Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50

Sen yetim emassan,

Uxla, jigarim.

Ko‘zimga uyquning

Mudroq ovchisi

Òo‘rin solmasdan,

(Birinchi gudokka

Ikki soat bor).

Otalik hissining

Bebaho, laziz

Òo‘lqinlari ichra

G‘arq bo‘lib ketib,

Aziz boshing ustida

Òelmurmakdaman.

Sen yetim emassan,

Uxla, jigarim.

Nega cho‘chib tushding?

Murg‘ak tasavvur,

Go‘dak xayolingga

Nimalar keldi?


182

Balki Odess dahshati,

Kerch fojiasi,

Yovvoyi mahluqlar,

Qonxo‘r vahshiylar...

Mammasi kesilgan

Sho‘rlik onangning,

Pajmurda gavdasi

Ko‘zing o‘ngida,

Butun dahshati-la

Aks etar endi?

Onang xo‘rlandimi,

Otang o‘ldimi,

Sen yetim qoldingmi,

Qayg‘irma, qo‘zim,

Ko‘zim usti,

Minnating boshimga durra.

Ota-onasining

Òayini ham yo‘q,

Sut ko‘r qilgur, haromi

Gitler oqpadar —

Farzandning qadrini

Qayerdan bilsin?

Bir qo‘ng‘iz mo‘ylovli,

Baroq soch mal’un,

Jigarrang bir mundir

Istagi uchun

Nahotki yerimiz

Chappa aylanib,

Nahotki daryolar

Oqar teskari.

Nahotki odamlar

Kezar darbadar?..

Axir, juda yaqin



183

Qonli intiqom,

Alhazar,

Alhazar,


Ko‘pirar

Tomirlarda qon

Va portlar hademay

Bu o‘tli vulqon.

Sen yetim emassan,

Uxla, jigarim.

Sen kulayotibsan,

Balki bu kulgi,

So‘nggi oylar ichra

Birinchi chechak.

La’li labingdagi

G‘uncha tabassum,

Albat toleingga

Muhr bo‘ladi,

Va bunda aks etar

Porloq kelajak.

Òong yaqin,

tong yaqin,

oppoq tong yaqin.

Bir nafas orom ol,

Uxla, jigarim.

Oq oydin


tong oldi,

Uxlamoqdasen.

Lablaring shivirlar,

Izlamoqdalar...

Balki bir erkalash,

Bir ona bo‘sa.

Ulug‘ oilaning

go‘dak farzandi,

bilib qo‘y endi:


184

Sen tezda ulg‘ayib,

Olam kezasan,

Manglayda porlagan

Òoleing — quyosh,

Butun yer yuzini

Qilur munavvar.

Haqorat yemrilur,

Zulm yanchilur,

Jahonda bo‘lurmiz

Ozod, muzaffar.

Sen yetim emassan,

Mening jigarim!

SOG‘INISH

Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,

Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh,

Uzilgan bir kiðrik abad yo‘qolmas,

Shunchalar mustahkam xonai xurshid.

Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,

Hozir qonda kezar ertagi umid.

Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan,

Baxtli tong otar chog‘ uni kuzatdim.

Bir mal’un gulshanga qadam qo‘ymishkan,

Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.

Unda yetuk edi meros mard g‘urur,

Ostonani o‘pib, qasamyod qildi.

Ukalarin erkalab o‘zimday mag‘rur,

Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi.



185

Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush

Albatta yetadi o‘zin boshiga.

O‘g‘lim omon keladi, g‘olib, muzaffar,

Gard ham qo‘ndirmasdan qora qoshiga.

Ne qilsa otamen, meros hissiyot...

Jondan sog‘inishga uning haqqi bor.

Kutaman, uzoqdan ko‘rinsa bir ot,

Kelayapti, deyman ko‘rinsa g‘ubor.

Bahor novdasida bo‘rtgan har kurtak

Sog‘ingan ko‘ngilga berar tasalli.

Ko‘chatlar qomati eslatganidak,

Nafasin ufurar tong otar yeli.

Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam,

Qo‘msayman birovni — allakimimni.

Doimo umidim bardam bo‘lsa ham,

Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.

Balki bir g‘alat o‘q, yo xavf-u xatar

Xazinai umrimdan yo‘qotdi olmos...

Yo‘q, u o‘lmas, qadami olam yaratar,

Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.

Òong otar chog‘ida juda sog‘inib,

Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.

Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,

Pok-pokiza yurak bir qatra simob.

O‘rog‘-u gulqaychi, istak ko‘tarib,

Hovrimni bosishga boqqa jo‘nadim.

Hasharchi qo‘shni qiz — uning sevgani,

Ma’yus bosar edi orqamdan odim.


186

Bog‘da sarvinozim yo‘q edi garchand,

Ko‘makchim arg‘uvon yoring Nafisa.

Seni sog‘inganda qildim gul payvand,

Bu bahordan hayot olardi bo‘sa.

Dur bo‘lib taqilur yorning bo‘yniga,

Sadafday ko‘zimda behuda bu yosh.

Ikkoving ikki yosh, labing labiga

Qo‘yar. Vasvasamdan kuladi quyosh.

Sizlarni, keldi, deb eshitgan kuni

O‘zing to‘qib ketgan katta savatda,

Òo‘latib shaftoli uzib chiqaman,

G‘alaba kunlari yaqin albatta.

Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftolu,

Xuddi mo‘ylabingdek mayin tuki bor.

Har bitta shaftolu misoli kulgu,

Shafaqday nimpushti, sarin, beg‘ubor.

Suyganing labida reza ter kabi

Unda titrab turar sabuhiy

1

 shabnam.



Munchalik mazani topa olmaydi

Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.

E o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin,

O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla.

Shu meros bog‘ingni o‘z qo‘lingga ol,

Menga topshirilgan merosiy haq-la.

Bog‘da tovus kabi xiromon bo‘lib,

Umid danagini birga ekingiz.

G‘olib kelajakni sayr qilaylik

Mushfiq onaginang bilan ikkimiz.

1

 Sabuhiy – ertalabki, tonggi, sahardagi.



187

OYBEK


(1905–1968)

Hassos shoir, mohir romannavis, yetuk olim, dunyo so‘z san’ati

durdonalarining  ilk  tarjimonlaridan.  Lirik  she’rlarida  inson  va

hayot mohiyati, tabiat va elu-yurtga muhabbat, tarix voqealari

va uning idroki juda teran, jozibador tarannum etilgan. Bir qator

dostonlarning, «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Bolalik»,

«Nur qidirib» singari epik asarlarning muallifi. Oybek — «prozada

shoir-u poeziyada prozaik» (Hamid Olimjon). Lirikadagi izhor

–  ifodalarining  yirik  nasriy  asarlari  uchun    turtki  –  asos

bo‘lganligiga ko‘ra o‘zbek adabiyoti tarixida asarlari o‘ziga xos

adabiy merosdir.

«NAVOIY»


ROMANIDAN

IKKINCHI BOBDAN

...  Alisher  yashagan  uyda  tantanali  ruh  hukm  surardi.

Mulozimlar hurmatli mudarris bilan tanilmagan shogirdni to‘rdagi

katta  uyga  taklif  etdilar.  Qið-qizil  gilamlar  yongan,  devorlari,

shiði naqshdor, tokchalari ganchdan ajoyib gullar blan ishlangan

katta uyda bir talay odam o‘tirgan edi. Mavlono Fasihiddinni

to‘rga o‘tqazdilar.

Sultonmurod eshik tagiga tiz cho‘kdi. Bu yerdagi odamlarning

aksari  Sultonmurodga  tanish  bo‘lgan  va  turli  ilmlarda  nom

chiqargan olimlar, ham Hirotning oldingi shoirlari edi. Bulardan

tashqari  bir  necha  yuqori  mansabdorlar  qiymatbaho  to‘nlarga

belanib, ulug‘vorlik blan o‘tirishar, darveshnamo, tashqi takalluf-


188

larga begona ba’zi shoirlarning qiliqlariga, atvorlariga g‘ijinganday

ko‘rinardilar. Sultonmurod majlisdagilarning gapidan Alisherning

hali saroyda ekanini fahmladi.

Gangur-gungur  suhbatga  quloq  solib  o‘tirdi.  Oradan  ko‘p

vaqt o‘tmay, kimdir shoirning kelganidan xabar berdi. Sultonmurod

darhol o‘zini ayvonga oldi. Shu vaqtda uydagilarning aksari, shu

jumladan,  mavlono  Fasihiddin  ham  chiqdi.  Hammaning  ko‘zi

unda-munda daraxtlar o‘sgan katta hovlida edi. Zaryoqa to‘n

kiygan, mag‘rur bir necha saroy odamlari orasida Sultonmurod

shoirni xuddi ilgari ko‘rgandek darrov tanib oldi, ko‘zlari cheksiz

quvonch bilan yonib ketdi. Shoirning boshida uchli ko‘k taqyaga

1

silliq o‘ralgan, ko‘rkamgina salla.



Egnida — ichidan odmi shohi to‘n, ustidan yalang qo‘ng‘ir

movut chakman... O‘ttizdan oshmagan bo‘lsa ham, Navoiy yoshi

ulug‘roqdek ko‘rinardi. Qomati o‘rtadan baland, ingichka, lekin

pishiq, barmoqlari uzun va nafis; qora va qisqa soqoli, xush-

bichim  miyiqlari  tekis  va  silliq;  yonoqlari  chiqiqroq,  kenggina

yuzida doimiy tafakkurning asl ma’nosi, ma’naviy qudrat va yengil,

go‘zallashtiruchi bir horg‘inlik jilvalanadi. Qabariqroq qovoqlari

ostidagi qiyg‘och ko‘zlarida go‘yo tafakkur va xayol bilan birga

qandaydir iroda kuchi ifodalanadi.

Navoiy lablarining uchidagi, ko‘zlaridagi jiddiy tabassum bilan

birin-ketin  ko‘risha  boshladi.  Mavlono  Fasihiddin  shoir  bilan

ko‘rishib, hayajon bilan samimiy tabriklagandan so‘ng, barmog‘i

bilan Sultonmurodga ishora qildi. Sultonmurodning hayajondan

rangi bir oz oqardi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib shoirga yaqin keldi.

Bir oz enkayib, uning qo‘lini siqdi-da, bir qadam orqaga tashlandi.

— Kaminaning shogirdlaridan, — dedi iftixor bilan Fasihiddin, —

nodir  iste’dod.  Zamonamizning  Abu  Ali  Sinosi  bo‘lishiga

kaminada aslo shubha yo‘q.

—  Hurmatli  ustodim  kamina  shogirdlari  haqida  g‘oyat

mubolig‘a etdilar. — Qo‘llarini qovushtirgan holda kulgansimon

1

 Taqya – do‘ppi, bosh kiyimi.



189

dedi  Sultonmurod.  Navoiy  do‘stona  tabassum  va  iliqlik  bilan

Sultonmurodga murojaat etib, uning qayerlik ekani, qanday ilmlarni

o‘tgani  va  hokazo  haqida  surishtirdi.  Sultonmurod  haqiqatni

yashirmadi. O‘zi chuqur egallagan ilmlarni bir qadar kamtarinlik

bilan aytib berdi. Bu vaqtda atrofga to‘plangan va Sultonmurodni

taniydigan ba’zi mudarrislar ham uning to‘g‘risida biron nima

deyishdi.

— Himmat va g‘ayratni aslo qo‘ldan bermang,— dedi Navoiy

suyunib.— El, ulus sizdek zotlarga g‘oyat muhtojdir. Ilm daraxtini

yaxshi parvarish etib, yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz

va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. Mana endi oshino bo‘ldik.

Umid qilamenki, bizni hamisha yo‘qlab turursiz.

— Iltifotingiz uchun qalbimdan tashakkur etamen,— dedi

Sultonmurod titroq ovoz bilan,— sizning ma’rifat dar’yongizdan

bahrmand bo‘lmoq qadar ulug‘ saodatni tasavvur etmoq imkon-

sizdir.

Navoiy  Sultonmurodni  birga  olib  uyga  kirdi,  yuqoriroqqa



o‘tirishga taklif etsa ham, Sultonmurod uzr tilab, pastroqqa o‘tirdi.

Navoiyning qalbini tushunmagan ba’zi odamlarda hayrat sezilar

edi. Ular, bu olacha to‘nli, faqir yosh mullabachchaga bu qadar

diqqat va iltifotning nima keragi bor ekan, deb o‘ylar edilar shekilli.

Sultonmurod ba’zi ko‘zlarda shu ma’noni ochiq sezarkan, uning

tasavvurida Navoiyning siymosi benihoyat yuksaldi, unga bo‘lgan

muhabbat uchun hech chegara yo‘q edi.

Muhrdor shoir uy sohibi bo‘lganlikdanmi yoki kamtarlikdan,

hammadan pastda o‘tirdi. U dastlab Hirotdagi turli madrasalarning

ahvoli,  talabalar  va  mudarrislarning  tirikchiliklari,  vaqf

1

  ishlari



haqida gap ochdi. U kishilarning so‘zlariga diqqat bilan  quloq

soldi. Keyin so‘nggi yillarda Xurosonda vujudga kelgan katta,

kichik ilmiy asarlar, devonlar to‘g‘risida mufassal ma’lumot olishga

tirishdi. Qandaydir nomsiz bir shoir tarafidan aytilgan bir ruboiy,

1

 Vaqf – masjid, madrasa va shu kabilar ta’minoti uchun belgilab qo‘yilgan



daromadli do‘kon, Saroy, tegirmon va h.k.

190

bir bayt, yoki bir muammo ustida so‘z ketgan taqdirda ham,

Navoiy jiddiy surishtirdi. Hammaning qulfi dili ochilgandek, majlis

qizib ketdi.

Sultonmurod,  go‘yo  Navoiyni  ikkinchi  qayta  ko‘rish  unga

nasib bo‘lmasligiga ishonganday, undan ko‘zini uzmas edi. U

Navoiyning  siymosida  kamtarlik  bilan  baravar,  kibrdan,

manmanlikdan xoli bo‘lgan chin, ulug‘vor bir g‘urur, qo‘llarining

harakatida,  so‘zlarkan  lablarining  qimirlashida,  tabassumida,

ovozida qandaydir mayinlik, noziklik, ingichka ohang sezar edi.

Mulozimlar dasturxon yozdilar. Mehmonlarga har nav’ shirin-

liklar, pista, bodom, quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. Keyin

chiroyli chinni kosalarda sho‘rva, laganlarda et va yumshoq nonlar

keltirildi.

Ziyofatdan keyin majlisning keksasi fotiha o‘qib, uy sohibini

duo qildi, majlis muhrdor bilan xo‘shlashdi.

II

Òokchada yongan shamning nuri va qiya ochiq darichadan



tushgan oydinlik gilamlarning gullari ustida jivillab, xayoliy, mayin

manzaralar,  o‘yinlar  yasar,  o‘qtin-o‘qtin  esgan  shamol  sham

yolqinini liðillatar, pastgina kursi ustida ochiq turgan qalin, katta

kitobning varaqlarini shildiratar va tanburda shoir chalayotgan

kuyning sehriga berilganday jimgina tinglar edi... musiqini sher’dan

ayirmagan Navoiy go‘zal sadolar ilmini chuqur bilar va chuqur

sevar edi. Ko‘zlari yarim yumuq holda shoir zavq bilan chertar,

qo‘llar hayotning, ko‘ngilning pinhon ohangini sadolarning fusunkor

tili bilan sayratar edi...

Shoir yengil bir so‘lish olib, tanburni tokchaga tirab qo‘ydi.

Barmog‘idan «noxan»ni chiqardi. Daricha yoniga o‘tirdi. Hovlida

shamol  bilan  o‘ynashgan  daraxtlarning  yengil  kuyidan  boshqa

sado yo‘q. Shoir o‘yga toldi. Mana, u yana Hirotda, o‘z uyida.

Balki endi butun umr bu suyukli shaharda muqim bo‘lib qolar...

Kim biladi, taqdirning xohishi, jilvasi yana qanday kutilmagan

o‘yinlar ko‘rsatar ekan!



191

Bu yerda endi har bir narsa unga yaqin, tanish, mehribondek

ko‘rinadi. Ilgari bunday tuyilmas edi. Balki marhum ota va onaning

ruhi, mehri bu narsalarda aksini qoldirgandir. Bir vaqt G‘iyosiddin

Kichkina

1

 xuddi shu yerda, shu daricha ostida o‘tirib, uni erkalat-



masmidi? Òo‘rt yashar vaqtida, shoir g‘ira-shira bazo‘r xotirlaydi.

Mirzo  Qosim  Anvariyning

2

  baytlarini  biyron  tili  bilan  o‘qib



berarkan, ota qanday quvonardi! Yaxshi odam edi u. Sodda,

to‘g‘riso‘z,  insofli,  rahmdil  odam...  Marhuma  onachi!  U  o‘z

o‘rtoqlarining onalarini mehr va shafqatda hech vaqt o‘z onasi

bilan tenglashtirmas edi. Sodda, bolalari uchun kuyunchak, qo‘ni-

qo‘shnilar, aqrabolar bilan hamisha xushmuomila ayol. Besh-olti

yoshda maktabidan ozod bo‘lib yugurib kelarkan, darrov bag‘riga

bosar, sut, patirnon va shirinliklar berardi. Maktabda muhtaram

qari domla o‘rgatgan saboqlarni yoddan o‘qib berarkan, suyunar,

o‘g‘lining kattakon mullo bo‘lishini orzu qilardi.

Shohruh Mirzo vafotidan keyin, Xurosonda ro‘y bergan siyosiy

tartibsizliklar  zamonida,  bir  ko‘p  oilalar  bilan  birga  jonlarini

hovuchlab Iroqqa qochishlari, yo‘ldagi mashaqqatlar, tomoshalar,

xursandchiliklar, Sharafiddin Ali Yazdiy

3

 bilan uchrashuv, ayniqsa,



safardan  qaytishda  kechasi  otda  mudroq  bosib,  yerga  yiqilib

tushishi, ertalab uyg‘onib qarasa, bepoyon, kimsasiz taqir sahroda

yolg‘iz yotganligi, atrofda qang‘ib, o‘t chimtib yurgan yuvosh

otni tutib bazo‘r minib olish, yo‘l topolmaslik, qizg‘in cho‘lda

tashnalik, nihoyat, karvon qo‘ngan yerga yetib kelganda, g‘amdan

o‘layozgan  ota-onaning  xursandchiligi  va  hokazo  xotiralar  bir-

biriga  ulanib  ko‘z  oldidan  o‘taberdi...  Husayn  Boyqaro  bilan

birga  maktabda  o‘qirkan,  sakkiz-to‘qqiz  yoshida  Farididdin

Attorning «Mantiq ut-tayr»ini mutolaa qilar, uning sirli, otashin

fikrlariga berilib ketib, nihoyat, bora-bora o‘yin-kulgini, uyquni,

1

 G‘iyosiddin Kichkina – Navoiyning otasi.



2

 Mirzo Qosim Anvariy – u zamonning katta shoirlaridan.

3

 Sharafiddin Ali Yazdiy – mashhur tarixchi. Navoiy olti yoshida bu



kishi bilan uchrashgan.

4

 «Mantiq ut-tayr» – «qushlar tili».



192

1

 Baq’alar – kambag‘al talabalar, musofirlar yashaydigan hujralar.



2

 Shinniy va sunniy – Islom dinidagi ikki oqim.

taomni ham unutgani, bechora ota-ona bu ahvoldan qo‘rqib, noiloj,

shu kitobni man’ etib, qo‘lidan tortib olib yashirganlari, kitobni

boshdan-oyoq yod olgani uchun baribir takrorlay bergani — shuning

singari ajoyib, shirin, achchig‘ xotiralarni eslarkan, ko‘ksini qandaydir

hislar to‘lqinidan bo‘shatmoq uchun xo‘rsinib qo‘ydi. Keyin ilk

she’r mashqlari, ilk ijodning azobi va shirin hayajonlarini qaytadan

yashatganday bo‘ldi. Ilm, san’atni sevgan otaning shoir o‘g‘il bilan

quvonishi,  yirik  shoirlar  bir  og‘izdan  maqtab,  tashviq  etishlari,

o‘ylab-o‘ylab, «Navoiy» va «Foniy» taxalluslarini topishi, keksa

mavlono  Lutfiy  bilan  uchrashuv  va  uning  kutilmagan  darajada

baho berishi — bularni unutmoq mumkinmi?! Ishq bilan, hayajon

bilan yurakka, miyaga naqshlangan voqealar, onlar...

G‘ariblik, musofirlik yillari... Mashhaddagi yetti-sakkiz yillik

hayot — xarob baq’alar

1

, sovuq, tor madrasa hujralarida kunduzlari



quyoshga chiqib havo olmay, tunlari mijja qoqmay muttasil kitob

ko‘rish... Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim

faylasuflari,  olimlari,  shoirlari  bilan  suhbatlashish.  Ustodlari,

sheriklari,  uchrashdigi  ulug‘  odamlar  suhbatlaridan  bahramand

bo‘lgani yuzlarcha donishmandlar — to so‘nggi ustodi samarqandli

Xo‘ja Fazlillo Abullaysga qadar hammasini esladi. Barchasidan

mamnun edi. Fikran yana ular bilan gaplashmoqqa boshladi.

Òashqarida oyoq tovushi eshitildi. Shoir boshini birdan ko‘tardi.

Eshik «g‘irch» etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darveshali

kirdi. Bu o‘qimishli, tavozi’li odam bo‘lsa ham, bir ko‘p jihatlardan

akasiga o‘xshamasdi. Havoiy hayotga berilgan, beparvo, uquvsizroq

edi.  Navoiy  uning  nimmast  suzilgan  ko‘zlariga  qaradi,  kinoya

bilan jilmaydi.

— So‘zlang, inim, yurtda qanday xabarlar bor?

— Shu kunlarda shinniy va sunniy

2

 g‘ovg‘asidan o‘zga muhim



hodisani bilmaymen,— javob berdi Darveshali asta o‘tirib,—

har yerda sunniylar norozilik bildirmoqdalar:



193

«Podsho shi’iy, masjidlarda imomlar shi’iy... Bunga bardosh

etib bo‘ladimi!» deydilar.

— Òaassufki,— dedi Navoiy g‘ijinib, boshini tebratib,—

bu ma’nosiz g‘ovg‘a podshoning farmoni bilan ro‘y berdi. Xalq

orasiga tafriqa

1

 solmoqdan o‘zga ish yo‘qmi, ajabo? Davlatning



moliyasi ne holda, qo‘shin ne ahvolda, madrasalarda tolibi ilmlar,

olim va fozillarning tirikchiliklari qanday, har nav’ amaldorlar

poytaxtda, tumanlarda, viloyatlarda xalqqa ne turda muomila

qilurlar; dehqonning ro‘zg‘ori nechik, kosibning kori nechik —

mana bu vazifalarni aql va idrok ko‘zi bilan ko‘rib, tadbir va

salohiyat bilan hal qilmoq kerak edi. Inim, har qanday mazhab

janjallaridan  yuqori  turmoq  lozim.  Yagona  husn  mutloq

mavjuddir.  Quyoshning  nurida,  dengizlarning  jo‘shqinida,

tog‘larning muazzam jussasida va yaproqlarning titrashida uning

jamoli  jilvasini  ko‘ramiz.  Ko‘ngilni  uning  ishqi,  yodi  bilan

to‘ldirmoq kerak.

Darveshali shoir fikrining ildizlariga yetmoqqa tirishib, quyi

solgan boshini asta chayqagan holda sukut etdi. O‘z og‘asiga va

uning fikrlariga chuqur ehtirom bilan qarar edi u.

— Bu diniy nizolar ulg‘ayib ketmasa edi...— dedi nihoyat

Darveshali.

— Xayr, biz bu dag‘dag‘alarni o‘rtadan ko‘tarishga harakat

qilurmiz,  —  dedi  Navoiy  qat’iy  ohang  bilan.  —  Garchi  bu

mazhablarning birini o‘zgasidan afzal ko‘rmasak ham, ulusning

birligini  e’tiborga  olurmiz.  Inim,  dun’yoda  kitob  o‘qimoqdan,

tafakkurdan, she’r aytmoqdan o‘zga zavqbaxsh mashg‘ulot yo‘qdir.

Òabiatim ko‘proq bu tomonga moyil edi. Sokin bir maskanda

yashab,  bu  zavq  dar’yosida  suzmoqchi  edim.  Lekin,  menga,

ma’lumingiz, davlatda vazifa berdilar... Yolg‘iz el va ulus manfaatini

nazarga  olib,  mansabni  qabul  etdim.  Bu  muborak  yurtda

qilinadigan  ishlar  benihoyat  ko‘pdir.  Bu  ishlarning  har  biriga

elimiz asrlardan beri tashnadir. Masalan, bir kutubxona yaratmoq

1

 Òafriqa – ayirish, bo‘lish.



13 – Adabiyot, III

194

1

 «Drug‘aiy kutubxonaiy humoyun» – podsho kutubxonasining boshlig‘i.



2

 Azmanaiy qadimdan – eski zamonlardan.

3

 Fiðog‘urslari – qadim yunon olimlari.



4

 Ilm hay‘at — astronomiya.

5

 Ravnaq – o‘sish, rivojlanish.



xayolim bor... Siz endi «dorug‘aiy kutubxonaiy humoyun»dirsiz

1

,



sizga taalluqli bo‘lganidan, aytib o‘tmoq istaymen.

— Har bir niyatingiz uchun qul kabi xizmat qilurmen,—

qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib dedi Darveshali.

— Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, — shavq bilan

davom etdi Navoiy, — butun el qoshida manzur va mu’tabar

bo‘lsin. Jamiki ulum va funundaki, azmanaiy qadimdan

2

 to


shu damgacha odamzodning fikr gavhariy ijod etmishdir va

kitob  suratiga  chekilmishdir,  barchasi  bizning  kutubxona

xazinasini ziynatlasin. Faqirning xolis niyati shulki, bu yerda

Xurosonning  va  o‘zga  mamlakati  islomning  barcha  ulamo,

fuzalo,  shuarosi  kitoblardan  istifoda  qilg‘ay.  Bu  yerda

falsafaning  Suqrot,  Aflotun  va  Arastulari,  hikmat  va

riyoziyotning  Fiðog‘urslari

3

,  ilm  hay’atning



4

  Ulug‘beklari,

she’rning Firdavsiy va Nizomiy Ganjaviylari har qaysilari o‘z

sohalarida  osoyishta  mashg‘ulotda  bo‘lg‘aylar.  Ilmning

ravnaqiga

5

  harakat  qilg‘ay,  fikrning  yangi-yangi  xazinalarini



ixtiro' etkaylar. Ular kashf etgan haqiqat quyoshlari yurtimiz

samosini  nurga  to‘ldirsa,  maqsadimizga  yetgan  bo‘lurmiz.

Darveshali, ko‘nglingiz har chog‘ el muhabbati bilan labolab

to‘lsin,  har  ishga  bel  bog‘lar  ekansiz,  elning  manfaat  va

zaruriyatini o‘zingiz uchun bir mezon, deb biling...

—  Albatta  shunday  bo‘lmoq  kerak,—  dedi  Darveshali,

siyrakroq soqolini qashib qo‘yib, — elga xizmat qilgan kishining

e’tibori, qadri-qiymati oshar...

Navoiy ukasiga ma’nodor tikildi.

— Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o‘zi ulug‘ mukofotdir,—

dedi u keskin ravishda. — Himmatingiz samosini hargiz bulut

qoplamasin, inim.



195

Darveshali uyalganday ko‘zlarini yashirishga tirishdi. Keyin

gapni kutubxonaga burdi. Birinchi galda bir imorat oliy qurmoq

kerakligi  haqida  so‘zladi.  Navoiy  tokchadagi  shamga  qaradi,


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling