Hozirgi kunda har qanday soha oʼziga xos ravishda rivojlanib bormoqda shu bilan birga ishlab chiqarish sanoatini ham bundan mustasni emas. Ishlab chiqarish borku u yerda albatta texnologik jarayon boʼladi
"NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari
Download 0.85 Mb.
|
DIPLOM ISHI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- "NKMK" AJning gidrometallurgiya zavodlari
- TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI
"NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri); - Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri); - Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri); - “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri); - Navoiy mashinasozlik zavodi (Navoiy shahri); - Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi (Navoiy shahri). "NKMK" AJning gidrometallurgiya zavodlari: 1-gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ) 2-gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ) 3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ) 4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ) 5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ) 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ) "NKMK" AJ respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega. Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI Qazib olingan ruda maxsus avtomobil (belaz samosval) yordamida bunker yonida joylashgan ruda omboriga olib kelinadi.Olib kelingan ruda bunker yonigacha kam miqdorda rudani tashiiy oladigan maxsus avtomobil (pogruzchik) yordamida tashish amalga oshiriladi va bunkerga tushiriladi,bunkerda ruda sathi oshib ketmasligi uchun sath o`lchovchi datchik orqali nazorat qilib turiladi.Ruda asosiy konveyer yo`liga tushishdan oldin bunker pastki chiqish yo`lida kata o`lchamli vertikal holatdan 450 gradus burchak ostigacha qayrila oladigan konveyer yo`li mavjud.Ushbu yo`l orqali rudalar asosiy konveyer yo`liga tushiriladi va undagi ruda miqdori sarf o`lchovchi datchik orqali nazorat qilinib konveyer ochib yopilishi rostlanib turiladi.Endilikda ruda asosiy konveyer yo`li orqali maydalagichga kelib tushguncha metal detektor orqali o`tadi.Chunki ruda bilan birga metal maydalagichga tushsa u ezilmay qolishi va shu bilan birga maydalagich ishida xatolikni olib kelishi mumkin.Maydalagichga kelib tushadigan rudalar ezilish jarayonida yerdan qazib olinganligi uchun changib ketmasligi uchun ruda kiradigan qismiga suv maxsus klapan bilan boshqariladigan quvurlarda keladi va maydalash jarayonidagi chang miqdoriga qarab suv kelib turadi undan tashqari maydalagichdagi ruda sathi ham nazorat qilinib turiladi.Maydalagich ichida amalga oshiriladigan jarayon davomida ezilgan ruda,qum,suv miqdori aralashmalari konsentratsiya va zichliklari spiral klassifikator yordamida nazorat qilinib qum va suv aralashmasini nasos yordamida so`rib olinadi va maydalanib bo`lgan chiqishida ham klapan orqali ro stlanadigan quvurda suv kelib turiladi.Maydalangan rudalar maydalagichdan ikkinchi konveyer yo`li orqali zavodga yetkaziladi. Maydalangan ruda orasida maydalagich tishlari ezilish vaqtida yaroqsiz holatga kelib tushib qolgan ehtimoli bo`lishi mumkin.Shuning uchun ikkinchi konveyer yo`liga ham metal detektor orqali nazorat qilinadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling