Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50

Bu  safar,  kunduzi,  hovlida  yursam,  ravon  tomondan

qaldirg‘ochlarning bezovta chug‘urlashi eshitildi, yugurib ravon

oldiga bordim, ichkariga kirdim, ukam o‘sha yerda ekan — u

meni ko‘rdi-yu, rangi quv o‘chdi. Ikki qaldirg‘och dam shiftga

sapchib, dam pastga sho‘ng‘ib charx urib aylanar, na tashqariga

chiqar, na mixga qo‘nar edi.

— Nima bo‘ldi, nima qilding?! — deb so‘radim ukamdan.

Ukam  og‘ir  gunoh  ustida  qo‘lga  tushgan  odamdek  rangi

qum  o‘chdi.  Musht  qilib  olgan  kaftini  ochdi.  Qaradim.

Changalida  bir  siqim  olcha  danagi.  Yangigina  ajratib  olgan

ekan, changali qið-qizil qonga botgandek, danaklar qon ichida

turgandek edi..

— Ayt, nima qilding?! Hozir onamga...

— Aytma, — dedi ukam yolborib.

— Nima qilding?

— Danak otuvdim...

Ukamning  «qontalash»  changaliga  shapati  urdim,  danak

palosga sochildi.

— O‘lasan, qo‘ling qaltiroq bo‘lib qoladi!

Gapimni eshitib ukamning esxonasi chiqib ketdi. Qo‘li hoziroq

qaltiray boshlaydigandek qontalash kaftiga qo‘rqa-pusa angraydi.

— Òegmadi... — dedi burnini tortib.— Ikkitagina otuvdim...

— Kim qaldirg‘ochni o‘ldirsa, qo‘li qaltiroq bo‘lib qoladi.

Uyidan haydasa, battar bo‘ladi!.. Onam aytdilar...

Shunday dedim-u, hovli tomondan deraza yoniga kelib bizni

kuzatib  turgan  dadamga  ko‘zim  tushdi.  Ukamga  aytganlarim


543

dadamga yoqmaganini sezdim. Qo‘li qaltiroq «bo‘lishi»dan o‘takasi

yorilayozgan  ukam  dadamni  ko‘rib  ho‘ngrab  yubordi.  Kaftiga

yopishib qolgan bitta-yarimta olcha danaklari ham palosga sochildi.

— Bekorri beshtasini yebdi, onang!..

Dadam shu qadar darg‘azab bo‘lib baqirdilarki!..

Qadriya  go‘yo  bu  gaplari  bilan  otasining  sha’nini  bulg‘ab

qo‘yishni istamagandek birdan xijolat tortdi, tilini tiydi.

— Keyinchalik, ancha esimni tanigachgina bildim. Dadamning

o‘sha  kunlari  siqilib,  xunob  bo‘lib  yurishlari  men  ukamga

aytganlarimga, qaldirg‘ochning uya qurishiga unchalik daxli yo‘q

ekan...  Amal-taqal  o‘tkazilgan  to‘y,  to‘ydan  keyingi  chiqimlar

dadamni anchagina urintirib qo‘ygan, oshkor aytishga oriyat yo‘l

qo‘ymaydi, oshkor qilmay desa, ilojsizlik... Men faqat bir narsani

– dadam shunday qiyinchiliklar alamini onamdan olishlarini sira-

sira tushunolmas edim...

Fozilbek o‘zi tanimagan-netmagan Qadriyaning otasini, uning

ahvol-ruhiyasini ko‘z o‘ngiga keltirishga harakat qildi. Xayolan

unga achindi. Va «xo‘sh, keyinchi?» deb juvonning og‘ziga qaradi.

Qadriya yigitga e’tibor qilmay, go‘yo o‘zi uchun ovoz chiqarib

xotirlayotganday hikoyasini davom ettirdi:

— Oshxona tomondan onam yugurib keldilar, dadamning

yonlarida  to‘xtamay:  «Ha,  tinchlikmi?»  degancha  ravonga

kirdilar. Bizni janjallashgan deb o‘yladilar shekilli, tanbeh bera

ketdilar:

— Hovliga chiqinglar! Qadriya, nima qið angrayib turibsan?!

Voy, vu-u, olcha danakni sen opkirdingmi?!

— Anovini yo‘qotlaring!!

Men  bilan  ukam  onamning  koyishlaridan  cho‘chib  turgan

edik, dadam shunday o‘shqirdilarki!.. Bizga qo‘shilib onam ham

cho‘chib tushdilar. Uch-to‘rt kundan beri arazlashib yurgan onam

birdan dadamga yuzlandilar va:

— Qaysini? — deb jon holatda shoshilib so‘radilar.

—  Anovini!..  —  Dadam  barmoqlarini  bigiz  qilib  shiftni

ko‘rsatdilar. — Haydab chiqarlaring!..


544

Men, dadamning avzoyini ko‘rib yig‘idan to‘xtagan ukam

hech narsani tushunolmay angrayib turaverdik. Dadamning fe’l-

xo‘yini  yaxshi  bilgan  onam,  o‘sha  topda  eng  ma’qul  yo‘lni

topdilar.

— Xo‘p, adasi! Xo‘p bo‘ladi.

Onam ovozlarini muloyimlashtirib shunday dedilar-u, so‘zsiz-

nesiz yelkamizga qoqib, bizlarni hovliga chiqishga undadilar.

«Xo‘p, adasi! Xo‘p bo‘ladi»... Onamning qo‘rquv va tahlika,

qattol qaysarlik oldidagi ojizlik va umid to‘la ovozlari hali-hanuz

qulog‘imdan ketmaydi...

Hammasi ertalab, tong saharda ma’lum bo‘ldi... Sandalning

yonida  yotgan  edim,  onamning  yig‘lashlarini  eshitib,  uyg‘onib

ketdim.  Ko‘zimni  ochdim-u,  gir  aylanib,  chug‘urlab  ravonni

boshiga ko‘tarib uchayotgan qaldirg‘ochni ko‘rdim. «Ukam tag‘in

danak otibdi-da!» degan o‘y keldi xayolimga. Unda, nega onam

yig‘layaptilar?! Yo‘q, ukam boshqa danak otmaslikka kecha ont

ichdi, u otmagan. Oqshom uyquga ketgunga qadar ukam bilan

ko‘rpa  chekkasidan  mo‘rala-ab  ros-sa  tomosha  qildik.

Qaldirg‘ochning  biri  mixga,  ikkinchisi  devori  endi  ko‘tarila

boshlagan uyaning chekkasiga qo‘ngan ikkovi boshini qanotlari

orasiga  tortib,  yonboshiga  salgina  qiyshaytirgancha  tosh  qotib

uxlar edi.

—  Fozil,  —  deb  so‘ragan  edi  bir  safar  Qadriya,  hikoya

aytishdan  to‘xtab.  —  Qaldirg‘ochni  erinmay  uzoq  kuzatgan-

misan?.. Uchayotganini emas, uyasida qo‘nib turganini?.. Biron

lahza tinim bilmaydigan, vijirlashdan charchamaydigan qushcha

qo‘nib  uxlayotganida  shu  qadar  muloyimlashadiki,  yuvvosh,

ma’sum, beozor tortadiki... bechoraga o‘xshab qoladi... Qanotining

sirti tim-m qora baxmal... kallasi qizg‘ish, taqir baxmal... tomog‘i

oppoq shoyi!.. Ko‘zlari qop-qora munchoq deysan!.. Òomosha

qilib  turib,  ilohiy  qushligiga  ishonib  qolasan...  Chindan  ham

shundaymikan, Fozil?..

—  Beozor,  bokira  jondorlarning  bari  ilohiy  bo‘ladilar,  —

dedi Fozilbek va shivirlab ilova qildi:


545

— Sen ham...

Qadriya yigitning iltifotiga e’tibor qilmay muddaoga qaytdi:

—  Xullas,  onamning  yig‘i  tovushlarini  eshitib  uyg‘ondim.

Hayron bo‘ldim. «Nega yig‘layaptilar?! Dadam qayerdalar?! Nega

onamga qaramayaptilar?» kabi savollar miyamga kelaverdi.

Shu  xayolda  o‘rnimdan  irg‘ib  turdim-u,  cho‘k  tushgancha

hovliga qarab qoldim. Ravon derazasining yonginasida dadam

uzu-un  tayoqni  ikki  qo‘llab  tutib  turibdilar.  Onam  ham  ikki

qo‘llab  dadamning  qo‘llaridagi  tayoqqa  yopishganlar.  Xuddi

talashib-tortishayotganga o‘xshadilar.

«Nahotki, dadam onamni shu-unday tayoq bilan kaltaklayotgan

bo‘lsalar?! Nima qilay?! Akalarim hovlining narigi burchagidagi

xonada tunashadi. Yugurib borib uyg‘otaymi?!»

— Yo‘limdan qoch! Chetga o‘t!

Onam dadamga quloq solmadilar. Yolbordilar:

— Jo-on adasi, umringizdan baraka toping. Òegmang!

— O‘t-t, deyapman!

Onam alam aralash yig‘lamsirab yana yolbordilar:

—  Mani  uraqoling,  adasi,  roziman.  o‘ldiring.  Faqat

qaddirg‘ochchi iniga tega ko‘rmang! Kasofati uradi, baraka top...

Onamning bu gaplari dadamni junbushga keltirgan g‘azab

oloviga sepilgan moydek ta’sir qildi.

— E, irim-siriming bilan qo‘shmozor bo‘l-a!.. «Yomon bo‘ladi

— kasofati uradi»dan boshqa narsaga yetmaydi, aqling!..

Dadam shunday deb tayoqni qattiq siltagan edilar, onamning

qo‘llari  buralib  yerga  cho‘kkalab  qoldilar.  Boshlaridagi  ro‘mol

yelkalaridan osilib tushdi. Sochlari to‘zg‘idi. Men dam onamga,

dam ravonda charx urib bezovta aylanayotgan uch-to‘rt qaldirg‘o-

chga angrayib, yig‘lab yubordim. Onam qad rostlab ulgurmay

otamga iltijo qildilar:

— Ostiga taxta qoqtiraman, iflos qilmaydi.

— Foydasi yo‘q!

— Iflosini o‘zim tozalayman!..

— Uyni emas, miyangni iflos qiladi bular, manavi miyangni!..

35 – Adabiyot, III



546

Dadam shunday deb g‘azab bilan onamning boshlariga nuqdilar.

— E, irimni bilgan!..

Onam birdan yig‘ini, yalinib-yolborishni bas qildilar. Jiddiy

tortib, dadamni ko‘ndirishning boshqa yo‘liga ko‘chdilar:

— Mayli, irimga ishonmasangiz, qizingizni o‘ylang!.. Zulfining

baxtiga zo...

Dadam  onamning  gaplarini  ochiqdan-ochiq  mazax  qilib

kuldilar.

— E, odammi o‘lgani yaxshi! Har narsa bo‘gani yaxshi-ya!..

Zulfiyaning oilasiga nima daxli bor, bu qushning?!

Onam ham o‘z bilganlaridan qolmadilar.

— Beozor qush, qarg‘ishi yomon bo‘ladi, axir... Niyatingiz

shunday ekan, nega uch kun qo‘nib turganida haydamadingiz?

Dadam javob qaytarmadilar. Onam so‘zlarim kor qildi deb

o‘yladilar chog‘i, sal shashtlaridan tushdilar.

— O‘sha qo‘ngan kunlari haydasak... bezovta qilsak ham

mayli edi, baraka topgur... Endi bo‘lar ish bo‘ldi, baraka topgur.

Rozi bo‘la qoling, adasi...

Bir oz hovurdan tushgan, sal bo‘lsa-da, xotirjam tortgan onam

ro‘molni olib boshlariga o‘radilar. Men cho‘k tushgan ko‘yi yig‘idan

to‘xtagan,  biroq  «qimir»  etmay  nega  qaldirg‘ochlar  olamni

boshlariga ko‘tarib gir-gir aylanayotganini tushunolmay turaverdim.

Keyin bilsam, bu, qaldirg‘ochlarning faryodi ekan...

— Ha-ha, «bo‘lar ish bo‘ldi», — dedilar dadam zaharxanda

tovushda,  keyin  qo‘llaridagi  tayoqni  daraxt  ostiga  taraqlatib

uloqtirdilar. — Ko‘chirib tashladim...

... Dadamning gapini onam dabdurustdan tushunib yetmadilar,

birdan hushyor tortdilar-u, lahza sayin anglay boshladilar: onamning

yuzlari qiyshayib ketdi... onam rahmatli sutga chayilganday oppoq,

nihoyatda xushro‘y ayol edilar... vujud-vujudlaridan toshib chiqqan

qandaydir ko‘rinmas bir kuch onamning yuzlarini g‘ijim-g‘ijim

qilib tashlagandek bo‘ldi!

Onam shu qadar jon holatda oldinga tashlandilarki, o‘zlarini

to‘xtata olmay, ko‘ksilari bilan ravon derazasi raxiga zarb bilan


547

urildilar,  shunda  ham  to‘xtamay  boshlarini  ichkariga  suqib,

bo‘ynilarini  cho‘zib  —  butun  vujudlari  ko‘zga  aylanib,

qaldirg‘ochning  uyasi  tomon  qarashga  intildilar.  Yo‘rgakdagi

bolajoni yotgan uyga o‘t ketganini ko‘rgan onaizorgina shundayin

telba ahvolga tushishi mumkin... Men ham shundagina uya tomon

qaradim. Qaradim-u:

— Voy-y! — deb qichqirgancha ikkala kaftimni og‘zimga

bosdim.

Onam  dahlizga,  dahlizdan  ravonga  o‘qday  otilib  kirdilar.



O‘sha topda onam sho‘rlik ko‘zdan qolgan odamday harakat

qilayotgan edilar. Bo‘lmasa, hovlida turgan joylaridan ko‘zga

tashlanib qolgan uyani ostiga borib tursalar ham ko‘rmadilar,

chunki... onam uya qurila boshlangan joyga sinchiklab, ko‘zlariga

ishonmay  qayta-qayta  qaradilar  va  to‘satdan  sapchib  orqaga

tislandilar — oyoqlarining ostiga engashdilar. Engashib... piyola

sinig‘iga o‘xshab ikki bo‘lak bo‘lib yotgan qaldirg‘och uyasini

ikki  qo‘llab  ko‘tardilar.  Hamon  ishonqiramay  ko‘zlariga

yaqinlashtirdilar.

Onam  gapirolmay  qoldilar,  yo‘q,  gapirayotgan  ekanlar-u,

ovozlari chiqmayotgan ekan. Birdan, oyoqlari majolsizlanib devorga

suyandilar,  kaftlarida  turgan  uya  qoldig‘ini  ko‘rsatib  oldinga

cho‘zgancha  boshlari  barobar  ko‘tardilar.  Onam  sho‘rlik

qaldirg‘ochlar uya qoldig‘ini olib yana joyiga yopishtirib qo‘yadi

degan so‘nggi ilinjda shunday qildilar. Qaldirg‘ochlar esa uvvos

solib, yanada shiddat bilan chir aylanishga tushdi — «g‘uvv»

etib derazadan hovliga chiqib g‘oyib bo‘lar, zumda qaytib kirar,

shiftga, devorga urilib ketay-ketay der, toshdek sho‘ng‘ir, yana

sapchib ko‘tarilar, shu asnoda bu beozor qushlar onamning zor

qaqshab qilayotgan tavallosini anglayotgan edimi-yo‘qmi, yolg‘iz

Yaratganga ayon edi.

—  Sho‘rim!..  Sho‘rim  quridi!..  Sho‘rim  qurib  qoldi...  —

Onam  yana  nimalardir  dedilar-u,  ovozlari  chiqmadi,  ranglari

dokaday oqarib devorga suyangancha orqalari bilan sirg‘alib tushib,

hushdan ketdilar...


548

Dadamning:  «Suv  opke!»  degan  tovushlari  keldi  hovlidan.

Umid akam piyolada suv ko‘tarib ravonda qanday va qachon

paydo bo‘lganlarini sezmay qoldim. Akam onamning yuzlariga

suv purkadilar, onam sapchib tushdilar...

Qadriya jim bo‘lib, o‘yga cho‘mdi. Aftidan u xotira-hikoyasining

muhim joyini unutib qoldirgandek diqqatini yanayam jamlashga

urindi va ovozini boyagidan picha ko‘tarib davom etdi:

—  Ishonasanmi,  Fozil,  onam  hushdan  ketgan  zahoti

qaldirg‘ochlar ravonni tark etdilar, bir-birini quvib, biri-biridan

o‘zib hovlida chug‘urlashib, bezovta aylanaverishdi, hatto, ravon

derazasiga  qadar  yaqinlashib  uchib  o‘taverishdi  hamki,  lekin

ularning birortasi ravonga yo‘lamadi.

Onam  tezda  hushlariga  keldilar.  Janjal  kattalashadi  degan

xavotirda  yuragamni  changalladim.  Biroq  onam  «churq»  etib

og‘iz ochmadilar. Ko‘zlari nursiz, ranglari devor, o‘zlari suratdek,

behol-bemajol  turib  qoldilar.  Akam  onamni  ichkari  xonaga

yetakladilar — onam so‘zsiz, qadamlarini surgab akamga itoat

qildilar.

Birdan uy ichimiz, hovli sahni suv quygandek sukunat og‘ushiga

botdi.

Ichkaridan Umid akamning onamni yupatish uchun aytayotgan



gap-so‘zlari uzuq-yuluq eshitildi. Onamga shunaqayam achinib,

bilasanmi, Fozil... He-ech kimga aytmagin-u, o‘sha topda dadam

dunyoda e-eng toshbag‘ir insondek tuyuldilar... Shunda... hovlida,

tok  so‘risi  yonida  yer  chizib  turib  qolgan  dadamga  qaradim.

Onamning himoyasi uchun dadamga biror gap aytib yubormoqchi

bo‘ldim  shekilli,  dadamning  biz  tomon  o‘girilishlarini  kutdim.

Shunda, dadamning tok zangini siqimlab tutgan qo‘llariga ko‘zim

tushdi. Zangni azbaroyi qattiq siqimladilarki, zangning qurigan

po‘sti uvalanib-uqalanib yerga to‘kildi... va birdan dadamga qattiq

achinib, ichim achishdi...

Qadriyaning oydek chiroyi necha bor qizarib, necha bor oqardi.

Ko‘zi yoshlandi. Ortiq gapirolmadi. Fozilbekka qolsa, Qadriyaning

hikoyasi  sira  tugamasa,  u  gapiraversa-gapiraversa,  Fozilbek


549

qadriyadan ko‘z uzmasa, uning har bir so‘zini vujudi quloqqa

aylanib tinglasa...

—  Otangga  achindingmi?  —  uni  qiyin  vaziyatdan  xalos

etish niyatida so‘radi Fozilbek.

— Yuragim uvishib ketdi!.. — dedi Qadriya.

— Hozirgina dunyoda e-eng bag‘ritosh odam bo‘lib tuyulgan

edilar-ku?

— Avval achinding, keyin yaxshi ko‘rib ketdingmi?

— Ikkalovlariga achindim...,

— Qanday qilib? — so‘radi jilmayib Fozilbek.

— Chunki, orada dadam ham, onam ham tushunmayotgan,

tushunsalar-da, izohlab bera olishmayotgan nimadir bor edi...

— Qanday nimadir?.. Keyin topdinglarmi o‘sha nimadirni?

—  Mengina  emas,  oila  a’zolarimiz  —  hammamiz  iqror

bo‘ladigan hodisa yuz berdi.

— Qanday hodisa?!

— Uch oy o‘tar-o‘tmas Zulfiya opam oilasi buzilib, uyimizga

qaytib keldi...

1995


550

 ERKIN A’ZAMOV

KO‘K ESHIK

Hikoya


Òanishimizning ijara uyiga aylanma zinadan chiqilar ekan...

Oynaband ravoncha, keyin devorlariga rasm solingan serhasham

xona. Ungurda sakrab yurgan hurkak ohu bolalari tasviri Hamidga,

ayniqsa, ma’qul tushdi: qishlog‘imizni, uni qurshagan tog‘larni

eslatgan bo‘lsa kerak.

Darvoqe, gap devordagi bezakdami? U holda biz yashaydigan

xona  devorlarini  tog‘  ungurida  o‘ynab  yurgan  ohular  emas,

seryomg‘ir kelgan bulturgi bahorning tomdan sizib o‘tgan chakka

dog‘lari «bezagan». Yagona derazasi tirqishlarida chilla shamoli

bemalol daydigan, ilituvsiz bu uyda Hamid ikkimiz galma-gal

tumovlab turamiz. Mana, gap nimada!

Borgan joyimiz dardimizni yangiladi. Mezbon tinmay dam

sharoiti: elektr, gaz, suvini aytib g‘ururlansa, dam uy egasining

odamoxunligini maqtardi. Biz uning omadiga — xo‘jayin, elektr,

gaz, suviga tahsin o‘qib, Hamidning ta’biricha, «saroyimiz»ga

qaytarkanmiz, o‘yga toldik.

Boshqa joy topish kerak!

···


Darvozadan  kirganda  tomiga  qora  qog‘oz  yopilgan

ko‘rimsizgina ikki uy, bir dahlizga ko‘z tushadi. Zax bosgan,

qorong‘i  dahlizdan  chapdagi  xonada  kampir,  o‘ngdagisida  biz


551

turamiz. (Nachora, ayb o‘zimizda — yotoqxona shovqini malol

keldi). Shifti Hamidning pakana bo‘yiga moslangandek pastak

bu  xona  ikki  kishi  uchun  chinakamiga  «saroy»:  buklama

karavotlarimiz va ustiga kitob qalangan siniq stolni hisoblamasa,

unda hech vaqo yo‘q.

Òorgina bu hovlida kampir yolg‘iz, faqirona kun kechiradi.

Qo‘shnisiga  tushgan  qizi  oilasi  bilan  andarmon,  qo‘li  tekkan

mahaldagina kirib turadi. Bizdan tashqari, hovli to‘rida, tut tagidagi

bostirmasimon  hujrada  istiqomat  qiladigan  Bo‘riboy  akaning

derazaga qaray-qaray negadir xavotirlanib gapirishicha, kampirning

qizidan keyingi yagona o‘g‘li daydi chiqqan, onasiga qarashmay,

xabar ham olmay qo‘ygan; harbiydan qaytgach, bir beva ayolga

uylanib allaqayerda yasharmish.

— Ba’zan ichib kelib qoladi. Ana keyin ko‘rasiz tomoshani,

— deydi Bo‘riboy aka pichirlab.

···

Òushdan  keyin  o‘qiyman.  Kechqurun  sovuqda  junjikib



qaytaman. Hamid yo kampirning uyni zo‘rg‘a ilituvchi cho‘yan

pechi oldida gap sotib o‘tirgan, yoxud Bo‘riboy akanikida xalqaro

ahvoldan  masala  talashayotgan  bo‘ladi.  Karavotga  cho‘zilib

oyog‘imni ko‘rpaga o‘rayman-da, kitob o‘qishga tutinaman. So‘ng

sovuqdan hushim kelmay kitobni qo‘yib, kampirning xonasiga

bosh suqaman.

— Voy bolam-ey, ko‘karib ketibsan-a! Kir-kir... Qachon

kelding?  Man  xavotir  olib  o‘tiribmanku,  bu  izg‘irinda

bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. O‘lgur sovuq ham...

Mayli, hademay issiq kunlar kep qolar. Bo‘riboy aytayotuvdi.

Gazetada yozganmish. O‘qishinglarni bitirib, hali bir odam

bo‘lasanlarki, hammasi unutilib ketadi. Sani, Hamid bolamni

uylariga  borib  bir  davron  surishim  bor.  Umidim  katta

sanlardan, ha-ha!..

Chindan  ham  kampirning  bizga  ishonch-ixlosi  zo‘r,

kelajagimizdan ko‘p narsa kutadi. U, ayniqsa, Hamid bilan soz.



552

Uning sho‘x-sho‘x hazillaridan boshini orqaga tashlagancha miriqib-

miriqib kuladi.

— Oyi, shu-u, bo‘yga yetgan qizingiz bo‘lmagani chatoqda,

— deydi Hamid menga ko‘z qisib.

—  O‘zim  ham  shunga  achinaman.  Bo‘lganida  sandan

boshqaga bermasdim-a, attang! — deb astoydil kuyunadi kampir.

— Hay, parvo qilma, bolam, sani o‘zim uylantiraman, ko‘rasan.

Ko‘z ostiga olib yurganim bor. Qo‘shnilardan. Bir nozaninki,

sochi taqimiga tushadi.

— O‘shani tezroq olib bermasangiz, sochini qirqtirib qo‘yadi,

oyi. Hozir shunaqa.

— Sho‘x bo‘lmay ket-a, bolam...

Bo‘riboy akaning hujrasiga o‘taman. O‘ttizlarni qoralagan bu

odam  qo‘shni  kampirning  o‘g‘li;  akasi  bilan  murosa  qilolmay

uyidan arazlab, shu yerda so‘qqabosh yashaydi. U birinchi kun

bizni sovuqqina qarshilab:

— Musofir ekansizlar, — dedi negadir parishon bir qiyofada.

— Mayli endi. Lekin kampirni ranjitish yo‘q—shart shu. O‘g‘li

tufayli ko‘ngli yarim o‘zi. Ammo-lekin tilla kampir-da. Mana,

o‘zimiz ham...

Uzoq kirish so‘zidan keyin u «Vokrug sveta» jurnalini o‘qish-

o‘qimasligimizni so‘radi. Hamidning mujmalroq javobini eshitgach:

— O‘qib turish kerak, — dedi.— Ammo-lekin shu jurnalda

gap ko‘p. Mana, o‘zimiz ham...

Uning katalakdek hujrasi gazeta-jurnalga to‘la. Zax taxmonning

tepasigacha sonma-son «Vokrug sveta» taxlangan. Ba’zan tongga

qadar hujrada chiroq miltillab turadi: Bo‘riboy aka o‘ninchi lampa

yorug‘ida  boshini  qashlab,  qo‘lida  qizil  qalam,  gazeta  titadi.

Yurganda  ham  uning  qo‘lidan  gazeta  tushmaydi,  qo‘ltig‘ida,

albatta, jurnal bo‘ladi. O‘zi qurilishda oddiy ishchi-yu, hamisha

oq  ko‘ylak,  bo‘yinbog‘,  shlyapada  yurishi,  muomalasi  ziyoli

kishilarni eslatadi.

U  goho  ichib  kelib,  hovlini  boshiga  ko‘targudek  o‘kirib

yig‘laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas-bir kun uni fosh


553

qilajagini  aytadi,  bo‘ralab  so‘kadi.  Keyin  ishkom  tagidagi

chorpoyaga o‘tirgancha hasratga tushadi.

— Men baxtimni yo‘qotganman, ukalar, — deydi bizga. —

Musofirsizlar.  Ammo-lekin  musofirchilik  yomon  narsa.  Mana,

o‘zim ham... Baxtimni tortib oldi. Nomardlar! Men hali ularga

ko‘rsatib  qo‘yaman! Ha! Ilmiy ishlarim qolib ketdi...

Uni  kampir  onasidan  o‘zga  hech  kim  tinchitolmaydi  ham,

ovutolmaydi ham.

— Hi, Bo‘rivoy, tag‘in nima bo‘ldi sanga?— deya darvozadan

munkillab kiradi kampir.

Bo‘riboy  aka  goh  onasining  bo‘yniga  yosh  boladek  osilib

oladi, goh uni yerdan dast ko‘taradi.

— Oyijon, oyijonimsiz!— deydi u qayta hiqillashga tushib.—

Ilmiy ishlarim bitsin hali, men sizni boshlarimga ko‘taraman, ha,

xuddi osmonga! Nomardlar-r! Òortib oldi-ya, oyijon...

Eshitishimizcha, bu devonatabiat odamni tole qisgan, suygani

kuydirib  ketgan  ekan.  «Ilmiy  ish»  degani  esa  bir  paytlardagi

orzusi bo‘lsa kerak. U mudom nimadandir xunob, nimadandir

shikasta. Nimadanligini biz ham bilmaymiz, o‘zi ham.

Gazetaga  ishqibozligim  uchunmi,  Bo‘riboy  aka  menga

boshqacha qaraydi. U meni ehtirom bilan qarshi olarkan, Hamid

o‘rnidan turadi.

— Ha, mulla? — deydi Hamidga. — O‘tiring endi. Mana,

bu yoqqa keling, boyagi masalani hal qilamiz.

— Rahmat, — deb hafsalasiz jilmayadi Hamid. — Ilmiy

ishni tugatish kerak. Ertaga kengashda muhokamasi...

U chiqib ketgach, Bo‘riboy aka maxfiy sirni ochayotgandek,

derazaga qarab pichirlaydi:

— Sherigingiz tupoy ekan-ku? Daniyaning qirolichasi kimligini

bilmaydi-ya! Oliy maktabda o‘qiy turib... Ha-a, bu, Kambodja

masalasini eshitdingizmi?

Kosada ovqat ko‘targan onasi kiradi-yu siyosat chetda qoladi.

Kelsam, «tupoy» ilmiy ishi — seminarga tayyorgarlik ko‘rib,

allaqachon to‘shakka kiribdi.


554

— Seni, tupoy ekan, dedi.

— Kulgim qistaydi.

— Kim? Musofirmi? (Hamid Bo‘riboy akaga shunday deb

laqab qo‘ygan). — U qiziqsingancha yostiqqa yonboshlab oladi.—

Hi!  O‘ziyam  mendan  qolishmaydi.  Ilmiy  ish  emish!  Uylanish

taraddudida  yuribdi.  Òopganmish  bittasini.  Kvartira  berishibdi.

Yaqinda ko‘chmoqchi bu yerdan — mana, senga ilmiy ish! Qarasam,

allaqaydagi savollar bilan boshimni qotiryapti, «Bor-e», dedim. E,

buyam o‘zimizga o‘xshagan bir afandi-da. Sho‘rlik musofir!

Kampirning: «Uy sovuqlik qilayotgan bo‘lsa, mani yonimga,

bu yoqqa o‘ta qolinglar, harna issiqroq», degan gapini Hamidga

aytaman.

—  Qo‘ysang-chi,  —  deydi  u  ko‘rpani  yuziga  tortib.  —


Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling