“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Download 413.87 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi413.87 Kb.
#1580121
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri

Boshlovchi:


Aziz o‘quvchilar vitaminlarga boy o‘simliklar haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? (O‘quvchilar meva va sabzavotlarning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot beradilar).
Olxo‘ri - o‘zida ko‘p kislota va shakarni saqlashi sabab, uni quyidagi kasalliklardan aziyat chekuvchilarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Qandli diabet, Oshqozon kislotasining oshishi, Revmatizm. Olxo‘ri ozida ko‘pgina vitamin va minerallarni saqlab, ular quyidagilarga yordam beradi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, ishtaxani kuchaytiradi, ortiqcha xolesterindan tozalaydi.
Qovoq - vitaminlarni jamini o‘zida mujassam qilgan qovoq yuzlab kasalliklarga davo bo‘ladi, yana tarkibida A, E, B6, B12, Zn kabi vitaminlar mavjud bo‘lib ko‘z uchun
tengsiz foydali mahsulot. Qovoqni et qismi ishqorli moddalarga nihoyatda boy. Shu sababli uni yuqori kislotali gastrit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya qilamiz. Qovoqni xo‘p yesangiz, bu darddan tez xalos bo‘lishingiz aniq.
Pamidor - shu qadar foydali mahsulotki, unda serotonin manbai bo‘lib, xuddi shokaladdek u kayfiyatni ko‘taradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi, yurak- qon tomirlar faoliyatini va ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, tarkibida qand moddasi, turli xil vitaminlar, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir tuzlari bo‘lib, yurak xastaliklarini davolashda foyda beradi.
Anjir- dasturxonimiz ko‘rki sanalgan mevalardan biri anjir ham bir qator xastaliklarga davo ekan, tarkibida kalsiy miqdori ko‘pligi jihatdan apelsindan so‘ng turadi. Anjir astma yo‘tal va shamollashni davolashda tavsiya etiladi. Quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 va fitosterol kabi muhim yog‘ kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Gilos - mevasi o‘zining vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Vujudimizda kechuvchi moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahmiyatga ega bo‘lgan kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy minerallariga boy hisoblanadi. Bundan tashqari B6 vitaminlari, yod, ftor, xrom, kremniy, nikel, rux, marganes singari mikroelementlar, pektinlarni o‘zida saqlab, salomatligimizni mustahlamlshda ko‘maklashadi. Gilos buyrak va jigar faoliyatini yaxshilab, qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Karam - inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Uning tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar C, P, B, B2, PP, K, E va kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir elementlarining tuzlari bor. Karamning kechkisida ertagisidan ko‘ra C vitamini ko‘proq bo‘ladi va bu vitamin karam boshida 8 oygacha saqlanadi. Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, xolisistitdan, gastritdan forig‘ bo‘lish mumkin.

  1. Download 413.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling