Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50

Hech  biri  o‘zimizning  mana  shu  saroyga  teng  kelmaydi:

muzdekkina, maza!

— Òezroq boshqasini topmasak...

— Bu kecha tushimizga kirib chiqsin, ertaga topamiz.

···

Hamidning  tushi  o‘ngidan  keldi:  u  ertasi  kuni  darsdan



xushxabar  bilan  qaytdi.  Kursdoshlari  orqali  surishtirib,

universitetning  yonginasidan  uy  topibdi.  Kechqurun  ko‘rgani

bordik. Uy biz kutgandan ziyoda, o‘sha tanishimiznikidan o‘tsa-

o‘tardiki,  qolishmasdi.  Ertaga  ko‘chib  keladigan  bo‘lib  bekasi

bilan ahdlashdik. U negadir sal jonsarak, ammo juda muloyim

ayol ekan.

— Mayli, kelaveringlar, — dedi. — kechqurun adasining

o‘zlari  gaplashadilar.  Fe’llari  bir  oz  anaqaroq,  «Xo‘p»,

deyaverasizlar.

Galdagi mushkulot ko‘chish, ya’ni bu gapni kampirga aytish

edi. Nima deyish, kim aytishi xususida Hamid bilan xiyla bosh

qotirdik.

— Yotoqxonada yashamoqchimiz, desak-chi?

— Kallangga balli!



555

Uzoq tortishuv, ikkilanishlardan so‘ng, «Kampir seni yaxshi

ko‘radi, u-bu», deb gaplashishga uning o‘zini ko‘ndirdim.

Hamidning orqasidan kampir uyga yig‘lab kirdi.

— Sanlarni o‘z bolam degandim, o‘rganib qoluvdim,— deya

hiqillardi u. — Bir hovlida yolg‘iz o‘zim... Bo‘rivoy ham yaqinda

uylanib ketib qolarmish. Mana, bu yog‘i bahor edi. Bilaman,

sovuqda xiyla qiynaldinglar, sho‘rlik bolalarim. Ahvollaringni ko‘rib

ich-etimni yeyman. Ilojim yetganda-ku... Yonimga o‘ta qolinglar,

dedim...  Yo  biror  nimadan  xafa  bo‘ldinglarmi,  a,  bolalarim?

Òunov kungi...

Òunov kuni, kampir qizinikida edi, o‘g‘li keldi. Ko‘rinishdan

beozorga o‘xshagan bu odam ancha nag‘ma ko‘rsatdi: u g‘irt

mast, oyog‘ida turolmas edi.

— Kim qo‘ydi sanlarni bu yerga? Kimsanlar o‘zi? Bu mani

uyim,  ha! Hech kimning haqi yo‘q, ha!— deb baqirdi u bizga.

Keyin yerga boqqancha chayqalib so‘kinishga o‘tdi... — Oyim

qani? Oyimni topib  berlaring! Òez bo‘l, hozir!

Hamid kampirni chaqirib chiqdi. O‘g‘li tag‘in dag‘dag‘aga

tushdi.


— Bas qil, jinni, qo‘shnilar eshitadi, — deya kampir uni

sudrab uyga olib kirdi.

— Man-n qo‘shnilaringizni... — Uning hush-behush baqirig‘i

eshitilardi. — Bular kim? Kim qo‘ydi bularni? Sizga pul kerakmi,

a, ayting, pul kerakmi? Mana, mana!..

— Puling o‘zingga buyursin, — dedi kampir titroq tovushda.

—  Nima  desang  de,  lekin  man  bu  bolalarni  yonimdan

jildirmayman, ular o‘zimniki...

Amallab o‘g‘lini jo‘natgach, kampir yig‘lab hasrat qildi, uzr

so‘ragan bo‘ldi.

U hozir o‘sha gapni eslardi. Ko‘nglimiz buzilib ketdi. Biroq

endi qolish ham o‘ng‘aysiz edi.

— Xabar olib turamiz, oyi,— deya yupata boshladi Hamid.

Kampir battar to‘liqdi. So‘ngra yotoqxona sharoitini obdon

surishtirdi, ko‘ngli to‘ldi shekilli:


556

— Mayli, bolalarim, nimayam derdim, — dedi past, dardchil

ovozda. — Niyatlarim ko‘p edi...

Nihoyat, kampirning duosini olib, birinchi bor ko‘rayotgandek

qadrdon  hovliga  so‘nggi  marta  g‘amgin  nazar  tashlagancha,

ko‘ngilda bir orziqish... ko‘k darvozadan chiqib ketdik.

Yangi  joyga  o‘rnashib,  kechqurun  beka  aytgan  kishining

kelishini kutdik. Keldi. Òanitishicha, allaqayerda bufetda ishlarkan,

burnining uchi ham xuddi vinoga tiqib olingandek edi.

Bekaning «quloq qoqdi»siga ko‘ra, «bir oz anaqaroq» bu

odamning gaplariga «Xo‘p», deyaverishimiz kerak edi. Vazifamizga

kirishdik.

— Yotoq yoqmabdi-da, xilvat qidirib qolibsizlar? — deb

boshladi u so‘zini.

— Xo‘-o‘p, — dedi Hamid. Xo‘jayin unga bir o‘qrayib

qo‘ydi.


— Pulini xotindan eshitgandirsizlar? Aytib qo‘yay, har oyning

boshida to‘lashinglarga to‘g‘ri keladi. Qalay?

— Xo‘p.

—  Soat  to‘qqizdan  keyin  darvoza  berk  bo‘ladi.  Buniyam



hisobga ollaring, xo‘pmi?

— Xo‘-o‘p...

— Rubobinglar ham bor ekan. Buniyam vaqti-vaqti bilan, a?

Menga-ku bari bir, seminarga tayyorlanish o‘rniga Hamid

ba’zan ermakka ting‘irlatib o‘tiradi.

—  Xo‘pmi,  vo-ot...  Òag‘in  har  qanaqa  oshna-og‘aynini

boshlab kelish ham yo‘q. Keyin siz, uka, mo‘ylovniyam, a?..

Òo‘g‘ri kelmaydi, mahallachilik.

Shu yerga yetganda Hamid tamom bo‘ldi, lekin sir bermadi.

— Xo‘pmi, vo-ot, chiroq masalasi... soat o‘n ikkigacha.

Bu gap ikkimizga birdek ta’sir qildi: qishloqni, maktab davrini

eslaydigan gurunglarimiz qisqaradi endi.

Keyin gaz, suv, kran masalalari muhokamasiga ko‘chdik. Biz

o‘z  vazifamizni  og‘ishmay  ado  etardik.  Hamid  «xo‘p,  yaxshi,

bo‘pti», deb o‘tirar, dam-badam chap ko‘zini qisgancha ko‘rsatkich


557

barmog‘i bilan burnining yonini qashib qo‘yar edi: ensasi qotgani,

«qo‘yaver», degani.

Nihoyat, xo‘jayin shartlarini tamomlab: «Shundoq bo‘lsin»,

deya o‘rnidan turdi. U ketgach, Hamid ikkalamiz bir-birimizga

tikilgancha xiyla fursat xona o‘rtasida qaqqayib qoldik. So‘ngra

o‘tirib kampirni eslashdik.

Shu kecha alla-pallaga qadar uyqumiz kelmadi.

···

Ertasi kuni darsdan keyin uy qidirishga tushdik. Bir xillar



uyiga o‘zi sig‘mayotganidan shikoyat qilardi; bir xillarini shum

ijaragirlar dog‘da qoldirib ketishganmish...

Ijaraga qo‘ymasliklariga ko‘pincha Hamid, uning mushtday-

yu,  lekin  mahmadonaligi  va  allakimlarnikiga  o‘xshash  ingichka

mo‘ylovi sabab bo‘lardi. Uy egalari menga ishonch bildirishar,

so‘ngra  Hamidga  o‘girilib...  xavfsirab  bosh  chayqashar,  afsus

aytib, uzrlarini ilova qilishar edi.

Oxiri...  eski  uyimizga  yaqinroq  joydagi  naqshindor

darvozadan xizmatchiga o‘xshash bir ayol chiqdi. Hafsalamiz

sovib turgan bo‘lsa-da, Hamid salomni quyuq qilib, bidillashga

tushib ketdi.

Albatta, bu shirinsuxan xola ijaraga qo‘ymaydi: uyi o‘ziga

tanglik  qiladi,  bo‘yga  yetgan  qizi  ham  bor,  buning  ustiga

ijaragirlardan  kuygan  deng...  Ammo,  aytishicha,  bizga  razm

solib  qarasa,  ancha  bama’ni  bolalarga  o‘xsharkanmiz,  rahmi

kelibdi.


—  Muyulishdan  shundoq  o‘tsanglar...  —  deya  u  o‘zimiz

ko‘z yumib ham topa oladigan yo‘lni tushuntira boshladi, —

«Zuhra kampirning uyi», desanglar, ko‘rsatishadi. Ko‘k eshik.

O‘ziyam  bir  kampirjonda  lekin.  Bir-ikkita  bola  turgan  ekan.

Kechami, oldingi kunmi, yotoqxonaga ko‘chib ketishibdi. Kampir

sho‘rlik yig‘lab o‘tirganmish o‘shalarning orqasidan. «Halima opa

aytdi», desanglar, yo‘q demas...

Ayolga rahmat aytib, yo‘lga tusharkanmiz:



558

— Nima qildik, xo‘jayin?— dedi Hamid.

— Qaytib borishdan o‘zga chora yo‘q shekilli?

— Insof bilan o‘ylab qaralsa,— deya xo‘rsindi Hamid, —

o‘zimizdan o‘tgan, jo‘ra. Uyning u yoq-bu yog‘ini tuzatib, pechka-

mechka qo‘ysak...

Ko‘k darvoza oldiga kelib taqqa to‘xtadik. Unga qo‘l cho‘zishga

na Hamidda, na menda jur’at bor edi. Nihoyat, odatdagidek

uzoq tortishuv, ikkilanishlardan so‘ng Hamidni ichkariga kiritib

yubordim.

Bir ozdan keyin hovlidan yig‘i eshitildi. Darvoza tirqishidan

mo‘raladim. Kampir Hamidning bo‘yniga osilgancha o‘tirardi...

ostonada...


559

XAYRIDDIN SULÒONOV

«YO, JAMSHID!»

Hikoya


  «Rabbim!» de, Mariya!»

Valentin Rasputin

Birinchi bo‘lib Islomboy keldi.

U chirog‘i charaqlab turgan oynaband, sirkor ayvonda ust-

boshidagi  qorni  qoqish  bahonasida  to‘xtab,  o‘rtadagi  uyga

derazadan razm soldi: onasi g‘isht pechka oldida taxmonga tikilib

o‘tiribdi, O‘rinboy ustarada yaltiratib qirilgan boshini siypagancha

yonboshlab yotibdi. Burchakdagi qatorasiga solingan o‘rinda to‘rt

bolaning boshi ko‘rinadi.

«Xayriyat!»

Islomboy negadir yengil tortdi.

—  Voy-bo‘y,  yomon  isib  ketibdi-ku,  —  dedi  u  ichkari

kirgan zahoti.

O‘rinboy  shoshib  o‘rnidan  turdi,  o‘ng  qo‘lini  ko‘rishishga

uzatarkan, chap qo‘li bilan xontaxta ustidagi do‘ppisini olib boshiga

qo‘ndirdi:

— Yo‘g‘-e, uy sovuq-ku.

Shilpiq ko‘zlari olazarak javdiragan kampir poygakka tiz cho‘kib,

pichirlab fotiha o‘qigan bo‘ldi.

— Xush kepsan, — dedi O‘rinboy.

U Islomboydan besh yosh kichik, ammo akasini yoshlikdan

sensirab chaqirar edi.



560

—  Qalay,  tinchmisan?  —  deb  qo‘ydi  Islomboy  ham

mulozamat taqozosiga ko‘ra.

— Shukr.


— Eson-omonmisan? — deb so‘radi kampir.— O‘takang

ham yorilib ketgandir, bemahalda...

— Òinchlikmi? Endi yotuvdim, Samar borib qoldi.

Onasi burishiq barmoqlari bilan jigarrang ko‘ylagining etagini

tekislab o‘tirarkan, indamadi. Daf’atan og‘ir jimlik cho‘kdi. G‘isht

pechka ustidagi ko‘k choygum asta shig‘illay boshladi. Dam o‘tmay

bu hasratli xonish Islomboyning g‘ashiga tegdi.

Eshik ochilib, boshini iyagi aralash sholro‘mol bilan tang‘igan

Anzirat — O‘rinboyning xotini ko‘rindi.

— Keling, aka, — dedi Anzirat Islomboyga qarab, bo‘g‘iq

tovush bilan.

Islomboy joyidan xiyol qo‘zg‘aldi:

— E, kelin, tinch-omonmisan?

Kelini  sezilar-sezilmas  bosh  irg‘adi.  Islomboy  uning  salqi

qovoqlari shishib, ko‘zlari qizarganini payqadi.

«E, battol! Xotini bilan yana it-mushuk bo‘pti shekilli! Bu

og‘iroyoq narsa bo‘lsa... Hah, eshak!»

—  Qalay,  yaxshi  o‘tiribsanmi?  Bola-chaqa?  —  dedi  u

kelinidan hol so‘rab.

Anzirat javob qilmay, qora baxmal nimchasining barini torta-

torta qaynonasining yoniga cho‘kdi, burnini tortib yerga tikildi

va uvvos solib yig‘lab yubordi.

Islomboy shoshib qoldi:

— Iya, hay?

Kelinidan javob bo‘lmagach, avval rang-quti o‘chib, ko‘zida

yosh g‘iltillagan onasiga, keyin esa peshanasi tirisha boshlagan

ukasiga qaradi: — Ha?

Endi  kampir  ham  piq-piq  yig‘lashga  tushdi.  Islomboy

chidayolmay baqirib berdi:

— E, tildan qoldinglarmi, nima balo?!

O‘rinboy shiðga tikilib g‘alati iljaydi, burnining uchini qayta-


561

qayta chimdib, yo‘talga ham, kulgiga ham o‘xshamagan bir ovoz

chiqardi, yig‘i bosilavermagach, chaqchayib o‘shqirdi:

— Hovliqma, hovliqma, menga aza ochishga hovliqmalaring

hali!

Qaynona-kelin bu gapdan keyin battar o‘krab yubordi.



— Nima bo‘ldi, axir?!

Anzirat ko‘pchigan yuzlarini kaftining orqasi bilan artdi, yig‘i

aralash piqillab:

— Ukangiz... ukangiz... — dedi-da, yana boshini burkab

yig‘lashga tushdi.

— Astag‘firullo! Meni shu yig‘ixonlikka chaqirdinglarmi, oyi?

Kampir  darhol  obidiydani  bas  qildi,  o‘g‘liga  vahima  bilan

tikilib, xuddi shunday vahima bilan shivirladi:

— Uyimiz kuydi, bolam! O‘rinboying yutqazib qo‘yibdi!

Islomboy bu gapdan ham ko‘ra onasining vahimali tovushidan

qo‘rqib  ketdi,  ancha  vaqt  miyasiga  jo‘yali  bir  fikr  kelmay,

choygumning shig‘illashiga quloq solib o‘tirdi, nihoyat, ukasiga

qaramay:

— Qancha? — deb so‘radi.

 O‘rinboy xontaxta ustidagi non ushoqlarini jimjilog‘i bilan

nari-beri surarkan, beo‘xshov kulimsirashga urinib:

— Ko‘p, — dedi.

Islomboy yetmish ikki tomiri bo‘ylab miyasiga yugurgan bor

g‘azab, bor nafrati tiliga kelib to‘planganini sezdi, o‘zini qandoq

bosib turganiga o‘zi ham hayron qolib, ovozi deyarli o‘zgarmay

so‘radi:

— «Ko‘p»niyam bir son-sanog‘i bordir, axir?

O‘rinboy indamadi.

Islomboy besh daqiqadan so‘ng toqati-toq bo‘lib:

— Gapir, itvachcha! — dedi.

Ukasi ilkis boshini ko‘tardi, manglayidagi chiziqlar chuqur

tortib, xo‘mraydi. Anchadan keyin o‘ziga-o‘zi gapirgandek dedi:

— Kofir bo‘lma, onang oldingda o‘tiribdi, itga ro‘para qilgani

uyal.

36 – Adabiyot, III



562

Kampir bir oqarib, bir qizardi, yelkalari qunishdi.

Islomboyning jag‘i qaltiradi:

— Kofir bo‘lmasam, battar bo‘lmaymanmi, senga nima, dayus!

Sening bu qilmishlaringga odam kofir tugul, chulchut bo‘lib ketar!

Uning dag‘dag‘asiga burchakda yotgan bolalardan biri sachrab

uyg‘ondi, uyquli ko‘zlarini yirib ochgancha anqayib qoldi.

— Òo‘ng‘izning terisi nima-yu sen ablahning beting nima?!

Yozda: «Bu b...ni ikkinchi og‘zimga olsam, yigit o‘lay», deb

tavba-tazarru  qilganlaring  esingdan  chiqdimi,  qasamxo‘r!  —

Islomboy joni jahoni o‘rtab baqirarkan, ikki chakkasiga burov

solingandek, boshida og‘riq qo‘zg‘alganini sezdi. — Bu kuningdan

qasam urib o‘lganing yaxshi emasmi, xunasa!

Anzirat  qaynag‘asining  vajohatini  ko‘rib  yig‘idan  to‘xtadi,

olazarak  ko‘zlari  bilan  goh  eriga,  goh  qaynonasiga  qarar  va

beto‘xtov burnini tortar edi. O‘rinboy boshini solintirib o‘tirgan

ko‘yi vaziyatini o‘zgartirmay, sekin do‘ng‘illadi:

— Ko‘p ham shoshma, o‘ligimni ko‘rishga juda orzumand

bo‘lsang, ertalab niyatingga yetasan!

Islomboy bu gapning ma’nosini o‘ylab o‘tirmay, battar shovqin

soldi:

—  E,  dard-e!  O‘laman,  deb  qo‘rqitmoqchimisan  meni?



O‘lmasang o‘mbaloq osh-a! E, o‘lsang ham kuysam shunchalik

kuyaman-da, jonimga o‘t qo‘yvording-ku!

Kampir qo‘rqqanidan o‘rnidan turib ketdi, ro‘moli yelkasiga

sirg‘alib tushganini ham payqamay, boshini sarak-sarak qilib titrab-

qaqshab yalindi:

— Hay, o‘zingni bos! Jon bolam, o‘zingni bos! Qo‘ni-qo‘shni

eshitadi-ya! Bemahalda... Islomboy onasini g‘azabga oldi:

— E, butun yurt-u olam eshitsin-a! Bilsin, bu kasofatingizni!

«Birov bilmasin, birov bilmasin», deb, «O‘rinboyjon-O‘rinboyjon»

qilib, mana, oqibati, hammamizni kafangado qilib o‘tiribdi!

— Qandog‘ qilay... — deya kampir yig‘lamsiradi. — Qandoq

qilay, bolam? Ko‘zimning oq-u qorasi O‘rinboy og‘amning o‘rnini

bosar, deb O‘rinboy ot qo‘yuvdim. Beva boshim bilan yemay


563

yedirdim,  kiymay    kiydirdim,  shu  ikkita  norasidamni  boshi

egilmasin, deb it ko‘rmagan kunlarni ko‘rdim. Mayli, meni har

qancha urib-so‘ksang roziman, lekin shu qoqvoshni qarg‘ama.

Og‘amning arvohi chirqiraydi-ya!  Girmonning o‘qiga uchganmi,

tirikmi, xudo biladi. «O‘rinboying  o‘lsin», deysan, men bunga

qandoq chiday? Xudo o‘zi insof bermasa, men qandoq qilay?

Kampir  zor-zor  yig‘ladi.  Islomboyning  o‘pkasi  to‘ldi,

peshanasini qashigan bo‘lib, ko‘zyoshlarini artdi. Choygum hamon

cho‘zib hushtak chalar edi.

O‘rinboy birdan darg‘azab ko‘zlarini akasiga qadadi:

—  Nega  menga  hokimlik  qilasan?  O‘ynagan  —  men,

yutqazgan — men, to‘laydigan — men, senga nima keti-kuydilik?!

Aka bo‘lsang, akaligingda tur! Menga agar sariq chaqang o‘tgan

bo‘lsa, hammasini hisobli, ha!

— Hoy, hoy, qaqshamagur, akaga shunaqa deydimi?

— Qo‘ying... — deb pichirladi Anzirat ko‘zlarini katta ochib.

— Mayli, gapirib olsin. — Islomboy bor kuchini to‘plab,

bazo‘r jilmaydi. — Ichidagi fisqi fasodini to‘ksin-chi, qani! Mayli,

biz  endi  keti-kuydi  bo‘lib  qolgan  bo‘lsak,  sariq  chaqa  bo‘lib

qolgan    bo‘lsak...  mayli,  xudo  bordir,  ko‘rib  turgandir,  axir.

Eshigimga necha martalab ko‘zining siydigini oqizib borganini

o‘zi  bilmasa,  xudo  bilar,  xudoga  soldim!  «Òo‘ydirganning

bo‘g‘ziga...» deb shuni aytadi-da!

Xudoning  nomi  o‘rtaga  sukunat  soldi.  Choygum  biqirlab

qaynay boshladi.

—  Bunaqa  ta’na-malomatni  qo‘ylaring,  —  dedi  kampir

anchadan  keyin.  —  Gapni  kavlasa,  gap  chiqadi.  Qozilashgan

qarindosh  bo‘lmas.  Aylantirib  kelganda  ikkitasan,  bir-biringdan

tonolmaysan, biringni tepkingni biring ko‘tarasan-da, qandoq qilasan?

Anzirat o‘rnidan turib, qaynab-toshayotgan choygumni chetga

surib qo‘ydi.

— Sen kattasan, shu ukangga ota o‘rniga otasan, — deya

kampir Islomboyga yalinchoq ohangda qaradi. — Buning past-

baland  gaplariga xafa bo‘lma. Sendan boshqa kimi bor, axir?


564

Nima qilamiz endi, bir yo‘l-yo‘riq ber. Ertalabga obormasa bo‘lmas

ekan.

Islomboy siyrak, qizg‘in mo‘ylovining uchini qimtib, o‘yga



cho‘mdi: «Koshki yaxshilikni bilsa bu ablah!».

— Oyi, juda qiziq gapirasiz-da, — dedi u norozi chimirilib.

—  Axir,  ko‘rib  turibsiz-ku,  buningiz  pista  po‘choqcha

ko‘rmayotibdi-ku aka jonivorni! Bir og‘iz gapirsangiz osmonga

sapchiydi! Ko‘ppakka o‘xshab odamning betidan oladi! Bundoq

yotig‘i bilan arz hol qilsa, maslahat so‘rasa ekanki, bir yo‘l-yo‘riq

aytsangiz. «Qancha?» — deb so‘rasam, menga qarab ishshayadi.

Kampir  O‘rinboyning  hurpayib  olganini  ko‘rib,  muqarrar

dahanaki jangning oldini olishga shoshildi:

— Mayli, bolam, sen og‘ir bo‘l, jahl kelganda aql ketar...

—  Ho‘y,  menga  qara,  qancha  axir?!  —  dedi  Islomboy

bo‘g‘ilib.

O‘rinboy akasining gavdasiga sinchiklab razm soldi, tomoq

qirdi va ikki barmog‘ini ko‘rsatdi.

— Qancha buning?

— Yigirma ming.

Islomboyning qulog‘i shang‘illab ketdi:

— Eski pulgami?

Ukasi kulgisini yashirishga urinib iljaydi:

— Eski pul qolganmi shu zamonda? Islomboy O‘rinboydan

ko‘z  uzolmay  qoldi.  Ukasining  naqadar  dahshatli  ahvolga

tushganini birdan yaqqol angladi va uning nochor, asabiy kulgisini

ko‘rib,  yuragida  shafqat  uyg‘ondi,  lekin  zum  o‘tmay  vujudiga

qahr-g‘azab yopirildi: «Battar bo‘lsin!»

Òo‘rt juft ko‘z Islomboyga qadalgan edi. U ukasining quloq-

chakkasiga  quloch-kashlab  tortib  yuborish  istagida  o‘rtanardi,

lekin, negadir, to‘satdan ezilib shivirladi:

— Shunchalik ham bo‘ladimi, uka!

Jimlik cho‘kdi. Pechkada nimadir chirs etdi.

— Amakilaring bilan ammangni aytib kelsinmi?— dedi kampir

Islomboyga.


565

— Nima karomat qilib berardi o‘shalaringiz? — dedi O‘rinboy

xo‘mrayib. Ammo onasi unga e’tibor bermadi.

— Qaydam, bemahalda... — dedi Islomboy chaynalib, moyil

bir ohangda.

— Òur, Samar, g‘izillab Salomat ammang bilan Orif amakingni

chaqirib  kel.  —  Kampir  pechkaga  suyanib  o‘tirgan  naynov

nevarasiga  qarab, keskin ohangda buyurdi.

— Yo‘ldan Zarif buvangni ham ayt. «Òez borarkansiz», de.

Qo‘rqmaysanmi?

Samar, qor urib turgan zim-ziyo ko‘chada yolg‘iz yurishdan

qo‘rqsa hamki, uydagi motamsaro ahvoldan ko‘ra tashqarini afzal

bilib, indamay chiqib ketdi.

Hamma o‘y surib qoldi.

Islomboy ukasining qanday qilib bu bebosh yo‘lga kirib ketgani

haqida bosh qotirardi. Lekin xayoli beixtiyor ukasining boshiga

tushgan bu ulkan falokat, bu ulkan falokatning dahshatli oqibati

va undan o‘ziga yetadigan zarar-zahmat to‘g‘risidagi fikrlardan

nari ketmasdi.

O‘rinboy hanuz hayron edi: avvaliga ustma-ust qo‘li kelib

turgan edi, oshdan oldin ham dov urdi, keyin nima kasofat bo‘ldi-

yu... Umrida bunday katta o‘yinni ko‘rmagan edi...

Kampirning  mushtday  yuzi  yana  ham  kichrayib  ketgan,

chakagini ushlab mum tishlagandek o‘tirar, aft-angoridan nimani

o‘ylayotganini bilib bo‘lmas edi.

Anziratning yuragini tag‘in vahima changalladi. Qayerdadir

qulog‘iga chalingan gaplar esiga tushdi: agar yutqazgan odam

pulni to‘layolmasa, xotinini olib borib berarkan. Uning ich-ichidan

titroq yig‘i xuruj qilib kela boshladi: «Sho‘rim qurib...»

Islomboy kallasidan noxush o‘ylarni sidirib tashlamoqchidek,

jahl bilan peshanasini siypaladi.

— Endi nima qilmoqchisan?

— Endi... Kim biladi deysan... hovlini sotsammikan, deb

turibman.

— Nima-a?!


566

— Ha? Boshqa iloji yo‘q. Ertalab hovliga savdo kiradi. Soat

o‘nga obormasam, meni o‘ldi deyaverlaring.

Kelin qaynonaga, qaynona kelinga yalt etib qaradi va bir-

birining ko‘zidagi qo‘rquvni ko‘rib, har ikkisi Islomboyga najot

bilan  mo‘ltirab,  yig‘iga  hozirlandi.  Islomboy  kaftlarini

mushtlagancha qizil yakandozga tayanib:

— Xo‘sh? — deya ukasini ta’qibga oldi.

— Nima «xo‘sh?» — O‘rinboyga bu savol nihoyatda malol

keldi.


— Keyin-chi?

— Nima «keyin»?

— E, buncha talmovsiraysan?! Yo bira to‘la es-hushingdan

ham ayrilganmisan? Xo‘p, uyniyam sotarsan, keyin nima qilasan,

deyapman? Qish chillada bir etak churvaqang bilan qayerga sig‘asan?

O‘rinboy akasining jahlidan qolishmaydigan bir g‘azab bilan

javob qildi:

—  Yuraging  chiqmasin,  haliyam  senikiga  bormayman,

qo‘rqma.

— Mana shu-da! — Islomboy qarsillatib xontaxtaga urdi.

— Ham g‘arlik, ham peshgirlik, degani shu-da! Qilar ishni qilib

qo‘yib, nega yana o‘rkachlaysan, muttaham!

— Muttahamlik qilib birovning xotinini qo‘yniga kirganim

yo‘q, bildingmi!

Islomboy sezilar-sezilmas qizardi. Bu — uning faqat ukasigina

biladigan yoshlik gunohiga zaharolud sha’ma edi. O‘zini o‘nglab

biror nima degunicha bo‘lmay, ayvonda odam sharpasi ko‘rindi,

zum o‘tmay, ellik besh-oltmish yoshlardagi semiz ayol eshikdan

harsillab-gursillab kirib keldi. Islomboyning so‘zi bo‘g‘zida qoldi.

— Uh, o‘ldim! Namuncha jahannam uylaring! — deb ayol

boshidagi tivit ro‘molini yechdi.

— Keling, amma, — dedi Anzirat shosha-pisha o‘rnidan

turarkan.

Salom-alikdan so‘ng Salomat xontaxta ustidagi choynakni olib

jo‘mragidan simirdi.


567

— Xalqumim qoq bo‘lib ketdi-ya! — dedi sochini tuzatib.

— Shu bugun Dalamahallaga

ikki  marta  borib  kelibman-a!  Anuv  qorang  o‘chgur  Òoji

gumbazda ozgina duxobam bor edi, qora terga tushib borsam,

«quda chaqiriq»qa ketib qolibdi, pes!

— Yotuvdingizmi, amma? Bezovta bo‘lib... — dedi Islomboy.

—  Xudo  urdi-ketdi,  namozshomdan  yotamanmi?  Ertaga

bozor-ku, olib chiqadigan ul-bullarimni ko‘rib o‘tiruvdim, Samar

borib qoldi.  Ha, tinchlikmi, ishqilib?

Hoy, Anzirat, qatig‘ing bo‘lsa, yarim piyola olib kel, ko‘nglim

gumurib o‘layotibdi.

Ayvonda «quv-quv» yo‘tal tovushi eshitildi. Soqol-mo‘ylovi

tekis kuzalgan, bir-biriga nihoyatda o‘xshagan ikkita chol eshikdan

boshlashib kirdi:

— Assalomu alaykum.

Yuzlari qizarib ketgan Samar anchadan keyin kirib, eshikni

yopdi.


Bir piyola choy ichilgach, kampir yig‘lamsirab voqeani bayon

qildi. Chollar indamay tinglasharkan, qovoqlari uyilib borardi.

Salomatning surma tortilgan ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi.


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling