Homila tushishi turlari Tasnifi


Download 186.59 Kb.
bet3/6
Sana15.02.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1201433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABORT

Psixologik alomatlar


Homila tushganidan keyin ayol jismonan tez tiklanishiga qaramasdan, psixologik reabilitatsiya uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ko’p narsa shaxsiy xususiyatlarga bog’liq: ba’zilarga «o’ziga kelishi» uchun bir necha oy yetarli bo’lsa, boshqalarga bir yildan ortiq vaqt kerak bo’ladi.
GHQ-12 (General Health Questionnaire, Umumiy Sog’liqni Saqlash So’rovnomasi) o’tkazgan so’rovnomada homiladorligi uzilgan ayollarga savol berilganda, ularning yarmidan ko’pi (55%) abortdan so’ng sezilarli darajada ruhiy buzilishga duch kelishgani aniqlangan: 25 foizida 3-oy davomida, 18 foizida 6 oygacha va 11 foizida bir yil davomida.
Yo’qotish hissi, boshqalarning tushunmasligi katta ahamiyatga ega. Homila tushishini boshdan kechirmagan kishilarning bu hissiyot bilan tanish bo’lganlarga hamdardlik qilishi qiyin. Spontan abort mavzusi ko’pincha muloqotda ochiq gapirilmaydi, chunki u juda og’riqli sanaladi. Bu ayolni o’zini boshqalardan ajralgandek his qilishiga olib kelishi mumkin.

Muddatiga qarab


Jismoniy belgilar muddatga qarab farq qiladi va quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • 6-haftagacha muddat mobaynida faqat kichik qon lahtalari bo’lishi mumkin, ehtimol, yengil tortishish va vaqti-vaqti bilan og’riq hamrohlik qiladi;

  • 6 dan 13-haftagacha bo’lgan muddatlarda 5 sm gacha uzunlikdagi qon lahtalari, homila qismlari kelishi kuzatilishi mumkin. Bu jarayon bir necha soatni talab qilishi, muntazam ravishda to’xtashi va davom etishi, bir necha kungacha cho’zilishi mumkin. Alomatlar keng farqlanib, ko’ngil aynishi va ich ketishi ham qayd qilinadi;

  • 13-haftadan boshlab homila bachadondan osongina chiqib ketishi mumkin, ammo yo’ldosh bachadonda to’liq yoki qisman qolishi ehtimoli mavjud, bu esa chala abortga olib keladi. Jismoniy alomatlar: qon ketishi, erta muddatlarda homila tushishini eslatadigan, biroq kuchliroq va tug’ruqdagiga yaqin bo’lgan tortishish va og’riqlar.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling