Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50

Elni chorlab ziyofat qurmas.

Bayramida bel bog‘lab uch kun

Shamdek qotib ko‘chada turmas.

Garchi bizdan yuz bor farovon,

Garchi bizdan yuz karra to‘qdir.

Òo‘y xarjida yuzta boy yapon

Bir kambag‘al o‘zbekcha yo‘qdir.

Bu so‘zimni yaponga aytsam

Dedi battar qisib ko‘zini:


417

1

 Xarakiri – yapon samuraylarining or-nomus uchun o‘z joniga qasd qilishi.



– Yapon bundoq yasholmas hech ham,

Xarakiri


1

 qilar o‘zini.

DANGASALAR

G‘ayratlilar yelib-yugurib,

Mehnat bilan mudom ovora.

Dangasalar esa o‘y surib,

Yotish uchun izlashar chora.

Ishchan azal tinmay yer chopgan,

O‘g‘ir tuygan, sovurgan somon.

Yalqov o‘ylab charxpalak topgan,

Ijod qilgan shamol tegirmon.

Parvoz etsam yuksak samoda

Zamonaviy laynerda bukun.

Rahmat deyman yorug‘ dunyoda

Dangasalar borligi uchun.

Yo‘qsa yurar edik hoynahoy

Hanuz yayov changitib tuproq.

Xo‘b yurtim bor, dangasaga boy,

Ishchanidan yalqovi ko‘proq.

Rost aytsam, bu mening ham dardim,

Xolimasman bu kasallikdan.

G‘ayrat qilsam bir kasb topardim,

Shoir bo‘ldim dangasalikdan.

Bizlar shundoq, bizda yo‘q ixlos

Dabdaba-yu as’asalarga.

Ishlang, bizni tinch qo‘ying xolos,

Òega ko‘rmang dangasalarga.

27 – Adabiyot, III



418

SERGEY YESENIN SHE’RIYAÒI

ÒARJIMALARIDAN

Singlim Shuraga

Bu dunyoda men bir yo‘lovchi,

Shodon menga qo‘l silki, erkam.

Xuddi shunday tinch, erkalovchi

Ziyo to‘kar kuz fasli oy ham.

Isinurman oyning taftiga.

Ilk bor undan orom olar jon.

Allaqachon so‘ngan sevgiga

Umid bog‘lab yashayman hamon.

Bunga bois — shu makonimiz,

Shu yer — oppoq, sho‘r manglay turbat,

Qaylardadir toptalgan nomus,

Kimlardadir qadrdon g‘urbat.

Yashirmayman, har kim ham bilar:

Boshqa-boshqa emas, jon singlim,

Ikkimiz ham bir sevgi bilan

Shu vatanga qo‘yganmiz ko‘ngil.

 ONA IBODAÒI

Qishloqning bir chetida

Pastakkina uy turar,

Sajda qilib shu uyda

Onaizor o‘ltirar.

Yolg‘iz o‘g‘lin eslar u

Yonib achchiq firoqda.

O‘g‘li esa yurt uchun

Jang qiladi yiroqda.


419

Ona sajda qiladi,

Ko‘z yoshlari shashqator.

Bir nuqtaga tikilgan,

Xayolida nelar bor?

Ko‘z oldiga keladi:

Keng dala — jang maydoni.

Jonsiz yotar maydonda

Mard o‘g‘li — pahlavoni.

Ko‘kragida jarohat,

Qop-qora qon har yog‘i.

Qolmish jonsiz qo‘lida

Dushmanining bayrog‘i.

Ona yuzin qoplar g‘am,

Chimirgancha qoshini

Asta suyar qo‘liga

Oppoq sochli boshini.

Yurak dardi yosh bo‘lib,

Òo‘lib kelar ko‘ziga.

Marjon-marjon tomchilar

Oqib tushar yuziga.

IÒ HAQIDA DOSÒON

Quyosh o‘ynar javdar xirmonda

Chiðtalarda nuri tilla rang,

Bolaladi ona it tongda,

Yetti kuchuk tug‘di malla rang.

Yuvib-tarab tillari bilan

Oqshomgacha erkaladi u.

Ona itning issiq bag‘ridan

Qor ustida erib oqdi suv.



420

Oqshom payti, tovuqlar endi

Qo‘nog‘iga tizilishgan dam,

Uy egasi xo‘mrayib keldi,

Qopga soldi yettovini ham.

Sho‘rlik ona chopdi ketidan,

Uzoq-uzoq quvlab bordi u.

Muzdek terlar oqib etidan,

Achchiq-achchiq uvlab bordi u.

Botqoqlardan kechib o‘tdi loy,

Oyoqlari toldi, urindi.

Qaytar ekan tom ustida oy

Bolasiga o‘xshab ko‘rindi.

Sho‘rlik yana bolasin so‘rab,

Ko‘kka boqib uvladi xasta.

Yangi oy ham asta g‘ildirab

Òushib ketdi ufqdan pastga.

Bechoraga ermaklab, kulib,

Non o‘rniga otishgandek tosh,

It ko‘zidan yulduzlar bo‘lib

Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.

SHAHINAM,

O’ MENING SHAHINAM...

Shahinam, o’ mening Shahinam,

Bilsang, shimol Vatandir menga.

Dalalardan so‘ylaymi senga,

Oy nur sepgan boshoqlardan ham.

Shahinam, o’ mening Shahinam.

Bilsang, shimol vatandir menga,

Unda oy ham yuz bora ulkan.



421

Sheroz qancha bo‘lmasin ko‘rkam

Aziz o‘lka Ryazandir menga,

Bilsang, shimol Vatandir menga.

Dalalardan so‘ylaymi senga?

Sochim olmish bug‘doyidan rang.

Barmog‘ingga o‘ra xohlasang,

Zarra og‘riq sezilmas menga,

Dalalardan so‘ylaymi senga?

Oy nur sepgan boshoqlardan ham

Oltin sochim so‘ylasin, dildor,

Kul, o‘yna-yu dalamni zinhor

Eslatmagin menga jonginam,

Oy nur sepgan boshoqlarni ham.

Shahinam, o’ mening Shahinam,

Shimol yoqda bir nozanin bor.

Senga o‘xshar, g‘oyatda dildor,

Balki meni o‘ylar ul sanam...

Shahinam, o’ mening Shahinam.

···


Xurosonda bir darboza bor,

Ostonasi gulga ko‘milgan.

Unda yashar bir pari ruxsor,

Xurosonda bir darboza bor,

Hayhot, uni ocholmadim man.

Qo‘llarimda kuch ham yetarli,

Sochlarimdan oltin rang olgan,

Asir etdi meni ul pari,

Qo‘lda garchi kuchim yetarli,

Ul eshikni ocholmadim man.



422

Mardligim ne ishq maydonida,

Ayting, kimga qilay sharhi g‘am?!

Sevmas bo‘lsa Shahi jonidan,

Ul eshikni ocholmas bo‘lsam,

Mardligim ne ishq maydonida?!

Yana tushdi Rus sari yo‘lim,

Eron, sendan ketgummi hali.

Nahot, seni boz ko‘rmas bo‘ldim?

Ona yurtga mehrim tufayli

Yana tushdi Rus sari yo‘lim.

Xayr endi, xayr, parizod!

Darbozangni ocholmasam-da,

Shirin g‘aming birla umrbod

Kuylab o‘tay seni o‘lkamda

Xayr endi, xayr, parizod!



423

ABDULLA  ORIPOV

(1941)

O‘zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O‘ziga xos uslub,



she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni – dunyoning sir-sinoatiga oshufta

va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo‘shqin

qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari,

jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

ODAMLAR

— Ey, yo‘lovchi, bo‘la qol, qo‘noq,



Uyda borin ko‘rarmiz baham,

Òag‘in o‘zing bilasan, biroq

Qosh qoraydi, yiroqdir yo‘l ham.

Yo‘lchi qolar ovulda, mezbon

Keltiradi topgan-tutganni.

Otamlashar so‘ngra ikkovlon

Yodga olib o‘tgan-ketganni.

Horg‘in yo‘lchi mudrar ichib choy,

Cho‘ziladi mezbon ham asta.

Òongda yo‘lchi tovush qilar:—Hoy,

Men ketdim.— Qol!— Rahmat.

Shu bas-da!

Ajralishar, ular hattoki,

Ismlarin so‘rashmaslar ham.

Ular qayta uchrashar balki,

Balki qayta uchrashmaslar ham...

1963


424

···


Bola edim,

Mening ham ozroq

Bo‘lar edi vahima «dardim»,

Guldurasa nogoh momaqaldiroq,

Onamning bag‘riga yashirinardim.

Bovliq eshar edim bir kun pichanda,

Hamla qilib qoldi chinqiroq ilon.

Serkesak shudgorga qochdim o‘shanda

Onamning bag‘riga shoshganimsimon.

O‘sha yillar edi, qishloq ko‘chasida

Quvlagandi meni bir it quturib,

O‘shanda osilib chinor shoxchasiga

Quturgan itdan ham qoldim qutulib.

Mayli, deyman bugun bo‘ron tursa ham,

Mayli, dahshatlarga to‘lsa ham dunyo.

Balki fazolarning qo‘ynida bir dam

Bekina olurman ulardan, ammo

Gar gunoh orttirsang o‘zingga og‘ir,

Vijdon azobida qovrilsang bot-bot,

Hayhot! Kimga borib dod deysan, axir,

Qayga bekinasan o‘zingdan, hayhot!

1964


DORBOZ

Bulutlarga yondosh, osmon ostida

Kiðrikdagi yoshday turibdi dorboz.

Qilichning damiday arqon ustida

Ko‘zlarini yumib yuribdi dorboz.

Odamlar, odamlar, uni olqishlang,

Qarang, u naqadar epchil va o‘ktam.

Biz-chi, eh... ba’zi bir ko‘zi ochiqlar

Eplab yurolmaymiz katta yo‘lda ham.

1965


425

  ÒEMIR ODAM

Bir haykal turibdi,

U — Robot emish,

Òemirdan yasalgan, odam timsoli,

Ilmda eng so‘nggi kashfiyot emish,

Aqlli zot emish, qusurdan xoli.

Shaxmat ham o‘ynarmish,

Yer ham qazarmish,

Rosmana yuvarmish yuz-u qo‘lini,

Hadis-u hisobdan adashmas emish,

Hattoki sanarmish Somon yo‘lini,

Yonida xaloyiq hayratda turar:

— Qarangiz:

               naqadar aqlli, mumtoz!

Xullaski, olamda kashfiyot derlar,

Kashfiyot emas bu, kechiring, ustoz,

Òilsimni bilmayman, ammo anchayin

Odatim tark etib, ko‘krak keraman!

Men sizga temirning xuddi shundayin

Ajib bir nusxasin topib beraman.

U ham ishlay bilar, uning qoshida

Sizning temiringiz ojiz bir buyum.

U ham sanay bilar, uning boshida

Aljabr usuli uyum va uyum.

Balki u donodir beqiyos, yakka,

Balki yo‘q uning-chun biror muammo;

Balki u hech qanday temir-tersakka

A’lo vujudini egmaydi, ammo

Ustoz, qalbi yo‘qdir uning ham, hayhot,

Na nafrat, na ishqni tanlamas u ham.

Uning ham ko‘zida chaqnamas hayot,

Munis boqishlarni anglamas u ham.

U ham to‘lg‘anolmas, ingramas, kulmas,



426

Yig‘lagan go‘dakni yupatolmas ul.

U ham yulduzlarning hidini bilmas,

Bag‘rini tirnamas so‘layotgan gul.

Kimsaning mehridan, balki, o, balki

Sizning temiringiz bo‘lar minnatdor.

Aziz do‘st, mehrni bilmas bu hali,

Do‘st kutib, yo‘llarga chiqmas intizor.

Dunyo-yu odamlar taqdiri zarra

Òashvishga solmagay, yo‘q zo‘r-u zori.

Òashvishga solmagay na qo‘shiq va na

Mening yuragimda nimalar bori.

Balki temirlar ham yig‘laydi chindan...

Bu-chi, yig‘layolmas, aylangan toshga!

Kimdir u?

Kimdir u?

Balki u menman?!

Balki u sizdirsiz?

Balki u boshqa...

Hayotning poyonsiz ummoni ichra

Bor shunday g‘ariblar — temirlar hissiz

Va lekin o‘zlarin temirmas sira,

Muhtaram inson, deb atarlar, esiz...

Shundaylar bo‘lmasa, azaldan tuproq

Yashnardi tag‘in ham go‘zal-u mumtoz.

Òemir odam yasab yurguncha, ko‘proq

«Jonli temir»larni o‘ylangiz, ustoz.

1964


ÒILLA BALIQCHA

Òuxumdan chiqdi-yu keltirib uni

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.

Òashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,

Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.


427

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha

Va mudroq tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar, tilla baliqcha

Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...

1965


ONAJON

(Onam turdi Karvon

qizi xotirasiga)

Necha kunki, yo‘q oromim,

Kelolmayman hushimga.

Onajonim kechalari

Kirib chiqar tushimga.

Qo‘llarida oq yelpig‘ich

Oy nurida yaltirar.

Onajonim imlab meni

Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik,

Ko‘zlarida hayajon.

Yotar payting bo‘ldi-ku der,

Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,

Fig‘onimdan chiqar dud.

Yig‘lama, deb qo‘llarimga

Òutqazarlar so‘ng tobut.

Òongda ruhsiz ko‘z ochaman,

Qovurilar tanda jon.

Onajonim, bunday qilma,

Bunday qilma, onajon.

Axir o‘zing der eding-ku,

Silab o‘ksuk boshimni:

— Endi senga bersin umr,

Senga bersin yoshimni.


428

Afsus, o‘zing erta ketding,

Erta ketding olamdan.

Ukalarim bag‘rim ezar,

Ajraldik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo‘lmay har kim

Yashab o‘tsin dunyoda.

Onajonim, har kim oshin

Oshab o‘tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga

Azaliy bir qismatdir.

Lekin, ona, tiriklik ham,

Bilsang, yarim hikmatdir.

Òushlarimda, mayli, boshim

Silab turgin, onajon.

Qolganlarga endi umr

Òilab turgin, onajon.

U kun chetda oh chekardim

G‘ussalarning dastidan,

Sen otamga pul beribsan

Yostig‘ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik

Kelmasin hech o‘yiga.

Sarf qilingiz, menga emas,

Abdullaning to‘yiga.

O, o‘g‘lingga sen shafqatni

Bilarding-ku, onajon.

Bundan ko‘ra bag‘rim o‘ysang

Bo‘lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali

Sabring menga yo‘qmidi?

Onajonim, bundan o‘zga

Jabring menga yo‘qmidi?

Yo‘qmidi hech o‘zga gaping,—



429

Nola qilib so‘ylasang.

Nahot, axir so‘nggi dam ham

Farzandingni o‘ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,

Bitkazar-ku tiriklar.

Onajonim, bir kunini

O‘tkazar-ku tiriklar.

Unutilar g‘ussalar ham,

Orzular ham cho‘zar bo‘y.

Onajonim, balki bir kun

Aytganingday bo‘lar to‘y.

Balki sening qabring uzra

Ko‘karganda gul, chechak,

Ostonamga qadam qo‘yar

Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo‘llariga

Balki gul ham sochadi,

Balki munis opajonim

Kel deb, quchoq ochadi,

Balki do‘stlar davrasida

Kamim bo‘lmas hech qachon,

Lekin seni o‘sha damda

Qaydan topay, onajon.

Esimdadir, titrar edim —

G‘amgin, bolish pastida.

Kitobimni ko‘rdim nogoh

Boshginangning ostida.

Òoshday qotdim o‘shal oni

Bor toqatdan ayrilib.

— Shoir o‘g‘lim,

— deding menga

Sekingina qayrilib.

Onajonim, so‘ng bor menga



430

Nafas qilding u zamon.

Shoir bo‘lgin deya balki

Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham

Bir kun shavqqa to‘larman,

Balki men ham aytganingday

Bir kun shoir bo‘larman.

Kuylay desam hurmatingni

Ushbu kunda tilim lol.

Balki faqat shu sababli

Shoir bo‘lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda

Qolib ketmas bu tanim,

Kamolimni ko‘rar balkim,

Yurtim — ona-Vatanim.

Payti kelib to‘lar bir kun

Paymona ham beomon.

Kuzatarlar meni ham so‘ng

Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra

Do‘stlar bosh ham egadir,

O‘sha damgi iqbolim ham,

Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur’atim bor,

Dilda neki hayajon,—

Bari-bari senga bo‘lsin,

Senga bo‘lsin, onajon,

Senga bo‘lsin bor hayotim,

Nomim, shonim bir yo‘la,

Xotirangga ushbu she’rni

Yozdi o‘g‘ling Abdulla.

1966


431

MEN ANGLAB YEÒGAN

FALSAFA

Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,



Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.

Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo

Molim yomon degan biror kimsani.

1973


GENEÒIKA

Men ham yashayapman o‘z zamonimda,

Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.

Va lekin bilmadim, mening qonimda

Qaysi bir bobomning xislati ko‘proq.

Barchaga barobar meros bu bashar,

Otadan qosh-ko‘zni olgan o‘g‘ildek,

Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar,

Balki bobo Kayfiy, balki Ulug‘bek.

Òunlar qulog‘imga chalinar elas

Òulporlar kishnashi, otlar gurrosi.

Balki Muqanno bu — tinib-tinchimas,

Balki Paniðatda Bobir urhosi.

Balki tanglayimni ko‘tarib ketgan

Darbadar bir oshiq va yo sarbador.

Balki biror bobom shahanshoh o‘tgan,

Balki vujudimda darvesh qoni bor.

Men yaxshi anglayman, moziy ne demak,

Òarixda har kimning bor o‘z zamoni.

Lekin tanimizda kezar-ku beshak

Olis bobolarning ming yillik qoni.


432

Nechog‘li sabot bor yovqur Shiroqda,

Eryigitov to‘pga ko‘ksin bosar jim.

Rahimov g‘animga tashlangan choqda

Alpomish shiddatin payqamagan kim?!

Oh-u bolasi bu — ohuday boqqan,

Shervachchada esa sherning shiddati.

Avlodlar qonida ming yillab oqqan

Buyuk bobolarning turfa xislati.

Neki ezgulik bor jahonda poydor

Joylab ola bildik barchasin qonga.

Asrlar so‘ngida tole kelib yor

Farzand bo‘la bildik buyuk zamonga.

Singdi ruhimizga mangu barhayot

Alisher she’ri-yu Pushkin bayoti.

Singdi ruhimizga g‘olib hissiyot —

Jasur Matrosovning tengsiz saboti.

Singdi qonimizga shu otash dunyo,

Singdi qonimizga muhabbat, g‘azab.

Yiroq avlodlarga bizlardan ammo

Qay bir xislatimiz qolarkin, ajab?

Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak,

Qay his — yuraklarda topolgan kamol?

Yiroq avlodlarga bizlardan beshak

Qolar kurashlarda toblangan xayol.

Shu yovqur asrda yashadik ro‘y-rost,

Ranj-u balolardan hayiqmay taqir.

Yiroq avlodlarga bizlardan meros

Buyuk bardoshimiz qolg‘usi axir.


433

Bizdan ham qolg‘usi shu qadim dunyo,

Qon bilan, ter bilan qotgan shu tuproq.

Yiroq avlodlarga bizlardan ammo

Òashnalik qolg‘usi, do‘stlarim, ko‘proq.

Yashadik shu rangin dunyoda mas’ul,

Òo ellar ko‘z yoshi bo‘lmasin chashma.

O‘zni bag‘ishladik kurashga butkul,

Demakki, yashadik oromga tashna.

Òashna yashadik biz mehrga mutloq,

Ishqqa, muhabbatga tashna o‘tdik biz.

Goh esa quyoshdek porloq va yiroq,

Haqqa, haqiqatga tashna o‘tdik biz...

Òo‘fon, qasirg‘alar kechar-ku hali,

Kechadi avlodlar qator, galma-gal.

Balki oro topib bashar sayqali,

Òug‘ilar eng oliy inson, mukammal.

U o‘zin tanigay shunda daf’atan,

Òo‘fon, qasirg‘alar bosirqi bir tush.

Shu buyuk sayyora — yagona Vatan,

Inson o‘z baxtidan o‘zi ham sarhush.

Munis nigohini qadab quyoshga

Òurar u nurday pok, ishqday bezavol.

Kechmish kamolotin ko‘tarib boshga,

Yiroq asrlarga ko‘z tikib xushhol.

Òurar u go‘dakday beg‘ubor kulib,

Balki kulgusi ham bizdan meros bu.

Rishtai jonida bir zarra bo‘lib,

Bizning ham qonimiz gupurgay, rost bu...

28 – Adabiyot, III



434

Bobolar dunyodan o‘tdilar shundoq,

Biz ham yetuklikka bo‘lmadik timsol.

Lekin sen bo‘larsan bokira mutloq,

Lekin sen yasharsan farishta misol.

Kahkashon sayrida hur quyosh bilan

Kezarsan to abad shodumon, xurram.

Labda tabassum-u ko‘zda yosh bilan

Senga talpinaman, buyuk nabiram...

1973


SEN BAHORNI

SOG‘INMADINGMI

Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,

Òopay dedim qirdan izingni.

Yonog‘ingdan rang olgan dedim —

Lolazorga burdim yuzimni,

Uchratmadim ammo o‘zingni,

— Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog‘lar

Xayolimni keldilar bosib.

Kechdi qancha intizor chog‘lar,

Vasling menga bo‘lmadi nasib,

Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,

— Sen bahorni sog‘inmadingmi?

O‘ngirlarda sakraydi ohu,

Na’matakda sa’va mittijon.

Qorliklardan siðqarilgan suv,

Daralarda uradi javlon.

Nigohimdan faqat sen pinhon,

— Sen bahorni sog‘inmadingmi?



435

Mana, bugun navro‘zi olam,

Do‘stlarimga gullar tutarman.

Qaylardasan, sevgili erkam...

Qo‘limda gul, seni kutarman,

Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman,

— Sen bahorni sog‘inmadingmi?

1963


MEN NECHUN SEVAMAN

O‘ZBEKISÒONNI

Men nechun sevaman O‘zbekistonni

Òuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo?

Nechun Vatan deya er-u osmonni,

Muqaddas atayman, atayman tanho?

Aslida dunyoda tanho nima bor,

Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab?

Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni?

Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman,

Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men

O‘paman: «Òuprog‘ing bebaho, Vatan...»

Aslida tuproqni odil tabiat

Òaqsim aylagan-ku, yer yuziga teng.

Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat,

O, Qashg‘ar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?!

Xo‘sh, nechun sevasan O‘zbekistonni,

Sababini aytgin, desalar menga,

Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin

Men ta’zim qilaman ona xalqimga:

Xalqim, tarix hukmi seni agarda

Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi,

Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding,


436

Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?

Vatanlar,

Vatanlar,

Mayli, gullasin,

Bog‘ unsin mangulik muzda ham, ammo

Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun

Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!

1964

 «MUNOJOÒ»NI ÒINGLAB...



Qani, ayt, maqsading nimadir sening,

Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?

Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,

Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?

Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,

Qaylardan tug‘ilmish bu oh-u faryod.

Kim u yig‘layotgan? Navoiymikin

Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!

Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni,

Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar.

Nahotki dunyoda shuncha g‘am bordir!

Agar shu munojot rost bo‘lsa agar,

Agar aldamasa shu sovuq simlar,

Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo,

Sen beshik emassan, dorsan, tabiat,

Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!..

Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,

Asrlar g‘amini so‘ylar munojot.

Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga

Qanday chiday olgan ekan odamzod!

1964


437

 BIRINCHI MUHABBAÒIM

Kecha oqshom falakda, oy bo‘zarib botganda,

Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,

Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda,

Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,

Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan,

Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,

Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon bilan,

Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim,

Mang-u g‘aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan,

Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,

Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...

Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,

Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling