Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
xolaning yarmi ham qolmabdi. Romoli ostidan chiqib turgan sochlari qordek oqarib ketibdi. Qop-qora yuzi yanayam qorayib, kokimtir tusga kirgandek. Poshsha singlimdan qolgan yodgorim!dedi u meni bagriga bosarkan, bogiq ovozda. Ozgin qoli bilan yelkamga qoqib, ogir-ogir harsillab nafas oldi. Ozimning shirin oglimdan orgilay, yaxshi otiribsanmi?
495 Bolalikdan qulogiga rayhon taqib yurishiga konikib qolganim uchunmi, hozir ham undan rayhon isi anqib ketgandek boldi.
Yuring, dedim uyga boshlab. Birpas dam oling. Yoq, u yoqqamas, singlimning uyida otiraman. Zebi xola ogir-ogir qadam bosgancha oyimning xonasiga qarab yurdi. Singlimning joyida birpas otiray, dedi-yu doim oyim otiradigan joyga, deraza tagiga chokdi. Bogiq ovozi titrab uzoq tilovat qildi. Dunyo shunaqa ekan, jon bolam, dedi oychan ovozda. Hamma bir-bir ketaverarkan... Ozingiz bardammisiz, xola? dedim solgin yuziga, titrab turgan qop-qora qollariga qarab. Nevaralar katta bolib qoldimi? Xudoga shukur, bolaginam ozidan kopaydi. Olti nevaraning duosini qilib otiribman. Valijonim bitta bolsa ham ontaga tatiydigan chiqdi. Zebi xola shoshilmasdan choy hoplarkan, devordagi mixga iliglik duxoba gilofli dutorga qarab- qarab qoydi. Oyim dutorni juda avaylar, «adangdan qolgan yodgorlik», deb doim koz ongida saqlardi. Shu ondayoq bolalikdagi xotiralar, Zebi xolaning dutor chalganlari esimga tushdi- yu sekin soradim: Hali ham chalib turasizmi? Zebi xola mayus jilmaydi. Dutor chalish qatta, bolam. Qol olgur titraydi. U bir zum jimib qoldi-da, oychan davom etdi. Qaysi kuni tush korsam, poshsha singlim bilan bir joyda otiribmiz. Nuqul dutor chalayotgan emishman. U shikasta kuldi. Odamzod shunaqa ekan, dedi xorsinib. Bola-chaqam derkan, yelarkan- yugurarkan, endi ogzi oshga yetganda yiqilarkan. U titroq qollari bilan tizzasining kozini siladi. Sal sovuq tursa, oyogim shishib ketadi. Valijon mahsi oberaman, ozingiz kiyib korib tanlaysiz deb qoymadi. Ketayotgan joyimda birrov singlimnikiga kirib chiqay, dedim.
496 Yana choy quyib uzatgan edim, Zebi xola bosh chayqadi. Mayli, bolam, men bora qolay endi. Ikkovlashib tashqariga chiqqanimizda Vali mening mashinamda otirar, motorni gurillatib sinab korar edi. Boldi, dedi otirgan joyida derazadan boshini chiqarib. Ikkinchi bunaqa ustachilik qilsang, ozingdan kor. Ikkovlashib Zebi xolani kabinaga chiqardik. Vali narigi eshikdan kirdi-yu mashinasini gurillatgancha haydab ketdi. ZIL muyulishda kozdan goyib bolishi bilan gira-shira tong pallasida korgan tushdek xotiralar yopirilib keldi. ···
Zebi xoladan hayiqmaydigan bola yoq edi. Erkaklardek barvasta gavdali, qop-qora bu xotinning yogon ovozi ham, uzun qirra burni, ketmonni yelkasiga tashlagancha etik kiyib goz yurishi ham boshqa ayollarga oxshamas, hatto qoramtir siyrak moylovigacha bor edi. U qachon qarasa qulogiga rayhon taqib yurar, Darhon arigi boyidagi hovlisida yoz boyi rayhonlar barq urib yotardi. Uni birinchi marta korganimdayoq qorqib qolganman. Oshanda juda kichkina bolsam kerak. Oyimga ergashib Zebi xolanikiga bordim. Nimagaligi esimda yog-u, xarxasha qilaverdim. Oyim u deb kordi, bolmadi, bu deb kordi, bolmadi. Shunda Zebi xolaning jahli chiqib ketdi. Jim bolasanmi yo hozir ishtonimga qamab qoyaymi! dedi dorillab. Uning vajohati shu qadar qorqgulik ediki, ovozim ochdi-qoldi. ... Zebi xola sap-sariq jingalak sochli, kokkoz «oris bola»sini Valini jonidan yaxshi korardi. Qaysi toyga borsa, koylagining keng yengiga popukqand, monpasi, jiyda solib kelardi. Uning yengi shunchali barakali ediki, Valini doppisi birpasda shirinlikka tolib chiqardi. Vali qizganchiq emas, oyisi olib kelganlarni hamma bilan bolishib yeydi... Biroq bironta bola Valini chertsa bormi, oyisidan baloga qoladi. Zebi xola osha zahoti aybdor bolaning onasini yumma talaydi. «Sen echkiga oxshab har yili bolalaysan, 497 meniki atigi bitta! deydi shangillab. Qani, yana bir marta qol tegizib korsin-chi, qolini sindirib ochoqqa tiqaman». Zebi xola bolasini bunchalik avaylagancha bor edi. Dadamning aytishiga qaraganda, urush bolayotgan joydan keltirilgan bolalardan bittasini berasanlar, deb Zebi xola ham boribdi. Ammo osha idoradagilar konishmabdi. «Siz soqqaboshsiz, topish- tutishingizning mazasi yoq», deyishibdi. Shunda Zebi xola kursini mushtlab chunonam topolon kotaribdiki, noiloj mana shu Valini xatlab berishibdi. Zebi xola soqqabosh bolsayam, Valini kamsitmagan. Qoy soyib, yurtga osh berib toyini ham qilib bergan. Vali ham birinchi sinfda men bilan oqir, hisobdan yaxshi edi-yu, ona tilidan qiynalardi. «Q» bilan «G»ni aytishga hech tili kelishmasdi. Risolat opa degan chiroyli oqituvchi opamiz buni bilgani uchun kop ham qiynamasdi. U doim deraza oldidagi partada otirardi. Bir kuni maktabga komissiya kelib qoldi. Bir emas, tort kishi orqa partaga borib otirishdi. Oqituvchi opamiz dars otyapti- yu, hayajondan ovozi titraydi. Sinf jimjit. Shu payt deraza sharaqlab ochildi-da, Zebi xolaning yogon ovozi eshitildi. Vali, ma, non! Hammamiz osha tomonga qaradik. Valining sariq yuzi olovdek yonib ketdi. Nima deyishini bilmay, nuqul «keting», deb imlaydi. Zebi xola bolsa derazadan ikkita arpa non uzatib turibdi. Olsang-chi, qolim kuyib ketdi! dedi u zarda bilan. Sinfxonani birpasda yangi yopilgan non hidi tutib ketdi, Risolat opamiz bir zum esankirab turdi-da, tashqariga yugurdi. Nima qilyapsiz, xola? dedi yiglagundek bolib. Maktab-ku bu! Maktabligini ozim ham bilaman! Machitga kelganim yoq! Zebi xola ovozini baralla qoyib dorilladi. Bolam ertalab choy ichmasdan chiqib ketuvdi. Och otirsinmi endi? Risolat opamiz yalinishga tushdi: Jon xola, komissiya bor. 32 Adabiyot, III 498 Nima, kamissiyang non yemaydimi! Bolam bir kun kech olim bolsa bolar. «Kamissiya keldi», deb tishining kirini sorib otirsinmi? Boyadan beri suv qoygandek jimjit bolib turgan sinfxonada tosatdan qahqaha portladi. Ana, kamissiyangning oziyam kulyapti-ku! Zebi xola derazadan boshini suqdi. Ma, bolam, yeb ol, uyalma. ... Bir kuni joraboshimiz sigirini qaytarmagani uchun Valini urib burnini qonatdi. Ertasiga qiziq boldi. Òol soyasida dam olib otirsak, maydoncha chetida Zebi xola korindi. Òoy joraboshining yelkasiga turtdi. Olding! Zebi xola kelyapti, qoch! Joraboshining kozi olayib ketdi. Qaddini rostladi-yu, keyin qol siltab shineliga yonboshladi. Qatta uradi! Ozi zorga kelyapti-ku. Qarasak, Zebi xola chindan ham zorga-zorga kelyapti. Qolidagi tayoqqa suyanib ikki qadam yuradi-da, toxtaydi. Oqsoqlanib qadam bosadi. Yiqilib oyogi singanga oxshaydi, dedi joraboshimiz. Zebi xola inqillab-sinqillab yaqin keldi. Ammo besh qadamcha qolganda birdan choloqligi tuzalib qoldi. Òayoqni baland kotargancha ikki hatlab joraboshining tepasiga keldi. Òayoqning qarsillashi bilan joraboshining dodlashi baravar eshitildi. Mana urish!dedi Zebi xola dorillab. Urish mana bunaqa boladi. U joraboshining gardaniga tagin tushirdi. Ozidan kichkinaning burnini qonatish mana bunaqa boladi! Joraboshi jonholatda dumalar, ammo qocholmasdi. Oyi! Urmang, oyi! Vali oyisining qolidagi tayoqqa yopishdi. Òavba qildim! Joraboshi tiðirchilab, kafti bilan boshini pana qildi. Jon xola, olay agar, ikkinchi qilmayman! Oyi! Vali Zebi xolani quchoqlab oldi. Kerakmas! Zebi xola tayoqni uloqtirdi.
499 Nima, meni bolam malaymi senga?! dedi dagdaga bilan. Sening molingni boqsin, deb katta qilib qoyibmanmi bolani?!
... Osha voqeadan keyin joraboshimiz ancha yuvosh tortib qoldi. Uchinchimi, tortinchimi kuni mogor bosgan kattakon qovoq kotarib keldi. Òol soyasida otirib qovoqni ikki pallaga ayirdi-da, qirgich bilan tozalashga tushdi. Keyin pallalarning qirrasini arraning tishiga oxshatib jimjimador qilib qirqib chiqdi. Ikki pallani bir- biriga yopgan edi, orasi kovak koptokka aylandi-qoldi. Nima qilmoqchisan? dedi Òoy burnini tortib. Burningga osib qoyaman! dedi tongillab joraboshi. Artib ovora bolib yurmaysan. Keyin qovoqni bir chekkaga qoydi-da, Òoyga buyurdi. Qorongi tushganda shu yerga kelasan. Sen ham, dedi menga imo qilib. Xoja baribir kelolmaydi. Dadasi chiqarmaydi. Nimaga ozi? dedim tushunmay. Sirk korsataman. Vali-chi, Vali ham keladimi? dedim nariroqda tol yogochidan hushtak yasayotgan Valiga imo qilib. Yoq. Joraboshi keskin bosh chayqadi. U ham oyisidan qorqadi. Es-es, kim kelmasa pes! Kechki ovqatdan keyin bekinmachoq oynayotgan akalarimning kozini shamgalat qilib maydonchaga chiqdim. Qorongida, tol tagida Òoy bilan joraboshi turibdi. Joraboshining qolida boyagi qovoq. Faqat odamning boshiga oxshatib «ogiz-burun» teshib qoyibdi. Negadir hammayoqni lampamoy hidi tutib ketgan... Laychang nimaga keldi? deb tongilladi joraboshi. Qarasam, gurji kuchugim oyogim tagida dumini likillatib turibdi. Ozidan sora! dedim men ham tongillab. Joraboshi yerdan kesak olib otgan edi, it angillab qochdi. Nega urasan? Xalaqit beradi! dedi joraboshi zarda bilan. Yur, bolmasa kech qolamiz.
500 Òoy ikkalamiz beixtiyor unga ergashdik. Qatorlashib Darhon arigining boyiga bordik. Ariq shu yerdan burilib oqar, nariroqda shox-shabbalar ustiga tuproq tashlab yasalgan koprik bor edi. Joraboshi ikkalamizni majnuntollar quyuq osgan qorongi sohilga olib tushdi. Negadir yuragimni qorquv bosdi. Nima qilamiz ozi? dedim ovozimni balandlatib. Ochir! Joraboshi kerosin hidi anqib turgan mushtini burnimga tiradi. Ging desang, suvga otvoraman. Shu payt uzoqdan allakimning qadam tovushi eshitildi. Kelyapti! dedi joraboshi pichirlab. Shosha-pisha qovoq pallasini ochdi. Kerosin hidi qayerdan kelayotganini endi bildim: qovoqning ichi tola lampamoyga botirilgan latta ekan. Joraboshi yonidan gugurt olib chaqqan edi, lop etib olov kotarildi. U chaqqonlik bilan ikkinchi pallani yopdi-da, qovoqni suvga qoyib yubordi. Suv yuzasida «ogiz-burni»dan olov chiqarayotgan «kalla» qalqib-qalqib suzib ketdi. Joraboshining niyatini endi tushundim. Boyagi qadam tovushlari Zebi xolaniki ekanini ham endi bildim. Qorongi bolsa-da, katta-katta qadam tashlashidan, yelkasidagi ketmonidan tanidim. Hushimni yigib olgunimcha u tuproq koprik ustiga kelib qoldi. Suv yuzida qalqib kelayotgan olovli «kalla»ni kordi-yu taqqa toxtadi. Voy, voy olmasam! dedi-da, koprik ustiga tappa otirib qoldi. Bis-bis-bismillo... dedi duduqlanib. Hatto tovushi ham ingichkalashib ketgandek boldi. Keyin gandiraklab ornidan turdi-da, ovozi boricha qichqirdi. Dod, voydod! Ornimdan otilib turdim. Qorqmang, xola! dedim baqirib. Ammo joraboshi bilagimdan mahkam tutib, kerosin hidi anqib turgan kafti bilan ogzimni tosdi. Konglim aynib ketdi. Qoyvor, eshak! dedim bogilib. Baribir aytib beraman! Aytib kor-chi! Joraboshi yana mushtini dolaytirdi. Jigingni ezib qoyaman.
501 Boyadan beri angrayib turgan Òoy jahl bilan qol siltadi-da, indamay nari ketdi. Ertasiga choy ustida oyim vahimali xabarni dadamga aytib berdi. Zebi opa shorlik bir holatda yotibdi. Ajina kordim, deydi. Ogzidan olov sochib bechoraga daf qilganmish. Yo koziga koringanmi... Dadam jerkib berdi: Ajinaga balo bormi! Bitta-yarimta xudobexabar qorqitgandir-da. Bechoraga shu korgilik ham bor ekan, dedi oyim iztirob bilan. Ozining gami yetmasmidi... Hammasiga men aybdordek sekin boshimni ichimga tortdim- u mum tishlab otiraverdim. Zebi xolaning nima gami borligini bir haftadan keyin tushundim. Osha kuni hoji buvining chorbogida sumalak boldi. Qiygos gullagan orik tagiga sholcha yozilgan, hamma topganini olib chiqqan, xotinlar bir-biriga gap bermay chuvillashar, biz bolalar ham sumalak yalashdan benasib qolmaslik uchun atrofda oralashar edik. Oshanda Vali bilan yangi oyin topib olgandik. Baquvvatroq simni «Ch» harfiga oxshatib buklaymiz-da, eski bochkadan chiqqan temir halqaga tirab gildiratamiz. Qancha tez yugursak, gildirak shuncha qattiq jaranglaydi. Agar ovozini pasaytirmoqchi bolsak, buning ham yoli bor: gildirakni suvga botirib olsak, ovozi chiqmaydi. Maza! Bir mahal Zebi xolaning oldida otirgan oyim imlab chaqirib qoldi.
Ortoging bilan borgin-da, dedi sekin, adangning hujrasidagi dutorni obke. Ikkilanib qoldim. Dutorga hech kim qol tegizolmas, dadam uni doim hujrasida saqlar, bazan kechqurunlari «Dilxiroj», «Òorgay», «Qari navo», yana allaqanday kuylarni chalib otirishni yaxshi korardi. Oyimning aytishicha, dadam dutorni yoshligida eng zor ustaga buyurtirib yasatgan ekan.
502 Bilib qolsalar urishadilar-ku, dedim oyogim tortmay. Bilmaydi! Zebi xola qol siltab dorilladi. Nima, yeb qoyarmidim. Ketdik! dedim Valiga. Ikkalamiz gildiraklarni jaranglatgancha yugurib ketdik. Ehtiyot bol, sindirib qoyma! deb baqirdi oyim ketimizdan. ...Zebi xola gilofni ochgan zahoti dutor sadaflari yaraqlab ketdi. U dutorni cherta boshlashi bilanoq, boyadan beri chuvir- chuvir qilayotgan xotinlar jimib qolishdi. Qiziq, ozim ham orikka suyangancha bir qolimda sim, bir qolimda gildirak bilan qotib qoldim. Dutor dadamning qolida qandaydir shox, baland ovozda jaranglar edi. Hozir Zebi xola chertganda esa ingrab yuborgandek boldi. Goyo dutorni Zebi xola chalmas, torlarning ozi nola qilar edi. Ayollar har xil alpozda sehrlangandek qotib qolishgan, bahor chechaklari barq urgan daraxtzor orasida oqish-pushti orik gullari qanotida, Hoji buvining qizgaldoqlar lovullagan pastak tomi ustida nurdek mayin kuy taralardi. Zebi xola bir-ikki tomoq qirib oldi-da, qoshiq boshladi. Uning erkaklarnikiga oxshash dorillagan ovozi ashula aytganida shu qadar yoqimli bolib ketganiga hayron qoldim. Yoq, uning tovushi mayinlashgani yoq. Ammo u shunchalik bosiq, shunchalik ortanib kuylardi-ki, badanim jimirlab ketdi. Yor yurgan kochalarni supuray sochim bilan, Changi chiqsa suv sepay, kozdagi yoshim bilan... Mayin shamol esar, orik gullari unsiz tokilar, daraxtzor ostida maysalar ohista tebranar, ammo butun tabiat bir zum unsiz bolib qolgan, hamma-hammasi faqat mana shu dutor sadolariyu mana shu qoshiqni tinglash uchun tinib qolgandek edi. Osha manzarani oylasam, xayolimga hadeb bir gap keladi. Keyin, katta bolganimdan keyin ham muhabbat haqida, vafo haqida kop qoshiqlar eshitdim. Biroq ayol sadoqati togrisida bundan yaxshi ashula eshitganim yoq... 503 Zebi xola endi kozlarini yarim yumgancha yangi qoshiq aytardi. Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar, Gamda boshim, kozda yoshim, ichganim boldi zahar. Zafarondek sargayurman, hasratingda qon yutib, Kozlarimning nuri ketdi, yollaringga koz tutib. Hammamiz qorqadigan, korganda hammamiz qochadigan Zebi xola shumi? Osha qopol, osha jahldor Zebi xolami shu? Valining oyisida shuncha dard bormidi? Shuncha alami bor ekanmi? Nimaga biz bilmagan ekanmiz! Zebi xolaning yumiq kozlaridan ikki tomchi yosh silqib chiqdi-yu qirra burnining chetida toxtab qoldi. Dutorni yonboshiga qoydi-da, keng yengining uchi bilan kozini artdi. Hamma jimib qolgan, hech kim birinchi bolib gapirishga jurat etolmas edi. Hech bolmasa, Kimsanim kelgandayam mayli edi, dedi u xorsinib. Qoying, opajon, dedi oyim sekin. Unaqa demang, xudoga shukur, mana, bor-ku. Oyim nariroqda gildirak ushlab moltirab turgan Valiga imo qildi. Nasib etsa, toylar qilasiz, qosha-qosha nevaralar korasiz. Zebi xola yarq etib Valiga qaradi. Kozida yosh bilan jilmaydi. Sumalak yedingmi, oglim? Qorning ochib qolgandir? Yedim, dedi Vali sekin. U ham oyisining yiglaganini korib opkasi tolib turardi. Bolmasa, oynay qolinglar. Birpasdan keyin Zebi xola bizni yana chaqirdi. Oborib qoya qol joyiga, dedi dutorni gilofga solib. Dadangdan baloga qolib yurmay tagin. Bir qolimda dutor, bir qolim bilan gildirak gildiratgancha yolga tushdim. Vali ham gildiragini aylantirib yonma-yon borar, ammo endi avvalgidek yugurmas edik. Qulogimda hamon Zebi xolaning qoshigi yangrab turar, goyo gildiraklar 504 ham gildirak emas, dutorning ikki tori edi. Ana, ikkovi bir- biriga jor bolib jaranglayapti. Zebi xola bolsa hamon qoshiq aytayapti:
«Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar...» Chetini ot bosgan ariqchadan otayotganda gildiragim sakrab ketdi. Bir hatlab oldinga talpingan edim, otga sirganib yiqilib tushdim. Dutor yerga urildi... Qars etdi. Òamom! Kuy ham, qoshiq ham tindi-qoldi. Sindi! dedim ovozim titrab. Vali yugurib tepamga keldi: Voy-y-y! Endi dadang oldiradi! Ikkalamiz qolimiz titragancha gilof bogichini yechdik. Qarasam, dutorning ið tortadigan qulogi sinib tushibdi. Endi nima qilamiz? dedi Vali kom-kok kozlarini jovdiratib. Yiglamoqdan beri bolib, yelkamni qisdim. Yur! Vali qolimdan tutib uyiga boshladi. Ikkalamiz ularning hovlisiga kirdik. Hovli etagidagi bostirmada eski quti bor ekan. Vali qutini titkilab zanglab ketgan temir topdi. Mana! dedi tantana bilan. Endi hech ham sinmaydi! Dutorning singan qulogi orniga temir tiqdik-da, imi-jimida gilofga solib joyiga ilib qoydik. Kechqurun oyimga nima bolganini aytib bergandim, rangi ochib ketdi. Lekin nima qilishni oyim ham bilmasdi. Osha kuni emas-ku, uch kundan keyin sir ochildi. Dadam hujradan turib jahl bilan qichqirib qoldi: Dutorga kim tegdi? Zum otmay dutorni kotarib chiqdi. Garangmisanlar? Qaysi biring sindirding? Bu nima qiliq? dedi Vali «tuzatgan» dutorni korsatib. Oyim aybdor qiyofada otirar, akalarim hayron bolib bir- biriga qarashar edi. Hozir katta janjal bolishini sezib qorqib ketdim.
Òiling bormi?! dadam battar tutaqib ketdi. 505 Zebi opa chaluvdi, dedi oyim sekin. Sumalakka chiqqanimizda... bir chalib beray, devdi... Qiziq, dadam birdan hovuridan tushdi. Mayli, dedi ovozi pasayib. Zebi chalsa mayli. U hujraga kirib ketdi-da, anchadan keyin bir bolak yogoch kotarib chiqdi. Dandon sopli pichogi bilan yogochni kesa boshladi. Dutorning qulogini tutdan qilmasa sinaveradi, dedi sekin. Yogochning u yoq-bu yogini oyar ekan, uh tortdi. Qarab turib xudoning ishlariga ham qoyil qolmayman. Ota- boladan bir oyda «qoraxat» kelsa-ya! Shuni ayting, dedi oyim jonlanib. Òagin ham odamzod chidarkan. Ham eridan, ham yakka-yolgiz oglidan judo bolib otiribdi boyaqish. U bir zum oylanib turdi-da, qoshib qoydi. Bechora, Valisiga juda suyanib qolgan. Ishqilib, orzu-havasini shundan korsin... ··· Valentin tuzatib bergan mashinani haydab borarkanman, beixtiyor Zebi xolaning kochasiga burildim. Ana, Valentinning uchastkasi. Shifer tomli uy oldida ZIL turibdi. Kabina zinasida katta-kichik uch bola oyogini likillatib otiribdi. Biri doppi kiygan, biri shapkasini bostirib olgan... Mashinani sekin haydab otib borarkanman, ichkaridan dutor sadolari eshitilgandek boldi. Kim bilsin, ehtimol menga shunday tuyulgandir?.. ILÒIJO Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qarang, oyi, tagin koklam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, kom-kok maysalarni korib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni kozingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz... Bugun... ozingizning ustingizdan boychechak osib chiqibdi... 506 Yoq, yoq, oyijon... Yiglayotganim yoq. Bilaman, men yiglasam, siz bezovta bolasiz. Hozir... hozir otib ketadi. Mana, boldi... Ertalab-chi, oyi, yomgir yogdi. Qattiq yomgir yogdi. Siz bahor yomgirini yaxshi korardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob togrisida chopchak aytib bergan edingiz. Osha oftob charaqlab yotibdi... Koryapsizmi... Ecingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bolib uxlab qolardim. Osha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qoysam orom olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yoq, yoq, yiglayotganim yoq. Hozir, hozir otib ketadi... Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, oshandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang- Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling