumni chetga surib qoydi. Sen kattasan, shu ukangga ota orniga otasan, deya kampir Islomboyga yalinchoq ohangda qaradi. Buning past- baland gaplariga xafa bolma. Sendan boshqa kimi bor, axir?
564 Nima qilamiz endi, bir yol-yoriq ber. Ertalabga obormasa bolmas ekan. Islomboy siyrak, qizgin moylovining uchini qimtib, oyga chomdi: «Koshki yaxshilikni bilsa bu ablah!». Oyi, juda qiziq gapirasiz-da, dedi u norozi chimirilib. Axir, korib turibsiz-ku, buningiz pista pochoqcha kormayotibdi-ku aka jonivorni! Bir ogiz gapirsangiz osmonga sapchiydi! Koppakka oxshab odamning betidan oladi! Bundoq yotigi bilan arz hol qilsa, maslahat sorasa ekanki, bir yol-yoriq aytsangiz. «Qancha?» deb sorasam, menga qarab ishshayadi. Kampir Orinboyning hurpayib olganini korib, muqarrar dahanaki jangning oldini olishga shoshildi: Mayli, bolam, sen ogir bol, jahl kelganda aql ketar... Hoy, menga qara, qancha axir?! dedi Islomboy bogilib. Orinboy akasining gavdasiga sinchiklab razm soldi, tomoq qirdi va ikki barmogini korsatdi. Qancha buning? Yigirma ming. Islomboyning qulogi shangillab ketdi: Eski pulgami? Ukasi kulgisini yashirishga urinib iljaydi: Eski pul qolganmi shu zamonda? Islomboy Orinboydan koz uzolmay qoldi. Ukasining naqadar dahshatli ahvolga tushganini birdan yaqqol angladi va uning nochor, asabiy kulgisini korib, yuragida shafqat uygondi, lekin zum otmay vujudiga qahr-gazab yopirildi: «Battar bolsin!» Òort juft koz Islomboyga qadalgan edi. U ukasining quloq- chakkasiga quloch-kashlab tortib yuborish istagida ortanardi, lekin, negadir, tosatdan ezilib shivirladi: Shunchalik ham boladimi, uka! Jimlik chokdi. Pechkada nimadir chirs etdi. Amakilaring bilan ammangni aytib kelsinmi? dedi kampir Islomboyga.
565 Nima karomat qilib berardi oshalaringiz? dedi Orinboy xomrayib. Ammo onasi unga etibor bermadi. Qaydam, bemahalda... dedi Islomboy chaynalib, moyil bir ohangda. Òur, Samar, gizillab Salomat ammang bilan Orif amakingni chaqirib kel. Kampir pechkaga suyanib otirgan naynov nevarasiga qarab, keskin ohangda buyurdi. Yoldan Zarif buvangni ham ayt. «Òez borarkansiz», de. Qorqmaysanmi? Samar, qor urib turgan zim-ziyo kochada yolgiz yurishdan qorqsa hamki, uydagi motamsaro ahvoldan kora tashqarini afzal bilib, indamay chiqib ketdi. Hamma oy surib qoldi. Islomboy ukasining qanday qilib bu bebosh yolga kirib ketgani haqida bosh qotirardi. Lekin xayoli beixtiyor ukasining boshiga tushgan bu ulkan falokat, bu ulkan falokatning dahshatli oqibati va undan oziga yetadigan zarar-zahmat togrisidagi fikrlardan nari ketmasdi. Orinboy hanuz hayron edi: avvaliga ustma-ust qoli kelib turgan edi, oshdan oldin ham dov urdi, keyin nima kasofat boldi- yu... Umrida bunday katta oyinni kormagan edi... Kampirning mushtday yuzi yana ham kichrayib ketgan, chakagini ushlab mum tishlagandek otirar, aft-angoridan nimani oylayotganini bilib bolmas edi. Anziratning yuragini tagin vahima changalladi. Qayerdadir qulogiga chalingan gaplar esiga tushdi: agar yutqazgan odam pulni tolayolmasa, xotinini olib borib berarkan. Uning ich-ichidan titroq yigi xuruj qilib kela boshladi: «Shorim qurib...» Islomboy kallasidan noxush oylarni sidirib tashlamoqchidek, jahl bilan peshanasini siypaladi. Endi nima qilmoqchisan? Endi... Kim biladi deysan... hovlini sotsammikan, deb turibman. Nima-a?!
566 Ha? Boshqa iloji yoq. Ertalab hovliga savdo kiradi. Soat onga obormasam, meni oldi deyaverlaring. Kelin qaynonaga, qaynona kelinga yalt etib qaradi va bir- birining kozidagi qorquvni korib, har ikkisi Islomboyga najot bilan moltirab, yigiga hozirlandi. Islomboy kaftlarini mushtlagancha qizil yakandozga tayanib: Xosh? deya ukasini taqibga oldi. Nima «xosh?» Orinboyga bu savol nihoyatda malol keldi.
Keyin-chi? Nima «keyin»? E, buncha talmovsiraysan?! Yo bira tola es-hushingdan ham ayrilganmisan? Xop, uyniyam sotarsan, keyin nima qilasan, deyapman? Qish chillada bir etak churvaqang bilan qayerga sigasan? Orinboy akasining jahlidan qolishmaydigan bir gazab bilan javob qildi: Yuraging chiqmasin, haliyam senikiga bormayman, qorqma. Mana shu-da! Islomboy qarsillatib xontaxtaga urdi. Ham garlik, ham peshgirlik, degani shu-da! Qilar ishni qilib qoyib, nega yana orkachlaysan, muttaham! Muttahamlik qilib birovning xotinini qoyniga kirganim yoq, bildingmi! Islomboy sezilar-sezilmas qizardi. Bu uning faqat ukasigina biladigan yoshlik gunohiga zaharolud shama edi. Ozini onglab biror nima degunicha bolmay, ayvonda odam sharpasi korindi, zum otmay, ellik besh-oltmish yoshlardagi semiz ayol eshikdan harsillab-gursillab kirib keldi. Islomboyning sozi bogzida qoldi. Uh, oldim! Namuncha jahannam uylaring! deb ayol boshidagi tivit romolini yechdi. Keling, amma, dedi Anzirat shosha-pisha ornidan turarkan. Salom-alikdan song Salomat xontaxta ustidagi choynakni olib jomragidan simirdi.
567 Xalqumim qoq bolib ketdi-ya! dedi sochini tuzatib. Shu bugun Dalamahallaga ikki marta borib kelibman-a! Anuv qorang ochgur Òoji gumbazda ozgina duxobam bor edi, qora terga tushib borsam, «quda chaqiriq»qa ketib qolibdi, pes! Yotuvdingizmi, amma? Bezovta bolib... dedi Islomboy. Xudo urdi-ketdi, namozshomdan yotamanmi? Ertaga bozor-ku, olib chiqadigan ul-bullarimni korib otiruvdim, Samar borib qoldi. Ha, tinchlikmi, ishqilib? Hoy, Anzirat, qatiging bolsa, yarim piyola olib kel, konglim gumurib olayotibdi. Ayvonda «quv-quv» yotal tovushi eshitildi. Soqol-moylovi tekis kuzalgan, bir-biriga nihoyatda oxshagan ikkita chol eshikdan boshlashib kirdi: Assalomu alaykum. Yuzlari qizarib ketgan Samar anchadan keyin kirib, eshikni yopdi.
Bir piyola choy ichilgach, kampir yiglamsirab voqeani bayon qildi. Chollar indamay tinglasharkan, qovoqlari uyilib borardi. Salomatning surma tortilgan kozlari ola-kula bolib ketdi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling