Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50

bo‘lgan edi, tili kalimaga kelmadi.

Qumri uning nima demoqchiligini bildi. Yugurib uyga kirdi-yu

ikkita ohorli to‘n ko‘tarib chiqdi.

— Oyim shu kunga atab saqlab yurgan edilar.

U shunday deb ikkovining yelkasiga to‘n tashladi.

Kampir  ikki  kun  shu  alpozda  yotib,  sal  o‘ziga  kelgandek

bo‘ldi. Òilga kirdi.

Aslini olganda, uning umri tugagan edi. Bu xushxabar uning

tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning o‘chish

oldidan bir lop etishiga o‘xshardi.

— Ukalaringni, singillaringni chaqir! Vasiyat qilib qo‘yay.

Sen qo‘rqma, qizim. O‘lim haq. Bu jon degani Allohning tandagi

omonati. Undan qochib qutulib bo‘lmaydi. Puf etadi-yu, chiqadi-

ketadi.


Kampirning bolalari yetib kelishdi. Qumri onasining orqasiga

yostiq qo‘yib berdi. Qator o‘tirgan bolalariga, nevaralariga qarar

ekan, kampir mamnunlik bilan:

— Xudoga shukr, tobutim oldida boradigan hassakashlarim

ko‘p ekan, — dedi. — Eshitinglar, bolalarim. Abdumalik, endi

bularga sen ota o‘rnida otalik qilasan. Qumri, qizim, endi sen

mening o‘rnimga qolasan. Abdunabini shu hovlida uylantiringlar.

Yilimni  kutib  o‘tirmay  to‘y  qilaveringlar.  Shundoq  qilsalaring,

arvohim shod bo‘ladi. Abdunabi kelin bilan Qumrining oldida

23 – Adabiyot, III



354

qolsin. Shu uy uniki. Onam go‘rida tinch yotsin, desanglar Qumrini

aslo yolg‘izlatib qo‘ymanglar.

Kampirning lablari quruqshadi. Qumri piyoladagi suvga paxta

botirib og‘ziga tomizdi.

— Shoshib turibman, bolalarim. Meni otalaring oldiga olib

ketishga  kelishyapti.  Endi  buyog‘ini  eshitinglar.  Hamma

tadorigimni  ko‘rib  qo‘yganman.  Yilim  o‘tguncha  bo‘ladigan

marosimlarga yetarli pulni Qumriga berib qo‘yganman. Qizim,

qulog‘imdagi ziragimni, mahsi-kovushimni g‘assolga bergin. —

U endigi aytmoqchi bo‘lgan gapidan iymandi shekilli, jilmaydi.

—  Azaga  kelgan  xotinlar  oldida  xunugim  chiqib  yotmayin,

qoshimga o‘sma...

Kampir shu jilmaygancha ichidagi muz erimay osongina jon

berdi.

Hovliga  tumonat  yig‘ildi.  Unga  «Hoji  ona»  deb  janoza



o‘qishdi.  Òobutni  ko‘tarishayotganda  Qorako‘zni  qabristonga

bormasin,  yomon  bo‘ladi,  deb  qo‘shnining  hujrasiga  qamab

ketishdi.

Kampirning qirqi o‘tgandan keyingina hovlidan odam oyog‘i

tovsildi. Egasi ketib fayzi yo‘qolgan hovlida Qumri va Qorako‘z

mung‘ayib qolishdi.

Bir  kun  Qorako‘zning  mijjalarida  yosh  ko‘rib  Qumrining

yuraklari ezilib ketdi. Qorako‘zga qo‘shilib u ham yig‘ladi. Asta

qo‘l yuborib, uning boshlaridan siladi. Oldin bu itni jinidan ham

yomon ko‘rardi. Necha marta kosov bilan urgan. Oyog‘i ostida

o‘ralashganda  tepib  yuborgan.  Qorako‘z  ham  uni  unchalik

suymasdi.

Ana  endi  ikki  munglig‘  bir-biriga  qarab  yum-yum  yosh

to‘kishyapti.

Qorako‘z endi kechalari daydib ketmay qo‘ydi. Har kuni hali

tong  yorishmay  turib  (kampir  bomdodga  turganda)  uyg‘onib

ketardi.

Kampirning bolalaridan ikkitasi Òoshkentda, bittasi Chirchiqda,

ikkitasi Qibrayda yashaydi. U tong otgandan to kun botguncha


355

hammasining uyiga borardi. Kampirni topolmay, horib-charchab

qaytib keladi.

Bugun  ham  tong  sahardan  Qorako‘z  chiqib  ketdi.

Pildiragancha  Chirchiq  tomonga  yo‘l  oldi.  Kimyogarlar

shaharchasida kampirning kenja qizi turadi. O‘g‘li magnitofon

jinnisi.  Hammaning  ovozini  tasmaga  yozib  yuradi.  Shu  yil

bahorda buvisining ovozini ham bildirmay yozibdi. O‘shanda

kampir supada o‘tirib, allaqayoqlarda daydib kelgan Qorako‘zga

tanbeh berayotgan edi.

Qorako‘z  Kimyogarlar  shaharchasining  eng  chekkadagi

«dom»ga yetib kelganda kampirning nevarasi shisha bankada sut

olib kelayotgan edi. Qorako‘z unga dumini likillatib yaltoqlandi.

Unga  ergashib  uchinchi  qavatga  chiqdi.  Uyga  kirmay  qaytib

tushdi.  Bir  ozdan  keyin  kampirning  ovozi  eshitila  boshladi.

Qorako‘zning qulog‘i ding bo‘ldi. Yaqin ikki oydan beri yo‘qotgan

qadrdon  kishisining  ovozini  eshitib  yig‘layotgandek  g‘ingshidi.

Qorako‘z  uchinchi  qavatga  otilib  chiqdi.  Eshikni  timdalab

vovulladi. Yana qaytib tushdi. Boloxonaga qarab vovullayverdi,

vovullayverdi...

Magnitofondan kampirning ovozi kelardi.

«Qorako‘zgina,  qayoqlarda  sanqib  yuribsan?  Hech  uyda

o‘tirasanmi-yo‘qmi?  Qorning  ham  ochgandir?  Òentakkina.

Gapimga quloq sol, nega beozor musichani quvasan?..»

Qorako‘z  akillar,  yerni  timdalab  orqasiga  tuproq  otardi.

Shu hovlida kecha to‘y bo‘lgandi. Shirakayf yigitlar mikrofonni

baland qo‘yib, hech kimni uxlatmagan edi. Uyquga to‘ymagan

odamlarga  tong  mahali  akillayotgan  itning  bu  qilig‘i  malol

kelardi. Quturgan bu it qayoqdan paydo bo‘ldi, uni yo‘qotish

kerak, deb o‘ylashardi.

Qorako‘z odamlarni jonidan bezor qilib, tinmay vovullar, u

yoqdan-bu yoqqa yugurib, akillagani akillagan edi.

—  Daydi  itlarni  tutadiganlarni  chaqirish  kerak,  —  dedi

birinchi qavat boloxonasiga choyshab yopinib chiqqan kasalmand

bir kishi.


356

—  Quturgan  bu,  bolalarni  tishlab  olmasin-da!  Uni  otib

tashlash kerak! Hoy, kimning miltig‘i bor? — deb asabiy qichqirdi

uchinchi qavatdan bittasi.

Kampirning ovozi hamon eshitilib turibdi. Qorako‘z akillashini

qo‘ymaydi.

Shu  payt  to‘rtinchi  qavatdan  kimdir  varanglatib  o‘q  uzdi.

Qorako‘z vangillab yonboshiga ag‘darildi. Orqa oyog‘ini bir-ikki

silkitib jimib qoldi.

Magnitofon tasmasi hamon aylanardi.

«... Qorako‘z o‘lmagur, Majnungina, yana qayoqqa ketyapsan?

Ma’shuqalaring oldigami? Kelinni qachon ko‘rsatasan? Laylingni

bir olib kel, ko‘ray...»

Qorako‘z kampirning ovozi kelayotgan boloxona tomonga yuzini

burgancha jonsiz yotardi.

1999- yil, yanvar



357

ODIL YOQUBOV

(1926)

 Òarixiy hamda zamonaviy mavzulardagi roman va qissalari



bilan o‘zbek nasrida muhim o‘rin tutadi. Yozuvchining o‘nlab

qahramonlari  yashashning  ma’no-mohiyatini  teran  idrok  etish

tarzlari,  ezgulik  va  adolat  yo‘lidagi  kurashchanliklari,  bokira

umuminsoniy  tuyg‘ulari  bilan  minglab  kitobxonlarning  sevikli

obrazlari bo‘lib qolgan.

 «ULUG‘BEK XAZINASI»

ROMANIDAN

3

Òo‘riga quyma tilladan yasalgan o‘ymakor kursi o‘rnatilgan



salomxona nimqorong‘i edi. Shiftdagi oltin qandilda nechundir

bir nechtagina sham yonar, bu shamlar shulasida lojuvard koshinlar

bilan qoplangan devorlar, qubbasimon shiftdagi nozik bezaklar

qandaydir hazin tovlanib, xonaga allaqanday sirli bir ruh baxsh

etgan edi. Ali Qushchining esiga beixtiyor sohibqiron atalmish

Amir Òemur tushdi. Bu sirli nimqorong‘i xonada, to‘rdagi quyma

tilladan yasalgan naqshinkor taxtda bir mahallar sohibqiron o‘tirgani

ko‘z  oldiga  kelib,  vujudi  jimirlab  ketdi.  Go‘yo  xonada  uning

notinch ruhi hokim, bu ruh go‘yo uning suyukli dargohiga Ali

Qushchiday faqir bir allomaning kirib kelishidan norizo edi.

Mirzo Ulug‘bek poygakka cho‘kkalab ohista, ammo kishining

dilini ravshan qiluvchi hazin tovushda uzoq tilovat qildi, keyin

horg‘in tebranib o‘rnidan turdi-da, devorga tutilgan surmarang


358

iðak pardani yulqib ochdi. Parda ochilganda bir kishi zo‘rg‘a

sig‘adigan, raxlariga mis tasma qoqilgan kichikroq eshik ko‘rindi.

Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib

eshikning qulfini jaranglatib ochdi. So‘ng, qubbasimon tokchadan

bitta sham olib, Ali Qushchiga uzatdi, ikkinchi shamni o‘zi olib

yoqdi-da, kifti bilan eshikni itardi.

Po‘lat  qoplangan  zalvorli  eshik  asta  g‘ichirlab  ochildi-yu,

qorong‘i bo‘shliq ko‘rindi.

Mirzo Ulug‘bek yarim bukilib eshikdan qorong‘ilikka sho‘n-

g‘idi. Uning orqasidan kirgan Ali Qushchi zim-ziyo Quduqni

ko‘rdi. Dimog‘iga mog‘or hidi gup etib urdi. Mirzo Ulug‘bek,

bir qo‘lida sham, bir qo‘li bilan quduqning sirpanchiq devorini

paypaslaganicha tik pillapoyalardan pastga tushmoqda edi. Nihoyat,

u «quduqning tagiga» yetdi chamasi, yana bir eshikni ochib,

yerto‘laga o‘xshagan xonaga sho‘ng‘idi.

Bu—  devorlari  qora  marmar  bilan  qoplangan,  shifti  past,

torgina chorsi xona bo‘lib, ichi muzday sovuq edi. Xonaning

to‘rt burchida to‘rtta po‘lat

sandiq turar, sandiqlar og‘ir

zanjirlar bilan temir qoziq-

larga bog‘langan edi.

Sovuq go‘rga o‘xshagan

bu tosh sag‘anada ham o‘sha

sirli ruh hokim, go‘yo san-

diqlar  ortida,  shamlarning

zaif  shu’lasi  yoritolmagan

zimiston burchaklarda kimdir

bor, kimdir qahrli sukut bilan

ularni kuzatib turardi...

Mirzo Ulug‘bek ko‘zla-

rini yumib va boshini egib

bir lahza turdi, tilovat qildi

chamasi,  lablari  pichirlab,

yuziga  fotiha  tortdi,  so‘ng,


359

ro‘paradagi  katta  po‘lat  sandiqning  qulfiga  kalit  solarkan,  Ali

Qushchiga  qarab,  «yordam  ber»,  degan  ma’noda  imo  qildi.

Sandiqning qopqog‘i shunday og‘ir ediki, ikki kishilashib arang

ko‘tarishdi.  Qopqoq  jaranglab  ochilishi  bilan  g‘ira-shira  xona

go‘yo charaqlab ketdi.

Katta sandiq yal-yal yongan olmos, la’l, yoqut, inju, zabarjad

va  yana  qandaydir  nafis  tovlangan  qimmatbaho  toshlar  bilan

limmo-lim edi.

Mirzo Ulug‘bek toshlardan bir hovuchini olib hayrat bilan

tikildi.

Òoshlar ko‘k, qizg‘ish, yashil va firuzarang nur taratar, bu

nurlar bir-biriga qo‘shilib, kamalakday ajib bir manzara kasb

etardi.


– Bag‘dod va Qohira xazinalaridan keltirilgan,—dedi Mirzo

Ulug‘bek  o‘ychanlik  bilan.—Bobom  Amir  Òemur  sulton

Boyazidni tor-u mor etganda olib qaytgan o‘ljalari: Lekin hazar

qilmag‘il. Aslini surishtirsang, fuqaroning mulkidur bu. Undan

bir xalta olg‘il.

Ali Qushchi hayrat bilan ustodiga qaradi.

– Bularni ne qilamen, vallomat?..

– Senga boylik kerak emas. Buni bilamen. Ammo bu dur-u

javohirlarni boya men aytgan yaxshi tilak yo‘lida ishlatursen!

Mirzo  Ulug‘bek  shunday  deb,  sandiqdagi  toshlarni  bir

chetga surdi. Yarim qorong‘i xona yana ham yorishib ketdi:

toshlarning  tagida  quyma  oltinlar  yaltilladi.  Yum-yumaloq

qoliðlarga  quyilgan  oltinlar  xuddi  to‘ntarilgan  piyolalarday

sandiq tagiga qator terilgan edi.

Mirzo Ulug‘bek tillalardan bittasini olib, qo‘lida salmoqlab

ko‘rdi.


–  Naq  uch  qadoq  kelur,—dedi.—Bular  jannatmakon

bobomning  menga  qoldirgan  ulushidur.  Men  o‘z  ulushimni

jahongirlik emas, saltanatni obod qilmoq, madrasalar qurib, ilm-

fan rivojiga sarf etmak niyatida edim. Endi ham shu niyat yo‘liga

sarf bo‘lg‘ay...


360

Mirzo Ulug‘bek sandiq ostidan qalin qizil charm xaltacha

olib, piyoladay-piyoladay quyma oltindan o‘ntasini sanab oldi,

keyin kaftlarini to‘ldirib, besh-olti hovuch javohirlardan soldi-da,

Ali Qushchiga yuzlandi:

– Ol!


Ali Qushchi charm xaltani sandiqdan olib yerga qo‘ydi: xalta

zilday og‘ir edi.

Mirzo Ulug‘bek xayolga tolib soqolini tutamladi.

– Filhaqiqat, sen bu tillalarni ishlatmoq yo‘lini bilmassen,—

dedi u, ancha sukutdan keyin. — Lekin bularni tangaga almash-

tirmoq lozim bo‘lsa, Xoja Salohiddin zargarga murojaat qilg‘il.

Zotan, zargar bilan uning o‘g‘li mavlono Muhiddinga ham salomim,

ham uzr-ma’zurimni yetkazgil. Òoki bu mushkul ishda suyangan

bir  tog‘im  sen  bo‘lsang,  bir  tog‘im  mavlono  Muhiddindur...

Shahzodaning gunohini kechirgay. Salomimni etkazgil, Ali.

– Bosh ustiga, ustod...

Mirzo Ulug‘bek sandiqning qopqog‘ini yoparkan:

– Qolgani shahzoda Abdulazizning ulushi bo‘lur,—dedi va

go‘yo bu gapi uchun Ali Qushchidan uzr so‘raganday qo‘shimcha

qildi:

– Bilasen: shahzoda — nogiron, qalbi majruh...



Ustod  Jayhun  bo‘ylarida  qo‘shin  tortib  turgan  mahalda

Samarqandda qolgan shahzoda Abdulazizning munofiqliklari esiga

tushgan Ali Qushchi: «O, ustod, ustod!—dedi ichida.—Nechun

bu farzandingizga qattiq mehr qo‘ydingiz? Sizning boshingizga

tushgan barcha nadomatlarga shu farzandi arjumandingiz sabab

emasmi?  Siz  uning  jismini  nogiron,  qalbini  majruh  deysiz,  u

bo‘lsa... o‘rningizga Samarqandda qolg‘anida sarkardalaringizni

tazyiq ostiga oldi, amir Ibrohimbek o‘g‘lini qatl qildirib, barcha

lashkarboshilaringizni sizga qarshi qo‘ydi...»

Mirzo Ulug‘bek, go‘yo Ali Qushchining fikrlariga tushungan-

day, ohista xo‘rsinib qo‘ydi:

– Men o‘zimdan qo‘rqmaymen, Ali. Haq taolo in’om etgan

umrni yaxshidur, yomondur, o‘tkardim. Bu noraso dunyo lazzati


361

shunchalik  bo‘lur.  Ammo...  pushtikamarimdan  bo‘lgan  bu

farzandimning taqdiri ne bo‘ladi? Og‘a-ini bir-birini ne qiladi?

Buni o‘ylasam yuragim eziladi, zero uning jismi nogiron, qalbi

majruh, Ali!

Ali Qushchi, go‘yo ustodiga gustohlik qilganday tuyulib, uning

g‘amgin chehrasidan ko‘zini olib qochdi.

– Bas! Òangri taolo o‘zi mushkulimizni oson qilg‘ay!— Mirzo

Ulug‘bek sandiqning qulfini ildi-da, shamni qo‘liga olib, oldinga

o‘tdi. Salomxonaga chiqqach, eshiklarni ochib, boshqa xonalarga

qaradi, hech kim yo‘qligiga ishongach, Ali Qushchiga yuzlandi.

– Ko‘ksaroydan bu javohirotni olib chiqqaningni hech bir

kimsa bilmasligi darkor,—dedi u.—Belbog‘ bilan belingga ikki

qator qilib tugib ol!

Ali Qushchi bosh irg‘ab ustodiga tikildi.

– Kaminadin tag‘in ne tilaysiz, ustod?

Mirzo  Ulug‘bekning  ko‘zlari  qisilib,  chehrasida  o‘ychanlik

aralash shiddatli bir ifoda paydo bo‘ldi.

– Bor tilagimni boya aytdim, men o‘zimning chin boyligim

deb, toj-u taxtni emas, ilm-ma’rifat yo‘lida qilgan xizmatlarimni,

bitgan asarlarim, to‘plagan ilm xazinasini bilurmen. Bu bebaho

xazinaning taqdiri sening qo‘lingdadur, Ali. Bu xazina butkul

Movarounnahr,  ehtimolki,  butkul  bashariyatning  boyligidur.

Mabodo haq taolo bandai ojizni saltanatdan mosuvo qilib, elda

xurofotki  avjga  minsa...  bu  xazinani  bo‘lg‘usi  avlodlar  uchun

asrab qolmoq sening gardaningdadur. Ehtimolkim, uni tog‘larga

olib chiqib aniq bir joyga yashirursen. Ehtiyot shart, shu bugundan

usta topib, o‘n-o‘n besh po‘lat sandiq yasatib qo‘ymoq maqbul

bo‘lur.

— Angladim, ustod...



Mirzo Ulug‘bek qo‘llarini shogirdining yelkasiga qo‘ydi.

— Haq taologa shukurkim, o‘z pushtikamarimdan bo‘lg‘an

farzandlarimdan yolchitmasa-da, senday shogird ato qildi... —

Mirzo Ulug‘bek qaltiragan qo‘llari bilan Ali Qushchini quchoqlab,

peshanasidan o‘pdi.


362

Ali Qushchi nechundir yana o‘sha iliq bahor kunini esladi,

ko‘z oldiga nimjongina oppoq chol—jannatmakon ustoz Qozizoda

Rumiy  keldi.  Chol  ham  xuddi  Mirzo  Ulug‘bekka  o‘xshab

peshanasidan o‘pgani, yuziga tekkan oppoq mayin soqoli yodiga

tushib, ko‘ngli erib ketdi.

—  Billoh,  faqir  ham  Olloga  shukur  qilamenkim,  sizday

mehribon ustod ato qildi! — Ali Qushchi beixtiyor ko‘ziga

yosh oldi. —Òaqdir boshqa yo‘lni ixtiyor etganda kim bo‘lur

edim?


Mirzo Ulug‘bek yirik tilla uzuk taqilgan shahodat barmog‘i

bilan ko‘z yoshlarini artib, to‘satdan shikasta ovozda:

—Men sendan abadul-abad rozimen, — dedi. — Agarchi

diydor ko‘rishmoq nasib etmas, rozi bo‘lg‘aysen, o‘g‘lim. U bu

kun ikkinchi bor Ali Qushchini «o‘g‘lim» dedi. — Faqir ham

rozimen, ustod, toabad rozimen...

Ustod  bilan  shogird,  ko‘z  yoshidan  tillari  lol,  qattiq

quchoqlashganlaricha jimgina qotib qoldilar.

4

Mirzo Ulug‘bek Ali Qushchini pastki oshyonagacha kuzatib



qo‘yib, ovchilik o‘ljalari bilan bezatilgan xonaga qaytib kirdi. Bu

muazzam saroydagi son-sanoqsiz xonalar orasida Mirzo Ulug‘bek

shu keng osuda xonani ko‘proq xushlar edi. Salomxonada o‘tirib

charchaganida, saltanat ishlari ko‘ngliga tekkanida aksariyat shu

xonada o‘tirib hordiq chiqarar, mutolaa va mushohada lazzatini

surar edi.

Xonaning to‘ridagi xontaxtada kumush barkashlarga solingan

kabob va patirlar, nozik munaqqash piyolalarga quyilgan boda

qanday bo‘lsa, shunday turardi.

Mirzo Ulug‘bek kursiga o‘tirib, bir ho‘plam sharob istagida

piyolani qo‘liga oldi, lekin shu payt marmar zinalarda gurs-gurs

oyoq tovushlarini eshitib, piyolani joyiga qo‘ydi. Xonaga tund

yuzlik saroybon kirib, bosh egdi.

— Bobo Husayn Bahodir...



363

— Qani? Ayt, kirsin!..

Mirzo Ulug‘bek so‘zini tugatmagan ham ediki, ostonada kecha

Keshga chopar qilib yuborilgan suyukli navkari Bobo Husayn

Bahodir ko‘rindi.

Novcha, xushqomat, xushsurat Husayn Bahodir qo‘l qo‘vush-

tirganicha  poygakka  tizza  bukdi.  Boshidagi  uchlik  dubulg‘asi

ostidan oqqan shig‘-shig‘ ter tomchilari yuzini yuvib, qop-qora

soqol-mo‘ylovlariga tomchilar, mis sovut tagiga yashiringan keng

ko‘kraklari temirchining bosqoniday ko‘tarilib-tushib turardi. Mirzo

Ulug‘bek rangi o‘chib o‘rnidan turdi.

— Nechuk gungday qotib qolding? So‘zla!

—  A’lohazratlari  afv  etsinlar.  Siz  shahriyori  falakiqtidorni

xushnud qiladurg‘on xabar keltirmadim...

— So‘zla! — baqirib yubordi Mirzo Ulug‘bek.

— Kesh qo‘ldan ketgani aniqdur, valine’mat! Qal’a dorug‘asi

Amir Kamoliddin Kesh kalitini shahzodaga Qarshiliksiz qo‘sh-

qo‘llab topshiribdur!

— Amir Arslon qaydadur!

— Amir Arslon o‘z lashkari bilan dovonda turibdur...

Mirzo  Ulug‘bek  qo‘llarini  orqasiga  qilganicha  xonani  bir

aylanib chiqdi. Uning ko‘zlari qisilib, burun kataklari pirpiray

boshlagan, jag‘ paylari turtib chiqqan qoramtir yuzida, butun

vajohatida shafqatsiz bir ifoda paydo bo‘lgan edi. Sukut cho‘zilib

ketgach,  saroybon  Husayn  Bahodirni  sekin  turtdi.  Husayn

Bahodir tomoq qirib:

— Siz hazratimning farmonlariga tayyormen, — dedi.

Mirzo  Ulug‘bek  boshini  ko‘tarib,  uyqusizlikdan  qizargan

ko‘zlari bilan navkariga qaradi, lekin navkarini ko‘rmadi, xayoli

boshqa yoqlarda kezib yurardi.

— Ne deding? Ha! Subhidam lashkar tortib yo‘lga chiqamiz.

Ot-anjomlar shay bo‘lsin!

— Farmoni humoyun amri vojibdur, onhazratim. Va lekin

bir arzim bor...

— So‘zla.


364

— Arzim shuki, cherik

1

 yig‘sak.



— Cherik?

— Fuqaro sizga sodiqdur, valine’mat! Ijozat etsangiz besh-

o‘n ming cherik yig‘ar edik.

Mirzo Ulug‘bek soqolini tutamlab uzoq o‘tirdi, keyin ohista

bosh chayqab:

— Yo‘q, — dedi. — Lashkar bas kelmagan joyda cherik ne

qiladi? Bor, damingni ol, Bobo Husayn...

Saroybon bilan Bobo Husayn Bahodir orqalari bilan yurib

chiqib  ketishdi.  Mirzo  Ulug‘bek  sharob  to‘la  piyolani  qo‘liga

olib, bir ko‘tarishda siðqarib tashladi... Hayhot, uning so‘nggi

umidi ham chil-chil sindi. U shahzoda Abdullatifning katta qo‘shin

bilan Jayhundan o‘tib, Keshga yaqinlashayotganini bilsa-da, bu

mustahkam qal’a unga jang-jadalsiz taslim bo‘lishini kutmagan

edi. U Amir Kamoliddinga ishonar, uning qal’a kalitini shahzodaga

qarshiliksiz topshirishini sira kutmagan, chunki uni o‘zining eng

sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi!.. Bas, Amir Kamoliddinki

sotqinlik qilgan ekan, endilikda kimga inonmoq, kimga suyanmoq

darkor? Esiga beixtiyor bobosining bir gapi tushdi.

Amir Òemur Hirotda, «Bog‘i jahonda» Shohruh Mirzo bilan

suhbatlashib o‘tirib, o‘g‘lining qaysi bir amirning sodiqligi to‘g‘ri-

sida aytgan gapiga zaharxanda bilan kulgan edi:

«Bu amirlarga inonma, o‘g‘lim! Ularni sodiq bo‘lsin desang,

qilichingni ilgingda

2

 mahkam ushla!»



Darhaqiqat, mana, salkam qirq yil Movarounnahrga saltanatli

shoh bo‘ldi. Muruvvatli fuqaroparvar podshoh bo‘lishga urindi,

butun iqtidori va salohiyatini shu davlat, shu el osoyishtaligiga

sarf  qildi,  ammo  bukun  boshi  nadomatda  qolganda...  dardini

aytadigan na bir habibi, na bir tabibi bor!.. Òaqdirning qanday

o‘yini ekankim, uning boshi malomatdan chiqmay qoldi. Yo... al

qasosil  minalhaq!  Bobosi    Amir  Òemurning  qonli  qilmishlari

1

 Cherik — ko‘ngillilar ma’nosida.



2

 Ilik — qo‘l.



365

uchun taqdir undan o‘ch olmoqdamu? Yo shafqatsiz Xuroson

yurishida uning ixtiyoriga qarshi to‘kilgan qon uchun haq taolo

uni o‘z mehri shafoatidan mosuvo qildimu?

Buni  o‘ylashi  bilan  otasi  Shohruh  Mirzo  vafotidan  keyin

Hirotga borganida ro‘y bergan bir voqea esiga tushib, vujud-

vujudigacha jimirlab ketdi.

Juma kuni edi. Mirzo Ulug‘bek Hirotga kirishi munosabati

bilan barcha din peshvolari, arkoni harb va arkoni davlatlar masjidi

jomega yig‘ilgan edi. Mirzo Ulug‘bek Hirotning a’yon va boyonlari

qurshovida Madrasai Shohruhiyadan chiqib, qiblagohi qurdirgan

qalandarlar xonaqosidan o‘tayotganida soch-soqoli o‘sib ketgan,

majnunsifat bir darvesh paydo bo‘ldi-yu, xuddi zikr tushayot-

ganday  g‘alati  harakatlar  qilib,  bejo  ko‘zlarini  o‘ynatib,  uning

yo‘lini to‘sdi.

Oldinda borayotgan suvoriylar darveshning ustiga ot soldirib,

uni  yo‘ldan  haydashga  urinishdi.  Lekin  Mirzo  Ulug‘bek  imo

bilan ularni chetlatib, darveshning arzini eshitishga moyillik bildirdi.

Shunda telba darvesh juldur jandasiga osilgan qo‘ng‘iroqchalarini

jaranglatib, g‘alati qiyshanglaganicha Mirzo Ulug‘bekning oldiga

keldi.  U  og‘zi  ko‘pirib,  zikr  orasida  allanimalarni  gapirar  edi.

Darvesh g‘udurlab gapirgani uchunmi, Mirzo Ulug‘bek uning

so‘zlariga arang tushundi.

Òelba  devona  uning  sarkardalari  Hirot  tevaragidagi

qishloqlarnigina emas, hatto yo‘qsillar va gadolar xonaqohlarini

ham talon-toroj qilganidan so‘zlar, bu ish uchun Olloning qahriga

duchor bo‘lishini bashorat qilardi... Mirzo Ulug‘bek o‘zini eshitib-

eshitmaganlikka olib, jadallab o‘tib ketdi. Lekin o‘shandan beri

telba darveshning mudhish bashorati esidan chiqmaydi. Mana

hozir ham o‘sha manzara yodiga tushib, etlari jimirlab ketdi...

Ha! Bu mash’um Xuroson yurishi uning boshiga ko‘p savdolar


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling