Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
nutqlariga astoydil ishongan, bolayotgan qatl-u qirginlarning hammasi insoniyat baxti uchun qilinyapti, degan mudhish yolgonga uchgan soddadil, oqkongil odamlar oz bolganmi? Albatta, yurakni zirqiratuvchi bu oylar mening xayolimga kop yillardan keyin osha davrlardagi dahshatli voqealar fosh qilinib, kozimiz ochilganda keldi. U mahalda esa... Bilmadim, tintuv qancha davom etdi. Lekin dadamlar quduq suvini siðqora-siðqora, «Ortoq Stalin sodiq farzandlarini xor- zor qilib qoymaydi», degan gapni takrorlay-takrorlay yarim chelak suvni ichib tugatganlari hanuz esimda. Men keyinchalik bu gapni aytsam koplar ishonmay: Qoying-e, odam bolasi yarim chelak suvni icha oladimi? deguvchilar ham boldi, ammo men, on-on bir yashar bola, buni oz kozim bilan korganman, dadamlarning osha sozlarini oz qulogim bilan eshitganman! Ichi yonib ketayotgan odam yarim chelak u yoqda tursin, bir chelak suvni ham ichadi! Nihoyat, tintuv tugadi. Dadamlarga kiyinishni buyurdilar.
377 Oyimlar bilan opamlarning nolasi kokka chiqib, uyimiz achchiq faryoddan zir titradi. Oyimlar dadamlarning yelkasiga paltosini ildilar. SAKUni bitirgan shorlik mehmonlarga tuzalgan dasturxondan ilingan narsani romolga tugib, qollariga tutqizdilar. Boyagidan ham battar qorayib, bir zumda allaqanday ozib, munkayib qolgan dadamlar avval hamon faryod chekayotgan oyimlar bilan opamlar, song qaqshab-qaltirab qolgan ukalarimning peshanalaridan opdilar-u, navbat menga kelganda: «Hay, attang! dedilar tosatdan kozlariga yosh olib. Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi boluvdim. Shuniyam eplayolmadim-ov, bolam!.. Butun tintuv davomida kozimga yosh olmagan, «kelgusida zor odam bolasan», degan sozlardan shishib ketgan norasida, birdan hamma narsa dadamlarning hech qachon erkalamaganini ham, dokondan qimiz topolmay qayganimda grafinni quloch- kashlab otganlari ham hammasi esimdan chiqdi-yu alamli chinqiriq bilan dadamlarning tizzalarini quchoqlab oldim... ··· ...Bir necha oy otdi. Bu orada xonadonimiz motamsaro bir makonga aylandi. Qish yaqinlashib qolgan, kun sayin uning qahrli nafasi kuchayib borar, uyda esa na otin bor, na komir!.. Biz tancha qurib, bir amallab kun kechiramiz. Haftada bir marta, yanglishmasam, shanba kunlari dadamga ovqat olishadi. Oyimlar bir amallab topgan-tutganlarini pishiradilar- u tong mahal u kishi bilan birga avaxtaga ravona bolamiz. Òurkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida Orta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita mustahkam gishtin binolar bolardi. Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirgan. Shoro hokimiyati esa ularni qamoqxonaga aylantirgan-u atrofini tikanli sim bilan orab tashlagan. Har shanba tikanli sim bilan chegaralangan bu qala roparasiga kamida 150200 ayol, chol-kampirlar yigilishadi, bular «xalq 378 dushmanlari»ning oila azolari. Yosh-yosh juvonlar qaqshab- qaltirab qolgan keksalar hibsxona xodimlarining ovqat qabul qilishini kutib, ertalabdan kechgacha tikanli sim oldida diydirab turishadi. Oyimlar qamoqxonaga gohida meni ham yetaklab borishlariga sabab mabodo dadamlar bilan yuz korishish nasib etsa, otamlar meni korib qolsinlar degan niyatda edilar. Lekin dadamlarni biror marta korsatishmadi, korsatishmaganlari ham mayli, bot-bot olib borgan ovqatlarimizni qabul qilmasdan qaytarib yuborishardi. Goho men bir necha soat mahtal bolib kutganimdan keyin biror bahonani rokach qilib, hibsxonaning shundoq yonginasidagi shahar bogiga qarab chopardim. U yerda xudoning kuni borki, miting bolar, shahar maktablaridan nogoralar gumburi va karnay-surnaylar sadosi ostida bolalar saf tortib boqqa kelishardi. Bog ortasiga qizil alvon bilan oralgan ulkan minbar ornatilgan bolib, charm palto kiygan, topponcha taqqan faollar unga chiqib vaz aytishar, vazlarning aksariyati trotskiychilar 1 va ularning «dum»larini fosh qilishga bagishlanardi. Bu vazxonliklarning dahshatli tomoni shunda ediki, bugun Òrotskiy- ning «dum»larini fosh etib, otashin nutq sozlagan notiqlarning aksari ertasiga ozlari «dum»ga aylanib, fosh etilganlar royxatiga tushib qolishardi. Meni bu mitinglarga borishga nima chorlaganini hanuz tushunolmayman. Aftidan, karnay-surnay va nogoralar sadosi saf tortib otadigan tengdoshlarimning quvnoq va joshqin qoshiqlari bolsa, ajab emas. Chunki bu gumbur-gumbur sadolar, otashin qoshiqlar qulogimga chalinishi bilan xuddi nogoraga organgan harbiy otday oyoqlarim oz-ozidan raqsga tushib, yuragim hapriqib ketaverardi. Faqat bir narsa murgak qalbimni ezar, u ham bolsa, minbardan turib aytiladigan nutqlarda bazi-bazida dadamlarning nomi ham «dum»lar qatori tilga olinadi. Lekin shunday paytlarda 1 Òrotskiychilar 20- yillarda sobiq kommunistik partiya ichidagi oqimlardan biri. 379 dadamlarning Stalin togrisidagi sozlari esimga tushardiy- u yuragimga quyilib kelgan alamli tuyguni haydardim. Bu hol toki shahar yoshlar qomitasining kotibi bilan yuzma-yuz kelgunimcha davom etdi. Bu yosh, xushqad, xushsurat yigitcha bizga qoshni edi. Oilamiz boshiga musibat tushgunga qadar, u xonadonimizga bozchining mokisidek qatnar, dadamlar bilan kechalari uzoq suhbatlashib otirardi. U osha yozda uylangan, xotini ham, oziga oxshash kohlik, xushqad, xushsurat edi. Dadamlar ularning toylariga toyboshi bolgan, oyimlarning aytishicha, dadamlar unga moddiy yordam ham bergan ekanlar. Dadamlar qamalganlaridan keyin yon qoshnimiz qorasini ham korsatmaydigan boldi. Bunga ajablanmasa ham bolardi, chunki shogird tugul qarindosh-uruglar ham bu ogir, gurbatli kunlarda uyimizni chetlab otishar, bitta-yarimta kelsa ham kechalari qorqa- pisa kelib, song devor panalab qaytib ketardi. Shanba kuni edi. Chamasi, qamalganlar soni kopaygan, chunki avaxtaga ovqat kotarib kelganlar soni ancha ortgan, navbat kutayotganlarning dumi korinmasdi. Kun sovuq, savalab mayda yomgir yogardi. Shu boisdanmi, boshqami, oyimlar men soramasdanoq uyga ketishimga ruxsat berdilar. Men tinimsiz maydalab yogayotgan yomgirdan diydirab, uyimizga tomon ravona boldim-u tosatdan bog tomonda yangragan nogoralar gumburi-yu karnay-surnaylar sadosini eshitib, beixtiyor toxtadim. Nogoralar va karnay-surnaylar sadosi tobora avjga chiqmoqda, chamasi, odatdagidan ham katta miting boshlanmoqda edi. Orgatilgan otga oxshab yana nogoralar gumburlayotgan tomonga burildim. Haqiqatan ham yomgirga qaramay, bolalar har tomondan saf-saf bolib boqqa yopirilib kelishardi. Darvozaga yaqinlashib qolganimda nogahon ropara tomondan kelayotgan qoshnimiz shahar yoshlar qomitasining kotibiga kozim tushdi. U bir ozi emas, charm paltolik harbiy odam bilan uch burchak soqol qoygan, jikkakkina moysafid qurshovida kelardi.
380 Kotibni korishim bilan yuragim negadir «shuv» etib, boqqa shongishga choglandim, ammo kotib bir sakrashda yolimni tosib, bilagimdan shappa ushladi-da: Ha, qashqirdan tugilgan qashqircha! dedi titroq bosib. Bitta shaltoq buzoq bir toda podani buzadi! Boyningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil pionerlarni buzmoqchimisan? U qolimni ogritib siqqancha oziga torta boshladi. Lekin shu payt jikkak moysafid: Qoyib yubor, bolapaqirni, dedi oraga tushib. Ortoq Stalin aytdi-ku, bola otasi uchun javob bermaydi, deb? Gunohi nima bu norasidaning! Yosh kotib qovogidan qor yoqqanicha bir qariyaga, bir charm paltoli harbiyga qaradi-da, qolimni qoyib yubordi va: «Yoqol kozimdan!» deb oshqirdi. Shundan keyin nima boldi, nima qoydi hozir esimda yoq, faqat kotibning ombirdek metin changalidan chiqdim-u tomogimni gið boqqan koz yoshini yuta-yuta, saf-saf bolib otayotgan baxtli tengdoshlarim yonidan katta kocha tomon otildim... ··· Dadamlar hibsga olingandan song uch-tort oy otdi hamki, u kishi bilan biror marta korisha olmadik. Butun shahar hanuz tahlikada, hamma joyda, hatto maktablarda ham dushman qidirish hamon davom etardi. Sira esimdan chiqmaydi. Osha yili ulug rus shoiri Pushkin vafotining 100 yilligi nishonlanar edi. Bu gamgin sanaga atalib qanaqa tadbirlar belgilandi, qanaqa kitoblar chiqarildi, qanaqa majlislar, adabiy kechalar otkazildi buni bilmayman. Ammo osha sanaga atalib oquvchilar uchun daftar chiqarilgani yodimda. Million-million nusxada chiqarilgan bu daftarlarning oldi muqovasida bolalikdan hammamizga tanish jingalak soch, habashchehra shoirning surati solingan, muqovaning oxirgi betiga esa shoir ertaklaridan biriga chizilgan surat berilgan edi. Avval boshda hech qanday gap yoq edi. Keyin tosatdan 381 shaharda, jumladan, men oqiydigan maktabda ham vahimali mish-mishlar tarqaldi. Goyo Pushkin yubileyiga chiqarilgan bu daftarlar, togrirogi, daftar muqovasidagi suratlarga aksilinqilobiy sozlar bitilgan emish! Kimki Pushkinning soch va soqollari, ayniqsa, muqova oxiridagi ertaklarga chizilgan suratlarni etibor bilan kozdan kechirsa, shoirnnig jingalak sochlari-yu ertaklarga chizilgan suratlarni hushyorlik bilan nigohidan otkazsa, makkorona bitilgan aksilinqilobiy sozlarni topishi mumkin emish! Men oqiydigan 3-«A» sinfida yoshi anchaga borgan, tishlari tokilib qolgan, ammo juda muloyim, mehribon rus kampiri dars berardi. Bir oydan beri bu kampir hozir ism-shariflari yodimda yoq kasal bolib, orniga yosh tatar yigitcha dars bera boshlagan edi. Qattiq oqsoqlanib yuradigan bu yigitcha bizga qoshni bolmish raykom kotibining qaynisi bolib, dadam qamalganlaridan keyin menga oqrayib qaray boshlagan edi. Ammo hayotning oyinini qarangki, dadamlardan keyin bir hafta otar-otmas yosh oqituvchimizning pochchasi ham hibsga olinib, «xalq dushmani» deb elon qilingan edi. Shu-shu battar mungayib, avvalgidan battar oqsoqlanib qolgan oqituvchi menga achinib qaraydigan, yolakdami, hovlidami tanho yurganimni korsa, boshimni silaydigan bolib qolgandi. «Pushkin suratlari ichiga qabih aksilinqilobiy sozlar yozilgan emish», degan gap tarqalgan kuni yosh oqituvchimiz sinfimizga juda xomush bir qiyofada kirib keldi. U mungli kozlari bilan bolalarga uzoq tikilib turgach: Bolalar! dedi allaqanday yolvorib. Qani, kecha tarqatilgan daftarlaringni olinglar-chi! Haligi... muqovalariga Pushkin surati solingan daftarlaringni aytyapman!.. Oldilaringmi? Ehtimol, eshitgandirsizlar, ashaddiy dushmanlarimiz makkorona chizilgan harflar vositasida SSSRga qarshi sozlar yozishiðti! Bu mudhish sozlarni topgan bolalar bor. Ularning suratlari ertaga faxriy doskaga osiladi. Nahot bizning sinfimizda birorta hushyor oquvchi bola topilmasa? Qani, suratlarga yaxshilab qaranglar!
382 Shoyad sizlar ham dushmanlarimizning bu qabih sozlarini topib, ularni fosh etsalaring! Yosh oqituvchi shunday deb menga ozgacha bir umid bilan qarab qoydi. Har qalay menga shunday tuyuldi-yu oldimdagi daftarga chizilgan suratlarga tikilib, jon-jahdim bilan makkorona chizilgan harflarni qidira boshladim... Asablarim tarang tortilgan, miyam nazarimda lahcha choqqa aylangan edi. «Nahot jonajon hukumatimizga qarshi yozilgan bu mudhish sozlarni topib, dushmanlarning kirdikorlarini fosh etolmasam? Yoq, topaman! Òopganda ham birinchi bolib topaman. Ikkinchi bolishning foydasi yoq!.. Òoxta, shoir yelkasidagi mana bu gajak tola nimani eslatadi? «S» harfining ozginasi-ku!.. Uning yonidagi gajak-chi! U ham «S»! Uning yonidagisi ham!» Mana bunisi «R»ning ozginasi-ku! Voy, tavba! Bu battollar «SSSR» deb yozib qoyishibdi-ku, boyadan beri shuni ham kormapman- a?... Mana bu gajak tola-chi? Quyib qoygandek «D» ku! Undan keyingi gajak-chi? «O»ning xuddi ozginasi-ku! «O» bolgan joyda «L» ham bolishi kerak? Mana «L»! Yonginasida esa «Oy»ga oxshash ikkita gajak qatorlashib turibdi! «Doloy SSSR!, yani «Yoqolsin SSSR!» degan gap-ku bu!». Men hayajondan nafasim bogilib: Òopdim, muallim, topdim! deb baqirib yubordim. Majruh oqituvchim tekis polda qoqilib-surinib oqsoqlana- oqsoqlana yonimga keldi. Sinf tola oquvchilar ham «gurr» etib ornilaridan turdilar-da, ustimga yopirildilar. Men xuddi bezgak tutgandek dir-dir titrab, ulug shoirning jingalak sochlari orasidan topgan mudhish harflarni korsata boshladim. Nihoyat, korsatib bolib, tengdoshlarimga magrur qaradim. Sinfga chokkan ogir sukunat ichidan tosatdan oqituvchimizning: Malades! degan xitobi eshitildi. Hushyor pioner deb shuni aytadilar! Hamma menga hasad bilan qarar, men ozimni chinakam qahramon his qilardim.
383 Qani, daftarlaringni yigib beringlar! Bir soatdan keyin sport maydoniga butun maktab toplanadi. Hammamiz birga bu mudhish daftarni yoqish marosimida qatnashamiz! Oqituvchimiz oqsoqlana-oqsoqlana sinfdan chiqib ketdi, lekin bir soat tugul ikki soat otdi hamki, u qaytmadi. Song daftarlarni yoqish marosimi boshqa kunga qoldiriliðti, degan xabar keldi-yu uy-uyimizga tarqaldik. Kechqurun men kunduzi bolgan voqeani hayajondan entika- entika oyimlarga aytib berdim. Oyimlar men kutgan maqtov orniga: Hoy, bolam-ov, bolam-ov! dedilar tosatdan kozlariga yosh olib. Senga nima boldi, bolam-ov! Menga nima bopti? Nega bunday deysiz, oyijon? dedim ranjib. Hech nima... Iloyo dadangga oxshab qahri qattiq bolma. Ollodan bitta-yu bitta tilagim shu, bolam. Oyimlarning gapiga yaxshi tushunmadim. Ertalab maktabga, togrirogi, zalda osilgan hurmat taxtasiga qarab chopdim. Nadomatlar bolsinkim, royxatga bir necha marta koz yugurtirib chiqdim: yoq, na nomim, na suratim bor! Dushmanning yovuz kirdikorini fosh etgan hamma hushyor pionerlarning surati hurmat taxtasiga osilgan-u, bitta mening suratim yoq! Aftidan, kimdir hushyorlik qilib xalq dushmani farzandining suratini hurmat taxtasiga osish mumkin emasligini aytib, mendan ham hushyorroq bolgan! Mana, bu voqealarning sodir bolganiga yarim asrdan koproq vaqt otdi. Shaxsga siginish davrining ne-ne jinoyatlari fosh etildi. Bu jinoyatlar qanday dahshatli bolmasin, nazarimda, ularning eng yomoni kattalar yetmagandek, menday godaklarni ham hamma narsaga shubha bilan qarash, hammayoqdan yovuz kirdikorlar qidirishga qaratilgan urinishlar deb bilaman. ···
Nihoyat, dadamlar bilan vidolashadigan kun ham keldi. Vidolashishga uch kishiga ruxsat berishgandi: oyimlar, katta 384 opamlar va menga! Shu boisdan bolsa kerak, qarindosh-uruglardan hech kim, na dadamlarning ukalari, na yor-dostlari hech kim kelmadi.
Oyimlar bilan opamlar kechasi uxlashmay, dadamlar uchun bugdoy talqon, sok talqon va yana allaqanday narsalar tayyorlashdi. Chunki bu payt dadamlar ozod boladi degan umid ojiz miltirab turgan shamday songan, u kishini uzoqlarga olib ketishlari chamasi oyimlarga ayon edi. Ertalab torva-xaltalarni kotarib qamoqxonaga qarab yol oldik. Bu safar bizni kop kuttirishmadi. Beliga choynakdak topponcha taqib olgan harbiy bizni uzun, tor, nimqorongi yolakdan ichkariga boshladi. Yolakning yarmiga borganda ong qoldagi eshikni ochib, bizga yol berdi. Chogroqqina tortburchak xonaning toridagi stol oldida gimnastyorka kiygan, sochlari oppoq bir odam allanimalarni yozib otirardi. Dadamlar burchakda kursida otirgan ekanlar (men avval u kishini tanimay qolibman!) biz kirishimiz bilan dik etib ornidan turdilar. Azaldan barvasta, toladan kelgan, novcha odam bir- ikki oy ichida chopday ozib, lunjlari ichiga botgan, kozlari kirtayib, qiygir burni sorrayib qolgandi. Yana qamalgan kechasidagidek yigi-sigi boshlandi. Oyimlar- ku, yuzini romoliga yashirib, jimgina titrab yiglar, lekin opamlar... dadamlarning boyinlariga osilib olgan opamlarning faryodi tor xonani zir titratardi. Keyinchalik marhum oyimlar kop aytguchi edilar: Noinsoflar jilla qursa yarim soat ham fursat bermadilar. Dadang shorlikning diydoriga ham toymadik. Bergan chorak soatlari koz ochib yumguncha otib ketdi... Bu safar chorak soat davom etgan vidolashuv davomida dadamlar biror marta Stalinning nomini tilga olmadilar, qamalgan kunlaridagidek: «Men partiya oldida gunohkor emasman! Ortoq Stalin barhayot ekan, meni oyoqosti qilib qoymaydi!», demadilar. Bilaks, bir necha marta kozlariga yosh olib:
385 Meni kechir, Gulshan. Ayol boshing bilan besh bolani qanday boqasan aqlim bovar qilmaydi. Endi yuz korishishi- mizga ham kozim yetmaydi, kechir meni! dedilar. Har safar dadam shunday deganlarida stolga mukka tushib, allanimalarni yozayotgan kishi: Hoy, Yoqubov! derdi qogozdan bosh kotarmay. Senga nima boldi? Yosh bolamisan, Yoqubov! Nihoyat, bu odam qarshisidagi devorga osilgan almisoqdan qolgan devor soatiga koz tashlab: Fursat tugadi, Yoqubov. Endi xayrlashinglar! deb buyurdi. Opamlarning nidosi battar avjiga chiqdi. Oyimlar ozgina pul olib kelgan ekanlar, dir-dir titragan qollari bilan dadamlarga tutdi, dadamlar esa: Bolalaringga yarat, Gulshan! deb yolvorar edilar. Lekin oyim konmay, axiri pulni olishga majbur qildilar. Oyimlar keltirgan pul bor-yogi ellik som bolib, onta besh somlikdan iborat edi. Dadamlar pulni qiynala-qiynala olarkanlar, besh somliklardan birini menga uzatdilar. Oyimlar pulni mendan olib, dadamlarga qaytarib bermoqchi bolgandilar, dadamlar konmadilar, kaftlarini boshimga qoyib: Sen endi bu uydagi eng katta erkaksan, bolam, dedilar va yana koziga yosh oldilar. Oyingga yordamlashib, ukalaringga qarab turgin, bolam! Dadamlar shunday deb besh somlikni chontagimga soldilar. Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bolgan edim, bu ham nasib etmadi. Bu pulga daftar-kitob ol! Qolganiga muzqaymoq olib ye, oglim!.. Boyadan beri oyim va opamlarga qoshilib yiglashni ozimga ep kormay serrayib turgan bola, tosatdan, xuddi dadamlarni olib chiqib ketayotgan paytlaridagidek yuragimda nimadir darz ketganday tuyuldi-yu NKVD xodimining maqtovlari ham, aksilinqilobchilar kirdikorlarini fosh etgan hushyor pioner ekanligim ham bari yodimdan chiqib, «Dadajon!», degancha otamning tizzasini quchoqlab oldim. 25 Adabiyot, III 386 ···
Bu mashum voqealardan keyin kop yillar otdi, kop suvlar oqib ketdi. 1955- yili Xrushchevning butun dunyoni larzaga solgan mashhur nutqidan keyin oilamiz, shaxsga siginish zulmidan jabr chekkan million-million oilalar kabi dadamlarning taqdirini, olik yo tirik ekanini (ungacha yozgan onlarcha xatlarimizning bittasiga ham javob ololmagandik) sorab, yuqori tashkilotlarga murojaat qildik. Maktublarning bittasini Qozogiston Kompartiyasi Markaziy Qomitasiga, ikkinchisini SSSR Davlat xavfsizligi qomitasiga yolladik. Òaxminan tort-besh oydan keyin birin-ketin ikkita javob keldi. Javoblarning birinchisi Qozogiston Markaziy Qomitasidan bolib, unda dadamlarning partiyaviy ishi korib chiqilgani, u kishi Stalin shaxsiga siginish qurboni bolganligi etirof etilgan va 1918- yildan etiboran partiya azosi sifatida tiklangani xabar qilingan edi. Ikkinchi javob Moskvadan, Davlat xavfsizligi qomitasidan bolib, unda aytilishicha, dadamlar Uzoq Sharqdagi qaysi bir ormon xojaligida daraxt kesuvchi bolib ishlagan, 1943- yil qish oylarida (vaqti aniq aytilmagan) daraxt kesayotgan paytida yiqilib vafot etgan. Birinchi javobdan farqli olaroq, bu xatda shunday ilova ham bor edi. Agar volidamiz (men yozgan xat, tabiiy, oyimlar nomidan bitilgan edi) nafaqa yoshida bolsalar, u kishiga davlat tegishli miqdorda nafaqa tolaydi. Agar oyimlarning turar joyi bolmasa, u kishi qomitadan kelgan ushbu javob asosida shahar kengashiga murojaat qilib, navbatsiz uy oladilar... Har ikkala xat ham haqiqatni qaror toptirish, adolatni tiklashga qaratilgan edi. Ammo men negadir, ehtimol, Uzoq Sharqda olti yil oddiy soldat bolib, butun qiyinchiliklarni boshimdan otkazganim uchundir, nogahon ozim korgan bepoyon sovuq ormon, qor tagida egilib turgan daraxtlar, qish koz oldimga keldi. Bir zum nigohim oldiga bu qorongi ormonda behol imillab daraxt kesayotgan dadamlar keldi, keldi-yu, alam, iztirob, mehr-shafqat va xorlik tuygulari toshqinday guvillab vujudimni qaqshatib yubordi.
387 «Yoq! Bu nopoklar 1918- yildan firqa azosi bolmish otamni nohaq qamaydilar, qariganida ham ozod qilishni istamay, qahraton qishda ham ormon kesdirib, olimga mahkum etadilar-u, endi oz gunohlarini yuvish umidida judolik azobidan ikki bukilib qolgan bevasiga nafaqa tolarmishlar, boshpana berarmishlar! Yoq, men bitta onamni ular bergan sadaqasiz ham boqib olaman, ularsiz ham boshpana topib beraman!» Xayolan shunday deb, yaxshi niyat bilan yozilgan ikki xatni burda-burda qilib yirtib tashladim... |
ma'muriyatiga murojaat qiling