Ikkinchi trimestrda
Ikkinchi trimesterdagi homiladorlikning uzilishi 15 foizigacha bachadon porogi, bachadondagi neoplazma (mioma) yoki bachadon bo’yni muammolari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ushbu holatlar shuningdek muddatidan oldin tug’ruqqa olib kelishi ham ehtimollidir.
Bir tadqiqot natijalariga ko’ra, homiladorlikning ikkinchi trimesterdagi uzilishlarning 19 foizi kindik muammolari bilan bog’liq. Yo’ldosh bilan bog’liq muammolar esa kech muddatlarda homila tushishi sabablarining katta ulushini egallaydi.
Umumiy xavf omillari
Homilador ayolning yoshi (45 yoshdan keyin bu ehtimollik deyarli 75% ga teng);
Ko’p homilali homiladorlik;
Dekompensatsiya bosqichidagi (nazoratsiz) qandli diabet kasalligi;
Polikistoz tuxumdonlar sindromi;
Arterial bosimning ortishi (preeklampsiya);
Og’ir gipotireoz;
Ayrim infektsion kasalliklar: qizamiq, qizilcha, xlamidioz va boshqalar;
Chekish (otaning chekishi ham);
Giyohvand moddalarga qaramlik;
Jismoniy jarohatlar, atrof-muhit toksinlarining ta’siri;
Urug’lantirish vaqtida BIS ishlatilganligi;
Spontan abortga olib kelishi mumkin bo’lgan paroksetin va venlafaksin kabi antidepressantlar qabul qilish.
Tashxis
Homila tushishini maxsus ultratovushli uskunalar yordamida aniqlash mumkin. Spontan abortning mikroskopik anomal belgilarini aniqlashda tasvirni ko’rish kerak. Mikroskopik deganda vorsinkalar, trofoblast, homilaning qismlari tushuniladi. Anomal xromosomalarni aniqlash uchun genetik testlarni o’tkazish ham mumkin. Morfologik tadqiqotlar roli spontan abortlardan olingan materialning morfologik o’zgarishlarini aniqlash va o’rganishdan iborat.
Homiladorlikning erta muddatlarida qon ketish mazkur patologiyaning eng ko’p uchraydigan belgisidir. Qon yo’qotish va / yoki og’riqlar mavjud bo’lsa, transvaginal ultratovush tekshiruvi o’tkaziladi. Agar ultratovush tekshiruvi bachadon ichida rivojlanayotgan bolaning hayotiyligini aniqlamasa, bachadondan tashqari homiladorlikni istisno qilish uchun muayyan tekshiruvlar o’tkazish kerak.
Davolash
Agar qon ketish kuchli bo’lmasa, shifokorga borish tavsiya etiladi, agar qon ketishi jiddiy bo’lsa, og’riqlar yoki isitma kuzatilsa, u holda shifokor bilan maslahatlashish shart hisoblanadi.
Chala abort, bo’sh xalta yoki muzlagan homiladorlik holatida uchta davolash usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |