Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50

Holbuki orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q,

Yulduzday kulganim yo‘q, oy kabi to‘lganim yo‘q,

Erta xazon gul kabi sarg‘ayib so‘lganim yo‘q,

Seni eslab yig‘layman, birinchi muhabbatim,

Eslab bag‘rim tig‘layman, birinchi muhabbatim.

Yo‘lin yo‘qotsa odam — muhabbatga suyangay,

G‘ussaga botsa odam — muhabbatga suyangay,

Chorasiz qotsa odam — muhabbatga suyangay,

Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,

Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,

Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim,

Òongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,

Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,

Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.



438

  O‘ZBEKISÒON

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,

Qiyosingni topmadim aslo.

Shoirlar bor, o‘z yurtin butun –

Olam aro atagan tanho.

Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,

Qanotida kumush diyori,

Bir o‘lka bor dunyoda, biroq

Bitilmagan dostondir bori:

Faqat ojiz qalamim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Yurmasman hech behishtni izlab,

Òopolmasam chekmasman alam.

O‘tirmasman ertaklar so‘zlab,

Musallo deb yo‘nmasman qalam.

Ko‘klamingdan olib sururni,

Dovrug‘ soldi ustoz Olimjon,

G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni

Qilmoq mumkin dunyoga doston.

Olis tarix qadamim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Kechmishing bor chindan ham uzoq,

Ilg‘ay olmas barchasin ko‘zim.

Maqtamasman moziyni, biroq

O‘tmishingni o‘ylayman bir zum.

Zabtga olib keng Osiyoni,

Bir zot chiqdi mag‘rur, davongir,

Ikki asr yarim dunyoni

Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.

Aytgum, bu kun, u manim, manim.

O‘zbekiston,

    Vatanim manim.


439

Bobolardan so‘z ketsa zinhor,

Bir kalom bor gap avvalida.

Osmon ilmi tug‘ilgan ilk bor

Ko‘ragoniy jadvallarida.

Qotil qo‘li qilich soldi mast,

Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh.

Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas,

U, Ulug‘bek ko‘zidagi yosh.

Yerda qolgan, o, tanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Ko‘z oldimdan kechar asrlar,

Ko‘z-ko‘z etib nuqs-u chiroyin.

Sarson o‘tgan necha nasllar.

Òopolmasdan tug‘ilgan joyin.

Amerika — sehrli diyor,

Uxlar edi Kolumb ham hali,

Dengiz ortin yoritdi ilk bor,

Beruniyning aql mash’ali.

Kolumbda bor alamim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,

Hammasiga guvoh — yer osti.

Lekin, do‘stlar, she’r ahli aro

Jahongiri kam bo‘lar, rosti.

Besh asrkim, nazmiy saroyni

Òitratadi zanjirband bir she’r.

Òemur tig‘i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

Dunyo bo‘ldi chamanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Bobolardan so‘zladim, ammo

Bir zot borkim, baridan suyuk.


440

Buyuklarga baxsh etgan daho,

Ona xalqim, o‘zingsan buyuk.

Sen o‘zingsan, eng so‘nggi nonin

O‘zi yemay o‘g‘liga tutgan.

Sen o‘zingsan, farzandlar shonin

Asrlardan opichlab o‘tgan.

Ona xalqim, jon-tanim manim:

O‘zbekiston. Vatanim manim.

Bosh ustingdan o‘tdi ko‘p zamon,

O‘tdi Budda, o‘tdi Zardushti.

Har uchragan nokas-u nodon,

Ona xalqim, yoqangdan tutdi.

Seni Chingiz g‘azabga to‘lib

Yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan.

Jaloliddin samani bo‘lib

Sakrab o‘tding Amudaryodan.

Sensan o‘shal samanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Òoleingda bor ekan yashash,

Goh qon ichding, gohida sharob.

Etmoq bo‘lib yurtim xomtalash,

Bosh ustingga keldi inqilob.

Chora istab jang maydonidan

Samolarga uchdi unlaring,

Shahidlarning qirmiz qonidan

Alvon bo‘ldi qora tunlaring.

Qonga to‘lgan kafanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Lekin oftob poymol o‘lmas,

Kavaklarda qolmas oy nuri,

Odil hakam — Haq bor, beg‘araz,

Mazlumlarning buyuk g‘amxo‘ri.


441

Kilich serpab tole tongida

O‘zligingni tanib qolding sen.

O‘g‘lonlarning qatra qonida

O‘zbekiston nomin olding sen.

Nomi qutlug‘ gulshanim manim.

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Òinch turarmi bu ko‘hna olam,

Òinch turarmi dog‘uli zamon?

Oromingni buzdi sening ham

Fashist degan vahshiy olomon.

Qonim oqdi Dansigda manim,

Sobir Rahim yiqilgan chog‘da.

Lekin, yurtim, kezolmas g‘anim.

O‘zbekiston atalgan bog‘da.

Sensan nomus va sha’nim manim.

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,

Derazamdan boqardi birov.

U sen eding, o, dehqon yurtim,

Òurar eding yalangto‘sh, yayov.

— Òashqarida izillar yomg‘ir,

Kir, bobojon, yayragil bir oz.

Deding: — Paxtam, qoldi-ku axir,

Yig‘ishtiray kelmasdan ayoz.

Ketding, umri mahzanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Sen ketarsan balki yiroqqa,

Farg‘onada balki balqarsan.

Balki chiqib oqargan toqqa,

Cho‘pon bo‘lib gulxan yoqarsan.

Balki ustoz Oybekdek to‘lib

Yozajaksan yangi bir doston.

Balki Habib Abdulla bo‘lib,



442

Sahrolarda ochajaksan kon.

Òuprog‘i zar, ma’danim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,

Fazolarga qo‘ysang ham qadam,

O‘zligingni unutma aslo,

Unutma hech, onajon o‘lkam.

Bir o‘g‘lingdek men ham bu zamon

Kechmishingni qildim tomosha.

Iqbolingni ko‘roldim ayon

Istiqlolning ufqlari osha.

Iqboli hur, sho‘x-shanim manim.

O‘zbekiston, Vatanim manim.

Zavol ko‘rma hech qachon, o‘lkam,

Zavol bilmas shu yoshing bilan.

Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam,

Do‘st-u yoring, qardoshing bilan.

Asrlarning silsilasida

Boqiy turgay koshonang sening.

Ulug‘ bashar oilasida

Mangu yorug‘ peshonang sening.

Mangu yorug‘ maskanim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

1964—1970

 SOHIBQIRON

Besh pardali she’riy dramadan parcha

Qatnashuvchilar: Amir Temur, Yeldirim Boyazid, Bibixonim,

Uljoy Turkon, Amir  Husayn, Shayxulislom, Mir Said Baraka,

Xonzodabegim,  Barlos  Bahodir,  Kayxisrav,  Ibn    Arabshoh,

Muhammad  Qavchin,  Devonbegi,  Aloviddin,  Hofiz  Sheroziy,


443

Yassaviy (Darvish, Xizir), Shitberger, Ioan Sultoniy, Xitoy elchisi,

Ispaniya  elchisi,  Buqalamun,  Shohruh  Mirzo,  Mirzo  Ulug‘bek,

Mirzo  Pirmuhammad,  Qosimbek;  amirlar,  eshikbon,  yasovul,

choparlar, sartarosh, qariya va boshqalar.

I SAHNADAN

Òomosha boshlanishi oldidan Amir Òemur haqidagi she’r

o‘qib turiladi.

Har qancha faxr etsang arziydi, o‘zbek,

Balqibsan bir zotning yuksak shonida.

Òemurbek yulduzi Oltin qoziqdek

Charaqlar buyuklar kahkashonida.

Vo ajab, yolg‘iz bir Zanjir saroyning

O‘chini O‘rdadan ola bilgan zot.

Òuron deb atalmish kattakon joyning

Bag‘riga shuncha yil sig‘mabdi, nahot?!

Jahonni mo‘g‘ullar istilosidan

Qutqarib qololgan barlosiy botir —

Qocholmay taqdirning taqozosidan

Fotih deb nom olmish o‘zi ham oxir.

Eng ulug‘ binolar mujassam bo‘lmish

Olamda tengi yo‘q Samarqand-ku bor:

Òemurbek jang-jadal shavqiga to‘lmish,

Qo‘lida shamshir-u tagida tulpor.

Hukmi oliy bilan etmish namoyon

«Kuch bu — adolatda», degan so‘zlarin.

Qon to‘kmish Jahongir goho beomon

Yovlari tikmasdan qonli ko‘zlarin.

Otani boladan tirik ayirib,

Òoj-u taxt taloshi qizirkan borho.



444

Sulton ne zotlarning qo‘lin qayirib,

Muhtasham saltanat aylamish barpo.

Allohim baxsh etmish shunchalar shukuh,

Komil-u yetukdir shajara, zoti.

Bir yon Bibixonim, bir yonda Shohruh,

Bir yonda Ulug‘bek — sinmas qanoti.

Ne baxtkim, tuqqan yurt bo‘lganda ozod,

Muborak Vatanga qaytib kelmishsiz.

Quloq tutgaymi, deb noahil avlod,

Òashakkur, bizlarni ko‘zga ilmishsiz.

Hamon yer yuzida shayton tug‘yoni,

Òillarda duo-yu dillarda zarda.

Ko‘rib bu noqis-u notinch dunyoni

Qayta bosardingiz balki, sarkarda.


445

Sa’yi niyatlarda ruhingiz sardor,

Yovuzlik chekingay, o‘chgay yomonlik.

Dastingiz shamshirga bormasin zinhor,

Hazrat, barchamizga tilang omonlik!

Parda ochiladi. Samarqand. Òemur saroyi.

Sohibqiron soch oldirayotgan bir manzara.

... Sartarosh chiqadi.

E s h i k b o n .

Olampanoh,

Xuttalondan hokim Kayxisrav

Bir bandini keltirmishdir.

Ò e m u r .

Bandi kim u?

E s h i k b o n .

Amir Husayn!

Ò e m u r .

Amir Husayn?

Olib kirishsin!

Hozir bo‘lsin Shayxulislom, amirlarim ham

Va albatta piri komil Said Baraka.

E s h i k b o n   c h i q a d i.

Boshlangan har hikoyatning oxiri bo‘lgay,

Mojaroni boshlagan kim?

Men-mi, Husayn?

Parvardigor barchasidan voqif va ogoh.

Qayin og‘a hisobilanar menga bu amir.

Zaifamiz Uljoy Òurkon uning singlisi.

Biroq yerga to‘kilar payt qurt tushgan meva

Uni asrab qololmagay sog‘lom ildiz ham.



446

Amir Husaynni ahli devon qurshovida olib kiradilar.

Qo‘l-oyog‘in yeching buni!

Marhabo, amir!

Kishan sendan xalos bo‘lsin.

A m i r   H u s a y n .

Òaqdirga la’nat!

Òiriklayin sen Iblisga ro‘baro‘ qildi.

Ò e m u r .

(Mir Said Barakaga).

Eshitdingiz, muhtaram pir Said Baraka,

Siz bu bilan Balx shahrida suhbatdosh bo‘lib

Yashagansiz,

Sinagansiz.

Òaqdir deydi u.

Axir men ham tobemasmi o‘sha taqdirga?

(Amir Husaynga).

Umringda hech kitob ko‘rmay ulg‘aygan eding,

Shu sababdan gaplaringda mantiq yo‘q, amir.

Mir Said Baraka.

Odamzodni yaratibdi Alloh serkaram,

Òaqdirin ham belgilamish,

Biroq ayni payt

Odamzodni ozod qo‘ymish sinamoq uchun,

Bu sinovdan o‘tolmagay Amir Husayn.

A m i r   H u s a y n .

Pirim, Sizga ne qilibmen?

Gunohim nedur?

M i r   S a i d   B a r a k a .

Gunohingdan bittasini aytayin, amir,

Balx shahrida saroy qurding kayf-safo uchun.


447

Masjidlarning mablag‘larin sarf etding unga.

Yana yig‘lab taqdir deysan...

Ò e m u r .

Umr chopag‘on!

Bizlar mingan bedovlardan ko‘ra uchqur u.

Yo Husayn!

Eslaysan-a, birga o‘sgandik.

Sen Qozog‘on nabirasi!

Men — barloszoda!

A m i r   H u s a y n .

Bir qiblaga bab-barobar yuzni bursak ham,

Sen o‘zga bir xonadondan,

Men — Chingiziyman!

Ò e m u r .

Xotirangdan chiqmagandir u o‘smir yillar,

Ikkimizni qo‘yishgandi bir payt poygaga.

Mendan ortda qolib ketding, biroq past tushmay

O‘shanda ham degan eding:

«Men — Chingiziyman!»

Odamlarning shajarasi daryolar kabi

Bir-biriga qo‘shilmog‘i shubhasiz, bor gap.

Sening bobong Chingiz emas,

Aslida Hasad!

Hasad!

Hasad!


Bilib qo‘ygin, Amir Husayn.

Oyoq-qo‘ling bog‘lab kelgan o‘sha hasaddir.

Men buyuk bir saltanatni tuzmoqdaman-u

Biring u yon,

Biring bu yon tortasan, attang.

O‘rtamizga qo‘yib hatto Kalomulloni

Necha marta qasam ichding,


448

Esla, Husayn!

Oxirgi payt seni bog‘lab keltiray desam,

Qochib qolding.

A m i r   H u s a y n .

Omad mendan yuzin o‘girdi.

Yo‘qsa sening toj-u taxting bo‘lardi menda!

Madrasaga bekingandim, ablah Kayxisrav

Òanib qolmish egnimdagi zarbof to‘nimdan.

Ò e m u r .

Kayxisravning otasini sen o‘ldirganding,

O‘sha xun deb seni tutib keltirmishdir u.

Omadsizlik emasdir bu — qilmish-qidirmish.

Meni esa rasman holda Balx qurultoyi

Mamlakatning amiri deb saylab qo‘yibdi.

Endi sening kimligingni aytay, Husayn,

Lashkarini siylamagan sen — xasis amir!

Sirdaryoning bo‘ylarida Jetega qarshi

Ikkalamiz chiqqan edik o‘sha mash’um kun.

Osmon go‘yo teshildi-yu jami bulutlar

Suvlarini to‘kkan edi jang maydoniga.

Ust-boshi ho‘l, holdan toygan sening lashkaring

Och-u nahor bo‘lgani-chun ortga chekindi.

Loy jangida sen sababli nochor qolganman.

O‘n ming askar nobud bo‘ldi, afsus, o‘shanda.

A m i r   H u s a y n .

Òemur, menga to‘nkama u mag‘lubiyatni,

Firibingni ko‘rsat edi, sarkarda bo‘lsang!

Ò e m u r .

Ko‘rmagansan firibimning mingdan birin sen.

Atrofimni zanjir kabi o‘rab tursa ham,


449

Jetelarni tumtaraqay quvdim Vatandan.

Bir jang chog‘i muhtaram pir Said Baraka

Egildi-yu yerdan siqim tuproqni olib,

«Yog‘iy qochdi!» — deya nido qilganlaricha

Yov tomonga sochdi uni,

Yov-chi, ha, qochdi!

Bu ham firib, shundoqmasmi?

M i r   S a i d   B a r a k a .

Avval xudodan!

Gar muzaffar qilar bo‘lsa, madadin bergay.

Shayx ul islom

Qiblagohning unvonlari Sohibqirondir.

Allohimning karami-la sakkiz yuz yilda

Yulduzlarning holatlari ayricha bo‘lgay.

Jadiy burji ko‘ringaydir kiyik shaklida.

O‘sha yili tug‘ilgaydir bir Sohibqiron.

Eng avvali shoh Iskandar, undan so‘ng esa

Òug‘ilmishdir Rasuli Akram —

Payg‘ambarimiz.

Uchinchisi Hazrat Òemur —

Sohibqirondir.

Avliyolar allaqachon bashorat qilib

Aytmishlarkim, Sohibqiron dunyoni olgay.

Sakkiz yuz yil saltanati turgay barqaror.

Jahongirga abadiyan xudo yor bo‘lgay.

Ilohi omin!

(Qolganlar ham «Omin»,  «Omin» deya yuzlariga fotiha

tortadilar).

K a y x i s r a v .

A’lohazrat, izn bering bir so‘z demoqqa.

29 – Adabiyot, III



450

Ò e m u r .

Sening otang Badaxshonning hokimi edi,

Yurt talashib o‘ldirgandi uni Husayn.

Ha, Kayxisrav, tushunaman ahvolingni men.

K a y x i s r a v .

Urushlarda qon to‘kilgay, men ham anglayman,

Padarimni o‘ldirgan-ku shu nomard, ammo

Necha bora qasam ichdi Sizni ham aldab.

Kamonining sadog‘idan mana bu o‘qni

Òopib oldim.

A’lohazrat, yozuvi ham bor.

O‘qib ko‘ring!

(Kayxisrav kamon o‘qini Òemurga uzatadi).

Ò e m u r .

(Yozuvni ovoz chiqarib o‘qiydi).

«Bu — Òemur uchun».

Xuddi shundoq shakldagi paykonlar bilan

Sijistonda yog‘iy meni yaralagandi.

Bir oyog‘im ham bir qo‘lim hanuz nogiron.

Ajab holkim, o‘shanda sen malham qo‘yganding,

Eslaysanmi o‘sha kunni,

Amir Husayn?

A m i r   H u s a y n .

Ushbu o‘qim yuragingga atalgan ammo.

Ò e m u r .

Zaharlidir?

A m i r   H u s a y n .

Ha, albatta! Òegsa bilarding.


451

Ò e m u r .

Qay bir fozil aytgan ekan: Òuz aynisa gar

Uni nima tuzatar deb.

O‘h, ablah, olchoq!

B a r l o s   b a h o d i r .

A’lohazrat, ruxsat bering, bu gazandaning

Paykonini o‘z ko‘ksiga joylab qo‘yaylik.

Orqa eshikdan Uljoy Òurkon yugurib chiqadi.

U l j o y   Ò u r k o n .

Olampanoh,

Olampanoh,

Bir zum sabr eting.

Ò e m u r .

Uljoy!

A m i r   H u s a y n .



Uljoy?!

Ò e m u r .

Sen qayoqdan paydo bo‘lding?

U l j o y   Ò u r k o n .

Xosxonada men,

Bosh yuvmoqqa suv tayyorlab odatdagidek,

Sartaroshning ketishini poylab turgandim.

Va daf’atan bu dahshatli suhbat g‘ovuri

Qulog‘imga chalindi-yu ketolmay qoldim.

Afv etgaysiz cho‘ringizni.

Ò e m u r .

Sen cho‘ri emas,

Amir Òemur zavjasi sen, malikadursan.


452

A m i r   H u s a y n .

Sen — Qozog‘on nabirasi,

Husaynga singil.

U l j o y   Ò u r k o n .

Men ikki o‘t orasida jizg‘anak bo‘lgan,

Ikkisin ham ayaydurgan Uljoy Òurkonman.

Ò e m u r .

Uljoy, mening gaplarimga quloq tut andak,

Seni go‘yo g‘ubori yo‘q sahro guliday

O‘z bag‘riga bosguvchini tushungil deyman.

Shafqat bilmas hukmdor deb o‘ylama meni,

Unutmaki, har qanday kas fe’lidan topgay.

Men akangning qilmishlarin afv eta-eta,

Oqibatda botgandurman gunohga balki.

Afsus, akang shu qadarli ochofat, yuho,

O‘ng‘ay kelsa, ayamagan hatto seni ham.

A m i r   H u s a y n .

Xudodan qo‘rq,

Amir Òemur, isbotingni ayt!

Ò e m u r .

Necha muddat ikkalamiz it-mushuk bo‘lib

Uchrashmayin,

Arazlashib yurgan kezlarda

Makkor mo‘g‘ul Samarqandni qayta bosgandi.

Podshohi yo‘q mamlakatning ahvoli ma’lum:

Shunday paytda bosh ko‘tarib chiqdi bir guruh.

A m i r   H u s a y n .

Sarbadorlar!

Ò e m u r .

Sarbadorlar, ha, sarbadorlar!


453

Mardonavor qo‘riqladi ular shaharni,

Uloqtirib tashladilar mo‘g‘ul qo‘shinin.

Sen bilan men tayyor oshga bakovul bo‘lib

Saltanatni tortib oldik sarbadorlardan.

Sen o‘zingni amir deding, meni-chi, vazir.

Sarbadorning bitta aybi — uquvsizligi.

Umrida hech toj-u taxtni ko‘rmagan kosib,

Uchta-to‘rtta mullavachcha ne ish qilardi?

Pala-partish farmonlarni chiqarib ular

Boyonlarni o‘zlaridan tezda bezdirdi.

Shul sababli omadimiz chopdi bizlarning,

Biz ularni dorga tortdik — nomiga loyiq.

A m i r   H u s a y n .

Men bilardim, moyil eding sarbadorlarga,

Dordan olib qolgan eding ulardan birin,

Ismi uning Mavlonozoda.

Ò e m u r .

Sen sabab bo‘lib

Samarqandda norozilik boshlanib ketdi.

Bir och bo‘ri daf’atanda qo‘raga kirib,

Ko‘zi to‘ymay duch kelganni bo‘g‘izlagandek

Soliq solding beva demay, bechora demay.

Soliq yig‘ish balosini menga topshirding.

Behuda qon to‘kkanlaring bir karra bo‘lsa,

El-u yurtni talaganing o‘n karra bo‘ldi.

Men bir necha sarbadorni saqlab qololdim.

Vatan uchun jonin tikkan fidoyilarning

Qismatiga achingandim, taxtiga emas.

Qish faslida ochilgan bir chechakday ular:

O‘z-o‘zidan halokatga mahkum edilar.

Biroq sening ochiq go‘rdek yuho og‘zingni

O‘sha paytda yopolmasdan armonda qoldim.


454

Elga solgan solig‘ingning katta qismini

Uljoy bilan ikkalamiz qoplagan edik.

O‘z singlingga o‘zing hadya qilgan ziraklar

O‘z qo‘lingga qaytib borsa, olding, noinsof.

U l j o y   Ò u r k o n .

Nahot, aka?!

A m i r   H u s a y n .

Ziragingni tanimaganman.

O‘tgan o‘tdi.

Òemur endi valdirayverar.

Har doimo haq bo‘ladi muzaffar odam.

Ò e m u r .

Òemur bilan gaplashganda bu hikmating puch,

Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun.

Ulug‘ bir zot yashab o‘tgan bizning zaminda.

Òurkistonlik avliyo u

Ahmad Yassaviy.

Òingla uning bir hikmatin,

G‘oyat ibratli.

«Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi.

Òermiltirib xaloyiqqa zor ayladi».

Aynan senga mo‘ljallangan bir juft o‘qdir bu.

U l j o y   Ò u r k o n .

Afsuski, men xabardorman buning baridan,

Necha yildir orangizda qora xusumat.

Aka, Sizning joningizni Ulug‘ Amirdan

Qancha marta so‘rab oldim yig‘lab, yolborib.

A m i r   H u s a y n .

Agar mening singlim bo‘lsang, yolborma, Uljoy.

Axir men ham jangchiman-ku, men ham bahodir.


455

Yaxshisi, sen ko‘shkingga ket, oromgohingga,

Kechir meni, aziz singlim!

U l j o y   Ò u r k o n .

O, Olampanoh,

Hadya qiling menga o‘sha kamon o‘qini,

U dahshatli bir tarixdan xotira bo‘lgay.

Ò e m u r

Modomiki, xosxonada bizni tinglabsan,

Xabardorsan bu suhbatning tafsilotidan.

Ma, ola qol,

Yozuvini o‘qima faqat.

U l j o y   Ò u r k o n .

(Kamon o‘qini oladi. Chiqayotib o‘qiydi).

«Bu — Òemur uchun».

Yo‘q, bu — men uchun.

Uljoy Òurkon chiqadi.

Ò e m u r .

Men hamisha shukr aytdim parvardigorga,

Qodir Alloh oydin qildi yo‘limni doim.

Zabt aylasam qay bir zamin,

Qay mamlakatni,

Xudoyimning xohishiga tayandim mudom.

Hatto yiroq yulduzlarning fe’li qandoq deb,

Òinglaganman qur’achi-yu munajjimlarni.

Òurfa din-u e’tiqodga ibodat qilgan

Necha-necha qavmlarni hukmimga oldim.

Muhammadning yalovini ko‘tardim baland.

Biroq o‘zing birga o‘sgan,

Birga ot surgan,

Bir masjidga some bo‘lgan zotdan ayrilmoq —


456

Bu g‘oyatda ma’yus qilib qo‘yar odamni.

Siz ne deysiz,

Muhtaram pir Said Baraka?

M i r   S a i d   B a r a k a .

Musulmonning qonin to‘kmoq joiz bo‘lmag‘ay.

Ammo-lekin dini Islom bayrog‘in tutgan

Yo‘lboshchiga pand bermoqlik gunohi azim.

Òavba qilsin,

Òavba qilsin, Amir Husayn.

Zero, shundoq lutf etmishlar payg‘ambarimiz:

Ertayu kech ochiq erur tavba eshigi.

Ò e m u r .

Shayxulislom janoblari, fikringiz nedur?

S h a y x u l i s l o m .

Muborak bir kalimani keltirib o‘tay,

U — «Qur’oni karim»dandur!

Ò e m u r .

Vujudim quloq!

S h a y x u l i s l o m .

«Yaf’alullohu moyashau va yaaxkumu mo yo‘rid»,

Ya’ni, Alloh nimaniki xohlasa agar,

Irodasi bilan shuni hukm qilgaydir.

Ò e m u r .

Inshoolloh, yaratganning o‘zi bilgaydir.

Ey, Siz mening amirlarim, bahodirlarim.

Qadamidan o‘t chaqnagan lashkarboshilar.

Alloh Sizning dilingizga ne tuyg‘u solmish?

Muntazirman javobingga, Barlos bahodir.


457

B a r l o s   b a h o d i r .

Muntazirmiz amringizga, o, Sohibqiron,

Siz amr eting — kemirgaymiz Ko‘hi Qofni ham.

Siz amr eting — simirgaymiz Bahr-u ummonni.

Kuch olgaymiz shijoat-u himmatingizdan.

Sizga sodiq bo‘lurmiz deb qasam ichganmiz.

Ulug‘ Amir, xudo shohid, jangchining onti


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling