Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50

Qo‘rquv kalxatlari tegib sindirgan —

Yodim siniqlari ostda — cho‘kindi.

Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray,

Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh.

Qaragin titroqda — hammasi jonli,

Qara, hammasining yuzi qontalash...


303

Bu onam — tangrining baxtli onida

Ayri ixlos bilan yaratgani chin.

Qarog‘ida mehr shamlari yoniq —

Gullagan o‘rikday orasta otin.

Kun toyib, shu’lalar ko‘chgach ufqqa,

Sayroqi qushlarning tinganda bazmi,

Onam dilimizni chorlab qo‘shiqqa,

Nim-nim sochar edi mumtozlar nazmin.

So‘fi Olloyormi, devona Mashrab

Bayozlarin o‘pib qo‘lga olardi.

Yumushmi, o‘yinmi — barini tashlab,

Sehrli olamga kirib borardik.

Rang-u ohanglarni jonga quyganda,

Shu’laga to‘lardi butun koinot.

O‘zimni sehrga asir tuyganda,

Yurakda yozardi qo‘shiq o‘t qanot.

Yangamga esh bo‘lib tikdim palagim,

Qog‘ozdan sir tutgan satrimni tepchib,

Gullardi palakda shirin tilagim —

Ko‘zimdan yoshlikning nurlarin ichib.

Hovlimiz ziynati jambil, rayhonday,

Otam ta’biricha edim boychechak.

Hali biz sezmagan qora qish aro

Nahot, jonlanmoqda ishq otlig‘ chechak...

Va hademay sezdik bu qahramonni,

Òig‘day tillarida yalay boshladi.

Qadami yetganda har xonadonning —

Quvonchi bujmayib, so‘liy boshladi...

... Aka, ko‘zingizda otash bor edi,

Aka, joningizda quyosh bor edi,


304

Sultonlikka loyiq kelbat, layoqat,

Sardorniki yanglig‘ bardosh bor edi.

Sizni-da qora tun oldilarmikin,

Qo‘lingizga kishan soldilarmikin,

Yukinish, yalinchmas — g‘ururni ko‘rib,

Vahshiy g‘azablarda yondilarmikin?!

Aka, jonim akam — jondoshim akam,

Oltmish yil izimga qaytib yig‘layin,

Bo‘g‘zimda tosh bo‘lgan yo‘qlovlarimni

«Oh»larim eritar — aytib yig‘layin.

Singilni «mehrdan bino» deydilar,

Ko‘z yoshga yetdimi mehrimning kuchi!

Gunohsiz, jonimning qotillariga

O‘q qilib otdimmi nafratim, o‘chim?

... Buncha chidam qaydan — po‘lat, olovdan,

Metindan yaralgan jonmidi otam...

Otash og‘ushidan topib bizga non,

G‘amga ham chidamli bo‘larkan odam.

Onam qo‘llarida mushtday tugunchak,

Òosh shaharni kezar avaxta izlab,

Avaxta nechadir, zor ona necha,

Nechalar yashardi zamonni «siz»lab.

Keksa ko‘zlarida mo‘ldir va mo‘ldir

Qotgan ko‘z yoshlarga boqardim hayron.

Bu sokin jussani kemirar ne sir,

Ne bois muttasil dillari vayron...

Kuni bo‘yi kezib, bukchayib, tolib,

Keksa bag‘rin yerga berib yotardi.

Biz nochor bir-biriga ezilib boqib,

Sukut dengiziga og‘ir botardik.


305

Onam, «suv boshidan loyqa» derdingiz,

Bilmasdik bu gapda haqiqat zuhur,

Muhtasham binoda sirli, yashirin

Asl yigitlarga qazilardi go‘r.

Qolganda azoblar iskanjasida,

Ota, bir ko‘rmadik ko‘zingizda yosh.

Yashab umidlarning pok sajdasida,

Hatto yovingizga otmadingiz tosh.

Va faqat dedingiz: «Soldim xudoga»,

Bu qirg‘in doyasi xudosizlar-ku.

... Sabr, qanoatdan yaralgan elim,

So‘qir ham o‘ziga so‘qmoq izlar-ku!

Norg‘ul o‘g‘illaring qirildi qushday

Sibirning nur tushmas o‘rmonlarida.

Sen esa yasharding misoli tushda

Òurtinib g‘ofillik tumanlarida.

Menmi? Men shu qadar yosh edim hali.

Yoshlik — g‘am — begona biri-biriga.

Qutulmoqqa anduh botqoqlaridan

Osildim muhabbat shodliklariga.

Menmi? Men ishq otlig‘ bir jahon aro

She’r tinglab, she’r tizib — she’rlarda qoldim...

Behishtiy jaranglar — jonimga oro —

O‘zimning baxtimda o‘zim yo‘qoldim.

Baxt qasrimga kirib meni topdi dard,

Urush, yozda yoqqan qor kabi o‘lim.

O‘ttizga yetmayoq sochim qor yalab,

Ko‘z yoshim soyiga to‘kildi gulim.

Onam, donolikda yagona onam,

Isyon ko‘tarishdan bermabsiz saboq,

20 – Adabiyot, III



306

Ustimga ketma-ket tog‘ qulagan dam

Qoldim yashin urgan polopon siyoq.

Bo‘ldi, bas! Jangdan so‘ng horg‘in sarkarda

Òirik askarlarin tizganday qator —

Men tirik hislarim bir joyga yig‘dim

Va kuchli yashashga ayladim qaror.

Yurtni bo‘ron bo‘lib kezdim bosh-oyoq,

Qabristonlar aro quyunday yurdim,

Eng kichik giyoh ham nazdimda uyg‘oq,

Faqat el-elatni sukutda ko‘rdim.

Òushlarimda topib akam jasadin,

Otamning yoniga qazitdim qabr.

O‘zim yonganimda ruhlar yondi deb

Xokiga suv sepib, tiladim sabr.

Òaqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq,

Òaqdir peshonaga yoziq deyishdi.

Yoziqni devorga urdim-u biroq

Men sindim, qonimdan g‘ishtlari pishdi.

Alam. Yomon alam ko‘zing ko‘r bo‘lsa,

Lekin so‘qir dillik undan-da dahshat.

Xalq ganjin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.

«Yangi hayot» debmiz o‘sha kunlarni,

Betalab, benolish yashabmiz ko‘p yil.

Bir o‘ylab ko‘rmabmiz bu yurt hokimin

Labi kulib, nechun rang-ro‘yi zahil?!

Òoji yo‘q podshoday sezdimi o‘zin,

Shu’la yoyilmadi bukik dilida?

Qo‘lida zarra yo‘q ixtiyor, izn,

Bildimi yitardi g‘urur elida?!


307

«Vatanparvar» debmiz o‘z-o‘zimizni,

Dengizlar quribdi, chiribdi baliq,

«Insonsan, boshingni ko‘tar», demabdi,

Ko‘ngling qolganmidi bizlardan, xoliq?

O‘zing berganding-ku, poklik, halollik,

Iymon-u ishonchlar — butun, beillat,

Qilolmas edi-ku shayton dallollik,

Ilm-u hikmatlarga yor edi millat.

... Ey gumbazigardun, qoldimmi g‘ofil,

Ishonch, e’tiqodlar chiqdi puchlarga?!

Suyanib najotlar kutgandik, nahot,

Bizga choh qazigan qora kuchlarga?!

Kim bilsin, savob deb urinishlar ham,

Zamona soziga o‘yinmi bari.

Deydilar: yaratgan eng ulug‘ hakam,

Hech qachon adashmas tarozulari.

Qay biri vazminroq savobmi — gunoh,

Yashadim-ku riyo, haromdan nari.

Kuyganman. Bosh-oyoq kuyuk jismimning –

Nimasin yoqardi do‘zax o‘tlari...

Bu dunyoda ko‘rgan azob, ko‘z yoshlar

Savob posangisin xiyol bosarmi?

Gumrohlik pallasin to‘ldirsa toshlar,

Eng baland doriga meni osarmi?

Yoshim ketib-ketib, torday tarangman,

Kapalak sharpasi tegsa, uzilur

Chiday-chiday yupqa tortgan parangman,

Cho‘yan bo‘lsa ham dil — qulfi buzilur.

Lekin yashayapman, otam va onam

Chayir arqoqlardan to‘qishgan chog‘i.


308

Aytilmagan alam, yozilmagan she’r,

Olinmagan qasos — yurak titrog‘im.

Boshim — portlovchi dud to‘ldirilgan xum,

Portlashin kutardim soniya sari.

Sabrlar to‘kildi naq kaftdagi qum —

Yuzim ruhlarida qonli izlari...

Bilmayman, savobmi yo koni gunoh,

Zinhor shakkoklikka yo‘ymang tilagim.

Jasadim daryoga tashlang, ruhim pok,

Obi rahmatlarda sovisin tanim...

... Yallig‘lanib yotar keksa xotiram

Ichida shu dardlar, tig‘li siniqlar...

... Holbuki, nur ichra dala-yu daram,

Holbuki, bog‘imda bulbul chah-chahlar...

Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding!

Kelar yo‘llaringda pinhona toldim.

Mening ota-onam, jon Vatanimda,

Elim taqdirida abadiy qolding...

Kelding-ey, Istiqlol, istiqbol bo‘lib,

Qalbimga nasiming bilan yo‘l solding.

Sen shu hur nazmga ixtiyor berib,

Men og‘ir bulutdek bir yog‘ib oldim...

Hurriyat, kelding-ey, al-omon kelding,

Seni qalbim, ko‘zim, so‘zlarim quchar.

Vaqt yetsa shu xalqda qolar daftarim,

Vaqt yetsa, bu yoqda qolar dardlarim...

Ruhim u yoqlarga qush bo‘lib uchar...

1995


309

SHUHRAT


(1918–1995)

O‘zbek adabiyotining taniqli namoyondalaridan biri shoir,

nosir va dramaturg Shuhrat (G‘ulom Alimov) o‘z ijodini 1935

yilda she’r yozish bilan boshlagan. Uning «Shinelli yillar» rom-

ani ijodkorga katta obro‘ keltirgan. Shuhratning «Oltin zang-

lamas», «Jannat qidirganlar» kabi yirik asarlari mustaqillik davri

o‘zbek adabiyotida ham o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  Shuhrat  «Besh  kunlik  kuyov»,

«Qo‘sha  qaringlar»  komediyalari  orqali  teatr  san'ati  rivojiga

ham munosib ulush qo‘shgan.

OLÒIN ZANGLAMAS

(Romandan bob)

ISHONCHGA  KIRGAN  ÒUHMAÒCHILAR

So‘ngsiz shirin orzular og‘ushida ekan, nazoratchi eshikni zarb

bilan ochib: «Kiyin! Yur!» deganida quvonchdan ichida: «Ana,

uyga ketdim», deb apil-tapil kiyingan Sodiq, sal o‘tmay o‘zini

yana Chuxanov kabinetida ko‘rdi.

Òergovchi o‘z o‘rniga o‘tirib, stol tortmasidan oq qog‘oz olib,

ko‘zdan kechirdi. Keyin boshini ko‘tarib, Sodiqqa qaradi:

— Demak, iqror bo‘lmoqchi emassiz? Foydasi bo‘lsa davom

ettiravering, o‘zingizga qiyin.

Sodiq churq etmadi. Òergovchi o‘z joyiga borib o‘tirdi. Òelefon

qilib bir kishini o‘rniga vaqtincha kirib turishga taklif etdi. Sal


310

o‘tmay u odam eshikda ko‘rindi. Yangi kirgan leytenant Sodiqning

salomiga alik olib, Chuxanovning o‘rniga o‘tirdi. U tunov kuni

ham  bir-ikki  kirib-chiqib  ketgan  edi.  Shunda  kimdir  uni

Pushkaryov, deb chaqirganda, familiyasini bilib olgan edi. U

muloyim kirib, Chuxanov bilan qo‘l olib ko‘rishadi-da, Sodiqqa

yumshoq  nazar  tashlab  qo‘yadi,  salomiga  bosh  chayqab  alik

oladi.


Pushkaryov hozir ham Sodiqqa qarab bir-ikki og‘iz juftladi-

yu, gapirmadi. Yana qo‘lidagi kitobini varaqladi, qiziq suratga

ko‘zi tushdi shekilli, miyig‘ida kulib qo‘ydi. Keyin yumshoqlik

bilan uning ahvolini so‘radi, ko‘nglini ko‘targan bo‘ldi.

Sodiq  Pushkaryovning  bu  mehribonligidan  kurortga  bepul

putyovka olgan kishidek quvondi va ayni vaqtda xo‘rligi kelib

ketdi. Insonning ko‘nglini olish, uni mamnun qilish uchun axir

ko‘p narsa kerak emas-da!

Pushkaryov  buni  tushundi,  o‘rnidan  turib  kelib,  yupatish

ohangida gapirdi:

— Xafa bo‘lmang, keragi yo‘q.

U  yana  nimalardir  deb  yupatmoqchiga  o‘xshardi-yu,  lekin

jur’at etolmagani ko‘rinib turardi. Sodiqning fahmicha, Pushkaryov

bu  yerda  ro‘y  berayotgan  ba’zi  nohaqliklarni  o‘z  ko‘zi  bilan

ko‘rib turibdi, ichidan kuyadi, ammo biror ish qilishga, bir ish

qilish emas, hatto aytishga ham ojiz!

— Yuragingiz kasal emasmi? — dedi bir ozdan keyin.

— Yo‘q, — bosh qimirlatib javob qildi Sodiq.

— Unda hech narsa qilmaydi, o‘tib ketadi, sal toliqibsiz.

Sodiqning ko‘zi shu kichik suhbatdan keyin charaqlab ochildi.

Ko‘ziga shu leytenant dunyoda eng mehribon kishi bo‘lib ko‘rindi.

Boshini ko‘tarib, Pushkaryovga qaradi. Nazarida juda o‘zgachadek

bo‘lib tuyulgan bu yoshgina yigit oq-sariqdan kelgan, ko‘zlari

ko‘m-ko‘k, qoshlari sezilar-sezilmas kulrang, burnining uchi birov

chertib qo‘ygandek to‘mtoq, engagi uchli, labi cho‘g‘dek qizil

ekan.  Bunaqa  oddiy  rus  kishilarni  u  ko‘p  ko‘rgan.  Ulardan

qanchadan-qancha o‘rtoqlari bor edi.


311

U Pushkaryovning ko‘ziga termilib qoldi. Bu ko‘zlar unga

hayot va istiqbol va’da etardi, bu ko‘zlar umid va ishonch baxsh

etardi. Bu ko‘zlarda odamiylik va haqiqat yonardi.

— Siz ham shu yerda ishlaysizmi? — dedi jur’at qilib Sodiq.

—  Ha,  —  dedi  Pushkaryov  va  ko‘zini  kitobdan  olib

kulimsiradi.  Bu tabassum Sodiqda yana jasorat tug‘dirdi.

— Siz ham tergovchimisiz?

—  Bunisi  sir,  —  dedi  u  yana  kulib,  lekin  saldan  keyin

qo‘shib qo‘ydi: — Sizcha kimman?

— Bilmasam.

— Men ham tergovchiman, albatta.

Sodiqning  fikri  ravshanlanib  o‘ylay  ketdi:  Chuxanov  ham

tergovchi, bu ham tergovchi. Ikkalasi ikki dunyo. Biridan kishining

ko‘ngli suv ichadi, ikkinchisidan ensang tosh qotadi. Pushkaryovga

o‘xshaganlar bo‘lgani holda nega Chuxanovlar bunaqa ish tutadi

ekan?

Sodiqning Pushkaryovga rahmi keldi. Unga ishlash juda qiyin



bo‘lsa  kerak.  Axir  uning  mana  hozir  Sodiqqa  qilayotgan

rahmdilligini Chuxanovga o‘xshaganlardan birontasi ko‘rib qolsa,

indamay turmaydi-da!

Pushkaryov kitobni bir chetga surib qo‘yib, Chuxanov tez-

tez  ko‘zdan  kechirib  turadigan  papkani  ochdi.  Har  qog‘ozni

o‘qiganda yuzi o‘zgarib turdi. Bu Sodiqning delosi. U anchagina

qalin, kepak rangidagi muqovasi uringan. Sodiq uning o‘z delosi

ekanini birinchi marta ko‘rganda ishonmagan, shuncha material

qayoqdan yig‘iladi deb o‘ylagan, Chuxanov muqovasini ko‘rsatib,

uning familiyasini o‘qib berishga majbur bo‘lgan edi. Baribir,

hali  ham  uning  ichidagi  materialning  hammasi  o‘ziga  taalluqli

ekaniga ishonmaydi.

Pushkaryov deloni o‘qiyverib zerikdi shekilli, xo‘rsinib undan

boshini  ko‘tardi.  O‘rnidan  turdi.  Og‘ir  qadamlar  bilan  Sodiq

o‘tirgan burchakka keldi.

—  Rostingizni ayting, sovetlardan norozi bo‘lgan yillaringiz

bo‘lganmi? Hech jinoyatga qo‘l urganmisiz?


312

— Mutlaqo! Xayolimga ham kelmagan. Buning uchun asos

ham yo‘q: badavlat xonadondan chiqmaganmanki, otamning sho‘ro

hukumati tufayli qo‘ldan ketgan mol-mulkini eslab, xumori tutsa;

chet  elda  bo‘lganim  yo‘qki,  uning  usti  yaltiroqligiga  uchsam,

o‘shanday hayotni orzu qilsam; birorta mafkurasi buzuq odamda

o‘qiganim yo‘qki, u meni yo‘ldan urgan bo‘lsa!

Sodiqning  astoydil  kuyib-pishib  gapirishi  Pushkaryovning

diqqatini tortdi. U tushundiki, qarshisida uyqudan qolib, holdan

tolib  o‘tirgan  kishi  hayotga  befarq  qaraydiganlardan  emas,

bundaylar komil ishonch bilan yashaydi, ikki yuzlamalikni bilmaydi.

Pushkaryov ana shu xulosasini yana bir tasdiqlab aniqlab

olmoqchi bo‘lgandek, Sodiqni boshdan-oyoq ko‘zdan kechirdi,

horg‘in ko‘ziga boqdi, yuzlaridan nimalardir izladi. Keyin yana

o‘z joyiga o‘tib, deloni ko‘rdi. Yelkasini qisib qo‘ydi.

— Qiziq, juda qiziq...

Shundan  keyin  oraga  uzoq  jimlik  cho‘kdi.  Ancha  hushyor

tortgan Sodiq fikran bir necha marta uyiga borib keldi, sevgan

maktabini  aylandi,  darsga  kirdi,  ovga  chiqdi.  Shirin  orzular

og‘ushida mast bo‘lib o‘tirar ekan, Chuxanov kirib keldi. Qo‘lida

bir varaq qog‘oz. Pushkaryov chiqib ketdi.

Chuxanov stuliga o‘tirib, Sodiqni oldiga chaqirdi.

— Mana buni o‘qib qo‘l qo‘ying.

Sodiq Chuxanov uzatgan qog‘ozni o‘qidi-yu, ustidan sovuq

suv  quyilgandek  hushyor  tortdi.  Qog‘oz  uning  partiya  biletini

shahar partiya komitetiga topshirilgani haqida edi.

— O‘chdimmi? — deya oldi o‘zini bu dahshatli xabardan

arang o‘nglab Sodiq.

— Bo‘lmasam-chi!

Sodiq shundan keyin qanday qilib joyiga kelib o‘tirganini,

qog‘ozga  qanday  qo‘l  qo‘yganini,  qachon  uni  kameraga  olib

tushganlarini eslay olmaydi. Partbileti haqidagi to‘rt enlik qog‘oz

ko‘z oldidan ketmay qoldi...

Sodiq o‘z o‘limiga o‘zi aza ochgandek, ho‘ngrab yig‘lab yubordi,

bu uning umrida balki birinchi marta ho‘ngrab yig‘lashi edi.


313

Bir necha kun o‘tgach, uni yana tergovchi chaqirdi.

Sodiq  kirib  borganda  Chuxanovning  xonasida  Mirsalim

o‘tirgandi.  Sodiqni  ko‘rishi  bilan  sal  bezovtalandi,  lekin  tezda

o‘zini o‘nglab, yutinib oldi. «Bu nima qilib yuribdi?» — Sodiqning

miyasiga  kelgan  ilk  fikr  shu  bo‘ldi.  Xayolida  bunga  javob

topguncha, nechundir, yuragi orqasiga tortib ketdi.

Mirsalim qandaydir soxta ishshayish bilan o‘rnidan qo‘zg‘alib,

salomlashgan bo‘ldi.

Sodiq o‘tirar-o‘tirmas tergovchi so‘z tashladi:

— Òanish bo‘lsanglar kerak?

— Ha, birga ishlardik, — dedi Sodiq bo‘shgina. Mirsalim

boshi bilan tasdiqladi.

—  Òanish  ham  gapmi,  sirdoshlar-ku.  Qancha-qancha

shishalarni birga bo‘shatishgan, — gapga aralashdi Chuxanovning

yonida o‘tirgan qorachadan kelgan, yuzlariga husnbuzar toshib

ketgan novcha yosh yigit. Sodiq bu yigitni biladi. Familiyasi

Saydullayev.  Buni  ilk  bor  eshitganda  nahotki  familiyasining

noto‘g‘ri ekanini bilmasa, asli Sa’dullayev-ku, deb ko‘nglidan

o‘tkazgan edi. Uning talaffuzidan Samarqand shevasi yaqqol

sezilib turardi. U ba’zan-ba’zan kirib Chuxanovga ko‘maklashadi.

Hatto bir kuni Sodiq bilan yolg‘iz qolib: «Bo‘yningizga oling

qo‘ying-da,  o‘zingizni  qiynab  nima  qilasiz,  siz  kuch  bergan

to‘nka endi ko‘karmaydi», degan edi. Shu-shu yigitni yomon

ko‘rib qolgandi.

Chuxanov  «barvaqt  luqma  tashlading!»  degandek  Saydul-

layevga qarab, avvalgi yumshoq tovush bilan yana so‘radi:

— Bir-biringizga shaxsiy adovatlaring yo‘qmi?

Boshlab Mirsalim javob berdi:

— Yo‘q.


— Xizmatdagi ba’zi bir to‘qnashuvlarni hisobga olmasak,

albatta, yo‘q.

Sodiq shunday deyishga dedi-ku, ammo ichidan sovuq yel

o‘tgandek bo‘ldi. Yuragi qandaydir ko‘ngilsizlikni sezayotgandek

hapriqib ketdi.


314

—  Xizmatda bunaqa gaplar bo‘ladi, adovatga kirmaydi! —

cho‘rt kesdi Chuxanov.

Ana shundan keyin Sodiq yetti uxlab, tushiga kirmagan gaplar

boshlandi.

Mirsalim guvohlikka kelgan ekan. U shunaqa ayblarni Sodiqqa

taqadiki, uncha-muncha odamning tiligacha muzlab ketadi. Sodiq

o‘z  tug‘ilgan  qishlogida  bir  necha  maslakdosh  kishilari  bilan

sovetlarga qarshi ishlar qilgan emish. Maqsadi — yoshlarni yo‘ldan

urish  bo‘lgan  emish.  Shu  niyatda  maorif  sohasiga  ko‘chgan,

qamalgan  Boltaqul  uning  o‘ng  qo‘li  ekan.  O‘z  faoliyatini

kengaytirish  maqsadida  markazga  ko‘chib  kelgan,  Mirsalimni

verbovka qilishga uringan, u yon bosmaganidan keyin turli yo‘llar

bilan qisa boshlaganmish.

— Yolg‘on! Òuhmat! — bardosh berolmadi Sodiq.

— Baqirmang! Qo‘l ostingizdagilarga baqiradigan direktorlik

vaqtingiz  o‘tib  ketgan.  Men  bu  gaplarni  o‘z  og‘zingizdan

eshitganman.

Mirsalimning bu surbetligidan Sodiq yana tutaqib ketdi:

—  Òuhmatchi! G‘alamis! Bo‘hton qilgani uyalmaysizmi!

Uni Saydullayev qayirib tashladi.

— Sovet kishisini haqorat qilmang, grajdanin Qo‘chqorov.

Sodiq tergovchilarning tanbehiga parvo qilmay, ig‘vogarning

o‘ziga tashlandi:

— Sening-ku tilyog‘lama, ichidan pishganligingni bilardim,

lekin yuragi qora, iflos, ig‘vogarligingdan bexabar ekanman. Mayli,

gapir, og‘zingga siqqancha gapir, vijdonsiz!

Chuxanov ishning buzilib ketishidan qo‘rqdimi, nima uchundir,

og‘irlik bilan oraga tushdi:

— Qo‘chqorov! Yengillik qilmang! Haqiqat doim shunaqa

achchiq va zalvorli bo‘ladi. Shularning barchasini shu vaqtgacha

o‘zingiz  tartibi  bilan  aytib  berishingiz  mumkin  edi.  Birovning

og‘zidan eshitish va fosh bo‘lish, albatta, og‘ir! Nachora!

Mirsalim  xizmatlari  evaziga  mukofot  olayotgan  odamdek

bemalol o‘tirardi. Lekin qandaydir bezovtalik yuziga sharpa solib


315

turardi. U Sodiqning yuziga boqolmas edi: yo bardoshi yetmaydi,

yo tuhmatining sezilib qolishidan cho‘chirdi. Sodiq esa, aksincha,

uning qarashini ovlar, ko‘zini uchratib, ichiga nazar tashlamoqchi

bo‘lib, payt poylardi. Oxiri bunga muyassar bo‘ldi, uning ko‘zini

uchratdi:  Mirsalim  bir  necha  lahzaga  bardosh  beroldi,  xolos!

Sodiq  uning  bu  behayolarcha  boqishidan  g‘alamislik,  ig‘vo,

tuhmatchilik  qon-qoniga  singib  ketgan,  qotillikdan  qaytmaydi,

kishilar boshiga qora kun solishdan zavqlanadi bu odam, degan

ishonchga keldi: «Eh, attang, nega avval bilmagan ekanman»

deb o‘kinib qo‘ydi.

Sodiq  qanchalik  qattiq  turib  o‘zini  himoya  qilmasin,

Mirsalim  shunchalik  bezbetlik  bilan  unga  tuhmat  toshlarini

yog‘dirar edi.

Sodiq  bu  yerda  haqligini  isbot  qilishga  qurbi  yetmasligini

bildi. Ishi sudga oshsa, o‘sha yerda uzil-kesil g‘alaba qozonishga

umid  bog‘lab,  o‘ziga  dalda  berib  turganda,  yana  boshqa  biri

paydo bo‘ldi. Bu bir vaqtlar darsga ichib kelgani uchun Sodiqdan

dakki yegan o‘qituvchi Shukurov edi. U Mirsalimga o‘xshash

surbetlarcha gerdayib o‘tirmagan, shartta-shartta gapirmagan bo‘lsa

ham, Mirsalimning aytganlarini ba’zan to‘ldirdi, ba’zan tasdiqladi.

Sodiqni maktabdagi halol o‘qituvchilarni quvg‘in qilish, ta’qib

ostiga  olish,  talabalar  orasida  diniy  targ‘ibot  olib  borish

(qaldirg‘ochni  Makkayi-mukarramadan kelgan degan, taloq haqida

odobsiz latifa aytib berganmish), maishiy jihatdan buzilib, yosh

xotinga  uylanish,  ochilgan  xotin-qizlarni  tahqirlashda  aybladi.

«Hukumat xotin-qizlarni erkaklar bilan teng qilaman, deb bekor

urinadi, yigirmata xotinning aqli bir tovuqnikicha yo‘q. Bir ayolning

g‘iybati qirqta eshakka yuk bo‘ladi», degan emish.

— Qachon? Qayerda? — so‘radi ajablanib Sodiq.

— Maktabda, koridorda. Mavjuda Abdurahmonova nomzodi

deputatlikka ko‘rsatilganda.

Sodiq  Shukurovning  bu  tuhmatidan  yoqa  ushladi:  —  yo

tavba! — saldan keyin o‘zini tutib oldi, — Shukurov, sizning

tuhmatchiligingizga emas, it yeganini qusadiku, lekin qo‘lingizga


316

tarbiyalash uchun ishonib topshirilgan bolalarga jonim achiyapti.

Essiz bolalar! Essiz tarbiya!

— Siz o‘zingizning g‘amingizni yeyavering, — uni cho‘qiladi

Saydullayev. Uning ko‘kragidagi Osoaviaxim nishoni qiyshayib,

o‘ng ko‘zi ostidagi qora xoli yiltillab ketdi.

— Mening vijdonim pok. Itning tili tekkani bilan daryoning

suvi  harom  bo‘lmaydi.  Yolg‘onning  oyog‘i  qisqa,  uzoqqa

borolmaydi,  bir  kuni  misi  chiqadi.  Lekin  sizlarning  bunday

g‘alamislar gapiga ishonganinglarga hayronman.

— Xalq dushmani Boltaqul sizning maslakdoshingiz ekanini

unutmang! — cho‘rt bo‘ldi Chuxanov.

— U dushman emas!

— U sizdan ko‘ra aqlli ekan: o‘zini qiynagani yo‘q, hammasini

aytib berdi, — dedi Chuxanov.

«Nahot  shu  gaplar  to‘g‘ri  bo‘lsa!  Boltaqul  dushman,  o‘zi

iqror!  Yo‘q,  mumkin  emas!»  —  dedi  ichida  Sodiq  va  yana

ajablandi.

Sodiq gangigancha kamerasiga kirib keldi. U mudhish tushdan

uyg‘onolmagan odamga o‘xshardi.



317

ASQAD MUXÒOR

(1920–2004)

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o‘zining falsafiy teranligi,

yoqimli badiiy mavjlari bilan o‘quvchini rom etadi. «Opa —


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling