“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Download 413.87 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi413.87 Kb.
#1580121
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri



http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group





Muallif: Namangan viloyat Mingbuloq tumani xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 43 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Qaxorova Gulchexra


“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi


Maktab sahnasi gullar bilan bayramona bezatilgan, yurtimizning sarxil mevalaridan tayyorlangan dekorativ ko‘rgazmalar sahna ko‘rkiga - ko‘rk bag‘ishlamoqda. Yurtimizni madh etuvchi musiqa sadolari yangrab turibdi. Bayram dasturi boshlanishi e’lon qilindi. Go‘zal qizlar raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
  1. Boshlovchi:


Salomdan boshlanur hurmat –ehtirom, Salomdir dunyoda eng shirin kalom.
Ey aziz mehmonlar, dono ustozlar, Avvalo, sizlarga salom assalom!
  1. Boshlovchi:


Assalomu alaykum qalbi quyosh, mehri ummon, yuzlarida yaxshilikning nurlari taralib turgan, kelajagimizni o‘ylab tinmay bilim bergan fidoiy kasb egalari, shirinso‘z ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar! Har yili yurtimizda an’anaviy o‘tkaziladigan “Hosil bayrami”ga xush kelibsiz!
  1. Boshlovchi:


Tinch elning bog‘i gullaydi, deydi donishmandlarimiz. Shukrona aytamiz- vatanimiz tinch, yurtimiz obod. Shunday jannatmonand yurtimiz, betakror tabiatga ega ona zaminimizning turfa ne’matlaridan tashkil topgan, yarmarkani ochiq deb e’lon qilamiz!
  1. Boshlovchi:


Bilasizmi do‘stim, dunyo xalqlari bizning o‘lkamiz bilan tobora qiziqmoqda. Shuning uchun sayyohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini tomosha qilsak.

(Bir nechta chet ellik sayyohlar ovqatlangani “Milliy taomlar” deb nomlangan choyxonalardan biriga kiradilar. Boshida do‘ppi, belida atlas belbog‘, yengini shimargan o‘g‘il bolalar choynakda choy bilan kirib kelishadi. Iltifot bilan mehmonlarga choy quyib uzatishadi va qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, yana sahnaga ko‘tarilishadi. Shu chog‘ “Dilxiroj” musiqasi yangraydi. Ular raqsga tushadilar).

  1. Download 413.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling