Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet9/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a’zolari birikish uchun tobelovchi qo’shimcha olgan Sb boshqaruv yo’li bilan bog’langan deyiladi. Bunda hokim so’z tobe so’zning qanday shaklda bo’lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o’qimoq birikmasida tobe so’zning tushum kelishigi shaklida kelishi o’qimoq fe’lining o’timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe’l o’timsiz fe’lga aylantirilsa, (o’qildi) tobe so’zdagi tushum kelishigi shakli o’z-o’zidan g’oyib bo’ladi: kitobni o’qimoq - kitob o’qildi.
Boshqaruv aloqasida tobe so’zni har xil turkumdagi so’z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe’lli boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o’qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv).
Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog’liq ravishda kelishikli boshqaruv, ko’makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv kabi turga ajraladi.
MoslashuvSBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo’lib, bunda tobe a’zo hokim a’zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a’zo tobe a’zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g’azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a’zo bir-birini taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a’zo qaratuvchi, hokim a’zo qaralmish deb yuritiladi.
Moslashuv aloqasida tobe a’zo (Fuzuliy g’azali) [0] shaklli bo’lganligi kabi, hokim a’zo ham ko’rsatkichsiz qo’llanishi mumkin: sizning uyingiz – sizning uy, bizning kitobimiz – bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda [-ngiz] va [-miz]ko’rsatkichining tarixiy genetik bog’lanishi bilan izohlanadi. Zero ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo’llab bo’lmaydi.

  1. Shakliy omil LSQ uchun ahamiyatlimi?

. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o’xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o’ng tomonlardan iborat bo’ladi.
Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi= qaratuvchi-qaralmish] LSQi ham ikki – ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil topgan.
LSQning chap, ya’ni [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. CHunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so’z birikmalari namoyon bo’ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so’z va qo’shimcha vositasida ifodalangan, o’qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilish mumkin bo’lgan shakl tushuniladi.



  1. Ma’noviy omilni misollar asosida izohlang.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling