Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
206

topshirib, ildam hal etishni talab qildi. Oddiy xalqdan va har nav’

yumish ham talab bilan kelgan amaldorlardan ko‘p kishini qabul

etdi. Keyin sadrlardan

1

 bir nechasini yig‘ib, vaqf ishlarning ahvoli



haqida ma’lumot oldi, ham vaqf mulklarini tamir etish

2

 va ortiqcha



mablag‘larni yangi inshootlar uchun sarf etish to‘g‘risida uzoq

suhbatlashdi. Peshindan keyin uyga qaytish oldida Sultonmurodni

esladi.  Shayxul  islomga  xat  yozib,  yosh  olimni  «Shohruh

madrasasiga  mudarris  tayinlamoqni,  agar  maosh  masalasi  hal

qilishda mushkilot chekilsa, maoshni o‘z mablag‘idan to‘lashga

rozi ekanini» bildirdi-da, mulozimdan berib yubordi.

Uyga qaytganda ham bir muddat tinim olishga imkon topmadi.

Òurli tabaqaga mansub o‘nlab kishi unga murojaat etdi. Har

qaysisining o‘ziga yarasha shikoyati, talabi, o‘tinchi bor.

Oqshom yemog‘idan so‘ng sham oldida o‘tirdi, qog‘oz, qalam

olib ilhomiga berildi. Bir g‘azal, bir «tuyuq» yozdi, «tuyuq»dan

xursand bo‘ldi. Bunda ona tili boyligining va imkoniyatining bir

jilvasini ko‘rdi. Vaqt butunlay sezilmasdan o‘tdi, qo‘rada xizmat-

korlarning yurishlari, tovushlari tindi. Daricha orqali Hirot xo‘roz-

larining ikkinchi qatla qichqirgan sadolari uning quloqlariga quyuldi.

Yechindi, shamni pufladi, xizmatkor to‘shab qo‘ygan o‘ringa kirdi.

Ertalab Mirak Naqqosh keldi. Navoiy «Binafsha bog‘»dagi

yozgi ko‘shkka naqsh ishlatish to‘g‘risida gaplashmoq uchun uni

chaqirtirgan edi. Mirak Naqqosh Hirotdagi yuzlarcha naqqoshlar

orasida eng oldingilaridan edi. Hirotda ba’zi imoratlarning g‘oyat

nafis naqshlari uning ijodi edi. Unda qidiruchi fikr bor edi. U

boshqa sohalarda ham g‘alati narsalar ixtiro etishga urinardi.

Mirak Naqqosh gap orasida o‘zining favqulodda iste’dodga

ega  bo‘lgan  bir  shogirdini  eslatib  o‘tdi,  uning  naqqoshlikdan

ko‘ra  rasmga  ko‘ngli  moyilligi  ham  ajoyib  rasmlar  ishlay

boshlaganini ustodning samimiy g‘ururi bilan aytgach, Navoiy

juda qiziqdi.

Boshqa gaplarni yig‘ishtirib, uni surishtira boshladi.

1

 Sadr – vaqf va diniy ishlarni boshqaruchi ma’mur.



2

 Òamir etish – remont qilmoq, tuzatmoq.



207

— Bizning Kamoliddin Behzod hirotli yetim bola edi, —

dedi  Mirak  Naqqosh,—  rahmim  keldi.  Mening  san’atimdan

o‘zga shogirdlarim qatorida bahramand bo‘lsa, yetim bola uchun

tirikchilik yo‘li ochilur, degan andisha bilan uni shogirdlikka oldim.

Zehni behad baland, qo‘li oltin ekan. San’atda juda tez ilgarilab

ketdi.

— Yuring, mahdum, bizni olib boring, — o‘rnidan qo‘zg‘oldi



Navoiy,— shogirdingiz bilan bizni tanishtiring. Òasvir san’atining

haqiqiy ustodlari bizda yo‘q demoq mumkin!

Mirak  Naqqosh  Navoiyning  san’at  ahliga  bo‘lgan  chuqur

muhabbatini, g‘amxo‘rligini bilsa-da, hayron bo‘lib, o‘jarlik ham

san’atkorlarga  xos  g‘ururni  ifodalagach,  ko‘zlarini  katta  ochib

shoirga qaradi. Navoiy norozilanib so‘radi:

—  Deganlaringiz chin so‘zmi?

— Janoblari kaminani yolg‘onchi deb eshitkanmidilar?

— Unday bo‘lsa, ne uchun taraddudlanursiz?

Mirak Naqqosh uchi uzun taqyasnini yuqori surib, boshini

qashidi.

— Xo‘b, tanishtirmoqqa tayyormen,— dedi u kulib,— lekin

janoblarini  ovora  qilmoqqa  hojat  yo‘q.  Kamoliddin  Behzodni

men o‘zim keltirurmen. Sizni ziyorat qilmoq uning uchun ulug‘

baxtdir.

Navoiy bukun kechga yaqin olib kelishni iltimos qildi. Keyin

«Binafsha bog‘» ko‘shkining naqshi haqida so‘zlashdi.

Navoiy devonga borib har kungi vazifasini bajardi. Xo‘ja

Afzalni  oliy  farmon  bilan  tabrikladi,  lekin  undan  mavlono

Shahobiddinning  shahar  qozisi  qilib  tayinlanganini  eshitdi.

Kutilmagan xabar uni qattiq g‘azablantirdi. Bu voqianing tagini

surishtirishga ham toqati qolmadi. Devondan chiqdi. Otga minib

Husayn Boyqaro qurdirayotgan «Bog‘ jahon oro»dagi saroylar,

ko‘shklarning ichki bezaklarini tamosho qildi. Namozasrga yaqin

uyga  qaytganda,  Mirak  Naqqosh  o‘z  shogirdi  bilan  kutib

o‘tirardi.  Navoiy  Kamoliddin  Behzod  bilan  ulug‘  og‘odek

samimiy mehribonlik bilan ko‘rishdi. Yosh rassom uzun bo‘yli,


208

ingichka gavdasida noziklik bilan pishiqlik go‘zal birikkan o‘n

besh-o‘n olti yashar o‘spirincha edi. Uning fikr, ilhom balqib

turgan  qora  ko‘zlarida  uyatchanlik  va  toza,  ulug‘  ruhga  xos

qandaydir  ma’sumlik  jilvalanardi.  Naqqoshning  olacha  to‘nli

shogirdi dongdor shoir ham davlatning ulug‘ odami qarshisida

qizardi.

Navoiy ularni o‘z xonasiga olib kirdi. Mirak Naqqosh eskigina

juzdonini ochib, shogirdning ayrim, maxsus qog‘ozlarga solingan

rasmlarini shoirga bir-bir taqdim eta boshladi. Navoiy birinchi

varaqni  qo‘liga  olib,  bir  lahza  diqqat  bilan  tikildi-da,  Mirak

Naqqoshga ma’nodor qarab qo‘ydi. Ko‘zlarini suzib yana tikildi.

Ko‘zlarini  uzoq  vaqt  uzmadi.  Mirak  Naqqoshning  ta’rificha,

qo‘li  oltin  bolaning  chizgan  jivir-jivir  gullar,  barglar,  chiziqlar

nozikligi, jonliligi, bemisl she’riyati bilan go‘yo uning ko‘zlarini,

ruhini sihrlagan edi. Bo‘yoqlarning nafis ohangi tong chog‘i toza

zangori  ufqlarga  taram-taram  yugurgan  nurlar  kabi  benihoyat

nozik tovlanar edi! Navoiy orom va hayajon bilan chuqur nafas

oldi. Ikkinchi rasmni ko‘rdi. Ayni ruh, lekin yana boyroq... yana

nafisroq...  Mana  ov  tasviri.  Ohular  go‘yo  qog‘ozdan  sachrab

o‘ynoqlab  ketayotganday  tuyuladi.  Bunda  har  bir  nuqta  ko‘z

kabi jonli, Navoiy o‘nga yaqin rasmni benihoyat to‘la zavq bilan

tamosho qildi.

Kamoliddin Behzod ichki bir hayajon bilan boshini quyi solib

o‘tirar, ba’zan bir zumgina Navoiyga ko‘z qirini tashlab qo‘yardi,

Mirak  Naqqosh  aksari  uning  o‘z  ko‘zi  oldida  yaratilgan  bu

rasmlarni go‘yo ilk daf’a ko‘rgandek, zavqlanib tamosho qilar,

Navoiy bilan fikr olishuvga tirishar edi. Nihoyat, shoir ko‘zlarida

yongan quvonch bilan yosh rassomni tabrikladi:

–  Bu  ko‘hna  jahon,  –  dedi  u  shavq  bilan,—sizningdek

san’atkorni hanuz ko‘rmagan edi. Qalamingizning husni har qanday

ta’rifdan benihoya balanddir. Bu kamolotni yana oliylashtirmoq

yo‘lida samimiy harakat qilingiz.

Kamoliddin Behzodning yuzi allaqanday yorug‘lanib ketdi,

titroq lablari bilan dedi:


209

–  Ulug‘  iltifotingiz  uchun  ne  til  bilan  tashakkur  etmoqni

bilmaymen,  bu  tasvirlar  shogirdbachchangizning  mashqlaridir,

qalamim ustodlarning ta’limiga g‘oyat muhtojdir.

–  Òa’lim  olmoqdan  hech  vaqt  yuz  o‘girmangiz!  —  dedi

Navoiy jiddiy. Shoir namozshomdan keyin Mirak Naqqoshni va

uning ajoyib shogirdini ziyofat qildi.

Ovqat ustida Hirotdagi o‘zga rassomlar  haqida so‘zlashdilar.

Dasturxon yig‘ishtirilgandan so‘ng, Navoiy yana Behzod rasmlarini

sham nurida qaray boshladi. Har bir chizig‘iga  bo‘yoqlarning

eng  ingichka  tovlanishlariga  qadar  qattiq  diqqat  qildi.  Rasm

san’atini chuqur tushungan va chuqur zavq sohibi odamlar ko‘ra

oladigan ba’zi nuqsonlarni Behzodga ko‘rsatdi. Uning qalamining

qudrati va shu davrgacha hech ko‘rilmagan nafosati nimada ekanini

izoh qilishga tirishdi. Behzod Navoiyni yolg‘iz shoir deb  bilardi.

Rasm  haqidagi  fikrlarining  to‘g‘riligi  uni  juda  taajjublantirdi.

Shoirning har bir so‘zini tag-tugi bilan o‘qib olishga intildi.

Vaqt alla-palla bo‘lganda naqqosh bilan yosh rassom jo‘narkan,

Navoiy Behzodga qalin oshna bo‘lganini bildirdi va har vaqt

kelib  uni  quvontirishini  iltimos  qildi.  Keyin  hovlidan  Mirak

Naqqoshni bir nafasga chaqirib, dahlizda shivirladi:

– Ertaga, albatta, mening qoshimga keling!

– Xo‘sh!— tikildi naqqosh.

– Bu favqulodda iste’dod nimaga muhtoj, uni tarbiyalamoq

uchun nimalar qilmoqligimiz kerak,— bularni batafsil muhokama

qilurmiz,— dedi Navoiy.

– G‘oyat ma’qul fikr, kechga, albatta, kelurmen.— Quvonch

bilan hovliga otildi Mirak Naqqosh...

O‘TTIZ OLTINCHI BOBDAN

...  Ota-bola  orasidagi  bema’ni  urush,  adovat  kun  sari

Navoiyning yuragini chuqurroq ezardi. Har ikki tomon qat’iy,

uzil-kesil janglarga botinmasdi. Goh-goh. shiddatli to‘qinishlar

ro‘y berar, lekin ular urush taqdirini hal qilishdan ojiz edi. Urush

14 – Adabiyot, III



210

uzoq davom etib inson hayotini oz-oz qamrab, oxirda «toma-

toma ko‘l bo‘lar» deganday, ko‘p qonlar behuda to‘kilishi mumkin

edi. Yoki Badiuzzamon mamlakatning bir burchiga chekilib, urush-

janjal qidirib yurganlar orasida yangi kuchlar to‘plab, yana harakat

boshlab, dahshatli falokatlar keltirishi mumkin edi. Bu andisha

Navoiyni qattiq tashvishga soldi, nihoyat, baloning oldini olishga

qaror berdi.

Husayn Boyqaro qoshiga kirib, vaziyatni tushuntirdi. Is’yonchi

valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi.

O‘g‘illarning yuragida muhabbat va sadoqat, insof va nomusdan

biron uchqun qolmaganiga qattiq ishongan podsho dastlab bu

taklifga e’tibor bermagandek qaradi. Oylarcha davom etgan qonli

janglardan keyin, shikast yeb, sulh taklif etgan, hatto tiz cho‘kib

o‘z gunohining kechirilishini tilagan o‘g‘illar, sal o‘tmay, uning

orqasidan yangi is’yon ko‘tarar, u poytaxtga yetib bir kun orom

olmasdan qo‘shinni orqaga surar edi. Qari, kasal  Husayn Boyqaro

bir o‘g‘lini bo‘ysundirib, yengil so‘lish olguncha, ikkinchisining

ustiga  yurish  qilishga  majbur  bo‘lardi.  Lekin  muttasil  safarlar

bezdirgan,  charchatgan  edi.  Bundan  tashqari,  Astroboddami,

Balxdami,  Marvdami,  Mashhaddami  biron  joyda  is’yonkor

o‘g‘illarning yoki hali xanjarini yeng uchida yashirib turgan boshqa

bir  o‘g‘ilning  is’yonini  kutar  edi.  Navoiy  sulh  shartlarini  ham

so‘zlab,  o‘z  talabida  qat’iy  turgach,  podsho  ko‘nishga  majbur

bo‘ldi.

Qari, bedarmon shoirni qo‘ltiqlab otga mindirdilar. Quvonchli,



minnatdor  ko‘zlar  bu  sulh  elchisini,  go‘yo  yangi  oyning  oltin

o‘rog‘ini ilk ko‘rib baxt va salomatlik orzu qilganlar kabi, uzoq

vaqt kuzatib qoldilar. Navoiy haftalarcha jang maydoni bo‘lgan

dalada  ketardi.  Onda-sonda  o‘qlar,  uzuq-yuluq  ot  asboblari

yotardi.  O‘tlarning  ustida  nohaq  to‘kilgan  qonlar  qurigan  lola

bargiday ko‘zga tashlanardi.

Shoir  qoshlarini  chimirdi,  peshonadagi  chiziqlar  yana

quyuqlashdi: «Dushman ikki shohdan bir-biriga yaqin va do‘st

ikki  darvesh  yaxshi»  deb  bir  vaqtlar  aytgan  misralari  yodiga


211

tushdi.  Ot  taqir  tepalarga  chiqishi  bilan,  pastda  —

Badiuzzamonning qarorgohi — chodirlar, g‘ivirlagan odamlar,

chopishgan  otlar  ko‘zga  chalindi.  Asta  chayqalib,  yo‘rg‘aning

boshini tortibroq yura berdi. Qarorgohga yaqinlasharkan, tanishlar

yugurishdi. Badiuzzamonning ulug‘lari ham kelishdi. Shahzodaning

hamsuhbatlaridan shoir mavlono Zamoniy ham qulluq qildi:

— Mirzoning qoshiga eltinglar meni,— dedi otdan tushib,

nafasini rostlab Navoiy.

Odamlar: «Marhamat, marhamat» deb ehtirom bilan yo‘l

boshladilar. Mana, Badiuzzamon qari, sodda, so‘zi va harakati

telbaroq bahodir Zulnun Arg‘unbek ham boshqa yaqinlari bilan

chodiridan chiqib, shoirni qarshi oldi. U hamma vaqtdagidek,

zavq va noziklik bilan kiyingan, avvalgidek chiroyli, xushmuomila

edi. Hurmat bilan elchini o‘zining juda serhasham xos chodiriga

taklif qildi. Navoiy shahzodaning iltimosi bilan hammadan yuqori

o‘tirdi. Zulnun Arg‘unbek va boshqa yuqori mansabdorlar har

qaysilari o‘z mavqi’lariga yarasha joy oldilar. Yaqindagi boshqa

bir chodirdan yoqimli musiqa va ayollarning go‘zal qo‘shiqlari

eshitilardi. Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi. Lekin ko‘p

o‘tmasdan, sadolar birdan kesildi.

— Shahzoda, men sulh barpo etmoq kayfiyatida keldim,—

Badiuzzamonga murojaat etdi Navoiy:

— Bu kalima hammamiz uchun bebaho edi,— dedi Badiuz-

zamon jiddiy va sokin,— ammo zoti oliylariga ma’lum bo‘lgan

ba’zi hodisalar bu kalimani batamom ma’nosiz etib qo‘ydi...

— Xato qilasiz, shahzoda,— ishonch bilan dedi Navoiy, –

mamlakat, davlat, el-ulus sulh va osoyishtalikka nihoyat tashna

ekan, hayot va salomatlik yolg‘iz shu kalimaga bog‘liq ekan, siz

qaysi mantiq bilan aksini isbot qila olursiz?

— Aqli salim sohibi uchun bu imkonsizdir. Men aminmenki,

siz  jaholat  tig‘ini  sindirmasangiz,  birodarlaringiz  nomussizlik

botqog‘iga kun sayin chuqurroq botabersalar, bu muborak yurtda

hayot o‘chog‘i sovrilur. Maqsadlaringiz nima? Biz sizlardan nima

kutgan edik? Alhol nimalar ko‘rmoqdamiz? Xatolarni tuzatmas


212

1

 Sulh – kelishuv.



ekansiz, yurt aslo kechirmas! Inilaringiz sizdan namuna olmoqdalar.

Siz falokat boshchisi bo‘lib qoldingiz!

Badiuzzamonning yuzi oqarib ketdi. Xush mo‘ylabi titradi,

labini  tishlab  yerga  qaradi.  Qari  jangovar  Zulnun  Arg‘unbek

og‘ir so‘lish oldi.

— O‘g‘limning motami dilimga chuqur jo bo‘lgan...— dedi

qayg‘ulanib Badiuzzamon.

— Qo‘llarini go‘dak qoni bilan bo‘yaganlarni, kimlar bo‘lmasin,

hech vaqt oqlamaymen, kechirmaymen. Har vaqt ularga la’nat

o‘qiymen!  —  dedi  Navoiy  hayajonlanib,  —  Ammo  xalq  va

davlat aybdor emas. Buni yaxshi fahmlamoq kerak, axir...

Badiuzzamon  yana  otadan  ko‘rgan  haqsizliklar  to‘g‘risida

shikoyat  qildi.  Navoiy  yurt,  xalq  oldida,  tarix  oldida  shaxsiy

ginalarning hech qiymati yo‘qligini isbot etmoqqa tirishdi. Haqiqiy

insonning fazilati haqida gapirib, dedi:

— Inson uchun toj kiymoq shart emas, balki nomus ham

vijdon sohibi bo‘lmoq, jamiyat oldida o‘z mas’uliyatini sezmoq

shart!


Badiuzzamon sukut qildi. Lekin ko‘zlari bilan Zulnun Arg‘unga

nimadir ishorat etdi.

— Mir janoblarining so‘zlari ma’qul...— dedi majlisga qarab

qari jangovar, sodda, dag‘al tovush bilan.— Ammo ne asosda

sulh

1

 yasalmog‘i kerak — bu jihatni bilsak yaxshi bo‘lur edi.



—  Shartlarni  ham  keltirganmen,—  majlisni  ko‘zlari  bilan

sinab dedi Navoiy,— bu shartlar asosida aslo buzilmas, hamisha

barqaror bir sulh tuzmog‘imiz kerak.

— Bilsak mumkinmi?— so‘radi Badiuzzamon.

Navoiy, Balx viloyati ham Amudar’yodan to Murg‘abgacha

bo‘lgan  yerlarni  idora  etmoq  huquqi  shahzodaga  berilishi

mumkinligini so‘zladi.

Badiuzzamon maslahatlashmoq uchun Zulnun Arg‘un ham

bir necha yaqinlarini olib, tashqari chiqib ketdi. Navoiy shahzo-


213

daning shoiri bo‘lgan mavlono Zamoniy bilan suhbatlashib o‘tirdi.

Mavlono Zamoniy so‘z orasida sobiq qozi Shahobiddin haqida

gapirdi. O‘zini Badiuzzamon tarafdori ko‘rsatib, bu yerga qochib

ketgan va shahzoda tomonidan katta iltifot ko‘rgan qozi aslida

Muzaffar  Mirzoning  josusi  ekani,  ham  kuni  kecha  yashirin

hujjatlar bilan qo‘lga tushgani, bukun erta bilan dorga osilgani

haqida gapirdi. Navoiy jinoyatkorlarning taqdiri hamisha razil,

sharmanda, mash’um bir ravishda bitajagini katta ishonch bilan

bayon qildi.

Badiuzzamon  kirib  sulh  shartlarini  qabul  etganini  bildirdi.

Bukundan boshlab har qanday dushmanlik harakatlaridan voz

kechishini shoirga qat’iy va’da etdi. Ziyofatdan keyin shartnoma

tuzilib, imzo chekildi.

Ikkinchi kun erta bilan Badiuzzamon o‘z lashkarini ko‘chirishga

boshlarkan, Navoiy Husayn Boyqaro qarorgohiga sulh olib keldi.

Sulh xabari bu yerda hammaning yuragini favqulodda quvonch

bilan to‘ldirdi.

Kechga  yaqin  shoir  Hirotga  kirdi.  Yo‘l-yo‘lakay  butun

xalq uni tabriklab, o‘z muhabbati va minnatdorligini namoyish

etdi.

Mana «Unsiya». She’r va fikr o‘chog‘i. Olimlar, shoirlar,



rassomlar, naqqoshlar, cholg‘uchilarning ilhom bulog‘i... Hirotning,

butun Xurosonning, Movarounnahrning ko‘rki, iftixori, qalbi va

vijdoni. Yana do‘stlar — yaqinlar kelishib, shoirning muhabbati

bilan ruhlarini gullatib ketdilar.

Osmonning  tiniq  zangorisida  to‘lin  oy  nur  o‘tovini  tikkan.

Sanoqsiz yulduzlarning muazzam, ulug‘vor ohangida kecha jimgina

pinakka ketgan. Yupqa oy nuriga o‘ralgan bog‘chalar kuzning

salqin nafasidan yengil titraydi. Xonalarda chiroqlar yoqig‘liq.

Mulozimlar, xizmatkor ahli, harvaqt bo‘lib turadigan mehmon-

lar, yaqinlar biron narsa bilan mashg‘ullar. Sohib Doro qalamni

siyohdonga botirib, ko‘zlarini yumib qofiya qidiradi. Xizmati va

sadoqati bilan bu dargohda soqolini oqartirgan Shayx Bahlul o‘z

xo‘jasining  devonini  o‘qiydi.  Bir  xonada  shatranj  havaskorlari


214

qizg‘in o‘yin bilan band. Bir xonada hisob-kitobga epchil mulozimlar

shoirning kundalik xayri-ehsonlari uchun sarf bo‘lgan mablag‘larini

daftarga  yozib,  hisoblaydilar.  Hovlida  otboqar  sodda  xalq

qo‘shig‘ini kuylab, asta kezinadi...

Shoir o‘z xonasida tanho o‘tiradi. Nechundir umr quyoshining

shomga kirayotganini u keyingi vaqtlarda, yolg‘iz qolarkan, ko‘proq

o‘ylay  boshladi.  O‘lim  do‘stlarni  bir-bir  chaqirmoqda.  Hasan

Ardasher  qani?  Pir  Muammoiy,  jonajon  Muhammad  Sayid

pahlavon  qani?  Jomiy  qani?  Bularni  o‘ylarkan  qalbida  dard

mavjlanadi.  Bu  —  o‘limdan  qo‘rqqanidan  emas,  balki  hali

qilmoqchi  bo‘lgan  ishlarning,  yozilmagan  mavzularning

ko‘pligidan... So‘nggi yillarning tashvishlari, iztiroblari, mehnat

oltmishdan oshgan shoirni oyoqdan chalayozgan edi. U taqdirning

rang-barang jilvalarini ko‘rdi. Nash’asini ham, qayg‘usini ham

ayni donishmandona tur va qarash bilan kechirdi:

Gahi topdim falakdin notavonlig‘,

Gahi ko‘rdim zamondin komronlig‘.

Basi issig‘, sovuq ko‘rdim zamonda.

Basi achchig‘, chuchuk totdim jahonda.

Shoir o‘z hayotida yaratgan ilmiy, madaniy muassasalarning

yashashini, xayri-ehsonlarning o‘zidan keyin ham kattaroq miqyosda

davom etishini orzu qildi. Hozir uni «Vaqfnoma» yozish fikri

egallab  oldi.  Madrasalarning  «Shifoiya»ning,  xonaqohning

ta’minoti, talabalarning nafaqasi, mudarrislarning maoshi uchun

lozim  mablag‘lar,  muhtojlarga  beriladigan  kiyim-kechak,

bayramlarda  xalqqa  tortiladigan  taomlar,  yetim-yesir,

kambag‘allarga  kundalik  xayr  qozonlari  va  boshqa  in’omlar,

ehsonlar uchun qancha qo‘y, qancha ho‘kiz berish, halimga qancha

bug‘doy solish, qancha botmon undan non yopish, qancha pud

halvo, qand-nabot va hokazo kerakligini batafsil ko‘rsatgan bir

kitobcha — «Vaqfnoma» yozmoqqa qaror qildi.

Lekin oldin «Muhokamatul lug‘atayn»ni bitirish kerak. Ona

tilida «Xamsa» yaratdi, «Chor devon» yaratdi. Ulug‘ forsi shoirlari



215

kabi, she’rning hamma shakllarida qalamni jasur surdi. She’rning,

«turkiy  soz»ning  sadolari  bilan  o‘z  tilining  qudratini,  husnini,

boyligini isbot qildi. Endi buni mantiq bilan, ilmiy usulda isbot

etish kerak. Butun Sharqqa dong chiqargan fors tili bilan xo‘rlangan

ona tilini kurash maydoniga olib kirish kerak. Qani qaysi pahlavon

to‘la qonliroq ekan!

Shoir daricha yonida, shamga yaqin o‘tirib, qalamni qog‘ozlar

betida qitirlatdi. Ikki til — o‘zbek va forsi tillari — ikki pahlavon.

Ular  goh  mantiqning  gurzisini  ko‘taradilar,  goh  husn  va

salobatlarini  namoyish  qiladilar.  Goh  qo‘yinlaridan  dur  va

gavharlarni hovuchlab-hovuchlab sochadilar, goh xushsadolikni

ishga soladilar.

Bu  ajoyib,  bemisl  kurashni  tamosho  qilg‘ali  Firdavsiydan

boshlab mavlono Jomiyga qadar hamma ulug‘ fors shoirlari kelgan

edilar. Har qaysilari o‘z obro‘larining yuksak poyasida yarqirab

o‘tirardilar. Lekin ular tillarning kurashidan noxushlana boshladilar:

fors pahlavoni qay boyligi bilan chiranmasin, o‘zbek botiri uni

qizartirib qo‘yadi!

Navoiyning  qalam  tutgan  qo‘li  toldi.  U  pahlavonlarning

kurashiga  qiziqsinib,  uzoq  o‘tirib  qolganini  sezmadi.  Keyin

kurashning davomini ertaga qoldirib, o‘rnidan turdi. O‘z pahlavo-

nining qudratiga ishongan, uni qat’iy g‘alaba bilan olqishlab,

kurash maydonidan qo‘llarida ko‘tarib, ardoqlagali kelgan ulug‘

azamat fors shoirlari ranglari o‘chgan, allanechuk bo‘shashgan

bir holda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Ularning orasida faqat marhum

mavlono Jomiy o‘zbek pahlavoniga ofarin o‘qib, uning yelkasini

qoqdi.


Navoiy o‘rnidan turdi. Yuragida shodlik dengizi chayqalardi:—

ona tilining g‘alabasi uning g‘alabasi, uning suygan xalqining,

tarixining g‘alabasi edi. Shoir shamni o‘chirdi. Hassani qo‘lga

olib, yotoq uyga kirmoq uchun, uyushgan oyoqlari bilan asta-

asta yurib, tashqari chiqdi. Salqin toza havo yuzlariga yoqimli

urdi. Cheksizlikda muazzam ohang bilan oqqan yulduzlarning

nafasi,  bog‘chadagi  daraxtlarning  shitirlashi,  yarim  kechada  ið


216

igirgan jafokash kampir charxining «g‘uv-g‘uvi», uzoqda karvon

tevalari  qo‘ng‘irog‘ining  vazmin  ohangi  —  barchasi  shoirning

ko‘ngliga bir xilda yaqin, tanish, ma’nodor tuyular, barchasini u

chuqur sevar edi...

OYBEK SHE’RIYATIDAN

NA’MATAK

Nafis chayqaladi bir tup na’matak,

Yuksakda, shamolning belanchagida.

Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,

Viqor-la o‘shshaygan qoya labida,

Nafis chayqaladi bir tup na’matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,

Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.

So‘nmaydi yuzida yorqin tabassum,

Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa – chun,

Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum...

Nafis chayqaladi bir tup na’matak.

Shamol injularni separ chashmadak

Boshida bir savat oq yulduz – chechak,

Nozik salomlari naqadar ma’sum!

Tog‘lar havosining firuzasidan

Mayin tovlanadi butun niholi.

Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:

Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,

Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

1936


217

MASHRAB


(Parcha)

Sochlari potila, ko‘zlari maxmur,

Ko‘zlarda sachraydi qora kuchli nur.

Saraton quyoshi, qish izg‘irini

Ishlamish yuzlarning ma’no, sirini...

Davlati — qalb she’ri va eski tanbur.

Kulohdan toshardi jingalak sochi,


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling