Hozirgi kunda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur
BANK FAOLIYATIDA AVTOMATLASHTIRILGAN
Download 38.45 Kb.
|
hisobot praktika
BANK FAOLIYATIDA AVTOMATLASHTIRILGAN
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI 4.1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish muammolari va xususiyatlari Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimi (BAAT) mablag‘ kiritish va kredit berishning barcha shartlari bo‘yicha nazoratni ta’minlaydigan dasturiy texnologik majmuadan iborat. BAAT bank texnologiyalarining butun murakkabligini o‘zida aks åttirgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu iyerarxik tuzilishining murakkabligi, maqsadlarning ko‘pligi; stoxastik (åhtimollik) xarakterga åga jarayonlarni boshqarishni ta’minlashda ishning o‘zgaruvchanligi va ko‘p vazifalikka xos bo‘lgan xususiyatlaridan iborat dasturlar majmuasidir. Shuning uchun ham, mujassamlashgan BAATni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va mazmuniga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli omillar: bankning umumiy vazifalari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uning rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining xususiyatlarini; tizimning kutilgan arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo‘lgan vazifalarning tarkibini; kiruvchi va chiquvchi axborotlarning hajmi hamda kiruvchi hujjatlarning miqdorini; axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilishni talab ko‘zlaydi. Bunday tahlilning asosida bo‘lg‘usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi. Iqtisodiy axborot texnologiyalarining vazifaviy qismini loyi- halashtirish uning tashkiliy iqtisodiy obyektlarini avtomatlashtirishning butun tarixi davomida mavjud bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham muhim bo‘lgan muammolardan birini ajratish mezonini tanlash haqidagi strategik vazifani hal qilish bilan bog‘liqdir. Har qanday tizimning tarkibiy tuzilishi va vazifalarini o‘rganish uning tahlili va keyinchalik sintez qilinishiga asoslanadi. Murakkab tizimlarning nazariyasidan ma’lumki, har qanday tizimni har xil imkoniyatlarga åga bo‘lgan ba’zi bir tizimchalarga ajratish mumkin. Download 38.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling