Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
nazarida esa chor hukumati yomon bolsa ham, Rossiyaning fabrika-zavodlari yaxshi edi; bir necha yil shu fikrda yurib, bir martaba Òurkistonga kelib ketganidan song, yigitning gapi maqul, oshanday talablar haqli ekaniga ishondi va shu fikrning butun musulmon sharqiga tarqalishini xohlab qoldi; songgi yillarda «Vaqt», «Òarjimon» va boshqa birmuncha gazetalarning nima deyayotganini anglab, Òurkistondagi milliy harakatni shu goya bayrogi ostiga burish uchun xizmat kamarini bogladi. Bu davrdagi Òurkistonning yosh ziyolilari esa shunday tajribali ustod qolidan chiqqan shogirdlarga muhtoj edi... XIII
Bir kuni Saidiy oqishdan qaytib, hujrasining eshigini ochganida oyogi ostiga bir konvert tushdi. Konvert uzunchoq, yupqagina bolib, ustida bir idoraning shtampi bosilgan edi. Pochchasi bilan birga ekanida Moliya shubasining bildirishini, tergov idoralarining chaqiruv qogozlarini kora-kora yurak oldirib qolgan Saidiy qorqib ketdi. Xira tushgan shtampni sinchiklab oqishga sabri chidamay, konvertni yirtdi. Uning ichidagi ikki buklangan qogozning yuqorisida Saidiyni yoniga yolatmagan osha jurnalning shtampi bolib, ostiga «ortoq Saidiy!» deb yozilgan edi. Saidiy bu xatni hayot-mamotdan darak beradigan telegrammaday kozdan kechirdi: «Ortoq Saidiy! Idora xizmatchilarimizning ehtiyotsizligi orqasida bolsa kerak, qoladigan materiallar orasiga tushib ketgan «Vodiy» sarlavhali sheringiz, «Qalandar» sarlavhali hikoyangizni 230 kechikib bolsa ham navbatga qoydik. Shu ikki asaringiz yuzasidan idoraga bir kirib chiqishingiz soraladi. Ortoqlik salomi bilan: Kenja»
Saidiyning vujudini titroq bosdi, bu titroq qorquvdanmi, kutilmagan sevinchdanmi ekanini ozi ham bilmas edi. U xatni ikki-uch qayta oqigandan song, ozini andak bosib olib, atrofiga qaradi, nazarida, butun ashyolar tusi ozgargan, kulib turganday korinar edi. Saidiy xatarli dovonga yopishib oxiri eson-omon uning ustiga chiqqanday uf tortdi-da: «Olam yaxshi. Hayot gozal. Natijasiz mehnat bolmaydi», dedi. U eshikni yopib pechkaga suyandi, songra, paltosini yechib karavotga irgitdi-da, karavot yoniga bordi, uning ostidan jurnallarni oldi va tiz chokib hammasini varaqlay boshladi; jurnallarning muqovasidagi litograf 1 boyoqlarining hidi, nechukdir, dimogiga xush kelar, uni ataylab hidlar edi. Saidiy shu kuni kechgacha hujrada ivirsib ovqatga ham bormadi; kechasi hujrani yaxshilab yigishtirdi, kitoblarni qaytadan terdi, xatni oppoq qogoz yoyilgan stolning bir chetiga qoyib, sher va hikoyalarini kochirib qoygan daftarini uzoq varaqlab otirdi; biron narsa yozishga uringan edi, sira boshlay olmadi; biron narsa oqishni esa sira xohlamas edi. Saidiy ertalab vahimaga tushdi: xatda garchi sher bilan hikoya bosish uchun navbatga qoyilgani ochiq aytilsa-da, yozuvchilik ishi nazariga bir tilsim bolib koringani uchun bunga tola ishonib yetmas edi. U Kenjaning kim va qanday odam ekanini bilmaydi. Kim biladi, balki u jorttaga shunday xat yozgandir: borsa yo urishib berar, yo «shoir bolmagan bir sen qolgan eding, yaqinda ariza va qarorlar ham sher bilan yoziladigan boladi!» deb kopchilik ichida osal qilar. Bormay qoya qolsa-chi? Saidiy har holda borishga qaror berdi, ammo yuragi orqasiga urib, nonushta ham qilolmadi, non ogzida aylanadi, xuddi bir narsa tomogidan bogib turganday, yutolmaydi. 1 Litograf bosmaxonada harf teradigan uskuna. 231 Saidiy jurnal idorasiga yetguncha ozini-ozi ogohlantirib bordi: «Hoy bola, asli, qachon bolsa-da, royobga chiqish umidida mashqingni qilib yuraversang bolar edi. Endi-ku, borishga borayotirsan, solib qaytishni bir martaba boyningga olib qoy!» Butun qiyinchilik qovogini solib turganday koringan boshqarma binosi bosagasidan otishda boldi, yolakka kirganidan song ozini dadil tutdi, hatto ikki tomondagi qator ketgan eshiklarning biridan chiqqan ulugsifat bir odamdan Kenjaning qaysi uyda ekanini tortinmay soradi, oshanday dadillik bilan eshikni ochib kirdi. Kiraverishda ong tomonga qoyilgan abjaqqina stol yonida bir yigit otirar edi. Uyning toridagi, korinishda kattaroq odamning orni koringan stol ustida dasta-dasta qogoz yotar, ammo egasi yoq edi. Haligi yigit boshini kotarib, Saidiyga bir qaradi-da, yana oz ishi bilan mashgul boldi. Saidiy uni tanidi. U bir vaqt borgani yozuvchilar majlisida kaltaklangan, beobro qilingan yigit edi. Saidiy togri sersavlat stol yoniga borib kutdi. Ozginadan song pakana, yumaloq, boyni kalta, yuzi shishinqiragan, zahil bir yigit kirib, Saidiyning aftiga ham qaramay, stolga otirdi va qogozlarni titkilay ketdi. Saidiy ancha kutdi. Bu odam boshini kotarib qaramagandan song, sekin: Ortoq Kenja siz bolasizmi? deb soradi. Shunda ham bu odam Saidiyning yuziga qaramay javob berdi: Ana u kishi! Saidiy burilib ketdi, Kenjaning oldiga bordi. Kenja ishlab turgan ishini bir chetga surib, Saidiyga qaradi va sorashgani qol uzatdi. Siz Rahimjon Saidiymi? Yaxshi, qani otiring! Saidiy otirdi. Kenja stolning tortmasidan Saidiyning qolyoz- malarini oldi. Bu sizning birinchi asarlaringizmi yo ilgari ham yozib yurar edingizmi? Shu... Uncha-muncha mashq qilib yuraman. Bir-ikkitasini yuborgan edim.
232 Har ikkala asaringiz ham bosishga yaraydi, ammo ikkovida ham, xususan sherda, mening bilishimcha, birmuncha kamchiliklar bor. Men bularni aytay, istasangiz hozir, shu yerning ozida, yoqsa keyinchalik bafurja muhokama qilib koring. Agar togri bolsa, ozimiz va boshqa ortoqlarning yordami bilan tuzatarmiz. Olamda kishini yayratadigan narsalarning hisobi yoq, ammo bularning hammasi zaharli soz, olovli qamchi kutgan kishing tomonidan bolgan iltifotga yetarmikin? Kenja «mumtoz shoirlar»dan emasligini Saidiy bilsa ham, har holda, undan zaharli soz, olovli qamchi kutgan edi. Yozgan narsalarim maslahat berishga arzirlik bolsa, yana siz komak vada qilsangiz suyunaman... Saidiy uning sher haqida bergan maslahatlarini maqulladi, ammo ichida oylar edi: «Bu yumshoqlik, shirin sozlik bilan odamning adabini beradigan xilidan korinadi. Hozirgina ikkala asarni ham yaroqli degan edi. Muloyimlik bilan sherni chiqitga chiqardi. Endi hikoyani ham sekin qolimga qaytarib beradi-ku!» Hikoyangiz yaxshi, ammo notamom, dedi Kenja. «Ana, dedi Saidiy ichida, aytmadimmi». U nimadir demoqchi edi, Kenja davom etdi: Ozbek qizining yomon turmushini ustalik bilan korsatgan bolsangiz ham, shu bilan kifoyalanmaslik kerak edi. Biz, bolajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yollarini ham korsatishimiz lozim. Shuning uchun men hikoyan- gizga bir bob qoshdim. Oqib beraman, rozi bolsangiz shunday, yoqsa, aslicha bosilar. Bu bob hikoyagagina emas, Saidiyning oziga ham jon kirgizdi. Bilasizmi, Kenja aka, dedi Saidiy, shu hikoya bosilib chiqsa qancha xursand bolishimni koz oldingizga keltira olasizmi? Hozir men undan necha hissa ortiq sevindim. Hikoya bosilib chiqqanda men faqat uning bosilganiga quvonar edim, xolos. Shu hikoyani tuzatish uchun qancha vaqt, sabr va mehnatni ayamaganingiz menga boshqa bir shodlikdan darak beradi: demak, yozaversam boladi, demak, maslahat va komak berishga arziyman,
233 demak, odamlar asarimni korib «orzuga ayb yoq», yo bolmasa «notavon kongil», deb kulmaydi. Kenja kuldi. Demak, shu bobga rozisiz? Dostona komagingiz uchun tashakkur bildirishdan boshqa sozim yoq. Kenja qolyozmalarni stol tortmasiga soldi. Saidiy ornidan turmoqchi bolganda, Kenja toxtatdi. Sheringizda chiroyli satrlar bor, boshqa sher yozganingizda shularni ishlating. Mavzu tanlashda bu kun maydonda bolgan hamma asarlarga ham ergashavermang. Bir yosh shoira otmishdagi xoqonlarni soginib sher yozibdi. Holbuki xon-xoqonlar zamonasida unga oxshagan onlab ayollar bitta erkakning chorisi edi. Nimasini soginadi osha hayotning? Kulgi! Men bilaman, bu ayol xon-xoqonlarni sogingani yoq, bazi bir katta shoirlarga tasib qilib shunday sher yozgan... Saidiy hozir mast kishiday uning koziga qiyin ish oson, filday narsa hasharotday korinar edi. Agar bu xushfel, xushmuo- mala, oqkongil odamga odamlarcha muomala qiladigan kishi yer islohoti mavzui yaxshi, der ekan, nima uchun shu mavzuda besh- olti hikoya yozish mumkin bolmasin? Kamchiligi bolsa ozi dostlarcha kengash va yordam berar ekan. Saidiy shu mavzuda bir hikoya yozishga vada berdi va ketgani ornidan qozgalayotib, minnatdorchilik bildirdi. Qimmatli vaqtingizni berganingiz va korsatgan dostona yordamingiz uchun rahmat. Men ilgariroq bilmaganman, agar bilsam ilgarigi sherlarimni pochta orqali yubormasdan ozim olib kelar edim. Ilgari ham sherlar yuborganmidingiz? Yoq, gap ularning bosilmaganida emas. Ozim olib kelganimda kamchiliklari korsatilar va bu korsatmalarning keyingi ishlarim uchun katta yordami tegar edi. Ilgari ham sher yuborganmidingiz? Bizga kelmagan, dedi Kenja va narigi stolda otirgan badqovoq yigitga qaradi.
234 Yoqubjon, Rahimjon Saidiyning sherlari sizga tushganmi? Yoqubjon negadir zardobga tolib otirgan ekan, dongillab javob berdi: Bilmayman, korganim yoq! Shundaydir, ortoq Saidiy, yuborgan bolsangiz ham bizga kelmagan bolishi mumkin, bunday hodisa bolib turadi. Jurnalda javob ham chiqqan... Kop javob beril-di... dedi Saidiy tortinib. Qani, qachon, qaysi sonlarda? dedi Kenja va chiqqan jurnallarni olib Saidiyning oldiga qoydi. Saidiy jurnallarga qol tekkizmay «otgan ishga salavot» demoqchi boldi. Kenjaning ozi qarab chiqdi. Bir necha son jurnalda muttasil va bazi bir sonlarda ikki joyda Saidiyning ismini «bosilmaydi» sozi bilan bezalganini korib avval hayron qoldi, songra bir oqardi, bir qizardi. Yoqubjon, shu narsalarni men ham korganmikanman? Yoqubjon ozini ishga haddan tashqari berilib ketgan va uning gapini eshitmaganga soldi. A, Yoqubjon? Saidiy ongaysizlanar va Kenjaning aftini korib, biron mojaro boshlanishidan qorqar edi. Kenja savolini yana bir takrorlagandan keyin Yoqubjon, yuzida asabiy tabassum bilan javob berdi: Sizning korgan-kormaganligingizni men qayoqdan bilaman? Kecha qaysi pivoxonada uchib qolganingizni ham mendan soraysizmi? Kenjaning rangi oqardi. Yoqubjon, men sizdan nasiyaga mol sorayotganim yoq, idorada, ish ustida, ish yuzasidan gapirayotirman? Kenja butun jurnallarni qoltiqlab Saidiyni yetakladi, uni muharrirning oldiga olib kirdi va voqeani boshdan-oyoq bayon qildi. Muharrir juda ogir odam ekan, jurnallarni korib chiqdi- da, bosh qashlab dedi: Xosh, kim korgan ekan bu narsalarni?
235 Hamma gap shunda-da! Aftidan, hech kim kormasdanoq, «bosilmaydi» javobi berilavergan. Jurnalda yoshlarga tarbiya va kengashni reklama qilamiz, holbuki bir yosh yozuvchi yigirmalab asar yuborib bir ogiz maslahat ololmaydi. Muharrirning jahli chiqdi. Nega shunga qaramaysiz, axir? U asarlarni kormagan bolsangiz, mana bu javoblarga diqqat qilmaysizmi? Nima bu, ketma-ket yigirmalab «bosilmaydi». Ortoq Saidiy, bitta ham yozma javob olganingiz yoqmi? Saidiy «yoq» degani tortindi. Kenja javob berdi: Eng oxirgi asarlarini ham men korzinkadan topdim. Bitta ham yozma javob olgan emas. Men «bosilmaydi»larga diqqat qilmabman. Qani, Yoqubjonni chaqiring! Kenja chiqib Yoqubjonni olib kirdi. Xosh, Yoqubjon, dedi muharrir, bu «bosilmaydi»ni kopaytirib yuboribsizmi? Yosh qalamlaringizga yozma maslahat yuborishni esingizdan chiqarganingiz yoqmi? Yoqubjon xiyla shoshib qoldi: Borib turadi. Bazilari qaytadi. Berilgan adres notogri boladi.
Mana bu kishining ozi kelibdi, agar korsatgan adresi chatoq bolib, xat qaytgan bolsa, hozir oziga bering. Yoqubjon chinakam gangidi. Qaytgan xatlarni saqlamaymiz. E, qaytgan xatni saqlamasangiz uning yuborilgani va qaytganini qanday bilamiz? Mana hozir bu kishi bizga davogar. Ayb bizda emasligini qanday isbot qilamiz? Bu yaramaydi. Yoshlarga tarbiya va kengash uchun oyiga ming somlab jamoat pulini sarf qilamiz. Berilgan maslahatlar havoga uchaversa, sarf qilingan pul isrof hisoblanadi-ya! Yoqubjon ornidan turmoqchi edi, undan ilgari Kenja chiqib Ilhomni olib kirdi. Saidiy Ilhomni tanidi, uni ikki marta Salimxonning uyida korgan edi. Muharrirning avzoyini korib Ilhomning ham rangi ochdi.
236 Xosh, ortoq Ilhom, dedi muharrir, yosh qalamlaringizning ahvolidan xabardormisiz, yo maslahat berish ishini ham toxtatib qoydilaringmi? Yuborilgan maslahatlardan kopiya qolmas ekan. Ish rasvo-ku! Xosh, gapni qisqa qilaylik- da, ertadan keyin soat on birga shu ishga aloqador kishilaringizni toplang. Erta-indin chiqadigan sonda ham bir talay «bosilmaydi» bordir-a, Yoqubjon? Bosmaxonaga borib, olib tashlang. Minbad jurnalda javob berishni tark qiling. Kallamiz toza shishgan ekan! Yoqubjon chiqib ketdi. Uning ketidan Ilhom ham chiqdi. Jinoyat!dedi muharrir. Kenja qozgolgandan keyin Saidiy ham ornidan turdi. Shunday kongilsizlikka sabab bolgani uchun Saidiy kop xijolat tortar edi. Kenja bilan xayrlashganida afv soradi... XXII
... Saidiy birinchi xayrixohlikni Ilhomga qildi. Bir kuni universitet binosining ikkinchi qavatidan Munisxon bilan tushib kelayotganida zinaning oxirida bir bola «Rahimjon aka» deb, sorashgani qol uzatdi. Saidiy uni tanidi. U yoshligidagi hammaktabi Òesha edi. Saidiyning koz oldiga darhol uning rozada saharlik ustida uxlab qolishi keldi va maktab mudiri turk ofitserining «hodi, qalq, bir urib bolta yoparim» degani qulogiga eshitilib ketdi. Baxayr? dedi Saidiy. Rabfakda oqib turibmiz... dedi Òesha, universitet studenti oldida ozini past olib. Munisxon zinadan tushib, eshik oldida Saidiyni kutib turar edi. Saidiyning bu bola bilan gapirishadigan gapi zotan yoq, bori ham tugadi-da, uyga taklif qilishdan boshqa gap topolmadi. Òesha Saidiyning imzosini matbuotda korsa ham, ozini sira uchratolmaganini aytganidan keyin, Saidiy adresini berdi. Oradan ikki kun otgandan keyin kechqurun Òesha Saidiyning hujrasiga keldi. Saidiy ham uni yaxshi qarshi oldi. Muloyim, 237 kamtar bu yigit Saidiyga shuncha yoqdiki, u bilan yarim kechagacha gaplashib otirdi. Shundan keyin Òesha tez-tez kelib turadigan boldi. U har safar Saidiydan kop malumotlar umidvor bolib kelar va noumid ketmas edi. U ketgandan keyin Saidiy ozicha: «Bilimga chanqagan yigit», deb qoyar edi. Òesha bir kuni yozmoqchi bolgan bir maqolasi togrisida maslahat sorab keldi. Òesha, odatda, Saidiy bilan bahslashish kuchidan kelmaganini har bir sozi, har bir harakati bilan bildirib turar edi, ammo bu safar bahs ochildi. Òesha Saidiyning hamma sozini maqullar, ammo muddaoga kelganda boshini chayqar edi. Nihoyat, Saidiyning achchigi keldi: Xop, nima demoqchisiz?.. Nima demoqchi bolar edim. Ilhom domlaning bu fikrlari notogri! Endi mana shu maqolani gazetaga beraman. Xayr, bera qoling, balki bosilar... Shu bilan Òesha uning hujrasiga ikkinchi qadam qoymadi. Saidiy bu xabarni Salimxonga yetkazdi. Orada uch kun otar-otmas, Ilhom turar joyining uzoqligini bahona qilib, rabfak direksiyasiga ariza berdi va muallimlikdan boshab oldi. Shu bilan Saidiy Ilhomga xayrixohlik korsatgan boldi. Shundan keyin Ilhom Saidiyga ilgarigidan ham yaqinroq boldi. Bir hikoya, dedi Ilhom bahor kechalarining birida, shahar bogida pivo ichib otirib, eridan uchta godak bilan qolgan xotin. Qish, uyidagi butun rozgorini sotganda bir qadoq nonga yetmaydi. Kechqurun. Qattiq shamol. Ochdan olmaslik uchun xotin bolalarini yetaklab kochaga chiqadi. Odamlarning sovuqligi qishning sovuqligidan ham ortiqroq boladi. Xotin yiqiladi, bolalari uning kokragida. Xotin jon beradi. Qor komadi. Istasangiz bolalarni ham oldiring, istasangiz ularni biron farzandsiz olib ketsin. Suniy chiqadi, dedi Saidiy, turmushda bolmay- digan narsa... Yoq... Ustalik bilan berilganda bu manzaraning qanday tasirli chiqishini aytaman. Juda badiiy chiqadi...
238 Saidiy unamagansimon qoldi. Oradan bir hafta otgandan keyin Ilhom unga shu hikoyaning planini berdi. Bunda hikoya uch bobga ajratilgan: bola bilan qolgan bevaning turmushi, qish sovuqligi va odamlarning sovuqligi, ijtimoiy taminot idorasi. Oxirgi bobning ahamiyati yoq, dedi Ilhom, siyosiy yoqdan kerak, xolos. Avvalgi ikki bobni ishlashda bor kuchingizni korsatasiz. Bu badiiy lavha. Atoqli tanqidchi Abbosxon ham mavzuni maqulladi: Basharti tanqid qilinsa yana yaxshi, tanilasiz, tanqid darajasida asar yaratish oson ish emas. Sokilsangiz ham mayli, oquvchingiz kopayadi. Saidiy hikoyani bir haftada tamom qilib, Ilhomga korgani bergan edi, ikki kundan song uni Abbosxonning qolida tahrir qilingan holda kordi. Hikoyaning yarmini deyarli tashkil qiladigan oxirgi bobi batamom ochirilgan va undan faqat shu jumlalar qolgan: «Bolalar ijtimoiy taminot idorasini topishdi va yagona soyabonlari ekanini bilishdi». Abbosxon buni jurnalning navbatdagi sonida bostirishni vada qilgan edi, biroq jurnal uch son chiqdi hamki, hikoya bosilmadi. Shu hikoya tufaylidan Kenja bilan Abbosxon orasida kop janjallar bolibdi. Buni Saidiy keyinchalik Munisxondan eshitib, Kenjaga bolgan adovati yana ortdi.
239 MAQSUD SHAYXZODA (1908 1967) Umumturkona sozlarning sermano tovlanishi, mohirona topilgan qofiyalarning qollanilishi, badiiy vositalarning tasirchanligi singari uslubiy fazilatlari maftunkor tafakkurli Shayxzoda lirik qahramonini oquvchiga yanada hammaslak va hamfikr qiladi. Qalamiga mansub «Mirzo Ulugbek» dramatik fojiasi shu janr va mavzudagi nodir asarlardan. Hassos shoir lirikadagi ijodi bilangina emas, tarjimachilik, olimlik, muallimlik faoliyatining yorqin siymolaridan sanaladi. ÒOSHKENÒNOMA (Lirik poemadan parchalar) BAGISHLOV Shaharlar boqiydir, umr otkinchi, Daryolar sobitdir, suvlar kochkinchi. Har kim oz shahrida qoygan esdalik: Yo bino qurishda katta ustalik, Yo shirin latifa yoki ixtiro, Yo daraxt, yo farzand, koprik, yo misra, Yo qoshiq, yo dori, maktab, sogchilik, Xulosa: dunyoda biron yaxshilik... Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab Qilarkan tarifin, sen bir oz toxtab: «Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding, «Korganda aytamiz!» deb imo qilding. 240 Va aytding darvoqe, korgandan keyin: «Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!» Qomatga munosib bolsin deb libos, Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos Dostonga quyilsin degandim u choq, Kechikib yozganim kechirgin, ortoq! Bu yerda turganlar yoki korganlar, Yoki korayin deb istab turganlar, Yoki Òoshkentimning shaklin sorganlar, Naqshini dilida olib yurganlar... Sizga bu taronam kuyim armugon, Nasr ogir qadam, nazm chopogon. III
Eh-hey, mening shahrimning kohna qissasin, Qissasinki, ming yillar qariga chomgan, Yer qatlarida qotgan sir-hodisasin. Hodisaki, vaqt uni tuproqqa komgan, Kimlar ayta oladi? Bormi guvohlar? Axir, ming yil yashamas qushlar, giyohlar! Òushdi ne-ne zahmatlar bu yer, bu elga. Balki toshlar aytardi, kirsaydi tilga! ................................................................ Sargaygan qolyozmalar, jimjima xatlar, Mulla bobolarimiz chizgan sanadlar... Varaqladim birma-bir otmishni eslab, Asrlar qadamida bir mano izlab. Bir avlodning umri-ku bagoyat qisqa, Ammo talay avlodlar mangu xalq demak. Xalq kurashi olmaslik uchun vasiqa, Dadillikka umidlar berardi komak. Uzilmasin zamonning rishtasi deya, Asrlarning orasi qolmasin deb bosh, Yemasin deb tarixning varagin kuya, 241 Qullikka erk tilagi kerib turdi tosh... Ha, bilim qolar ekan, yozuv qolarkan, Yozuvdagi azaliy orzu qolarkan, Yomonlik olar ekan, pastlik olarkan, Istibdodning qalasi bir kun qularkan!.. Oh, kitoblar, kitoblar, mangu ishchilar, Begaraz xayrixohlar va kengashchilar! Mehnatning tarifini yozgan kitoblar, Mardlar nomin harfma-harf tizgan kitoblar; Yillarim oqib ketdi sahifalarda, Siz goho kuldirdingiz latifalarda. Goho mudhish janglarni tasvir qildingiz, Qirginlarni naql etib, tasir qildingiz. Goh ustalar hunarin bayon etdingiz, Olimlarning kashfini ayon etdingiz. Lekin sizlar shohidi bolgan zamona Ming yildan nari otmay turar hamona Nari yoqning kechalar va kunduzlarin Xalq esida qidirib topdik izlarin. Qolgan-qutgan naqllar, afsonalar bor, Nom-nishonsiz kuychilar qoygan yodgor: Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling