Homiladorlikda qandli diabet


Kaloriyaga ehtiyoj homiladorlikda qandli diabet holatida oʻzgaradimi?


Download 385.86 Kb.
bet8/20
Sana05.01.2022
Hajmi385.86 Kb.
#219148
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
qandli diabet

Kaloriyaga ehtiyoj homiladorlikda qandli diabet holatida oʻzgaradimi?

Inson yashashi, harakatda boʻlishi va mehnat qilishi uchun energiya sarflaydi. U bunday energiya bilan taʼminlanish uchun ovqat isteʼmol qiladi. 

Energiya moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladi. Uglevodlar (qand) va yogʻlar esa, energiyaning asosiy manbayi hisoblanadi. 

Homiladorlikda qandli diabet kasalligi bor ayollarga tarkibida oson oʻzlashtiriladigan uglevodlari boʻlmagan parhez buyuriladi. Bu parhezning quvvati homilador ayolning mavjud vazniga 30-35 kkal/kg hisoblanadi. 

Parhez ovqatlar tarkibidagi oqsil miqdori 2 g/kg.ga koʻtariladi va oʻrta hisobda sutkasiga 100-120 g.ni tashkil etadi: yogʻlar miqdori 1 g/kg.ni tashkil etib, oʻrta hisobda sutkasiga 50-70 g.ga teng boʻladi. 

Quvvatiga boʻlgan talabning qolgan qismi (50-60 foiz) murakkab uglevodlarga boy mahsulotlar hisobiga qoplanadi. Qabul qilinishi kerak boʻlgan uglevodlarning sof miqdori 200 g.dan kam boʻlmaydi.

Tana oqsillarni go‘sht, baliq, tuxum, yong‘oq, dukkaklilar, sut mahsulotlaridan oladi. Oqsillar homiladorlik davrida qon hajmi, ko‘krak bezi va bachadon to‘qimasini o‘stirishi zarur. Shuning uchun bularga ehtiyoj 1,5-2 barobar yuqori bo‘ladi.

Yod va temir

Oʻrta Osiyo tuproq va suvida yod tanqisligi mavjud hududlar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, qishloq aholisida temir tanqisligi anemiya (kamqonlik) koʻp uchrab turadi,  kamqonlik homiladorlik muddati oshgan sari jadallashadi. 

Ayollar organizmida yod va temir kabi muhim mikroelementlarning yetishmasligi qandli diabet bilan kechayotgan homiladorlikning ogʻir kechishiga, asab tizimi buzilgan bolalar tugʻilishiga olib keladi. 

Agar ushbu holatning oldini olish choralari koʻrilmasa, keyinchalik bolada aqlan zaiflik shakllanishi mumkin. Shuning uchun oilada homilador ayolning ovqatlanishiga alohida ahamiyat berish kerak. 



Oziq-ovqatlar oqsil hamda temir va vitaminlarga yetarli darajada boy boʻlishi kerak. Ovqatga faqat yodlangan tuz ishlatilishi lozim. 

Homilador ayollar shifokor koʻrsatmasiga koʻra yod preparatlarini ham qabul qilib turishlari kerak boʻladi, anemiyani davolashda esa, temirli preparatlar buyuriladi.

Bundan tashqari, homilangizning suyaklari baquvvat bo‘lib shakllanishida kalsiy juda muhimdir. Kalsiyga bo‘lgan bir kunlik ehtiyoj 1200 mg.ga teng.

Kalsiy va vitamin D ga ehtiyojni sut bilan to‘ldirish mumkin, sutga allergiyangiz bo‘lsa, boshqa choralar ko‘riladi.

Homiladorlik davrida vitaminlarga ehtiyoj juda baland boʻladi, ayniqsa, folat kislotasiga ehtiyoj 2 barobar ortadi. Shunga koʻra, parhezda shu vitaminga boy boʻlgan karam, jigar, loviya, apelsin, barcha gʻalla mahsulotlari boʻlgani maʼqul. Baʼzi hollarda shifokor tavsiyasiga koʻra ularning preparatlari ham qoʻllaniladi.

Vitamin tanqisligini bartaraf qilish maqsadida ularga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar bilan bir qatorda, shifokor tavsiyasiga ko‘ra butun homiladorlik davrida maxsus tayyorlangan polivitamin preparatlari qo‘llaniladi.

Vitaminlar va ularning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz ushbu maqolani oʻqing: Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot

Qandli diabet kasalligi bor bemorlar ko‘pincha qand o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanadilar (asparkam, saxarin va boshqalar). Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, bu mahsulotlar yo‘ldosh orqali homilaga o‘tarkan, shuning uchun ulardan gestatsion diabet davrida foydalanmagan ma’qul.

Shuningdek, barcha homilador ayollar uchun man etilgan chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zarali odatlar ham homiladorlikda qandli diabet bilan xastalangan ayollarga ham birdek taʼqiqlanadi.


Download 385.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling