“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Download 413.87 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi413.87 Kb.
#1580121
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri

Boshlovchi:


Beshikdan sahroga uloqqan yo‘llar, Qilichmas ketmonga uzangan qo‘llar, Tuproqdan yaralgan rizqu tiriklik Ona allasidan boshlangan kuylar.
Belingga quvvat bo‘lay, dardingga darmon, Mehnat deya tug‘ilgan ey, bobodehqon.
  1. Boshlovchi:


Darhaqiqat, har bir qarich yeri oltinga teng serquyosh o‘lkamiz bag‘rida turli noz- ne’matlarni xalqiga beminnat yetkazib berayotgan bobodehqonlarimizga kuch-quvvat, tasannolar aytamiz!
  1. Boshlovchi:


Kuz fasli o‘zining go‘zalligi, jozibadorligi bilan birga mo‘l-ko‘l hosildorligi bilan ham boshqa fasllardan ajralib turadi. Yil davomida parvarish qilingan meva- sabzavotlarning ko‘pchiligi aynan shu faslda o‘z hosilini atrofga ko‘z-ko‘z qilgandek go‘yo.
  1. Boshlovchi:


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: Dehqon bu-hayotning baquvvat ustuni,tiriklikning mustahkam tayanchi!-deb bejizga aytmadilar.Dehqonning mehnati qanchalik sharafli,noni esa,qanchalik totli va shirinligini barchamiz yaxshi bilamiz.
  1. Boshlovchi:


Davraga bugungi bayramimizning aziz mehmoni Dehqonboboni taklif etamiz! (Davraga qo‘lida savat to‘la mevalar bilan Dehqonbobo kirib keladilar).
Dehqonbobo:
Salom,aziz bolajonlarim, Mehri qaynoq qaqajonlarim! Oydan go‘zal qizlarim, Azamat o‘g‘illarim!
Barchangizga “Hosil bayrami” muborak bo‘lsin! Aziz bolajonlarim sizlar uchun shirin-shakar mevalardan olib keldim. Sizlarning jo‘shqin shijoatingizdan, yonib turgan ko‘zlaringizdan aqlli, zukko o‘quvchi ekanligingiz ko‘rinib turibdi. Bizning yurtimiz shifobaxsh meva va sabzavotlarga boy diyor, shular haqida sizlardan bir tinglasak nima deysiz?
  1. Boshlovchi:


Albatta bobojon, bizning bolajonlarimiz bugungi bayram tadbiriga ajoyib sher va topishmoqlar, tez aytishlar tayyorlaganlar. Kechamizning mehmoni bo‘lib bunga o‘zingiz guvohi bo‘ling.

  1. Download 413.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling