Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50

— Yo tavba, yo tavba!

— Xo‘sh-xo‘sh, sizg‘a ruxsat, Qodirov. Yana biron kishini

eslay olmaysizmi, aka?

Esa-chi, shu gaplarni choyxonachiyam ko‘rdi.

— Choyxonachi? Yana?

— Keyin, baliqpaz ham biladi.

— Xo‘sh-xo‘sh, baliqpaz. Buguncha bo‘ldi, aka, qolganini

boshqa kun gaplashamiz.

Yanagi  qog‘oz  kelishida  bormadim.  Boisi,  Dono  momo

bandalik  qildi.  Momoni  o‘rab-chirmab,  yig‘lab-yig‘lab  qo‘yib

keldik.

34 – Adabiyot, III



530

Uyda  azali  kayfiyatda  yonboshlab  yotib  edim,  osmondan

tushganday Rixsiyev paydo bo‘ldi. Ayolimizga, choy qo‘yinglar,

dedim.


—  Aha, nega kayfiyatingiz yo‘q, o‘rtoq Qurbonov?

—  Dono momoni qo‘yib keldik.

—  Qayoqqa qo‘yib keldingiz?

—  Shunda, uning azaga bormaganini bildim.

—  Dono momo olamdan o‘tdi, shuni aytyapman.

— Aha, dafn qildik deng. Qo‘yib keldik deganingizga biror

predmetni qo‘yib kelibdimi debman.

Yuzimni o‘girib, ko‘zlarimni yumdim. O‘zimni bosolmadim.

Yana o‘girildim. Birinchi marta Rixsiyevga oqsoqolchilik qilishga

jur’at etdim:

— Rixsiyev aka, siz o‘qigan odamsiz, olamdagi bor gapni

bilasiz. Sizga o‘rgatib bo‘lmaydi. Hech qachon eldan qolmang,

aka. Xususan ikki vaqt elning yonida bo‘ling. Biri — to‘yida.

Elning to‘yini belingizni besh joyidan boylab xizmat qilib, o‘ynab-

kulib, xush-xushvaqt o‘tkazib bering. Òo‘y ko‘pniki, ha. Yana

— biri azasida. Yig‘lab-siqtab elning qayg‘usiga hamdard bo‘ling.

O‘lim qayg‘usini bir odam ko‘tarolmaydi. Og‘irlik qiladi. Shunda

siz yonida bo‘lib, qayg‘usiga sherik bo‘ling. Odam shu ikki vaqtda

odamligini bildiradi.

— Aha, men unday momoni tanimayman, kim o‘zi y? Qanday

lavozimlarda ishlagan?

— O‘zimizday odam. Faqir bir momo. Umri kolxozda ishlab

o‘tdi. Qarigan chog‘ida magazinda qorovul bo‘ldi. Ha qizi bor,

na  uli,  bechorahol  momo  edi.  Yig‘laydiganlariyam  bo‘lmadi.

O‘zimiz momomlab, xolamlab yig‘lab, jo‘natdik. El ko‘mdi.

— Aha, qulog‘imga bir chalinganday bo‘ldi. Men maktabga

darsga  ketayotgan  edim,  kimdir,  birov  o‘libdi,  dedi.  E’tibor

bermadim.

— Ana shu-da. Shu sababliyam azada odam kamchil bo‘ldi.

Ko‘nglim yarim bo‘lib qaytdim. Odamzotning qadri endi shu

bo‘ldimi, dedim o‘zimga-o‘zim. Rixsiyev aka, bir kun kelib biz


531

ham ketamiz. O‘lim barimizning boshimizda bor savdo. Shunday

kunda bir-birovimizning kunimizga yaramasak, odam bo‘lib nima

qilib yuribmiz.

— Hammaning borishi shartmi, o‘rtoq Qurbonov. Qarindosh-

urug‘idan to‘rt kishi borsa bo‘ldi-da. Òobutning to‘rt yog‘ochidan

ushlab ko‘tarib boradi. Òo‘rt kishidan ortig‘i ortiqlik qiladi. Aha,

xo‘p, olti kishi ham bo‘lsin. Ikkitasi go‘r qazib turadi.

Rixsiyev aka, odam it emas, oyog‘idan sudrab borib, chuqurga

tashlab kela bergani.  Odam o‘z nomi o‘zi bilan odam. Odamdan

ulug‘ jonzot bormi.

— Ha, endi, bir kampir ekan-da. Bor-yo‘g‘i qorovul! Xalqaro

ahamiyatga, aqalli mahalliy ahamiyatga molik shaxs bo‘lsa ekan,

bilagimizga qora lenta taqib faxriy qorovullikda tursak, motam

tutsak, nutq so‘zlasak aha.

— Rixsiyev aka, odamning katta-kichigi bo‘lmaydi. Bariyam

odam. Bir odam yaxshimi-yomonmi bir umr yashadi. Qo‘lidan

kelgancha tirikchilik qilib, o‘zini odam sanab yurdi. Biz bilan

betma-bet bo‘ldi, yelkama-yelka bo‘ldi, davrma-davr bo‘ldi. Endi

qaytmas  bo‘lib  ketyapti.  Odam  qaytmas  bo‘lib  ketayotganda

bormagan odam odammi?

—  Kampirlarning  o‘limi  mahalliy  gap,  o‘rtoq  Qurbonov.

E’tiborga molik emas. Ana, xalqaro arenada qancha tragediyalar

sodir  bo‘lmoqda.  Aha,  Eron  shohi  Pahlaviy  yashirin  buyruq

berib, bir kinoteatrni yoqib yuboribdi. Ichida besh yuz inson bor

ekan.  Aha,  tragediya  deb  buni  aytadi.  Dahshat!  Men  Eron

xalqiga  chuqur  ta’ziya  bildiraman.  Men  xalqaro  ahvoldan

tashvishdaman, o‘rtoq Qypbonov. Qattiq tashvishdaman! Xalqaro

vaziyat kun sayin keskinlashib boryapti...

Shaharga  avtobusda  bordim.  Yo‘lda  derazadan  qusdim.

Organga borib, g‘ilofli eshikni ochdim. Kapitan kattaga Dono

momoni aytdim. U bosh irg‘ab, hamdardlik bildirdi.

Xonaga bir melisa kirdi. Kapitan kattaning oldiga bordi.

— Ayrimlar «Kommunizm» ko‘chasida turadigan Mo‘mindan

ko‘ryapti, o‘rtoq kapitan.


532

— Xo‘sh-xo‘sh, qayerda ekan shu bola?

—  Ko‘rinmayapti.  Bildirmay,  hamsoyalaridan  surishtirdim.

Uyida yuzlariga dori surtib yotgan emish.

—  Xo‘sh-xo‘sh,  hozircha  ko‘z-quloq  bo‘lib  turing,

hidlanmasin. Men aytganda olib kelasiz. Hozir borib bozorning

og‘zidagi choyxonachi bilan baliqpazni olib keling.

Xiyol o‘tib, ketgan melisa keldi.

— Olib keldim, o‘rtoq kapitan, kirsinmi?

— Olib kiring.

Ostonada choyxonachi bilan baliqpaz ko‘rindi. Choyxonachi

egilib salom berdi. Kapitan katta qalami uchini choyxonachiga

nish qildi.

— Avval siz kiring. Siz esa koridorda o‘tirib turing.

Choyxonachi kapitan katta bilan ko‘rishmoqchi bo‘ldi. Qo‘llari

ko‘ksida gilamdan yurdi. Kapitan katta boshini ko‘tarmay, qalami

uchida  choyxonachiga  joy  ko‘rsatdi.  Choyxonachi  dovdirab,

qalamni qo‘shqo‘llab ushlashiga bir bahya qoldi. Qo‘llarini tez

tortib olib, qalam uchi tarafga o‘tirdi. Menga ro‘paro‘ bo‘ldi.

Men bilan bosh irg‘ab so‘rashdi. Kapitan katta bir dasta qog‘ozning

u  yog‘iga  qaradi,  bu  yog‘iga  qaradi.  Choyxonachiga  yuzlandi.

Uning kimligini yozib oldi.

— Xo‘sh-xo‘sh, endi bizga choyxonangizda bo‘lgan urishni

gapirib bering, Sattorov aka.

— Qanaqa urish?

—  Yigirma  to‘rtinchi  yanvar,  yakshanba  kuni  bo‘lgan

urishni.

— Qanaqa urish? Òush mahali? E, ha-a, bo‘ldi, bo‘ldi!

Bu voqea bizning choyxonadayamas, ko‘chada bo‘lgan, kapitan

uka.


— Ishqilib, choyxonangiz oldida bo‘lgan.

— Endi, kapitan uka, bozor kuni odam ko‘p bo‘ladi. Qo‘lim-

qo‘limga tegmaydi. Hatto qulog‘im eshitmaydi.

— Xo‘sh-xo‘sh, oddiy choyxona shovqini bilan ur-to‘polon

shovqinining farqiga borarsiz?


533

— Bormayman, kapitan uka, bormayman. Gap shunda. Mana

shu quloqlarim osti g‘uvv-g‘uvv etadi. Kim gapiryapti, nimani

gapiryapti, farqiga bormayman. Sizga yolg‘on, menga chin. Manavi

barmoqlarim bilan sanab aytaman: ovozlarning ichida cholnikiyam

bor — bir! Yoshnikiyam bor — ikki! Momonikiyam bor —

uch! Qiznikiyam bor — to‘rt! Chaqaloqnikiyam bor — besh!

Xo‘-o‘sh,  beshta  bo‘ldimi?  Endi  boshqalariniyam  sanaymiz.

Bulardan boshqa ko‘chadan o‘tayotgan «Jiguli»nikiyam bor —

bir! Bozordan qaytgan sigirnikiyam bor —ikki...

—  Bo‘ldi,  bo‘ldi.  Siz  menga  ko‘rgan  voqeangizni  gapirib

bering.


— I-ya, eshitmagandan keyin qanday qilib ko‘raman, kapitan

uka?


— Ko‘zingiz bor-ku, ana.

—  Òo‘g‘ri,  ko‘zim  bor.  Lekin  bilasizmi,  kapitan  uka,

choyxonamizning bir piyola choyi nasib etganda ko‘zingiz tush-

gandir,  samovar  choyxonaning  ichida,  ha!  Laryoknikidayin

maydagina tuynugi bor. Mana shuncha! Shu tuynukdan choy

beraman. Òuynuk ko‘kragim baravar keladi. Mana bunday enkayib

qaramasam,  tashqarini  ko‘rmayman.  Egila  berib,  egila  berib

bellarim og‘rib ketdi, kapitan uka.

—  Xo‘sh-xo‘sh,  shu  voqeadan  sal  bo‘lsayam  xabaringiz

bordir?


—  Bor,  kapitan  uka.  Bir  egilib  qarab,  ko‘cha  yuzida

odamlarning to‘dalashib turganini ko‘rdim. Boshqa hech nimani

ko‘rmadim.

— Xo‘sh-xo‘sh, bo‘pti, boring. Zaril bo‘lsa yana chaqiramiz.

Hamrohingizga ayting, kirsin.

Choyxonachi qo‘llari ko‘ksida kapitan» kattaga bosh irg‘adi.

Go‘yo birov quvib kelayotganday pildirab eshikka yurdi.

Baliqpaz kirdi. Kapitan katta uning ham kimligini yozib oldi.

U yoyilib o‘tirishi, eshitamiz deganday kapitan kattaga qoshlarini

chimirib qarashidan dimog‘dor, ko‘pni ko‘rgan odam. Men shu

odamdan umid qildim.


534

— Xo‘sh-xo‘sh, endi sizdan eshitamiz, Shukurov aka?

Baliqpaz pinagini buzmadi. Mijjasiniyam qoqmadi.

Nimani eshitasiz?

— Xo‘sh-xo‘sh...

— Eshitdim, uchastkavoy aytdi. Men hech nimani ko‘rganim

yo‘q. Shu! Yozib berishim ham mumkin. Shu! Ketsam maylimi?

U yog‘da ish qolib ketyapti. Shu!

— Gap endi boshlandi, shoshilmang. O‘rningizga odam qo‘yib

kelgandirsiz.

— O‘g‘lim qolgan. U hali yosh, xo‘randalarni ranjitib qo‘yishi

mumkin. Shu! — Xo‘sh-xo‘sh, ko‘p shushulamang! Gapga javob

bering! Bir inson taqdiri hal bo‘lyapti! Òushundingizmi? — Siz

ham mansab stolingizdan foydalanib xalqqa baqirmang. Shu!

— Xo‘sh-xo‘sh, men xalqqa emas, sizga gapiryapman. —

Xalq bir kishidan boshlanadi. Shu! Men xalqning bittasiman,

baqirmang. Shu!

— Baqirayotganim yo‘q, gapiryapman.

— Baqiryapsiz. Shu!

— Xo‘sh-xo‘sh, ana, baqirmadik. O‘zi bugun chap yog‘ingiz

bilan turganga o‘xshaysiz, Shukurov aka. Boring, sizga ruxsat,

yana chaqiramiz.

— Ixtiyoringiz. Baribir shu gapim gap. Shu!

Baliqpaz  g‘o‘dayib  chiqib  ketdi.  Kapitan  katta  mengayam

javob berdi. Yana kelasiz, dedi.

—  Kapitan  katta,  uyda  ishlarim  to‘lib  yotibdi.  Buyog‘i

ko‘pkarilardan  qolib  ketyapman.  Boshimni  qashigani  fursatim

yo‘q...


— Xo‘sh-xo‘sh, men nima qilay, aka? Bu ishga o‘zi guvohning

keragi  yo‘q,  ana,  meditsina  ekspertizasi  bor.  Sizlar  faqat

jinoyatchilarni aniqlashga yordam bersalaringiz bo‘ldi. Haligi ikkovi

shaharlik.  Baliqpaz  bilan  choyxonachi  jinoyatchilarni  taniydi.

Ularning gapini esa eshitdingiz...


535

   XURSHID DO‘SÒMUHAMMAD

BEOZOR QUSHNING QARG‘ISHI

Hikoya


— Qadriya, men bir savdoyi yigit bo‘lsam, mening nimamni

yoqtirasan?

— Voy, o‘libgina keta qolay, men qachon seni «yoqtiraman»

depman?! O‘zing-chi, o‘zing! Qizimni uzatay deyapman-u, nima

jin urib menga ilakishib yuribsan?! Boshqa tirikchiliging yo‘qmi?!

— Òirikchilik?.. — Fozilbek shunday dedi-yu, tishi simillab

og‘rigan odamday aftini bujmaytirdi, ko‘zini xiyol ochib, ro‘parasida

— rastaning u tomonida  shamshoddek qomatini tik tutib turgan

juvonning paxtaday oq, buloq suvidek tiniq yuziga, bo‘yniga...

qirmizi olmadek yonog‘iga razm soldi. Ovozini pastlatib so‘radi:

— Badaning sadafdan ishlanganmi?

—  Suyulma,  —  dedi  Qadriya,  —  musulmon  odamning

farzandisan-a!

—  Musulmon  kishida  nafrat  emas,  muhabbat  kuchliroq

bo‘ladi.

Juvon savolga ortiq e’tibor bermadi, aftidan u duch kelgan

erkak  yo  ayol  bilan  e-eski  qadrdondek  sirlashib-tillashib

ketaveradigan, dam beg‘ubor, dam o‘ta quv ko‘rinadigan kunda-

shunda bu yigit bilan gurung qurish niyati yo‘q edi. Biroq Fozilbek

muddaosini tushuntiribroq ifodalashga kirishdi:

— Mana, Qadriya, o‘zing o‘ylagin: odamlar odamlar bilan

til topishib, bir-birini yoqtirib yashagani durustmi yoki it-mushuk

bo‘lganimi?..


536

Qadriya  suhbatni  bas  qilish  niyatida  beozorgina  jilmaydi,

jilmaydi-yu, Fozilbekning iltijo to‘la nigohini ko‘rib, unga nimadir

deyishga o‘zida majburiyat sezdi.

— Bilasanmi, Fozil, bozor nima durust, nima nodurust deb

bosh  qotirib  turadigan  joy  emas.  Bor  narsangni  pullasang-u,

hayyo-huyt deb uyingga jo‘nab qolsang bo‘lga...

— Òo‘xta, Qadriya! Gapirma!..

Juvon  labini  tishladi.  Fozil  qaymoqning  oq-sarg‘ishligiga,

suzmaning  oqligiga,  tirnoqlari  etiga  qadab  olingan  juvonning

barmoqlari, bilagi, bo‘yni, yuzi... xalati, yassi qoshig‘i-yu cho‘michi,

sirlangan idishlarigacha oq-oppoqligidan mutaassir bo‘lib, ko‘zini

uzolmay qoldi.

Bir safar Fozilbek tortinmay-netmay shuni juvonning yuziga

solgan: «Odam sut-qatiq ichaversa, qaymog‘u suzma yeyaversa

badani shunchalik tiniq, musaffo bo‘lib ketsa kerak-da?» deb

savol  qotgan,  Qadriya:  «Havasingiz  kelsa,  pulini  to‘lang-da,

boshingizni ko‘tarmay yeb-ichavering», deb yasama jiddiylashgan.



537

Shunda Fozilbek o‘zicha xayol surib yurib yaratgan «olamshumul»

kashfiyotini samimiyat bilan oshkor qilgan:

—  Hamonki,  doim  va  muttasil  iste’mol  qilgan  narsang

badaningdan, husn-u tarovatingdan sezilib turibdimi, demak, ular

ko‘nglingni, dilingni ham shunchalik nurga to‘ldirib, yoritib turgan

bo‘lishi aniq.

Qadriya o‘z sha’niga aytilgan maqtovni eshitib, duv qizarib

ketgan, ichi cho‘g‘ tushgandek qizigan, charos ko‘zlarini yerga

qaratgan va yigitni chalg‘itmoq umidida lab juftlagan, shunda

Fozilbek: «Òo‘xta, Qadriya! Gapirma!» — deb yuborgan edi.

Hozir ham shunday bo‘ldi: Fozilbek Qadriyaning so‘zini cho‘rt

uzdi-yu, unga ham tahdid, ham umidvor ma’noda termildi:

—  Qalbi  bu  qadar  bokira  va  pokiza  ayollar  bunday

o‘ylamaydilar.

— Q-qanday?.. — zo‘rg‘a so‘radi Qadriya.

— Bozor bosh qotirib turadigan joymi-emasmi, bilmadim-u,

har qalay sen bozor ayoli emassan.

— V... voy?!

— Keltirgan narsasini pullashdan bo‘lak orzu-havasi bo‘lmagan

ayollardan ko‘ra muqaddasroq ayolsan, Qadriya!..

Fozilbek qachonlardir bir safar suhbatlashganining o‘zidayoq

Qadriyaning bokira tuyg‘ularini ilg‘ab olgan, o‘zi sadafdek oppoq

ayollarning qalbi ham yosh bolaning ko‘z yoshiday tiniq, rahm-

shafqatga limmo-lim bo‘ladi, bunday ayollar har qancha suyishga,

e’zozga va ardoqlanishga loyiq deb hisoblar edi.

— Qadriya, — dedi Fozilbek.

Qadriya bosh ko‘tarib, yigitga so‘zsiz qaradi.

— Qadriya!..

— Gapiraver!

— Òimga qaldirg‘och kelganmikan?..

— Qaldirg‘och shovqin-suronli joyni xushlamaydi.

— Yana qanday joylarni xushlamaydi?

Qadriya Fozilbekdan bu savolni ilgari ham eshitgan, u kuyunib,

afsuslanib,  achinib:  «Bilasanmi,  Fozil,  qaldirg‘och  bexosiyat


538

xonadonlarga  uya  qurmaydi»,  deb  javob  bergan,  hali  durust-

quruq tanishib ulgurmagan qaymoqfurush juvondan shu javobni

eshitgan  Fozilbekning  boshidan  bir  chelak  muzday  suv

ag‘darilgandek bo‘lgan...

Uning nafasi ich-ichiga tushib ketganda: «Biznikiga qaldirg‘och

sira uya qurmagan», degan...

Yigitning avzoi tuyqus o‘zgarganini, tovushida adoqsiz armon

va o‘kinch yashiringanini Qadriya o‘sha zahoti payqagan. Yigit

ko‘nglidagi  o‘kinch  va  armonini  sezdirib  qo‘ygani,  sezdirib

qo‘yishdan tortinmagani juvon ko‘nglining nozik pardalariga tegib

o‘tgan.


Xullas, Qadriyaning gap aylanib, favqulodda aytgan bir og‘iz

lutfi yigitni behalovat qildi. O‘zi tug‘ilib voyaga yetgan uy-joylari

uncha-buncha odam suqlansa suqlanguday, bekami-ko‘st qurilgan,

moybo‘yoqda  gullar  solingan.  Biroq  na  devor-u  ravonga,  na

kungrador bo‘g‘otlarning hech bir yeriga qaldirg‘och uya qurish

niyatida yo‘lamagan.

Unday desa, qaldirg‘och uya qurmagan xonadonlar kam emas.

U holda ne boisdan Fozilbekning tovushi bu qadar o‘kinch va

armonli chiqdi?..

— O‘shanda necha yoshda eding? — Qo‘shni Tim tomondan

kelayotgan g‘ala-g‘ovurga bir zum xayoli qochib so‘radi Fozilbek.

— Qachon?

— O‘shanda-da, qaldirg‘och...

—  Qo‘ysang-chi,  Fozil,  bozor  qizib  turganda  cho‘zili-ib

o‘shani aytib berarmidim?..

— Aytaver, Qadriya...

— Meni bozorimdan qoldirib...

—  Sotilmay  qolgan  qaymog‘-u  qatig‘ingga  o‘zim  pul

to‘layman, hammasiga. Aytib beraqol!..

Bolalikning aziz xotiralariga qaytishni kim istamaydi deysiz!

Qadriyaning o‘zi bajonidil rozi bo‘lgani uning ko‘zlaridan sezildi,

u ham xayolan, ham ruhan bozordan uzilgan, savdo rastasiga

faqat jisman bog‘lanib — suyanib turgan edi.


539

—  Maktabga  chiqadigan  yilim  edi.  Olchaga  rang  kirgan

kezlar... — U shunday deb o‘ychan alfozda hikoyasini boshladi,

birdan atrofiga alanglab, bosh chayqadi:

—  E,  qo‘ygin,  Fozil.  Nima,  men  ertakchi  kampirmanmi,

senga!..


Fozilbek bozordan, izdihomdan butkul uzilib ulgurgan, uning

nazarida sut mahsulotlari rastasining bu tomonida o‘zi-yu, narigi

tomonida  Qadriya  —  yolg‘iz  yuzma-yuz  turishar,  juvon  ayta

boshlagan hikoyasi Fozilbekning ichiga sehrli suyuqlik yanglig‘

oqib kira boshlagan edi.

— Ha-ha, maktabga chiqqan yiling, olchaga rang kirgan...

Aytaver!.. — Dalda berdi Fozilbek juvonga u. Qadriya hikoyadan

to‘xtamasligini istayotgan edi.

Qadriya esa asta-sekin ertakchi buvi qiyofasiga kira boshladi.

—  Aytgandim-ku,  oilamiz  ka-atta  bo‘lgan...  bir  tomoni

oynavand  ravonimiz  bo‘lardi...  sandalning  gir  atrofini  to‘ldirib

o‘tirib choy ichardik, ovqatlanardik...

Ravonning shiftiga qaragan odam qadi-im-qadim-dan qolgan

tashlandiq qo‘rg‘onga kirib qolgandek his etardi o‘zini. Qalin-

qalin to‘sin tashlangan, to‘sin tepasidan may-yda toqi zich-ch

terilgan. Òo‘q-q ko‘kmidi, qoramidi-ey, rangi?.. Yoki, hayotda

bo‘yoq tegmaganmidi-ey! Ishqilib, rangini bilib bo‘lmas edi!..

Bir kuni sandal atrofini to‘ldirib ovqatlanayotgan edik. Kattalar

sandal tevaragida, men ukam bilan kattalardan chekkada, alohida

dasturxoncha to‘shab ovqatlanib o‘tirgan edik... Yoz kezlarida

sandaldan foydalanmasak-da, ko‘rpasiz kursi turaverar edi...

Onam bilan dadam arazlashgan kunlar ekan... — Qadriya

ko‘zlarini katta-katta ochganicha rasta ustidagi suzma uyumiga

tikildi. — Uyimizda biron yig‘in bo‘lsa, mehmon-izlom kelsa

negadir dadam bilan onamning oralaridan muqarrar ola mushuk

o‘tmay qo‘ymas edi... Bilmadim, nega shunday bo‘lardi?.. O‘sha

kunlar esa Zulfiya opamni uzatganimizga hali yigirma kun ham

bo‘lmagan...  Dadam  bilan  onam  arazlashib,  bir-birlari  bilan

gaplashmay qo‘yishganiga biz bolalar ham «churq» etib ovoz


540

chiqarishga cho‘chir, uyimiz yaqindagina to‘y bo‘lib o‘tgan uyga

ham o‘xshamas edi...

Xullas, hammamizning nafasimiz ichimizda, ovqatlanib o‘tirgan

edik, Umid akam: «I-ya, anovini qaranglar!» deb jimlikni buzdi.

Hammamiz  akam  ko‘rsatgan  tomonga  —  shiftga  qaradik  —

devorga yaqin to‘sin biqiniga qapishib qaldirg‘och qo‘nib turgan

ekan! Ukam o‘zini tutolmadi.

— Ur-re-e, qaldirg‘och! — deb ravonni boshiga ko‘tardi.

Irg‘ib o‘rnidan turdi.

— O‘chir! — dedilar onam tahdidli tovushda, lekin ovozlarini

balandlatmay.

— Nimaga qo‘nib turibdi? — hayron bo‘lib so‘radi kichik

akam.


— O‘shatta mix bor... qolib ketgan... Dadamning beparvo

va bamaylixotir aytgan gapidan hammamizning hayronligimiz battar

ortdi.

— Hech qaysimiz ko‘rmagan mixni, shu qush topibdi-da!..



— Sekin, Umid! — onamning ovozlarida ham ehtiyotkorlik,

ham  quvonch,  favqulodda  mamnunlik  sharpasi  yaqqol  sezildi.

— Cho‘chib ketmasin.

— Qo‘nib turaveradimi? — so‘radim men qaldirg‘ochning

qizg‘ish  tomog‘idan,  jajjigina,  yum-yumaloq  boshidan  ko‘z

uzmay.


— Kechayam kirgandi. Haydasam, ros-sa aylanib-aylanib

uchdi-de, derazadan chiqib ketdi. Yana kiribdi.

—  Hay,  bemaza,  nega  haydaysan?!  Uch  kundan  beri

aylanishadi-ya. Bugun tunashga qoldi.

Onam birovlardan norozilansalar eng og‘ir so‘zlari «bemaza»

bo‘lardi. Demak, ukamning qaldirg‘ochni haydagani yengil gunoh,

«bemaza» degan so‘zlari shunchaki jo‘n tanbeh emas edi.

—  Haydamaymi,  oyi?!  —  boyagi  hovliqishidan  picha

bo‘shashib so‘radi ukam.

— Yo‘q, haydama, — dedilar onam xuddi qaldirg‘och eshitib

qolishidan xavotirlanganday shivirlab. — «Shetga uya qursam


541

ruxsat  berasizlarmi-i?»  deb  ijozat  so‘ragani,  shu  turishi.

qaldirg‘ochni haydasa yomon bo‘ladi...

Esimda, piyoladagi choyni maydalab ho‘plab o‘tirgan dadam

birdan tovush chiqarmay, yelkalarini silkita-silkita kulib yubordilar.

Hammamiz savol nazari bilan dadamizga qaradik. Dadam

yana bir dam kuldilar, kulishdan to‘xtab choyni oxirigacha ichdilar.

Birdan jiddiy tortdilar. «Yalt» onamga qaradim. Onam yuzlarini

chetga burib, o‘tiraverdilar. Hammamiz dadam bir narsa desalar

kerak, degan taxminda u kishining og‘zilarini poyladik. Dadam

esa  to‘satdan  qisqagina,  «Omin!»  deb  fotiha  o‘qidilar-da,

qo‘zg‘aldilar.  Ravondan  chiqa  turib  poygakka  yetganda  biz

tomonga qaramay, kesatiq ohangida g‘o‘ldiradilar:

— Yomon bo‘larmish!..

Qadriya har safar hikoyasining shu yeriga yetganda bir zum

o‘yga toladi, chamasi, ichidan kelgan xo‘rlikmi, yig‘imi — uni

gapirtirmay qo‘yadi. So‘ng buning sababini quyidagicha izohlaydi:

— Dadam bilan onam nihoyatda totuv yashar edilar. Faqat,

aytdim-ku, uyimizda biron yig‘inmi, to‘ymi — umuman sarf-

xarajat ko‘paysa, bir ko‘ngilxiralik chiqmay qolmasdi... Hammasi

chorasizlikdan edi, shekilli...

— Òo‘y o‘tgan edi-ku?..

— O‘tishga o‘tdi-yu, negadir onamning ko‘ngillari g‘ash edi...

Buyog‘i to‘ydan keyin opamning uyga birinchi kelishlariga hozirlik

ko‘rish,  shu  munosabat  bilan  o‘ziga  yarasha  ovoragarchiliklar

kutayotgan edi...

— Qaldirg‘och nima bo‘ldi?

— Qaldirg‘och ikki kecha ravonda — o‘sha mixga qo‘ngan

holda  tunadi...  Men,  onam,  ukam  ravonda  qato-or  yotardik.

O‘ringa kirib, uyquga ketguncha qaldirg‘ochdan ko‘z uzmas edik.

Qimir etmas edi, xuddi kimdir loydan yasagan-u qanotlarini tim

qoraga, boshini qizg‘ish, to‘shini oqqa bo‘yab mixga qo‘ndirib

qo‘ygandek.

Uchinchi kundan ikkita-uchta bo‘lib chug‘urlab ravonni bozor

qið yuborishdi. Dam o‘tmay kiraveradi-chiqaveradi, g‘oyib bo‘ladi-


542

yu, zum o‘tmay sho‘ng‘ib ochiq derazadan o‘zini ravonga uradi.

Qarasak, mixning yonginasida, to‘sinning toqi bilan tutashgan

joyda tomchi-tomchi loy dog‘lari paydo bo‘ldi. Ikki kun o‘tar-

o‘tmas uya devori ko‘zga tashlandi.

— Qaldirg‘och-chi, — dam hayajonlanib, dam bosiq, davom

etdi hikoyasida Qadriya, — uyasining devoriga ikki qator loy

uradi, loyning nami ketib qurigunicha sabr qiladi-da, loy oqarib,

xom sopol tusiga kirgachgina yana loy tashishga kirishadi.


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling