Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhabbatga qanot bolgan xat? Marmar toshga oyilgan kabi, Koz oldingdan ketmas u fursat, Muhabbatga qanot bolgan xat... Yor deguncha... Oylar, yillar qiynadi jafong, Jon ayading, bolmadi vafong. Yor deguncha, dost ataguncha, Desang yaxshi: «Aylansin onang...» Opa deyman, yor atamayman; Hayhot!.. Opa, ayaga boyman, Murdor ekan yurak naqadar, Bazan tanho achchiq yiglayman. Dilda qoldi... Qaydan chiqdi bu balo surat, Balolarga mubtalo surat,
283 Xotirimga tushdi yigitlik, Kayfim oldi ajdaho surat... Dudoqlari yarqiroq lali, Pari desam yarashur, bali. Shahlo kozlar, qasdi jon kozlar, Yonarmisan shu xilda hali? Soldi butun ishqim boglari, Yigitlikning bahor choglari. Sen yonasan, men ortanaman, Dilda qoldi hijron doglari... Sen dildorsan unga noiloj, Suyuk yorsan unga noiloj... Ikki yillik shirin umrdan Qoldikmi shu kunga noiloj? Faqat!
Nega konglim, bolding betoqat? Òinchlan, dedim senga necha qat. Sonarmidi gussa otashi Yozgan bilan menga bazan xat? U yoshlikni soginar faqat, Esdaliklar jon qiynar faqat. Yoshlikdagi muhabbat ochmas, Ajal kelsa, u tinar faqat... Yana surat... Siynang toza oq marmar kabi, Marmar emas, yumshoq par kabi. Marmar sovuq ammo bu siyna Dozax kabi, yoq, battar kabi...
284 Siynang shundoq... Yuraging-chi, tosh... Kozlaring-chi, beayov bebosh. Shahlo emish... Shahlo nimasi? Oh, u kozlar bir parcha quyosh. Òasviringga nonoqman, nochor... Menga qoldi surat yodgor... Oxshashingni topolmayman hech, Bu malohat faqat senda bor. Hammasidan kulishing yaxshi. Dilkash, munis turishing yaxshi. Kokragimga boshingni qoyib, Òaslim bolib turishing yaxshi. 19561957, Qoraqalpogiston ONAGINAM... Òovonimga chaqir tikanakday botguvchi gashlik. Bedavo sizloviqday sizlatguvchi gashlik. Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon, Chuchvaraga chekkuvchi gashlik. Meni oylab notavon va nimjon, Gashimga tekkuvchi gashlik. Suyaklarimni sirqiratib, och tevatday gajiguchi, Kozimga yosh tirqiratib, Jigildonimda achchiq bozaday achiguchi gashlik. Dunyoga qayta kelishimga kozim yetsaydi, Yigit yoshim tolmay turib, Ayriliq zaylida qoq yogochday qurib 285 Jon bergan onamni korishimga kozim yetsaydi, Òizzasiga bir nafas bosh qoyishimga kozim yetsaydi, Onalik mehriga obdon toyishimga kozim yetsaydi, Oq sutingni oqlay, deyishimga kozim yetsaydi, Menda gashlik netardi? Yantoq otinidek, Òamaki tutunidek, Òong paytida taralgan badbaxtlik tunidek Cheksiz fazolarga tarqab ketardi! Onaginam! Odam boldimmi menam? Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib bermagan bolsam, Yo tashnaligingda bir kosa sharbat toldirib bermagan bolsam, Yo non yopishing uchun, Hatto bir yola, bir kun Sahrodan otin orqalab kelmagan bolangman... Ogzingdan soz chiqmay, yelmagan bolangman... Sening arzimas bir yumushingni ado lolmaganim, Sening bir ishorangga yuz ombaloq oshib ketolmaganim, Seni jindak xushvaqt qilgani, Seni jindak xushbaxt qilgani Òagsiz jarlardan otolmaganim, Seni songgi yolga ozim uzatolmaganim Òogday zil. Abadiyatday cheksiz armon bolib qoldi dilimda, onaginam! Odam boldimmi menam? Ha, odam sanashar meni elimda. 286 Senga qilolmagan xizmatim, Sen deb chekolmagan zahmatim Jindak zehnim, jindak sherim, jindak gazalxonligim, Onalik mehriga toymagan mehrim, jindak yaxshilik va yomonligim Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda onaginam! Elga xizmatim senga xizmatim emasmi axir, El meni farzandim demasmi axir! Rozi bol, odam sanalay menam... Dunyoga qaytib kelurman, Lekin boshqa ogil bolib... 1960 BULUÒ
I Kok yuzida paga bulut oq bulut, Oq bulutdan sut yogarmi yoki qut? Paga bulut yaxshi koklam elchisi. Havolarda yomgir isi, sel isi... Kok yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yogmay otma, paga bulut oq bulut! Yogib otsang tizza boyi ot bolur, Ot bolur, ham sut bolur, ham qut bolur. II Kok yuzida paga bulut oq bulut... Bir qarasang osmon tola oqquvlar, Bir qarasang baland qorli choqqilar, Bir qarasang koz ilgamas oq barqut. Kok yuzida yorug, oydin bir royo... Usta rassom chizmish ajib manzara
287 Òepa-tepa paxta begubor, sara, Kuzgi xirmonlarning akslari goyo... 1957
OQSOQOL Bir oqsoqol kordim boyi chinordek, Egnida banoras, kokragi ochiq, Qora chaqmoq kabi yal-yal qorachiq, Bilaklarda yolbars quvvati bordek. Kochalardan otar sekin, salmoqdor, Har odimi yerga titroq solguday, Yerning tanobiki tortib olguday, Oshkor bir savlat, botirlik oshkor. Yollardan otadi billur sharshara, Jarlar, yonbagirlar, dovonlar tanish, Mevazorlar tanish, qorgonlar tanish, On olti ogil-qiz, qirq bir nevara. Yollardan otadi goyo boboyga Ona tabiatning ozi tazimkor, Odamlarday goyo salomga tayyor, Boboyni korganda tolar chiroyga. Belida tort belbog, qolida aso, Shu joylarning tongich hukmronidek. Otmishi, buguni, pok vijdonidek Aqli luqmonlardan toliq va raso. Qora terga botib ekarkan goza, Egnidagi toni edi yuz yamoq. Buloq boylarida qaqrarkan tomoq... Baxt u payt tuproqqa komilgan koza.
288 Qora terga botib yaratarkan bog, Lekin mevasini tatiy olmasdan, Nolasi ucharkan olis Olmosdan, Soqol oqarguncha dil bolmabdi chog... Yollardan otadi tog yanglig omrov, Hali ne yuklarni kotarolgudek, Hali ne toglarga panja solgudek, Hali ham yurtida misoli kam dov. Mehnatkash insonga xos kork va savlat, Òabiatday barhaq, barhayot, ezgu. Ha, piyri badavlat deganlari shu, Yuz bir shohdan ortiq piyri badavlat. 1961, mart. Olmos qishlogi. BALIQ OVI Bizning qishloq tog bagrida, Òog bagrida bog bagrida, Etagida chopqillar soy. Yozda tiniq, Kuzda tiniq, Suvda quyosh yuz bir siniq, Koklam chogi soy butun loy. Qirgogida jambul, yalpiz, Quchogida baligi mol. Oltiraman bazan yolgiz, Suvga tushmay usti-bosh hol: Qarmogimga ilinmaydi, Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? Yuz tikilsang bilinmaydi... Òashlay qolsam non ushogin, Yugurishib kelar talay, 289 Ulgurishib kelar talay. Ilinsaydi ulkanrogi, Eltar edim jon buvimga. Hay, rostdanmi, hay, baliqmi, Òangalikmi, chaqalikmi? Balli, derdi, uquvimga... Ilinmaydi lekin hozir. Bundan keyin tor tashlayman, Òashlasam ham zor tashlayman, Qolga tushar bari oxir. 1961
MEN SENI... Men seni injitmayman Va lekin tinchitmayman... Charx urib, boz torgayday bozlashim bor boshingda Ey, sochlaring tolqini tun singari sim-siyoh, Xol kabi paydo bolgum yonoging yo qoshingda Ey, izlaring gubori kozlarimga totiyo... Saratonda sel bolib, Lolazor yaratgayman. Qahratonda yel bolib, Gul atrin taratgayman. Yol yurib, chollab qolsang, Shildiragum buloqday. Yoki dashtga yol solsang, Yastangayman otloqday. Istab qolsang soyabon, Men darrov chinor bolgum, Chomar bolsang nogahon, Men darrov anhor bolgum. 19 Adabiyot, III 290 Kezar bolsang bogingda, Pichirlagum misli barg, Kuyib sening dogingda, Bolmasaydim juvonmarg... Bu dunyoda hech kim yoq senga menday mahliyo, Umidim bor qaragung axiyri qiyo-qiyo... Epkin bolib saharda, Gulzoringda kezurman. Qoshiqlarim avj parda, Gunchalaring uzurman. Nasim kabi sezdirmay, Kiðrigingga toqingum. Ozor bermay, bezdirmay, Suratingga choqingum... Qush bolib qochar bolsang, tarlon bolib quvgayman, Òoglarda sharsharadek guboringni yuvgayman. Har mushkul, har xatarda, har balodan saqlagum, Qayrilsang-qayrilmasang, olguncha ardoqlagum. Òong payti yulduz misol, oq siynangda yongayman, Yomgirda kamalakday, yuz rangda tovlangayman, Korkingga tikilgayman to kozimda bor ziyo, Ozing bilmaysan, senda shunchalar mehri giyo! Men seni tinchitmayman Va lekin injitmayman... 1960, iyul, Qirgiziston. 291 KIPRIKLARIM Yosh qalamkashlarga ataganim Kiðriklarim qongirmikan yo qora? Kiðriklarim yuztamikin yoki ming? Kiðriklarim muncha aziz va sara, Kozginamning kiðriklari... Quyunlarda qolganimda, changga oralganimda, Ohangaron tozonidan, zanji qoralganimda, Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda, Yoki bir sher armonida, yuz bir koralganimda, Ozbekiston tonglarini, bedor kutgan kozlarim, Òengsiz tonglar falsafasin, tashna yutgan kozlarim. Kozlarimga chegarada shay askarday qoriqchi, Kozlarimga olis Bobur gussasiday yoriqchi, Ey, aziz kiðriklarim. Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari. Kiðrigimday azizlarim, nechogliq ham suyuksiz. Armonimday buyuksiz! 1960
292 ZULFIYA
(19151996) Yigirmanchi asr ozbek adabiyotining barkamol ijod sohibasi. Sheriyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari, davr tofonlari va yashash mohiyatiga doir ulugvor falsafiy qarashlar mujassam. Sher-u dostonlari umumbashariy goyalari bilan, ularning jozibali hamda sanatkorona ifodasi bilan ozbek va dunyodagi boshqa koplab xalqlar sheriyat muxlislarining qalbidan mustahkam joy olgan. BAHOR KELDI SENI SOROQLAB... Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor... Qancha sevar eding, bagrim, bahorni, Orik gullarining eding maftuni. Har uygongan kurtak hayot bergan kabi Kozlaringga surtib oparding uni. Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib soradi seni, Ul ham yosh tokdi-yu, chekindi nari. 293 Seni izlar ekan, bolib shabboda, Sen yurgan boglarni qidirib chiqdi. Yozib korsatay deb husn-korkini, Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi. Òopmay, sabri tugab boron boldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod toglaridan daraging izlab, Soylarga qulatdi togning toshini. Qirlarga ilk chiqqan qoychivonlardan Qayda shoir, deya ayladi soroq. Barida sukunat, mayuslik korib, Horib-charchab keldi, toqatlari toq... Songra jilo bolib kirdi yotogimga, Hulkar va Omonning opdi yuzidan. Singib yosh kuydirgan zafar yonogimga Sekin xabar berdi menga ozidan. Lekin yotogimda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana yel boldi-yu, kezib sarsari, Mendan soray ketdi qalbimni tilib: «Qani men kelganda kulib qarshilab, Qoshigi mavjlanib bir daryo oqqan? «Baxtim bormi deya, yakkash soroqlab» Meni sherga orab, suqlanib boqqan? Orik gullariga tonmaydi nega, Elda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan shox nashidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
294 Qanday ishqqa tolib boqardi tongga, Kamol toptirardi keng xayolimni. Uning rangdor, jozib qoshigida Mudom korar edim oz jamolimni. Qani osha kuychi, xayolchan yigit? Nechun kozingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu koklamda sen parishonhol?» Qanday javob aytay, loldir tillarim, Baridan tutdim-u, keldim qoshingga. U ham gaming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga. Alamda tutoqib daraxtga kochdi, Kurtakni uygotib soyladi gamnok. Sening yoding bilan yelib beqaror, Gullar gunchasini etdi chok-chok. Gul-u rayhonlarning taraldi atri, Samoni qopladi mayin bir qoshiq. Bu qoshiq naqadar oshno, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga toliq. Bahorga burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi joshqin, zabardast. Olmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas. Hijroning qalbimda, sozing qolimda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Òunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham! 1945
295 OGLIM, SIRA BOLMAYDI URUSH Òolisharmi olkada bahor, Quyosh kezar osmon koksida. Qaldirgochlar qanotmi qoqar, Undan soya labi ustida. Mana, oglim labi ustida Qaldirgochning mayin qanoti. Ospirinim toza koksida, Kunda oshar yangi his toti. Boyi oshib ketdi boyimdan, Bosa olar koksiga boshim. Sevgim qurib bergan uyimda Osdi mening katta yoldoshim. Yurak tola shodlik, mehr, baxt, Uning kozlariga boqaman. Nigohiday tiniq va yorqin Orzu tolqinida oqaman. Orzulari qalbimga ziynat, Hayotidir kozim qorasi. Okinaman, bazida faqat, Yonida yoq, uning otasi. Urush! Noming ochsin jahonda, Hamon bitmas sen solgan alam. Sen tufayli kop xonadonda Ota nomli buyuk shodlik kam. Yulding ota demak baxtini, Juda murgak godaklarimdan.
296 Yaxshi ham bor shunday Vatani, Dalda boldi yuraklarimga. Ota bolib soldim men yolga, Ona bolib mehrimga oldim. Mana, yurtga ogil ostirgan Bir davlatmand boy bolib qoldim. Qancha ishonch, umid baxsh etar, Ham Vatanga, ham menga bu dil, Qoya kabi yonimdan chiqib, Suyan, deydi, kiftimga dadil. Men onaman, mening yuragim Farzandlarim quvonchiga kon. Dil orziqar, bazan tilagim Vahimalar oragan zamon. Yoq, urushning nomi ham ochsin, Mening oglim kerak hayotga. Istamayman, uning dudlari Qonsin labi uzra qanotga. Bas, bas, ezgu onalar qalbi Yashay olsin bexavf, baxt bilan. Mehnatimiz, gazab, sevgimiz Òinchlik, deydi butun xalq bilan. Kokrak suti va mehnat bilan Biz jahonga berganmiz turmush, Ona qalbi oyoqqa tursa, Oglim, sira bolmaydi urush! 1954
297 MUSHOIRA
Gozal tuproq uzra quyiladi oqshom, Kunduz olar dam, Joshqin mushoira etadi davom, Dostim, kel sen ham! Bunda uzoqdagi dost bolar yaqin, Sanat, mahoratning bayrami bunda. Qofiya, soz, misra bahslari qizgin, Yuraklar davraga kiradi bunda. Qay dil chamani boy, jozib nafasi, Kimning fikri otkir, teran, bokira? Bu gurung shoirlar musobaqasi Sharq sheriy chamani, bu mushoira. Hind tuprogi uzra quyilib oqshom, Kunduz olgach dam, Joshqin mushoira etadi davom, Dostlar bolib jam. Yuraklar jor ekan, ovoz hamohang, Zarra ehtiyoj yoq muhtasham zalga. Bu sher bogida gozal, rang-barang Qoshiq solib kelgan har shoir dilga. Nil qudratin joshib kuylar bir shoir, Ozgasi Gang misol qilar zamzama. Faqat mango nusxa ajoyib chodir Bu gozal davraga ajib boshpana. Bengal korfaziday kok edi oqshom, Atrofda tabiat olardi nafas. Rang-barang chiroqlar shulasi beson Osmon kozlarida etar edi aks. 298 Salqin sohillardan esgan shabboda Goh olib kelardi gullar boyini. Goh hindu qiz kuyin, goh yaqin bogda Sayragan anvoi qushlar kuyini. Lekin hokim edi davrda ilhom Va jasur qalam. Joshqin mushoira etardi davom, Dostlar bolib jam. Ozbek supasiday sahnada gilam Chiroqda yonardi goyo kamalak. Sehr-u muhabbatin korardi baham Haqiqat va nurga intilgan yurak. Sahnaga chiqardi siðo va vazmin Chinor ham, nihol ham sher chamanidan. Keksa-yu yosh ota-yu farzandday yaqin Yonma-yon dostlikning bu bayramida! Sharqning ham buzilmas odatlari bor, Hindlar udumiga qilamiz amal. Chordana quramiz mehmon va mezbon Kamalakrang gilam uzra bemalol. Poygakda yechilgan xil-xil poyafzal, Mening nazarimda ozi bir dunyo. Har biri ozida mehnat va gozal Eli tuprogini keltirgan goyo. Ajib Hindistonning mohir, mirishkor Kosibin sanatin qilib namoyish Hindlar sandallari tizilgan qator. (Sandal daraxtidan yasalgan emish). Juda soz! Albatta kiyib birini Safarga dostlar-la men ham chiqaman.
299 Har qolga tutqazib xalqim mehrini, Buyuk Hindistonni yayov kezaman! Xitoyning bejirim, Bogdodning puxta Oyoq kiyimlari turar yonma-yon. Qarayman, Seylon bor va boshqa juftda Eron kosibining sanati ayon. Mogulcha etiklar Panjob kashfiga Ertak sozlaganday egilib turar... Kozlar quvonadi inson ishiga, Shod etar tuprog-u, mehnat va hunar. Songra tevarakka sezdirmay sekin Men ham tuflimga tashladim kozim. Yomon emas, Ahmad, mohir, kamtarin Vatandosh, ishingga olqish oqidim. Bilaman, sening ham bunda dosting bor, Balki Bombeyda u, balki Kashmirda. Qayerda bolmasin xuddi sen misol Yashaydi davrada yangragan sherda! Chodir ichi gavjum, kozlar muntazir, Mikrofon oldida davr sohibi: Kumushday sochida jilvalanar nur, Kozida yoshlikning sonmas yolqini. Nelarni kormadi bu kozlar? Yurtda Koz yoshi daryoday oqqanin eslar. Iroda va umid toblanib otda, Qari haqsizlikni yoqqanin eslar. Endi Hindistonning ustida oftob, Shuning-chun yosh, dadil, munavvar boqar, Bizni sher bahsiga qiladi xitob, Qoshiq yuraklardan daryoday oqar.
300 Gozal tarjimondir zangori oqshom, Har yurak hamdam. Bizning mushoira etadi davom, Dostim, kel sen ham! Mana, musiqaday, sevgiday mayin Davraga kiradi Panjob bulbuli. Nafis satrlari yoniq otdayin, Jasur jaranglaydi onalik dili. Sher oqiydi Nepal, Vetnam, Xitoy, Rus, tojik oqiydi sherini sarbast. Qora alangaday soqolli singxlar, Qorday oq libosli bengallar, hindlar. Zavqidan tebranib naq tolqinli soy, Òinglardi hayajon ogushida mast. Qoshiq-chi? Goh kurash, goh qiz sevgisi. Goh kokdan non kutib kor bolgan nigoh, Goh godak kulgusi, goh banan isi, Surmali kozlarning nozi bolib goh, Goh bogiq haqiqat dod, hayqirigi, Gohi yulduz kabi yiroq, yorqin baxt. Qullikka sanchilgan gazabning tigi, Goh erk tantanasi bergan adolat Osiyo, Afrika kartasi bolib, Hayot alamiga, baxtiga tolib, Kirib kelar edi dildan dillarga. Yellar misralarni dillardan yulib Million yollar bilan butun ellarga Ketardi goyo bir samimiy sayyoh, Yolqin qanotida dostlik va mehr.
301 Goyo sharqliklarning baxtiga guvoh, Garbni chorlar edi davraga sher. Ey latif, fusunkor hind oqshomlari, Ne sehr bor edi zangor qoyningda? Òinglovchi va shoir hayajonlari Bu ulkan qalb bolib tepar tolqinda. Yangi kuy, yangi oy olib shoirlar, Daraga kelardi, kelardi hamon. Dillarni payvandlar edi satrlar Dostlik, qardoshlikning koprigisimon. Yor-u birodarning mehriga serob. Yurakday davramiz borar kengayib, Jafokash qoniga solib oftob, Kozida qalbning oqligi yonib Afrika farzandi oqiydi sher. Irmoqday quyilar tinchlik sozlari. Orom ogushiga kirgan bolar yer, Yorqinroq chaqnaydi kok yudduzlari. Sen ermak emassan, sen non, sen orom, Orzu pokiza. Sen hayot! Hayotni kuyla sen mudom, Ey, mushoira! Sen chorla, ovozing eshitsin jahon! Sherning urib turgan yuragi bolib, Hayotning eng ajib kuyiga tolib. Davramizga kirsin ishchi va dehqon, Hayot sanatkori eng oddiy inson. Balki u sher yozib, oqimagan ham, Ijodning lazzatli dardi begona. 302 Kurashi qalbida qaynagan ilhom, Kitobi erkka ishq, orzu va goya. Mayli, orin olsin, bu shonli safdan, Shoirlar kuyiga bolsin hamovoz. Mehnat-la yaratgan saodat, baxtdan Naql etgan misralar keng qilsin parvoz. Hayot gozalligi sheriyatining Yoniq nafasiga tolsin bu jahon. Xavfdan xalos bolgan bashariyatning Qoshigin toqisin ozod, tinch inson. Davramiz mehrga toliq bir olam, Dostlar bari jam, Buyuk mushoira etadi davom, Kelingiz, siz ham! 1958
XOÒIRAM SINIQLARI Hurriyat, keldingmi nahotki kelding, Pinhona sogindim, pinhona kutdim. Yomgirga bagrini tutgan sahrodek Sening nasimingga qalbimni tutdim. Mana, qalb baxt-u dard tola dengizim, Mavjlari shuhratim, hijron, okinchim. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling