Hozirgi kunda har qanday soha oʼziga xos ravishda rivojlanib bormoqda shu bilan birga ishlab chiqarish sanoatini ham bundan mustasni emas. Ishlab chiqarish borku u yerda albatta texnologik jarayon boʼladi


Download 0.85 Mb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1613171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
DIPLOM ISHI 2


KIRISh
Hozirgi kunda har qanday soha oʼziga xos ravishda rivojlanib bormoqda shu bilan birga ishlab chiqarish sanoatini ham bundan mustasni emas. Ishlab chiqarish borku u yerda albatta texnologik jarayon boʼladi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish –uzluksiz rivojlanuvchi tizim boʼlib,u ishlab chiqarishning oʼziga xos xususiyatlari va fan texnikaning koʼpchilik sohalari bilan uzliksiz bogʼlangandir.Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti –asosiy va yoramchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Аyniqsa, oxirgi bir necha yillikda koʼplab yangi zavodlar, korxonalar (shu jumladan koʼplab qoʼshma korxonalar), fabrika va yana bir qanchcha turdagi ishlab chiqarish zonalari barpo etildi. Bu kabi ishlab chiqarish sohalarida albatta turli xildagi qurilma va jarayonlardan foydalaniladi. Bunda qurilmalar va ketma-ketlikdagi jarayonlar yigʼindisi mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda koʼzlangan maqsad hamda sifat koʼrsatkichlariga erishish imkonini beradi. Bu esa oʼz navbatida asosiy yutugʼimiz boʼlgan xavfsizlik va iqtisodiy masalalardagi muammolarimizni bir qancha yengillashtiradi. Mamlakat rivojlanishida bu kabi sanoat turlarining kopayishi katta ahamiyatga egadir. Bu masalada muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan ham katta eьtibor qaratilib, koʼplab tashshabbuskorliklar olib borilmoqda, jumladan Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga koʼra qabul qilingan “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha –harakatlar strategiyasi”ni IQTISODIYoTNI RIVOJLАNTIRISh VА LIBERАLLАShTIRIShNING USTUVOR YOʼNАLIShLАRI III bobining 2-bandida “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʼshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʼtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ” kerakligi keltirib oʼtilgan. Bu jumlalarda keyingi besh yillik, 2017-2021-yillarda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirib, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish, oʼzimizda mavjud xom ashyolardan yuqori sifat koʼrsatkichiga ega mahsulot va xizmatlarni tashkil etish nazarda tutilgan. Sanoatni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan puxta rejalar va uzoqni koʼra olishdek salohiyat asosida mavjud sanoat korxonalarining takomillashuvi va yangi zamonaviylarining ishga tushirilayotganligi hisobiga mamlakatimizda itqisodiy-ijtimoiy sohada ulkan yutuqlarga yerishilmoqda.Jumladan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir. Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. "NKMK" AJning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida NKMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling