Homila tushishi sabablari, alomatlari, davolash usullari, oldini olish


Download 0.66 Mb.
bet14/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#227817
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
homilador ayollarda xavfli belgilar

Asoratlari

  • Septik abort o’tkazilgan yoki chala abortdan qolgan to’qimalar zararlanganda paydo bo’ladi. Bachadon infektsiyasi infektsiyaning tarqalib ketishi (sepsis) xavfini tug’diradi va ayolning hayotiga jiddiy tahdid soladi;

  • Homiladorlikning davriy yo’qotilishi yoki takroran homila tushishi (shifokorlar buni odatiy abort deb atashadi ) — ketma-ket uch marta tushishga aytiladi. Agar bitta tushish bilan yakunlanadigan gestatsiyaning ulushi 15% bo’lsa, demak, spontan abortlar bir-biridan mustaqil ravishda sodir bo’ladi deb olinsa, ketma-ket ikki marta tushish ehtimoli 2,25%, uch marta tushishi esa 0,34% ni tashkil etadi. Biroq, bu hodisalar bir-biriga bog’liq va homiladorlikning davriy yo’qotish chastotasi 1% ni tashkil qiladi. Ikki marta homilasi tushgan ayollarning aksariyatida (85%) keyingi homiladorlik normal kechadi.

Oldini olish

Aksariyat hollarda bola tushishi tabiat qonuni sanaladi. Ona organizmni ushbu homilani ko’tarish kerak emasligini qay tarzda baholashini hech kim aniq bilmaydi. Ko’pchilik hollarda bu holatda ota-onaning aybi bo’lmaydi, bu achchiq bo’lsada, murakkab tanlanish mexanizmidir.



Hozirgi kunda homila tushishini oldini olishning hech qanday usuli yo’q. Shunga qaramay, ekspertlar uning sabablarini aniqlab olish keyingi homiladorliklarda u takrorlanishini oldini olishga yordam berishi mumkinligini ta’kidlashadi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling