Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
chi, oglim» degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bolmang, men ham hazillashgan edim. Mana, osha kitob. Yoq, uni men yozganim yoq. Uni siz yozgansiz. Men uni qogozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar oqishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bolsayam, ularning hammasi Sizga oxshashini xohlayman... 1980- yil, mart 1981- yil, mart
507 MUROD MUHAMMAD DOSÒ DASHÒU DALALARDA Hikoya
Xadicha ketdi-yu kongildan halovat ham ketdi. Uy bamisoli olik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiyalikdagi bobosidan qolgan yertolani oziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi chidab otirishi qiyin boldi. Yertola eski bolsa ham havosi quruq edi. Eri naq metin chokich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa organgan edi, yertolaga konikolmadi, uch- tort kecha uvlab chiqdi, lekin yoq, keyin-keyin egasining holiga tushundi chogi, poygakka toshalgan poxol ustida indamay yotadigan boldi. Yertola avvaliga sal vahimali korindi. Shifti past, agar chiroq bolmasa, naq lahadning ozginasi... Asta-sekin yertolaning gorsimon ekaniga ham konikdi. Yomgirli bir tunda uyqusiz yotib uzoq oyladi, ozining tirikligini oyladi, yonida iti Qoratoy borligini, Xadichaning ketganini... Bir ozi ketsa gorga edi, qizchani ham yetaklab ketdi... Shu tariqa, xayoli tort yashar qizchasi Chamanga ogdi, qizim hozir Shorquduqning kochasida bemalol oynab yurgandir, deb oyladi, hatto uning qolchalarini tuproqqa belab qichqirayotganini eshitganday boldi. Yarim tun ekani, tashqarida yomgir sharros 508 quyayotgani barisi bekor edi. Xorligi keldi, ozidan xafa boldi, keyin poygakda xumday boshini yerga qoyib mudrayotgan itiga sozlandi: mening holim shu, Qoratoyjon, xotin ketdi, har kim oz yoliga ekan... It otini eshitib, kozlarini ochdi. Polvon gapirib yotaverdi. Goyoki bor alami tanidan hovurdek kotarilib, butun yertolani toldirayotganday edi Qoratoy egasining qarashiga chiday olmadi, poxol ustida gujanak bolib, yana kozlarini yumdi. ... Kunlar shu zaylda otaverdi. Singlisi Adolat har kech sigir sogar mahali holidan xabar olib turardi. Akasining orligini bilar, shu sababli unga kopda aql bolavermas edi. Lekin, axiyri y ham chidab turolmadi. Mengayam oson tutmang, aka, dedi. Jojabirday jonman, qaysi birovlaringga qarayman? Odamlarga kulgi boldik, aka, bu kuningizdan olganingiz behroq edi!.. Har safar singlisi kelganda miq etmay yotadigan odam, bu gal ilkis qozgaldi: Men olsam tinchiysanmi, Adol? Qaytib oldim, aka, dedi y. Òillarim qirqilsin, aka, qaytib oldim!.. Senga ogirim tushgani rost, dedi Polvon. Sal sabr qilgin, singil, men avval old-ortini bir oylab olay... Oshandan beri Adolat qorasini korsatmaydi. Olib kelgan narsasini ham yertoladan tashqariga, eski toltovoqning ostiga qoyib ketadi. Kunduzlari bir nav yolgizlik kop bilinmaydi. Ertalab qoliga gavron olib cholga chiqib ketgani bilan to shomgacha podaga andarmon bolib yuradi. Baxtiga, sherigi Hasanboy kamgaproq odam, bir marta uylanib, yil otmay ajrashgan, Polvonning xotini ketib qolganiga kop ham ajablanmaydi. Kunduzlari bir nav, jami azob shomdan keyin, shifti past yertolaga qaytgan mahali boshlanadi. Xadicha yoningda yotganida olim yodingga tushsa ham qorqmaysan: xotining bor, bolang bor, tepangda xudo, e, bir
509 gap bolar-da, deb oylaysan. Xadicha bolmasa qiyin ekan. Endi uning siyogi ham esdan chiqqanday; bechora salga shamollardi, shamollab dimogi chiðpa bitganida pishqirib bezor qilardi, huda- behuda chiroq yoqardi, ivirsib gashingga tegardi, lekin bari bir, borligi durust edi ovunarding, istagan paytingda qol uzatsang yetadi, gingshisa gingshir, iloji yoq, ortada non singan, nikoh oqilgan; bagringga bosib yuz-u kozidan muchchi olgan choglaringda bechora kichrayib qolardi, u-ku kichkina, lekin sen ham ozingni pardek yengil sezasan; dimogingda sutning hidi, qayoqqadir uchib ketgilaring keladi; doim koklam bolsa, kokalamzor bolsa, yalangoyoq, yalangbosh, pardek yengil Xadichani kotarib hovlidan chiqsang, keyin shu kotargancha ketsang, hech kimdan uyalmasang, ketsang, yolingda birov uchramaca, ketsang- da, qayoqqa ketayotganingni ozing ham bilmasang!.. U xotinini umrida bir marta chimildiqda amallab kotarib olgan, xolos. Faqat, bazan poda ketidan yurganida xayoli ogib, uni ana shunday kotarib chopmoqni istaganlarini eslaydi. Chimildiqda ikkita ayol etagidan bosib turgan, bittasi Xadichaning ortancha ammasi, shunchaki etakdan bosmay, naq taqimiga qistirgan. Polvon unda yosh edi, bir-muncha shoxligi ham bor, kishibilmas timirskilanib turib, Xadichani qoltigidan shartta kotardi. Amma gaflatda qoldi, kapadek bolib agdarilib tushdi. Uni poca kulgi qilishdi. Xotin-xalaj baralla kuldi. «Mana senga, Oybuvi, mana senga kuyovning zori», deyishdi. Zor-u nozori kimga kerak shunchaki gap bolsa bas, hamma ogziga kelganini aytadi, hammaning dimogi chog. Polvon chimildiq ortidan mast odamday gandiraklab chiqdi, chiqdiyu kochada shorquduqlik yigitlar bilan orlashib turgan joralarini kordi. Kuyovning ozi chiqqach, shorquduqlik bittasi battar avj qildi: «Senga Xatcha hayf, Polvon, dedi. Ozimizdan ortib qolgani yoq edi, qulogini tishlab qoyuvdik, haliyam tashlab ketaber!..» Polvonning yomon ajinasi tutdi, lekin urishgani joralari qoyishmadi, neki harb-u zarb bolsa, ozlarini balogardon qilishdi... Song, Shorquduqdan chiqar mahal, kochaning adogida, ular
510 tushgan ulovga tosh yogildi. Polvon sal enkayib, kelinning boshida turdi, lekin Xadicha shusiz ham bexatar edi. Ust-boshi qalin, yumshoq unga hech ziyon yetmadi. Birgina Guchchi cholga tosh qattiqroq tegdi, bechora yilqichi, alami tutib, ovozining boricha aytib qoyaberdi: «Nokas shorquduqlik, mening aybim nima? Chimildiqqa kirgan menmi?!» Uning baqirganiga birov parvo qilmadi. «Er-yor-yoron-ey!» deb qoshiq aytishdi. Galatepada bunday qoshiq rasm emasdi. Uni Shorquduqdan qoshilib chiqqan kelinning xeshlari boshladi. Galatepaliklar avvaliga iymanibroq turishdi, keyin ular ham qoshildi, to ozlarining sarhadlariga yetguncha bokirib borishdi: «Òomda tovuq yotadi, yor-yor-yoron-ey, oyogi sovgatadi yor-yor-yoron-ey!..» Yolgiz Polvon qoshiq aytmadi. Indamay keldi. Galati edi. Yonida Xadicha, hali yuzini tuzukroq korolgani ham yoq, uyat-u qorquvdan bir burda bolib otiribdi, ulov har silkinganda yelkasi tegadi, xuddi bir yashin urganday, ot, olov, qiyomatning naq ozi!.. Keng bir dala, yol, ulov... E xudo, ulov degani muncha imillamasa!.. Bir yoqda qoshiq, bir yoqda Guchchi chol, haliyam sokinyapti: shorquduqlik nomard chiqdi, kochada ropara bololmadi, orqadan tosh otdi... Endi Guchchiga qiyin, endi uning gurrasini Galatepa rosa bir oy kulgi qiladi, ajab bopti, xob bopti, sen cholga kuyovnavkarlikni kim qoyibdi; e, enalari olsin, nimasini eslaysan, Polvon, eslagulik joyi qoldimi! Yoningda Xadicha yotsa tuzuk, Polvon, hali bu korganlaring oz, Polvon!.. Xadicha bir sidra kiyimini tugun qilib, poygakda qotib turdi, bechora biror sazo chiqishini kutdi, lekin Polvon er bolib bir narsa demadi. Xadicha dahlizga chiqib yana birpas turdi, hovliga chiqib hovlida turdi, ilindi, qaytarib olar-ku, dedi, ammo Polvon teskari-tong bolib yotaverdi, song, Xadicha darvozaga yetganda chidab turolmadi, qizchasi Chamanni qolidan sudrab chiqdi: «Ma, muniyam obket, pishirib yeysanmi, isqotingga qoyasanmi!..» Musht yeganda yiglamagan ayol, buni eshitib yomon boshashdi, koziga yosh oldi: «Haq, falak! dedi. Mayli, ketsam ketayin, beqadr boldim, mayli xudodan toping». Shu gapni
511 aytdi-yu qizini yetakladi-ketdi. Polvon uyga kirdi. Yalang palosda kesak bolib yotdi. Qancha yotganini bilmaydi, bir payt chiqib qarasa, Xadicha uzoqlabdi, Shorquduqning yolida qizini iyartib ketyapti. Polvon Òoshgazagacha izma-iz bordi, lekin ularning qayrilmaganini korib shartta toxtadi, avvaliga gazabi yoq, ichi tola alam, chakmonining bariga bir urdi: «Hay, mayli, ketsang ketaber, Xatcha, Shorquduq borasanmi, nariroqqa otib ketasanmi, bir boshimda bir kunim, men ham sensiz uloqib ketmasman!..» Orqaga qaytdi. Hovlida otirib, zambilgaltakning boshagan tirsagini sozladi, chalgining tigini peshladi, ozini yupatdi, hatto sal ovunganday ham boldi, keyin, kech tushganda qarasa, taqron joyda toq ozi otiribdi, dardlashgudek mahrami yoq, yiglayin desa, kor bolgur kozga yosh kelmaydi. Notavonligini endi sezdi, alamidan xotin bechoraning uyda qolgan kiyim-kechagini hovliga olib chiqib, oshpichoq bilan qiymaladi, kultepaga eltib komdi. Ioq, bu bilan ham tinchimadi, kultepaga ozini eltib komsa ham tinchiguday emasdi. Bezovta, beorom, miyasiga qurt tushgan qochqordek hovlini gir aylanib yugurdi. Aylanaturib darvozaga ropara boldi-yu, uni lang ochiq kordi. Kochaga chiqdi, Shorquduqqa yol tutmay, togri Salim chaqichnikiga burildi. Borca, Salim hovli ortasida sandal qoyib, oldida magzava tola togora, bir parcha pishiq gisht bilan tovonining emini qirtishlab otiribdi. Polvon togorani bir tepib agdardi, song Salimning yoqasidan oldi. Ortaga Mahfirat tushmaganda oxiri yomon bolardi. Salim uning qolidan yulqinib uyga chopdi, zum otmay, otasidan qolgan qoshtigni kotarib chiqib, Polvonga oqtaldi: «Ket, bolmasam otaman!» Mahfirat miltiqqa kokragini tutdi: «Avval meni otasan!..» Polvon uni chetlatdi: «Qoy, singlim, ering hazillashyapti». Yoq, xotin aytganidan qolmadi, eridan miltiqni yulqib olib, hamsoyaning hovlisiga otdi. Polvon boshqa musht kotarmadi, gazabini ichiga yutib, tashqari chiqdi. Hayal otmay, ortidan Salim saqich ham chiqib keldi, qachon yirtib ulgurgan bolsa ham, egnidagi kiyimning butuni yoq, yenglari- yu ishtonining baloqlarigacha rodapoday osilib yotibdi, boshidan
512 tuproq sochganmi, aft-basharasining kulga yumalagan toyxardan farqi kam, chiqa solib Nizomboy milisaning uyiga jonadi. Polvonning xayoli qochdi: bu nomard boshini yorishdan ham toymaydi! E, opketsa, opketar, nima, ortingda yiglab qoladiganing bormi! Mayli, oxirigacha nomardlik qilaversin, Nizomboyga chaqadimi, boshqa qiladimi, mayli, shu nomardning ham xusuri qonsin!.. Ozi keyingi paytlar Salim saqich bilan oshnachilikni bas qilmoqchi edi. Bir-ikki bor atay sokishgani choglanib bordi. «Zora sokishib qolsagu ora ochilib, yuzkormas bop ketsak», deb oyladi. Yoq, sokish ham oson emas ekan, odamning yuzidan otishi qiyin boldi. Ikki piyola aroq ichguncha har ne janjalga xezlanib otirdi. Keyin sal kayfi oshdi. Salim saqichga rahmi keldi: «Bu dayus sil qon tuflab yurib, ozini onglaguncha ozmuncha urindimi», deb oyladi, qiynaldi. Salim Kattaqorgondan murch, saqich, hushtak, hatto erkak odam nomus qiladigan narsalargacha olib kelib sotardi. Keyin ana shu attorlikdan tushgan sarmoya bilan boshqa bir ishni kasb qildi. Kechqurunlari, qishloqda ismi dokon yopilgan mahal, sorab kelganga bir som ustamasi bilan aroq sotadi. Hozir endi tuzuk bolib qolgani yuziga qon yugurgan, yotali yoq, gaplari ham dadil. Oxirgi gal Salim saqich unga nasihat qilgan boldi: Bu ishingni qoy, bola, sen kop ichaverma. Polvon uning nasihati astoydil ekaniga ishonmadi, kuldi. Salimning esa jahli chiqdi. Men bir oti yomon odamman, Polvon ukam, dedi y. Eshitsang, ozing uchun eshitasan, eshitmasang otangning goriga!.. Gapning ozi qiziq-da, Salim, deb etiroz qildi Polvon. Ozing quyib berasan-u, ichmagin, deb aytganing nimasi? Keyin, oshna, xudo bolsang ham, ota-buvamni ortaga qoshma, tepada tinch yotsin, men hali ozimdan qolganim yoq. Holingga boqmaganing yomon, deb kuldi Salim saqich.
513 Ozingcha ne xayollarga borib yuribsan! Aytib qoyay, menga kop shox qilaverma, bolmasa, naq changingni chiqaraman! Sen bu yoqda ichib yurasan, xotinchang Shorquduqqa bir oylab otlagani ketadi!.. Polvon Salimni jagiga bir urib korpachaga qulatdi. Lekin y taslim bolmadi, tishining orasidan sizayotgan qonni kafti bilan sidira turib, yana gapirdi: Sen bu yoqda, y naryoqda... Enasinikida osma qoyib otiribdi, deb oylaysanmi!.. Bas qil!.. Bopti, men bas qildim, lekin sen ham ozingga ehtiyot bol, Polvon ukam! Kuchingni xotinga ham korsatib tur!.. Salim saqich pixillab kuldi. Polvon tagin musht kotardi, lekin urmadi, shartta joyidan turib jonadi. Yol boyi Xadichani oyladi. Buzuq desa, buzuqligiga ishonmaydi, tuzuk desa, erta bahorda Shorquduqqa ketib, poca ikki hafta osha yoqda qolgani rost. «Sattorqulning xotini tugibdi», degan edi. Bunisini Polvonning ozi ham bilardi. Shorquduqqa borganida bildillab qarshi oladigan tojik qiz Sattorqulning xotini keyingi safar undan tortinibroq turgan edi. Ochoqning boshidan beri kelmagan. Ozi oriqqina, shundan, qorni battar doppayib koringan edi. Uning-ku boshagani rost, lekin Xadichaning osha yerda bunchalik qadalib qolganiga nima deysan?.. Uyga qaytib, xotinini burovga oldi. Xadicha qasam ichdi, qizini, enasini, xudoning ozini guvoh qildi. Lekin Polvon ishonmadi. Ishonay dedi-yu, kongilda tugun qolarini sezdi. Kayfi bor edi, chekayotgan azobi bol tuyuldi xotiniga ishonmadi. Bir kuni azonda podani cholga haydab keta turib, Òoshgazaning sol betida qirgiydek qoqqayib otirgan Nazar Maxsumni kordi. Hayron boldi: «Maxsum-ku ozidan tinchigan odam, choshgohdan oldin qorasini korsatmaydi bugun bunday otiribdi? «Qichqirib salom berdi. Sorashay desa uzoq, salomini kifoya bilib, yana podaga andormon boldi, haydayverdi. 33 Adabiyot, III 514 Bir vaqt Nazar Maxsum kulrang toyxarida orqadan yetib keldi va yonma-yon ketaverdi. Nevaramning toyiga bir kelasiz-da, Polvonboy, dedi y. Ozingiz kelib bir davra qursangiz. Odam yuboraman. Kop qatori borarman, dedi Polvon. Lekin Maxsum buva, ozingiz bilasiz, men olishadigan polvon bolmasam, otamning qoyib ketgan oti... Olishmasangiz ham bir keling, dedi Nazar Maxsum. Nevaramning toyini bir koring. Yaxshi yigit, boshqalarning bolasiga oxshamaydi, asli palagi toza-da, Polvonboy. Usta Xoliyor vahima qilib yuribdi: «Muningiz bir Alpomish yigit, muni korpachaga qanday agnatamiz?», deydi... Osarqulni bilamiz, Maxsum buva, dedi Polvon. Òuzuk bola. E, past ketdingiz, tilla-ku, tilla! dedi Nazar Maxsum. Ozingiz qalaysiz, Polvonboy? Xotiningiz ketibdi, deb eshitib edim, shu gaplar rostmi? Ertaga qirq kun boladi, dedi Polvon. Chillasi chiqarkan-da, dedi Nazar Maxsum. Bekor qiðti, Polvonboy, sochi uzunlik qiðti, endi sizday yigitni topolmaydi. Òaloq-palogini aytdingizmi? Kozim qiymayapti, Maxsum buva. Aytsammi deyman-u, qurgur koz qiymaydi. Oychining oyi bitguncha, tavakkalchining ishi bitadi, dedi Nazar Maxsum. Shorquduq boryapman, agar talogini aytsangiz, men ozim opketardim. Dabdurustdan bolmas, deya mulohaza qildi Polvon. Buning bir xil qoidalari bolardi, shunday aytib yuborgan bilan...
Bolaveradi, dedi Nazar Maxsum. Endi, oylab otirasizmi, Polvonboy, magarkim, yuzingizga oyoq qoydimi, endi oylash yoq! Bu ozi bir chuvalgan savdo, talogini aytasiz- u shartta qirqasiz davosi shu! Polvon qanday «xop» deb yuborganini bilmay qoldi.
515 Bitta «xop» bilan ish bitmaydi, dedi Nazar Maxsum uning nodonligidan ranjib. «Òaloq qildim», deb ayting. Òaloq... dedi Polvon. Bolmaydi, qattiqroq, dedi Nazar Maxsum. Yana ikki marta ayting, qoidasi shu. Òaloq, taloq! Qahri qozib turgan edi, taloq aytib ham hovri bosilmadi. Alamidan orqaroqda borayotgan sigirning quymichiga gavron bilan tushirdi, keyin birdan kozlari tindi, boshashdi, yolgizoyoq yolning chetiga behol otirib qoldi... Bir zamon qarasa, sigirlar yoldan chiqib, lalmi yongichqaga oralab ketibdi. Nazar Maxsum ham olisda, xuddi yov quvganday ortga qarash yoq, toyxarini qichab boryapti. Polvon bir kasofatni sezgandek boldi, lalmi bedaga urib ketgan podani ham unutib, Nazar Maxsumning ortidan chopdi. Quvib yetib, yolini tosdi: Kimga moljal qilib boryapsiz, Maxsum buva? Moljalim yoq, Polvonboy, hech moljalim yoq, deya Nazar Maxsum taysalladi, kozlarini olib qochdi. Orolni aytganday bolishuvdi, lekin men konmadim, meniki bir savob... Savobingizning uyi kuysin, dedi Polvon. Vakolatimni qaytib bering! Ana, oling, Polvonboy, dedi Nazar Maxsum aqli shoshibroq. Ana, oling vakolatingizni, men bir savob ish, deb edim, mayli, ozingiz borib ayting. Moljalni xato olgan ekansiz, dedi Polvon. Qoyadigan xotinim yoq! Xop, xop, Polvonboy, bizniki tigiz emas, dedi Nazar Maxsum. Lekin siz ham bir oylang, hozir menga zugum qilyapsiz, ertaga oglim Sanaqulbek kelganda nima javob aytishingizniyam bir oylang. Orolga Sananing xotinini ob bering! dedi Polvon. Uyga qayting, Maxsum buva, Shorquduqqa keyinroq borasiz.
516 Nazar Maxsum itoat qildi toyxarini orqaga burdi. Polvon bedaga oralagan sigirlarni bir amallab toda qildi-yu, ovloq bir kamarga qamab, ozi Shorquduqqa jonadi. Darvoza ochiq ekan. Har gal bemalol kirib boraveradigan odam, bugun taqillatgani ham jurat qilmadi turaverdi. Xayriyat, hovlida Xadichaning ozi korindi, ajablandi, qolidagi choltoq supurgini tashlashni ham unutib tashqari chiqdi. Arazi tarqamagan chogi: salom bermadi, xuddi begonaday, kozlari yerda, ogzini romol bilan tosdi... Polvon achchiqlanmadi, qaytaga xorligi keldi, xotini oragan bir somlik gardi romol-u uning kir unnagan koylagi sabab boldimi yoki qolidagi choltoq supurgimi, ishqilib, unga betlab qaray olmadi, uyaldi, ozini nomard, noinsof sezdi. Obketay deb keluvdim, Xatcha, dedi sekin, ovozini ozi ham tanimay. Oldirib qoyasan, dedi Xadicha. Men-ku borarman, lekin sen tentak oldirib qoyasan. Shunday deb yigladi. Polvon unga joyaliroq gap topib berolmadi. «Rost, deb oyladi, bu borsa, yana jinim qozisa, yana soksam, ursam, xotin degan narsaning nima holi bor, oldirib qoyaman». Xadicha ichkari kirib, Chamanni yetaklab chiqdi. Qizcha qorqib qolgan ekan otaga qarab talpinmadi. Olmasang, manavi norasida odam bolganda tushunarsan, topisharsan, dedi xotin. Meni oz holimga qoy endi. Polvon birdan sergaklandi: Xadicha xotin boshi bilan boyadan beri sensirayotgan ekan. Sensirama, Xatcha, dedi u. Òoza tomiring suvga yetgan bolsayam sensiramay gapir! Xadicha shorlik tolib turgan ekanmi, battar ters keldi: Qolingdan kelganini qil! Bu gapni aytishga aytdi-yu, ortga tislandi. Polvon angrayib turib qoldi. Sen y yoqda odamga oxshab gapirarding, Xatcha, dedi u bir vaqt oziga kelib. Kimning darsini olding, nega munday gapirasan?
517 Xadicha indamay yerga qaradi. Ukasi Sattorqul darvoza orqasiga kelib bekingan ekan, shartta otilib chiqdi. Ket! dedi u kokragini kerib. Esing borida ket, bolmasa, yomon qilaman! Polvon uni taniyolmay qoldi. Yigitning kayfi buzuq, moylovining uchlarigacha titrab turibdi, indamasang, uradigan shashti bor. Polvon, bir kongli, gardaniga solay, deb oyladi, lekin shaytonga hay berdi: «Qoy, baravar bolib otirma, bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom, qoy, Polvon, ozingni bos! Orqasiga yurdi. Sattorqul izidan qolmadi. Ket! deb baqirdi u tagin. Qaytib shu kochada qorangni korsam, oyogingni urib sindiraman! Polvon bogilibroq kuldi. Ozining ne alfozda ketayotganini oyladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, boyniga musht tusharini kutgandek. Uyat, uyat, ne kunlarga qoyding, Xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, Xatcha?! Korgan birov nima deb oylaydi, enagar Xatcha?! Yer bilan bitta qilding-ku!.. Nomus zor chiqdi, chidolmadi, taqqa toxtadi. Sattorqul ham toxtasa durust edi, ammo y togri bostirib keldi, musht kotardi, lekin ulgurmadi, ozi zarbdan yerga agdarilib tushdi. Polvon uni bilagidan dast ushlab, siltab turgazib qoydi, lekin gap qotmadi, yoliga ketaverdi. Yegan mushti alam qilgan ekan. Sattorqul yarim yolda, adirdagi tuyaquduq yonida quvib yetdi. Yolgiz emas, qavatida yana ikki Ochshiq, biri Ahmad shayton, unisi yuqori labi kemtik, jikkakroq odam. Etik qonjiga qol yuborsa nomardlik boladi, gavron ham poda qamalgan qamarda qolgan bir ozi uchovini daf etarga holi kelmadi. Bir nafasda qollarini orqasiga qayirib boylashdi, Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling