Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
singillar», «Tugilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin kochalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham ozbek adabiyoti tarixida oziga xos iz qoldirdi. ÒOQQIZINCHI PALAÒA Hikoya
Nafing qancha bolsa umring shuncha. (Quloqqa chalingan gaplardan) Qurilish shaharchasining yangi kasalxonasi juda qulay joyga tushgan togning kungay etagi, bir tomoni yosh terakzor, katta yoldan uzoqda. Yoz kunlari bemorlar derazalarni lang ochib, tog havosini toyib-toyib shimirishadi. Bahromovning palatadagi qoshnisi keksa odam, ahvoli ancha ogir, lekin kop sergap ekan, yotgan joyida ham inqillab gapirishini qoymaydi. Ha, hozirgilarni nuqul yuragidan olyapti, taqsir, oltmishga bormay, «sertsam-sertsam»ga tushib qolishyapti. Ozlari nechaga kirdilar? Oltmish yetti, dedi Bahromov. Ana. Bizniki shu bu yil tut pishigida ikkam sakson boldi, xudoga shukur, sertsa-pertsa bilan ishimiz bolgan emas... 318 Lekin Bahromov korib turibdiki, cholning mazasi yoq, salqi qovoqlari sap-sariq, kecha sartarosh kelganda ham ornidan turishga majoli yetmadi. Undan kora, qimir etmay yotsa ham, Bahromovning ozi tetikroq. Hamshira kirdi. Bu Mamura degan uzunchoq yuzli, boydorgina qora qiz edi. Sizga qimirlash mumkin emas, bilasiz-a, dedi u Bahromovning yostigini sal kotarib, mana mundoq, faqat chalqancha yotasiz. Bilaman, bilaman, qizim, ming marta eshitdim, faqat... qancha? Qachongacha shunday yotaman? Hech kim aytmaydi. Aytamiz. Mamura «aytamiz» derdi, lekin uning shu holda qancha yotishi kerakligini bilmasdi bir haftami, uch oymi... Ham- shiraning vazifasi bemorni ogohlantirib, koz-quloq bolib turish. Ammo Mamuraning bu palatadan kongli tinch edi: bemorlari beozor, ikkalasi ham keksa, bosiq odamlar, kelgan kuniyoq til topishgan, u dunyo-bu dunyodan gaplashib, ortiqcha oh-u nolasiz kunni kech qilishadi. Hamshira cholga ham dori ichirib, chiqib ketdi. Ochiq deraza- dan maysazor maydon korinardi. Barra maysada hurpaygan chiðor tovuq jojalarini ergashtirib otib borarkan, Bahromovga ot-olanga qoqina-qoqina tizilib ketayotgan bu sargish-yashil momiqchalar juda zaif, himoyasizdek tuyulib ketdi, kalxat-malxat yoqmi deb osmonga ham qarab qoydi, osmon shishadek tiniq edi. Uch haftadan beri qimir etmay chalqancha yotib, badanlari tosh qotib ketgan Bahromov hamma narsadan bezor boldi, hamma narsadan toydi-yu, mana shu tubsiz tiniq osmonga tikilib toymadi. Goho shu soflikka tikilib, xayolga chomganida cholning mingir-mingir gapi ham bachkana tuyulib yoqmay qoladi, quloq solmay qoyadi. Bugun ham kun otdi,dedi chol,ana, taqvodor qosh- nimiz namoz asirga otirdi, qarang... Bahromov qaramasa ham biladi: sayxonning narigi chetida tikanak chetan bilan ihota qilingan salqin mevazor hovli bor,
319 hovlining egasi doim oq yaktak, oq ishton kiyadigan namozxon odam. Besh vaqt namozini kanda qilmay mana shu hovli etagida oqiydi.
Qoshnisining bu taqvodorni orqavorotdan kalaka qilishlari yoqmasdi Bahromovga. Oti Hoji buva, ozi saksonga borgan bolsa ham, kasalxonaning yovgon oshini bismillosiz tushiradi. «Imonsiz chol» deb qoyardi Bahromov ichida. U dunyodan umidi katta qoshnimizning, dedi Hoji buva.
Ha, umid... Bahromov osmondan kozini uzmay gapga qoshildi. Umid degan odam bolasini ne koylarga solmaydi. Bir kitobda oquvdim Hindistonda keksalar muqaddas Gang boyida jon berishni orzu qilisharkan. U yerda olgan odam shahid ketib, togri jannatga noil bolarmish. Shuning uchun odamlar Gang sohilida uzlat chekib, haftalab och yotishar, kecha-yu kunduz xudodan olim tilashar ekan. Umid shunaqa. Umid har xil boladi, Hoji buva. Biri dilingni kunday ravshan qilib, bamisoli qanotdek osmonga uchirsa, biri... Yoq, menga unisi ham kerak emas, bunisi ham... dedi «imonsiz» chol zahil yuzini, koksiga yoyilgan soqolini silab. Mening umidim yashash. Shuncha umrni bergan xudo buyogini ham ayamas. Nima ish qilardingiz, buva? soradi Bahromov. Endi ish qoptimi, taqsir, dedi chol, chamasi togri javobdan chalgitishga urinib, kop ish qildik, qilmagan ishimiz qolmadi, endi yashash kerak. Umidim shu... Bahromov indamagandan keyin, chol soradi: Yo sizning umidingiz bolakmi, qoshni? Nega? Yashashga qarshi emasman. Yashashga nima yetsin. Lekin paymona tolib qolgan bolsa-chi, unda nimaga umid qilish kerak?
Chol boshini kotarib, zafaron yuzida hayrat bilan Bahromovga qaradi:
Anov namozxonniki togri demoqchimisiz? 320 Bahromov shiftga qaragancha jilmaydi. Yoq. Mening umidim... kelajakda. U dunyoda emas, shu dunyoning kelajagida. Axir bizdan keyin ham odamlar qoladi-ku... Sizniki qiziq boldi, dedi Hoji buva ancha jimlikdan keyin,odam ozi oladi-yu, umidi qolarmishmi? Kelajak deganingizda siz bilan biz bolmaymiz, umidimiz nima qiladi? Bu ham bir tasalli, oz-ozini aldash. Anovi taqvodor qoshnimizniki tuzuk chiqdi-ku siznikidan. Bahromov yana jilmaydi. Lekin jilmayishi asta-sekin sonib, oriq yuzi ilgarigi rangsiz holatiga keldi. Bolalaringiz bormi, Hoji buva? dedi madorsiz. E-ha, siz uni aytasiz. Ha, bor, bolalardan bor. Ozlariniki- chi? Bahromov qolini asta kotarib, ikki barmogini korsatdi: Ikkita edi. Anchadan keyin qoshib qoydi: urush olib ketdi. Ikkita Bahromovni olib ketdi. Ozimiz ham mana... Hoji buva boshini yostiqqa qoyib joylashib yotdi, Jovon ustidagi kaltakni olib, devorga qongan pashshani uzoq poyladi. Axiri urib devorga yopishtirgandan keyin qanoat hosil qilib, yana gap boshladi. Menikilarni urush qiyalab otdi, xudoga shukur. Lekin bari qoldan chiqqan, bari oz tirikchiligi, oz niyati bilan. Bittagina nevaram qolimda edi, hozir undan ham umid, men sizga aytsam, haminqadar... Ha, nima boldi nevaraga? Niyatim Ergashvoyni shaharda oqitib odam qilish edi, terlab-pishib yurdi-yurdi-yu, bir kuni imtihondan yiqilib, qaytib keldi bachchagar. Keyin qarasam, anov bosh togonga ishga kirib olibdi. Ishlab turay-chi, yangi yilga tagin borarman, deydi. Qayoqda, bu qurilishga bir ilingandan keyin odam bolgani qoyadimi, domiga tortib ketdi. Hozir yuribdi, osha sheriklariga oxshab, na yuragida yogi bor, na uyda chirogi. Ishlayotgan bolsa bopti-da.
321 Ishlayapti. Gap umiddan ketganiga aytaman... Sherigining gapi esiga tushib, Hoji buva birpas jim qoldi, aytganday, bolalarim yoq dedingiz-a? Unda, haligi gapingiz nima boldi? Qaysi gap? Kelajak, umid... Bu mahal ochiq derazadan ayol kishining ingichka otkir ovozi eshitildi: «Alisher-ov! Hov, Alisher!» Bu bemorlarga tanish ovoz edi. Alisherning oyisi haligi namozxonning hovlisida yosh kelin bolsa kerak, har kuni shu mahalda Alisherini yoqlab chinqiradi. Alisher ishtonsiz bolsa ham, nuqul qizil botinka kiygan, koptokdek yum-yumaloq maysada jojami, chumchuqmi, kapalakmi, qoqina-turtina quvlagani-quvlagan. Meniki bolmasa, ozgalarniki bor, Hoji buva, dedi Bahromov, yostigini sal qiya qilib derazadan boqdi. Alisher, xuddi oylaganidek, adashib chiqqan bir jojaning ketidan xuddi koptok singari yumalab ketib borar, oyisining kuyib-pishgani bilan ishi yoq edi. Bahromov to qosh qorayguncha derazadan koz uzmadi. Uning solgin yuzida xira nurlangan shom sharpalarini tushunmagan Hoji buva yana bir nimalarni gapirdi, shu yoshidagi oyisiga quloq solmagan Alisherni «tirmizak» deb, sokdimi, u odam bolguncha onasi qarib-churiydi, undan umidi nima bolardi, dedimi, bu gaplar Bahromovning qulogiga kirmadi. Qiziqki, boshida hech qanaqa oy ham yoq edi, shunchaki, hech narsani eshitmay, hech narsani oylamay, rohat qilib yotaverdi. Keyin shu bilan uyquga ketibdi. Ertalab chamalab qarasa, shunday miriqib uxlabdiki, kop oylardan beri shunday shirin uxlagani yoq edi. Shunday bolaversa, tuzalib ketishi ham hech gap emas. Biroq shu kuni kechga yaqin qoshnisi Hoji buvaning ahvoli ogirlashib qoldi. Uning tosatdan «olaman»ga tushib qolishi birinchi marta bolayotgani yoq, lekin bu galgisi chindan ham xavfli edi shekilli, vrachlar, hamshiralar yugurgilab qolishdi. Uzoq 21 Adabiyot, III 322 davom etgan kasaldan keyin sargayib ketgan, xaltadek osilgan badanlariga yana allaqanday ukollar qadashdi. Cholning yuzi chozilib ketgan, atrofdagilarni tanimayotgandek bejo tikilar, gapirolmas edi. Goh jon berayotgandek kozidan mano qochganda, atrofdagilarning nafasi ichiga tushar, yurakni muzlatadigan sovuq jimlik chokkanda, Mamuraning koksini yorib chiqqan yigi tovushi eshitilar edi. Mamura cholning qiynalganlarini kop korgan. Ayniqsa uning hilviragan badanlariga igna sanchib qiynashlarini korgani kozi yoq edi. Hozir ham vrachlar topidan chetda, Bahromov koykasining yonida turib, yiglab, qizarib ketgan burnini xalat etagiga artar edi. Nimaga qiynashadi-ya! Òinchgina jon berishiga qoyish- may...
Bahromov yotgan joyida uning qolini ushlab qisdi. Òavba deng, qizim. Nimaga qiynashadi axir! Nimaga? Bari bir... Mamura baqirib yiglab yuborishidan qorqib, yugurib chiqib ketdi. Vrachlar Hoji buva atrofida kechasi bilan parvona bolishdi. Bemor bir zum tilga kirib: «uydagilarni chaqirtiringlar, xayrlashib, rizoliklarini olay», dedi. Undan yana qon olishdi, tomiriga bir nimalar quyishdi, ukol qilishdi. Ertalab Ergash yetib keldi. Bahromov uni sira kormagan bolsa ham, darrov tanidi. Novcha boyli, tiyrak kozli, chayir ospirin Ergash bir necha ortoqlari bilan kelgan edi. Buvasi uni tanimadi, kun yorishganda Ergash ortoqlariga javob berdi ular smenaga borishlari kerak ekan. Yolgiz qolganda Ergash Bahromov bilan gaplashib otirdi. Bobosi koz ochganda godakday quvonib, xaltasini agdara boshladi: Posyolka bozoridan oldim, buva! Mana gilos, konglingiz tusasa, olcha! Jindak xomroq ekan, lekin yirik-yirik, qarang! Shu-shu Ergash tez-tez keladigan boldi. Hoji buva bir haftaga qolmay onglanib, oyoqqa turdi. U butunlay tuzaldi desa bolardi. Lekin qandaydir xunuk tolishib, ovqatga toymaydigan bolib qoldi. Kasalxonada berganlari yuq bolmay, Ergash kotarib kelgan
323 pomidormi, nonmi, kolbasami barini kordim demay supurib tashlaydigan boldi. Shunda ham kozlari ola-kula. Bahromovning qolgan-qutganini ham kishi bilmas yamlab, yana eshikka alanglar, ovqat kutar edi. Ovqat kelsa, ogzini chapillatib, soqollarini iflos qilib, ochkozlik bilan tez, xunuk eydi. Bahromov keyinroq sezib qoldiki, uning jovonidan ham bazan besoroq, kozini shamgalat qilib, togrisi, ogirlab u-bu yeydigan boldi. Bahromov keksa odamga yarashmagan bu qiliqdan dam hayratda qolar, dam rahmi kelib tikilar, ovqatdan chalgitishga urinib, gapga solar edi. Ergashingiz siz aytganchalik «kochada qolgan» bola emas ekan, dedi Bahromov,gaplashib otirdik, havasim keldi. Aqlli, magzi butun ishchi yigit. Vijdonli, mehnatkash boladi.
Hoji buva ogzini chapillatib, bir nimani kavshar edi, indamadi. Anchadan keyingina: Bugun kech qoldi, qayoqda daydib yuribdi ekan, bachchagar,deb mingilladi. Bahromovga u Ergashni emas, Ergash kotarib keladigan xaltani, oziq-ovqatni kutayotgandek tuyuldi. Endi Bahromovga juda qiyin bolib qoldi. Qoshnisi bilan ilgarigidek gaplasholmaydi. Hoji buvaning gapi endi kasalliklar mavzuidan chetga chiqmay qoldi, u ham kopincha manosiz. Qachondir bod bolib, siydik bilan davolangani bormi, qaysi bir irimchi kampirning topgan giyohlari bormi, ishqilib, na aqlga, na kongilga qor boladigan gaplar. Xunuk semirib, betinim pishillab ovqat yeyishlari bolsa, joniga tegib ketdi. Òezroq tuzalib chiqib keta qolsa edi. Kasal deydigan joyi ham qolmagan, ornidan turib ham yuradi, lekin doktorlar negadir javob bermay ushlab turishibdi. Bahromovning ahvoli bolsa osha-osha. Qimir etmay chalqancha yotgani-yotgan, atrofdagi hamma gap qulogiga kiraveradi, qiladigan ishi yoq, goho uymalashib kelgan oylardan boshi tars yorilguday boladi. Eng dahshatlisi uyqusiz kechalar.
324 Bugun kechasi osmonni bulut qoplab, yomgir yogolmay, avval rosa dim boldi. Keyin qayoqdandir beqaror shamol esib, yarim tunda tozonli dovul turdi. Daraxtlar dengizdek shovullar, qayoqdandir ochiq qolgan deraza pallalari urilib, chilparchin bolar, terak shoxlari sinib tushar, tos-topolon. Qora tun tuynugiga chang-tozon tiqilib qolgandek, nafas bogilar edi. Bahromov zorga tong ottirdi. Ertalab Mamura derazalarni ochganda haligina savalab otgan yomgir hidi keldi, osmon yana musaffo, kom-kok sayxonning har joy, har joyida sinib tushgan shoxlar yaproqlari solib yotardi. Bahromov iliq yomgir yuvgan maysazorni uzoq tomosha qilib yotdi. Ertalabki quyoshda yilt- yilt etgan nam maysaning salqinini bagrida sezganday boldi, jilmaydi. Shu maysani yalang oyoq bosib, lokanglab borayotgan Alisherga shunday havasi keldiki, kozidan yosh chiqib ketdi. Kim biladi, hozir yerni qomsab, burishib yotgan tovonlariga shu maysa tegsa, butun vujudiga orom yetib, dardchil badaniga jon kirib, tuzalib ketarmidi... Bahromov xayolga shongib ketgan ekan, birdan bezovtalanib qichqirib yubordi: Hoji buva! Hoji buva! Alisher kelyapti, qarang! Qoshnisi qimir etmadi: nima bopti, har kungi osha boladir-da. Qoch! Qayt! Kelma, Alisher! Qarang, qoshni, qarang, simga qarab kelyapti! Qoch deyman, qayt, ana oying chaqiryapti! Alisher loppi, momiq oyoqchalari bilan maysani bosib hamon kelardi, oldida esa tomdan uzilib tushgan yalangoch simning uchi ilondek buralib yotibdi. Elektr simi! Bola yana on qadam yursa yonib komir boladi! Qoshni, jon Hoji buva, turing, yuguring, simga qarab kelyapti! Hoy, kim bor! Hech kim yoq edi, hech kim javob bermadi. Hoji buva asta turib, kavushini kiydi-da, derazaga yaqinlashdi. Qarasa, bola chindan ham simga qarab tikka kelyapti. Sim ustida kechasi
325 dovulda sinib tushgan orik shoxi kokarib yotardi, danakday- danakday goralari yiltillab, bolani oziga tortardi chogi. Òegma,dedi Hoji buva. Bola eshitmasdi. Yuguring, jon aka, oling bolani! deb yalindi Bahromov, uning kozlari bejo, ozining ojizligidan azobda, boyin tomirlari bortib chiqqan edi. Òez bolsangiz-chi! Hoji buva bolani «bachchagar», onasini «qizigar», qaynotasini «taqvoingdan orgildim» deb soka-soka, karavotiga otirib, paytavasini oray boshladi. Hoji buva! Jon aka! Qoch, qayt! deb talvasa chekar edi Bahromov. Hoji buva mingir-mingir qarganib, jovondan borib etigini oldi, yana kelib karavotiga otirdi. Etik qonjidagi eski loyni tirsagi bilan ishqab tozalay boshlaganida Bahromovning sabr kosasi toldi shekilli, korpani shartta uloqtirib tashlab, derazaga ozini urdi. Hoji buva uning: «Alisher! Alisher!» degan ovozini eshitib qoldi, xolos, qarasa bir yarim oy qimir etmay chalqancha yotgan qoshnisi ishtonchang maysada yugurib ketyapti! Hoy, sizga turish mumkin emas-a, hay siz yoting, qoshni, nima qilyapsiz! degancha. Hoji buva derazadan qarab qolaverdi. Bahromov bolani simning shunday yonginasidan dast kotarib olib, chiyillatgancha chetanning narigi yogiga olib kirib qoydi. Ichkaridan Alisherning oyisi yugurib chiqdi. Bahromov qaytib kelib simni tayoq uchiga ilib, devorga kotarib qoydi. Keyin atrofiga alanglab, maysada gandiraklagancha derazaga qarab yurdi. Goradan olakeling biratolasi, qoshni,dedi ichkaridan Hoji buva, hozir qatiqmi-sut payti, juda xushxor nordon boladi.
Bahromov eshitmadi, boshi gir aylanib, koz ongi qoron- gilashgan edi, derazaga kelib suyandi, qoshnisi uni qolidan tortib, ichkariga oldi. Hoji aka... Hoji aka, qayerdasiz! dedi yotganidan keyin ham hech narsa kormay, qanday yugurib borganimga hayronman,
326 dorimni olib bering, dorisini ichib ham koz ochmadi, Mamuraga aytmang, xopmi, Hoji buva... Xop deng. Xop, xop, akasi, lekin bekor qilding. Doxtir buyur- maganni qilish kerak emas, rangingni qara, loxovla-a, murdaday bolib qolding. Bahromov bir zumga kozini ochib unga qaradi-yu yana yumdi. Òinchib qoldi. Qoshnisi ham yoqasini ushlagancha orniga borib yotdi. Keyin Mamura kirdi. Hoji buva bolgan voqeani aytmadi, Bahromov aytadimi deb qorqib yotgan edi, yoq, aytmadi. Lekin Mamura dorilarni berib, chiqib ketayotganida Hoji buva uni toxtatdi. Qizim, sen... ketma. Birpas otir, deb qoldi. Mamura cholning nimadandir qorqib qaltirayotganini payqab qoldi. Shunda ikkalasining kozlari uchrashib qolib, qiz tushundi: Bahromov oppoq bolib yotardi. Bahromov jim qolishlaridan ularning xavotirini sezdi-yu, gap bilan ovora qilishga urindi. Rostdan ham, Mamura qizim, biz qariyalar bilan ham bir nafas gaplashib otirsang bolmaydimi? dedi madorsizligini yashirishga harakat qilib. Yo boshqa palatalarda yoshlar kopmi? Darvoqe, bu yerga kelgandan keyin yosh bolib qayoqqa bordi, bu yerda yosh-u qari barobar, barining oti «bemor», u gapni toxtatmaslikka urinar, qizni ozidan chalgitish uchungina emas, ozi ham hozir negadir sergapligi tutib, konglini nimalardandir boshatib olgisi kelar edi. Nafasini rostlab davom etdi. Odam bir umr esi past bolar ekan, qizim. Yoshimizni yashab qariymiz, munkayib qolamiz, olim yelkamizdan noqib turadi-yu, es-hushimiz hamon ravshan tortmaydi. Ammo nihoyat, shunday bir zum keladiki, qizim, es- hushinggina emas, butun vujuding ravshan tortib, hamma narsani birdan tushunasan... Bir umr yongan-kuyganlaring, yiglagan- quvonganlaring, xavotir-u vahimalaring, orzu-armonlaring bari shu bir zumda jam boladi. Òitraysan, lovullaysan, yuraging yosh
327 tokib, yengillashishni istaydi. Ozing ham yoq, dunyo ham: nimadir, boshqa narsa koz oldingda turadi: u tunday qorongi, quyoshdek yorug... Odam bu zumning kelishini ilgaridan bilganda edi... Biz bilmaymiz-da, qizim. Kunimizga quvonib, yerimizdan, odamlar mehridan nurlanib yuraveramiz. Aytmaymizki hay, inson bolasi, buning oxirida barini chaqmoqday yorituvchi, yakunlovchi bir zum bor, unda hayoting- dagi eng mayda narsalar ham buyuk boladi, butun bosib otgan yoling esa cheksiz bir olamdek korinadi. Hayratda qolasan: nega buni bilmagan ekanman, nega buni ilgari oylamagan ekanman, deb hayratda qolasan... Bahromovning yana kop gaplari bor edi shekilli-yu, darmoni yetmadi. Mamura unga sehrlangandek termilib qolgan edi. Birdan payqadiki, bemorning yuzi yorishib ketdi, lablariga rang kirgan, qoshlari qop-qora, uzun-uzun kiðriklari nurlangandek edi.
Mamura Bahromovning bunday chiroyli odam ekanligini ilgari payqamagan ekan, qorqib ornidan turdi. Kongliga dahshatli fikr keldi: «Nega bexosdan bunday gaplarni gapirib qoldi?!» Endi, sen boraqol, qizim, damingni ol, men uxlayman... dedi Bahromov. Yoq, men shu yerda otiraman!deb yubordi Mamura. Ozining ovozidan ozi chochib tushdi. Nega bunday deganini ozi ham bilmaydi. Lekin Bahromov unamadi. Bor, men uxlayman, xayr... dedi qizning qolini zaifgina qisib.
Bir soatdan keyin Mamura palataga Alisherning onasini boshlab keldi. Mana shu yerda, shu, shu, der edi ayol; uning quchogida bir dasta atirgul. Alisherini yasantirib yetaklab olgan, Mamuraning ogohlan- tirishiga qaramay, bostirib kirib kelaverdi. Mamura bemorning yoniga borib:
328 Bahromov aka, uxlayapsizmi, mana, sizga gul keltirishib- di, Mamura ovozini pasaytirib, ayoldan soradi: Kimdan? Kimdan dedingiz? Alisherdan. Alisherdan ekan, mana, voy manavi gulni! Bahromov aka... Bemor uygonmagandan keyin hamshira uning yuzini ochdi. Ochdi-yu, sariq devorga yuzini bosib, qotib qoldi. Bir zumdan song yelkalari titrab yiglab yubordi. Voy olay! deb qichqirdi ayol Alisherini bagriga tortib. Bahromov olgan edi. Mamura yiglagancha doktorlarni boshlab kirdi. Bilgan edim, konglim sezuvdi, nega ketdim?! Nega ketdim!deb yiglardi Mamura. Ayol nima qilishini bilmay, guldastani ortadagi jovon ustiga, shisha bankaga otqazdi. Jovonning u yonidagi orinda Hoji buva suyuq ovqatga qolini solib, bir nimani kavshayotgan edi. Jovon ustida ertalab Ergash keltirgan olmalar qið-qizarib yotardi. Alisher yonib-yiltillab turgan olmalarga zavqi kelib, tikilib boqqan edi, Hoji buva isqirt qoli bilan darrov yigishtirib oldi. Buni payqagan Mamura qizargan kozlari bilan cholga shunday achinib boqdiki, goyo bu palatada hozirgina Bahromov emas, Hoji buva jon bergan edi. Qiz Alisherni bagriga olib, chiqib ketdi. Kelin ham olik Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling