Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda
Yo’lning texnik ko’rsatkichlarini belgilash jadvali
Download 160,29 Kb.
|
4-toifa
- Bu sahifa navigatsiya:
- XARITADA BERILGAN A va B PUNKTLAR ORALIG’IDA TRASSA VARIANTLARINI O’TKAZIB, ULARNI TEXNIK – IQTISODIY TOMONDAN SOLISHTIRISH
Yo’lning texnik ko’rsatkichlarini belgilash jadvali
3-jadval
XARITADA BERILGAN A va B PUNKTLAR ORALIG’IDA TRASSA VARIANTLARINI O’TKAZIB, ULARNI TEXNIK – IQTISODIY TOMONDAN SOLISHTIRISH Yo`lni eng qisqa yo`nalish (berilgan nuqtalarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq) bo`yicha qurishga yer sirti relefi (tog`lar, jarliklar), suvli to’siqlar (botqoqliklar, ko`l, daryolar), qo`riqxonalar va boshqa to`siqlar to`sqinlik qiladi. Shuningdek, yo`llarni qishloq xo`jaligi uchun qimmatli xisoblangan unumdor yerlardan o`tkazish ham maqsadga muvofiq emas. Ayni bir vaqtda yo`llarni berilgan oraliq punktlar va shaharlarga tutash, daryolarni, temir yo`llarni va avtomobil yo`llarini kesib o`tish qulay bo`lgan joylar orqali o`tkazish zarurati tug`iladi. Burilish burchaklari hisobiga yo`lning uzayishi rivojlanish koeffitsiyenti yoki uzayish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi, ular yo`l haqiqiy uzunligining yo`l boshlang`ich va oxirgi punktlarini birlashtiruvchi, keyinchalik «havo yo`li» deb ataluvchi to`g`ri chiziqqa nisbatiga teng. Yo`lning joydagi geometrik chizig`ining xolati uning trassasi deb ataladi. Trassa to`siqlarni aylanib o`tishda, tepaliklarga ko`tarilishlarda va pastlikliklarga tushishida planda va bo`ylama profilda o`z yo`nalishini o`zgartirgani sababli u fazoviy chiziq xisoblanadi. Trassaning gorizontal tekislikka proyeksiyasining kichraytirilgan masshtabdagi grafik tasviri trassa plani deb ataladi. Yo`lning joydagi vaziyatini belgilaganda uning yo`nalishi dastavval siniq chiziq tarzida o`tkaziladi. Elementlari (aylanma egri va to`g`ri chiziqlar) keskin o`zgaradigan va ancha uzun bo`lgan bunday trassa tepalik sharoitlarda ravon shaklli bo`lmaydi, «notekis» tuyuladi, bu esa yo`l poyini ko`tarishda ish xajmlarining ortishiga olib keladi. Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, birinchi trassa variantlarining umumiy uzunligi 3525 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida goorizontal egrilarni loyihaladim. Buning uchun dastlab: Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda xar ikkala variantlar uchun to’g’rilar va egrilar jadvalini hisobladim va to’ldirip chiqdim. Eng oddiy holda yo`lni to`g`ri chiziqlar va aylana yoylari bilan o`tkazishda trassa yo`nalishining xar qaysi o`zgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak trassa yo`nalishining davomi bilan uning yangi yo`nalishi orasida o`lchanadi. Burilish burchaklari yo`l bo`ylab - trassa yo`nalishi bo`ylab ketma-ket nomerlab chiqiladi. Loyihalangan trassani joyda aniq belgilab chiqish mumkin bo`lsin uchun trassani dunyo tomonlariga nisbatan mo`ljallanadi. Buning uchun trassa to`g`ri chiziqli uchastkalarining rumblari xisoblab chiqiladi. Egrilarning quyidagi geometrik elementlari bor : α - burchak, R - radius, K- egri chiziq, T - tangens, B - bissektrisa. Egri chiziq elementlari o`zaro oddiy trigonometrik munosabatlar bilan bog`langan; Egrining boshini piketlash, PK EB= PK BU– T Egrining ohirini piketlash, PK EO = PK EB +E Tekshirish: PK EO = PK BU + T-D S1=BU, S2=TO-BU+D, P1=EB, P2=TO-EO Egri chiziqlarning uzunligini aniqlash va ularni joylarda rejalash qulay bo`lishi uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi. Birinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra : α=9000’ R = 2500 m; T = 196.75 m; E = 392.7 m; B =7.72 m; D = 0.8 m ga teng bo’ldi. EB =15+03 km ga ; EO = 18+95.9 km ga to’g’ri keldi. Burchak uchlari orasidagi masofa: S1 = 1700 m ga; S2 =1825.8 m ga; ∑ 3525.8 m ga teng bo’ldi. To’g’rining uzunligi: P1 = 1503.2 m ga; P2 =1629.06 m ga; ∑ 3132.26 m ga tengligini aniqlab, rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab topdim , Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni xaritaga tushirdim. Ikkinchi variant trassa o’q chizig’im uchun ham huddi yuqoridagidek ishlarni amalga oshirdim: Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, ikkinchi trassa variantlarining umumiy uzunligi 3875 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida goorizontal egrilarni loyihaladim. Buning uchun dastlab: Egrining boshini piketlash, PK EB= PK BU– T Egrining ohirini piketlash, PK EO = PK EB +E Tekshirish: PK EO = PK BU + T-D S1=BU, S2=TO-BU+D, P1=EB, P2=TO-EO Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda ikkinchi variant uchun ham to’g’rilar va egrilar jadvaini hisobladim va to’ldirip chiqdim. Ikkinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra: =230 R = 2500m; T = 508.62 m; E = 1003.5 m; B = 51.22m D = 13.62 m; ga teng bo’ldi. EB = 12+41.3 km ga; EO = 22+44.9 km ga to’g’ri keldi. Burchak uchlari orasidagi masofa: S1 = 1750 m ga ; S2 = 2188.6 m ga ; ∑3888.6m ga teng bo’ldi. To’g’rining uzunligi: P1 = 1241.3 m ga ; P2 = 1630.05 m ga; ∑ 2871.4 m ga tengligini aniqlab , rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab topdim, Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni xaritaga tushirdim. Birinchi va ikkinchi trassa variantlarimning o’zaro solishtirishim natijasida ikkinchi varyantda 3 ta afzalroq qulayliklar bo’lgani sababli qolgan barcha trassani o’tkazishdagi ishlarimni ikkinchi variant uchun olib borishga qaror qildim. Download 160,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling