“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Download 413.87 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi413.87 Kb.
#1580121
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri

Boshlovchi:


Endi bolajonlar, qanchalik topqir ekanligingizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak.

  1. Bargini uzma sut oqar, Pishsa ta’mi xush yoqar.

Qora, sariq, noksimon Qaysi meva, top No‘mon?

  1. Ertakning qahramoni, Polizimiz mehmoni, Yo‘talni quvib solar, Taomlardan joy olar, Berar biroz taxir ta’m Udir pahlavon...

  2. Dukkakli dondir o‘zi, Dalaning “puchiq qizi”. Palovga beradi ta’m, Totlidir bo‘tqasi ham.

Shoshilmasdan o‘ylab ayt Bu donning nomi...

  1. O‘zi qattiq, yumaloq, Sevadi barcha uni.

Sog‘liq uchun foydali Yeb tursangiz har kuni Ta’mi biroz taxirroq Bu meva nomi...

  1. Qip-qizilu, anormas, Cho‘g‘ga o‘xshar, yonolmas. Mo‘ralaydi egatdan,

Joy oladi savatdan.


  1. Boshlovchi:


Barakalla bolajonlar, keling endi tez aytish musobaqasini o‘tkazsak.

  1. Boqi bog‘ga boqdimi? Bog‘ Boqiga boqdimi?

  2. Sanjarning anjiri bor Sarvarning zanjiri bor.

3 Tez aytginu tez gapir, Tez aytganga bir patir.
Dehqonbobo: Zukko o‘g‘il-qizlarim barakalla, sizlarning topqirligingizdan juda ham hursand bo‘ldim. Mevalar va sabzavotlarning foydali xususiyatlari, qanday kasalliklarga davo ekanligi haqida juda ko‘p ma’lumotlarga ega ekansiz. Doim mana shunday topqir va hozirjavob o‘quvchi bo‘lishga intiling. Sizlarni yana bir bor o‘z sovg‘alarim bilan xushnud etay.
  1. Boshlovchi:


Rahmat, dehqonbobo! Hirmoningizga baraka, bilagingizga kuch-quvvat bersin! Mehnatingiz el ichra bo‘ldi qadrdon,
Ey aziz dehqonim bo‘ling sog‘- omon!



  1. Boshlovchi: Aziz o‘quvchilar, bugungi bayram dasturimizdan asosiy maqsad, sizlarda Vatanga va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat xis-tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, undagi ne’matlarni asrab-avaylashdir. Shunday ekan biz ham yurtimizning gullab, yashnashiga doim xissa qo‘shaylik!

E’tiboringiz uchun rahmat!




http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group



Download 413.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling