Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3,58 Mb. Pdf ko'rish
|
ornidan qozgolarkan, Darveshali: «Men... Men...» deb dik etib turdi-da, shamdonni olib ortaga qoydi va qaychi bilan sham uchini avaylab kesdi. Shoir bir taxta shaldirama qogoz olib, ochiq, qalin kitob ustiga qoydi. Qalamni chi- royli mujaz mis siyohdonga botirdi-da qogoz ustida juda ehtiyot bilan, asta yurita boshladi. Bir ozdan keyin Darveshali oldinga surildi, kozlarini katta ochib, qo- gozga, akasining dam tox- tab, dam yengil harakat qilgan nozik qollariga qarab turdi. Qogoz galati chiziqlar bilan tola boshladi. Nihoyat, Na- voiy qalamni qoydi, qaddini rostladi, ukasiga tabassum bilan boqdi. Mana bu ashkolga 1 diqqat eting,dedi u qogozni (Darveshali tomon surib, biz memori sanatda 2 ) sohib vuquf 3 emasmiz. Bu sohaning ustod komili 4 , albatta, oz sozini aytar, lekin biz oylagan imorat, taxminan, shu shaklda bolishi kerak. Qogozdagi shakl binoning tarxi 5 edi. Darveshali qiziqib tamosha qilarkan, bu muazzam bino butun tafsiloti bilan 1 Ashkol shakllar. 2 Memori sanat gozal binolar qurish sanati. 3 Vuquf malumot, bilim sohibi. 4 Komili mukammal biluvchi ustod. 5 Binoning tarxi bino proyekti, plani. 196 1 Juzdon papka. shoirning koz oldida gavdalangandek, Navoiy uning ichki tuzilishi, tashqi korinishi, naqshlari, boyoqlariga qadar tushuntirdi. Darveshalining har bir savoliga, goyo shu qabildagi binoni biron joyda korib, maqbul topgan kabi, tola javob berar edi. Keyin Darveshali bilan kitoblar yigish togrisida sozlashdi. Qiymatli kitoblarning nusxalarini kopaytirmoq uchun Hirotdagi eng yaxshi kotiblar va muqova ustalari haqida surishtirdi. Hirot xorozlari kechaning sukutini ikkinchi topqir buzganda, Darveshali kozlarini uqalab, oz xonasiga chiqdi. Shoir ozini hali tetik va yengil sezar edi. Kechaning mayin sukunatiga shongib bir nafas xayol surdi, bir parcha toza qogozni olib, qalamni ushlagan holda oyladi. Sozlar fikrning oltin iðiga terilib, qofiyalar bir-birini imlab, inoq qol berisha boshladilar. Qalam qogozning silliq betida yurib ketdi: Yillar tutubon shayx moqomotiga gosh, Ne kongluma zavq yetti, ne jonima hush. Jonimga navo yetti-yu, konglumga xurush, Bir jura bila mugbachaiy bodafurush. «Ruboiy»ni ichida oqidi, yuzini tabassum qopladi. Siyoh qurigandan keyin qogozni usti oyma gulli charm juzdonga 1 tiqib, arabcha qalin kitobni varaqlashga boshladi. Ertasi quyosh yoyilganda eshikka chiqish bilan, jussasi kichikroq bolsa ham, semiz, yuvosh, yorga jiyron otni xizmatkor tutdi. Shoir uzangiga oyoq qoyib, ozini egarga olishga ulgurmasdanoq ot asta yurib ketdi. Bozor kuni bolganidan kochalarda qatnov zor edi. Ot, eshak mingan dehqonlar, qongiroqlarini jaranglatib solmoqlangan qator tuyalar, kalava tola savatlarini boshlariga qoygan kampirlar, matolarini qoltiqlagan toquvchilar va hokazo qurama olomon bozor tomonga oqardi. 197 Shoir «Xiyobon» kochasini otib, «Bog zogon»ning katta darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib kuzatib turgan navkarlar muhurdorga salom berib, darrov otning jilovidan ushladilar. Shoir ularning yordamisiz otdan tushdi-da «Bog zogon»ga kirdi. Bu turli qasrlar, koshklar va boshqa gozal binolar va ajoyib xiyobonlarga boy goyat katta bog edi. Daraxtlar oralab ketgan keng, toza va quyosh nurlari bilan olachalpoq yoldan borib, bir necha tanob joyni ishgol etgan katta gulzorga chiqdi. Bu yerga goyo butun dunyoning gullari toplangan edi. Òurli-tuman rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman kozlarni qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. Har kungidek toxtab, zavq bilan tamosho qildi. Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga devorlari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qoli bilan yasalgan naqsh gulzorini tovlantirgan binoga tomon yurdi. Oltin qubbachalar, oymakor gullar bilan bezangan eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham bir xonaga kirdi. Bu yerda uni dosti Xoja Afzal qarshi oldi. Bu past boyli, tiyrak kozli, xush muomila, qariyb ozi bilan tengdosh kishi edi. Xoja Afzal daftardorlik, hisob-kitob ishlariga juda mohir bolish bilan baravar, davlat ishlarida tadbirli, vijdonli bir mansabdor edi. Kozim sizda edi, marhamat qiling, ornidan turib joy korsatdi Xoja Afzal. Hali devonda hech kim yoq. Golibo, Xoqon hazratlari hanuz haram doirasidan chiqmagan bolsalar kerak. Navoiy otirib, dostining shaxsiy ishlari haqida soragandan keyin, avvalgi suhbatlarda bolganidek, gap yana davlatga, xalqqa doir umumiy masalalar sohasiga kochdi. Navoiy adolatli davlatning asosiy sifatlari nimalardan iborat bolishi kerakligi, podshoning xalqqa va xalqning podshoga munosabati, vazirlardan va beklardan tortib, to eng kichik amaldorgacha har bir ish uchun qonun oldida masul bolishi, xalqning tirikchiligini yaxshilamoq uchun lozim bolgan choralar va hokazo togrisida gapirdi. Butun bu masalalar ustida Xoja Afzal shoirning fikrini quvvatladi, ham bu yaxshi niyatlarni hayotda kormoqni orzu qildi.
198 Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, dedi Navoiy shavqlanib, ozga xalqlar ibrat ola bilsinlar... Òokaygacha insonlar vahshat sahrosida qolurlar! Inson barcha maxluqotning tojidir. U sharafli, sof, gozal yashamogi kerak. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin. Goyat gozal fikr, goyat gozal niyat. Òakidladi Xoja Afzal. Lekin bu mamlakatda mansabdorlar toifasining xalqqa jabr-zulm qilmogi bir odat va anana holiga kirib qolgan... Mana bu zor balo! Har yerda jabrning tigini sindirmoq zarur. Qatiyat bilan dedi Navoiy. Zolimlar bilan murosa qilmoq jinoyatdir. Mabodo ozimiz sindira olmasak, podshoga arz etmogimiz, uni aqlga, insofga davat qilmogimiz kerak. Mulozim kirib Navoiyga podsho uni yoqlayotganini bildirdi. Shoir tashqari chiqib, ong yoqdagi qirq marmar ustunli qasrga tomon yurdi. Yeriga guldor chinnilar qoplangan dahlizda kafshini qoldirib, zarhal eshikni ochib ichkari kirdi. Òorda, taxtda otirgan Husayn Boyqaroga uch marta bukulib, rasmiy tazimni bajo qilgach, ijozat sorab otirdi. Husayn Boyqaro belidan yuqorisi kengayib borgan, qaboriq kokrakli, keng yagrinli, miqti gavdali edi. Yirik, qiyiq, otkir qarovchi kozlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va shox tabiatni ham ifodalar edi; boshida yirik gavharlar qadalgan qorakol qalpoq; egnida yoqasi oltin gullar, qiymatbaho toshlar rang-barang porlagan qizil abrishim ton. Enlik kamarida oltin qubbachalar, yirik gavharlar, Badaxshonning asl lali-yoqutlari olovlanar edi. Darichalari gozal boqqa ochilgan katta, yorug uyning devorlari, shiðiri porlagan oltin, kumush bilan, sanatning mojizasi bolgan naqshlarning jonli gullari, yorqin va ohangdor boyoqlari bilan kozlarni beixtiyor ham uzoq vaqt oziga qadab qoyardi. Yerda chamanday gullagan iðak gilamlar, baland shiðlardan osilgan oltin qandillar, tokchalardagi asl ajoyib xitoy idishlar, ziynat aqlni shoshirar edi.
199 Navoiy ozini har vaqt uchrashgandagidek, sarbastlik bilan tutib, podshoning kayfini soradi. Husayn Boyqaro ham shoir bilan uchrashganda ozini qadimgi dostdek tutishga tirishar edi. U bazi viloyatlarga, tumanlarga hokim tayin etish, Abusaid Mirzoning ogli Sultonmahmud bilan qanday munosabatda bolish va hokazo masalalar haqida shoir bilan fikr olishdi. Navoiy hokimlardan boshlab to mahalla qorovuliga qadar yolgiz davlat manfaatini oylaydigan, xalq bilan yaxshi chiqishadigan insofli odamlardan tayin etishni hamisha bir qoida qilib olmoq zarurligini uqtirdi. Sultonmahmud bilan dostona munosabat boglamoq kerakligini, agar u Mova- rounnahr bilan qanoatlanmay, Xurosonni bosib olish uchun fitna qozgab, tig kotarsa, omon bermaslik kerakligini bayon qildi. Husayn Boyqaro bu fikrlarga sira etiroz qilmadi, bir nafas sukut qilib: Majididdin Muhammadni tanurmusiz? deya birdan soradi podsho. Òaniymen. Javob berdi Navoiy. Ammo, fel- atvorini bilmaymen. Bagoyat bolumli inson, dedi Husayn Boyqaro boshini tebratib. Mirzoiy Kichikka ixlos bilan xizmat qilmoqda. Bizga sadoqati, himmati baland, havasim keldi. Men uni parvonachi 1 qilib olsam, degan mulohazaga keldim. Agar sadoqati samimiy bolsa, dedi Navoiy ikkilanib, xoqon hazratlari sinagan bolsalar, u taqdirda kamina uchun etirozga orin qolmaydi... Husayn Boyqaro bu xususda qayta sozlamadi. Kimxob toshakning ostiga qolini tiqib, buklangan qogozni oldi-da, kulib shoirga uzatdi, Navoiy iðakday mayin qiymatbaho qogozni ochib, tabassum bilan podshoga bir qarab qoydi. Bu Husayn Boyqaro yozgan gazal edi. 1 Xonlik zamonida yirik mansablardan. Parvonachi kopincha podsho qoshida bolib, farmonlarni yozib turar, ishlar haqida podshoga hisob berar edi. 200 1 Lison til. 2 Nazm tizma. Vazn ham qofiyali soz. 3 Fusaxolar sozga chechan odamlar. Gozal sozlovchilar. Husayn Boyqaroning yoshlikdan sherga havasi kuchli edi. Bolalikda Navoiy bilan birga oqirkan, forsiy, turkiy shoirlarni birga mutolaa qilishar, sher haqida suhbatlashar, butun-butun qasidalarni, gazallarni yodlashar edilar. Lekin yoshlikda ham fikri, xayoli kop vaqt toj va saltanat orzu-armonlari bilan band bolgani uchun bolsa kerak, shoirlikka oz qunt qilar, goho-goho bironta gazal yozib qoyar edi. Navoiy gazalni dastlab ichida oqidi. Keyin tovush chiqarib, chiroyli oqidi. Husayn Boyqaroning boshqa gazallari kabi, bu ham ravon, musiqiyli oshiqona gazal edi. Navoiy shu misralarni maqtadi: Otka yoqqil sarvni ul qaddi rano bolmasa, Yelga bergil gulni ul ruxsori zebo bolmasa, Sarv birla gul tamoshosiga maylim yoq turur, Bog aro ul sarvi gulruhdin tamosho bolmasa! Bu misralarni tahlil etib, ularda shoirning oziga xos mano, xayol, rang borligini korsatdi va birov bilan munozara qilayot- gandek, qizginlik bilan gapirdi: «Oz tilimiz neqadar toza rangli va salohiyatli. Bu soz bilan har nechuk ruhni, manoni ifoda etmoq mumkin. Men aminmenki, bizning lisonimiz 1 fikr gavharlarini nazm 2 iðiga terishda fors lisonidan kora koproq imkoniyatlarga molikdir. Bu gazallarni oqib, fors fusaxolari 3 va ozimizning forsiðarastlarimiz ne deb ogiz ochishga jasorat qila olurlar!» Bu tilni sherning sheri mudofaa qilar ekan, yana qaysi mard aksini isbot qilur?dedi kulib Husayn Boyqaro, janoblari oz nodir asarlari bilan tilimizning husnini, quvvatini donishmand xalq qoshida namoyon etdilar... Xotiringizdami, godaklik mavsu- mingizda tilimizni qanday muhabbat bilan tashviq etardingiz? U choglarda oz sozimizga muhabbatni menga siz talqin etgan edingiz, Bu muhabbat alhol dilimdadir. 201 Navoiy ozi haqida aytilgan bu haqqoniy sozlarni kamtarinlik bilan, boshini quyi solib tingladi. Husayn Boyqaro oz gazalini jamiki shoirlarga tatabbu uchun berib, ulardan bunga javob yozishlarini soramoqchi ekanligini sozladi. Faraz qilaylik,dedi Navoiy kulib, gazalni yuz shoir tatabbu etib, qalam sursalar, yuz gazal vujudga keladi. Bir tup gul yuz guncha ochadi! Eshik Ogga 1 kirib, arkoni davlatning hozir bolganini bildirgach, Husayn Boyqaro kirishga ijozat berdi. Beklar, vazirlar, ulug mansabdorlar va podshoning har vaqtki hamsuhbatlari muqarriblar kimxoblarga, xitoiy shohilarga belanib kirishdi. Har kim oz darajasiga kora har vaqt otiradigan ornida qaror topdi. Beklar beki Muzaffar barlos podshoga yaqin, eng yuqori orinni ishgol etdi. Husayn Boyqaro toj-taxt gavgosida tog, chol oshib, oz raqiblari bilan kurashib yurgan pallalarda unga korsatgan xizmatlari uchun bu bekning gururiga chek yoq edi. Ozini goyo podshohga sherik kabi tutardi. Umuman davlatning ustuni hisoblangan bu odamlarning aksari, qanday bolmasin, biron qiziq sifati, feli-huyi, yo ishi bilan dong chiqargan edi. Muhammad burunduq barlos qadim beklar naslidan. Goyat bilimli, sardor, ulugvor odam. Lekin ovga, qushga shuncha och ediki, mabodo qushlaridan biri olib qolsa, raso motam tutar, bu olgandan kora, falon oglim olsa bolmasmidi, derdi. Zulnun Argun telbaroq, lekin ajoyib qilichboz, bahodir, yovqur bek edi. Har vaqt ikki qol bilan shatranj oynardi. Islim barlos sodda, dilovar, ov va qush ilmining piri. Ozining maxsus yoyini kuch bilan otib, oqni taxtadan otkazar edi. Ana shunday bahodirona ishlarni kop bilardi. Mogulbek hamisha qimor! Badriddin shunday chaqqon edikim, yetti otning ustidan qatorasi sakragan, Saydbadriddin butun harakati nozik, nafis edi, ajoyib raqs etardi. 1 Eshik Ogga saroy mansabdori. 202 1 Qonun maxsus musiqiy asbob. 2 Shayxulislom diniy ishlarni boshqaruchi yuqori mansabdor; ruhoniylar boshligi. Ozi ixtiro etgan raqslari bor edi. Xoja Abdulla Marvoriy har ilmdan bilardi. Ajoyib qonun 1 chalardi, sher aytardi. Xatni chiroyli bitardi. Sherni favqulodda zavq va ingichkalik bilan tanlardi. Lekin ashaddiy fisq va fujurchi edi. Òantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni toldirgan va ulugvor tazim vajohat bilan otirgan rang-barang olomonga faxrlanib qaradi... Keyin beklar bilan qoshin togrisida bir oz suhbatlashdi. Viloyatlardan kelgan bazi xabarlar haqida vazirlardan malumot oldi. Nima uchundir Shayxulislomdan 2 shariatga doir bir masalani soradi. U qiroat bilan va goyat solmoqlanib sozlar ekan, zohiran diqqat qilayotganday korinsa ham, sabrsizlangani bilinib turardi. Keyin ov va qushchilik togrisida soz ochdi. Islim barlos birdan jonlanib ketdi. Azamat gavdasini podsho tomonga sal egib, qudratli qollari bilan dagal siyrak moylabini bir silab qoyib, qushlarning «ravish-raftori» haqida qiziq malumotlar bermoqqa boshladi. Muhammad burunduq barlos ham gapga aralashdi. Ov togrisida ertakka oxshash qiziq gaplar asta-asta hammaning diqqatini tortdi. Podsho dam kulib, dam jiddiy oy bilan quloq soldi. Nihoyat, Husayn Boyqaro katta va davomli ovga tayyorgarlik korishni va umuman ovga doir jamiki ishlarni Islim barlosga topshirdi-da, qol ishorasi bilan oltirishni yopdi. Butun majlisni ozining shohona ziyofatiga taklif etdi. Hamma orindan qozgolib, tazim bajo keltirib turarkan, Husayn Boyqaro asta, magrur yurib boshqa xonaga otib ketdi... ONINCHI BOBDAN ...Navoiy ertalabki namozdan keyin bazi yaqinlari bilan birga nonushta qildi. Uning turli yumushlarini, topshiriqlarini bajaruchi mulozimlarni qabul etib, ularga kengash berdi-da, «Bog zogon»ga jonadi. 203 Qishki «Bog zogon» bulutlar orasidan moralagan quyoshning sovuq nurlarida chamanzorlarining, xiyobonlarining sonik xazin husni va katta hovuzlarining yupqa kokimtir muz oynasi bilan kozlarni beixtiyor tortar edi. Navoiy «chil stunli» qishonaga kelib, zarbof tonli, magrur «eshik ogo»ga podsho huzuriga kirmoq istaganini bildirdi, «Eshik ogo» bir zumda kozdan goyib bolib, ancha kutdirib chiqdi-da, katta togarak dahlizga qaragan zarhal eshiklardan biriga ishorat qildi. Bu devorlari guldor toq qizil shohi bilan qoplangan kichikroq, chorburchak xona edi. Navoiy qat-qat zarrin toshaklar ustida susor postin kiyib otirgan Husayn Boyqaroga rasmiy tazim qilib otirdi. Bir necha kundan buyon uchrashmagani uchun bu vaqt orasida qilingan muhim mamlakat ishlari haqida batafsil malumot berdi. Husayn Boyqaro Iroqdagi siyosiy ahvollar haqida gapirdi. Bu olkaga hushyor odamlardan yuborib, ular orqali butun vaziyatdan ogoh bolib turish mumkinligini bayon qildi. Bu taklif Husayn Boyqaroga maqul tushdi. Keyin u yaqinda vafot etgan Hirot qozisining orniga kishi tayinlash togrisida kengashdi. Navoiy bu mansabning xalq ishida muhim ahamiyatini bilardi. Shuning uchun u shariatni chuqur bilgan ham xalq orasida yaxshilik bilan nom chiqargan bir necha olimlarning ismlarini ortaga soldi. Bu mansab sohibi, dedi Navoiy kulib, oqni qora demasin, poraxor bolmasin, hatto oz oglidan gunoh sodir bolsa uni qonun, qoidaga tamom muvofiq jazolaguchi bolsin! Husayn Boyqaro bu tavsiya etilgan kishilardan birini ham surishtirmadi-da, «yana oylab korurmiz» dedi. Navoiy vazirlar togrisida soz ochdi. Kirishdan maqsadi ham zotan shu edi. Davlat ishlarini tartibga solmoq uchun ishbilarmand vazirlarga ehtiyoj bor edi. Mavjud ikki vazir Xoja Ato ham Abduxoliq devondagi ishlarni boshqarib ulgurmas edilar. Navoiy Xoja Afzalni bu mansabga loyiq bilar, kopdan buyon podshoga uni tavsiya qilar edi. Bu gal Xoja Afzal masalasini qatiy bir yogliq qilmoqchi boldi.
204 1 Munshilar kotiblar. 2 Behisht oso jannatga oxshash. 3 Saromadi oldingisi. Nizomulmulk Havofiy bu oliy mansabga bagoyat muvofiq emasmi? sinovchi kozlari bilan Navoiyga tikildi Husayn Boyqaro. Bu mansabga hech kim Xoja Afzal qadar munosib tushmas! U taqdirda har ikkisini ham vazirlik unvoni bilan sarafroz qilurmiz, qatiy qilib dedi podsho. Nizomulmulkning ulug fazilatlari menga yaxshi ayondir. Navoiy uchun etirozga yol qolmagan edi. Shu vaqtda parvonachi Majdiddin qogoz, qalam, dovot kotargan uch-tort munshilar 1 bilan kirdi. Bular Boyqaroning turli ishlari haqida buyruqlarini yoki maktublarini yozib olishlari kerak edi. Navoiy ruxsat sorab tashqari chiqdi. Majdiddin oz munshilari bilan ikki soat qadar podsho huzurida ishladi. Yorliqlar, maktublar qalamga olingandan keyin munshilarga ijozat berildi. Majdiddin vafodor it kozlari bilan qarab podshoga murojaat etdi: Oftobi olam, shahar qozisi mansabi uchun muborak kozingiz qaysi baxtiyorga tushdi? Hanuz hech kishiga. Bu faqir qulingiz xoqon hazratlarining behisht oso 2 poy-
taxtlarining sharafiga munosib bir donishmandni taklif etmoq istaydi.
Kim ekan? qiziqib soradi Husayn Boyqaro. Xuroson olimlarining saromadi 3 mavlono Shahobiddin, javob berdi parvonachi. Husayn Boyqaro taajjublanib, qoshlarini manodor chimirdi. Xurosonning ulug olimlarini yaxshi bilurmen, ammo Shahobiddin degan zot xotirimda yoq. Balki xotir shariflaridan chiqqandir,dedi Majdiddin, songra mavlono Shahobiddin goyat kamtarin va xokisordir. 205 Husayn Boyqaro orqasidagi darichadan boqqa bir qarab, kozlarini yumib sukut qildi. Majdiddin oz dostini maqtab ketdi. Olimlar orasida johilligi bilan tanilgan mavlono Shahobiddinni «zamonaning Aflotuni» deb tarifladi. Bir vaqtlar Abu Said Mirzo davrida on ming dinorlik vaqf mulkini yeb qoyib sharmanda bolgan eski qallobni «insof, adolat, vijdonning timsoli mujassami» deb korsatdi. Agar podsho, uning sozlaridan zarra qadar gumonsirasa, bu odam togrisida Amir Mogulning va Muzaffar barlos Muhammad Burunduq barloslarning rayini bilish mumkinligini alohida takidladi. Husayn Boyqaro kozlarini ochdi. Mavlono Shahobiddinning nasabi haqida soradi. Uning bobolari ortasida dongdor ayonlar kop otganidan Majdiddin bu togrida lof urishni zarur bilmadi. Husayn Boyqaro juda qiziqdi. Agar barloslar ham muvofiq topsalar, uni qozi tayin etmoqni vada berdi-da, parvonachini birga olib, hamsuhbatlari bilan boladigan har kungi chogir bazmiga oshiqdi. Alisher Navoiy devonxonaga keldi. Bir-biriga yopishgan qator keng xonalarda devonboshilar va turli darajadagi amaldorlar ozaro gap sotib vazifalarini xushyoqmaslik bilan bajarardilar. Har xonada beshlab, onlab munshilar, navisandalar sovuqdan qollarini puflab- puflab, engashib, yozuv yozardilar. Har biri malum vazifani olib boruchi devonbeklarining kopining orni bosh turardi. Navoiy qovogini soldi: «Albatta sharobxorlik bilan mashgullar, betovfiqlar!» qargadi ichida. U har bir arkoni davlat 1 har kun
devonda 2 hozir bolib, fuqaro ishi bilan shugullanishi va bukun bitadigan ishni ertaga qoldirmasligini podshoga qancha dafa tushuntirdi! «Òaftish yoq, tergov yoq, shuning uchun masuliyat ham yoq!»dedi ichida. Dastlab tuman va kentlarga doir ishlarni kozdan kechirdi. Ariza va shikoyatlarni tegishli mahkamalar va ularning boshliqlariga 1 Arkoni davlat davlat arboblari. 2 Devon bosh idora, hukumat majlisi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling