Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
615

O‘g‘ilning javobi bo‘g‘otdagi musichaning kukulashiga qo‘shilib

chiqdi. Chol gapni to‘la anglamagan esa-da, noxushroq so‘zni

ilg‘ashga ulgurdi. Shu bois, peshanasi tirishib, musichaga norozi

boqdi. «Kisht», deya qo‘lini to‘lg‘arkan, qayta so‘radi.

— Angsarmadim, qancha deding?

O‘g‘il  bu  xil  suhbatni  xushlamasligini  bildirib,  nigohini

pastga  olarkan,  javobni  juda  qisqa  qildi  va  bir  muddatdan

so‘ng boshini ko‘tarib, otasining holatidan dong qotdi. Cholning

jag‘i  osilgan,  ko‘zlari  baqraygan,  musichani  haydamoqqa

ko‘tarilgan o‘ng qo‘li havoda muallaq qolgan. Bamisoli haykal,

hatto kiðrik qoqmasdi.

Nihoyat, «haykal»ga jon kirdi: qo‘li shalvirab pastga tushdi.

Iyak  joyiga  qaytib,  ko‘zlari  og‘riqli  ifoda  bilan  asta  yumildi:

«Hazillashmayaptimi  bu  bola?»  Ko‘zlar  endi  yana-da  kattaroq

ochildi. O‘g‘ilga sinchkov qaradi. Yo‘q, o‘g‘il tamomila jiddiy edi.

Chol tirsagini bolishdan uzib, qaddini xiyol oldinga tashladi.

— Odamni kalaka qilayapsanmi?

Òaajjubi battar kuchaygan o‘g‘il, yo‘q, deya bosh chayqadi.

Shayman chol o‘tirgan joyida g‘alati chayqaldi. Òusi o‘zgarib,

qo‘llari bilan nimanidir qidirdi. Qidirgan narsasini topolmagach,

tizzalarini changallab, o‘g‘ilga g‘azabkor boqdi.

— Uli olim bo‘pti deb, Haydar ko‘sa u yoqda qalinni oshirgan

bo‘sa, — dedi so‘ng alam to‘la ohangda. — Men senga ishonib,

bu  yoqda  katta  ketib  qo‘ygan  bo‘sam,  oladigan  oyligingga

durustroq bir qo‘y kemasa, shuncha o‘qib nima qilarding sen, a?

— Ilm pul bilan o‘lchanmaydi-ku, ota, — endi o‘g‘ilning

ham rangi o‘zgardi.

—  Emasam,  nima  bilan  o‘lchanadi?  —  Chol  unga  yeb

qo‘ygudek bir vajohatda tikildi. — Seni o‘qitaman deb qancha

qo‘yim  ketdi,  bilasanmi  shuni  o‘zi?  Ana  Qobul  shapka  hech

qayerda o‘qimagan, lekin tayog‘ini bir silkitsa, hovlisiga somoniyam,

xashagiyam tushib turibdi. Otasi Uzoq guppi somon tashvishi

neligini  bilmaydi.  Òo‘y-ma’rakalarda  chuldirab  birovga  gap

bermaydi.


616

— Maydalarga tenglashtirmang o‘zingizni, ota. — O‘g‘il ilm

deya chekkan zahmatlarini eslab, bir zum sukutga toldi-da, so‘ng

chehrasini  donishmandona  bir  ifodaga  to‘ldirib  dedi:  —  Agar

hamma o‘zini tirikchilikka qurbon qilaversa, buyuk kashfiyotlarni

kim qiladi? Òiriklikni har kim har xil tushunadi, ota.

— Bildik, juda gapga o‘qibsan, — dedi ota o‘g‘lining mantiqli

gaplarini oliftagarchilikka yo‘yib.— Ayt-chi, senam bir imo bilan

uyimga somon tushurolasanmi?

— Yo‘q, — dedi o‘g‘il qat’iy. — Bu xil ishlardan jirkanaman!

—  Jirkanaman?  —  Shayman  chol  battar  tutaqib,  tag‘in

qo‘llari bilan paypaslandi. — Unda olimligingdan menga nima

foyda!

Cholning qo‘liga ilingan piyola chetga uchdi. Aziz mehmonlar



-kelgandagina dasturxon yuzini ko‘radigan paxtagulli piyola hovli

sahnida chil-parchin bo‘ldi. Ortidan ikkinchisi, keyin uchunchisi

shu  holga  tushdi.  Shundayam  u  tinchimadi.  Qarshisida  o‘g‘il

emas, battol dushmani o‘tirganday, gap bilan uni yer qilib tashladi.

Bu xil haqoratlarni umrida eshitmagan o‘g‘il boshda hang-

mang turib qoldi. Keyin etak silkib, o‘rnidan qo‘zg‘oldi. Ketaman,

dedi  arazlab.  Ona  hay-haylab  oraga  tushdi.  Cholini  qarg‘ab,

o‘g‘lining qo‘lidagi sumkaga yopishdi.

Shayman  chol  alam  va  g‘azabdan  chayonday  gajaklanib,

tashqari  yo‘naldi.  Negadir  Haydar  ko‘sani  topmoqqa,  qolgan

alamini undan olmoqqa qasd qildi. Shu topda cholga ikki dunyo

bir, yakkash baqirardi: «Osmoningdan ne foyda menga! Javdiragan

tussiz yulduzlaringni boshimga uramanmi! E, seni o‘qitganning

padariga la’nat!»

U ostona hatlarkan, ko‘cha boshida somon yuklangan mashina

ko‘rindi. Cholning ajin tilgan yuzi battar tirishib, burishib ketdi.

Nega, deganda mashina oldida ulkan qornini namoyishkorona

silkitib, mototsiklda Qobul milisa kelardi. Òovoqdek basharasi

odatdagidek  o‘ta  jiddiy,  go‘yo  zo‘r  bir  ishni  tindirganday,

dimog‘idan eshak qurti yog‘ilardi. Bu manzaradan cholning ichi

yana kuydi. Dikonglab, beixtiyor o‘sha tomon yurdi. Keyin birdan


617

fikridan qaytib, iziga burildi-da, ko‘cha bo‘yida chim chimdiyotgan

eshagining qorniga bir tepib, quyiga odimlab ketdi.

Bu vaqtda olim o‘g‘il, koinot sirlarini anglamoqqa yetgan aqli

yerdagi bu xil sinoatni idrok etmoqqa ojizdek, tushkin bir kayfiyatda

oyog‘i ostidagi chinni bo‘laklarga termilib turar, ketib qolishidan

hayiqqan ona sho‘rlik esa hanuz uning qo‘lidagi sumkaga tarmashar,

ora-sira cholini yanib qo‘yardi. Saldan so‘ng tobora olislashib

borayotgan jahldor otaning uzuq-yuluq so‘kinishlari-yu, onaning

jonsarak koyinishlari mashina ovoziga qorishib ketdi. Shovqinni

eshitib,  o‘g‘il  sekin  boshini  ko‘tardi.  Ko‘zi  devor  ortida

harakatlanayotgan somon g‘aramiga tusharkan, olgan bilimi bu

dargohda  sariq  chaqalik  qimmatga  ega  emasligini  favqulodda

anglab yetganday, asta yulqinib, darvoza tomon yurdi.

Ona chirqiragancha unga ergashdi.


618

OYDIN HOJIYEVA

ONA ÒILIMGA ALYOR

Og‘zimdagi novvotim,

Boshimdagi minnatim,

Bobokalonlarimdan

Meros ulug‘ davlatim!

Òanglayimni ko‘targan

Kindik momom qo‘lisan!

«Besh kecham»da sirlashgan

Shamchirog‘im tilisan!

Onamning oq sutisan,

O‘chog‘imning o‘tisan!

Sen ruhimning sahrosi,

Asli toza yurtimsan!

Bahorda boychechagim,

Òiramohda turnamsan!

Kashtamdagi iðagim,

Yoqamdagi yo‘rmamsan!

Kelinchaklar suzilsa,

Ko‘zlardagi nozisan!

Atirgullar uzilsa,

Shabnamlar hayosisan!

Senda qimiz ta’mi bor,

Mo‘miyo malhami bor!

MUSÒAQIL MUÒOLAA UCHUN O‘ZBEK

SHE’RIYATIDAN  NAMUNALAR


619

Ohanrabo afsuni,

Qilichlarning dami bor!

Shavqimsan, shukuhimsan,

Ko‘z yoshim, anduhimsan!

O‘zligim tog‘larida

Qadab qo‘ygan tug‘imsan!

Zamonlar elagida

Saralangan bug‘doyim!

Mehroblar poygagida

Qolgan unut xudoyim!

Òuproq olsang oltin-u

Kul olsang kumush bo‘lsin!

Seni tinglab ulg‘aygan

Ullar Alpomish bo‘lsin!

Beshiklarim boshida

Alla aytgan farishtam,

Qabrlarning toshida

Xattot bitgan jon rishtam.

Onaliging chin bo‘lsin!

Qizlaring lochin bo‘lsin!

Yo‘lingdagi xarsanglar

Iloyo, parchin bo‘lsin!

Qadim turkiy taxtingga

Yayrab o‘ltir, yarashgay!

Oq sutingni oqlay deb,

Farzandlaring kurashgay!

Kurashmasa, non-tuzing

Ikki dunyo haromdir!

Ona g‘arib bo‘lgan xalq,

Olomondir, avomdir!

1989


620

 ISÒIQLOL ÒARIXNING IMÒIHONIDIR

Òorgina guzarlar, pastqam rastalar

G‘ala-g‘ovur bozor, ketmas xayoldan:

Qorin tashvishida qo‘li bastalar

O‘sib chiqaverar har bir savoldan.

Fitrat kim, Cho‘lpon kim, kimdir Òavallo,

Millat deb qon qusgan mard-u eranlar,

Joni pilik bo‘lib taratgan ziyo

E’tiqodi buyuk fikri teranlar.

Alarning suvratin izlayman bir-bir

Ro‘paramdan o‘tgan har bir odamdan,

Qonida rangi yo‘q, ongida shuur,

Òamom xabarsizdir yangi olamdan.

Istiqlol yulduzi yarqirab magar

Jahon ayvonida o‘zbekdan so‘ylar.

Qartavozlik qilib bir to‘da gar-gar,

Do‘kondan topilmas shakarni o‘ylar.

Dunyo kimyogarning rangiday qaynar,

Zehn-u qalb kiradur o‘zga sifatga.

Biri amaldorning og‘zini moylar

Erishmoq-chun obro‘, mansab, davlatga.

Eshigin oldida uyulgan axlat,

Ko‘nglini kir qilmas, o‘tar beparvo.

Otni hurkitgudek olifta savlat,

Ko‘ksida ilondek o‘rmalar riyo.

Ulug‘ Yassaviylar — nuri poklarim,

Bahovuddin pirim, ey dili bayor,

Iymon osmonida o‘chmas mohlarim,

G‘aflat bandalarin aylangiz bedor.



621

Ki millat erk uchun, hamiyat uchun

Jon olib, jonini bermasa magar,

Boshini tikmasa hurriyat uchun,

Malomatga qolur o‘lgunga qadar.

Asriy taloto‘plar, zilzilalarda

O‘zbekning o‘lmagan sabil jonidir.

«Istiqlol ne berdi?» deysan serzarda,

Istiqlol — tarixning imtihonidir.

Poyingda shu jannat tufroq Istiqlol,

Boshingda bulutsiz samo hurlikdir.

Beshigingda chaqnab yotar istiqbol.

Mustaqillik tili, dili birlikdir.

Bir luqma dumba deb qopqonga tushgan

Arslon qismatini chiqarma yoddan.

Bitta taqa topsa, ot deya shoshgan

Afandim o‘zingsan, o‘zbeksan sodda!

Hali sen jahoniy ilmda komil,

Guras-guras kelar avlod boshisan.

Bozorlaring bo‘lur mol bilan mil-mil,

Sen yorug‘ kunlarga tamal toshisan.

Sabrdan iylangan asli zuvolang,

Òishingni tishga bos, toqatga bo‘l yor!

Istiqlol — to‘rt yozni ko‘rgan o‘z bolang,

Ko‘ksingga mahkam bos, xalqim, umidvor!

Har bitta yurakda sas bersa Cho‘lpon,

Fitratlar yuksalsin metin joningda.

Òishingga mahkam bos, olib o‘t omon

Istiqlolni Asr imtihonidan!

1995


622

HALIMA XUDOYBERDIYEVA

DORILAMON KUNLAR KELDI...

Onaginam!

Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,

Qayon  boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor.

Olcha gulin ko‘zlaringga surtasan behol,

«Bu  kunlarga  yetganlar bor, yetmaganlar bor».

So‘lg‘in-so‘lg‘in lablaringdan ucharkan shu so‘z,

Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.

Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko‘z,

O‘ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.

Bu tabiat suyumlidir ham ko‘zlari ko‘r,

Goh sharobdan, goh og‘udan qilar bizni mast.

Belginangga tirak bo‘lay, onajonim, tur,

Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.

Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash,

Ko‘zlaringda umid yonar tikilgan oni.

Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g‘ash,

Qizg‘ish, lola rang qoplaydir bu kun dunyoni.

Bu dunyoning qir-darasin xosiyati mo‘l,

Yerni yalang oyoq bossang, yayraydi taning.

Yashamoq — bir tansiq taom, unga ursang qo‘l,

Borgan sari ochiladir ishtahang saning.

Bog‘lardagi yetilgusi har mevali shox

Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.

O‘g‘lonlaring kelar ana, ochishib quchoq,


623

O‘g‘lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.

Onaginam!

O‘zing tortma davralardan, el chorlaganda,

«Òiriklikning bayrami» deb sozlaganda tor.

O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday:

«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor».

«UYG‘ON» SO‘ZIN AYÒGACH...

Chirimoqda Sibirda ulug‘ turk shoirlari.

    Mehmed Emin Yurdaqul.

1939 yil.

Òarix dashtlarini goho quyuq qor yopgan,

Bo‘lsa hamki ayon bo‘lgan kimlar ne chekdi?

Besh qilichday teragini bir bolta chopgan,

Mening mahzun onaginam, holing nechukdir?

Sirlar sandig‘i ochilar, kimlar ne degan,

Kimni sotib o‘zi yayrab o‘sgan qaysi jon?

Beshta yovqur bolasini bir qashqir yegan,

Mening ma’yus onaginam, bormisan omon?

Balki hamon tugamagan boshlangan doston,

Òanlariga tuproq emas, sog‘inchlar botar.

Hamon Sibir sovug‘iga ko‘nikolmasdan

Ular bir-birin quchoqlab, isinib yotar.

Ular Abdulla Qodiriy, Fayzullolarim,

Akmal Ikrom, Usmon Nosir, tik Cho‘lponim-ey.

Ko‘mir qazib, ko‘mir bo‘lgan chin tillolarim,

Ular beshmas, besh yuz, besh ming uvol jonim-ey.

Avaxtalar, shaxtalardan ular berar un,

O‘ylamang-ki, kukun bo‘lgan, kul bo‘lgan tinchib.


624

Er ustida erk tug‘ini biz ko‘targan kun,

Ular go‘rda bir-biridan olgan suyunchi.

Cho‘lpon birdan Cho‘lponligin tuyib chopgandir –

Sochdan to tirnog‘i qadar kuyib chopgandir.

Qamoq, zax yerto‘lalarda yag‘iri chiqqan,

Kir, beqasam choponini kiyib chopgandir.

Erk isini erta sezgan bolalarini,

Zulm — oqimga qarshi suzgan bolalarini,

Ota arslon yelkasida oshiq o‘ynagan,

Ona arslon sut emizgan bolalarini.

Oldirgan el, ular oddiy bolami edi,

Kurashlarda ular oson berdilarmi jon?

Usmon «Uyg‘on» so‘zin aytgach, hushdan ayrildi,

Cho‘lpon aytgach, ko‘kragidan keldi laxta qon!

Asli ko‘z yosh, qon oralab toyib o‘sdik biz,

Qon — yorug‘lik. Yorug‘lashdik. Boyib o‘sdik biz.

Qirqqanlari, kesganlari sari kuchlandik,

Qanotlarni tag‘in kengroq yoyib o‘sdik biz.

Ona elim,

Ming shukurki, qolmadik tunda,

Òilak shulki, qodir Olloh yoningni olsin.

Har bir bolang Cho‘lpon bo‘lib bosh ko‘tarsin-da,

Erk bayrog‘i azal-abad o‘zingda qolsin.

1997


625

OMON  MAÒJON

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Charx avzoyi bu dam, avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kotib-u davr-u raqam, avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Endi inson qadri ham, avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am, avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kim, ul oyning hajri ham, avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,

Necha avlod yo‘li-yu ummidin aylab behuda,

Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,

Ne sitamkim, qilsa rahm mahfiy erdi zimnida,

Emdi qilsa ne sitam, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Bul Jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,

Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,

Ishq, bu — o‘z umrim, anga nechun qasamlar ichmakim,

Demangiz Shirin-u Layli oncha bor ishq ichrakim,

Xo‘blikda ul sanam, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,

Shiddati past-u baland kelganda ham bo‘lmaydi or,

Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,

Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,

O‘lmishamkim, bu alam, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni,

Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni,

40 – Adabiyot, III



626

O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,

Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,

Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana,

Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,

Nafs iðiga bog‘lidur, ruh iðlarin uzgan tana,

Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana,

Kim anga azmi haram, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,

O‘z zamonin rost etar, qavmi marddir asli kim,

Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,

Ey Navoiy, qilma Jamshid-u Faridun vasfikim,

Shoh g‘oziyg‘a karam, avvalgilarg‘a o‘xshamas.

IKKI QAL’A

Xivada qal’a bor qal’a ichinda,

Biri — Ichon qal’a, biri — Dishon.

Mashhurdir birining nomi ochunda,

Biri nurab yotar benazar, beshon.

Ne sir bu? Bir yonda moviy tafakkur

Qulf urib turibdi sokin, beozor.

Bir yon — tengsiz jangda yengilgan mag‘rur

Botir jasadidek egasiz va xor.

Ichon qal’a demak — Xorazm faxri,

Bahornaqsh gumbazlar, minor, sardoba...

Shundadir ul buyuk Mahmudning qabri,

Shundadir shon, g‘urur... Dishon — xaroba...

Xalqimning ustuvor ruhi — zo‘r daho,

Mangulik topgandir Ichon qal’ada.

Uni buzmasin deb ming turli balo,

Qal’a qurilgandir Dishon — dalada.


627

Azaliy beomon bir hukmdir bu:

Odam — Dishon qal’a, orzusi — Ichon!

Oz yashab ko‘p zahmat ko‘rsa hamki u,

Ruhin qoldirmog‘i mumkindir omon.

Men bugun Xivada viqorli turgan

Asriy yodgorlardan tuyarkan ma’ni,

Deyman: umr hikmatin bobongdan o‘rgan,

Asramoqni o‘rgan Ichon qal’ani!

SHOIR BO‘LMOQCHIMAN, DEBSAN...

Shoir bo‘lmoqchiman, debsan xatingda,

She’riyat sirlarin o‘rgating, debsan.

Sen go‘yo chaqmoqqand tutib otingga,

Borsa qaytmas yo‘lni ko‘zlab turibsan.

Shoirlik kasb emas minba’d, ukajon,

Shoirlik hikmatdir, hikmat, ukajon.

Esimda: oq tutlar ayni g‘arq pishgan,

Yashil shoxlar aro terardik quvnab.

Shu payt qurtboqarlar kelib qolishgan,

Qo‘lida bolta-yu chopqilar o‘ynab.

Bargni obketdilar bog‘lab, ukajon,

Lekin bizlar qoldik yig‘lab, ukajon.

... Insonlik — o‘z haqqing tanish, ukajon,

Shoirlik — haq deya yonish, ukajon...

Umr garchi uzun, kechar bir onda,

Umr kamalakdir yer va ko‘kka dol.

Ba’zi shoirlar bor — ko‘ngli osmonda,

Hatto o‘z bo‘yicha pastlashi malol,

Sen ko‘kdan izlama ma’ni, ukajon,

Avval o‘z yeringni tani, ukajon.

Bugun yurt haqida o‘y sursang agar,

Olamga bir qara: kim tanir bizni?

Paxtangdan tanisa yeringni bashar,


628

She’ringdan tanisin yuragimizni!

Qalbingni xalqqa et minbar, ukajon,

Jahon shunda seni tinglar, ukajon.

Ona til! U bizga ma’bad betimsol,

Har bir millat uchun o‘z tili Ona!

Òil—o‘tmish, til—bugun, til — bu istiqbol,

Òil — ona xalqingdan nurli nishona.

Ne bor «ona» degan so‘zdek, ukajon,

O‘zbeksan, o‘zbek bo‘l, o‘zbek, ukajon.

Ha! Shoir qalbining xaritasida

So‘z, tuyg‘u, rang, imon erur bosh tomir.

Oroldek dengiz ham qurir aslida,

Ayqirib oqmasa Amu bilan Sir.

Cho‘qqilarga solgin larzon, ukajon,

Guvlab tursin ulug‘ ummon, ukajon.

O‘tgan ustozlarda qismat yagona:

So‘zdan nomdor ular, so‘zdan xunbag‘ir.

Qog‘oz-ku bir ohdan uchgay to‘lg‘ona,—

Unga muhrlangan haqiqat og‘ir.

Engili rizq bo‘lmas bizga, ukajon,

Qanot ber eng yukdor so‘zga, ukajon.

Sen mag‘rur kamtar bo‘l! Lekin bir chetda

Chekinib yashama yakka, xor, nolon.

Jahonda har nedan Adolat katta,

Lekin mitti qalbdir unga oshiyon.

Ko‘z tutar odamlar, xalqing, ukajon,

Bosh ustida bo‘lsin qalbing, ukajon.

Sen do‘st bo‘l, vaqtida fosh et Yagoni,

Ishqda Otellodan bo‘lgin besh battar.

Asrab qolmoq uchun Mo‘min Mirzoni

Òutqaz Alisherning qo‘liga xanjar...

Shoirning yuragi dog‘li, ukajon,

Sen ham shu dard bilan og‘ri, ukajon.

Dolg‘alar goh tinib, shoirning qalbi


629

Afsonaviy ko‘ldek sukutda onlar —

Òopilar, tosh otib to‘lqin chiqarib,

Òomosha qilishga havasmand jonlar.

Qo‘yni toshlilar ko‘p, ko‘pdir, ukajon,

Òo‘lqin ur, chetga sur, cho‘kdir, ukajon.

Bordi-yu, sendan hech chiqmasa shoir,

Zarur jihatlarning kam bo‘lsa biri,

O‘ksima, tongda tur, tabiat sohir,

Qara, rangin she’rdir o‘zbekning yeri.

Shu yurtni bir umr sevsang, ukajon,

Haqiqiy shoir ham sensan, ukajon!



630

USMON  AZIM

«BAXSHIYONA»  ÒURKUMIDAN

Hech kim yovga bosh egmadi. «Bu elning shoirini topinglar»,

dedi shunda o‘ng qo‘l vazir. Ot choptirib, bir jang maydonida

yarador yotgan Elbek baxshini topib keldilar. «Bizni maqta!»

dedi chap qo‘l vazir. Baxshi eshitmaganga oldi. «Bizni maqta!»

dedi o‘ng qo‘l vazir. Baxshi gum-gurs turaverdi. «Bizni maqta!»

dedi podshoi azim. «Podshoh bo‘lsang, o‘zingga, — dedi shunda

baxshi bir to‘lg‘onib, — shoiring bo‘lsa olib kel, gaplashsam

shoiring  bilan  gaplashaman».  Bir  shoirni  olib  keldilar.  Elbek

baxshi javob berishga hozirlanib, haligi shoir «bizni maqta!» deb

turgan joyi:

— Elbek baxshi, bu dunyoning o‘tarin ayt,

Bu dunyoga umr kelib-ketarin ayt,

Manov bizning pahlavonlar ko‘krak kerib —

Maydon kirsa, falakni ham yiqarin ayt.

— Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini,

Òoshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini.

Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar,

Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini.

— Òog‘day bo‘lib turgan odam — navkarboshi,

O‘lchab ko‘rgin — Yer-osmonni bosar toshi.

Elbek baxshi, maqtayvergin, kam bo‘lmaysan,

Mardning shunday bo‘ladimi ko‘z-u qoshi?


631

 — Nodon shoir, bug‘doy deysan tariqniyam,

Ko‘rgin axir, bu saroydan nariniyam,

Navkarboshing ortdan kelib pichoq sanchar,

Òo‘g‘ri kelsa yengolmaydi ariniyam.

— Elbek baxshi, tilginangni tiyib so‘yla,

Yetti emas, yuz o‘lchab, bir qiyib so‘yla.

Manov turgan xazinachi — nomdor odam,

Mol-dunyoning qulfi shunda — suyib so‘yla.

— Baxshi deding — baxshi ruhi osmondadir,

Ko‘lmakka jo bo‘lganim shu zamondadir,

Nomdor odam ko‘zlarini olib qochdi,

Uning asli hovli-joyi zindondadir...

— Elbek baxshi, boshing ketar bilmaysan-a,

Bu dunyoni nazaringga ilmaysan-a,

Ana turgan o‘ng qo‘l vazir — dono odam,

Xizmatlarin suyib emas, jo‘shib sana.

— Bir cho‘g‘ edim, yov qoshida ketdim yonib,

O‘ch olarim bor ekan-ku, qonib-qonib.

Bu donishmand podshohingning tegrasida

Aylanadi, yeng ichiga pichoq solib.

— Elbek baxshi, bo‘lma buncha «shirinzabon»,

Òillaringdan aylanayin, holing yomon.

Òo‘rda turgan podshohimiz — hech bo‘lmasa,

Shuni maqta, qolarsan-ku, eson-omon.

 — Meni qo‘ygin, menga taqdir toshdir azal,

Ammo dunyo to‘g‘ri so‘zga ochdir azal.

Shohing kimdir? Qo‘rqoq, xoin, xiyonatkor,

Buzuqlarning davrasiga boshdir azal.


632

— Mard ekansan, ammo fe’ling azob tug‘ar,

Podshohimiz har bir so‘zni dilga tugar.

G‘azablanib lashkariga «kesgin» desa,

Elbek baxshi, eling tugar, yurting tugar.

— Haq gap uchun har bir ishga ko‘nadi el,

Òo‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el.

Dordan qo‘rqib, yolg‘on aytib turganim yo‘q,

Shoirlari yolg‘on aytsa, o‘ladi el.

Ana endi, yovning shoiri oh urib, peshanasiga mushtladi.

Men ham shunday aytishuvlarning oshig‘iman-da, mana necha

yildirki, surishtiraman, bu aytishuv nima bilan tugadi? Elbek

baxshining holi ne kechdi? Anig‘ini bilay deb, g‘anim shoir

elatining daragini so‘rab, surishtirdim, tarixni kavlashtirdim, ammo

hech natija chiqmadi. Aytishuvdan yigirma, o‘ttiz yil o‘tgach,

bu xalq osmonga chiqqanmi, yerga kirganmi, ishqilib izsiz g‘oyib

bo‘lgan. Shunda sho‘rlik shoirning oh urgani ma’nisiga yetganday

bo‘ldim...

···

Birodarlar, ana endi Elbek baxshi Asqar tog‘ining boshida



o‘tiribdi. Atrofga qarayapti: bir tomon Sayxun, bir tomon Jayxun,


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling