Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
soldi. Boshda uni bu yurishga davat etgan amirlar esa zafariyatsiz urushdan keyin undan yuz ogirib, zimdan choh qazish payiga tushdilar. Lekin ne chora? Otasi Shohruh Mirzo vafotidan song - pokiza ruhi ravzai rizvonda masrur bolgay! Volidai mehriboni
366 Gavharshod begimning kirdikorlari tufayli Hirot saroyida nizo- nifoq avj olib, beqiyos saltanat xavf ostida qoldi! Mirzo Ulugbek kozini yumib, boshini sekin chayqadi. U volidai mehriboniga nisbatan konglida iliq bir tuygu uygotishga harakat qildi. Lekin koz oldiga uzun boyli, kok iðakdan keng koylak kiyib, boshiga kok romol oragan, qolidan tasbehi tushmaydigan kalondimog bir xotin keldi. U qosh-kozlari qop- qora, qiygir burun, xushsurat xotin bolsa ham, farishtasi yoq, chehrasi sovuq ayol edi. Bobosi Amir Òemur Koragoniy shahodat sharobini ichgandan beri Gavharshod begim bu kiyimni, kok iðak koylagi bilan kok romolini tashlamas, goyo sohibqiron uchun to olguncha motam tutgan, shu bilan bu dunyo ishlaridan qol yuvib, u dunyo gamiga otgan edi. Hayhot! Amir Òemur Ollo rahmatiga yol tutib, Xuroson taxtiga Shohruh Mirzo otiribdi hamki, Gavharshod begim toj-u taxtni oz qoliga oldi. Saroyni johil gumrohlar ila Xoqoni Saidni korolmaydigan badxohlarga toldirib yubordi. Hirot fisqi fujur uyasiga aylandi. Shohruh Mirzoni chalgitib, sayidlarni qatl qildirgan, shahzodalar orasiga nizo tushirgan, suyukli nabirasi Alouddavla bilan Abdullatifni bir- biriga qayrab solib qatlu qirgin chiqargan ham, evoh, shu volidai mehriboni Gavharshod begim boldi!.. Bu fitna-yu xunxorliklardan ish chiqmagach, oz ogli Mirzo Ulugbekka «shohi sharir» degan nom taqib, shahzoda Abdullatifni qayrab soldi. Shahzoda esa... Naqshbandiylar jamoasining rahnamosi janob Nizomiddin Xomush yanglig din peshvolarining domiga ilinib qoldi. O, xurofot botqogiga botib qolgan bu johil ulamolar! Ilgari, Mirzo Ulugbek taxtda muqim otirgan mahalda ular tishlarini tishlariga qoyib bolsa ham chidab yurishgan edi. Lekin Mirzo Ulugbek Xuroson yurishidan maglub qaytdi hamki, darhol bosh kotarib chiqishdi. Mirzo Ulugbek inongan lashkarboshilar esa... Yuksak rutba, shon-shavkat va zeb-ziynatga och bu amir-u umaro esa... faqat taxt sohibi kuchda turgan mahaldayoq qol qovushtirib turadi. Saltanat sal tebransa, darhol Shohi sharirbuzuq shoh ogiradi. Kimningki qilichi otkirular shunga xizmat qiladi!
367 Ha, Xuroson yurishidan kop boylik, yuksak rutba va shon- shavkat kutgan sarkardalarning hamma umidlari puchga chiqdi. Ne chora, bu ogir yurish zafar keltirmadi. Keyinchalik, Mirzo Ulugbek oz ogli Abdullatifga qarshi koshin tortib, Jayhun boylariga otlanganida esa Samarqandda qolgan shahzoda Abdulaziz kop nomaqbul ishlar qilib, bir qancha nufuzli amirlarni unga qarshi qoydi, urushdan charchagan fuqaro ham undan sovidi. Oqibat, mana, qirq yillik mehnati xavf ostida turibdi!.. Mirzo Ulugbek bu oylardan boshi govlab, peshanasini ishqaladi, yana bir piyola sharob ichdi, lekin uni oz qariga tortgan tugyonli oylar girdobidan chiqolmadi. U shogirdi Ali Qushchining ming chandon haq ekanini dil- dilidan his etar, ayni zamonda uning boyagi gaplari qayta-qayta esiga tushib, yuragini ortar edi. Axir nahot uning shuncha xizmatlari, ilmi marifat yolida chekkan zahmatlari, sarf etgan boyliklari, fuqaro uchun qurdirgan hammom-u qazdirgan ariqlari, nahot buning hammasi inobatga otmasa? Nahot bolgusi nasllar uni boshqa shoh va boshqa fotihlardan farq etmasa? Ali Qushchi oylaydiki, Mirzo Ulugbek saltanat talashmasdan toj-u taxtni shahzodalarga berib, ilmu idrok yoliga otsa bas, shahzodalar uni oz holiga qoyadilar, suyukli ishing bilan shugullan deb, rasadxona va madrasalarning darvozalarini ochib beradilar. Hayhot! Agarchi foniy olam yumushlari Ali Qushchi oylaganday oson bolganida Mirzo Ulugbek bu bevafo hokimiyatni allaqachonlar tark etib, ozini suyukli ishiga bagishlamas erdimi? Boshidagi toj, tagidagi taxt ilmi funun uchun darkor ekanini tushun- maganida, bu sovuq koshonani, gunohi azimga botib qolgan bu haram, shon-shuhrat va mansab ishqida hech bir razolatdan toymagan bu amirlar, sarkor-u saroybonlar, xurofot va taassub botqogiga botgan din peshvolaridan yuz ogirib, suyukli talabalari orasiga, marifat dargohiga ketmas erdimi? Lekin ne chora? Bu manhus toj-u taxt, bu saltanat, insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim inonadi? Kim uning samimiyligiga, oz ixtiyori bilan saltanatdan qol
368 yuvganiga inonib, tinch qoyadi? Agar unga inonsalar, inonib ilm-u idrok bilan bamaylixotir shugullanishga qoyib bersalar, u hozir ham vafosiz hokimiyat, bu toj-u taxtdan bajon-u dil voz kechar erdi... MUZQAYMOQ Hikoya Osha oilamiz boshiga ogir kulfat tushgan kuni, men, on yashar bola, nimadandir konglim gash, uyimiz roparasidagi paxsa devorga chiqib, ozimcha goyo otga minib otirardim. U mahalda biz Òurkiston shahrining eng solim joylaridan biri Lager kochasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, osha zamon imkoniyatiga kora tuzukkina uyda istiqomat qilardik. Bu uyning kattagina hovlisi ham bor edi. Ikki qavatli ulkan darvoza orqali kiradigan bu hovlida bizdan tashqari yana bir nechta xonadon yashardi. Darvozaning ustida quruq pichan saqlanadigan boloxona bolar, biz, bolalar oqshom paytlari berkinmachoq oynaganda boloxonaga chiqib pichan tagida «jon saqlardik». Oilamiz boshiga musibat tushgan osha mashum kundan bir necha oy muqaddam dadam uyimizdagi deyarli barcha kitoblarni uch-tort qopga solib, beda tagiga yashirgan-u, boloxona eshigiga otning kallasidek qulf osib qoygandilar. Endilikda boloxonaga hech kim kirolmas, faqat men goho- goho tuynukdan tushib, qoplardagi kitoblarni, ayniqsa, sersurat, qalin kitoblarni tuynuk shulasiga solib, tomosha qilib otirishni yoqtirardim. Bu suratlar ham juda galati, ularning aksari charm palto kiyib, bellariga qilich va topponcha taqib olgan harbiy, bazilari esa ot oynatgan, qizil alvon kotarib dushman sari ot surib ketayotgan mard-u maydonlar bolsa ham, negadir barchasining kozlari oyib olingan yoki yuzlariga kok siyoh tortilgan edi. Nega shunday? Men bu sir-asrorning tagiga yetolmay qiynalardim, dadamlardan sorashga esa yuragim dov bermas, sababi, dadamlar
369 qahri qattiq odam edi, «bu kitoblarni senga kim korsatdi» deb dashnom berishlari mumkin edi. Osha qora kun ham, nimadandir konglim notinch, kitob titish esimga tushib tomga chiqdim. Ammo tanish tuynukka yaqinlashganimda kochaning boshida qosh ot qoshilgan chiroyli foytunga kozim tushdi. Sal otmay, foytun darvozamiz roparasiga kelib toxtadi. Undan osha paytlarda barcha kattalar uchun rasm bolgan yashil rang galife shim va gimnastyorka kiygan orta yashar ikki kishi bilan qizil koylakli, kozlari qiygoch bir ayol tushdi. Erkaklardan biri tomda meni korib qolib: Egamberdi Jaqiðovning uyi shulma? deb soradi. Shu, dedim men. Shu payt hovlidan chiqqan oyimlar- ning:
Kelinglar, mehmonlar, xush kelibsizlar, degan ovozi eshitildi. Men boloxona ustunidan sirpanib, yerga sakrab tushdim. Mehmonlar ichkariga kirishgan, oyimlar allaqanday hayajonda edilar.
Dadangning mahkamasiga chop! dedilar oyimlar negadir shivirlab. Ayt: SAKUda birga oqishgan ogaynilaringiz kelishdi, de! Kutib otirishibdi, tezroq kelar ekansiz, de! Ha aytmoqchi, biryola maktabga borib, opang bilan pochchangga ham ayt, tezroq kelishsin. Dasturxon-pasturxonga qarashib yuborishsin! Men negadir, aftidan «mehmon» sozidan konglim yorishib, ikki oyogimni qolimga olib chopa ketdim. Garchi pochcham bilan katta opamlar oqituvchilik qiladigan maktab dadamlar ishlaydigan mahkamadan xiyla narida bolsa-da, avval osha tomonga otib, oyimlarning gapini opamlarga aytdim, song, hamon ikki oyogim qolimda, yalangoyoq, yalangbosh, kocha changitib dadamlarning mahkamasiga qarab chopdim. Dadamlar bir mahallar Qozogiston Xalq komissarlari kengashi qoshida tuzilgan mayda millatlar (asosan ozbeklar) xalq komissari lavozimida ishlagan. SAKUni tugatganlaridan keyin esa hozirgi Chimkent viloyatining Sayram rayonida birinchi kotib, keyinroq esa Qozogiston temir yoli Siyosiy boshqarmasi boshligining 24 Adabiyot, III 370 birinchi orinbosari vazifalarida xizmat qilganlar. Lekin keyingi yillar «Otang sofi bolgan, sen buni yashirgansan», degan aybnoma bilan pastga surila-surila, yumalay-yumalay oxir- pirovardida Òurkiston tumani moliya bolimiga mudir etib tayinlangan edilar. Rahmatli buvamlar Yoqub (jonlari jannatda bolgay!) haqiqa- tan Qarnoq qishlogining eng katta masjidida to inqilobgacha sofilik qilgandilar. Odamlarning aytishicha, u kishining ovozlari shu darajada zor bolgan emishki, har subhidam masjid mezanasiga chiqib azon aytganlarida nafaqat on ming kishilik Qarnoq ahli, balki ottiz chaqirim naridagi Òurkiston namozxonlari ham eshitgan emishlar. Shu boisdan Qarnoq ahli buvamlarning ismlariga shayx sozini qoshib, Yoqub shayx deb ataganlar... Lekin on oltinchi yilgi qattiq qurgoqchilikda bobomiz Yoqub shayx ogir ahvolga tushganlar. Shu bois otamiz oilasini boqa olmay, bir-ikki qoy, bir-ikki qop galla evaziga bir boyning ogli orniga mardikorlikka ketganlar-u, uyoqdan bolshevoy bolib qaytganlar. Shu-shu, ota- bola biri shayx, biri bolshevoy, qið-qizil sinfiy dushmanga aylanganlar. Dadamlarning mahkamasi ulkan savdogar qurgan va endilikda partiya qomitasi joylashgan korkam binoning shundoq biqiniga joylashgan edi. Men borganimda dadamlar ham idoradan chiqqan ekanlar. Meni uzoqdan korib darvoza oldida toxtadilar. Dadamlar toladan kelgan, novcha, qirraburun, osha davrda rasm bolgan tomtoq moylovli, xushqad, salobatli kishi edilar. Egnidagi libosi hozir xotiramda yoq, agar yanglishmasam osha mahalda Stalinga taqlidan kiyiladigan kokrak chontakli yashil kostyum va galife shim kiygan, oyoqlarida ham osha zamonlarda rasm bolgan garch-gurch xrom etik. Rahmatlik dadamlar, uyqusizlikdanmi, boshqami kozlari qizargan, allaqanday horgin korindilar menga. U kishi hansiray- hansiray aytgan gaplarimni eshitdilar-u, chehralari sal yorishib: Yur, bolam! dedilar boshimni silab. Senga bitta muzqaymoq oberay!
371 Boya aytganimdek, dadamlar diydasi qattiqroq, oktam, kamgap odam edilar. Osha kungacha men u kishining biror marta boshimni silaganlarini bilmasdim. Aksincha, hanuz esimdan chiqmaydi: dadamlar ur kaltak, sur kaltak tagidan chiqolmay, ishdan haydala-haydala oxir pirovardida qishloqqa qaytib, uyda kokragini zaxga berib yotgan paytlar. Bir kun oyimlar qolimga pul va ikki-uch litrli grafin (dadamlar katta lavozimlarda ishlagan mahalda orttirgan nodir matoh) tutqazib: Dokonga kirib qimiz olib chiq, dadang aytdilar! dedilar.
Dokonga kirsam qimiz tugagan ekan. Men parvoyifalak, qolimdagi grafinni oynatib uyga qaytdim. Yolim yogoch va temir qoziqlar qoqilgan mol bozoridan otardi. Òosatdan nimadir «shaq» etdi. Qarasam, qolimdagi grafin temir qoziqlardan biriga tegib, tangaday joyi opirilib tushibdi. Yuragim orqamga tortib ketdi. Uyga qaytishga jurat qilolmay anchagacha bogimiz poyidagi soy boyida aylanib yurdim. Nihoyat, yuragimni hovuchlab uyga kirib bordim. Oyimlar meni korib: Qayoqlarda daydib yuribsan, bevosh? Dadang shorlik kutaverib diqqinafas bop ketdilar-ku! deb koyidilar song grafindagi teshikka kozlari tushib, qolimdan ushlagancha ichkariga sudradilar. Dadamlar ulkan, chorxari uyimizning torida kitob varaqlab, yonboshlab yotardilar... Dokonda qimiz yoq ekan, bu ham yetmagandek, oglingiz grafinni sindirib qoyibdi... Oyimlar shunday deb grafinni dadamlarning oldidagi xontaxtaga qoydilar. Keyinchalik oyimlar bu ishlaridan pushaymon bolib kop gapirganlar: «Nega shunday qilganimni ozim ham bilmayman, bolam, dadanglarning nochor ahvoli hammamizni ezib qoygan edi», deguvchi edilar, rahmatlik. Dadamlar shitob bilan qadlarini rostladilar-u xontaxtadagi grafinni olib, menga qarab otdilar. Zarb bilan otilgan grafin
372 shundoq qulogim tagidan otib (chamasi, jonholatda boshimni olib qochgan bolsam kerak!) devorga tegib chil-chil sindi. Men tura qochdim, qocharkanman, oyimlarning: Qimiz ham olsin! Qimiz deb bolamni oldirmoqchimisiz, adasi? degan achchiq faryodini eshitdim. Oyimlarning aytishicha, keyinchalik dadamlar ham bu qilmishidan pushaymon bolganlar. Kim bilsin, ehtimol boshiga ogir musibat tushishini sezib yurgani uchundir, ehtimol bir mahal dilimga ozor bergani esiga tushib, uni konglimdan chiqarmoqchi bolgandir, har qalay, umrimda birinchi bor boshimni silab, muzqaymoq oberishga ahd qildilar. Kochaning narigi yuzida shahar bogi bolar, bog oldidagi maydonchada har xil suv, meva sharbatlari, muzqaymoq sotiladigan mitti-mitti dokonchalar bolardi. Borsak, dokonlar yopilgan ekan. Dadamlar astoydil ranjidilar. Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bolgandim, bu ham nasib qilmadi-yov, bolam! dedilar u kishi allaqanday chuqur okinch bilan. Uyga borganimizda chiroqlar yongan, hovlidagi ochoqqa qozon osilgan, bizdan avval yetib kelgan katta opamlar bilan oyimlar ochoq atrofida kuymalanib yurishar, pochchamlar korinmas edilar. Dadamlar ichkariga kirib ketdilar-u darhol qaytib chiqdilar. Chehralari ochilgan, kayflari chog edi. SAKUda birga oqigan eski qadrdonlarim kelishiðti. Qalay, tuzukroq gosht-poshtlaring bormi, Gulshan? dedilar dadamlar oyimlarga qarab. Bor bisotingni dasturxonga tokasan bugun... Marhum volidamizda jindak shaddodlik bolardi. Siz qozon-ochoq atrofida aylanavermay ichkariga kirib mehmonlaringizga qarayvering! dedilar shartta kesib. Dadamlar oyimlarning bu sal yasama qorsligiga kulimsirab, ichkariga kirib ketdilar. Hovlimizda, shundoq ochoq yonida bir tup gujum osar, gujum tagida chuqur quduq bolar, issiq yoz va iliq kuz kunlari goshtni shu quduqda asrardik.
373 Oyimlar menga quduqdan gosht olib ber, dedilar. Men quduq changirogining dastasini aylantirib, gosht osilgan chan- gakni torta boshladim-u, tosatdan kochadan kirib kelgan ikki harbiyga kozim tushib, negadir yuragim orqamga tortib ketdi. Ular ochoq atrofida kuymalanib yurgan oyimlar bilan opamlarga bir qarab qoydilar-da, etiklari bilan yerni tap-tap bosib ayvonga chiqishdi. Ayvondan uyga kirishdi. Harbiylarni korishlari bilanoq turgan joylarida tosh qotib qolgan oyimlar bilan opamlar birdan dod solishib, uyga qarab yugurishdi. Quduq changirogini beixtiyor qoyib yuborib men ham ketlaridan chopdim. Men osha paytlar mamlakatimizda va hatto shahrimizda nima bolayotganidan bexabar edim, albatta, shu bois oyimlar bilan opamlarning harbiylarni korishlari bilanoq faryod chekib, ichkariga otilishlari sababini anglamadim. Ammo ular mudhish maqsad bilan kelishganini aql bilan bolmasa-da, yurak bilan his etgandim. Keyin bilsam, osha davrda hamma joyda bolganidek, Òurkistonda ham har kuni, har daqiqada koplab odamlar hibsga olingan ekan. Oyimlar va opamlar bundan boxabar bolganlari uchun ham harbiylarni korib dod solishgan ekan. Eshikdan kirishim bilan harbiylardan biri novchadan kelgan, malla sochlarining uchlari qoshlariga nafis egilib tushgan xushsurat oris kapitan polni garch-gurch bosib, eshikka keldi-da, uning ilmogini solib: Òintuv tugaguncha endi hech kim uyga kirmaydiyam, chiqmaydiyam! dedi yurakka gulgula soluvchi bir qatiyat bilan.
Uyda qiy-chuv boshlangan, katta opamlar orta eshikda haykalday qotib qolgan dadamlarning boyniga osilib yiglamoqda, oyimlar ham dadamlarning yelkasiga suyanib, unsiz titramoqda, kichik opamlar bilan ukalarim burchakka tiqilishib, xuddi kalxatlardan qorqqan jojalarday, kozlari ola-kula, bir-birining pinjiga kirib olishgandi. Ikki tavaqali orta eshik ochiq, ichkari xonaning torida SAKUda dadamlar bilan birga oqigan mehmonlar, ranglarida rang yoq, tiðpa-tik serrayib turishardi. Ikkinchi harbiy esa ichkari
374 uydagi katta qizil shkafga terilgan kitob va albomlarni bitta-bitta kozdan otkazmoqda edi. Kitoblarning deyarli hammasi qizil jildli Lenin asarlari edi. Òintuv boshlagan harbiy Lenin asarlariga tegmas, qalin, sersurat albomlarni esa varaqlab korib, bepisand yerga tashlar edi. Hanuz esimda: bu albomlar ham xuddi boloxonadagi kitoblar kabi, allaqanday rahbarlarning suratlariga tola bolib, ularning ham aksari allaqachon qamalgani uchun (buni men keyin bildim, albatta) yuzlariga kok siyoh chaplangan, kozlari oyib olingan, bazi suratlarning kallalari «kesib» tashlangan edi. Bepisand harbiy (agar yanglishmasam, u ham kapitan edi) albomlarni kozdan kechirarkan, dam ulardagi kozlari oyilgan, boshlari «kesilgan» suratlarga, dam dadamlarga qarab: Korinib turibdi, ja goyaviy ekanlar! derdi miyigida kulimsirab. Xushsurat mallosoch kapitan esa tashqi xonadagi qutilar, sandiq va sandiqchalar, shkaflarning tortmalarini ochib, ulardagi buyumlarni titkilar, latta-puttalar orasidan allanimalarni qidirar edi. Navbatdagi shkafga kelganda harbiy urinmasin, uning pastki tortmalarini ocholmadi. Uyda birorta sandiq, yo shkaf yoq ediki, men uni ocholmasam. Kapitanning qiynalayotganini korib, men qolimga mix oldim-u pildirab borib shkafning tortmasini shartga ochib berdim. Kapitan chehrasi yorishib kuldi-da: Malades! dedi boshimni silab. Kelgusida zor odam chiqadi sendan! Kapitanning bu kutilmagan maqtovidan yuragim «jiz» etdi. Keyinchalik, katta bolganimda, men uydagi dod-faryodga qaramasdan otamni qamashga kelgan jallodning maqtovidan bir zumgina bolsa-da, yayrab ketganimni har eslaganimda bir ozimdan ijirganib yurdim. Ammo osha daqiqada, afsus- nadomatlar bolsinkim, uning sozlaridan gururlanib ketganim ham haqiqat, mudhish haqiqat! Shu payt dadamlarning:
375 Suv! degan ovozlari eshitildi. Bir piyola quduq suvi beringlar, yuragim kuyib ketyapti! Uyda suv yoq ekan. Opam yigidan toxtab: Ortoq kapitan! dedilar hiqillab. Ruxsat bering, ukam quduqdan suv olib kirsin! Kapitan shkaf tortmasidan boshini kotarib: Agar dod-voyingni qoysang ruxsat beraman! dedi va kuldi: Shunday chiroyli qiz ham bunaqa yigloqi boladimi? Kapitanning opamlarga qilayotgan soxta xushomadi yoqmadi. Lekin nima ham qilardim? Chelakni olib tashqariga otildim. Hovlidagi chiroq ochgan, ayvondan uzoqroqda, quduq yonidagi gujum panasida kimdir qoqqan qoziqdek qaqqayib turardi. Bu pochchamlar edi. U lom-mim demasdan qolidagi chaqaloqni menga tutqazib, quduqdan yarim chelak suv olib berdi-da, sharpasiz odimlab hovlining qorongi burchagiga qarab ketdi. Keyinchalik marhum oyimlar kop aytguchi edilar: Osha kuni pochchangni xudo ozi asradi! Agar pochchang opang bilan birga kelganida, kim bilsin, uni ham birga opketisharmidi bu toshbagirlar? Oyimlarning bu gapida jon bor edi, chunki tintuv tugab, dadamlarni olib ketayotganlarida harbiylar SAKUchi shorlik mehmonlarga Òurkistondan ketishdan avval NKVDga borib, ruxsat olishlari shart ekanini uqtirishib, qollaridan tilxat olishdi. Men yarim chelak suvni kotarib, ichkariga kirganimda, dadamlar stulda otirib, oyoqlari tagida hamon dod solib yiglayotgan katta opamlar bilan oyimlarni tinchitishga urinardilar. Azaldan qoramagiz odam, dadamlar bir zumdayoq bamisoli olovda qolgan archadek qorayib ketgandilar. Oyimlar tokchadan kosa olib berdilar. Dadamlar bir kosa muzday quduq suvini bitta siðqorib: Qoy, yiglama, qizim, yiglama, Gulshan! dedilar ogir hansirab. Hukumat oldida tariqcha gunohim yoq! Ortoq Stalin tirik ekan, bu tuhmatlardan qutqarib oladi hali!
376 Dadamlar quduq suvini kosalab siðqorar edilar-u shu bitta gapni qayta-qayta takrorlardilar: Hukumat oldida begunohman, Gulshan! Ortoq Stalin barhayot ekan, bizni bularning oyogi ostiga tashlab qoymaydi! Men hozir, shaxsga siginish davrining mudhish kirdikorlari, mudhish inqilob dohiylari, ayniqsa, Stalin hukmronligi davrida yuz bergan shafqatsiz qatl-u qirginlar, million-million begunoh kishilarning boshiga tushgan gurbatlar, ota boladan, bola otadan ayrilib, odamlarning koz yoshi daryo bolib oqqan osha zimiston yillar haqida oylaganimda, dadamlarning Stalin togrisida gaplarini eslab, hayron bolaman. «Nahot otam bu qirginbarotni kormagan- sezmagan bolsalar, nahot Stalin bu jabr-u sitamlardan bexabar edi, degan sodda, bemantiq sozlarga ishongan bolsalar?», degan fikr bot-bot konglimdan otadi. Lekin unday desam... osha davrda hukm surgan inqilob chavandozlari orasida mashum Inqilobning soxta otashin chaqiriqlar, joshqin qoshiqlar, alvonlari, «dohiy»ning alangali Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling