Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari
Download 1.07 Mb.
|
HO\'AT YN 306
Ma’noviy omil deganda so’zlarning bog’lanishi uchun muhim sanalgan lug’aviy ma’nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug’aviy ma’no ayon bo’lib, so’zning grammatik ma’noviy xususiyatiga bir oz sharh berish lozim. So’zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko’lamli tushuncha, mustaqil so’z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe’l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik ma’nolarini qamrab oladi. Bu ma’nolar so’z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo’linishlari (masalan, modda-ma’dan oti, o’rin-joy oti kabi) bilan bog’liq. SHuning uchun tosh ko’prik birikmasida (tosh) so’zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko’prik) so’zining ma’lum bir harakatning mahsuli bo’lmish predmetni ifodalashi, so’rida yotmoq birikmasida esa (so’ri) so’zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe’lining o’timsizligi kabilar ma’noviy omilni tashkil etadi.
Turg‘un birikmalarning SB qolipidagi o‘rni haqida gapiring. SB a’zolari tobe munosabatli mustaqil so’z bo’lsa, ibora ham mustaqil so’zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so’ngan, bu so’zlar o’zaro yaxlitlanib, ibora o’zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SB ga o’xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero tarvuzi qo’ltig’idan tushdi iborasi bilan bo’shashmoq so’zining ma’noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So’z birikmasi esa vaqtincha va o’zgaruvchan. So’z birikmasini tashkil etgan so’zlar nutqda o’z mustaqil ma’nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so’zlar o’zlarining xos ma’nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo’ltig’idan tushdi iborasida tarvuz, qo’ltiq, tushmoq so’zlari o’zlarining xos ma’nolariga ega emas). SB va ibora. SB a’zolari tobe munosabatli mustaqil so'z bo‘lsa, ibora ham mustaqil so‘zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so‘ngan, bu so‘zlar o‘zaro yaxlitlanib, ibora o‘zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga o ‘xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qo'ltig'idan tushdi iborasi bilan bo'shashmoq so‘zining ma’noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So'z birikrnasi esa vaqtincha va o‘zgaruvchan. So‘z birikmasini tashkil etgan so‘zlar nutqda o‘z mustaqil ma’nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so‘zlar o‘zlarining xos ma’nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo'ltig'idan tushdi iborasida tarvuz, qo'ltiq, tushmoq so‘zlari o‘zlarining xos ma’nolariga ega emas) Lisoniy SBga ta’rif bering. Ra’no Sayfullayevadaa ma’lumot bor ekan, faqat tushunarsiz va ko’p. SB LSQining shakily va ma’noviy jihatini sharhlang. Nutqiy gapning belgilarini sanang Gap, avvalo, sintaktik tugallangan qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu esa u orqali ifodalanayotgan fikrning nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik tugallanganlik – gapning kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllanganligi va tugal ohangga egaligi. Gap kesimga ega bo’lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. Masalan, chiroyli kitob birikuvida so’zlovchi nazarda tutgan axborot yuzaga chiqmagan, chunki uning kitob haqida nima demoqchiligi hali aytilmagan. SHu bois mazkur qurilma fikrni ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli – kesimlikdan xoli. To’g’ri, chiroyli kitob birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot bordek, ammo u so’zlovchining asosiy maqsadi bo’lgan axborot emas, balki u ikkinchi darajali axborot, asosiy planda gapning yakunidan anglashiladigan kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud yo’qolganligi haqidagi axborot yotadi. Demak, gapdan anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi. Boshqa yordamchi, asosiy bo’lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita bo’lib xizmat qiladi. (To’liqsiz gaplarda sintaktik tugallik bo’lmasa ham, fikr anglashilaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik kontekstdan yoki nutq vaziyatidan ma’lum bo’lib turadi). Sintaktik tugallik sintaktik o’rin bilan ajralmas holda, ya’ni lug’aviy birlik kesimlik shaklida bo’lishining o’zi uni gap sifatida qarashga asos bo’la olmaydi. Masalan, Aytdim deganing nimasi? gapidagi aytdim so’zshakli – kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi. Lekin u kesimlik o’rni bilan ta’minlanmaganligi bois ushbu qurshovda gap maqomiga ega emas. Kesimlik shaklidagi so’z gap bo’lishi uchun kesimlik maqomiga ega bo’lishi kerak. Sintaktik tugallanganlik kesimlik shakli va o’rni bilan belgilanar ekan, bunda tilning yaxlit vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo’ladi. Til sathlardan iborat. Til yaxlit vujud ekan, bu sathlar gapning asosiy vazifasi bo’lgan axborot uzatish va qabul qilish jarayonida butunlik sifatida ishtirok etishi lozim. Buni gapda ko’ramiz. Gapning sintaktik tugalligi uchun, dastavval, ma’lum bir mustaqil so’z va kesimlik shakli talab etiladi. O’qidim birligi o’qi atov birligi va [-dim] kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak, bunda tilning tarkibiy uzvlari – leksik va morfologik sathlarning birgalikdagi harakati ko’zga tashlanadi. Gap uchun lug’aviy va morfologik omil hamkorligi yetarli emas. Uning uchun sintaksisning xos omili - sintaktik o’rin zarur bo’ladi. Sintaktik o’rin esa qurilmaning o’ziga xos tugal ohang bilan namoyon bo’lishini taqozo qiladi. Bundan ko’rinadiki, fonetik omil sintaktik tugallikka yakun yasaydi. Demak, gapda tilning barcha sathlari - leksik, morfologik, sintaktik va fonetik sathlar yaxlit vujud sifatida namoyon bo’ladi, voqelanadi. Quyida ularning har biriga bir butunlikning bo’laklari sifatida alohida-alohida to’xtalamiz. Gapni shakllantirishda leksik omilning roli qanday?, Fikr tushunchalarsiz bo’lmagani kabi nutqiy gap asosida ham, avvalo, so’z yotadi. Zero gap asosidagi atov birligi – voqelangan leksema. Leksemaning guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyati yotishi bejiz emas. SHu boisdan tilshunoslikda gap bo’laklari va so’z munosabati ustuvor masaladan biri. Gap bo’laklari turli mustaqil so’z turkumi bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo’lagi uchun ma’lum bir so’z turkumi ko’proq xoslangan bo’ladi – semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo’lagi vazifasiga mos so’zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko’proq fe’l xoslangan» (I.I.Meshchaninov.) Ega, to’ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so’z keladi. Bu so’z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko’proq tobe bo’lak (ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo’lgan kelishik qo’shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko’proq fe’l kelganligi uchun kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg’otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko’proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir. Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin: har bir so’z turkumi muayyan gap bo’lagi vazifasiga ko’proq xoslangan bo’lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so’zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. SHuning uchun ham so’zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo’lmagan asos vazifasini o’taydi. Gapni shakllantirishda ohang ahamiyatlimi? Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri – uning tugallangan ohangga ega bo’lishi. Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero gap va gap bo’lmagan nutqiy hodisa (so’z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo’lmagan ohangga ega bo’lishi. Masalan: 1.Kelgan o’quvchi. 2.Kelgan – o’quvchi. Bu nutqiy hodisaning birinchisida ohang ko’tariluvchi, ikkinchisida esa tushuvchi. Ko’rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo’lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo’lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o’xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma’nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. SHu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangan. Bir so’zning o’zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. Qiyoslang:1.Qish. 2.Qish ... Demak, so’z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo’lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tipini belgilashda ham muhim. Misol sifatida bir so’zni olaylik. Qiyoslang: Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling