Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3,58 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu yovvoyi darrandaning bokirishi edi! Mirzaboboday odam tutila-tutila: Darrov... otni egarlab... uyiga borib kelaymi? Yo... shaharga chopaymi? dedi.
152 Endi esingga keldimi, itvachcha!.. deb baqirdi mingboshi. Songra asabiy odimlar bilan ichkariga tomon yurdi. Ichkaridan ham uning baqirgan ovozi eshitilardi. Faqat uchala xotin uning nima uchun kayfi ketganidan bexabar edilar. Ozaro bir-birlariga nazar tashlashgach, koz ishorati ila katta xotinga vakolat berdilar. Xadichaxon bir-ikki qadam oldinga bosib kelib: Nima boldi sizga? deya soradi. Shu topda ozi yengilgina qaltiramoqda edi. Mingboshi nihoyat darajada odobsiz bir soz bilan baqirib javob qildi. Ikkala yosh xotin sekin-sekin orqalariga tisarilib, oz uylariga kirib ketdilar. Xadichaxon turgan joyida qotib qoldi... Yelkamda on putdan ottiz put yukim bor... dedi mingboshi. Bu ham baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi. Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab yetolmadilar. Xadichaxonning fikricha, mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi uni «qaytartirmoq»dan ozga iloj yoq edi. Bu fikr boshqa kundoshlarning miyalaridan ham otmadi emas... Faqat Xadichaxonning bu fikri qatiy bolsa kerakkim, yashirishga lozim kormadi: Ganimlar qasd qilganga oxshaydi. Qaytarma qildirib bersammi? dedi. Ayollarning bilgani irim, bilgani qaytarma, bilgani azayimxon... Qovogi uchsa ham azayimxonga chopadi... dedi mingboshi. Va shu sozlarni aytarkan, uning bulutli yuzlarida jindakkina ochilish alomatlari korindi. Shu ochilishdan dadillanib bolsa kerak, Xadichaxon yana etiroz qildi: Ozingiz, oz ogzingiz bilan «yuk bosdi», demadingizmi? Mingboshi kulib yubordi: «Yuk bosdi», degan bolsam «qanday yuk?» deb soragin- da, bachchagar! dedi u. Bu vaqtda uydagilar ham asta-sekin tashqariga chiqib, yaqin ortaga kelgan edilar. Mingboshi davom qildi: Uchalang kam yukmisan menga?
153 Nima ogirimiz tushdi sizga? dedi Xadichaxon. Gazetni oqi, bilasan... Senlarning tufaylingdan yomon nomim yetti iqlimga ketdi... Hammang bir qora moyimga arzirmiding, qalay?.. Agar olmoqchi bolsa, hammangni ikki qollab tutardim osha gazetchi dayusga!.. Menga bitta xotin bas edi... zurriyotlik bolsa... Shuncha davlatni kimga ishonib qoldiraman? Uchta bezurriyotgami?.. Nimaga hammani barobar ayblaysiz? Fazilatni ogizga olmaysizmi? Fazilating menga asqotarmidi? Bir-ikki yildan keyin birovlarning qoliga suv quyadigan boladi. Qiz farzand bolarmidi? Qaysi biring ota-onangga asqotding!.. Bu maqul gaplarga etiroz qiladigan joyi bolmasa ham, Xadichaxon yana bir nima demoqchi edi, tashqaridan darvozaning xarxasha bilan ochilgani eshitilib, songra «ha» deguncha ichkari eshik ketidan Mirzaboboning yogon ovozi chiqib qoldi: Xojayin, Miryoqub akam keldilar! Mingboshi darvoza ochilgan hamon tashqariga yugurgan edi. U chiqib ketgach, uchala kundosh bir yerga toplanib, kuyovlarining avzoyini muhokama qildilar. Ancha nari-beri gaplardan keyin ertaga erta bilan Xadichaxonni choloq azayimxonnikiga yuborishga qaror berildi... Mingboshini tashqarida Miryoqub ham osha sovuq xabar bilan qarshi oldi: Xojayin, sizni gazetta uribdilar! Mana, koring! «Salom» yoq, «alik» yoq, ikki gildirakli aravasidan tushar- tushmas, qolidagi gazetni mingboshiga uzatib, kular yuz bilan shu sozlarni aytgan Miryoqub mingboshining koziga shu topda itdan ham xunuk korinib ketgan edi. Òur-e, afting qursin sening!.. Gazeting boshingni yesin!.. Gazetni olib, uning yuziga irgitdi. Miryoqub esa «qah-qah» solib kuldi, yerga tushgan gazetni engashib yerdan oldi-da, qoqib, koziga surtgach, tort buklab
154 chontagiga soldi, songra tezgina mingboshining qoltigiga kirib, apil-tapil uni sorichaga keltirib otqazdi. Otiring, xojayin! dedi ozi ham qarshisiga otirarkan. Nima bu tajanglik? Nima bolibdi? Dunyo buzilibdimi? Ozi uchun Miryoqubdan boshqa chin kongildan kuyadigan odam yoqligini mingboshi yaxshi bilardi. Shu uchun uning bu kungi harakatini sira anglayolmay qoldi. Aravasidan tushmay turib: «Xojayin, sizni gazetta uribdilar!» dedi, songra osha gazetni (osha gazetning ozini) uzatdi... Bu nima gap? Òushimi, ongimi? Yo ishongan togi ham agdarilmoqchimi? Yo Miryoqub ham boshqa yoqadan bosh kotarmoqchimi? Miryoqubsiz uning kuni kun boladimi? Bu davlatlar, obrolar, amallar, kattaliklar... Hammasi qamishning tozgogiday bir nafasda tozib ketadimi? Miryoqub burungi Miryoqub bolsa, to mingboshi ozi gap ochmaguncha, bu qora xabar togrisida gap ochishga ham botinolmasligi lozim kelardi... Albatta, kongillarida hech gapni saqlamaydirgan ogzi bosh odamlar boladi. Lekin unaqa odamlarning nomlari «Miryoqub», ayniqsa, «Miryoqub epaqa» bolmaydi. Miryoqubning tishlari, har holda, lablaridan kuchliroq- ku! Lablarini tishlari orasiga olsa, tili olgur, bir oz komilib turardi-ku... Faqat Miryoqub hech bir ishni bilmasdan qilmaydi! Haligidek bemani vahimalardan song, nihoyat, mana shu keyingi natijaga kelganidan keyingina, mingboshi esini boshiga topladi va Miryoqubning yuziga gazetni irgitgani uchun oz- ozidan koyidi. Uning tirriq tabi ham tezgina orniga tushdi, yuzi kuldi... Hazilingni qoy endi, dedi u oddiy va hatto bir daraja muloyim ovoz bilan. Menga bir maslahat top. Yetti iqlimga yomon nomim ketdi... Miryoqub juda tinchlik bilan, kulib turib, bemalol gapirardi: Ha, balli, mana bunday deng! Jahl bilan, gazab bilan, tutoqish bilan bu togrida hech narsa qilib bolmaydi. Bu mahkamangizdagi qora fuqaro bilan boladigan ish emaski, chaqirtirib kelib, Mirzaboboga buyursangizu, yertolaga olib tushib,
155 qichigan yerini qashlasa! Yozgan odam osha berkitilgan maktabning domlasi... jadid! U allaqachonlar oz yurtiga yetib oldi, gazet bolsa, gazetchisi bilan birga Òoshkentda... Siz-bizning emas, bizdan kattaroqlarning ham boyi yetmaydi. Gazet yozadiganlar, odatda, zakonchi boladi... Ular bilan yarim poshshoga oxshagan ulug odamlar olishmasa, uncha-muncha odamlar bekor kelmaydi. Jadidlar hammasi mahmadona keladi... Jadiding nimasi? Nima degan gap ozi? Maktabini yoptirgan vaqtingizda aytib bergan edim-ku. Esda qolgan deysanmi? Jadid degani «yangi» degani bolsa kerak. Yurt orasida yangilikni rasm qilarmishlar... Yangi oqish, yangi maktab, yangi urf-odat, yangi kiyim, har narsa yangi... Eskicha bolsa, kimga zarari tegar ekan? Unisini bilmadim... Ishqilib, jadidlarning qasdi shu emish... Yangi mingboshi, yangi qozi ham, desang-chi! Albatta, oziga mos keladigan mingboshi bolsin, deydi jadid... Darvoqe, Shamsiddin mingboshi bilan Òoraqul bolus togrisida hech narsa yozishmaydi-ku jadidlaring... Nimaga mening togrimda yozishadi? Abdusamat mingboshini osmonga kotarib yozganlaridan xabaringiz yoqmidi? Ha, aytgancha, bulturmidi? Ha, bulturidi. Qanday maqtab yozishdi. Jadidlaringga tushunolmay qoldim-ku! Men butun umrimda tortta xotin olibman. Uning ham bittasi oz ajali bilan olgandan keyin... Abdusamat bir ontacha xotin oldi... Hali ham torttasi qolida naqd... Nega uni yozmadi jadiding? Mening jadidim emas, xojayin! Shunday bolsa ham, mening bilishimcha, jadidlar yangilikni mayl qiladigan odamni yaxshi koradilar. Ha, aytgancha, Abdusamat oz qishlogiga yangi tartib maktab ochgan emasmi? Durust...
156 Abdusamat mingboshi hovlisida muallim saqlab, ogillarini oqitadi. Jadid maktabiga pul bilan qarashadi. Odamlarning bolalarini yubortiradi. Ozi jadid gazeti oqiydi... Shuning uchun jadidlarning kozi uning onta xotinini ham kormaydi, degin. Shunday, jadidlar yangi maktabga qarashmagan boylarni: «nodon, johil, u-bu» deb sokishadi. Ularning maktabiga ozgina yordam qilgan boyni «hamiyatlik boylarimizdan falon, falon...», deb osmonlarga kotarib yozishadi... Siz ham jadid maktabini yoptirmasdan, ogiz uchida, «ha-pa» deb qoysangiz, sizni ham maqtab yozishardi. Mingboshi shu yerda Miryoqubga tomon egildi va pastroq ovoz bilan dedi: Noyib tora qoymadi-da, qandoq qilay. Noyib tora ham ayyor odam. Ozi buyruq berib yoptirsa bolardi, unday qilmadi. Ozi bir chekkada turib, siz orqali qildirdi... Òayoq endi kelib, sizning boshingizda sindi! Yoq, shoshma, men noyib toraning yonlariga boraman, «Ilojini qiling, ozingiz aytgansiz», deyman. Qani, yoq desin-chi! Yoq deyishdan qorqarmidi? Yoq deydi, tonib tura beradi... Nega, axir? Nega? Bugun tonadigan bolmasa, osha vaqtda ozi oz buyrugi bilan yoptirmasmidi? Òonganiga qoyamanmi? Nima qilardingiz? Urarmidingiz? Urib boladimi? Nima qilardingiz? Mingboshi jim boldi. Bir qolini chakkasiga olib borib, boshini qashladi... Ikkalasi ham bir oz jim qolgach, yana mingboshi gap boshladi: Bir maslahatini topmasak bolmaydi. Men bu ishni shunday qoldirib ketolmayman... Shamsiddin, Òoraqul, Abdusamatlar qosh karnay bilan jar solishadi... Bilasanmi?
157 Bu gapingiz rost, xojayin. Ularnikida kechadan beri toy! Osha maktabdor domlani toptirib kelib, Mirzaboboga topshirsamu, yertolada bir burov solsa, deb edim. Shunda, ehtimol, konglim bir oz orniga tusharmidi... Boya aytdim-ku, endi uning arvohini ham topolmaysiz. Nima qilamiz bolmasa? Miryoqub javob bermadi. U aytmoqchi bolgan sozini fikr tarozisiga solib olchamoqda edi. Nihoyat, mingboshi tomonidan haligi savol yana qaytarilgandan keyin: Nima qilardingiz, tishni-tishga qoyasiz, xojayin! dedi. Mingboshi irgib ornidan turdi. Òishimni-tishimga qoyadigan hezlardan bolsam, ma, ol, bu shop-shaloplarni! dedi u baland ovoz bilan. Menga pasport olib ber, Makkatulloga jonayin! Otiring, xojayin! dedi Miryoqub, uning ovozi ham bir oz kotarila tushgan edi. Oshqirish bilan, zarda bilan bitadigan ish emas bu. Oylaylik, bir chora topaylik! Songra ornidan turib, ayvonga bordi; u yerda choynak bilan piyola turgan edi, sovuq choyni piyolaga toldirib quygach, bir shimirishda tamom qildi. Songra orqasiga qaytarkan, odatdagidan qattiqroq va tezroq sozlandi: Gazetni shaharda kordim. Shundan beri tadbir axtaraman. Hech bir tadbir topolmaganim uchun nochor-noiloj kulgiga zor bergan edim. Katta ariqdan xatlayolmagan vaqtingizda kulgingiz keladi... Bilasizmi? Bilaman. Yiqilgan polvon ham achchigini kulib yengadi, dedi yana Miryoqub. Mingboshi bir oz jim qolgach: Ishqilib, bir chora topmasang bolmaydi, dedi. Faqat bu keyingi jumla quturgan darrandaning emas, suvga pishilgan mushukning ogzidan chiqmoqda edi... Oyga botgan Miryoqub boshini kotardi:
158 Ozimizning gazetga kelishtirib bitta javob yozamiz. Jadid gazetda sizni sokkan bolsalar, oz gazetamizda biz maqtaymiz, muallimni yomonlaymiz. Shu bilan tarozining biz tomon pallasi bosib tushadi. Abdusamatlarning karnayi bolalar chaladigan qamish nayga aylanib qoladi. Shu bas! Ha, mayli! Durustmi? deb yana qaytarib soradi Miryoqub. Durust! dedi mingboshi. Ozing yozasanmi? Bilib gapirasizmi, xojayin? Men gazetning ozini tuzuk- quruq oqiyolmayman-ku, unga xat yozish qayoqda! Muni oz ahli, oz ustasi yozadi. Shaharga tushganimda, togrilab chiqaman. Bopti, dedi mingboshi. Ishqilib, ozing epla. Songra ornidan turib, Miryoqubga yaqin keldi va uning qulogiga egilib: Pul kerak bolsa, ayama lekin! dedi. Pul degan narsa topilib ketadi, obro topilmaydi, obro! ···
Oradan ikki hafta otgandan keyin Miryoqub sart tilida chiqadigan hukumat gazetasining bir nusxasini keltirib, indamasdan mingboshining quchogiga tashladi. U nusxada quyidagi maktub bosilib chiqqan edi: «Hurmatli gazet muallifi toraga salomdan song andog arz qilinurkim, jadid nom toifaning shaharlarda chiqarilaturgon gazetida Akbarali mingboshi xususida noloyiq iboratlar bilan tarif qilingan bir noma chop qilindi. Shu xususda haqiqat yuzasidan izoh qilib ayturmizkim, Akbarali mingboshi qariyb on tort yildan buyon oq podshohimizning azamat davlatlariga sadoqat bilan xizmat qilib, shuncha zamon mobaynida hech qanday sarzanishga mustahiq bolmadilar. Shahar va uyezd hokimi toralar va fuqaro va boyonlar va ahli ilm toliblar va hokazo hech kimsa mazkur mingboshidan jiddiy norozi bolganlari yoqdur. Va balki hamisha uning haqida xayri duodadirlar. Ul beodob maktabdor bolsa, hamma fuqaroning nazarida past va haqir korilgan edi. Ozi 159 namoz oqimasdan va maktabda godak bolalarga er mudavvardur, yani misli tarvuz yumaloqdur, deb shariatga xilof ilmlarni talim bergani vajxidan fuqaro bezovta bolib, har xil qiliqlar paydo bolib, yurtning osoyishiga xalal kelganidan mazkur maktabdorning maktabini janobi Akbarali mingboshi berkitib erdilar. Bu vajhidan tamom fuqaro va alalxusus boyonlar, tolibi ilm mullabachchalar, mudarrislar, imomlar, shayxlar va zokirlar, sofilar bagoyat mamnun bolib, ul shahanshohi jahon oq podshohimizning va ham ul ulug martabalik yarim podshoh janoblarining haqlariga duo aylab, shunday odil va insoflik fuqaroparvar amaldorlarni qoyganlari uchun ularga minnatdorlik izhor qiladurlar, vallohi alami bissavob. Òammat-tammat tomon yozguvchi kamina xolis fuqarodin mulla Rivojiddin alami Mulkobodiy». Buni oqitdirib eshitgandan keyin mingboshi juda xursand boldi. Endi toy bu tomonda boshlandi. Endi buning karnayi dunyoni buzajak, narigilarniki bogulajak edi. Endi yetti kishvar, yetti iqlimda Akbarali mingboshining qanday yaxshi amaldor bolganini bilajaklardi. Oq podshoh bolsinu, yetmish ikki toifaning tilini biladigan tilmochlari bolmasin! U tilmochlar tomonidan tarjima qilinib berilgandan keyin, bu maktubni oq podshoh, albatta, oqitib eshitajak... balki ozi oqiyajak... balki ozi gazetning tiliga tushunsa... Qol ostida shuncha toifa yashaydigan bir podshoh oz fuqarolarining tilini bilsa ajabmi? Mulla Rivojiddin ozi ajab bir xushtahrir odam! Yozishini koring: suvday ravon! Hamma uqadi, hamma anglaydi! Oq podshoh nega anglamasin? Shundan keyin Peterburgdan Òoshkentga yarim podshohga telegramma kelsa: «Mening shunday yaxshi amaldorim bor ekan, qadriga yetib, hol-ahvolidan xabardor bolib turibsanmi?» Ana, shundan keyin, Òoshkentdan chopib keladigan katta toralarni ayting! U vaqtda shahardagi hokim va pristup toralar Akbarali mingboshiga «chas» («chest») beradigan boladi! Unda narigilar mingboshi emas, kech kuzdagi chivindan ham battar bolib qolishadi!.. Bu safar gazetni bagriga bosib, shu xil shirin xayollarga botgan mingboshi irgib turib, qarshisida otirgan Miryoqubni
160 quchoqlash va butun davlatini unga tutib yuborishdan ozini zorga toxtatib qoldi. Bunday odamga qancha qilsa va qancha bersa oz. Shunday bir xursandlik ichida suzgan mingboshiga Miryo- qubning yana boshqa arzlari bor edikim, ular ham ahamiyat jihatidan gazetdagi maktubdan sira qolishmasdi. Xojayin, konglingiz orniga tushdi, shekilli? dedi u bir turli gurur bilan, lekin bu sozlar ortiqcha «moylanish» va xushomaddan yiroq edi. Mingboshi boyagi kayfni tola aks ettirib, javob qildi: Nimasini aytasan! Bolmasa, naryogini eshiting. Naryogini? Mingboshining kongliga darhol iztirob tushib ulgurgan edi. Shunday yaxshi bir xabardan keyinga qoldirilgan arz, albatta, xayriyatdan gapirmaydi. Agar yaxshi gap bolsa, Miryoqub uni gazetdagi maktubdan burun aytmasmidi? «Xojayinning besaran- jom konglini tinchitay, undan keyin yotigi bilan bu xabarni eshitdiray», degan bolsa-chi?! Yoq, amali ham qursin, obrosi ham! Mingboshilikning shop-shalopi ogir bolmasa ham, oziga yarasha ogir tashvishlari bor... Katta odam bolish ham qiyin!.. Mingboshining haligi song savolida butun shu iztiroblarning mazmuni bor edi. «Epaqa» laqabini tashiydigan tulki u savolning ostida yotgan behuda tashvishlarni darhol payqadi. Shu uchun darrov: Bugun sizning toyingiz! deb qoydi. Va sozida davom etdi. Masala qumariq paynovidan suv ichadiganlarning hokimga bergan arizalari xususida edi. Ariza berganlarning boshida kimlar turganini otgan safar noyibning mingboshiga aytgan sozlaridan anglab olgan Miryoqub Qumariqning etaklarigacha borib kelib, hamma gapni bilganini va tegishli tadbirlarni otkazib kelganini gapirdi. Ariza egalarining adabini berish vazifasi uning oz boyniga yuklatilganligidan, haligi «otkazilgan tadbirlar» bilan u osha vazifasini ham bajarib kelgan edi.
161 Yaxshi. Ariza berganlar Yodgor echki bilan Umarali puchuq ekan. Aniq bilibsan. Xosh, endi, qani gapir-chi, ular xususiga nima tadbir qilding? Miryoqub kuldi: Nima tadbir qilding, deysizmi? Ha, nima tadbir qilding, deyman. Mingboshi butun diqqatini shu nuqtaga toplab, Miryoqubga tomon bir oz egila tushgan edi. Miryoqub kulishida davom etib: Bolalarga tayinlab keldim: pastdagi yerlarga ham uncha- muncha suv berib turinglar, dedim. Mingboshi yana ovozini kotara tushdi: Shu adab berganing boldimi? Adab berganim bolmasa, shunday qilarmidim, qalay? deb Miryoqub yana kuldi. Nechuk yani? Insof ham kerak axir, xojayin! Sizning yerlaringizni sugorib bolgandan keyin suvni yana Qumariqqa ochib qoysa boladi. Ancha suv ortadi. Hech kim dod demaydi. Ayb chorakor bolalarda. Sizning obroyingizga tayanib, beparvolik qilganlar. Nimaga? Nimaga bolardi. Ular yerlarni sugorib bolgandan keyin Qumariqqa yana qaytib suv ochmas ekanlar. Shuncha suv yondagi eski ariqlarga, pastliklarga tushib, ekinsiz yerlarni kollatib yotar ekan. Pastdagilar ozlaricha kelib, suvni ochgani qorqishar ekan. Mirob bolsa, ogiz ocholmaydi. Ortiqcha suv bolsa, mayli, bersin, dedi mingboshi. Hech narsa demayman. Lekin haligi ikkovining adabini berish kerak edi. Nimaga mening ustimdan ariza tashlaydi? Adabini berish kerak bolsa, tutib olib uramizmi? Yo kopchilik oldida xorlab sokamizmi? Yo bolmasa... Mingboshi Miryoqubning ogzidan sozini uzib oldi: Har nima qilamiz! deb baqirdi. Songra ovozini pasaytira tushib ilova qildi: Men ikkalasini chaqirtirib olib, Mirzaboboga berishdan ham toymayman! 11 Adabiyot, III 162 Bir marta hokimga ariza bergan odamlarni urib bolmaydi. Keyin ular hokimga yana qayta arz qilsalar, yo bolmasa, hokimning ustidan arz qilsalar, yomon boladi. Advokatlarning arizasini bilasiz-ku! Mingboshi indayolmay qoldi. Nafasi ichida edi. Faqat oz fuqarolaridan ikkita boyga kuchi yetmaganiga hech chidayolmasdi. Yogon oyoqlaridagi zor-zor kavishlari bilan bezovta bolib yer depsinardi. Miryoqub bu holni korganidan keyin uni tinchitmoqchi boldi, mingboshiga juda tanish bolgan kulimsirash bilan uning yoniga otdi va dushman eshitsa ishonadigan bir ovoz bilan: Ularning adabini dehqonlarning ozlari berishadi! dedi. Songra mingboshining hayron bolib oziga tikilganini korgach, Qumariqda korib kelgan dasisalarni sozlab berdi. Uning sozidan anglashilardikim, Qumariqqa borgan vaqtida u yerga suv yetmay alamzada bolib yurgan oz yerli kam- bagallardan bilagi yogon uch yigitni chaqirib, ularning yerlariga suv tegmasliqda mingboshining hech bir aybi yoqligini, hamma ayb Yodgor echki bilan Umarali puchuqda ekanini sozlagan. Yigitlar buning sababini soragan vaqtida Miryoqub ularni Sadaqayragoch degan joyga olib borib, ekinlarni korsatgan. Chinakam osha joyda mingboshining bir shapaloqqina yeri bolib, soya joyda qolib ketganligidan, gozalari uncha osmagan, kop chigitlari chiqmay qolgan ekan. U yerning yon-veridagi kop yerlar Umaraliboy bilan Yodgorxojaga qarar ekan. Ularning yerlari mingboshining paynovidan suvni juda bemalol ichganlari uchun ekinning korinishi nisbatan yaxshi bolgan. Ana osha ekinlarni yigitlarga korsatib turib: «Mana, koring endi, kimning yeri kop ichar ekan suvni!» degan. Shundayoq yigitlar mushtlarini tugimlab, boylarning yerlari tomonga oqtalganlar «Hap siznimi!..» deganlar. Shundan keyin Miryoqub yigitlarni otirishga davat qilib, ularga bir yashirin gap aytmoqchi bolganini sozlagan. Ular yuraklariga talvasa tushib va lablari qaltirab, uning ogziga tikilgach, sirni hech kimga aytmasliklari togrisida ulardan qattiq
163 vada olgan; undan keyin Umaraliboy bilan Yodgorxoja tomonidan hokimga berilgan arizadan gap ochgan. Miryoqubning gapidan yigitlar anglaganlarkim, Umaraliboy bilan Yodgorxoja yaqinda hokim toraga ariza berganlar va u arizada oz yerlarini necha yildan beri suvsiz qolayotganini, Qumariqdagi suvning faqat mingboshiga qarashli yerlar bilan boshqa bazi birovlarning yerlarini Download 3,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling