Mutaxassisning AIJ. Mutaxassis — bu ma’lum bir sohaning kasb
egasidir. Uning AIJ shunday bo‘lishi lozimki, u shaxsiy hamda
muassasaning MBdagi axborotlar asosida tahliliy ish bajarishi va
natijani biror hujjat sifatida taqdim etishi lozim.
Odatda, ma’lum bir ishni bajarishga ketgan vaqtning 40% uni
shakllantirishga ketadi.
Mutaxassisning kasbga yo‘naltirilganligi AIJning dasturiy va texnik
ta’minotiga bo‘lgan talabini belgilaydi:
— shaxsiy va umumiy (global) MB bilan ishlash imkoniyati;
— boshqa axborot manbalari bilan kommunikatsion muloqot qilish
imkoniyati;
— to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilinayotgan jarayonlarni
modellashtirish imkoniyati;
— tizimning yuqori darajadagi ko‘p funksiyaliligi va egiluvchanligini
ta’minlash.
Bu talablardan kelib chiqib, mutaxassisning AIJ ish va kasbiy
faoliyatlarni, qo‘lda bajariladigan ishlarni hamda kommunikatsiya
aloqalarini ta’minlovchi tizimchalardan iborat bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |