Hozirga adabiy jarayon


Download 104.51 Kb.
bet4/13
Sana21.06.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1644751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adabiyot 1

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Roviy
Epik turning oʻziga xos xususiyatlari haqida gap borganda, avvalo, uning voqeabandlik xususiyati tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda boʻlayotgan voqea-hodisalar tasvirlanadi, oddiygina soʻz vositasida oʻquvchi koʻz oʻngida jonlanadigan toʻlaqonli badiiy voqelik yaratiladi. Oʻquvchi koʻz oʻngida reallikka oʻxshash, oʻzining tashqi koʻrinichi va shakli bilan jonlana olgani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni „plastik“ tasvirlangan deb yuritiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda „noplastik“ elementlar ham uchraydi. Ushbu elementlar muallif obrazini umumiy tasavvur qilishda qoʻl keladi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning oʻy-fikrlari, mushohadalari, ichki kechinmalari, tasviriy predmetga hissiy munosabatlari tushuniladi. Aytilganidek, noplastik elementlar plastik elementlardan farq qilib, oʻquvchi koʻz oʻngida jonlanmaydi. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yoʻlda yoziladi lekin nasriy yoʻlda yozilgan lirik asarlardan tubdan farq qiladi. Demak, asarning nasriy yoʻlda yozilganligi uning epik turga kirishiga asos boʻla olmaydi.
Epik asarda voqea- hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs „Roviy“ yoki „Hikoyachi“ deb yuritiladi. Epik asarda voqealar birinchi shaxs tilidan yoki uchinchi shaxs (muallif) tilidan ham aytilishi mumkin. Masalan, X.Toʻxtaboyevning „Sariq devni minib“, E.Aʼzamovning „Otoyining tugʻilgan yili“, Gʻafur Gʻulomning „Shum bola“ yoki „Yodgor“ kabi asarlarida rivoya birinchi shaxs yaʼni voqealarda bevosita ishtirok etayotgan personaj tilidan hikoya qilinadi.

  1. Epik turning qissa, povest va poema janrlarining qoida va qonunlarini sharhlang.

Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi qissa tushunchasi yoʻq.Nasrning romandan boshqa barcha janrlari „Novella“ termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (qissa) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan, „Qissai Sayfulmuluk“, „Qisasi Rabgʻuziy“ va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek qissasi rus adabiyotidagi „povest“ terminiga toʻgʻri keladi va asosan roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
Poema (musiqada) — 1) lirik-dramatik yoki lirik-hikoyaviy harak-terga ega hamda emotsional joʻshqinlik bilan sugorilgan erkin shakldagi musiqa asari. Odatda, fortepiano yoki skripka, violonchel kabi torli-kamonli cholgʻular uchun yaratiladi; 2) simfonik poema — muayyan mavzu (yoki syujet)ga asoslangan bir qismli simfonik asar. Simfonik uvertyura asosida F. List ijodida shakl topgan. R. Shtraus, P. Chaykovskiy, A. Skryabin, Ya. Sibelius va boshqa simfonik P.ning mumtoz namunalarini yaratgan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan D. Zokirov, M. Ashrafiy, Ikr. Akbarov, S.Yudakov, S. Boboyev, A. Kozlovskiy, M. Tojiyev va boshqa turli mavzularda, muayyan dasturli va erkin shakllarda P.lar ijod qilganlar. 20-asr uzbek musi-kasida P. yoki P. sifat asarlar koʻpligi — milliy badiiy meros, mushohadali musiqiyijodiy tafakkur, qolaversa oʻzigagina xos mentalitet bilan bogʻliq.

  1. Epikaning kichik janrlariga misollar to’plang. Yod oling.


Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling