Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Miryoqub oz pul, kop ustalik sarf qilib osha cholni oz nomiga otkazdi. Faqat bu vaqtlarda poyezd yolining rejalari tortila boshlaganligidan, odamlar Miryoqubni «jinni» demadilar, balki: «Bu bir narsani bilib qiladi», dedilar. Poyezd yoli solinib bitmasdan turib, u cholga necha tegirmonlik katta suv chiqdi. Avvalo oz chontagining, qolaversa, otaxon mingboshining yordami bilan cholning ortasidan katta bir ariqni otkazib qoydi. Shundan keyin yersiz dehqonlarga chek bolib bera boshladi. Kop otmay, u yerda bir qishloq paydo boldi va suv chiqargan odamning shahardagi otaxoni nomiga atalib «Parpi cheki» boldi (noyib toraning nomi Fyodor, sartlar «Parpi tora» deydilar). Keyincha cholning bir chetiga poyezd stansiyasi tushdi, yoni-beriga choyxonalar, dokonlar, saroylar solina boshladi. Poyezd yoli ochilgandan keyin osha joydan paxta zavodi uchun yer tanladilar. Bolgariyalardan iborat uch kishilik bir shirkat yana osha joydan ancha yer sotib olib, kattakon bir mevalik bog va zor bir sabzavot polizi vujudga keltirdilar. Har qalay, poyezd otgandan keyin, bir necha yil orasida Miryoqubning qolida juda oz yer qoldi, hammasi har kimga otib ketdi. Miryoqub yerni uncha sevmaydi, yer qoldan chiqsa, xafa bolmaydi. Shuncha yer qoldan chiqqan bolsa, uning baravariga qancha davlat qolga kirgandir, muni xudo biladi-yu, xudoning sevimli bandasi qorakoz Miryoqub biladi!.. ··· Mingboshi ozining rus mirzasi Sokolov, inoq mirshabi Mirzabobolar bilan birga saman yorga ustida oz darvozasiga kelib toxtaganda, qorongi tushgan, kochada oynovchi bolalarning onalari eshik tagiga chiqib: «Bemahalda bas endi», deya tergay boshlagan edilar. Mingboshining oti toxtar-toxtamas, tashqaridagi mirshablar yugurishib borib, darvozani ochdilar, katta darvozaning bir qanotidan chiqqan ingichka qiytillash ovozi muazzinlarning 141 xunuk va qopol tovushlariga qorishdi... Bu ovozlar orasida bolalariga qovushgan sigirlarning ogir morashlari bilan onalarini sogingan buzoqlarning erka marashlari mungli va yoqimli eshitilardi. Mingboshi, otdan tushar-tushmas, soradi: Miryoqub keldimi? Mingboshining musulmon mirzasi Hakimjon qol qovushtirib turib, javob berdi: Ha, shu yerda. Mehmonxonada uxlab yotibdi. Mingboshi ozidan xursand, kuldi: Noinsofning kech kirganda uxlashini qarang! Bor, uygotib chiq!
Ikki mirshab mingboshini yechintirmoqqa boshladi. Mingboshi hali ham boyagi kulishida davom etardi: Obbo betavfiq-ey. Namozshomda uxlaganini! Mehmon- xonadan kozlarini uqalay-uqalay Miryoqub chiqib keldi. U, hali ayvondan tushmay turib: Hormang, xojayin! deb qichqirdi. Mingboshi yana osha kulish bilan otirgan joyida unga tomon evrildi: Ha, xudo bexabar! Nima bu bemahal uyqu? Namozshom paytida-ya! Ha, xojayin, shunaqa... Sizni kutib otirib, uxlab qolibman. Qachon kelib eding? Kech peshinda. Shundan beri yolingizga koz tutib otiribman. Qani otirganing? Uyquni uribsan-ku! Qani, nima gaplar bor? Yangi gaplardan gapir. Yangi gapni sizdan eshitamiz. Shaharda edingiz. Kimlarni kordingiz? Kimni korardim? Noyib torani kordim. Nima gap ekan? Nima gap bolardi. Beriroq kel! Mingboshining bu amri bilan unga tomon borayotgan Miryoqub mirshablarga ishorat qildi, ular uzoqlashdilar. Shundan song mingboshi ovozini pasaytiribroq sozlay boshladi:
142 Qumariqning paynovidagi dehqonlar mening ustimdan ariza berganga oxshaydi. Aftidan: «Hamma suvni mingboshining yerlari ichadi-yu bizga tegmay qoladi. Shunaqa qilib, necha yildan beri ekinlarimiz qurib ketayotibdi», deb arz qilishganga oxshaydi. Noyib toraning sozidan shu malum boladi... Shu yerga kelganda, mingboshining qovogi solina boshlagan edi, qisiq kozlarining tez-tez yumilib parpirayotganday bolganini Miryoqub ham payqadi. Xojayin, dedi u, xotirjam bolib, bitta-bitta gapirib bering! Hech bokisi yoq. Mingboshi uning bu sozlariga qunt qilmasdan, zabtlik bir ovoz bilan soradi: Kimning ishi bu? Qani, ayt-chi! Miryoqub mingboshining hech bir sozini birdaniga qaytargan odam emasdi. Shuning uchun bu safar ham, eski odaticha, aylanma yol bilan javob berishga boshladi: Kimning ishi bolsa ham bilmay qoymaymiz. Ilgari noyib toraning muomalasini, sizga nimalar deganini gapirib bering. Qaysi xotin taloqining ishi dedim men senga! Mingboshi ovozini bir oz kotara tushgan edi. Noyib toraning gapidan bilinadi ozi, dedi Miryoqub. Siz bolgan gaplarni aytib bering! Mingboshi yana hovuridan tushmagan edi. Shunday bolsa ham osha johil ovozi bilan Miryoqubning savollariga javob berdi: Noyib tora aytadi: men seni yaxshi bilaman, deydi. Sen fuqaroni yaxshi koradigan odamsan, deydi. Basharti, arizada bitilgan gaplar rost bolganda ham seni ayblashga konglim bormaydi, deydi... yerlaringga qaraydigan mutasaddilar shunday qilsa qilishgandir. Oshalarni chaqirib, tayinlab qoy, sening yeringga ikki-uch marta suv berganda, bir-ikki marta ularnikiga ham berib qoysin. Odamlarning ekinini quritib yuborish yaxshi emas, deydi. Bildingmi endi ariza berganning kimligini? Qani, ayt-chi?
Bu gaplardan hali bilib bolmaydi. Boshqa gaplarini ayting! 143 Boshqa gapi yoq. Bolsa ham esimda turadi, deysanmi? Oylang. Men uning hamma gapini bilishim kerak... Bilsang bilaqol: osha taraflarda Yodgorxoja, Umaraliboy degan obroyli odamlar bor, deydi; ularning ham kopgina yer- suvlari bor, yaxshi emas, deydi. Qora fuqaro bolsa ish boshqaydi, deydi, fuqaroning gapiga quloq solmayman... Ammo- lekin yurtning esli, obroyli odamlarini xafa qilmanglar, deydi... Ana, xolos, korinib turibdi: ariza berganlarning boshida Yodgor echki bilan Umarali puchuq turar ekan! Noyib tora op- ochiq aytib beribdi. Mingboshi kuldi: Esingga qoyilman, betavfiq! Shuncha esing bor-u namoz oqimaysan! Sizga ergashib, shunday boldim-da! Mingboshi endi juda yoyilib kuldi: Obbo, benamoz-ey! Gapdan toza bergan senga xudo! Shaylaysan, shaylaysan! Yana ovozini pasaytira tushdi: Yodgor echki bilan Umarali puchuqning bir odobini bermasam, konglim tinchimaydi. Bir ilojini qil! Senga aytaman! Xop, xojayin! Shoshmang, men yana bir surishtiray. Surishtirishning nima keragi bor? Oshalardan boshqa kim qiladi? Ehtiyot shart, xojayin! Odob berish qochmaydi... Masala- ning tagiga yetaylik, balki boshqa gaplar ham chiqib qolar... Mingboshi bu sozdan shubhaga tushdi: Nima deding?! Boshqa gap ham chiqib qoladi, dedingmi? Bu nima deganing? Ehtiyot shart, deyman men! Ehtiyot! Yaxshiroq surishtirsak, yaxshiroq bilamiz-da, axir! Sizning ishingiz bolmasin, men ozim ikki kunda tagiga yetib, sizga arz qilaman. Ha, mayli, surishtir! Sudrama lekin! Ha!.. Mingboshi shu joyda ozining Miryoqubga etimodini korsatmoq uchun uning yelkasiga urib-urib qoydi.
144 Boldi xojayin, xotirjam! dedi Miryoqub. Ikkalasi ham jim boldilar. Bir ozdan song mingboshi mirshablarga qarab baqirdi:
Kim bor, hoy! Hakimjon yugurib keldi: Bor, ovqatdan xabar ol! Qorin ochdi! Hakimjon yugurib ichkari tomonga ketgach, mingboshi Miryoqubga yuzlandi: Qani, gapir endi, sen nima xabar topib qoyding? Miryoqub darhol javob berdi: Òoy. Mingboshi bu birgina, lekin kutilmagan sozga bir oz hayron boldi. Òoy?
Ha, toy! Nima toy? Kim toy qilibdi? Men toy qilmoqchiman... Sen? Kimga? Sizga! A, benamoz-ey! Menga? Ha, sizga. Mingboshi birdan gapning suratini tortdi: Qoy endi, bitta-bitta gapirib ber: nima gap ozi? Miryoqub yaqin otirib, sozlay boshladi: Shaharda bir xudo bandasining ikkala dunyoga arziydigan bir qizi bor ekan! Mingboshi erkin-erkin kuldi: Òavba de, betavfiq! Astagfurullo, de! Miryoqub «astagfurullo» orniga uyat bir soz aytdi. Ming- boshi besh battar yoyilib kuldi. A, battol-ey! O, battol-ey! Xudo urdi seni! Xudo urdi endi!.. dedi u. Miryoqub asta-asta davom etdi: Ozi on besh-on oltida ekan... Juda yetilgan vaqti... Unaqa yetilganlar qishloqda ham kop.
145 Uning boshqa bir xosiyati bor ekan... Xosh? Juda yaxshi, bulbul singari ashula qilar ekan. Ovozi Dovud paygambarniki singari, deydilar... Mingboshi yana kuldi. «Sallala», de, betavfiq! «Sallala», de! Qazosini aytaman bir yola! dedi Miryoqub, songra davom etdi: Shuni sizga olib beray deyman. Odamlar ayta beradi. Ozing eshitdingmi ovozini? Yoq! Mening xotinim, qizim eshitib, har kun maqtashadi. Hammaning ogzida shu... Odamlarga ishonma, dedim-ku. Bu odamlar tegirmonchi Shamsiddinni ham yaxshi qoshiqchi, deb yer kokka sigdirmay maqtaydilar. Ovozini eshitgandirsan? Eshak hangrasa, undan alo... Xojayin! Ozingiz bir eshitsangiz edi... Bolmaydigan gapni gapirma! Nimaga bolmasin? Qiz ozi hozir shu yerda, qishlo- gimizda. Katta xotiningizga ayting, mehmon qilib chaqirsin. Eshitasiz... Qishloqda? Kimnikida? Xolmatnikida. Shu Xolmatnikida? Shu ozimizning Xolmatnikida-ya? U bechora ochidan ololmay yuribdi, mehmon chaqirib nima qilar ekan? Bitini berib boqadimi! Shuning uchun siz chaqirtirsangiz, Xolmat ham xursand boladi, mehmonlari ham. Unday bolsa, men katta xotinimga aytayin, chaqirtirsin. Eshitaylik... Miryoqubning qulogiga egildi: Kattaning rashki kelmas-a? dedi. Eng kichigidan boshqa hech qaysisining rashki kelmaydi. Har qalay, katta xotiningiz esliroq. 10 Adabiyot, III 146 Yogasa, dedi mingboshi ornidan turib: men bir ichkariga kirib chiqay. Ovqatdan shu choqqacha darak bolmadi. Sen otiratur, ketib qolma! Ichkariga tomon asta bosib yura boshladi. Hali ham, boyagi odaticha, xursand bolib kular va birushta: Obbo, betavfiq-ey!.. deb sozlanardi. Mingboshi ichkariga kirib, katta xotinini chaqirganda, mehmonlar Poshshaxonning uyida sertakalluf bir dasturxon ustida edilar. Dasturxon solib xizmat qilishmoq uchun chiqqan Umrinisabibini bir narsadan gumonlanib Poshshaxon quvib chiqargan: u Zebining boshiga kelajak falokatni unga yoki uning yaqin ortoqlariga qanday qilib aytishini bilmasdan, oz uyida parvona singari aylanardi. Poshshaxon bilan Xadichaxonning boshlari osmonda. Sultonxonning katta, daranglagan uylari bom-bosh, ozi bu hangomalardan xabarsiz, dutorchi qizlar halitdan dasturxon yigilmay turib, dutor sozlamoqda edilar... Mingboshining chaqirigiga birdan ikkala xotin: «labbay!» deb yugurdi. Faqat mingboshi katta xotiniga imo qilib: Bittang kel! dedi. Poshshaxon orqaga qaytdi, lekin bu suhbatdan kongil uzolmasdan, yaqin bir joyga berkinib turdi... Mingboshi odatda xotinlarga kalta gapirar, ular bilan ezilib otirishni oz erkaklik shaniga sigdirolmas edi... Xolmatnikiga kelgan shaharlik mehmonlarni chaqirtirib, yaxshi bir ziyofat qilinglar, dedi u. Shahardan kelib, Xolmatning quruq nonini yeb ketsa, yaxshi emas! Songra Xadichaxonning javob berishini kutib otirmasdanoq: Ovqating nima boldi? deb soradi. Jadallat! Qorin och!
Xadichaxon muloyim kulimsiradi: Mehmonlar biznikida, shu uchun ovqatimiz bugun kechroq boladi. Men sizlarga non-choy chiqaraman.
147 Mingboshi mehmonlarning oz uyida ekanini eshitib, hayron boldi: Mehmonlar shu yerda? Qachon kelishdi? Namozshomga yaqin. Yaxshi, yaxshi. Bir ozdan song yana takror qildi: Yaxshi. Yaxshi... Songra birdan: Ashulachisi bormi, yoqmi? deb soradi. Bor, dedi Xadichaxon. Ashula qilganda, meni chaqirtir! Durustmi? shu sozni aytgach, xotinining javob berishini kutmasdanoq, burilib, tashqariga tomon yurdi. Butun umrlarida deyarlik bunday sertakalluf ziyofatni kormagan yosh qizlar takallufga yarasha betakalluflik bilan, olgudek quturib, oyin-kulgi qildilar. Horib-charchab, zorga-zorga oyoq tashlab qoshxonalariga qaytgan vaqtlarida, yarim kechadan ancha otib qolgan edi. Uyda qolgan ikki kampirga sahar turib, aravani qoshtirishga buyur- dilar-da, ozlari kozlarini yumar-yummas, ogir uyquga ketdilar. Bular yoshlikning beparvo quchogida, masum godaklarday, har narsadan xabarsiz, tolib-toshib uxlarkan, sori tomon ikki kampirning tashvishli bir un bilan, allanega besaranjom bolib pichirlashgani eshitilardi. Ularning biri ozimiz bilgan Umrinisabibi bolib, sevimli Zebining yosh umriga qasdlangan yomonlar togrisida gapirardi... Òong yorishmasdan yolga tushib, qishloqdan chiqar-chiqmas ashulani baland qoygan Zebi necha yillik gam-tashvishlardan tort-besh kun ichida ortigi bilan yozilib kelarkan, oz orqasida oynayotgan oyinlardan xabarsiz edi. Kechasi Umrinisabibidan Zebi togrisidagi tashvishli xabarni eshitganidan keyin Enaxonning onasi mehmonlar javdishgan vaqtda Saltanatni bir chekkaga chaqirib, haligi xususda ogohlantirgan bolsa-da, Saltanat bu qadar yoyilib va quvnab borayotgan ortogini xafa qilmaslik
148 uchun unga hech narsa demaslikni ep kordi. Saltanat u togrida bu yosh qizga gap ochib, uning yorug tabini xira qilmasdan, oz onasi orqali Zebining onasiga eshitdirib qoymoqchi bolardi. Mingboshinikida juda sertakalluf ziyofat yegan bu yosh qiz ziyofat bergan juvonlardan juda minnatdor bolmoq bilan birga, shunday qari va nihoyat darajada xunuk odamga, yana kundosh ustiga tushib qolganlari uchun ularga chin kongildan achinardi. Saltanat bilan birga Zebining ozi va boshqa hamma qizlar mingboshining davlati va obrosi togrisida qancha maqtov eshitgan bolsalar, uning badbasharalikda ham tengsiz bolgani togrisida oshancha vahimali sozlarni tinglagan edilar. Qizlardan hech biri mingboshi xotinlarining davlatiga qiziqmagan, ularning tolelariga koz olaytirmagan, u davlatlar togrisida ozaro gap ochilganda, ochiq jirkanish bilan: «Davlati boshidan qolsin!» deya qichqirgan edi. Saltanat qizlarning ashulalariga qoshilmasdan, oz oldiga ogir-ogir oylab borarkan, ozini xayolida bir nafas uchun mingboshi xotinlaridan birining orniga qoyib qaradi... Ustida goyo xonatlas koylak, Xitoy tovardan kaltacha, toza beqasam kamzul, qimmatbaho shohi romol, amirkon kavish-mahsi... Keng hovlida, daranglagan ayvonlar va solum uylarda, odamni chiroyli qilib korsatadigan qalin toshoynaklarning qarshisida... Òilla bilakuzuklar, yoqut kozli uzuklar, xina bilan chogday lovullab turgan barmoqlar, surmali kozlar... Xontaxta ustida anvoyi noz-nemat, turli-tuman meva-cheva... Òurgan sari yumsharib, pisha boradigan va pishgan vaqtida ogizga solsa eriydigan noklar... Quvaning yirik donali va nordon anorlari... Haligi nokning eng tolganini olish uchun dasturxonga qol uzatar ekan, qolini boshqa bir qol kelib ushlaydi... Uning ham qizlik havaslari uygonadi, yuraklari muloyim va yoqimli bir talvasa bilan duk-duk ura boshlaydi: ikki yuzi dasturxon ustidagi anor singari qið-qizil boladi... Endi u ozining «mingboshi xotini» bolganini unutgan, yoshlikka xos keng xayol quchogida boshqa olamlarga otgan edi. Uning qarshisida otkir va serhavas kozlarini oynatib, yosh bir yigit turgan kabi
149 bolardi... Bu qol, albatta, osha yigitning och va qaynoq qollaridan ozga emasdi... nihoyat, yosh qiz yosh yigitga tomon astagina qayriladi va qayrilgan hamon ozidan ketib qichqiradi: Mingboshi!!! Muning holidan bexabar ashula qilishib borayotgan qizlar bu qichqiriqni eshitgach, chochib tushdilar. Voy, nima boldi sizga, Saltanatxon? dedi Zebi. Qizlar Saltanatni ortaga oldilar. U esa ikki qoli koksida, rangi ochgan, ozini Zebining quchogiga tashladi. Songra asta- sekin kozini ochgach, hammaga bir-bir qarab oldi; uning bu qarashlarida ogir bir horginlik bor edi... Keyin kozlari Zebiga tikildi, endi u kozlarda aybini yashirgan bir gunohkorning qarashlari termulardi. Nima boldi sizga, Saltanatxon? dedi yana Zebi. Saltanatxon javob orniga qollarini keng ochib, Zebiga tashlandi va: Zebixon! Jonim Zebixon!! deya uni mahkam quchogiga oldi... Qizlar hayron, hammasining kozi ularda. Saltanatning «mingboshi...» deya qichqirishi bilan barobar aravani toxtatgan Olmasjon ot ustida orqasiga qayrilib, qanday hodisa bolganini anglayolmasdan, tangriqosh nazarlari bilan qizlarga tikilgan edi. Ikki qizning bir-biri bilan quchoqlashib, «aylanay, orgilay» qilishlari hali-beri tugalmaydigan bolgandan keyin yelkasini qoqib, yana oldinga ogirildi va astagina «chox» deb otini qamchiladi. Songra u kichkina bir anhorning kechigidan kecharkan, otini sugorishga toxtagan vaqtida Zebi bilan birga Saltanat ham sharaq-sharaq gapga tushgan edi. Shaharga kirgandan keyin qizlar oz uylariga yaqin joylarda bitta-bitta tusha boshladilar, shu bilan safar oxirida Olmasjonning Zebidan boshqa yolchisi qolmadi. Kongillaridagi ajib hislarni bir-biriga bildirmoq uchun hali fursat topolmasdan entikkan bu ikki yosh endi on-on besh minut xoli fursat topganlarida, ortiqcha talvasaga tushgan yuraklari dastidan nima deyishlarini bilolmay entikardilar... Unisi ham, bunisi ham bir ogiz gap aytolmadi.
150 Ikki yosh kongilning shu tobda kichkinagina bir tilagi bolsa ham bir-ikki mahalla otgach, yetiladigan hovlining yana bir necha mahalla nariga chozilishi, yo bolmasa, keksalar aytgandek: «yer tanobi»ning pichagina chozilmay turishi edi. Holbuki, shaharga, oziga oshna joylarga, oz otxonasi bor yerlarga kelganini payqagan va qorni ochqay tushgan ot, oshiq-mashuqning kongil tilaklaridan bexabar, qadamini ildamlatar, «yerning tanobi» ozidan-ozi tortilib borardi... Arava Zebilar masjidi oldiga yetganda, Razzoq sofi bir necha kishi bilan birga boshqa bir aravada qarshi tomonga otib ketdi. Otam biror joyga ketayotganga oxshaydi, dedi Zebi quvonganini yashirolmay. Yiroqroq safarga oxshaydi. Oq yol bersin! dedi Olmasjon va yumshoqqina kuldi. Shu chogda Zebining konglidan ogir bir tog kochgan edi. VII
Ikkala yosh kongil qorongi muhitning ogir kishanlariga boglangan holda noumid muhabbat bilan bir-birlarining hasratida entikar ekan... Akbarali mingboshi, kuchli panjalari orasiga olib, yangi bir gazetni gijimlamoqda va qimorbozlarga xos ogzi maymoqlik ila gazet yozganlarni sokmoqda edi. Jadidlar tomonidan haftada ikki marta zorga chiqariladigan bir gazetada mana shu besh-olti ogiz soz boridi: «...bolusining hokimi mutloqi olan Akbarali mingboshi butun- bolusning yagona usuli jadida maktabini boglatib, muallimini haq bermasdan haydatdirdi... Uch oygina davom eta olmish bu maktab millat bolalarina oz-da bolsa oq-qorani tanitdirmoqqa muvaffaq bolmish edi. Mingboshining ozi esa har sana bir evlanmoqdan, xotin yangilamoqdan boshalmaydur... Uch xotini ustiga yana tortinchisini, hatto besh-olti-yettinchisini... ham oluvga qarshi emas. Muallim M. M.» 151 Qarshisida choy quyib otirgan Hakimjon shu gazetni topib korsatganiga allaqachon dunyo-dunyo pushaymon bolgan edi. U bir necha yil shu odamga mirzolik qilib, uning jahli kelgan va tutoqqan vaqtlarini kop korgan bolsa-da, bugun shu kichkina maktubchaning bu daraja yomon tasir qilganiga hayron bolardi. Mingboshi mirzaning qolidan dastlabki bir piyola choyni olib, hatto bir hoplamasdan yoniga qoydi va shu boyicha uni tamom esidan chiqarib yubordi. Hakimjon sovuq choyni uning oldidan olmoqqa botinolmas edi... Choynakdagi choy ham allaqachonlar sovub boldi. Hakimjonning ikki kozi mingboshida, uning qizarib-bozargan yuzlarida, jahl bilan, tajanglik bilan qisilgan panjalarida: gijimlanib bir musht holiga kelgan gazetda... Xojayinning mudhish ovozini korib, sal narida daraxtga suyanib turgan Mirzabobo ham hayron. Darvozabonlik qiluvchi mirshabga: «Arzga kelganlarning hech birini qoymaysan. Xojayinning feli aynib turibdi...», deb Mirzabobo tomonidan talimot berilgan, endi darvoza orqali Miryoqubdan boshqa hech kimning oyoq bosib ota olishi mumkin emas. Haykalday qotib tura berishdan Mirzaboboning, doim bir vaziyatda qimirlamay otira berishdan Hakimjonning bellari qayishib ketdi... Mingboshi dam gazetni ochib, u yoq-bu yogini aylantirib qarar, dam bolsa, panjalari orasiga olib, uni gijimlar, tez-tez darvoza tomonga qarab: Miryoqubdan darak yoqmi? deya sorab qoyardi. Mingboshi bu savolni qaytargan hamon Mirzabobo yugurib kochaga chiqar, bir ozdan song qaytib kirgach, «yoq», degali botinolmasdan, molayib jim qolardi. Nihoyat, mingboshi qolidagi gazetni bir tomonga irgitib, ornidan turdi. Miryoqub qani deyman senga, Miryoqub?! deya baqirdi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling