“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Download 413.87 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi413.87 Kb.
#1580121
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri

Boshlovchi:


Aziz o‘quvchilar, shifobaxsh mevalar haqida nimalarni bilasiz? (Mevalarni tasviri tushirilgan bayramona libosda o‘quvchilar she’rlar aytishadi).
Yurtimiz sahovati tillarda doston Quyosh zar sochar har bog‘ ila bo‘ston. Mevalarning sharbati darmondir har vaqt
Hadya qilar bizlarga quvonch, kuch-quvvat!


Uzum


Donalarim marjoncha,
Bir boshim-naq bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman.
Kuzda yeb-yeb to‘yishar. Qishda osib qo‘yishar.
Boqar shod yosh-qarilar,
Maqtar xatto arilar.


O‘rik


O‘rikda qand, oqsil, ishqor dori bor, Totinmasang tanang unga bo‘lar zor, Kaliy tuzi, olma, limon, ishqorlar, Oz-oz yesang ketur tandin g‘uborlar. Yurak ishi kaliy tuzdan sozlanur,
O‘rikdanku tanang so‘g‘lom toblanur.


Anor


Boshimda oltin tojim, men mevalar shoximan, Inobatga olingiz, har bir aytgan hohishim?
Keling aziz do‘stlarim, fursat hayallamasin, O‘rnimizni chet ellik, meva egallamasin!

Yong‘oq


Zo‘ryong‘oq, zo‘r yong‘oq, Seni kimlar yer yong‘oq?
Po‘choqlaring temirmi, Sen menga gapir yong‘oq? Zoldirmisan, toshmisan?
Toshlarga yondoshmisan? Yo yong‘oqlar ichida
Eng Zo‘riga boshmisan?


Qovoq


Polizimda barg yozgan, Mittigina qovog‘im.
Pishganda kosam to‘lgan, Shiringina qovog‘im.
Yoqtiradi yosh-qari, Sevimlisan qovog‘im.
Manti, somsa, sho‘rvada, To‘yimlisan qovog‘im.

Mevalar


O‘rik, olma, shaftoli, Ayni yozda pishadi, Essa yozning shamoli, Yerga to‘p-to‘p tushadi. Bog‘im serhosil juda, Sharbat ichgan mevalar, Asalga yo‘qdir hojat, Qand, novvotga egalar.

Gilos


Men gilosman quloq sol, Rangim bolu, totim bol. Topsang qo‘shalog‘imni, Qulog‘ingga taqib ol.
(Topishmoqlarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar Dehqonbobo tomonidan bittadan meva bilan taqdirlanadilar).

  1. Download 413.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling