Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Attang-a... miskar otibdi! dedi. Dunyo shu ekan- da, birodar! Choyxonachi shoshib qoldi, surishtira ketdi. E, qizishmang, inim, dedi Qoziboy chol beparvolik bilan. Ajal vaqtiki kelib, har birimizning ham eshigimizni taqillatadi. Musulmon odam olimni boyniga olib qoygani maqul... Meni boshqa bir nima oylatadi, inim! Qodirboy kop momin-musulmon odam edi. Balli... Uning izzat-hurmatini joyiga qoyib chiqararmikan bu kelinchak? Shu yogi meni oylatadi... Chakki ish bopti-da! Balki tayyorgarligi yoqdir? A?.. Unda qiyin! Inim, olim degani toy emas, men sizga aytsam. Òoy degani bamaslahat boladi, olim tuyqusdan keladi. Buning farqi katta!.. Attang! Boshashib qolgan choyxonachi Qoziboy qariyaning uzun, oq oralagan echki soqoli, chokik yonoqlariga oychan tikildi. Ota, soraganning aybi yoq. Necha yoshga bordingiz? soradi u. Chol taltayib har tarafga qarab oldi. Nasib bolsa, mening hisobimda... ikki kam yetmishga kirdim! Men bilan osgan, mana, Qobil qassob paygambar yoshini berganiga naq besh yil boldi. Shu hisobda uyam ikki kam yetmishga chiqdi. Men ham yetmishni qoralab qoldimov! Choyxonada odam kopaydi. Qoziboy chol ular bilan sorashib, paxtadan olgan taassurotlarini hikoya qilib xiyla otirib qoldi:
471 E, bu Shoymardon Qudrat deganingiz toza zor ekan! Desangiz, paykalda paxta oppoq bolib shu... charvi moydek bolib oqib yotibdi! Mashinasi bilan bir oralasa bormi, quruq gozasini korasiz! U zor ekan... Haloli bolsin! Oltita bolasi bor ekan, xosh... bitta qoli choloq. Ozi anavi Shorchidan boladi. Qongirotdan! Boysun Qongirotdan! Alpomishning urugi-da, baraka topsin... Kechqurun uyiga bordi. Qoshnining echkilari tomorqaga kirgan ekan, ularni haydab kemtikdan oshirdi-da, oylab turib bostirmaga chiqdi: Ho-ho-o! deb baqirdi. Biri ola, biri qora echki korgan bormi! Suyunchisini olib kelaver-ho! Qoziboy jarchining makkasini yeb yuriðti! Baraka topsin egasi-yo! Qoshni chiqdi, chol bilan kulishdi. U dahlizga kirayotgan edi, yiroqdan kelayotgan yigi tovushini eshitib, turib qoldi. Xafa boldi. Siyrak, uzun qoshlarini chimirib, ichkari xonaga otdi. Postakday qotib ketgan palos ustida turib, xonaga razm soldi. Òokchadagi jamalakni korib, qoliga oldi-da, tomosha qildi. Yana avaylab joyiga qoydi va qornidan ochiladigan yogoch sandiq ustidan eski joynamozini olib toshadi. Òiz chokib, rosa tilovat qildi. Olganlarga jannatdan joy tiladi, tiriklarga insof-adolat... Song pichirlab: E rasuli barhaq! Imonimni ber, dedi. Birovga yomonlik qilmadim, birovning haqini yemadim... Òoglik ogaynilarni ham aldamadim. Kopning duosini oldim... Ha, farzand kormadim. Senga bir yomonligim otgandir-da... Ozingga shukr, Qobilboyga ham umr ber, bola-chaqasining boshida omon yursin! Meni komsin! E, Qoziboyning hech kimi yoq ekan demasin birov!..» U yengil tortib qozgaldi. Biroq tashqariga chiqib tagin yigi ovozini eshitdi va tagin tabi kir boldi. Allaqanday vahima yuragiga tushib, tor kochaga chiqdi. Kochaning bir boshi markaz tarafga ketar, bir boshi toshloq orqali soyga tushardi. Soyning tik qirgogida qadimgi qorgon
472 vayronalari qaqqayib turar, uning vodiyga qarab ochilgan shinaklarini kaptarlar in qilgandi. Qorgonning devori ustida ikkita bola korinar edi. «Hah, shumtakalar! Yiqilib tushsa, kimga qiyin?! Yosh-da, yosh...»
Shu kecha qattiq shamol boldi, chol bekorchilikda ekib, yaqinda orib qoygan makkajoxorilarini har tarafga sochdi. Bostirma eshigi kop marta ochilib yopildi. Allaqayoqdan bir it uzoq hurdi, tongga yaqin uvladi. Qoziboy cholning tabi battar xira bolib uygondi. Shu kuni uning ishi yurishmadi: kecha shamolda tostopoloni chiqqan bozorni supurib, supurindini axlat qutisiga solib qoygan edi, bir mashina tislanib tokib yubordi. Chol bozorkom raisidan dakki eshitdi. U Qodir miskarning olimiga ham kechikib bordi... Kechqurun Qoziboy chol gangib, qassobxonaga moraladi: Hormang, usta? Zormi? Qassob gosht sotilmayotganidan kuyunib otirgan edi, tumshaydi: buzilib qolsa, nima qilaman? E, tashvish chekmang, dedi Qoziboy chol. Hademay paxtadan odamlar qaytishadi... Bu yoqda kun soviyapti! Siz ham gapirasiz-da! ···
Qoziboy chol shu oqshom yotib qoldi. Saharda turganda yomgir shivalab yogar, tevarak tinch, bostirma biqiniga taqab taxlab qoyilgan sap-sariq joxoriðoyalari ustida chumchuqlar gujgon oynashardi. Yomgirda shalabbo bolgan bir it devor tagida iskalanib turardi. Òur! Yoqol! Qoziboy chol unga kesak otdi. It kemtikdan otib ketdi. Chol odati boyicha soyga yuvinishga tushdi-yu, qaytishga madori yetmay qoldi. Azoyi badani uvishib ogrir, shundoq toza havo ham unga yetishmayotgandek edi. Uyga zorga 473 yetib kelib, korpachaga chozilgan edi, kozi ilinib tush kordi. Marhuma xotini emish. «Yuring, yuring!» deb qolidan tortayotgan emish. Chol uygonib, bu tushning tabirini yomon tomonga yoydi. Bozorga borishga ham hafsalasi bolmadi. Ayvondagi dekchaning tagiga tortta qurigan yogochni tiqib, ichiga bir kosa suv, kartoshka bilan ikkita sabzi solib, miltillatib qoyishni oyladi-yu, erindi. Ovqatga ishtahasi yoq edi... Shu boyi yotib qoldi. Xayriyat, ertasiga qoshnisi Jamol aka tagin bu yoqqa tushgan echkilarni haydagani kirganida uni korib qolib uyidan bir kosa achchiqqina shorva chiqardi. Qariyaning ichi ilib, sal madorlandi. Bahay, olamda nima gap? soradi u. Men... bozorga chiqolmadim, Jamolboy! Andak tobim aynib yotib qoldim deng... Shamol tegdimi, bilolmadim, Xosh? Yangilik shulki, rayon odamga tolib qoldi, dedi qoshni. Paxtadan qaytishgan, bozoringiz ham gavjum... Kochaga chiqing, yaxshi boladi. Òogri aytasiz. Yotishdan foyda yoq! Qoziboy chol shundoq degani bilan tushgacha kochaga chiqolmadi. Kechga tomon umrida birinchi marta hassa tayanib chiqdi. Rayon markaziga oralaganda, uning kayfi xiyla chog bolib ketdi... E! Chol haqiqatan ham yolgiz emas! Ogli bolmasa, oglidek izzat qiladigan yoshlar bor... Ana, ozi tengi qariyalar ham unga izzat-ikrom korsatadi... Shu koreys ortoqlar ham eski mijozlarini asti unutishmaydi-da; paxtaga ketayotgan xalq chalgimasin, deb ularga ham guruch sotish man etilgan edi, yana molini chiqarishibdi. Hammasi xursand! Qoziboy chol ular bilan sorashib, choyxonaga kirdi. Goziboy uning oldiga bir choynak choy qoyib, aftiga tikildi. Nima boldi, ota? E, issiq jon... Olloyim sevgan quliga kasal berar ekan, inim. Olimni unutmasin, meni eslab tursin deb. Shundoqki, biz ham andak yotib oldik!
474 U kochaga chiqqanida, sovun, tuz xarid qilish uchun togdan tushgan tojik oshnalariga yoliqdi. Ular goyat sozamollik bilan choldan ahvol sorashdi. Akun in sol ham chukuri mol meshad! deyishdi ular. Sizga rahmat... Bo bizdi esdan chigormang, baxudo xapa bolamez. Mana, bir yuz-u oltmish panj kundan songra chuquri chiqadu!
Ha, olimga sabr bersin, hammasi boladi, dedi qariya. U uyiga qaytar chogi qassobxona yonidan otarkan, dili andak ogridi. Dostining xabar olmagani endi yodiga tushdi... Xosh, tani sihatlikmi? dedi u ichkariga qarab. Yogon, baquvvat qassob unga otkir tikildi: Ozingizni oldirib qoyibsiz?.. Shunchaki... Mana, ish ham kopayib qoldi, qol-qolga tegmayapti. Chol yolda ozini ovutdi: «U ishli odam. Ozidan ortib borolmayapti. Hozir birovdan gina qiladigan vaqtmi?» ··· Qoziboy chol onglanmadi. Òagin uch kun yotib, kozlari dolayib, olti oylik kasaldek bolib qoldi. Yarim kechada tagin tush korib uygondi va xotinini eslab otirgandi, tashqarida joxorilar qattiq shigirlab, it gingshidi. Song chozib uvladi, chol dong qotdi. «He, endi vaqt yetibdi, deb oyladi u toshakda chordona qurib, engashib otirarkan. Kun tolibdi endi... Rahmatli kampirim ham sezibdi. Ana, it ham... Bekorga ulimaydi-ku? Ovqatdan ham qoldim. Rizq-nasiba uzilyapti. Endi tayyorgarlik korish kerak». Ertalab u xotirjam bir holatda hovliga chiqdi. Odamlardan rozi-rizolik olish, qoshnilarning uyiga moralash, keyin bozorga borib, tanish-bilishlar bilan ham xoshlashish, Qobilboyga uchrab, xotinining qabrini qanday qilib topishi va uchinchi kuni xaloyiqni chaqirib, yettisini ham, qirqini ham, yilini ham bir yola otkazib 475 yuborishni tayinlash, songra bozorkomga yoliqib, u bilan ham vidolashishni diliga tugdi... Odamlar ham qiziq-da!.. Qoziboy chol bilan vidolashib undan rozi ekanlari, bemalol oyogini uzatib olaverishi mumkin ekanini aytish orniga nuqul kulishdi. Hatto bir-ikkitasi: «Vos- vos bopsiz, oqiting ozingizni», deb hazil ham qildi. Yoshlar esa, dangaliga: «Qoying-e! Boydoq odam ham shunday deydimi? Avval uylaning, bola-chaqa koring, keyin bir gap bolar-da!» deyishdi. Lekin cholning bukchayib behol qadam tashlab ketishini orqadan kuzatgan bazi birovlar achinib xorsinishdi ham. Albatta Qoziboy chol koplarning gapi, kulgisidan mamnun boldi. Bu narsa... olimning avval sezilmay kelgan hayajonini ham bosdi... Nihoyat, yoshlik dosti Qobil qassobning dokoniga kirdi. E, gapirmang-e! dedi u. Xop deyavering, dostim!dedi Qoziboy chol kursida qozgalib qoyib. Menga ayon boldi... Yogon yongoq tonkasi ustidagi gosht parchalari, suyak siniqlarini sidirib terib olayotgan qassob unga tikilib qoldi va birdan xorsinib, skameykaga otirib qoldi... Bu baquvvat, barvasta, soglom odamga Qoziboy aka avvallari ham oriqligi, qotmaligi uchun kasaldek korinar, ming som pulni keltirib sanab berganida «shu oladi-yov», deb konglidan otkazgan edi. Hozir uning botib ketgan kozlari, zafaron yuzi, qolidagi dagal hassasiga tikilib: «Ha, oladi», deb oyladi. Shuning uchun dostim, davom etdi qariya, men avvalambor, sizdan rozilik olmoqchiman. Songra... andak vasiyatim bor.
Vasiyat?! Qassob Qoziboy cholning pulini oshandayoq ishlatib yuborgan va bu odamning hech kimi yoqligi, ozi xudojoy hamda urish-janjaldan nari yurishini bilgani uchun oshandayoq quvonib: «Bu ozimniki boldi», deb qoygan edi.
476 Ha, esim borida vasiyat qilib qoyay, dostim... Bir haftadan beri mazam yoq! Siz ish bilan ovorasiz... Inchunin olib qolganimni bilmay qolishingiz ham mumkin, labbay? Shuning uchun har uch kunda anavi dastyoringizni yuborib, mendan ahvol soratsangiz, haqiga osha puldan bir somdan bering... Qassob piyolasidagi choyni tokib tashlab, peshtaxtani tushira boshladi. Xona qorongi bolib qoldi. Òashqariga chiqaylik. Xop boladi... Yo siz ham menga ishonmayapsizmi? Undoq bolmasin. ···
Yarim soatdan keyin Qobil qassob darvozaga qarab borar, bozor xizmatchilarining yordami bilan rasta taxtasiga chiqib olgan Qoziboy chol kozidan shashqator yosh oqizib, atrofga xira ovozda jar solar edi: Eshitmadim demanglar! Suyunchisi bor... Qobil qassob past odam ekan. Men olimligim deb, ming som berib qoygan edim, tondi! Xaloyiq! U pul sizlarning pullaringiz edi. Mening halol mehnatim uchun somlab, tiyinlab bergan edingiz. Ana shu odamga berib, olimimga yarat deb edim... Òondi. Yeb ketdi endi... Odamlar, Qobil qassob haromxor! Odamning haqini yeydi bu... Xudodan tilagim shulki, oligi kochada qolsin, bekafan bolsin, xaloyiq... Meni bekafan qildi, odamlar! Qobil qassob darvozadan chiqqan joyida orqaga qarab chopdi. U yetib kelganida, yoshlar, qariyalar uning yolini tosishdi. Cholni himoya qilishdi. Ishga militsioner aralashdi. Qassob bilan Qoziboyni bozorkomning idorasiga kiritib, soroq qildi. Bunda pul boladimi, ozi on tiyinga zor-ku?! baqirdi qassob... Jinni bopti bu... Olibsotar! Guvohing bormi? Asti birovga yaxshilik qilma ekan... Hech kimi yoq, deb dokonga chaqirardim, choy quyib berardim! Mana, tovon tola deb turiðti... Ketmaydi! Haqiqat bor! 477 Oraga bozorkom raisi ham qoshildi. Natija chiqmadi. Qassob qutilib ketdi. Qoziboy tashqariga chiqib, gujum ostiga otirdi. Janjalni uzoqdan kuzatib turgan baland boyli, qozoqbashara, orta yashar Mirgozi qassob kelib cholning tirsagidan kotardi. Ota, xafa bolmang, dedi. Olimni oylamang... Siz bekor govga kotardingiz, shu hassa bilan boshiga solishingiz kerak edi. U, bolam... Mirgozi Qoziboy cholni uyiga eltib qoydi. Qoshnilariga choldan xabar olib turishni tayinlab qaytdi. ···
U jimjit uyida, palos ustida chozilib yotib, shu fikrga keldi: «Bu ahvolda men qandoq qilib olaman? Asti mumkin emas, sirayam... Men yana mehnat qilishim kerak. Halol pul topishim kerak. Olimlik qilishim kerak... Undan keyin olsam, boshqa gap...» U qoshni chiqargan ovqatni zorlab yedi. Yarim kechada turib, gosht qovurdi. Sahar uygonib, soyga tushdi. Yuvindi. Òetiklanib, kochaga yol oldi... Qoziboy chol avvalgidek bolib ketdi.
478 ÒOHIR MALIK SHAYÒANAÒ Qissaning 4-kitobidan parcha IX bob Olimi yaqinlashayotganini sezgan bir qariya Nor tuyasining boynini silab turib, gamgin ravishda rozilik sorabdi: Norjon, sen bilan kop yillardan beri birga edik. Men sendan roziman. Sahroda adashgan mahallarimda necha martalab meni olimdan saqlab qolding. Sendan sira yomonlik kormadim. Ammo men sening dilingni ogritgandirman, besabab urib, siltagandirman. Mendan korgan yomonliklaringni kechirgin. Yana qiyomatda uchrashganimizda yuzim shuvut bolmasin. Shunda Nor tuya debdiki: Ey hojam, urib-sokkaningiz, siltalaganlaringiz, hatto burnimni teshib, burunduq otkazganingiz uchun xafa emasman. Bu sizning mening ustimdagi haqqingiz edi. Men nohaq harakatlaringizning barchasini unutaman, ammo bitta ishingizni sira kechira olmayman. Qaysi aybim ekan, ayt, debdi qariya. Esingizdami, falon zamonda sahroda adashib qolgan edik. Men ne mashaqqatlar bilan sizni omonlikka olib chiqdim. Shaharga yaqinlashgan onimizda siz mening burundugimga boglangan arqonning bir uchini eshakning dumiga boglab qoydingiz. Men oshanda eshakning dumi hukmiga boysunib shaharga kirdim. Mana shu xorlikni kechira olmayman, hojam, degan ekan Nor tuya.
479 Xongirey huzuridan chiqqan Asadbek ozini osha Nor tuya holida kordi. Xongirey uning burnidan ið otqazib bir uchini Kesakpolvon qoliga tutqazmoqchi edi. Asadbek taqdirning bu shum haziliga itoat etganday boldi-yu, ozidan nafratlandi. Boshiga shor tushganidan beri u bu qadar xorlanmagan edi. Mamatbey kuzatuvida mehmonxonaga qaytgan Asadbek zohiran odam kelbatida bolsa ham, aslida bir vayrona edi. Biroq u buni tan olgisi kelmadi. Mamatbey bilan bolgan muomalasida ham, Jamshid, ogillari bilan korishganida ham sir boy bermaslikka urindi. Jamshidga: «Maskovda ishimiz bitdi, qaytish harakatini qilaver, men bir pas dam olvolay», deb xonasiga kirdi. Yuz- qollarini yuvib, sochiqqa artayotganida roparasidagi kozguga qarab qoddi. Oppoq sochlariga tikildi. Hali, Xongirey bilan uchrashuvga bormay turib kozguga qaraganida sochlarining oqarib ketganiga hozirgiday hayratlanmagan edi. «Shum Mamatbey sezdi, deb oyladi Asadbek kozgudagi aksidan koz olmagan holda. Xongirey-chi, payqadimikin? Sezmagan bolsa, shum aytadi. Keyin «qoyillatibmiz», deb quvonishadimi? Uyga qaytganimda Haydar xunasa ham yayraydi. Manzura... Qorqib ketadimi? Boyatib ola qolsammikin?» Shu toxtamga kelib dahlizga chiqdi- yu, biroq darrovgina shashtidan qaytdi. «Balki Xongirey shu topda Haydarga telefon qilib «oqsoch xojayiningni kutib ol», deb ishshayayotgandir. U xunasa kesak ham eng avval boshimga qarar. Keyin «uyalganidan boyatib olibdi», deb xabar berar. Yo-oq... bu xunasalarni in-iniga kirgizib yuborib, keyin boyataman...» Bir pas hordiq chiqarish niyatida karavotga chozilgan Asadbekning tanasi salgina rohatlanganday boldi-yu, biroq ruhi orom ololmadi. Deraza ortidagi olam shom qoronguligi hukmiga boysuna boshlagan damda eshik qulfining shiqillashidan sergaklandi. «Yaxshi niyatli odam eshikni bunaqa ehtiyotlik bilan ochmaydi», degan fikr vujudini qalqitib yubordi. Uning nazarida qulfga qandaydir odam emas, Azroil kalit solib burayotganday edi.
480 ... Hozir kirib keladi. Suratlarda chizilganday chalgi kotarib, kafanga oralib olgan qoqsuyak mahluq korinishida kiradimi... ... Balki ... Mamatbey qiyofasida kirar? ... Boshi chalgida olinadimi? Balki...
Qilarqonda bogilar?.. Ertalabgacha tili osilib yotadimi? Jagini boglab qoyishga bir mehribon topilmaydimi? Bu fikrlar yashin tezligida kelib ketgan bolsa-da, shumligini amalga oshirishga ulgurdi: Asadbekning hatto tili ham muzlab qolgandek boldi. Xayolidagi Azroil kirib kelishga ulgurmay, olishga tap-tayyor bolib qoldi. Ozini himoya qilishga kuch topish u yoqda tursin, nechundir xohish ham uygonmadi. Yumuq kozlarini bilinar-bilinmas ravishda ochib yotaverdi. Eshik juda astalik bilan ochildi. Oyoq sharpasi eshitildi. Song bir bosh korindi... Kim u? Jamshidmi? «Shunga topshirishgan ekanmi?» Asadbek kozlarini baralla ochdi. Jamshid? Asadbek shunday deb qaddini sal kotardi. Nega mushukka oxshab pisib yuribsan? Bek aka, Jamshid ichkari kirib, qol qovushtirdi, uxlayotgan bolsangiz, uygotvormay dedim. On ikkidagi samolyotning uchishi ertalabga qoldirilibdi. Aytib qoydim, uchadigan paytda xabar qilishadi. Keyin... Chaynalma, nima demoqchisan? Restoranda ham tort kishilik joy tayyor. Birga... Qornim toq, ozlaring otiraverlaring. Kennayingga aytib qoydingmi? Aytdim, lekin... Bek aka, chiqsangiz yaxshi bolardi. Chehrangizni ochib otirsangiz... Har holda dost bor, dushman bor.
481 Jamshid aql orgatishga orgatdi-yu, biroq xojasining yuzlari uchganini korib, nafasini ichiga yutdi. Asadbek esa gashlangan koyi tirsagiga tiralganicha bir necha soniya harakatsiz yotdi. Ayonining taklifiga na «ha» dedi, na «yoq». Kokragida «Sen bola, menga aql orgatma!» degan hayqiriq uygondi-yu, baqiriq shakliga kirishi mumkin bolgan bu norozilikni sergak aql bogizdan nariga otishiga yol qoymadi. «Nega sachramoqchisan, bola togri aytyapti, dedi aql. Mushukka oxshab hurpayib olganing nimasi? Galaba qilganingda gerdayib yurishni bilarding. Bir mushtlik holing bormi? Sen yiglasang, ular mazza qilib kuladilar. Yoq, yaxshisi sen kul, ular alamdan dod solishsin!» Aqlga taslim bolgan Asadbek ornidan turib kiyindi-da, ayon hukmiga boysunib, ikki oglini ikki qanotiga olgan holda, qaddini goz tutib, restoran tomon yurdi. Kocha tomondan odamlar qoyilmagan, xos mehmonxonaning noziktab mehmonlarigagina xizmat qilgani uchun restoran gavjum emas edi. Ularga deraza tomondan joy hozirlangan ekan. Asadbek yumshoq stulga otirayotib tashqarida qoramtir tusda korinayotgan kremlning tuya tishlarini eslatuvchi devoriga kozi tushdi-yu, ozi uchun ham kutilmagan tarzda Deputatning gaplarini esladi: «Bek aka, siz bilan bizning taqdirimiz kreml devorlari ortida hal qilinadi. Biz bu devorni buzmas ekanmiz, bagrimizga shamol tegmaydi...» Bu gapga javoban Asadbek oshanda «Hammayoqni senga oxshagan ishbuzuqilar buzadi», degan edi. Hozir esa boshqacha oyladi: «Bu devorlarni yiqib bolarmikin?..» Asadbek siyosatni durustroq fahm etganida: «Bizlar uchun bu devorning turgani maqul. Sening bagringga shamol tegmasa tegmas, biz shu devorning ichida osib-ulgaydik, qanot yozdik, bizlarning himoyamiz ham shu. Agar bu devor yiqilsa, tagimizga suv ketadi», degan bolardi balki. Asadbek ozini xushnud tutishga urinib, ogillari bilan chaqchaqlashib otirishga intildi. Farzandlarining godakligidagi qiliqlarini esladi. Jamshid ham chetda turmay, bir-ikki latifa aytib kuldirgan boldi. Ular tomonga qarab-qarab qoyuvchilar goyo 31 Adabiyot, III 482 baxtiyor oilaning masud damlariga guvoh boldilar. Asadbekning nigohi restoran boylab sarsari kezib turishini sezishmadi. Asadbekka Xongireyning odamlari ularni qaysi bir burchakdan turib kuzatishayotganday tuyuldi. Bu gumon haqiqatga aylanayozganida Asadbek gashlandi. Ikki soat davomida u restoranda emas, balki tikonlar ustida ishtonchan otirganday boldi. Goyo amr etish huquqi Jamshidga berilganday, ijozat sorash nazari bilan unga qarab-qarab qoydi. Jamshid xojasining bezovtaligini sezib: «Yana ozgina kuting», degan iltijoli nigohi bilan javob berdi. Jamshidning maqsadi faqatgina kuzatishi mumkin bolgan kozlarni shamgalat qilishgina emas, balki xojasining Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling