Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “Bog


Download 70.21 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi70.21 Kb.
#1565533
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bqg



OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TILLAR” FAKULTETI

OZBEK TILI VA ADABIYOTI” KAFEDRASI


HOZIRGI OZBEK ADABIY TILI” FANIDAN


KURS ISHI
Mavzu: “Boglovchisiz qoshma gaplarda tinish belgilarinig ishlatilishi”


Bajardi: O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi Tilovov Faxriyor
Tekshirdi:
Baho:


Shahrisabz-2023
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………..
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi………………...
Qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi……………………………….
Qo‘shma gapdagi tinish belgilari: nuqtali vergul qo‘llash qoidasi……………...
Nuqtali verguldan foydalanishda ba'zi qo'shimcha nuanslar…………………...

Qo‘shma gapdagi ikki nuqta………………………………………………………


Qo‘shma gapdagi chiziqcha………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………........

Kirish
Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarning tarkib topishida hal etuvchi omil - gaplik ohangi. Asli bu omil bog‘lovchi vositalar bilan tuziladigan qo‘shma gapshakllarda ham qatnashadi, lekin birinchi o‘rinda bog‘lovchi vosita turadi. Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarda esa gaplik ohangi hal etuvchi omil darajasiga ko‘tariladi. Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarda ikkinchi hal etuvchi omil - qismlarida bajaruvchilarning boshqa−boshqa bo‘lishi. Agar kesim vazifasida kelgan birliklar ayni bir bajaruvchiga nisbat berilsa, bunday birliklar uyushiq qator bilan ifodalangan kesimga teng bo‘ladi (Misollari quyiroqda). Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllar ikkiga guruhlanadi: teng sanaladigan qismli qo‘shma gapshakllar va aniqlashtiruvchi qismli qo‘shma gapshakllar.
Teng sanaladigan qismli qo‘shma gapshaklari. Bunday qo‘shma gapshakllarning sodda gapshaklga teng qismlari o‘zaro biri ikkinchisining mazmunini aniqlashtirmaydi, bir−biriga tobelanmaydi, teng sanash ohangi bilan talaffuz qilinadi: .. avtobus keng charog‘on ko‘chadan yelib borar, odam to‘la yo‘lkalar, xiyobonlar, magazinlarning yorqin oynalari lip−lip o‘tar edi (Hamid G‘ulom) kabi.
Bu tur qo‘shma gapshakllarni uyushiq qator bilan ifodalangan kesimli sodda gapshakllardan farqlash lozim. Uyushiq qator bilan ifodalangan kesimda bajaruvchi aynan bo‘ladi, uyushiq qatorni hosil etuvchilar ayni bir bajaruvchining turli harakat−holatini anglatishga xizmat qiladi. Kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi "Sintaktik bo‘lakning uyushiq qator bilan ifodalanishi» sarlavhasi ostida tasvirlandi; bu yerda shu hodisaga eganing ifodalanishi nuqtayi nazaridan aniqlik kiritiladi.
1. Ega birinchi qismda ifodalanib, har ikki qism uchun umumiy bo‘ladi: Hali sovuqdan qisilib bujmaygan gavdalar endi o‘zini qo‘ydi, yayradi (Oybek). Turdi qo‘yni so‘yib, go‘shtini terisiga o‘rab shu yerga yashirib qo‘ygan, boya kelib go‘shtni olib ketgan edi (Pirimqul Qodirov) kabi.
2. Ega har ikki qismda ifodalanmaydi: Yolg‘iz o‘zini hech yerga yubormaydilar, hatto yo‘lakka, ko‘cha eshikka ham chiqarmaydilar (Oybek). Kecha meditsina instituti xiyobonida Dildorning yo‘lini poyladi, uchratdi (Hamid G‘ulom). Kallangga siqqancha o‘yla, keyin maslahat ber (Oybek) kabi.
3. Ayrim jumlalarning har ikki qismida ega ifodalanadi, lekin bajaruvchi aynan bo‘lgani uchun bunday jumlalarni ham kesimi uyushiq qator bilan ifodalangan sodda gapshakl deb baholash to‘g‘ri: Feruzning to‘nchasini, do‘ppisini olib kiygizdi, o‘zi ham guldor duxoba nimchasini kiyib oldi (Hamid G‘ulom) kabi. Ikkinchi qismdagi ega o‘z- ta'kid birligi bilan ifodalangan.
Bog‘lovchi vositalarsiz tuzilib, teng sanaladigan qismli qo‘shma gapshakllarning qismlarida bajaruvchi boshqa−boshqa bo‘ladi; bunday qo‘shma gapshakllardan 'biriktiruv' mazmuni ifodalanadi; shunga ko‘ra bu tur qo‘shma gapshakl qolipini quyidagicha yozib ko‘rsatish mumkin: sodda gapshakl teng sanash ohangi sodda gapshakl gaplik , ohangi biriktiruv mazmuni qo‘shma gapshaklari. Teng sanaladigan qismli qo‘shma gapshakllarda eganing ifodalanishi quyidagicha:
I. Ega har bir qismda ifodalanadi: I) Kesimlar asosan tuslovchili leksemashakl bilan ifodalanadi: a) asosan fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Bu yerda archa o‘smaydi, suvlar oqmaydi (Pirimqul Qodirov). Yallachilar chirmandalarini urdilar, yuzlarcha xotinlarning "yor−yor" qo‘shig‘i yangradi (Oybek). Undan bir yona narida Turdi bilan Eshmurod aka qo‘y boqishar, teparoqda Suyunboy akalarning suruvi yoyilib yurar edi (Pirimqul Qodirov) kabi.
Ba'zan fe'ldan boshqa turkum leksemasi bilan ifodalanadi. Quyidagi jumlalarda kesimlar yo‘q- kesimlik leksemasi bilan ifodalangan: Bu rastada ming xil kiyimli olomon yo‘q, shoshilinch yo‘q, qo‘lni siqib "Bor, baraka top"lar ham yo‘q (Oybek). Bu uy ilgari bedaxona bo‘lganidan darchasi ham yo‘q, tokchasi ham yo‘q, toqisi ham yo‘q edi (Oybek). Ikkinchi misolda edi affiksoidi umumlashtirilgan. 2) Birinchi qism kesimi ba'zan −b ravishdoshi shaklida ishlatiladi: Azizning vujudi zirillab, yuragi orqasiga tortib ketdi (Hamid G‘ulom) kabi. 2. Ega faqat birinchi qismda ifodalanadi: I) Kesimlar asosan tuslovchili leksemashakl bilan ifodalanadi: a) fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Hozir buving keladi, uyga boramiz, maza qilib uxlaysan (Hamid G‘ulom) kabi; b) fe'ldan boshqa turkum leksemashakli bilan ifodalanadi. Quyidagi jumlada kesimlar o‘rin kelishigidagi ot leksema bilan ifodalangan: Kechiring, Aziz aka, mening ko‘nglim boshqa bog‘da, xayolim boshqa gulzorda! (Hamid G‘ulom).
2) Birinchi qism kesimi ba'zan −b ravishdoshi shaklida ishlatiladi: Buning kundoshi Mariya ismli rus xotin bo‘lib, unga Maryamxon ism qo‘yishgan (Oybek) kabi. 3. Ega faqat ikkinchi qismda ifodalanadi; kesimlar odatda fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Ko‘klamda, ayniqsa Navro‘z bayramida u yerlarga sayrga chiqiladi, qozon osib, oq sho‘rva qaynatiladi, mesh−mesh qimiz ichiladi (Hamid G‘ulom). Endi bir burda zog‘ora yegan edim, dala boshida Olimjon ko‘rindi (O‘tkir Hoshimov) kabi. 4. Ega har ikki qismda ifodalanmaydi; har ikki kesim yoki biri odatda buyruq maylidagi fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Kel, erkatoy, seni yuvintirib qo‘yay! (Hamid G‘ulom). Qani, avval otdan tushing, nimalar olib keldingiz, ko‘rsating .. (Pirimqul Qodirov) kabi.
'Biriktiruv' mazmuni ifodalanadigan qo‘shma gapshakllarning sodda gapshaklga teng qismlaridan ikki va undan ortiq voqelikning teng holatda yuz berishi anglashiladi. Bunday qo‘shma gapshakl biriktiruvchi bog‘lovchi bilan tuziladigan qo‘shma gapshaklga o‘xshaydi, shunga ko‘ra sodda gapshaklga teng qismlar oralig‘iga ba'zan va bog‘lovchisini kiritish imkoniyati bo‘ladi: Yo‘l azobidan uning butun a'zoyi badani zirqirab og‘rir, toliqqanlikdan, ochlikdan boshi aylanar, ko‘ngli ozar edi (Hamid G‘ulom) - boshi aylanar va ko‘ngli ozar edi kabi. Bu tur qo‘shma gapshakllarning qismlaridan: 1) bir paytda yuz beradigan voqelik anglashiladi: Hulkar ham o‘zini odatdagidan boshqacha sezar, qalbida kuchli bir toshqin paydo bo‘lganga o‘xshar, buning nimasidir quvontirar, nimasidir bezovta qilar edi (Hamid G‘ulom). Hovli xamirday balqigan, undan yengil bug‘ ko‘tariladi (Oybek). Osmon tiniq, qalin qor bilan qoplangan dalalar ustida yulduzlarning oltin ko‘zlari yorqin chaqnaydi (Oybek) kabi; 2) birin−ketin yuz beradigan voqelik anglashiladi: O‘sha yoqlarda momaqaldiroq bo‘g‘iq gumburlaydi, chaqmoq olovli qamchisini endi boshqalarning boshida o‘ynatadi (O‘tkir Hoshimov). Siz ham boshingizga ro‘mol o‘rab, mendaqa xotin bo‘lib keling, keyin pichoqlashamiz (Pirimqul Qodirov) kabi.


Download 70.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling