Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50

sug‘organini,  bularning  yerlariga  hech  bir  suv  oshmaganini

yozganlar... Shu gapni eshitgandan so‘ng yigitlarning biri irg‘ib

o‘rnidan  turgan  va  mushtini  tugimlagani  holda:  «O‘zim  tutib

olib uraman, zang‘arlarni!»... deya o‘shqirgan... So‘ngra Miryoqub

turib, bunday degan: «Mingboshi dodho bo‘shagan suvning siz

tomonga oqishiga qarshi emas. Lekin o‘sha ikkoviga o‘chakishib,

pastga suv bergisi kelmaydi: «O‘shalarning yeri ichadigan bo‘lsa,

hammaniki  qurib  ketgani  yaxshi»,  deydi.  Baribir,  pastga  suv

berganimiz bilan sizga suv tegmaydi, hamma suvni ular ikkisi

to‘sib oladi!» Bu so‘z yigitlarning yaralariga tuz-qalampir bo‘lib

tushgan;  ular  uchalasi  bir  og‘izdan:  «Mingboshi  dodho  suvni

pastga o‘tkaza bersin, ular bilan o‘zimiz gaplashamiz!» deganlar.

Miryoqub  ularning  o‘z  oldilarida  mingboshining  chorikorlarini

chaqirib, bo‘shalgan suvni pastga o‘tkazmoqqa buyruq bergan.

Mingboshi  Miryoqubning  bu  arzini  ertak  tinglagan  yosh

boladay, buyuk bir zavq va nash’a bilan tinglamoqda va erta-

indin ikkala boyning boshiga tushadigan hangomalarni ko‘z oldiga

keltirmoqda edi. Uning fikricha, o‘sgan bolaga eski kiyimi tor

kelganday, Miryoqubga ham endi «epaqa» laqabi kamlik qilardi.

Unga boshqa bir munosib laqab topish lozim kelardikim, unday

laqabni endi bu qishloq odamlari topolmasdilar, buning uchun

Amir Navoiy yoki Mavlono Jomiy, yo bo‘lmasa, Shohmashrabning

tirilib kelishi darkor edi.

Mingboshi qumariqda chovrilgan u g‘alati nayranglar va u

nayranglarning ustasi to‘g‘risida shunday shirin o‘ylarga ketgan,

Miryoqub esa mingboshining xursandlik va kayf bilan mast bo‘lgan

yuzlariga  tikilgan  bir  paytda  ichkaridan  bir  tovoq  to‘la  manti

chiqib, dasturxonning o‘rtasidan joy oldi. Miryoqub bu dargohda


164

tez-tez ko‘rinib turadigan bu serqatiq, semiz va yog‘liq mantilarga

qadrdon do‘stini ko‘rganday shirin bir kayf bilan tikildi, so‘ngra

ko‘zlarini tovoqdan ko‘tarib, mingboshining yuzlariga qaragach,

shu  topda  tovoqdagi  manti  bilan  tovoqqa  tomon  egilgan  yuz

o‘rtasida  hech  qanday  farq  ko‘rmadi:  ikkalasi  ham  shu  qadar

yog‘liq edi!

Mingboshi qo‘l yuvishni unutib, «oling-oling»ga qaramasdan,

besh  panjasini  barobar  botirib,  tovoqqa  hujum  boshlaganini

ko‘rganidan keyin, Miryoqub irg‘ib o‘rnidan turdi-da, qo‘l chay-

qamoq uchun ariq tomonga yugurdi. Lekin mingboshi dodhoning

ajdar kepatali ishtahasini bir oz to‘xtatmoq lozim edi; shuning

uchun  Miryoqub  uning  aqlini  o‘g‘irlamoq  maqsadida  qichiq

masaladan gap ochdi:

— Òo‘yni nima qildik, xo‘jayin? — dedi u qo‘lini chayqab

turib.


Mingboshi boshini tovoqdan ko‘tarmay, og‘zida bir manti,

qo‘lida ikkinchi manti bilan shoshilib javob qildi:

— O‘zing bilasan! Men qaydan bilay!

Miryoqub  mingboshining  bu  javobidan  shu  topda  uning

mantidan boshqa hech bir masala bilan mashg‘ul bo‘lolmasligini

angladi. Chinakam, u qo‘lini chayqab dasturxon boshiga kelganida,

tovoq yarimlay degan edi. Shu uchun ular ikkalasi ham bir ozgina

jim qolishni ep ko‘rdilar. Ayniqsa, mingboshi og‘ziga paxta tiqqan

kabi, jiddiy sukutga tolmishdi...

Òovoqning u yer-bu yerida uch-to‘rtta qatiqsiz manti qolgach,

mingboshi dodho tovoqdan boshini ko‘tardi. Faqat ikki ko‘zi va

qo‘lining mo‘ljali tovoqda edi.

— Ha, xo‘jayin, — dedi Miryoqub, — bo‘ldingizmi?

— Bo‘ldim hisob! Qani ol sen ham! — dedi mingboshi va

o‘z oldidagi yolg‘iz mantiga qo‘l uzatdi...  Ungacha Miryoqub

ham o‘z tomonidagi mantilarni bir joyga to‘plab olgan edi!

Òovoq  bo‘shalib,  o‘rtadan  ko‘tarildi,  uning  o‘rniga  katta

choynakda choy keldi. Shundan keyingina mingboshining gap-

so‘zga ko‘chmak istagani ma’lum bo‘ldi.


165

— Qani, qizdan gapir endi, betavfiq! — dedi u. — Otasi

nima depti?

— Siz ilgari qizning o‘zidan gapirib bering. Qalay, ovozi

ma’qul bo‘ldimi?

— So‘rab nima qilasan? Senga butun avliyo-anbiyolarni shafe

keltirib aytamanki, o‘sha qiz menga nasib bo‘lsa, undan keyin

xotin olishni bas qilaman!

—  Hech  kimni  shafe  keltirmay  tura  turing  hali.  Keyingi

ikkitasini olgan vaqtingizda ham, har safar: «Bas endi! Shu —

oxirgisi!» derdingiz. Bo‘lmaydigan va’dalarni til uchiga keltirmang,

ichkarida tura tursin... Vaqti kelganda, va’da bermasdan ham

bittaga tayanib qolsangiz bo‘laveradi...

— Ishonmaganingni qara, benamoz! Men astoydil gapirayo-

tirman. Xudo bitta, so‘z bitta!

— Ho‘h-ho‘!.. Hali shu darajaga borib qoldingizmi? Bo‘lgan

ekan!

— Nimasini aytasan. U kelsa, uchovidan ham kechmoqchiman.



Uchoviga qayrilib qaramay, deyman... bor-yo‘g‘imni o‘shanga

beray, deyman...

—  Sizga  nima  bo‘ldi,  xo‘jayin?  Aqlingiz  joyida-mi?  Yo

yo‘qmi?


Mingboshi ko‘zlarida allaqanday bir iztirob bor edi. Uning

og‘zidan chiqqan so‘zlar, tildagina aytiladigan so‘zlarga o‘xsha-

masdi. Miryoqub butun umrida ko‘rilmagan bu hol qarshisida

shoshib qoldi. Yana bir necha marta boshini egib, «ho‘h-ho‘-

ho‘h-ho‘» deya takror qildi.

Oraga  jimlik  cho‘kdi.  Faqat  Miryoqubning  chuqur  o‘yiga

ketib, torta-torta choy ichgani eshitilardi. Mingboshi qo‘lidagi

choyni hech bir luzumsiz aylantirib, sovitmoq bilan ovora edi.

— Ho‘h-ho‘! — dedi yana Miryoqub. — Otasi qurg‘ur

yaqin kelmaydi-ku.

—  A?  —  dedi  mingboshi.  Choyni  yerga  qo‘yib,  butun

vujudi bilan Miryoqubga tikildi.

— So‘fisi qurg‘ur yomon taqvodor ekan, xo‘jayin.


166

— Nima depti?

— Ayta beraymi?

Mingboshi qichqirdi:

— Aytmay nima qilasan! Yashirarmiding?

— Umrida peshanasi sajda ko‘rmagan odamga qiz beramanmi?

depti...

Mingboshi negadir «qah-qah» solib kuldi:

— Òoza avliyo ekan-ku, — dedi. — Benamozga qiz bermas

ekanmi? A, avliyosi tushkur-ey!

— Undan keyin, betavfiq, buzuq yuradigan, depti...

Mingboshi yana «qah-qah» soldi:

— Sen bilan yurib, shunday bo‘ldim, betavfiq! Epla endi

o‘zing. Men bir ish qilib olaman qizni! Menga bermay kimga

beradi?

Shu choqqacha zo‘r berib allanarsalarni o‘ylamoqda bo‘lgan



Miryoqub yana cho‘ntagidan soatini olib qaradi:

— Ho‘h-ho‘, — dedi, — o‘n ikkiga yaqinlashib qolibdi.

Men ketdim, xo‘jayin.

O‘rnidan turdi.

— Shoshma, — dedi mingboshi, u ham o‘rnidan turgan edi.

— Maslahat nima bo‘ldi? Otasi bermaydi, deb keta beramanmi?

Miryoqub  kavishini  kiyib,  sallasini  boshiga  qo‘ndirgach,

mingboshiga yaqinlashdi.

— Xotirjam bo‘ling, xo‘jayin! — dedi. Ovozida jiddiylik,

keskinlik va o‘ziga ishonch to‘lib yotardi. — Otasini unatamiz,

qiz sizniki bo‘ladi. Men o‘zim bajaraman bu ishni.

Mingboshi uning orqasiga bir-ikki marta urib qo‘yib:

— Senga ishonaman, senga, yo‘lvarsim, yo‘lvarsim! — dedi.

Mingboshi,  kechaning  chuqur  jimligida  kattakon  kavishini

taqillatib,  esnay-esnay,  ichkariga  kirib  borarkan,  Miryoqub

Mirzaboboni yoniga olib, darvoza darchasidan ko‘chaga chiqqan

va qishloq itlarining to‘polon «vov»lari o‘rtasida keta turib, johil

so‘fining  qaysarligini  sindirish  uchun  turli-tuman  tadbirlar

axtarardi...


167

CHO‘LPON SHE’RIYATIDAN

MEN SHOIRMI?

«Tarjimayi holim»ga

Xayolim bir uchib ketib qoladir,

Men ham tizginini qo‘yib beraman.

Zotan, qandoq qilib tutib turaman?

Eng nozik qilimga tegib qoladir.

Uchadir... uchadir... ming qabat ko‘kni

Bir boshdan siypalab o‘ta beradir.

Zerikmay, erinmay keta beradir,

Ba’zan hovliqtirib jinni yurakni...

Ko‘lanka kabidir, o‘tgan yeridan

So‘ngra qarasangiz, bir nishon qolmas.

Yurgan yerlaridan oziq ham olmas,

Shunda zerikaman uning sayridan...

Bir zamon bir shirin joyga yetganda,

Nariga o‘tmasdan to‘xtab qoladir,

Oshiqdek yastanib, yotib oladir...

Shu choqda qiynalish boshlanar menda.

Chunki xayolimning ko‘zlari bilan

Bir go‘zal holatni ko‘rib turaman,

Lazzatga g‘arq bolib, o‘lib turaman.

U holni borliqning so‘zlari bilan.

Anglatish qo‘limdan kelmay qoladir,

Shu choqda tillarim qaldirab ketib,

Borlig‘im — yo‘qlikka g‘ildirab ketib

Demakki: «Boshqalar bilmay qoladir —

Shunday go‘zallikni! Attang agar men,

Rassom bo‘lsam edi, chizib berardim.



168

O‘xshash nusxa bilan yozib berardim.

Shu ojiz holimda shoirmanmi men?..»

Shoirlik menda bir soyami, deyman,

Har bir tushunchamni yoza olmagach,

Rassomdek xayolga chiza olmagach,

Haqir borlig‘imga ko‘p afsus yeyman...

Xayolim yuksakdan tushib ketadir,

Shoirlik chang bo‘lib uchib ketadir...

···


YONG’IN

Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q,

Go‘daklar nayza boshida...

(Xabar)


Nega menim qulog‘imda tun va kun,

Boyqushlarning shumli tovshi baqirar?

Nega menim borlig‘imga har o‘yun

Va har kulgi og‘u separ, o‘t qo‘yar?

Ko‘nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar,

Boyqushlarga buzuq ko‘ksin ochganmi?

Ota-ona, tanish-bilish, o‘rtoqlar

Yurtni tashlab, tog‘ va toshga qochganmi?

Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,

Yiqilmagan, talanmagan uy yo‘qmi?

Bir ko‘z yo‘qmi qonli yoshi tommagan,

Butun ko‘ngil umidsizmi, siniqmi?

Podalarning yaylovida bo‘rilar

Qonga to‘ygach, uvlaylarmi ko‘plashib,

Yiqiqlardan o‘lkalarni to‘plashib,

O‘tmi qo‘yar alvastilar, parilar?



169

Tabiatning butun yomon tomoni,

Shu o‘lkaga faqat jilva qildimi?

Mo‘minlarning oq vijdoni, imoni,

Sham so‘nganday tinsizgina so‘ndimi?

Qilichlarning tillarida qizil qon,

Buloqlarning suvi yanglig‘ toshdimi?

Yalang bola, yalang go‘dak—ma’sum jon

Nayzalarning boshlaridan oshdimi?

Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?

«Madaniyat» istagiga qondimi?

···


VIJDON ERKI

Ay, tutqinlar, ay ezilgan,

Ay, qiynalgan, yo‘qsil ellar,

Ay, umidsiz, ay chizilgan

Dor oldiga... Oppoq dillar!

Ay, bevalar, bechoralar,

Ay, bog‘langan kishanlarga,

Ay, erk uchun ovoralar,

Ko‘p yalinmang siz ularga!

Bo‘rilardan omon kutmak —

Tentaklarning ishidir ul.

Har moneni hatlab o‘tmak —

Turmushda eng to‘g‘ri bir yo‘l!

Zulm oldida har bir narsa,

Ehtimolki bo‘yin egar.

Agar zulm avjga kelsa,

Ko‘k boshida yerga tegar.


170

Hayvonlarga, insonlarga

Zolim ega bo‘lmay qolmas.

Faqat erkin vijdonlarga

Ega bo‘lmoq — mumkin emas!

···


QO‘ZG‘ALISH

Ey! Sen meni haqir ko‘rgan, tuban degan afandi!

Ey! Ustimda bir umrga xo‘ja bo‘lmoq istagan,

Ey! Bo‘ynimga kishan solib, halokatga sudragan,

Ko‘zlaringni zaharlatib o‘ynatmagil, bas endi!

Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo‘lkim, uzilur,

Tomirimda qo‘zg‘alishning vahshiy qoni gupurdi.

Eski fikr, an’analar endi butkul uzildi.

Yo bitarmi yoki sening saltanating buzilur!

Ey! Sen meni qul o‘rnida ishlatguvchi afandi,

Titra, qo‘rqkim, bog‘liq quling bosh ko‘targan kuch endi!

 ···


SOMON PARCHA

(«Kundalik daftarim»dan)

Topshirdim o‘zimni muhit erkiga,

Muhit girdobida bir somon parcha,

Bir poxol cho‘pidek oqib boraman.

Har amal, har ishni «haq» deb boraman,

Vazminim qolmadi bir uzuk qilcha.

Muhit kuchlik ekan, egdim bo‘ynimni,

Chaqmoqdek yaltirab uchish yo‘q endi.

Yolg‘on xayollarga ko‘chish yo‘q endi,

Oqishning yo‘liga soldim kuyimni.


171

Na isyon, na to‘lqin, na to‘fon, na o‘t!

Ko‘zimda og‘ir bir tilsim nuri bor.

Ay, o‘tli kechmishim, yuzingni berkit,

Senda shaytonlarning haqsiz zo‘ri bor.

Men endi xuddi bir somon parchasi,

Lekin zo‘r dengizning cheksiz qo‘ynida, —

Jimgina boradir kirsiz qo‘ynimda

Erkin ko‘priklarning allaqanchasi!

Kirmayman ko‘chaning boshi berkiga,

Chunki taslim bo‘ldim muhit erkiga...

···


XAZON

Kuz chog‘i... tuproqlar gezarib qoldilar,

Gezarib qoldilar kuz chog‘i tuproqlar.

So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar,

Qizorib yondilar so‘ng damda yaproqlar.

Qarg‘alar bog‘larda qag‘lashib qoldilar,

Bilmadim, kimlarning qismati uzulur?

Yong‘oqqa yopishib, bir changal soldilar,

Bilmadim, kimlarning umidi yo‘q bo‘lur?

Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelg‘onlar,

U qo‘pol tushingiz qorlarda yo‘q bo‘lsin!

Ey, menim bog‘imdan mevamni terg‘onlar,

U qora boshingiz yerlarga ko‘mulsin!

Bilmadim, kimlarning umidi yo‘q bo‘lur,

So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar?

Bilmadim, kimlarning qismati uzulur,

Kuz chog‘i... tuproqlar gezarib qoldilar?


172

···


Bir tutam sochlaring mening qo‘limda,

G’ijimlab o‘paymi, yo tarab-yechay,

Sir deb saqlaganing mening qo‘ynimda,

Sir deb saqlayinmi yo yelga sochay.

Sochilgan sochingday sochilsa siring,

Anor yuzlaringni kimga tutasan?

O‘zing-ku «ularda vafo yo‘q!» deding,

Nimaga ularni tag‘in kutasan?

Ochilgan qo‘ynimda to‘lg‘angan taning

Ko‘ngildan qilcha ham hid yetkazmasa,

Menga yaqinlashma, ay, tirik bo‘sa!

«Sevdim» deganlaring yolg‘ondir sening!..

 ···

BAHORNI  SOG‘INDIM...



Bahorni sog‘indim, bahorni...

Ko‘rganda yerlar, olamlar to‘la qorni.

Qor... qor —

Zaharli ninalar kabi

Ko‘zlarga qarab oqar...

Qaydasiz, qaydasiz

Latif siynalar kabi

Dalalarga singgan bahor?

Tala-tuz,

Ekin-tikin...

G‘amgin-g‘amgin

So‘la boshladi.

Sarg‘aygan yaproq,

Bo‘yanib tuproq

O‘laboshladi, o‘la boshladi...


173

Yo‘q... o‘lim yo‘qdir!

Yolg‘iz bir o‘chib, bir so‘nish bordir.

Bir o‘chib, so‘nib... yana yonish bor.

Yana bahorlar,

Yana lolalar,

Yana siz, ey... erkin tilaklar!..

···


KUZ YOMG‘IRI

To‘kildi tomchilar...

Yaproqning yuzlari

Tomchiga o‘ptirib ho‘llandi,

Chuqurcha qo‘llandi...

Tomchini ko‘pdirib,

Betida o‘ynatdi.

Chuqurcha,

U — jindek ko‘lcha,

Tomchilar —

Ko‘klarning so‘zlari

Yerlarni qamchilar...



174

 G‘AFUR G‘ULOM

(1903 – 1966)

Falsafiy  obrazlilik,  umumbashariy  ezguliklarning  donishona

va san’atkorona tarannumi shoir ijodining eng muhim fazilatlaridan

sanaladi. Sharq va G‘arb ilg‘or madaniyatining chuqur bilimdoni

bo‘lgan G‘afur G‘ulom nasriy, publitsistik, tarjima asarlari bilan

ham o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ibratli iz qoldirdi.

G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDAN

VAQÒ


(Menga soat taqdim etgan jiyanim mayor

Hamidulla Husan o‘g‘liga bagishlangan)

G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni

Kapalak umriga qiyos etgulik,

Ba’zida bir nafas olgulik muddat —

Ming yulduz so‘nishi uchun etgulik.

Yashash soatining oltin kapkiri

Har borib kelishi — bir olam zamon.

Koinot shu damda o‘z qo‘rasidan

Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,

Yashab, umr ko‘rib, o‘tguvchilar bor;

Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam — qimmat,

Bir lahza mazmuni bir butun bahor.



175

Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun

Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.

Nurlar qadami-la chopgan sekundning

Barini tutolmas ayuhannos ovoz.

Yigit termuladi qizning ko‘ziga,

Kiðrik suzilishi, mayin tabassum...

Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi

Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Yashash darbozasi ostonasidan,

Zarhal kitob kabi ochilur olam.

Òiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,

Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.

Qatrada osmon aks etganidek,

Jahonday ma’nodor qorachig‘imiz.

G‘olib asrimizga quyoshdan mash’al,

Zamon qo‘rasining so‘nmas cho‘g‘imiz.

G‘alaba amri-la mag‘lub nemisning

Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...

Shu mal’un imzoda odamlar o‘qur

Million yil fashistning umriga la’nat.

Aziz asrimizning aziz onlari,

Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.

Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la

Bezamoq chog‘idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek,

Diana ma’badin yoqmoq shart emas,

Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,

Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.


176

Har lahza zamonlar umridek uzun,

Asrlar taqdiri lahzalarda hal.

Umrdan o‘tajak har lahza uchun,

Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,

Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.

Quyoshki falakda kezib yuribdi,

Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

ALISHER


Yuksak tog‘ oralab o‘kirgan sherning,

Na’rasiga tengdir aksi sadosi.

Besh yuz yil yangradi tog‘day Vatanda,

Buyuk Alisherning asriy nidosi.

Ona sutidan ham aziz narsa yo‘q,

Bag‘ir: forsiy — siyna, arabchada — adr.

Ko‘krak suti bilan boqqan o‘g‘lini

Ona yurt xalqlari qilmoqdadir qadr.

Birinchi tamshangan sutning hurmatin

Butun hayot bo‘yi oqlay ololgan,

Òevarak olamga ko‘rkin ko‘rsatib,

Vatan va xalqini yo‘qlay ololgan.

Òirik odamlarga nasiba bo‘lgan

Hayotiy farog‘at, jahoniy alam;

Birisi ozgina erkalab o‘tib,

Birisi bir umr ta’qib qilsa ham.

Òo‘fon, quyunlarda yakka-yu yolg‘iz,

Monolit, granit haykalday mag‘rur,



177

Òemurbek davlatin so‘nggi chog‘ida

Sarkash-u barhayot, bo‘ysunmas shuur —

Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan,

Bo‘ynida zanjiru, qalbi ozod sher,

Insoniy muhabbat mehri-la vafo,

Erk-u baxt timsoli ulug‘ Alisher.

Hirot tongotarin tasavvur qilib,

Yigitlik umringning kamolin ko‘rdim.

Qarigan chog‘laring qaro shomida

Xuroson o‘lkasin zavolin ko‘rdim.

Zavolni bilmagan porloq ijoding

Ma’rifat mulkida bitmas xazina!

Insoniy kamolot katta yo‘lida

Bir poya yuksakroq oltindan zina.

O‘tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun

Sinchiklab qarasa — kuni kechadek.

Yashovchan kishiga endigi ming yil

Ertaga qo‘liga kirgan o‘ljadek.

Besh yuz yil hurmatin saqlagan o‘zbek

Kecha tug‘ilding, deb qiladi faraz.

Yetuk kishilarni yana ming yillar

Xalq farzand ataydi, jondan, beg‘araz.

O‘zbek deb atalgan ozod ulusning

Otaxon shoiri, qadrli ustod.

Oshiqlar g‘azaling kuyga solganda,

Ma’shuqlar dilining xonasi obod.

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan

Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo‘q,

12 – Adabiyot, III



178

Oltin baldoqdagi nifrit ko‘z kabi

Asaring biz uchun bo‘ldi qorachug‘.

Ulug‘vor xalqimiz tarixda mashhur,

Guvohlik berolur bunga Gerodot.

O‘zbekni, tojikni qabila atab,

Biror lord qilolmas o‘tmishni unut.

Sharqimiz chumoli uya emasdir,

Birin-birovidan tanib bo‘lmasa,

Sho‘rlik boybachchalar, toleingiz sho‘r,

Afsuski, tarixdan tonib bo‘lmasa!..

Ne-ne tarixlarni boshdan o‘tkazib,

Òalay jafolarni tortgan eski Sharq —

Ne-ne daholarni tarbiyat qilib,

Oftobday jahonni nurga qildi g‘arq.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi

O‘zbek osmonida bolqigan chog‘i

Yana bir muhtaram o‘g‘il ko‘rganday,

Kattaroq ochildi olam quchog‘i.

Elektr barchaning uyin yoritur

Va tuz totimida milliy farq yo‘q.

Ma’rifat insonning sherik xislati,

Vatani fazodir bo‘shalarkan o‘q.

Òirik Farhodlarni tanimak bo‘lib,

Oliy yurtimizga qilsangiz safar,

Bu yerda har bitta taroshlangan tosh

Yuksak umidlardan beradi xabar.

Mehnatda qahramon, janglarda botir,

Sevmakda vafoli, do‘stlikda mahkam —


179

Alisher orzusi bo‘lgan avlodmiz,

Asrimiz — ko‘rkimiz, asrimiz ko‘rkam.

Yuksak tog‘ oralab o‘kirgan sherning

Na’rasiga tengdir aksi sadosi,

Besh yuz yil yangradi tog‘day Vatanda

Ulug‘ Alisherning asriy nidosi.

SEN YEÒIM EMASSAN

(Ikkinchi jahon urushining ota-onasiz

qolgan go‘daklariga)

Sen yetim emassan,

Òinchlan, jigarim,

Quyoshday mehribon

Vataning — onang,

Zaminday vazmin-u

Mehnatkash, mushfiq,

Istagan narsangni tayyorlaguvchi

Xalq bor — otang bor.

Cho‘chima, jigarim,

O‘z uyingdasan,

Bu yerda

na g‘urbat,

na ofat,

na g‘am.


Bunda bor:

harorat,


muhabbat,

shafqat


Va mehnat nonini ko‘ramiz baham.

Sen etim emassan,

Uxla, jigarim.


180

Bu yerda muzlagan

Ajdar halqumli,

Vahshat to‘plarining

Qahqahasi yo‘q.

Bu yerda —

odamzod shaklida yurgan

la’nati devlarning

Manfur, yuqumli,

Maraz namoyishi

Topolmas huquq.

Ulug‘ jang kunidir,

Jangki, beomon.

Lashkar degan axir

Bexatar bo‘lmas.

Otang o‘lgan bo‘lsa

Qayg‘urma, qo‘zim,

Ko‘zim usti

Minnating boshimga durra,

Shu sog‘lom havoda

Salomat-omon,

Xo‘rsinmay, erkinlab

Ola ber nafas.

Ey ulug‘ naslimning

Yuragi, joni,

Kiðrigingga ilinmas

Yig‘idan zarra.

Sen yetim emassan,

Uxla, jigarim.

Yetimlik nimadir —

Bizlardan so‘ra.

O‘ninchi yillarning

Sargardonligi;

Isitma aralash



181

Qo‘rqinch tush kabi,

Xayol ko‘zgusidan

O‘chmaydi sira.

Men yetim o‘tganman,

Oh, u yetimlik...

Voy bechora jonim,

Desam arziydi.

Boshimni silashga

Bir mehribon qo‘l,

Bir og‘iz shirin so‘z

Nondek arzanda.

Men odam edim-ku...

Inson farzandi...


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling