Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet5/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

Oshpazning, Rashid Jumayevning, qo‘li shirin ekan

  • Leksik valentlik nima?

    Leksik valentlik biriktiruvchi leksemaning ma'noviy jihatdan o'ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, [hangra] leksemasi [qush] leksemasini o'ziga torta olmaydi. [Qush] leksemasi [hangra] leksemasidagi birorta ham bo'sh o'ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma'noviy muvofiqlik mavjud emas.
    Ko'rinadiki, [qush] leksemasi ma'no tarkibidagi "sayray oladigan" ma'no bo'lakchasi [sayramoq] leksemasida va undagi qushga xos ma'no bo'lakchasi qush leksemasida mavjud. Shu ularning birikma hosil qilishiga asos bo'ladi.

    1. SB tarkibida qaysi bo‘lak hamisha kengaytiruvchi sanaladi?

    Tobe so'z kengaytiruvchi hisoblanadi. Hokim so'z kengayuvchi.

    1. Serquyosh, hur o‘lkam elga baxt-najot

    2. SB tarkibidagi hokim~tobe munosabati gap tarkibidagi tobelanish bilan bir xilmi? Nega?

    3. Morfologik shakl valentligi haqida gapiring.

    Leksemaga grammatik shakl qo'shilganda ularning birikuvchilari sirasida jiddiy o'zgarish yuz beradi. Shoirman so'zshakli-(-man) shaxs-son qo'shimchasi bilan birikmasidan oldin, ya'ni [shoir] leksemasi sifatida men olmoshi bilan birikish ehtiyojiga ega emas edi. Shaxs-son ma'nosini ifodalovchi (-man) qo'shimchasini qabul qilgach, shunday ehtiyoj tug'ildi. Bu ehtiyot, zarurat (-man) qo'shimchasida mujassam. U 1-shaxs birlik son shaxs/son qo'shimchasining sintaktik ehtiyoji, kengayish talabi, ya'ni valentligi.

    1. Ariq bo‘yida loyga belanib o‘ynayotgan bolalar, mudrab yotgan olapar, quyosh nurida jimir-jimir qilayotgan suv o‘ziga xos ajib uyg‘unlik kasb etgan edi.

    2. So‘zshakl, so‘z birikmasi va gap qanday birliklar sanaladi?

    Nutq birligi hisoblanadi

    1. SB shakllanishida ma’noviy omil nima?

    Ma'noviy omil deganda so'zlarning bog'lanishi uchun muhim sanalgan lug'aviy ma'nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug'aviy ma'no ayon bo'lib, so'zning grammatik ma'noviy xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So'zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko'lamli tushuncha, mustaqil so'z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi(sifat), miqdor(son), harakat(fe'l), holat(ravish), tasviriylik(taqlidlar), ishoraviylik(olmoshlar), kabi turkumlilik ma'nolarini qamrab oladi. Bu ma'nolar so'z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo'linishlari (masalan, modda-madan oti, o'rin joy oti kabi) bilan bog'liq. Shuning uchun tosh ko'prik birikmasida (tosh) so'zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko'prik) so'zining ma'lum bir harakatning mahsuli bo'lmish predmetni ifodalashi, so'rida yotmoq birikmasida esa (so'ri) so'zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe'lining o'timsizligi kabilar ma'noviy omilni tashkil etadi.

    1. Biz, shubhasiz, yutib chiqamiz.

    2. Teng aloqa qanday sintaktik birliklarga xos?

    Teng aloqalar
    a) tenglanish. Har bir sintaktik konstruktsiya ikki komponentli bo‘ladi: so‘z so‘z (so‘z birikmasida va sodda gapda bular kengaygan holatda ham bo‘la oladi) yoki gap + gap (qo‘shma gap). Tenglanish aloqasining xususiyatlaridan biri aloqaning ochiq yoki yopiq bo‘lishidir. Yopiq aloqada ikki komponent bog‘langan bo‘ladi (Havo yoqimli, lekin sovuqroq), ochiq aloqada bir qancha komponentlar bog‘langan bo‘ladi (Bahor. Mayin shamollar, tiniq suvlar, toza havo, ko‘m-ko‘k osmon ...). Bunda komponentlarning soni-miqdori mundarija bilan bog‘liq.
    Ochiq va yopiq aloqalar, bu aloqalar natijasida hosil bo‘lgan sintaktik konstruktsiyalar bir-biridan turli belgilar bilan farqlanadi: ochiq aloqalarni biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar; yopiq aloqalarni esa zidlovchi bog‘lovchilar ifodalaydi. Yopiq aloqalar tobelanish aloqasi bilan umumiy belgilarga ega. Masalan, ular ikki komponentnigina bog‘laydi. Tenglanish aloqasi grammatik jihatdan teng huquqli komponentlarning aloqasi bo‘lib, bunda: 1. Uyushiq bo‘laklar; 2. Qo‘shma gapning predikativ qismlari; Z. uyushmagan, biroq bir xil funksiyada keladigan bo‘laklar (ajratilgan izohlovchilar) bir tizimda kela oladidar; Tolib aka, qorovul, kengashga azo bo‘lib kirdi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko‘pincha bir xil grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. O‘zaro teng bog‘lovchilar, sanash ohangi va teng bog‘lovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bog‘lanadi. Masalan: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U). O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik shakllar boshqa bir umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosabatda bo‘ladi.
    Yani: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri.
    Ayrim tilshunoslar o‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik birliklar o‘rtasida shakliy bog‘lanishning mavjudligini inkor qiladilar. A.M.Peshkovskiy fikricha, Salim, Karim, Halim kelishdi kabi qurilmalarda Salim, Karim, Halim bo‘laklari bitta keldi bo‘lagi ustidan hokimlik qilish tufayli o‘zaro bog‘lanadi. Aslida esa uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy bog‘lanish yo‘q, ular birgalikda keldi bo‘lagi bilan aloqaga kirishadi.
    T.P.Lomtev uyushiq bo‘laklar o‘rtasida mazmuniy munosabat mavjudligini etirof etadi. Uning takidlashicha, uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy munosabatning yo‘qligi bu so‘zlar orqali ifodalangan predmetlar o‘rtasida munosabatning yo‘qligini bildirmaydi. Predmetlar o‘rtasida munosabat bor: bu munosabat uyushiq bo‘laklar orqali ifodalangan predmetlarning bir xil holatdagi munosabatidir. Uyushiqlik munosabati ifodalanmish munosabatini aks ettirganligi tufayli unga so‘z shakllari o‘rtasidagi aloqa turi sifatida qaralishi mumkin emas. Lekin uyushiq bo‘laklar bir xil vaziyatdagi sintaktik birliklarning shakliy jihatdan ma`lum bog‘lovchi vositalar (teng boglovchilar va sanash ohangi) yordamida bog‘lanishi bo‘lganligi sababli, ular o‘rtasidagi shakliy sintagmatik munosabatni inkor qilib bo‘lmaydi.
    Demak, teng so‘zli birikishlarda ikki va undan ortiq so‘z mustaqil grammatik-semantik jihatdan o‘zaro teng munosabatga kirishadi. Teng so‘zli birikmaning tarkibiga kirgan so‘zlar birikma doirasida hamda gap ichida ham alohida-alohida tushunchani anglatadi.

    1. SB shakllanishida joylashuv omili deganda nima nazarda tutiladi?

    Joylashuv omili sözlarning erkin joylashuvi va birikma tarkibida jipslashuvidan iborat.
    O'zbek tilining me'yoriy nutqida tartib qat'iy , tobe a'zo oldin , hokim keyin keladi . Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a'zoni bir biridan ajratish , « uzish » , ular orasiga boshqa bo'laklami kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi . Masalan , kecha kelmoq , kitobni o'qimoq , shahrimizning ko'chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor , ularda tobe va hokim a'zoni bir - biridan ajratish , uzish » ( Kecha uyga keldi , kitobni tez o'qidi , shahrimizning keng ko'chalari ) , hatto teskari joylashtirish ( kelmoq kecha , ko'chalari shahrimizning ) mumkin . Jipslashuv deganda tobe va hokim a'zoni bir - biridan « uzish » mumkin emasligi tushuniladi . Bunga tosh ko'prik , oltin uzuk , Navoiy romani, kitob o'qimoq birikmalarini misol keltirish mumkin. Masalan tosh ko‘prik birikmasidagi sòzlarning òrni almashtirilsa birikma mohiyati òzgarib ketadi: ko‘prik-tosh. Demak bu so‘zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv Joylashuv omilining kuchsizligini, jipslashuv esa kuchliligini bildiradi.


    1. Download 1.07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling