“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri ssenariysi
Download 413.87 Kb.
|
“Hosil bayrami” tarbiyaviy tadbiri
Boshlovchi:Aziz o‘quvchilar, shifobaxsh mevalar haqida nimalarni bilasiz? (Mevalarni tasviri tushirilgan bayramona libosda o‘quvchilar she’rlar aytishadi). Yurtimiz sahovati tillarda doston Quyosh zar sochar har bog‘ ila bo‘ston. Mevalarning sharbati darmondir har vaqt Hadya qilar bizlarga quvonch, kuch-quvvat! UzumDonalarim marjoncha, Bir boshim-naq bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman. Kuzda yeb-yeb to‘yishar. Qishda osib qo‘yishar. Boqar shod yosh-qarilar, Maqtar xatto arilar. O‘rikO‘rikda qand, oqsil, ishqor dori bor, Totinmasang tanang unga bo‘lar zor, Kaliy tuzi, olma, limon, ishqorlar, Oz-oz yesang ketur tandin g‘uborlar. Yurak ishi kaliy tuzdan sozlanur, O‘rikdanku tanang so‘g‘lom toblanur. AnorBoshimda oltin tojim, men mevalar shoximan, Inobatga olingiz, har bir aytgan hohishim? Keling aziz do‘stlarim, fursat hayallamasin, O‘rnimizni chet ellik, meva egallamasin! Yong‘oqZo‘ryong‘oq, zo‘r yong‘oq, Seni kimlar yer yong‘oq? Po‘choqlaring temirmi, Sen menga gapir yong‘oq? Zoldirmisan, toshmisan? Toshlarga yondoshmisan? Yo yong‘oqlar ichida Eng Zo‘riga boshmisan? QovoqPolizimda barg yozgan, Mittigina qovog‘im. Pishganda kosam to‘lgan, Shiringina qovog‘im. Yoqtiradi yosh-qari, Sevimlisan qovog‘im. Manti, somsa, sho‘rvada, To‘yimlisan qovog‘im. MevalarO‘rik, olma, shaftoli, Ayni yozda pishadi, Essa yozning shamoli, Yerga to‘p-to‘p tushadi. Bog‘im serhosil juda, Sharbat ichgan mevalar, Asalga yo‘qdir hojat, Qand, novvotga egalar. GilosMen gilosman quloq sol, Rangim bolu, totim bol. Topsang qo‘shalog‘imni, Qulog‘ingga taqib ol. (Topishmoqlarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar Dehqonbobo tomonidan bittadan meva bilan taqdirlanadilar). Download 413.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling