Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50

ussiyar»ida nazokatli takalluflar ko‘pligini esladi-yu, o‘zini o‘ng‘aysiz

sezib, o‘qishdan to‘xtadi va ayvonga chiqdi.

Osmonda sakkiz kunlik oy suzib yurar, uning nuri qarsidagi

ko‘lning o‘rtasida oydin yo‘lka hosil qilgan edi. Ko‘lning narigi

chetidan tog‘ etagigacha kelgan bu nur yo‘lkasida to‘lqinlar jimir-

jimiri  gavhar  jilvasiga  o‘xshab  ko‘zni  qamashtirardi.  Lekin

Xondamir shu nur o‘yinida ham Bobur tasvirlagan voqealarni

ko‘rar, ularning ta’sirini xayolidan uzoqlashtirolmas edi. Sertakalluf,

serbezak uslub Xondamirdan juda ko‘p kuch, vaqt, mehnat talab

qilar edi. Bunday uslubda asar yozish qanchalik qiyin bo‘lsa, uni

o‘qib tushunish ham shunchalik qiyin edi. Bobur ikki tomonni

ham bu qiyinchilikdan qutqarishga intilsa nimasi yomon? O‘g‘liga

yozgan xatida «senga ham tashvish oz bo‘lar, o‘qig‘uvchiga ham»

deganda u haqli emasmi? Unda Xondamirning yuksak shoirona

uslubga  oid  e’tiqodlari  puchga  chiqadimi?  Yo‘q,  bu  mumkin

emas!


Xondamir qaytib ichkariga kirdi-yu, o‘zining haqligiga dalil

qidirib, ochiq qo‘lyozmaning davomini o‘qishga tushdi.

1

 Mug‘laq – tushunib bo‘lmaydigan.



400

Hali hech bir muarrix qalamga olmagan g‘aroyib voqealar bu

qadar ko‘p! Xondamir kitobning mazmuni yangi va maroqli ekaniga

tan bermay iloji qolmadi. Bobur o‘zini-o‘zi ochiqchasiga muhokama

qilgan, o‘z xatolarini ro‘y-rost yozgan joylari ham Xondamirga

juda  iliq  tuyuldi.  Oxirgi  boblarida  yana  ajib  bir  xat  uchradi.

Bobur Agradan Kobulga yuborgan bu maktub Mohim begimga

atab yozilganini Xondamir sezdi.

Boburning  zaharlanish  tafsilotlari  shu  yerda  bitilgan  edi:

«Dasturxon  ustida  ikki-uch  marta  ko‘nglum  barham  urib,

qusayozdim. Oxir ko‘rdumkim bo‘lmas, ko‘ndum... Obxonaga

borib qalin qusdim. Hargiz oshdin so‘ng qusmas edim, balki

ichganda ham qusmas edim. Ko‘nglimga shubha kechdi.

...Jon  mundoq  aziz  nima  emish,  muncha  bilmas  edim,  ul

misra’ borkim:

«Kim o‘lar holatga yetsa,

Ul bilur jon qadrini».

Òangri taoloning inoyati bor ekandir, manga yangi boshdan

jon bag‘ishladi».

Bobur  o‘z  hayoti  haqida  bu  qadar  ochiqchasiga  yozgani

Xondamirni  hayron  qoldirdi.  Keyingi  bobda  yana  bir  tafsilot

uning e’tiborini tortdi. Ichkilikni bundan uch yil oldin tashlagan

Bobir  uni  haligacha  qaytib  og‘ziga  olmas  edi.  Buning  oson

bo‘lmaganini  Xondamir  quyidagi  satrlardan  bildi:  «Bu  o‘tgan

ikki yilda chog‘ir majlisining orzu va ishtiyoqi behad va g‘oyat

edi,  andoqki,  chog‘ir  ishtiyoqidan  borlar

1

  yig‘lamoq  sarhadiga



yetar edim».

O‘z  istagiga  qarshi  kurashib,  yig‘lash  darajasiga  borganini

ochiq yozish tojdorlar orasida misli ko‘rilmagan bir sohibdillik

ekaniga Xondamir ich-ichidan tan berdi. Ochiqchasiga aytgan

mana  shunaqa oddiy tafsilotlar tufayli Bobur unga o‘zi kabi bir

inson  farzandi  bo‘lib  tuyuldi.  Ammo  boshqa  tojdorlar  tarixiy

1

 Borlar – «ba’zi paytlar» ma’nosida.



401

kitoblarda  oddiy  odamlarga  o‘xshab  ko‘rinishdan  qanchalik

cho‘chiydilar! Ular el-yurtdan mumkin qadar balandda bo‘lishni,

oddiy insondan ko‘ra xudoga yaqinroq turishni qanchalik yaxshi

ko‘radilar! Shuning uchun ham Xondamirdek muarrixlar podsholar

haqida oddiy odamlar tushunmaydigan balandparvoz, sertakalluf

tilda kitob yozishga majbur bo‘ladilar.

Bobur o‘zi podshoh bo‘lgach, bunday takalluflarni kim uchun

yozadi?  Hamma  tomonidan  qabul  qilingan  davr  uslubining

qonunlarini buzib chiqib, o‘z hayoti haqida shunday erkinlik va

rostgo‘ylik bilan asar yozishi – hech kimga qaram emasligi tufayli

emasmikin?

Bu fikr Xondamirni Boburning uslubidagi o‘zgachalik bilan

go‘yo yarashtirdi. Shundan keyin Boburga xos oddiylikning teran

bir  she’riy  nafosati  ham  borligini,  bu  nafosat  odamni  sehrlab

olishini sezdi. Òun yarmidan oshganda esa asarda tasvirlangan

voqealarga qiziqib; uslubini butunlay esdan ham chiqardi.

Òongga yaqin ozgina uxlab, so‘ng yana o‘qishni davom ettirdi-

yu, qo‘lyozmaning oxiriga yetmaguncha undan ajralolmadi.

···


Bobur Sekriga uchinchi kun ertalab qaytib keldi — kunduzi

havo juda issiq bo‘lgani uchun yo‘lni tun salqinida bosib o‘tgan

edi. U Xondamirni yana bog‘da uchratdi, ikkovi piyoda o‘sha

buloq bo‘yiga keldilar.

Bobur yo‘l yurib charchagan, uyqusiz o‘tgan yana bir tun

yuzini juda so‘litib qo‘ygan bo‘lsa ham u o‘zini xushhol tutib:

— Mavlono, mensiz dilgir bo‘lmadingizmi? — dedi.

— Hazratim, men tun-u kun sizdan ayrilmay suhbatingizda

bo‘ldim, siz yozgan asar sahifalarida unutilmas damlarni boshdan

kechirdim.

— Hali oxirga yetmagandirsiz?

— Kecha peshinda oxirgi sahifasini yopganimcha hamon uning

ta’siri bilan yashamoqdamen.

— Meni ayamang, mavlono, rostini ayting.

26 – Adabiyot, III


402

— Rostini aytsam, siz meni chil-chil sindirdingiz!

Xondamir bu gapni shunday jiddiy turib, ichki bir dard bilan

aytdiki, Bobir taajjublanib to‘xtadi:

— Nechuk sindirmishmen, mavlono?

— Uslubingizdagi nafis bir soddalik qarshisida mening yuksak

shoirona uslubim ortiqcha bir takallufdek tuyuldi.

— E, takallufmi? Ammo mening ahvolim o‘zingizga ma’lum.

Jumlalarni takalluf bilan bezashga fursatim yo‘q edi.

— Asli go‘zal bo‘lgan yuzga ortiqcha zeb-ziynat ne hojat?

Hazratim, siz adabiyotimizda hali hech kim qilmagan ulug‘ bir

ishni qilmishsiz. Muborak bo‘lsin!

—  Minnatdormen,  mavlono.  Biroq  hali  men  bu  ishning

yo‘qolgan sahifalarini tiklamog‘im kerak.

— Òiklashingizga aminmen. Oxiri yana boshqa nek ishlaringiz

yozilg‘usidir. Biroq shu turishda ham men bu ulkan asaringizni

turkiy  tilda  aytilgan  yangi  bir  so‘zdek  qabul  qildim.  Men

aminmenki,  avlodlarimiz  sizning  bu  shoh  asaringizni  Alisher

Navoiyning «Xamsa»si kabi e’zozlagaylar. Chunki shu vaqtgacha

turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ she’riy asar «Xamsa» bo‘lsa, shu

vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ nasriy asar, menimcha,

«Boburnoma» bo‘lg‘usidir.

—  Mavlono,  garchi  mubolag‘a  qilgan  bo‘lsangiz  ham  dil

so‘zlaringiz uchun tashakkur. Men bu asarni nihoyasiga yetkazish

uchun bugun yana Sekriga qaytib keldim. Agar nuqsonlari bo‘lsa

ochiq ayting.

— Faqir ba’zi sahifalardagi sanalar-u nomlarda noaniqliklar

uchratdim. Xususan, Hirotga Husayn Boyqaro saroyiga oid boblar

xiyol tahrirtalab.

— Mana shu nuqtalarda menga sizning ko‘magingiz darkor.

—  Bajonidil,  hazratim.  Neki  noaniqlik  bo‘lsa,  barchasini

alohida  qog‘ozga  yozib  qo‘ydim.  Asaringiz  bilan  birga

bermoqchimen.

Shu payt tepadan o‘tayotgan qushlar keskin hushtak chalganga

o‘xshab noxush ovoz chiqargani eshitildi. Bobur osmonga qarab,


403

qoramtir-qizg‘ish kalxatlar galasi qanot qoqmay uchib borayotganini

ko‘rdi. So‘ng ularni Xondamirga ko‘rsatib:

— Bu yirtqichlar janglardan so‘ng o‘laksa yeb mazaxo‘rak

bo‘lmishlar,— dedi.— Ra’no Sango bilan bo‘lgan jangdan

so‘ng mana shu ko‘l atroflarida, bog‘ning o‘rnida o‘lib yotgan

odamlar,  otlar,  tuyalar,  fillar  behisob  edi.  Kalxatlar  qon

hidini sezib, uzoqlardan gala-gala uchib kelganlari yodimda

bor...

Bu  xotira  Boburda  noxush  tuyg‘ular  qo‘zg‘aganini  sezgan



Xondamir:

—  Nachora,  hazratim,—  dedi.  —  Hanuzgacha  hech  bir

ulug‘ davlat jang-u jadalsiz barpo bo‘lgan emasdir.

— So‘zingiz chin-u, ammo... So‘nggi yillarning voqealarini

qog‘ozga tushirganimda, barcha qurbonlar, to‘kilgan barcha qonlar

ko‘z  o‘ngimda  shunday  to‘liq  gavdalandiki,  uyqularim  o‘chib

ketdi... Bajur qo‘rg‘onida uch ming kishining qilichdan o‘tkazil-

gani...  Paniðatda  bir    necha  yuz  asirning  to‘fangdan  otib

o‘ldirilgani... Bizning odamlar ham kallaminoralar qo‘pargani...

— Hammasini umr kitobingizda ro‘y-rost bitmishsiz.

—  Chunki  avlodlar  haqiqatni  bilsinlar,  bizni  farishta  deb

o‘ylamasinlar.  Qilgan  gunohlarimiz  o‘zimizga  nechog‘liq  og‘ir

tushganidan ogoh bo‘lsinlar.

Boburning  ruhida  dam-badam  sezilib  qolayotgan  ichki  bir

dard—faqat xastalik yoki charchoqlikdan emasligini Xondamir

endi sezdi. Bobur ijodiy ishga berilgan sari uning qalbidagi shoh

bilan shoirning murosa qilishi qiyinlashib ketardi.

Xondamir beixtiyor Hirotni va Alisher Navoiy bilan Husayn

Boyqaro  orasidagi  murakkab  munosabatlarni  esladi.  Bu  ikki

zot  yoshlikdan  bir-birlarini  yaxshi  ko‘rar  edilar,  ammo

podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuyg‘ulariga shu

darajada zid kelar ediki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan

bir  shaharga,  hatto  bir  mamlakatga  sig‘ishmay  qoladigan  va

1

 Botil — qalbaki yo‘ldan borish, adashish.



404

Xurosonni tashlab chiqib ketishga astoydil intiladigan paytlari

bo‘lardi.

Hatto  bir  shaharga  va  bir  mamlakatga  sig‘maydigan  katta

shoir bilan podshoh Boburning qalbida birga yashashga majbur

ekanini va bu uni qanchalik qiyin ahvollarga solishini Xondamir

hozir yaqindan ko‘rganday bo‘ldi. Uning yodiga Boburning:

Yuz hayfki, zoye’ o‘tadir umri aziz,

Afsuski, botir boradir umri sharif!

degan satrlari tushdi. «Shoir bu satrlarni podshohlik tashvishlaridan

to‘yib ketgan paytda yozgan bo‘lsa kerak!»— degan o‘y ko‘nglidan

kechdi. Bobur buloq bo‘yiga cho‘nqayib o‘tirib, kaftini muzday

tiniq suvga to‘ldirib oldi-da, uni simirib, xiyol tafti bosilganday

bo‘ldi. Xondamir gapni yoqimliroq mavzuga burgisi keldi:

— Hazratim, Hirotda uchrashganimizda siz o‘z hayotingizni...

ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshatgan edingiz. Yodingizdami?

— Yodimda bor.

— Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnaxrda ko‘chki

bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta ko‘z ochgandir?

— Aql bovar qilmaydir. Orada shuncha uzoq masofalar bor.

— Lekin chinakam zo‘r iste’dodlar—o‘lmas buloqlarga o‘xshar

ekanlar. Ularning ko‘zini o‘n joyda bekitsalar, o‘n birinchi  joydan

yana yorib chiqar ekanlar!

— Lutf qildingiz, mavlono. Hozir ijodiy ish meni xuddi shu

toza buloqdek o‘ziga tortadir. Janglarning qonli sellari, saltanatning

toshqin daryoday betinim talotumlari jonimga tegdi. Òoj-u taxt

bevafoligini ko‘pdan beri sezib yuribmen. Menga vafo qilsa faqat

yozgan  asarlarim  vafo  qilmog‘i  mumkin.  Vatanimga  o‘zim

qaytolmasam ham asarlarim qaytmog‘i mumkin. Endigi orzuim —

men tug‘ilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatini asarlarim

qilsa... Andijon-u Samarqandni, meni o‘stirib shoir qilgan o‘lkalarni

qanchalik sog‘inganimni bilsangiz edi, mavlono!

Bobur  ko‘pdan  beri  uyqusiz  yurganidanmi  yoki  sog‘inch

hissining zo‘ridanmi, ko‘zlari beixtiyor yoshga to‘ldi.



405

— Men ham Hirotni behad sog‘inib yuribmen, hazratim.

Lekin...  o‘zingiz  aytgan  edingizki,  Hind  ham  endi  biz  uchun

Vatan. Yozgan asarlaringiz Hindning shavkatiga ham shavkat

qo‘shg‘usidir. Hindda barpo qilgan ulug‘ davlatingiz esa sizni

voyaga yetkazgan Movarounnahrga ham shuhrat keltirgusidir.

— Zora shunday bo‘lsa! — dedi Bobur.

U Xondamir bilan kechgacha dardlashib yurdi-yu, ko‘nglini

bo‘shatib, o‘zini ancha yengil sezdi. Biroq kechasi yana uyqusi

qochib tong otguncha mijja qoqmadi.



406

ERKIN VOHIDOV

(1936)

Hozirgi  zamon  o‘zbek  she’riyatining  taniqli  vakili.  Aruz  va



barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini

lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari,

I. V. Gyote, S. Yesenin, R. Hamzatov singari jahon adabiyoti

namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

O‘ZBEGIM

(Qasida)


Òarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o‘zbegim,

Senga tengdosh Pomir-u

Oqsoch Òiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyob-u

So‘ylasin O‘rxun xati,

Ko‘hna tarix shodasida

Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,

Al Forob avlodidan,

Asli nasli balki O‘zluq,

Balki Òarxon, o‘zbegim.

O‘tdilar sho‘rlik boshingdan

O‘ynatib shamshirlarin



407

Necha qoon, necha sulton,

Necha ming xon, o‘zbegim.

Òog‘laring tegrangda go‘yo

Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,

Ikki daryo – ikki chashming,

Chashmi giryon

1

, o‘zbegim.



Qaysari Rum nayzasidan

Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,

Chingiz-u Botu tig‘iga

Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar

Boshingga tiyri kamon,

Umri qurbon, mulki toroj,

Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin

Bir umr bosh egmading,

Sen – Muqanna, sarbador – sen,

Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,

Senga na otash, sanam,

Odamiylik dini birla

Òoza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga

Òalpinib zulmat aro,

Ko‘zlaringdan oqdi tunlar

Kavkabiston

2

, o‘zbegim.



1

 Chashmi giryon – yig‘lovchi (giryon), ko‘z (chashm).

2

 Kavkabiston – tiniq, yulduzlari charaqlab turgan osmon.



408

Òuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek

Ko‘ragoniy jadvalin,

Sirli osmon toqiga ilk –

Qo‘ydi narvon o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga

Aks-sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo‘ldi

Shoh-u sulton o‘zbegim.

Ilm-u she’rda shoh-u sulton,

Lek taqdiriga qul,

O‘z elida chekdi g‘urbat,

Zor-u nolon o‘zbegim.

Mirza Bobur – sen, fig‘oning

Soldi olam uzra o‘t,

Shoh Mashrab qoni senda

Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida

So‘ldi mahzun

1

 Nodira,



Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,

Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda

2

 Furqat



Ham muqimlikda

3

 Muqiym,



Nolishingdan Hind-u Afg‘on

Qildi afg‘on

4

, o‘zbegim.



Òarixing bitmakka, xalqim,

Mingta Firdavsiy kerak,

1

 Mahzun – g‘amgin, qayg‘uli.



2

 Furqat – ayriliq.

3

 Muqimlik – birjoyda turuvchilik, yashovchilik..



4

 Afg‘on – g‘amdan nola qiluvchi, faryod etuvchi.



409

Chunki bir bor chekkan ohing

Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,

Ortda qoldi dard, sitam,

Ketdi vahming, bitdi zahming,

Òopdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on

Òole xurshidi bilan,

Bo‘ldi asriy tiyra

1

 shoming


Shu’laafshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,

Sensan unda bitta gul.

Men Vatanni ko‘z deb aytsam,

Bitta mujgon o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,

Ko‘kragimni tog‘ qilib,

Ko‘kragida tog‘ ko‘targan

Òanti dehqon o‘zbegim.

O‘zbegim deb keng jahonga

Ne uchun madh etmayin!

O‘zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,

Men bashar farzandiman,

Lekin avval senga bo‘lsam

Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahon-u

Menga Bayron bir jahon,

1

 Òiyra – qorong‘u.



410

Lek Navoiydek bobom bor,

Ko‘ksim osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay, boshda do‘ppim,

G‘oz yurarman gerdayib,

Olam uzra nomi ketgan

O‘zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,

Oq sut-u tuz hurmati,

Erkin o‘g‘lingman, qabul et,

O‘zbegim, jon o‘zbegim.

INSON


(Qasida)

Sobitu sayyorada

Inson o‘zing, inson o‘zing.

Mulki olam ichra bir

Xoqon o‘zing, sulton o‘zing.

Sobit o‘z ma’vosida,

Sayyor fazo dunyosida,

Koinot sahrosida

Karvon o‘zing, sarbon o‘zing.

Shams


1

 – dil taftingdadur,

Sayyoralar kaftingdadur,

Keng jahon zabtingdadur,

Bog‘bon o‘zing, mezbon o‘zing.

Bu yorug‘ dunyo nadur?

Koshonadur, vayronadur,

1

 Shams – quyosh, oftob.



411

Senga mehmonxonadur,

Mehmon o‘zing, mezbon o‘zing.

Bunda oq birla qaro,

Zulmat, ziyo, shoh-u gado,

Jang qilurlar doimo,

Ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.

Sen balo, ham mubtalo,

Xayr ila kin, rost-u riyo,

Fitnagar olam aro

Fatton

1

 o‘zing, qurbon o‘zing.



Goh adolat bog‘ida,

Piri adovat gohida,

O‘z diling dargohida

Shayton o‘zing, g‘ilmon o‘zing.

Xormisan yo gulmisan,

Òojdormisan yo qulmisan,

Chug‘zmisan

2

, bulbulmisan



Nodon o‘zing, xushxon o‘zing.

Bu hayot o‘rmon ekan,

Jon borki, qasdi jon ekan,

Bunda qatl oson ekan,

Sirtlon o‘zing, jayron o‘zing.

Bu hayot ummon

3

 ekan,


Ummon abad gardon

4

 ekan,



Qatradek sarson ekan,

Sarson o‘zing, gardon o‘zing.

1

 Fatgon – fitna qiluvchi.



2

 Chuqz – boyqush, boyo‘g‘li.

Ummon – okean, dengiz.



4

 Gardon – aylanadigan.



412

Mash’ali fikrat – sening,

Ham changali vahshat sening,

G‘ayratu g‘aflat sening,

Javlon o‘zing, uryon o‘zing.

Qildingu oyda xirom,

Ham yerda qon to‘kding harom,

Ushbu holingdan mudom

Xandon o‘zing, giryon o‘zing.

Minding ilm narvoniga,

Chiqding funun

1

 osmoniga,



Bu jahon ayvoniga

Arkon


2

 o‘zing, vayron o‘zing‘.

Zarrani ijod etib,

Dahshat balo bunyod etib,

Oqibatni yod etib

Hayron o‘zing, hayron o‘zing.

Bog‘i arz obod erur

Sendin agar imdod erur,

Yo‘qsa u barbod erur,

Òo‘fon o‘zing, to‘g‘on o‘zing.

Sen hilol, yulduz, salib,

Òavrot, Zaburdin yuksalib

Boymisan yoki g‘arib,

Komron o‘zing, yakson o‘zing.

Kim farangi, kim habash,

Irq, qon talash, imon talash,

Shulmi insondek yashash,

Armon o‘zing, afg‘on o‘zing.

1

 Funun – fanlar.



2

 Arkon – ustunlar, tayanchlar.



413

Mamlakatga mamlakat,

Millatga millat bo‘lsa qasd,

Qilg‘uchi so‘ng oqibat

Armon o‘zing, afg‘on o‘zing.

Onaizoring – zamin,

Òanho yo‘g‘u boring – zamin,

Xasta bemoring – zamin,

O‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing.

Bag‘rida yotquchi – sen,

Ne’matlarin totquchi sen,

Òig‘ bo‘lib botquchi – sen,

Paykon o‘zing, qalqon o‘zing.

Marsga to‘p otquchi – sen,

Zuhroni uyg‘otquchi – sen,

Uyquda qotquchi – sen,

Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.

Kelding olamga, demak,

Yetmas uni so‘rmak, yemak,

Yerni etmog‘ing kerak

Bo‘ston o‘zing, rizvon

1

 o‘zing.



So‘zga ham poyon bo‘lur,

Yozsam yana devon bo‘lur,

Rustami doston bo‘lur,

Doston o‘zing, devon o‘zing.

Bo‘lmasin subhing qaro,

Bor bo‘l mudom borliq aro,

O‘zni etgil doimo

Inson o‘zing, inson o‘zing.

1

 Rizvon – jannat.



414

Ey, sen Erkin, sen bukun

Yozding dilingdan bir tugun,

Sen kim-u ne dahri dun,

Biyron o‘zing, nodon o‘zing.

 YAXSHIDIR ACHCHIQ

HAQIQAÒ

Yaxshidir achchiq haqiqat,



Lek shirin yolg‘on yomon,

Ul shirin yolg‘onga mendek

Aldanib qolg‘on yomon.

Umrimiz aldoq jahonda

Aldanib o‘tgay, valek

So‘nggi qiynalg‘on yomondir,

So‘nggi qiynalg‘on yomon.

Aytgali achchiq azobing

Bo‘lsa dildosh yaxshidir,

So‘z demay o‘tli alamni

Joningga solg‘on yomon.

Jonga solg‘on ham na sozdir

Elga so‘ylab men kabi

Shoiri devonai ishq

Nomini olg‘on yomon.

O‘ZBEK NAVOIYNI O‘QIMAY

QO‘YSA...

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.

Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,

Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.


415

Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,

Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Aldangani, alla bo‘lgani shudir.

Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,

Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,

Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.

Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,

Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,

Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan

Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

1971–2000

O‘LMAS EDI BALKI

ODAMZOD


O‘lmas edi balki odamzod,

Bo‘lar edi dunyoga ustun.

Aqli bo‘lsa jahlidan ziyod,

Sabri bo‘lsa nafsidan ustun.

Ajal deya ataluvchi choh –

Ichra zinhor tushmasdi odam,

Bo‘lsa edi ozgina ogoh,

O‘ylabgina qo‘ysaydi qadam.

Ish o‘ldirmas, ishkal o‘ldirar,

Jon zavoli yuz yoshmas, ko‘z yosh,

Inson nega dunyodan ketar

Quvlab unga otmasalar tosh?!



416

Òahqir zahr-u xanjar ila teng,

Òuhmat ortiq o‘qdan va dordan.

Inson o‘lmas biri birining

O‘lishiga bermasa yordam.

Inson o‘lmas o‘ldirmasa g‘am,

Makon qilmas qaro turbatni.

Ko‘rsa agar tirigida ham

O‘lganida topgan hurmatni.

Olam to‘la fitna, adovat,

Mangu qolib netar odamzod?

Bir kun charchab, izlab farog‘at

Òinch dunyoga ketar odamzod.

 NEGA YAPON YUZ YIL

YASHAR...

Nega yapon yuz yil yashar-u

O‘zbek buncha yoshga bormaydi?

Chunki yapon bizdek qorong‘u

Sahar turib oshga bormaydi.

Motamida u obro‘ uchun


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling