«Qisqa muddatli davlat obligatsiya bozoridagi operatsiyalar»
majmuasi ro‘yxatga olishning mustaqil tizimi mavjud. Unda quyidagi
asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
— diler banki, uning mijozlari, bank filiallari uchun ularning
rekvizitlari, xizmat ko‘rsatish turlari, foizli stavkalari bilan depo
schyotlarini ochish;
— qimmatbaho qog‘ozlarning oldi-sotdisi, boshqa schyotlarga
o‘tkazish, qisqa muddatli davlat obligatsiyalarida ko‘zda tutilgan soliqlarni
hisoblab qo‘shish operatsiyalarining hisobi;
— savdolar natijalari bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlar foizini qayta
baholash, bank va uning mijozlari daromadlarining hisob-kitobi;
— buxgalteriya yozuvlari, operatsiyalar hisobining qayd daftari,
schyotlar bo‘yicha ko‘chirmalar, yig‘ma hisobotlarni shakllantirish;
— qimmatbaho qog‘ozlarning daromadliligini bir qator ko‘r-
satkichlar bo‘yicha tahlil qilish.
Fond texnologiyalarini avtomatlashtirish darajasi qimmatbaho
qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlari va
åhtiyojlari, bozorni rivojlanishini, uning huquqiy asoslari, xavf-xatar
92
darajasi, himoyalanganligi va samaradorligining ishonchi bilan belgi-
lanadi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ABTning ång keng tarqalgan
tizimchalari quyidagilardir: «Mijoz — Bank», plastik kartalar bilan
ishlash operatsiyalari.
«Inkomservis» firmasining «Mijoz — Bank» dasturiy-texnologik
majmuasi «bank» va «mijoz» modullaridan tashkil topgan, ular bankdagi
va mijozning tashkilotlaridagi kommunikatsion kompyuterga o‘rnatiladi.
Mijozga idoradan chiqmasdan turib andozaviy bank operatsiyalarini
o‘tkazish imkoniyatlari beriladi. Majmua, asosan, to‘lov hujjatlarini
jo‘natish va qabul qilish, schyotlar, buyurtmalar, qimmatbaho qog‘ozlar
bilan operatsiyalar asosida ko‘chirmalarni olish bo‘yicha va
ma’lumotnomaviy materialga ega bo‘lish uchun o‘zaro hamkorlik vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |