Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
yolgiz ezilish balosidan oz fursatga bolsa-da, qutqarib turish edi.
Jamshidning ixtiyori bilan uyushtirilgan restoran tomoshasi tugagach, u xonasiga yonalgan xojasini toxtatdi: Bek aka, boshqa xonaga joy tayyorlatib qoyganmiz. Asadbek bu safar noroziligini yashirmadi: Ja oshirvording, bola! Agar Chuvrindi bolganida xotirjamlik bilan: «Bek aka, ehtiyot shart!» deb qoyar, Asadbek esa unga itoat etardi. Ozining Chuvrindi martabasida emasligini yaxshi bilgan Jamshid ortiqcha gapirmadi. «Aytdim-qoydim, jon shirin bolsa, ozingizni ehtiyot qiling», deganday qarab qoya qoldi. Hozir Asadbekka Chuvrindining orni bilindi. «Bu bola sodiqlikka sodiq, lekin ikki dunyoda Mahmud bololmaydi», deb oyladi. Kengroq xonadagi uchta karavot bilan bitta divanga joy qilib qoyilgan edi. Hammamiz charchadik. Òiniqib uxlashimiz kerak. Uyga kozlarimiz kirtayib borsak, onang ozidan ketib qolmasin, Asadbek shunday deb pidjagini yechib stul suyanchigiga tashladi-da, shimini yechmay, orin ustiga choziddi. Ogillari ham otalari kabi omonat yotishgach, Jamshid chiroqni ochirdi.
483 Bolib otayotgan voqealarning zamirida bir shumlik yotganini sezsalar ham, otalaridan sorashga jurat etolmayotgan ogillar shiftga tikilgancha qimirlashmasdi. Asadbek «Ogillarim qattiq toliqishibdi, uxlashyapti», deb yanglishdi. Yigitlar besaranjom bolsalar-da, karavotni gijirlatib otalarini bezovta qilgilari kelmay, xayollari oqimiga mayllarini berib yotishardi. Bu uch jonning joni uchun ozini masul deb bilayotgan Jamshid esa «tiq» etgan tovushga ham sergak quloq tutardi. Òiniqib uxlab olish niyatidagi tortovlonga bu kech uyqu xiyonat qildi. Hozir Asadbek ustiga kelgan odam uning kozlari yumuq ekanini korardi. Biroq, tabiiyki, qalbi yumuq ekanini bilolmasdi. Abdurahmon tabibnikida ekanida, olim farishtasidan bosa olay deb turganida Òangri taolo sari ozginagina siljigan edi. Olloh esa, vadasiga kora, bandasi tomon yurib, uning boshi ustidagi balo bulutini hayday boshlagan edi. Bundan qoniqqan Asadbek Yaratgan sari yurmoqdan toxtadigina emas, dunyo tashvishlariga bandi bolib, asliga qayta qoldi. Ochilmoqqa moyil qalbi yumuqlik balosidan qutula olmadi. Kozlari yumuq Asadbek ayni choqda yumuq qalbi bilan chora izlardi. Donishmand deb ekanki: Ilohi, yomon afolimdin parishonligim choktur Va shum nafsimda pushaymonlik yoqtur Mundoq balolardan qutularga umidim sendin oktur... Shunga kora, Asadbek pushaymonlardan nari ekan, najotga ham umid yoq ekanini idrok qila olmas edi. Uning kor qalbi: «Ey Xudo, senga nima yomonlik qiluvdimki, menga bu ofatlarni yuboryapsan», deb xitob qilardi. Bandalarga qilingan yomonlik Òangriga qilingan yomonlik kabi ekanini esa fahm etmasdi. Hozir shu yotishida ham Xudoni savolga tutardi. Pushaymonlik, tavba kochalariga kirmoqlikni esa oylamasdi. Ilohi, dard-u holimni har kimga aytsam, Rad qilsa, senga tavajjuh etgayman.
484 Va agar sen rad qilsang, netgayman Va kimga ketgayman... 1 Asadbek dardini birovga aytadiganlardan emasdi. Afsus shuki, Òangriga yuzlanadiganlar safida yoq edi u. Nadomatkim, rad etilganlar guruhida edi... ··· Manzura qorquv aralash taajjubini astagina «voy» deb, pastki labini tishlash bilan ifoda etdi-yu, boshqa sado chiqarmadi. «Voy adasi, u yoqda nima gap boldi, nega sochingiz oqarib ketdi?» deb soragisi keddi-yu, mehmonlar, ayniqsa hadiksiragan qushday salomga shay turgan kelinlari oldida erining zaharli gaplari otilib chiqishidan qorqdi. Kelinlarining salomiga alik olib, har birining oyogi ostiga bittadan gilam tashlagach, erkaklar uchun yasatilgan xonaga qarab yurdi. Ogillaring balo, dedi Kesakpolvon otirishgach, kelinlaring naq shkalatning ozi. Kozingni chaqchaytirma, dedi Jalil uning gapini bolib. Keyin uy sohibiga yuzlandi: Asad, men ketdim. Asadbek dostining bu darajada shoshilishidan achchiqlandi: Kelmasang ham bolardi, ovoragarchilikda ancha aziyat chekkandirsan, dedi zaharli piching bilan. Kelishingda bez-mezing tushib qolgandir, a? Nasiyaga gap olishni yoqtirmaydigan Jalil bu safar odatiga xilof qildi, piching oqlarini shirin, ammo tagdor soz bilan qaytardi: Endi ogaynijon, chillalik uy, degan gap bor. Chillalik uyga hatto it ham kirmay turgani maqul. Asadbek uning maqsadini uqib, Kesakpolvonga zimdan qarab oldi. Unda ozgarish sezmagach, ornidan turdi: Otirib tur. Chillalik uyga sen begona emassan. Shu bolalarning amakisisan. Men hozir kelaman. 1 Hazrat Alisher Navoiy bitgan munojotdan. 485 Kesakpolvon unga ergashmoqchi edi, Asadbek ostona hatlamay turib, ogirildi: Sen ham otirib tur. Asadbek yolgondan bolsa-da: «Sen ham amaki qatoridasan», demoqchi edi-yu, biroq, tili bu gapga aylanmadi. Asadbek hovlida turgan Halimjon bilan Jamshidga imlab qoyib, darvoza sari yurdi. Aslida uning uchun yigitlardan biri kifoya edi. Biroq, «Kesakpolvon deraza yonida turib kuzatayotgandir», degan xayol ikkala yigitni ergashtirib chiqishga undadi. U yanglishmadi: joyiga qaytib otirmay deraza yonida turgan Kesakpolvon yigitlarning xojalariga ergashganlarini korgach, kongli gashlandi, chap yuzi uchdi. Asadbek Moskvani tark etar mahali: «Borishim bilan onam bilan ukamni ziyorat qilaman, mozorga u-bu atayman», degan niyatni diliga tukkan edi. Bu gofil banda ham ozga adashganlar kabi najotni Yaratgandan emas, qabristondan kutayotgan edi. Dastlabki moljali boyicha togri qabristonga borishi lozim edi. Lekin kutib olgani chiqqan Kesakpolvonni oziga ergashtirgisi kelmadi. Kesakpolvon Asadbekni maglublik jandasida kormoqni, arazlagan odamning ginali gaplarini eshitmoqni kutgandi. Asadbekning ochiq chehra bilan tushib kelib, «Haydar oshnam, omonmisan», deb quchoqlab qoyishi uni tamom gangitib qoydi. Kecha kechqurun Xongirey qongiroq qilib «Ish pishdi. Endi bek sensan. Asadni istasang ostonangga it kabi boglab qoy. Xohlasang eshak qilib minib yur. Rahm qilsang, tepasiga tuproq tortib qoyaver. Ha, qulingning oppoq sochlaridan silab, opib qoy. Bekman, deb kerilib, jonlaringni oladigan xojayining ishtonini hol qilib qoydi», degan edi. «Sochlari oqarganini hisobga olmasa, ishtonini hol qilib qoyganini» Kesakpolvon sezmadi. Hovlidan chiqib ketayotgan Asadbek bilan yigitlar izidan qarab turgan Kesakpolvon deraza kozini sindirib, tashqariga uchib chiqmoqqa shay edi, ammo ozi ham anglamagan bir kuch uni joyida mahkam tutib qoldi. Ozi bilmagan bu kuch oqibat
486 qorquvi edi. Garchi Xongirey Asadbekning boynini (goyo) bukib bergan bolsa ham, Kesakpolvon undan qorqardi. It qilib boglab qoyolmasligini, eshak qilib minolmasligini, hatto tepasiga tuproq tortib ham tinchiy olmasligini yaxshi bilardi. Asadbek biron-bir odamning shoxini qayirmoqchi yoki sindirmoqchi bolsa: «Sen hamma narsani unutsang unut-u, ammo Bek akangni unutma! Sen hatto mening oligimdan ham qorq. Chunki men gorimda ham tinch yotmayman. Òirigimda shu odamni oldirib qutulaman», deb niyat qilarsan. Lekin gorda yotganimda yonimga kelib qayta oldirolmaysan, mendan qutula olmaysan. Yotgan yerimdan qolimni chiqarib, kekirdagingni sugurib olaman!» deb Popisa qilardi. Bu popisani eshitgan Kesakpolvon «Bek, gapni ham qiyvorasan-da», deb kulardi. Bir kuni navbatdagi oljaning popugi pasaygach, Kesakpolvon hazil tariqasida «Bek, bu dunyodagi ishlaringni korib turibman-u, gordan chiqaradigan qolingga hayronman-da» degandi Asadbek «Hayron bolma, gordan chiqaradigan qolim sensan», degan edi. Shaytanat olamidagi kichik bir mamlakat hukmdori Asadbekning taxtiga otirish onlari yaqinlashgani sayin Kesakpolvon osha suhbatni bot-bot esladi. «Endi men uning gordan uzatib chiqaradigan qoli emasman. Kekirdagi uzib olinadigan oljasiman. Qol kim? Jamshidmi yo halim sotakmi?» Shu savollar ichini bir tirnasa, «E, yoq, Bek bunchalik past ketmaydi. U mard odam. «Olsang olaver!» deb choponni yelkaga tashlab chiqib ketaveradi. Har holda bolalikdan qadrdonmiz. Nima qilgan bolsak ham birga qilganmiz», degan fikr ozini goyo ovutardi. Ammo yuki bolmagan bu fikrlariga ozi ham ishonmasdi. Deraza yonida turib xavotir tirnogi hukmiga tushishi shundan. Musallama kazzob ozini paygambar deb elon qilganida bir kozi kor, ikkinchisi esa xiralashgan qariya kelib: «Paygambar bolsang duo qilib, kozlarimning nurlarini qaytar», deb sorabdi. Kazzob «kuf-suf» qilgan ekan, cholning ikkinchi kozi ham kor bolibdi. Kimga etiqod qilishni bilmagan nodon cholga oxshab
487 qolgan Kesakpolvonning noqis aqli bolajak falokatni tola fahm etmasdi, biroq yuragi his etib, jonsiz kuz yaprogi kabi titrab turardi.
Uchoqda uchib qaytayotgan Asadbek endigi hayoti islohga muhtoj ekanini anglagan, shu yolda ayrim ahdga ham kelgan edi. Kongil bazan aqlga boysunib: «Qoy endi, bu tashvishlarni, toringdan goring yaqin bolib turibdi, yemoq-ichmoging yetarli ekan, boshqasiga qarama», derdi. Biroq afsuskim, inson fitratida nafs degan narsa ham bor. Aql va nafsning bir-biriga zid ekanligi oydindir. Aql rad etmish narsani nafs davo qilaverar. Ayni damlarda nafs Asadbekni boylikka undamayotgan edi. «Asadbek» deb nom berilgan bu vujudga, nainki vujudga, butkul ruhoniyatiga hukmini otkazib kelayotgan nafs endi kibrga nikohlandi. Mazkur nikohning mahsuli esa Asadbekdagi mardlikni bogib, uni oyindan chiqishiga yol qoymaydi. Òogri, u taxtini Kesakpolvonga topshirib qoyaverishi mumkin edi. Biroq maglub holida chekinishni istamadi. Endi uni hech kim, hech qanday kuch ahdiga qaytara olmas edi. Daryoni kozachaga qamash mumkin bolmaganidek, Asadbekning gazab otlarini ochirishga urinish befoyda edi. Moskvadagi mehmonxonada bedorlik bilan olishib yotgan Asadbekni yoqlab kelgan Iliko otlarga moy sepgan edi. Aslida Asadbek ertasi kuni Ilikodan kongil soragani borishi kerak edi. Jamshidga «qaytishning harakatini qil», deb topshiriq bergan Asadbek Xongireyning birga borish haqidagi amrini unutmagandi. Asadbek mehmonxonadan qaytayotganidayoq bu masalani puxta oylab, hal qilib qoygandi. Iliko bilan uchrashmay ozini salkam Xudo deb hisoblayotgan bu kibrli chechenga javob tarsaki bolardi. Ikkinchidan, u Xongireyning Iliko bilan yarashib olishini istamadi. Yarim tunda mehmonxonaga kelib Asadbekni yoqlatgan Iliko kop gapirmadi. «Nega kelding, ogillaringga nima boldi? Bu yogini menga qoyib ber», demadi. Akasining olimidan qayguda ekanini ayta turib «Xongirey olim raqsiga tushishni boshladi.
488 Endi qancha yashashini men hal qilaman», deb qoydi. Asadbek uning ahdi ohangidan «Xongireydan och olaman, u bilan olishaman, deb ovora bolma», degan manoni uqib, gapni chozmadi. Derlarkim, vaqti kelganda bazi narsalar uchun jonni fido qilmoq mumkin. Ammo nomus hech bir narsaga fido qilinmas, nomus jondan-da qimmatliroqdir. Asadbek ota-ona mehrisiz ham bu dunyoda yashamoq mumkinligini biladi. Biroq erkakning nomussiz yashamogi qanday bolishini tasavvur etolmaydi. Ozgalarning nomus-ori toptalganda rohatlangan odam, oziga tajovuz qilinganda chiday olmadi. Uzoq yillar ilgari yangragan, song unut guborlari ostida mudrab qolib ketgan bu qargish hech kutilmaganda uygondi. Bu qargish oldida Jalilning «Xudodan qaytibdi», degani arzimas bir gap edi. Hosilboyvachcha tashlab ketgan videokassetadagi manzarani korib koz oldi qorongilashganda zulmat qaridan osha ovoz bogiq momaguldirak kabi chiqib kelgan edi: Asad, men senga Xudodan olim tilayman. Men bugun sening qolingdan olim topmasam, ertaga joningga qasd qilmayman. Ogillarim ham qasos olishga urinishmaydi. Yoq, sen osonlikcha olib ketmagin, Asad. Sen bolalaringning xorlanganini korgin-u song olgin... U damda Zaynab hali tugilmagan edi... Alam bilan aytilgan bu qargish nahot tugilmagan qizning qismatiga yozilib qolgan bolsa?.. Nahot uning joni-jahoni, suyukli qizi tugilganidayoq osha qargish yorgagiga yorgaklangan bolsa?.. Baqirib emas, ingrab aytilgan bu sozlar shunchalar qudratga ega ekanmi?.. Moskvadagi mehmonxonada yotganida bu qargishni yana eshitdi. Ovoz bu safar bogiq emas, yeru kokni larzaga soluvchi momaguldirak yangrashi kabi eshitildi. ... Aslida osha galvani shumqadam Kesakpolvon boshlagan edi. «Oqilon» degan laqabdan boy odamlarning endi-endi
489 chochiy boshlagan damlari edi. Markazdagi restoran boshligi ularning talabiga kora chotalni kanda qilmay, kamaytirmay berib turardi. Kesakpolvon qayerdandir hid olib: «Chotaliga gadomizmi, shuncha boyligi bor ekan, etakka toksin», dedi. Bu fikr Asadbekka maqul kelgach, restoran boshligiga talab avval yaxshilik bilan aytildi. Òalab rad etilgach, tunda uyiga bostirib borildi. Asadbek Kesakpolvonning bunaqa ishlariga aralashmas edi. Osha kuni: «Sen ham bor, kimligingni odamlar bilib qoyishsin», degach, bordi. Asadbek borguniga qadar Kesakpolvonning yigitlari ishni boshlab yuborishgan edi. Kesakpolvonning tabiri bilan aytilganda, «profilaktika ishlari»ning ikki kun avval boshlanganini Asadbek osha yerga borganida bildi. Isitgich quvuriga boglab qoyilgan uy egasi urib-kaltaklanmagan, lekin ikki kundan beri qultum suvga zor bolib, sillasi tamom qurigan edi. Yon xonadagi xotini, ikki ogli, ikki qizi ham shu ahvolda edi. Asad, bularingga aytgin, suv berishsin, dedi uy egasi zorlanib. Kop suv ichsang, siyib qoyasan, dedi Kesakpolvon tirjayib. Bek, bu akaxoningga aytyapman, hozir suvning narxi oshib ketgan. Berkitgan tillalarini chiqarsin, toydirib sugormagan nomard! Asad, buning valdirayveradi, menda tilla yoq. Òopganimni bitta ozim yemayman-ku, yuqoridagilarning qanchasiga sochaman. Òilla bolsa oshalarda boladi. Men borimni berdim, boshqa yoq. Qancha berdi? deb soradi Asadbek. Ottiz ikki ming, yana xotinining uzuk-puzuklari... O, maraz, sen meni laqillatsang ham, Bekni laqillataman dema. Berganing bitta tishimning kavagida yoq bolib ketadi. Hozir kochaga chiqib: «Restoran kattasining uyida shundan boshqa pul yoq ekan», desam odamlar ishtonini yechib orqasi bilan kuladi. Asad, menda boshqa pul yoq. Hech bolmasa kennayingga suv berlaring, bechora kasal. Ana kordingizmi, bechora kennayim kasal ekanlar. Sizga kennayimnig jonlari kerakmi yo molmi? dedi Asadbek, uning zorlanishlariga etibor bermay...
490 Yoq! Asad, sen bilan kelishuvimiz bor. Men aytganingni berib keldim. Meni himoya qilishga vadang bor. Sen girrom oynading. Asadbek unga doim «siz»lab gapirardi, hurmatini joyiga qoyardi. Hozirgi sensirashidan zulm bobida sherigiga yaqinlashganini malum qildi. Buni fahmlagan uy egasi songgi ilinj bilan uni insofga qaytarmoqchi boldi: Asad... Kesakpolvon uning gapini uzdi: «Asad» dema! Nima, bu sening ortogingmi?! «Bek aka», de! Uy egasi bir yutinib olib, amrga boysundi: Bek aka, shartimizda bunisi yoq edi. Uyingda borini berasan, demagansiz. Demagan bolsam, endi deyman. Xosh, qani tillalaring? Òilla yoq menda... Hukmni ozing chiqarding, mendan domangir bolib yurma... Asadbek «buqachalaringni qoyib yuboraver», deganday sherigiga qaradi. Kesakpolvonga shu qarashning ozi kifoya qildi. Zulm harorati otidan sachragan uchqun bir oilaning pokiza gullarini soldirdi. Uy egasi oshanda qargagan edi. Oshanda Asadbek: «Men ham qiz korarman, vaqti kelib kimningdir iflos nafasi ardoqlab ostirganim pokiza gulni soldirar», deb oylamovdi. Bu qargishni oshanda yer yutganday bolib edi. Odam olib ketaverar ekan-u, biroq, uning qargishi olmay, yer yuzi boylab oljasini taqib etib yuraverarkan. Restoran boshligi osha voqeadan song kop yashamadi. Avval xotini, song ozi bu dunyoni lanatlay-lanatlay tashlab ketishdi. Asadbek uning janozasiga borgan edi, gorkov tutgan etakka «meni u dunyoda ham eslab yur», deganday bir siqim tuproq ham tashlagan edi. Ha, unutmabdi, ozi komilsa ham qargishini qoldirib ketibdi. Bu qargish yigirma yildan ziyod Asadbekka soyaday ilashib, payt poylab yurgan ekan.
491 Osha restoran xojayini tirik bolib, pichoq bilan hamla qilsa, Asadbek ozini himoya qilish chorasini topardi, yoki uni oldirib qutulardi. Endi kozga korinmas, chopsa chopilmas qargishdan ozini qanday himoya qilsin? Asadbek qargishni eslashga esladi-yu, biroq aybni ozidan emas, ozgalardan izladi. Alqissa, hukmni ham oziga emas, ozgalarga chiqardi. Uning qonida otgan ishlardan pushaymon qilib otirish degan narsa yoq edi, bilaks, qasos degani istagancha topilardi. Siniq konglida gam, buzuq xayolida alam hukmron ekan, endi Asadbekdan nimalar kutish mumkin? Jaholat zulmidan aql ravshanligiga yeta olmay qolgan Asadbekning Olloh huzurida «birovga qasd qilmayman», degan ahdi bolmagach, uni kim toxtata olardi?.. 492 OTKIR HOSHIMOV DUNYONING ISHLARI Qissadan parchalar Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oz kozim bilan korganman. Faqat bazilarining ismi ozgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga boglangan. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir- biriga juda oxshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bagishlanadi, aziz Onajonlar! 493 ···
Ehtimol, sizda ham shunday hollar bolgandir: tun yarmidan oqqanda birdan uygonib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz... Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek boladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorongi osmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar ogir sukunat chokadiki, quloqlaringiz shangillab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlab tashlaydi: tanho, ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Goyo butun dunyo bir taraf-u siz ozingiz bir taraf... Shunday paytda mening koz ongimda tosatdan onam paydo boladi. Qorongi xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, mayus jilmaygan koyi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dagal tortgan barmoqlari bilan peshanamni silagandek boladi... Opkam tolib, ozimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha ornimdan turib ketaman... ORIS BOLANING OYISI Shanba kuni mashinani darvoza oldiga olib chiqishim bilan motor ochib qoldi. Generator tok beryapti, benzin nasosi ishlayapti... Òavakkal qilib karbyuratorni kavlashtirishga tushdim. Ochishga ochdim-u, bemorning qornini yorib qoyib, u yogiga nima qilishini bilmagan nonoq jarrohdek dovdirab qoldim. Mushtdek apparat ichida shuncha murvat borligini bilmagan ekanman. Hammasi qandoq bolsa, shundoqligicha joy-joyiga qoyib chiqqan edim, yana allaqancha vintlar, gaykalar «ortib qoldi». Nima qilishimni bilmay tajang bolib tursam, orqada yuk mashinasining voshillab tormoz bergani eshitildi. Kabina eshigi taraqlab ochildi. Qarasam, ozimning bolalikdan birga osgan «oris ortogim» Vali tushib kelyapti. (Asl oti Valentin ekanini keyin bilganman). Mahallada shu bolaning oldiga tushadigan shofyor yoq. Ozi ham mushtdek boshidan temir-tersakka qiziqadi. Bormisan! dedim quvonib. Xudoning ozi yetkazdi seni.
494 U shoshilmasdan oldimga keldi. Nima boldi? dedi motorga moralab. Buni kormaysanmi, deb qolimdagi murvatlarni korsatdim. Olmadek narsaga shuncha lash-lushni erinmasdan joylaganini qara! Injenerlar ham ovsar ekan! U «operatsiya» bolgan karbyuratorga qaradi-da, hushtak chalib yubordi. Injenerlar ahmoqmas, sen ahmoqsan! dedi jingalak sochlarini silkitib. Ertadan boshlab men ham kitob yozib tashlasam nima boladi? Aqling yetmagan ishga aralashib nima qilasan?
Garibona qiyofada iljayib turgan bolsam kerak, u kulib yubordi. Porolon kurtkasini yechib, mashina tomiga tashladi-da, buyurdi: Otvyorkangni ol! Biroq ishga kirishmadi. Aytmoqchi, mamashkani olib keluvdim, dedi ZIL tomonga imo qilib. Sizlar gaplashib turgunlaringcha bu yogini amallab koraman. Boyadan beri etibor bermagan ekanman. Yuk mashinasining kabinasida otirgan Zebi xolani endi kordim. Ikkovlashib mashina oldiga bordik. Vali zinaga sakrab chiqib kabina eshigini ochdi. Boshiga qalin romol oragan, qora baxmal nimcha kiygan oyisini kotargudek bolib zinadan tushirdi. Qarasam, Zebi xola mushtdekkina bolib qolibdi. Oyimning marakalarida kelganida oz tashvishim bilan bolib, razm solmagan ekanman, endi payqadim. Avvalgi alp qomatli, yurganda yer gursillaydigan Zebi Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling